TURKIY TILLARNING KELIB CHIQISHI VA TURKIY ADABIYOTNING RIVOJLANISH BOSQICHLARIGA BAG’ISHLANGAN 12 SOATLIK DARS MASHGʻULOTI YAKUNLANDI
Avval xabar berganimizdek, Turkiyaning Marmara universiteti oʻqituvchisi Gunesh Nureyxonim Navoiy davlat pedagogika institutida boʻldi.
Institut rektori Bahodir Sobirov bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish yuzasidan uchrashib, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalariga amaliy dars mashgʻulotlarini olib bordi.
Bugun Turkiyalik mehmonga sertifikat va amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazganligi uchun institut rektorining Tashakkurnomasi topshirildi.
Shuningdek, tarjimon, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabasiga ham Tashakkur bildirildi.
✍️NavDPI Matbuot xizmati
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#QvZ
“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” “REKTOR KUBOGI”NING 2-YARIM FINAL BAHSLARI BO‘LIB O‘TDI
2-guruh yarim final o‘yinida Rus va qozoq filologiyasi fakultetining “Fedriko filini”, Tarix fakultetining “Parlament”, San’atshunoslik fakultetining “Ped star”, Tibbiyot fakultetining “Vibranium” jamoalari 3 shart asosida o‘zaro bellashdi.
Yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇-o‘rin — “Parlament”;
🥈-o‘rin — “Fedriko filini”;
🥉-o‘rin — “Ped star”;
🏅-o‘rin —“Vibranium” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Tarix fakultetining “Parlament” jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bizni kuzating:
™️@NavDPI_Rasmiy
#Xotira
9-APREL — BUYUK DAVLAT ARBOBI, SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN!
Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti tomonidan “Amir Temur — buyuk sarkarda” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Sohibqironning hayoti, olib borgan siyosati, iqtisodi, davlat boshqaruvida adolat va xalqparvarligi borasida ma’lumotlar berildi hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Bizni kuzatib boring
📱#Mobil_reportaj #press_tur
— Tadbir jarayonlarida kerakli maʼlumotlarga ega boʻlish bilan bir qatorda, qiziqarli taassurotlar ham oldim, — deydi jurnalist Abduvali Boʻriyev. — Ayniqsa, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlarni koʻrib mamnun boʻldik.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#OAV_nigohida
🗞“Do‘stlik bayrog’i” hamda “Знамя дружбы” gazetalarining 2024-yil 4-apreldagi,№14-soni nashr etildi.
Gazetaning ushbu sonida ham professor-oʻqituvchilarimizning publitsistik maqolalari eʼlon qilindi. Tarix fakulteti katta oʻqituvchisi Zokir Togʻayevning “Temur ham magʻlubiyatga uchragan” nomli hamda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti katta oʻqituvchisi Nodira Rahimovaning “Весенняя студенческая ярмарка ремёсел” sarlavhali maqolalari chop etildi.
#navdpi #pedagog #maqola
Bizni kuzating
📌 “Navoiy davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida press tur hamda matbuot anjumani tashkil etildi.
Press turda ommaviy axborot vositalari vakillari talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning taʼlim olishlari va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Kanalga obuna boʻling⤵️
/channel/OTM_Minbari
⚡️Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida konsert dasturi tashkil etildi
Konsert dasturida turli millatlarning kuy-qo‘shiqlari, raqslari namoyish etildi.
Tadbrida prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va talabalar, shuningdek, xorijlik olimlar ishtirok etishdi.
#Kino_kechalari
Talabalar “Ayol qismati” filmini tomosha qildi
Navoiy davlat pedagogika institutining 3-sonli talabalar turar joyi talabalari uchun “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri haqida ishlangan “Ayol qismati” filmi namoyish etildi.
Kinokartinada “Sojida” ismli ayol diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi qurboniga aylangani va bu illatlarning ayanchli oqibatlari tasvirlangan.
Bizni kuzatishda davom eting 👇
@NavDPI_YI
#LIVE
⚡️Maktabgcha va boshlng’ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-ijodiy ishlari taqdim etildi.
🏛NavDPI rektori Bahodir Sobirov mazkur ko‘rgazmalar, namunaviy dars jarayonlari bilan tanishar ekan, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida seminar tashkil etish, yaratilgan qo‘l mehnati mahsulotlarini ommalashtirish yuzasidan tavsiyalarini berdi.
Institut rektoriga fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va yoshlar etakchisi hamrohlik qildi.
#LIVE #Xalqaro_anjuman
⚡️Anjuman ishida “Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turlari va boshqaruv tizimi”, “O‘zbekistonda ta’lim tizimining uzluksizligi va maktabgacha ta’lim”, “Пространство современной дошкольной организации в формировании инфраструктуры детства”, “Positive pedagogy and effective classroom management” va boshqa mavzularda ilmiy mulohazalar, maʼruzalar tinglandi.
Bizni kuzating
™️:@NavDPI_Rasmiy
#LIVE #Xalqaro_anjuman
⏳Xalqaro konferensiyada Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va tizimdagi mas’ul xodimlar, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar, magistrant va doktorantlar ishtirok etmoqda.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
™️@NavDPI_Rasmiy
#LIVE
⚡️Ayni damda Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida “Maktabgacha taʼlimning rivojlanish strategiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanni institut rektori, professor Bahodir Sobirov kirish so‘zi bilan boshlab, konferensiya ishida muvaffaqiyat tiladi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
™️@NavDPI_Rasmiy |@NavDPI_official
#Live
“MA’RIFAT MAYDONI” RESPUBLIKA TANLOVINING 2-HUDUDIY SARALASH BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA
⚡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni daqiqalarda universitetda oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasidagi “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu bosqichda NDKTU, Navoiy innovatsiyalar universiteti hamda Navoiy davlat pedagogika instituti jamoalari ishtirok etmoqda. Ular “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” kabi shartlarda bellashishayapti.
Jamoamiz a’zolariga omad yor bo‘lsin!
Bizni kuzatib boring
#videochellenj
BIZ SOG’LOM TURMUSH TARAFDORIMIZ!
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etish choralari muhokama qilindi
4-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ishlarni manzilli va samarali tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Unda vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish, buxgalteriya hisobi va hisoboti, ishlar boshqarmasi, axborot xizmati bo‘limi vakillari, barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hamda vazirlikning hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-81-son qarori bilan tasdiqlangan “E-Anticor.uz” elektron platformaga ma’lumotlar joylashtirish tartib-tamoyillarini tushuntirildi hamda vazirlikning 20-son bayonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
@NavDPI_Rasmiy
В Навоийском государственном педагогическом институте прошла международная научно-практическая конференция на тему «Стратегии развития дошкольного образования»
https://yuz.uz/ru/news/v-navoiyskom-gosudarstvennom-pedagogicheskom-institute-proshla-mejdunarodnaya-nauchno-prakticheskaya-konferentsiya-na-temu-strategii-razvitiya-doshkolnogo-obrazovaniya
#XUSHXABAR
AOKA reytingida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 1-o‘rinda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining reytingi e’lon qilindi.
2023-yil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi.
Baholash natijasiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbarining faoliyati vazirliklar orasida 1-o‘rinni egalladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
https://uza.uz/uz/posts/navoiy-davlat-pedagogika-instituti-kampusi-barpo-etiladi_586214
Читать полностью…🚒Respublikada 15-martdan — 15-aprelga qadar “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilmoqda
Mazkur oylik doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida O‘zbek tili va adabiyoti, Tarix, Tibbiyot fakultetlari talabalari ishtirokida o‘quv-amaliy mashg’ulotlar tashkil etildi.
🔥Jarayonda tabiiy ofatlarni bartaraf etishda muhim omillardan sanalgan fuqaro muhofazasini ta’minlash, aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish kabi masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. 🚒Maxsus qutqaruv otryadi xodimlari oʻzlarining texnikalari va asbob-uskunalari koʻrgazmasini namoyish etishdi
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#NavDPI #talabalar_ijodi
#nspi_art_faculty #Jadidlar
Jaholat dardlarining daʼvosi — maʼrifat. Maʼrifat ziyosidan bahra olish millatning qalbini nurlantirish demakdir.
#Jarayon
TYUTORLAR MALAKASINI OSHIRISH BO‘YICHA O‘QUV KURSLARI DAVOM ETMOQDA
Oliy taʼlim muassasalaridagi tyutorlarning bilim saviyasi va malakasini oshirish maqsadida oʻquv kurslari tashkil etilmoqda. Navoiy davlat pedagogika institutida navbatdagi darslar bo‘lib o‘tdi. O‘zbek tili va adabiyoti hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari dekan o‘rinbosarlari Q.Bozorov, N.Umarovlar tomonidan
“Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi”, “Jadid maʼrifatparvarlari – istiqlol va erk kuychilari”, "Globallashuv va yoshlar axloqi" mavzularida darslar o‘tildi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#NavDPI
#Yoshlar_ittofoqi
🔰 Navoiy davat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti 1-bosqich talabasi yosh ijodkorlardan biri bòlgan iste'dodli shoir Ozodbek Nurullayev "Navoiy" telekanali "Tungi tashrif" loyihasi mehmoni bòldi va bir nechta ijod mahsullaridan oʻqib eshittirdi.
Bizni kuzatishda davom eting 👇
@NavDPI_YI
“MA’RIFAT MAYDONI” RESPUBLIKA TANLOVINING 2-HUDUDIY SARALASH BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
⚡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasidagi “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi o‘tkazildi.
🎭Ushbu bosqichda NDKTU, Navoiy innovatsiyalar universiteti hamda Navoiy davlat pedagogika instituti jamoalari ishtirok etdilar. Ular “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” kabi shartlarda o‘zaro bellashdilar.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, NavDPI ning “Sharq yulduzlari” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Keyingi, mintaqaviy bosqichida ham jamoamiz a’zolariga omad yor bo‘lsin!
#LIVE
⚡️Maktabgcha va boshlng’ich ta’lim fakultetida o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman doirasida fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilarining ilmiy va innovatsion ixtirolari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
NavDPI rektori B.Sobirov mazkur ko‘rgazmalarni tomosha qilib, o‘qituvhilar bilan suhbatlashdi. Qo‘l mehnati bilan tayyorlangan bu ishlarni ommashtish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, talabalarning dars jadvallari bilan ham tanishdi.
#LIVE #Xalqaro_anjuman
⏳“Maktabgacha taʼlimning rivojlanish strategiyalari” mavzusidagi o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga xorijlik mutaxassislar, jumladan Filippin, AQSHdan professor-o‘qituvchilar offlayn tarzda ishtirok etyapti.
Shuningdek, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Finlandiya davlatlaridan olimlar onlayn kuzatib, imliy ma’ruzalari bilan ishtirok etyaptilar.
Bizni kuzatib boring
#LIVE #Xalqaro_anjuman
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov:
Maktabgacha taʼlim kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatishga moʻljallangan platforma yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi va “Maktabgacha yoshdagi bolalarning taʼlimiy turizmi”, “Imkoniyati cheklangan bolalarni audio manbalar yordamida maktabga tayyorlash” mavzularida STARTAP loyihalari ishlab chiqilgan.
#press_tur
“Navoiy davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida press tur hamda matbuot anjumani tashkil etildi.
Press turda ommaviy axborot vositalari vakillari talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning taʼlim olishlari va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
👉Batafsil: http://nspi.uz/?p=29829
Bizni kuzating
#Ehson
✨Har yili muborak ro‘zai Ramazon oyida “Ehson konteyneri” loyihasiga start beriladi.
Bu yil ham loyiha doirasida Fizika-texnologiya ta’lim fakulteti jamoasi ehsonlarni o‘z egalariga topshirishdi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
™️@NavDPI_Rasmiy |@NavDPI_official