Koʻpni koʻrgan ustoz va murabbiylarning hayot tajribasi yoshlar uchun ibrat maktabidir!
🔊Bugun RSHTYOIM Navoiy filialda “Uch avlod uchrashuvi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
🔊Tadbir NavDPI Tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida oʻtkazilib, tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti ustoz-murabbiylaridan Gʻ.A.Aslanov, RSHTYOIM Navoiy filiali direktori B.Z.Jalolov va filialning shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish boʻyicha direktor oʻrinbosari M.Yu.Xodjayevlar soʻzga chiqishdi.
🔊Uchrashuv davomida soʻzga chiqqanlar, faxriylar hayot yoʻli, soha rivoji uchun amalga oshirgan ishlari, bu yoʻlda uchragan mashaqqatlar va qiyinchiliklari xususida yosh avlod vakillariga hikoya qilib berdi. Kishi oʻz oldiga maqsad qoʻyishi va kelajagini rejalashtirishi lozimligi, bu yoʻlda albatta unga muammolar uchrashi va bu muammolarni bilimi, salohiyati va intilishlari bilan yengishi lozimligi barchaga ibrat boʻlgulik hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi.
@NavDPI_Rasmiy
⏳#LIVE #online
⚡️Fizika-texnologiya fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan konferensiyada xorijiy mamalakatlardan 10 ga yaqin, yurtimiz olimlari tomonidan 120 dan ortiq ilmiy maqolalar kelib tushdi. Ushbu maqolalar Polshaning “Index Copernicus”, Yevropaning “Zenodo” hamda “OpenAIRE”, Rossiyaning “Cyberleninka”, Angliyaning “Europub” bazalariga joylashtirildi va Google akademiya ilmiy qidiruv tizimida indekslandi.
Bizni kuzating:
#LIVE
⚡️Ayni daqiqalarda Navoiy davlat pedagogika institutida “Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman boshlandi.
Anjumanni institut rektori, professor Bahodir Sobirov o‘zining ilmiy mulohazalari bilan ochib berdi.
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Seminar
⚡️⚡️Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida Respublika oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarda Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nasiba Tursunova hamda Tibbiyot fakulteti dekan o‘rinbosari Hilola Rahmatovalar ham faol ishtirok etishdi.
@NavSPI_official
NAZORAT KAMERALARI TEKSHIRILDI
⚡️Oliy taʼlim tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish va tizimda korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari institutning barcha fakultetlarida, jumladan Tarix, Rus va qozoq filologiyasi, Ingliz tili va adabiyoti, Fizika-texnologiyalar va Matematika-informatika fakulteti binolarida oʻrnatilgan videokuzatuv kameralarini nazorat qilishdi. Nosoz va noto‘g’ri o‘rnatilgan kuzatish vositalarini almashtirish kerakligi tushuntirildi.
@NavDPI_Rasmiy
#radio
🎙04:15 FM 101.6 toʻlqinida — Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nasiba Tursunova “Xon atlas” festivali haqida fikrlarini bildirdi.
@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon
#mobil_reportaj
🎥“San’at haftaligi”dan jarayonlar
👀Bizni kuzatishda davom eting:
™️@NavDPI_Rasmiy
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
🔰Yaqinda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yurtimizdagi volontyorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tanlov eʼlon qilingan edi.
☝️Mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan oʻtgan loyiha egalari joriy yilning 15-18- aprel kunlari Jizzax viloyatining Zomin oromgohida yig’ildi.
📌Ushbu tanvolda Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot kengashi Intellektual loyihalar koordinatori Bunyod Sirojov 45 mln. soʻm hamda Tadbirkorlik va innovatsion gʻoyalar loyihasi koordinatori Oybek Abduraimov 21 mln 200 ming soʻmlik grand sohibiga sazovor bo‘lishdi.
👏Ushbu natija bilan talabalarimizni qutlaymiz! Yangi-yangi zafarlar yor bo‘lsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hamkorlik
👉 На русском
Bizni kuzating
#Jarayon
Magistratura talabalari faoliyati ishchi guruh tomonidan oʻrganilmoqda
🎓Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi tomonidan Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti), Ijtimoiy-gumanitar fanlar o‘qitish metodikasi (tarix), Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim), Aniq va tabiiy fanlar o‘qitish metodikasi (fizika-astronomiya), Musiqa ta’limi va san’ati, Aniq va tabiiy fanlar o‘qitish metodikasi (matematika), Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisliklarining 2-bosqich talabalari tomonidan magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlaganlik holati, tadqiqot mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlarining tahliliy hisobotlari ko‘rib chiqildi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#E’tirof
NAVDPI REKTORI BAHODIR SOBIROV XALQARO HAMJAMIYAT E’TIROFIGA SAZOVOR BO‘LDI
🎗Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumatlari rahbarlari kengashi huzuridagi Askarlar-internatsionalistlar ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi N.Shuba — “Faxriylar va nogiron jangchilarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan gumanitar va ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarda faol ishtiroki uchun” Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Sobirov Bahodir Boypo‘latovich Tashakkurnoma bilan bilan taqdirlandi. Shuningdek, Oʻzbekiston “Veteran” Jangchi-Faxriy va nogironlar birlashmasining 30 yillik koʻkrak-nishoni bilan topshirildi.
Bizni kuzatib boring:
⚽️JANGCHI-FAXRIYLAR OʻRTASIDA FUTBOL MUSOBAQASI OʻTKAZILDI
Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida Afgʻonistonda jangovar harakatlarda ishtirok etgan qoʻshinlarning cheklangan kontingentini chiqarilganligining 35 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston “Veteran” Jangchi-Faxriy va nogironlar birlashmasining “Birlashma kubogi-2024” musobaqasi Navoiy viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
“Navoiy” hamda “Buxoro” jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan baxsda viloyatimiz aʼzolari 6:1 hisobida zafar quchib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Musobaqada qatnashgan faxriy jangchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
Musobaqani oʻtkazishdan maqsad, Jangchi-faxriylarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb qilish, ommaviy sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish hamda ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishdan iborat.
™️:@NavDPI_official
📹#OAV_nigohida
Navoiy davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan Oʻzbekiston “Veteran” Jangchi-Faxriy va nogironlar birlashmasining “Birlashma kubogi-2024” musobaqasi "Diyor 24" informatsion dasturida xabar qilindi.
™️:@NavDPI_official
#LIVE
⏳“Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkazilayotgan konferensiyada, offlayn va online tarzda olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etayapti.
Jarayonlar davom etmoqda
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#LIVE #online
⏳Navoiy davlat pedagogika instituti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan anjumanda yurtimizning turli oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, tadqiqotchilar, shuningdek, xorijlik mutaxassislar ishtirok etmoqda.
@NavDPI_Rasmiy
⚡️ Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)
2024-yil 2-may kuni Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi. Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
Talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 25-aprel kuni soat 18:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Mock test natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot'i orqali bilib olishingiz mumkin.
☎️ Murojaat uchun: +998 95 515-68-68
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#Nufuzli #Konferensiya
🎇Barchani taklif qilamiz❗️
Navoiy davlat pedagogika instituti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan nufuzli konferensiyaga barchani taklif qilamiz!
📍Anjuman o‘tkazilish joyi va vaqti: Navoiy davlat pedagogika instituti 19.04.2024
40.0822583,65.3757874,15z/data=!4m21!1m14!4m13!1m5!1m1!1s0x3f51c153aa39701b:0x644e53df1a37c31d!2m2!1d65.3838041!2d40.085363!1m6!1m2!1s0x3f51c153aa39701b:0x644e53df1a37c31d!2z0J3QsNCy0L7QuNC50YHQutC40Lkg0JPQvtGB0YPQtNCw0YDRgdGC0LLQtdC90L3Ri9C5INCf0LXQtNCw0LPQvtCz0LjRh9C10YHQutC40Lkg0JjQvdGB0YLQuNGC0YPRgiwgSWJuIFNpbm8gU3RyZWV0IDQ1LCAyMTAxMDAsIE5hdm9pLCDQodCw0LzQsNGA0LrQsNC90LTRgdC60LDRjyDQvtCx0LvQsNGB0YLRjCwg0KPQt9Cx0LXQutC40YHRgtCw0L0!2m2!1d65.3838041!2d40.085363!3m5!1s0x3f51c153aa39701b:0x644e53df1a37c31d!8m2!3d40.085363!4d65.3838041!16s%2Fg%2F1pp2wx0h9?entry=ttu">
👉Manzil (lokatsiya)👈
⏰Konferensiyaning boshlanish vaqti: 10:00
🪩Online tarzda ishtirok etmoqchi bo’lganlar uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/2364780832?pwd=TnhSZEhEMDlibzNsS2Y0OWFOOk9Ldz09
Konferensiya identifikatori: 236 478 0832
Kirish kodi: 1133
Tayyorgarlik qizg'in!
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Xalqaro_seminar
O‘zbekiston-Ispaniya Oliy ta’limdagi xalqaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 15-aprel kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston-Ispaniya oliy ta’lim muasassalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Navoiy davlat pedagogika instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i Moxichexra Sayidova hamda Zebiniso Tuychiyevalar ishtirok etib, Ispaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha fikr almashdilar.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#Sport
⚽️ Navoiy shahridagi “Sugʻdiyona” oʻyingohida yoshlar oʻrtasida sportning futbol va mini-futbol turlari boʻyicha an’anaviy “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” Navoiy shahar bosqichi musobaqalarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
🏆Ramziy ma’nodagi musobaqalarning ochilish marosimida dastlab Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari soʻzga chiqib, musobaqani ochiq deb e’lon qildi va ishtirokchilarni tabriklab, boʻlib oʻtadigan musobaqalarda barchaga omad tiladi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi, Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi, NavDPI va NavDKTU jamoalari ishtirok etdi.
Bizni kuzating
#OAV_nigohida
“Do‘stlik bayrog’i” hamda «Знамя дружбы» gazetalarining 2024-yil 18-apreldagi 16-soni nashr etildi.
📰«Знамя дружбы» gazetasida Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakulteti dekani G’ulom Aslonovning «Кадры для здравоохранения» nomli maqolasi chop etildi.
Shuningdek, Navoiy shahrida “San’at haftaligi”ning ochilish marosimi va “rasmlar ko‘rgazmasi” haqida “Do‘stlik bayrog’i” hamda «Знамя дружбы» gazetalarida xabar berildi. Unda San’atshunoslik fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan kartinalarning mohiyati va “liboslar ko‘rgazmasi” yoritilgan.
@NavDPI_Rasmiy|@NavDPI_official
#Radio #FM_101_6
📻“Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar‘ mavzusida o‘tkaziladigan Respublika ilmiy-amaliy anjuman haqida Fizika-astronomiya kafedrasi mudiri, professor Axad Ahmedov FM - 101.6 radiosiga intervyu berdi.
@NavDPI_Rasmiy
#UVA
#Yoshlar_ittifoqi
#Qutlov
Oʻzbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi rahbari Shirin Abidova hamda Respublikamizni barcha viloyatlaridan kelgan grant sovrindorlari Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Sobirov Baxodir Boypoʻlatovichni tavallud ayyom bilan qutlaydi!
Bizni kuzatishda davom eting 👇
@NavDPI_YI
#so‘ragan_edingiz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining @eduuzuniversalbot murojaatlar platformasi orqali akademik ta’til olish tartibi bo‘yicha fuqarolardan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar bilan tanishing.
00:25 Qanday holatlarda akademik ta’til olsam bo‘ladi?
01:13 Grantda o‘qiyman. Akademik ta’til davrida ham menga stipendiya beriladimi?
01:36 Akademik ta’til olish uchun universitetga qanday hujjatlar taqdim qilish kerak bo‘ladi?
03:00 Qizim surunkali kasalligi sababli darslarga 3 haftadan beri qatnasha olmayapti, shu sababli men qizimning o‘rniga akademik ta’til olish uchun ariza yozsam bo‘ladimi?
03:55 Akademik ta’til olish haqidagi murojaat qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
04:30 Men 3-kursligimda sog‘ligimdagi muammolar sababli 1-yilga akademik ta’til olgandim. Hozirda mening yo‘nalishim tugatilgan ekan, men o‘qishimni yana shu yo‘nalishda davom ettira olamanmi ?
05:57 Akademik ta’tildan qaytganimdan keyin universitetga qanday hujjatlar taqdim qilishim kerak?
06:35 Akademik ta’til olsam, bir yilim “kuyadi”mi?
🎞HD variantda ko‘rish
👉Matn shaklida o‘qish
Bizni kuzating
#ENG_FAOL_REKTORGA_OVOZ_BERING!
Oliy ta'lim muassasalari faoliyatini namunali yo‘lga qo'yish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda munosib hissa qo'shib kelayotgan "Eng faol rektor"ga ovoz bering!
🏆 Mazkur so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan oliy ta’lim muassasasi rektori Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 3 million so‘mlik kitoblar jamlanmasi va maxsus statuetka bilan taqdirlanadi.
❗️Eslatib o‘tamiz: So‘rovnomada ovoz berish 26-aprel 18:00 gacha davom etadi.
#E’tirof
🎗“Faxriylar va nogiron jangchilarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan gumanitar va ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarda faol ishtiroki uchun” NavDPI Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Nurullayev Abduxoliq Qahhorovich qo‘mita raisi N.Shubaning minnatdorlik xati hamda Oʻzbekiston “Veteran” Jangchi-Faxriy va nogironlar birlashmasining 30 yillik koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi.
@NavDPI_Rasmiy
#Nufuzli #Konferensiya
🎇Barchani taklif qilamiz!
Navoiy davlat pedagogika instituti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan nufuzli konferensiyaga barchani taklif qilamiz!
📍Anjuman o'tkazilish joyi va vaqti: Navoiy davlat pedagogika instituti 19.04.2024
⏰Konferensiyaning boshlanish vaqti: 10:00
✨Tayyorgarlik qizg'in!
Konferensiyada hamma ishtirok etishi mumkin!
Telegram |science_innovation">YouTube |Instagram | Facebook
#Xalqaro_hamkorlik
QOZOG’ISTONLIK PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR INSTITUTDA
⚡️⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Muhtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida kecha, 16-aprel sanasida universitet dotsentlari: T. Ibragimov, M. Ermaxanov, E. Amirbekovlar Tabiiy fanlar fakultetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida fakultet talabalari bilan “Entomologiya” fanidan dars mashg’ulotlari olib borildi. Shu bilan birga kafedra jamoasi bilan birgalikda seminar-trening o‘tkazildi.
Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov xorijlik olimlar bilan uchrashuv o‘tkazib, olib borilgan dars mashg’ulotlari haqida suhbatlashildi hamda oliygohlar o‘rtasida hamkorlikda amalga oshiriladigan kelgusidagi ilmiy-amaliy loyihalar, dasturlar va rejalar xususida to‘xtaldi. Universitetning 80 yillik yubileyiga bag’ishlab chop etilgan to‘plami institut fondiga topshirildi.
✍️NavDPI Matbuot xizmati
Bizni kuzating: