#Bilasizmi #attestatsiya #proftaʼlim #akademik_litsey
Akademik litsey va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan quyidagi padagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:
🔹fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
🔸oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
🔹pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;
🔸yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar;
🔹pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar;
🔸pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;
🔹homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
🔸homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
🔹pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;
🔸uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni o‘tayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
🔹mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan pedagog kadrlar, ularga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan yoki bir pog‘ona oshirilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida;
🔸respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;
🔹ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.
Bizni kuzating
#Haftalik_dayjest
Haftaning muhim xabarlari qisqa satrlarda (15.04 — 21.04.2024)
🔗Ijodkorlar Masʻuma Axmedova va Nazira as-Salom Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida boʻlishdi.
—
🔗Talabalar ishtirokida “Ulug'lar yodi” nomli adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
—
🔗Navoiy shahridagi “Sanʼat galereyasi”da “To‘siqsiz San’at” nomli rasmlar koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
—
🔗Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida sport sinovlarini qabul qilish bo‘yicha oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.
—
🔗Janubiy Qozog’iston universiteti dotsentlari institutga tashrif buyurdi.
—
🔗Jangchi-faxriylar oʻrtasida futbol musobaqasi oʻtkazildi.
—
🔗NavDPI rektori Xalqaro hamjamiyat e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
—
🔗Fakultet dekaniga minnatdorlik xati topshirildi.
—
🔗Magistratura talabalari faoliyati ishchi guruh tomonidan oʻrganilmoqda: 1, 2.
—
🔗Yoshlar ittifoqi koordinatorlari Grand loyihalarni qo‘lga kiritdi.
—
🔗Yoshlar oʻrtasida sportning futbol va mini-futbol turlari boʻyicha an’anaviy “DXX kubogi” Navoiy shahar bosqichi musobaqalarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
—
🔗Samarqandda O‘zbekiston-Ispaniya Oliy ta’limdagi xalqaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
—
🔗Fakultetlardagi nazorat kameralari tekshirildi.
—
🔗Buxodora Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining o‘quv seminari o‘tkazildi.
—
🔗Tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida RSHTYOIM Navoiy filialda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
—
🔗Akademik litsey o‘quvchilari test sinovida yuqori natija qayd etdi.
—
🔗Talabalar ishtirokida korrupsion holatlarini oldini olish borasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
—
🔗Eng yaxshi kitobxon jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
—
🔗“Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida oʻqitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
—
🔗Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari o‘rtasida viktorina o‘tkazildi.
@NavDPI_Rasmiy
#Bilasizmi #profta’lim #akademik_litsey #huquqiy_savodxonlik
⚡️Akademik litsey yoki professional ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi
▪️Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:
➖tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
➖xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
▪️xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
▪️oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifasini (bosh o‘qituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
▪️pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi).
Bizni kuzating
⚖️👨💻👩💻💬
🖍Navoiy davlat pedagogika institutida “Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida oʻqitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
➡️ BATAFSIL ⬅️
👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
📝📝📝
⚖️👨💻👩💻💬
🖍Навоий давлат педагогика институтида “Физика фанини ахборот ва инновацион технологиялар муҳитида ўқитишнинг замонавий тенденциялари: муаммо ва ечимлар” мавзусида илмий-амалий анжуман ўтказилди.
➡️ БАТАФСИЛ ⬅️
👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🌐Veb Sayt |✅ Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
Навоий вилояти телерадиокомпаниясида «Келажак ёшлари» телелойиҳаси:
«OLIY TA'LIMDA BIR KUN» кўрсатувининг 12-сони меҳмони Навоий давлат педагогика институти жисмоний маданият факултети талабаси Жалилов Мироншох бўлди.
@NavDPI_YI
В Навоийском государственном педагогическом институте прошла Республиканская научно-практическая конференция
https://yuz.uz/ru/news/v-navoiyskom-gosudarstvennom-pedagogicheskom-institute-proshla-respublikanskaya-nauchno-prakticheskaya-konferentsiya-
На конференцию на тему «Современные тенденции преподавания физики в среде информационных и инновационных технологий: проблемы и решения», организованную по инициативе факультета физики – технологическое образование Навоийского государственного педагогического института, поступило около 10 научных статей из зарубежных стран и более 120 научных статей ученых Узбекистана — Камол Холов, пресс-секретарь НавГПИ.
Давлатимиз раҳбари Жиззах вилоятига ташрифи тўғрисида
Жорий йилнинг 8-9 апрель кунлари Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига ташриф буюрди. Ташрифнинг биринчи манзили Фориш туманидаги “Basalt Uzbekistan” кластери бўлди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилояти Шароф Рашидов туманида қурилаётган “Янги Ўзбекистон” массивини бориб кўрди.
—
Президент Шавкат Мирзиёевга Жиззах вилоятида амалга оширилиши режалаштирилган инвестиция лойиҳалари тақдимот қилинди.
—
Ўзбекистон Президенти Жиззах вилоятига ташрифи чоғида саноат ва энергетикада янги лойиҳаларни бошлашга бағишланган маросимда иштирок этди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев “ADM Jizzakh” автомобиль заводи фаолияти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев “BMB Holding” компаниясининг Жиззах вилояти Шароф Рашидов туманидаги агрологистика мажмуасини бориб кўрди.
—
Жиззах вилоятида амалга оширилиши режалаштирилган инвестиция лойиҳалари тақдимот қилинди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах шаҳрида барпо этилган Киберспорт аренасида ёшлар билан учрашди.
—
Зарбдор туманида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Жиззах вилоятини иқтисодий-ижтимоий ривожлантириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш бўлиб ўтди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилояти Зарбдор туманидаги Лалмикор маҳалласида бўлди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев Зомин туманидаги “Jizzax Organiс” чорвачилик кластери фаолияти билан танишди.
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari o‘rtasida viktorina o‘tkazildi
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 4-kurs talabalari ishtirokida Jahon adabiyoti fani doirasida “Quiz show on World Literature” nomli viktorina tashkil etildi.
Unda bitiruvchi kurs talabalarining 12 ta jamoasi uch bosqichdan iborat sinovlarni topshirib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Mazkur tadbir talabalarning Jahon adabiyoti fanidan egallagan bilimlarini oshrish va uni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
™️:@NavSPI_official
#Anjuman #Conference
Navoiy davlat pedagogika institutida “Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida oʻqitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
👉BATAFSIL: https://nspi.uz/?p=30271
В Навоийском государственном педагогическом институте прошла научно-практическая конференция на тему «Современные тенденции преподавания физики в среде информационных и инновационных технологий: проблемы и решения».
👉ПОДРОБНО: https://nspi.uz/?p=30260&lang=ru
A scientific-practical conference was held at the Navoi state pedagogical institute on the topic “Modern trends of teaching physics in the environment of information and innovative technologies: problems and solutions”.
👉IN DETAIL: https://nspi.uz/?p=30262&lang=en
Bizni kuzatib boring:
📻Navoiy - FM 101.6
⚡️Navoiy viloyati radiosining “Asrimiz avlodi“ eshittirishida NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Umeda Rahmonovaning institutda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, tadbirlar hamda ko‘rik tanlovlar haqidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
@NavDPI_Rasmiy
#NavDPI_YI
#Yoshlar_ittifoqi
#Koordinatorlar
🏢 Navoiy davlat pedagogika institutida talaba yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan "Yosh kitobxon talabalar ligasi" o‘z nihoyasiga yetdi.
Natijalar quyidagicha qayd etildi:
🥇1-oʻrin Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining "Koʻhinur" jamoasi
🥈2-oʻrin Ingliz tili va adabiyoti fakultetining "Diamond" jamoasi
🥉3-oʻrin Rus va qozoq filologiyasi fakultetining "Albion" jamoasi qoʻlga kiritdi.
Gʻolib jamoalar quyidagicha ragʻbatlantiriladi👇
💵 1-oʻrin 9 000 000 soʻm
💶 2-o‘rin 6 000 000 so‘m
💷 3-o‘rin 3 000 000 so‘m
📚Eng yaxshi sarmoya bilimga kiritilgan sarmoyadir. Kitob o‘qing, zero kitob insonlarni yetuklikka chorlaydi. Kitobdan olgan bilimlaringiz esa sizni ko‘chada qoldirmaydi.
Bizni kuzatishda davom eting... 👇
™️:@NavDPI_Rasmiy
#ENG_FAOL_REKTORGA_OVOZ_BERING!
Oliy ta'lim muassasalari faoliyatini namunali yo‘lga qo'yish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda munosib hissa qo'shib kelayotgan "Eng faol rektor"ga ovoz bering!
🏆 Mazkur so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan oliy ta’lim muassasasi rektori Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 3 million so‘mlik kitoblar jamlanmasi va maxsus statuetka bilan taqdirlanadi.
❗️Eslatib o‘tamiz: So‘rovnomada ovoz berish 26-aprel 18:00 gacha davom etadi.
Akademik litsey o‘quvchilari test sinovida yuqori natija qayd etdi
🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlardan o‘tkazilgan test sinov imtihonida Navoiy davlat pedagogika instituti Akademik litseyi o‘quvchilari 100% lik natijani qo‘lga kiritdi.
©️Bungacha litsey o‘quvchilaridan 106 nafari chet tillarini bilish darajasini aniqlovchi B2 milliy sertifikati, 29 nafari xalqaro IELTS sertifikati, 49 nafari biologiya, kimyo, matematika hamda ona tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat sohiblari bo‘lishgan.
Bizni kuzatib boring:
#Jarayon
🎓Magistratura mutaxassisliklarining monitoring jarayonlari davom etmoqda
✔️📚📚Belgilangan grafik asosida Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) va O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisliklari 2-kurs magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlaganlik holati, tadqiqot mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlarining tahliliy hisobotlari ko‘rib chiqildi, kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.
📚📚Monitoring jarayonida Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) mutaxassisligi magistranti S. Abduhakimova , O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistranti D. Qurbonovlarning tadqiqot ishlari Nizom talablariga mos tayyorlanganligi, Ilmiy nashrlarning salmoqli tarkibi mavjudligi ta’kidlandi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#Radio
📻03:13 Navoiy - FM 101.6 radio to‘lqinida Navoiy davlat pedagogika institutiga Muhtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universitetining bir guruh o‘qituvchilari tashrifi haqida so‘z boradi.
™️:@NavDPI_official
#Eʼlon
“Ma’rifat ulashib” loyihasi
📚Talaba yoshlarning badiiy savodxonlik darajasini oshirish va kitobxonlikka jalb qilish maqsadida respublikamiz bo‘ylab “Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 24- va 29-aprel kunlari Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev, shoir Bahriddin Sadriddinov hamda shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh bilan ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Kun davomida ijodkorlar bilan turli tadbirlar, xususan, talabalar bilan uchrashuv, muzeyga sayohat, adiblarning maktablarga tashrifi hamda Talabalar turar joyida ijodiy kecha o‘tkazilishi belgilangan.
⏱Loyiha o‘tkazilish vaqti: 24-aprel soat 10.00
Barcha talaba-yoshlarni adabiy kechaga taklif etamiz!
@NavDPI_Rasmiy
📹#OAV_nigohida
🏛Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya ta’lim fakulteti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan “Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida oʻqitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman viloyat teleradiokompaniyasining “Diyor 24” axborot dasturida.
@NavDPI_Rasmiy
Давлатимиз раҳбари Жиззах вилоятига ташрифи тўғрисида
Жорий йилнинг 8-9 апрель кунлари Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига ташриф буюрди. Ташрифнинг биринчи манзили Фориш туманидаги “Basalt Uzbekistan” кластери бўлди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилояти Шароф Рашидов туманида қурилаётган “Янги Ўзбекистон” массивини бориб кўрди.
—
Президент Шавкат Мирзиёевга Жиззах вилоятида амалга оширилиши режалаштирилган инвестиция лойиҳалари тақдимот қилинди.
—
Ўзбекистон Президенти Жиззах вилоятига ташрифи чоғида саноат ва энергетикада янги лойиҳаларни бошлашга бағишланган маросимда иштирок этди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев “ADM Jizzakh” автомобиль заводи фаолияти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев “BMB Holding” компаниясининг Жиззах вилояти Шароф Рашидов туманидаги агрологистика мажмуасини бориб кўрди.
—
Жиззах вилоятида амалга оширилиши режалаштирилган инвестиция лойиҳалари тақдимот қилинди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах шаҳрида барпо этилган Киберспорт аренасида ёшлар билан учрашди.
—
Зарбдор туманида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Жиззах вилоятини иқтисодий-ижтимоий ривожлантириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш бўлиб ўтди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилояти Зарбдор туманидаги Лалмикор маҳалласида бўлди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев Зомин туманидаги “Jizzax Organiс” чорвачилик кластери фаолияти билан танишди.
#Tabriknoma
Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Bosh auditori Tursunov Xasan Xolmoʻminovich tavallud topgan.
Xasan Tursunov 1978-yil 21-aprelda Navoiy viloyati, Navoiy shahrida tugʻilgan.
2005-yil Navoiy davlat pedagogika instituti (bakalavr), 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (ikkinchi mutaxassislik), 2023-yilda Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichini tamomlagan.
Tug‘ilgan kun munosabati bilan Xasan Xolmo‘minovichga uzoq umr, oilaviy baxt, kasbiy faoliyatida yuksak marralar tilaymiz!
@NavDPI_Rasmiy
🖌20 апрель – Навоий вилояти ташкил топган кун!
Бугун Навоий вилояти ташкил топган кун сифатида эътироф этилса-да, ҳудуднинг тарихи Бухорою Самарқанд ёхуд Хиваю Қўқонникидан қолишмайди.
Вилоятни ўрганиб чиқарканман, ҳар бир туманнинг қадим ўтмишини эслатиб турувчи обидаю қадамжолари борлигининг гувоҳи бўлдим. Мамлакатимизнинг майдони жиҳатдан энг йирик воҳасининг, табиийки, ҳикояси ҳам "кеча" бошланган бўлиши мумкин эмас. Буюк ипак йўлида карвонсарой вазифасини ўтаганлиги Работи Малику Сардобадан, Яратганнинг назари тушганлиги Нуратодан, илму маърифат ўчоғи бўлганлиги Қосимшайх Азизондан, миллатларга бешик эканлиги Айтекебийдан аён.
1982 йил 20 апрелда Навоий вилояти ташкил этилиб, 1992 йилда у яна қайта туғилди десак, адашмаймиз.
1992 йил 27 январь куни Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгаши Раёсатининг «Ўзбекистон Республикаси таркибида Навоий вилоятини қайтадан тиклаш ҳақида«ги қарори қабул қилинди. Унга мувофиқ Навоий вилояти аввалги чегараларида қайтадан тикланиб, унинг таркибига Бухоро вилоятининг Навоий, Зарафшон ва Учқудуқ шаҳарлари, Конимех, Қизилтепа, Навбаҳор, Навоий, Томди, Учқудуқ туманлари, Самарқанд вилоятининг Нурота ва Хатирчи туманлари киритилди. Навоий шаҳри вилоятнинг маъмурий маркази этиб белгиланди.
Биз, навоийликлар учун ҳар икки сана ҳам қадрли!
Гарчи мамлакатнинг бошқа ҳудудида таваллуд топган бўлсам-да, гўша билан боғлиқ йилларим, ҳикояларим, гўзал хотираларим китобларга айланиб бормоқда. Бу вилоят халқи мен учун шу қадар қадрлики, уларни киндик қоним тўкилган жойдан айро ҳолда ёдимда сақлолмайман.
Азиз вилоятдошларим, бугун бизнинг байрам қилишга яна бир "баҳонамиз" бор экан, фурсатдан фойдаланиб, барчангизни вилоятимизнинг рамзий таваллуд айёми билан муборакбод этаман. Тобора замонавийлашиб, кўркамлашиб бораётган ушбу муқаддас ерларга ҳамиша Яратганнинг назари, қуёшнинг тафти ва халқнинг меҳри тўкилиб турсин. Осмонимиз мусаффо, элимиз бахтиёр бўлсин.🖋️
#reportaj
📹Jurnalist va blogerlar institut faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
#press_tur #matbuot_anjumani #press_konferensiya
Bizni kuzatib boring:
#Intervyu
🎤“Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi konferensiya haqida Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-astronomiya kafedrasi mudiri Axad Axmedov hamda “Science and innovation” kompaniyasi direktori o‘rinbosari Fotima Normatova fikr-mulohazalarini bildirishdi.
@NavSPI_official
#Процесс
НавГПИ: как поднять престиж профессии педагога
“В 2023 году в ходе визита в Навоийскую область глава государства заявил, что на базе Навоийского государственного педагогического института будет создан Навоийский государственный педагогический университет. Это позволит лучше обеспечить предметную подготовку будущих специалистов, ориентировать студентов на работу в школах, поднять престиж профессии педагога и диплома высшего образовательного учреждения” — Баходир Собиров, ректор Навоийского государственного педагогического института.
👉Подробно: https://yuz.uz/ru
@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
⚡️⚡️Dotsent ilmiy unvoni bilan tabriklaymiz!
Bizni kuzating:
#profilaktik_tadbir
⚡️NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda Tarix fakulteti tyutorlari birgalikda fakultetning 2-bosqich talabalariga korrupsion holatlarini oldini olish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida o‘quv jarayonlari, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish bilan bog‘liq ta’magirlik va poraxo‘rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, talabalardan anonim so‘rovnoma olindi.
™️:@NavDPI_Rasmiy
#OAV_nigohida
📰Markaziy nashr: “Pravda Vostoka” gazetasining 19-aprel 75-sonida Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyatiga oid tahliliy maqola chop etildi. Maqolada oʻquv-tarbiyaviy, ilmiy-innovatsion, sport va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlarida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berilgan.
Batafsil: /channel/gazetalar_sharhi/28410
👀Bizni kuzatishda davom eting
Axborot kutubxona markazi mas’ullarining malakasi oshirilmoqda
⚡️Navoiy viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan Navoiy davlat pedagogika institutida tizimidagi ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazi xodimlari uchun “Axborot kutubxona muassasalari rahbar va xodimlarning kasbiy malakasi hamda ish samaradorligini oshirish” mavzusida viloyat miqiyosida o'quv amaliy seminar tashkil etildi.
🎞Tafsilotlar “Diyor 24” axborot dasturida
Bizni kuzatib boring
Представлен № 75 (30384) газеты «Правда Востока», от 19 апреля 2024 года для чтения.
Данный файл представлен редакцией газеты.
Также вы можете следить за веб-сайтом газеты в интернете Официальный канал веб-издания https://yuz.uz/ru.
〰️〰️〰️〰️〰️
Подключиться к каналу👇
/channel/gazetalar_sharhi
/channel/pvouz