navdpi_rasmiy | Unsorted

Telegram-канал navdpi_rasmiy - NavDPI | Rasmiy kanal

9803

Navoiy davlat pedagogika instituti @NDPI_Rektoriga_murojat_bot 🌐 nspi.uz 📧 info@nspi.uz 📱https://t.me/NDPI_NSPI 📱https://www.instagram.com/ndpi_nspi/ 📱https://www.facebook.com/profile.php?id=61561618590849

Subscribe to a channel

NavDPI | Rasmiy kanal

🟩🟩🟩🟩

🏆 Navoiy viloyatida oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o'rtasida sport sinovlarini qabul qilish bo'yicha oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

Viloyatdagi mavjud oliy ta'lim muassasalari, viloyat Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda Sport boshqarmalarining tegishli masʼullari ishtirokida talabalardan davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini qabul qilish bo'yicha o'quv-seminar o‘tkazildi.

Oliygoh rahbariyati hamda mas'ullar tomonidan sport sinovlarini ko'taringki ruhda hamda barcha shart-sharoitlarga ega holatda o'tkazilishi yuzasidan kelishib olindi.

O'quv-seminar davomida sport sinovlariga ariza topshirish elektron platformasi my.sport.uz hamda arizalarni adm.sport.uz portali to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, viloyat Sport boshqarmasi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ushbu ommaviy sport sinovlari topshirish sport tadbirini yuqori saviyada tashkillashtirilishida ko'makdosh bo'lishi ta'kidlab o'tildi.

1️⃣1️⃣1️⃣

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | navoisport">Youtube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📺#OAV_nigohida

✍️O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira va tarjimon Mas’uma Ahmedova hamda Muhammad Yusuf nomidagi fond rahbari, “Oltin qalam” gazetasi bosh muharriri, shoira Nazira Salomova Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashib, Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🎞Tafsilotlar Navoiy TRKning “Diyor 24” informatsion dasturida.

™️:@NavDPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#QUTLOV
#Bugun_tugʻilgan_kun

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor, Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati Sobirov Bahodir Boypo’latovich tavallud topgan.

Bahodir Sobirov 1963-yil 17-aprelda Navoiy viloyati, Navbahor tumanida tugʻilgan. 1985-yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti)ni tamomlagan.

👉Mehnat faoliyati

Fidoyi va jonkuyar ustozimizga uzoq-umr, sihat-salomatlik, hayirli, mashaqqatli va sharafli ishlarida kuch-quvvat tilaymiz!

@NavDPI_Rasmiy|@NavDPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Sport

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI GULINA OBLOQULOVA OSIYO OCHIQ KUBOGIda KUMUSH MEDALINI QO‘LGA KIRITDI

🤼‍♀️Shu yilning 11-14-aprel kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo ochiq kubogi o‘tkazildi. Quvonarlisi shundaki, mazkur musobaqada viloyatimiz sha’nini munosib himoya qilgan Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi Gulina Obloqulova -78 kg vazn toifasida Osiyo kubogining kumush medali sohibasiga aylandi.

Ma’lumot uchun, G. Obloqulova sportning sambo va dzyudo turlaridan 3 karra Jahon chempionati sovrindori, 2 karra Osiyo chempioni hamda dzyudo bo‘yicha 2 karra Osiyo kubogi sovrindori. Shuningdek, Xalqaro toifadagi sport ustasi hamdir.

Bizni kuzatib boring:


@NavDPI_Rasmiy|@NavDPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#ma’rifat_maydoni

⚡️“Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining mintaqaviy bosqich ishtirokchilari aniqlandi!

🏛 Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan aprel oyining ilk haftasida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining hududiy 2-bosqichi respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etildi.

Unda 100 ta oliy ta’lim muassasasining saralangan jamoalari guruhlarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdilar. Har bir guruh g‘olibi tanlovning 3-mintaqaviy bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

☑️Mintaqaviy bosqichda ishtirok etadigan oliy ta’lim muassasalari bilan tanishing:


↪️1. Nukus davlat pedagogika instituti
↪️2. Guliston davlat pedagogika instituti
↪️3. Urganch davlat pedagogika instituti
↪️4. Buxoro davlat pedagogika instituti
↪️5. Navoiy davlat pedagogika instituti
↪️6. Samarqand davlat tibbiyot universiteti
↪️7. Samarqand davlat universiteti
↪️8. Urganch davlat universiteti
↪️9. Jizzax davlat pedagogika universiteti
↪️10. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
↪️11. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
↪️12. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
↪️13. Toshkent davlat texnika universiteti
↪️14. Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
↪️15. Toshkent kimyo-texnologiya instituti
↪️16. Toshkent davlat transport universiteti
↪️17. Chirchiq davlat pedagogika universiteti
↪️18. Andijon davlat tibbiyot instituti
↪️19. Farg‘ona davlat universiteti
↪️20. Namangan davlat universiteti
↪️21. Termiz davlat pedagogika instituti
↪️22. Xalqaro innovatsion universiteti
↪️23. Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Tanlovning mintaqaviy bosqichini o‘tkazish sanasi va manzili ishtirokchi jamoalarga tez orada ma’lum qilinadi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📸Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivalidan fotolavhalar

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy |@NavDPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🏅 ⭕️⭕️⭕️

🏆 Kimlar jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi?

⚡️👔O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan;👔

🏆 Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oxirgi to‘rt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.


📍 Manzil: Davlat xizmatlari 3-qavat
Hujjatlar 25-mayga qadar qabul qilinadi.

📃 ❗️ Imtiyozga ega sportchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati


Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | navoisport">Youtube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#huquqiy_yangiliklar

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi ko‘zda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola
huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)
to‘g‘risida

🔗Havola: https://lex.uz/docs/6823379

⚡️O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksiga yong‘inlar profilaktikasi
samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va
o‘zgartirishlar kiritish haqida

🔗Havola: https://lex.uz/docs/6837421

⚡️O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
🔗Havola: https://lex.uz/docs/6837431

⚡️Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik
liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

🔗Havola: https://lex.uz/docs/6840522

⚡️O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada
kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida

🔗Havola: https://lex.uz/docs/6842774

⚡️Kasb va lavozimlarga qo‘yiladigan malaka darajalarini
takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim
va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini
tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2020-yil 15-maydagi
287-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida

🔗Havola: https://lex.uz/pdfs/6843624

⚡️Mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar
faoliyatini va hamkorligini samarali ta’minlash hamda
“Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida

🔗Havola: https://lex.uz/docs/6840781

Bizni kuzatib boring:

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#LIVE

Ijodkorlar Masʻuma Axmedova va Nazira as-Salom Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida boʻlib, muzeydagi eksponatlar, tarixiy qoʻlyozmalar, jadid bobolarimiz hamda qatagʻon davriga oid maʼlumotlar bilan tanishdilar.

⏳Ayni paytda talabalar bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


™️@NavDPI_Rasmiy
@NavDPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#natija
#munozara

G'oliblar aniqlandi.

🗣Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar o‘rtasida Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan "Intelektual haftalik" doirasidagi "Munozara" o‘yinining g'olib jamoalari saralandi.

Yakuniy natijalarga ko'ra,

🥇-o'rin O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining "Milliy" jamoasi

🥈-o'rin Rus-qozoq filologiyasi fakulteti "West-ped" jamoasi

🥉-o'rin Matematika va informatika fakulteti "Liderlar" jamoalari egallashdi.


Tanlovdan maqsad shuki, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirishdir.

📚Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh!

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Manbalar so‘zlaganda Navoiy arxivi
https://youtube.com/watch?v=9B3t9RF7oPI&si=1xW4RH14tKtGj2p8

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#OAV_nigohida

📰“Do‘stlik bayrog’i” hamda «Знамя дружбы» gazetalarining 2024-yil 11-apreldagi 15-soni nashr etildi.


Gazetalarning ushbu sonida ham Navoiy davlat pedagogika institutiga oid xabar va yangiliklar e’lon qilindi. Xususan, «Знамя дружбы» gazetasida Matbuot kotibi Kamol Xolovning “Стратегии развития дошкольного образования” sarlavhali maqolasi chop etildi.

Shuningdek, “Do‘stlik bayrog’i”da institutda o‘tkazilgan press-tur hamda matbuot anjumani haqida “Jurnalistlar talabalarga havasda” nomli xabar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting:


™️@NavDPI_Rasmiy |@NavDPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Xalqaro_forum

O‘zbekiston-Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi forumi oʻtkaziladi

Xalqaro forum 15-aprel kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etiladi. “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda ikki davlatning 100 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.

Forumda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Forum yakunida 20 dan ziyod anglashuv memorandumi, bitim va “Yo‘l xarita”lari imzolanishi kutilmoqda.
___

Состоится второй форум ректоров университетов Узбекистана и Таджикистана

Международный форум проводится Министерством высшего образования, науки и инноваций Узбекистана 15 апреля в Ташкентском государственном экономическом университете. Около 100 руководителей высших образовательных учреждений, руководителей министерств и ведомств двух стран примут участие в конференции на тему «2030 год: Приоритеты развития высшего образования и науки в Республике Узбекистан и Республике Таджикистан».

На форуме будут обсуждаться вопросы развития интеграции между высшими образовательными учреждениями двух стран, обмен профессорско-преподавательским составом и студентами, организация процессов взаимного обучения, повышение качества образования, внедрение цифровых технологий в образование, повышение квалификации и сотрудничество в научной деятельности.

По итогам форума ожидается подписание более 20 меморандумов о взаимопонимании, соглашений и «дорожных карт».

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Hayit_muborak

RAMAZON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!

Telegram| Facebook

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

https://uza.uz/uz/posts/atoqli-shoir-va-yozuvchi-xotirasi-yodga-olindi_589497

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📹#OAVlarida

🏢 Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Doniyor Murtozayev hamda Abbos Ergashevlar Navoiy viloyati televideniyesining “Assalom, yangi kun” tonggi dasturida ishtirok etdi.

✈️Ma’lumot o’rnida, D.Murtazayev va A.Ergashev yaqinda Rossiya Federatsiyasining “Top 1000” talikka kiruvchi universitetlarda malaka oshirishda bo‘lib qaytishdi.

👀Bizni kuzatib boring:


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🖼️#KO‘RGAZMA

🎨Navoiyda Xalqaro Tasviriy va amaliy sanʼat festivaliga start berildi

🖌Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi, Navoiy viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “To‘siqsiz san’at” nomli rasmlar koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🖌Navoiy shahridagi “Sanʼat galereyasi”da San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari, Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari Sherzod Choriyev, Furqat Aslonov, Obid Qodirov hamda Dastgohli rang-tasvir yo‘nalishining 3-bosqich talabalari tomonidan yaratilgan san’at asarlari namoyish etildi. Festival doirasida liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

🖌Marosimda O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi mas’ullari, institut rahbariyati, fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🎨Ma’lumot uchun, mazkur ko‘rgazma 15-mayga qadar davom etadi.

👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

🖼️#КЎРГАЗМА

🎨Навоийда Халқаро Тасвирий ва амалий санъат фестивалига старт берилди

🖌Ўзбекистон бадиий ижодкорлар уюшмаси Навоий вилояти бўлими, Навоий вилояти Маданият бошқармаси ҳамда Навоий давлат педагогика институти ҳамкорлигида “Тўсиқсиз санъат” номли расмлар кўргазмасининг очилиш маросими бўлиб ўтди.

🖌Навоий шаҳридаги “Санъат галереяси”да Санъатшунослик факультети профессор-ўқитувчилари, Ўзбекистон бадиий ижодкорлар уюшмаси аъзолари Шерзод Чориев, Фурқат Аслонов, Обид Қодиров ҳамда Дастгоҳли ранг-тасвир йўналишининг 3-босқич талабалари томонидан яратилган санъат асарлари намойиш этилди. Фестиваль доирасида либослар кўргазмаси бўлиб ўтди.

🖌Маросимда Ўзбекистон бадиий ижодкорлар уюшмаси Навоий вилоят бўлими масъуллари, институт раҳбарияти, факультет профессор-ўқитувчилари, талабалар ҳамда оммавий ахборот воситалари вакиллари иштирок этди.

🎨Маълумот учун, мазкур кўргазма 15 майга қадар давом этади.

👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📢📢📢📢📢

Aziz Navoiyliklar, futbolsevar yoshlar!

⚽️ Barchangizni mahalla yoshlari oʻrtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi futbol hamda mini-futbol musobaqalari boʻyicha DXX kubogining tantanali ochilish marosimiga taklif etamiz.

⭐️Dasturning yulduzli mehmoni: Mirjalol Nematov

🗓 BUGUN soat 16:00da
📍 Navoiy shahri, So'g'diyona stadioni

👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

Азиз Навоийликлар, футболсевар ёшлар!

⚽️ Барчангизни маҳалла ёшлари ўртасида "Беш ташаббус олимпиадаси" доирасидаги футбол ҳамда мини-футбол мусобақалари бўйича ДХХ кубогининг тантанали очилиш маросимига таклиф этамиз.

⭐️Дастурнинг юлдузли меҳмони: Миржалол Нематов

🗓 БУГУН соат 16:00да
📍 Навоий шаҳри, Сўғдиёна стадиони

👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Rasmlar_ko‘rgazmasi

🎨Navoiyda Xalqaro Tasviriy va amaliy sanʼat festivaliga start berildi

Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi, Navoiy viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “To‘siqsiz San’at” nomli rasmlar koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy shahridagi “Sanʼat galereyasi”da San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari, Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari Sherzod Choriyev, Furqat Aslonov, Obid Qodirov hamda Dastgohli rang-tasvir yo‘nalishining 3-bosqich talabalari tomonidan yaratilgan san’at asarlari namoyish etildi. Festival doirasida liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi mas’ullari, institut rahbariyati, fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, mazkur ko‘rgazma 15-mayga qadar davom etadi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Ijodiy_uchrashuv

O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf va Xalq yozuvchisi Tog’ay Murod hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Ulug'lar yodi” nomli adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi

NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti qoshida tashkil etilgan “Qaqnus” adabiy klubining navbatdagi tadbirida shoir Muhammad Yusufning rafiqasi Nazira as-Salom va yozuvchi Tog’ay Murodning turmush o‘rtog'i Mas’uma Ahmedovalar bo‘lishdi.

Ushbu tadbirda har ikkala ijodkorning hayoti va ijodi haqida ilmiy qarashlar bilan ma’ruzalar qilinib, sherlaridan namunalar o‘qildi. San’atshunoslik fakulteti bilan hamkorlikda tayyorlangan musiqali chiqishlar, ijodkorlar portretini yaratish jarayonlari o‘zgacha shukuh baxsh etgan bo‘lsa, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari tomonidan ijro etilgan she’riy bag’ishlovlar, sahnaviy ko‘rinishlar tadbirning mazmunli o‘tishiga ulkan hissa qo‘shdi.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

💠NavDPI rеktori Bahodir Sobirov mahalladagi yoshlar muammolari bilan ishlash bo‘yicha uyma-uy muloqotlar o‘tkazmoqda
 
➡️Ma’lumki, bugungi kunda yurtimiz yoshlar siyosatida ustuvor vazifa sifatida barcha rahbarlarga hududlar kesimida, avvalo, ishsiz, norasmiy sektorda band boʻlgan va chet elga ishlash uchun ketgan yoshlar bilan tizimli ishlash vazifasi alohida qayd etilgan.

➡️Shundan kelib chiqib, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov Navbahor tumanidan biriktirilgan yoshlar va ularning ota-onalari, yaqinlari bilan uchrashib, murojaatlarini o‘rgandi.

➡️Tuman mas’ullari hamda “Karvon” mahalla idorasi xodimlari bilan yoshlarni ishga joylashtirish, subsidiya olishda ko‘maklashish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar bilan suhbat olib borish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi, taklif va murojaatlari o‘rganildi.

👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

💠НавДПИ ректори Баҳодир Собиров маҳалладаги ёшлар муаммолари билан ишлаш бўйича уйма-уй мулоқотлар ўтказмоқда
 
➡️Маълумки, бугунги кунда юртимиз ёшлар сиёсатида устувор вазифа сифатида барча раҳбарларга ҳудудлар кесимида, аввало, ишсиз, норасмий секторда банд бўлган ва чет элга ишлаш учун кетган ёшлар билан тизимли ишлаш вазифаси алоҳида қайд этилган.

➡️Шундан келиб чиқиб, Навоий давлат педагогика институти ректори Баҳодир Собиров Навбаҳор туманидан бириктирилган ёшлар ва уларнинг ота-оналари, яқинлари билан учрашиб, мурожаатларини ўрганди.

➡️Туман масъуллари ҳамда “Карвон” маҳалла идораси ходимлари билан ёшларни ишга жойлаштириш, субсидия олишда кўмаклашиш, ажрим ёқасида турган ёш оилалар билан суҳбат олиб бориш ва уларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш каби масалалар муҳокама қилинди, таклиф ва мурожаатлари ўрганилди.

👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

💐#ҚУТЛОВ

🖌"Адабиёт, маданият ва санъат яшаса, миллат ва халқ, бутун инсоният безавол яшайди".
Шавкат Мирзиёев


🖌Барчамизга аёнки, инсон қалбига олижаноб фазилатлар, эзгу ҳис-туйғуларни сингдириб, жамиятни бирлаштириш ва тараққий эттириш, халқни, Ватанни дунёга тараннум этишда маданият ва санъатнинг ўз ўрни, таъсири беқиёсдир.

Шу соҳада меҳнат қилиб келаётган ходимларнинг машаққатли меҳнатини ҳар томонлама рағбатлантириш, уларнинг жамият ҳаётидаги ўрни ва нуфузини ошириш мақсадида 15 апрель санаси Маданият ва санъат ходимлари куни этиб белгиланган.

Вилоятимизда бу соҳада ҳам ютуқларимиз бисёр. Бугунги кунда 11 та туман ва шаҳар маданият бўлимлари, 32 та маданият марказлари, 13 та болалар мусиқа ва санъат мактаблари, Ихтисослаштирилган маданият мактаби, Болалар театри, Вилоят филармонияси, Мақом ансамбли мактаби ҳамда кўзи ожизлар учун кутубхона фаолият юритиб келмоқда. Хусусан, вилоятимизда 1500 дан ортиқ жонкуяр ва талабчан ходимлар халқимиз хизматида.

Фурсатдан фойдаланиб, Сизларни қутлуғ байрам – Ўзбекистон Республикаси маданият ва санъат ходимлари куни билан самимий табриклайман. Барчангизга мустаҳкам соғлик, ижодий ва ижтимоий фаолиятингизда улкан зафарлар, хонадонларингизга тинчлик, бахту саодат ва фаровонлик тилайман.

Ҳамиша халқимиз ардоғида бўлиб юринг!🖌

Ҳурмат билан Нормат Турсунов,
Навоий вилояти ҳокими

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📺#Oav_biz_haqimizda

Kelajak yoshlari teleloyihasi: “Oliy ta’limda bir kun” ko‘rsatuvi efirda


🎞Ko‘rsatuvning navbatdagi sonida — Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakulteti talabasi Xurshida Nosirovaning bir kunlik o‘qish faoliyati aks etadi.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Rektor_va_yoshlar

NavDPI rеktori Bahodir Sobirov mahalladagi yoshlar muammolari bilan ishlash bo‘yicha uyma-uy muloqotlar o‘tkazmoqda

Ma’lumki, bugungi kunda yurtimiz yoshlar siyosatida ustuvor vazifa sifatida barcha rahbarlarga hududlar kesimida avvalo, ishsiz, norasmiy sektorda band boʻlgan va chet elga ishlagani ketgan yoshlar bilan tizimli ishlash vazifasi alohida qayd etilgan.

Shundan kelib chiqib, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov Navbahor tumanidan biriktirilgan yoshlar va ularning ota-onalari, yaqinlari bilan uchrashib, murojaatlarini o‘rgandi.

Tuman mas’ullari hamda “Karvon” mahalla idorasi xodimlari bilan yoshlarni ishga joylashtirish, subsidiya olishda ko‘maklashish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar bilan suhbat olib borish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi, taklif va murojaatlari o‘rganildi.

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi.

Ushbu lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Piyazov Jenisbek Burkitovich tayinlandi.

Jenisbek Piyazov oliy va professional ta’lim tizimida yoshlarning ijtimoiylashuvini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba yoshlarning “Besh muhim tashabbus” doirasida san’at, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni ushbu yo‘nalishdagi to‘garak va klublarga faol jalb etishda maslakdosh bo‘lishiga ishonch bildirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida “Xon atlas“ festivali o‘tkazildi.

📺Batafsil “Diyor 24” axborot dasturida

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#qulaylik #akademik_litsey #onlayn_test

⚡️Endi akademik litseylarga kirish imtihonlari formatidagi diagnostik test sinovlarini onlayn bajarish mumkin


Vazirlik huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida onlayn diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu diagnostik test sinovlari orqali talabgorlar o‘z bilimini sinab ko‘rishi va akademik litseylarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.

Eng asosiysi, ushbu xizmat onlayn test shaklida ishga tushirilgan bo‘lib, undan istalgan vaqtda my.uzbmb.uz/service/97 havolasi orqali bepul foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, diagnostik test sinovi natijasi asosida akademik litseylarni tanlagan holda o‘tgan yilgi o‘tish ballarini hamda o‘qishga kirish imkoniyatini aniqlash mavjud.

👉 In English
👉 На русском

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Ramazon hayiti barchaga muborak bo‘lsin!
___

С праздником Рамазан хайит!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#kinokartina

“Ayol qismati” filmi talabalarni mushohada qilishga chorladi


⚡️O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olayotgan kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli talabalariga o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Ayol qismati” nomli badiiy film namoyish etildi.

Unda bir ayolning boshidan kechgan mudhish voqealari “Sojida” ismli ayol misolida gavdalantirilgan. Ushbu qahramon misolida soxta g’oyalarga aldanmaslik, vatanni sevish, oila va ayol baxtini yuqori darajada saqlash kabi tushunchalar real voqealar asosida ko‘rsatib berildi.

Film namoyishidan so‘ng institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori X.Qurbonov hamda rektor maslahatchisi B.Abdullayevlar talaba yoshlarning ushbu filmdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar, o‘zlarining kerakli maslahatlarini va tavsiyalarini berib o‘tdilar.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…
Subscribe to a channel