navdpi_rasmiy | Unsorted

Telegram-канал navdpi_rasmiy - NavDPI | Rasmiy kanal

9803

Navoiy davlat pedagogika instituti @NDPI_Rektoriga_murojat_bot 🌐 nspi.uz 📧 info@nspi.uz 📱https://t.me/NDPI_NSPI 📱https://www.instagram.com/ndpi_nspi/ 📱https://www.facebook.com/profile.php?id=61561618590849

Subscribe to a channel

NavDPI | Rasmiy kanal

#Ma‘rifat_ulashib

⚡️“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida shoir Vafo Fayzullox Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bo‘ylab sayohat qildi. Muzeydagi har bir eksponat bilan yaqindan tanishib, unutilmas taassurotga ega bo‘ldi.

Shuningdek ijodkor talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” jarayonlarini kuzatib, “kitob yarmarkasi” bilan tanishdi.

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

VAZIRNING BIRINCHI O‘RINBOSARI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut hududida daraxt ko‘chatini o‘tqazdi.

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Ma’rifat_loyihasi

“Ma’rifat loyihasi” doirasida adiblar bilan uchrashuv Navoiy shahridagi 20-maktabda davom etdi.


Tadbirda shoir Bahriddin Sadriddinov hamda adabiyotshunos olim, NavDPI professori Abdulhamid Xolmurodovlar ishtirok etib, to‘garaklar faoliyati bilan tanishishdi. Shundan so‘ng maktab o‘quvchilari bilan adabiy uchrashuv o‘tkazildi.

🎞Mazkur jarayonlar viloyat televideniyesi orqali efitrga uzatiladi.


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🎥#Videoreportaj

⚡️Shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh hamda shoir Bahriddin Sadriddinov Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrifi haqida videolavha

Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#LIVE #Ma‘fat_ulashib
#Online

⚡️“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashrif buyurgan shoir va yozuvchilar so‘nggi yillarda institutda amalga oshirilayotgan ishlar, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatlar hamda talabalarning turli yo‘nalishlarda erishayotgan yutuqlari bilan tanishdi. Shu bilan birga kelgusidagi rejalar to‘g’risida institut rektori Bahodir Sobirov qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Esdalik uchun fotosuratlar olindi.


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#LIVE #Ma‘fat_ulashib
#Online

Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurgan ijodkorlar dastlab “Yashil makon” loyihasi doirasida institut rektori Bahodir Sobirov bilan birgalikda daraxt ekishdi. So‘ng kitoblar yarmarkasi hamda talabalarning rasmlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Xushxabar

TALABAMIZ O‘ZBEK JANG SAN’ATI BOʻYICHA CHEMPIONATDA BIRINCHI O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI

🥋Shu yilning 20-21 aprel kunlari Navoiy shahrida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha Navoiy viloyat chempionati boʻlib oʻtdi. Kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti 2-bosqich talabasi Nurshohruh Isroilov 85 kg. vaznda toifasida 🥇oltin medalini qoʻlga kiritdi.

N.Isroilov 3 karra Osiyo chempioni, 2 karra Jahon kubogida oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritgan, shuningdek, O‘zbekiston sport ustasi va qora belbog’ sohibi hisoblanadi.

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Eʼlon

“Ma’rifat ulashib” loyihasi

📚Talaba yoshlarning badiiy savodxonlik darajasini oshirish va kitobxonlikka jalb qilish maqsadida respublikamiz bo‘ylab “Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 25- va 29-aprel kunlari Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev, shoir Bahriddin Sadriddinov hamda shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh bilan ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Kun davomida ijodkorlar bilan turli tadbirlar, xususan, “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish, talabalar bilan uchrashuv, muzeyga sayohat, adiblarning maktablarga tashrifi hamda Talabalar turar joyida ijodiy kecha o‘tkazilishi belgilangan.

⏱Loyiha o‘tkazilish vaqti: 25-aprel soat 09:00

Manzil: NavDPI bosh binosi

40.0849806,65.3616461,15.02z/data=!4m10!1m2!2m1!1snavoiy+davlat+pedagogika+instituti!3m6!1s0x3f51c153aa39701b:0x644e53df1a37c31d!8m2!3d40.085363!4d65.3838041!15sCiJuYXZvaXkgZGF2bGF0IHBlZGFnb2dpa2EgaW5zdGl0dXRpkgEKdW5pdmVyc2l0eeABAA!16s%2Fg%2F1pp2wx0h9?entry=ttu">📍Lokatsiya

Barchani adabiy kechaga taklif etamiz!

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Jarayon

⚡️⚡️Qozog’iston Respublikasining Markaziy Osiyo innovatsion universitetidan ikki nafar mutaxassis Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-o’qituvchilari uchun amaliy seminar o‘tdi

Jarayonda ikkala tomon — O’zbekiston va Qozog’iston davlatlarining ta’lim tizimidagi mavjud qonunlar, amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, amaldagi davlat dasturlari hamda loyihalar bo’yicha fikr almashildi.

Bundan tashqari seminar davomida oliy ta’lim muassassalari professor-o’qituvchilari va talabalarining almashinuvi, hamkorlikda yaratiladigan yangi o’quv dasturlar, zamonaviy o’quv-metodik adabiyotlarni yaratish, ikkala hamkorlik qiluvchi ta’lim muassassalarida xorijiy ilmiy-amaliy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish bilan bog’liq masalalar ham muhokama qilindi.

@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Yaratilayotgan imkoniyatlar — yoshlarga ko‘mak

Bugun, 24-aprel sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Xurshid Qurbonov Matematika-informatika fakultetida bo‘lib, talabalar bilan suhbat qildi.

Batafsil

👀Bizni kuzatishda davom eting


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#photoreport

🇺🇿Amity universiteti vakillari Navoiylik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xususan, Navoiy pedagogika instituti Akademik litseyi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
_______

Representatives of Amity University held a meeting with the youth of Navoi

In particular, a meeting was organized with the students of the Academic Lyceum of the Navoi state pedagogical institute.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Qozog’istonning Markaziy Osiyo innovatsion universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

Ayni kunlarda Navoiy davlat pedagogika instituti yaqin qardosh xalqlar va boshqa turli mamlakatlar bilan zamonaviy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va ularni mustahkamlash maqsadida tizimli ishlarni olib bormoqda. Xususan, kuni kecha Qozog’iston Respublikasi Shimkent shahridagi Markaziy Osiyo innovatsion universitetidan ikki nafar professor-o’qituvchi — f.f.n, dotsent Arzu Gurbanova hamda p.f.n Gaziza Nazarovalar Ingliz tili va adabiyoti fakultetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida o’quv ishlari bo’yicha prorektor G’. Yodgorov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor D.Narzikulovalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Rasmiy vakillar bilan uchrashuv davomida ikkala davlatning ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy-amaliy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish va kadrlar malakasini oshirishda xorij tajribasidan foydalanib hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

⚡️⚡️Dotsent ilmiy unvoni bilan tabriklaymiz!

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#SPORT_SINOVLARI

Talabalar o‘rtasida sport sinovlari start oldi

Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaroriga asosan joriy yilning 22-apreldan 22-mayga qadar 2-bosqichda Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkaziladi.

Bugun musobaqani rasmiy ochilish marosimi Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. So‘ng talabalar 2000, 3000 va 100 metr yugurish bahslarida bellashdilar.


Eslatib o‘tamiz, mazkur sport sinovlari belgilangan reja-grafikka asosan fakultetlarda davom etadi.


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Talabalar “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasida bellashdi

Yoshlarni vatanga sadoqat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma‘naviy yetuk, jismonan baquvvat, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Ko‘pkurash” musobaqasi o‘tkazildi.

Unda talabalar 4x4 harbiy estafeta, turnikda tortilish, AK-74ni qismlarga ajratish va yig’ish, kamondan otish hamda arqon tortish shartlari asosida bellashishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra;

🥇-o‘rin — Navoiy davlat pedagogika instituti;
🥈-o‘rin — Navoiy innovatsiyalar universiteti
🥉-o‘rin — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.

Jamoalar diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#LIVE

⚡️Vazir o‘rinbosariga Navoiy davlat pedagogika institutida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g’risida to‘xtalib, kelgusidagi ustuvor rejalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining “Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bo‘yicha olib borilgan ishlar taqdimot qilindi. Bu bo‘yicha vazir o‘rinbosari Sh.Daliyev tomonidan takliflar va kerakli tavsiyalar berildi.

@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#ENG_FAOL_REKTORGA_OVOZ_BERING!

Oliy ta'lim muassasalari faoliyatini namunali yo‘lga qo'yish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda munosib hissa qo'shib kelayotgan "Eng faol rektor"ga ovoz bering!

🏆 Mazkur so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan oliy ta’lim muassasasi rektori Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 3 million so‘mlik kitoblar jamlanmasi va maxsus statuetka bilan taqdirlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz: So‘rovnomada ovoz berish 26-aprel 18:00 gacha davom etadi.

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🟦🟦🟦

Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy yetuk, jismonan baquvvat, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Ko'pkurash" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun" shiori ostida "Ko'pkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasida 4x4 harbiy estafeta, turnikda tortilish, AK-74 qurolini noto'liq qismlarga ajratish va yig'ish, kamondan otish hamda arqon tortish shartlari asosida o'tkazildi.

Musobaqa yakuniga ko'ra;

🥇-o'rin Navoiy davlat pedagogika instituti
🥈-o'rin Navoiy innovatsiyalar universiteti
🥉-o'rin Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiga
nasib etdi.

🏆G'olib jamoalar O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

Ёшларни Ватанга садоқат, миллий анъана ва қадриятларимизга ҳурмат руҳида тарбиялаш, маънавий етук, жисмонан бақувват, соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш ва уларнинг бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш учун олий таълим муассасалари талабалари ўртасида "Кўпкураш" мусобақаси бўлиб ўтди.

Олий таълим муассасалари талабалари ўртасида "Тинчлигимиз, тараққиёт ва фаровонлик учун" шиори остида "Кўпкураш" ҳарбий-ватанпарварлик спорт мусобақасида 4х4 ҳарбий эстафета, турникда тортилиш, АК-74 қуролини нотўлиқ қисмларга ажратиш ва йиғиш, камондан отиш ҳамда арқон тортиш шартлари асосида ўтказилди.

Мусобақа якунига кўра;

🥇-ўрин Навоий давлат педагогика институти
🥈-ўрин Навоий инноватсиялар университети
🥉-ўрин Навоий давлат кончилик ва технологиялар университетига
насиб этди.

🏆Ғолиб жамоалар Ўзбекистон ёшлар иттифоқи вилоят Кенгашининг диплом ҳамда эсдалик совғалари билан тақдирланди.

👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#LIVE #Ma‘fat_ulashib

⏳Atoqli shoirlar bilan ijodiy uchrashuv davom etmoqda.

Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

📸Jarayondan fotolavhalar


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#LIVE #Ma‘fat_ulashib

📸“Adiblar bilan uchrashuv” jarayonidan lavhalar

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#LIVE #Ma‘fat_ulashib

⚡️Ayni daqiqalarda Navoiy davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Adiblar bilan uchrashuv” bo‘lib o‘tmoqda.

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

https://uza.uz/uz/posts/fizika-fanini-oqitishda-muammo-va-echimlar_591903

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

DAVLAT DASTURINING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

Navoiy mashinasozlik zavodida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyatini ishchi-xodimlar o‘rtasida tushuntirish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida mutaxassislar Davlat dasturining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda gender tenglik borasidagi ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar hamda onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Tadbirda Navoiy viloyat “Oqila ayollar harakati” rahbari A.Bobomurodova, Navoiy yuridik texnikumi direktori o‘rinbosari D.Murtazayev, “NKMK” AJ ayollar Kengashi, yuridik texikum va NavDPI Tarix fakultetining iqtidorli talaba yoshlari hamda korxona ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida iqtidorli yoshlarimizning chiqishlari namoyish etildi.


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Koʻpni koʻrgan ustoz va murabbiylarning hayot tajribasi yoshlar uchun ibrat maktabidir!

Maʼlumki, oliy oʻquv yurtlarida boʻlgʻusi mutaxassislarga tarbiyaviy taʼsir qiluvchi ustoz-shogird anʼanalari tajribasi amaliy tasdiqlangan omil sifatida ifodalanadi. Shogird ustoz rahbarligida bilim yoki hunar oʻrganayotgan muddatda uning har bir harakati va ish uslubini, hatto nimani qayerga qoʻyish, qaysi tomoniga koʻproq eʼtibor berish holatlarini ham sinchiklab kuzatishi talab qilinadi.

Odatda ustoz baʼzan hunarning har bir ikir-chikirini ham aytavermaydi, balki amalda koʻrsatadi. Ehtimol, bu bilan ustoz shogirdining hushyorligini, sinchkovligi va qiziqishini sinab koʻrmoqchidir? Shu sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan shogirdning oshigʻi, shubhasiz, olchi boʻladi.


Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy markazi Navoiy filialida Tibbiyot fakulteti talabalari bilan “Ustoz-shogird an’analari amalda” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

📌Davomi

@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

TURKISTONNING SO‘NGGI HUKMDORI

Ekspertlar: Professor Qahramon Rajabov hamda Navoiy davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Mahmud Hamrayev.

📺BATAFSIL: https://www.youtube.com/watch?v=Kbq_3L9GdFw

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#SPORT_SINOVLARI

🏃‍♀️Talabalar oʻrtasida sport sinovlari belgilangan grafikka muvofiq fakultetlarda davom etmoqda

Bugun Sanʼatshunoslik fakulteti talabalari uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, chalqancha yotgan holatda gavdani 90° koʻtarib tushirish kabi sport normativlarini topshirishdi.

Bizni kuzatib boring:

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Talabalardan_kelgan_lavha

📌 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📌 Navoiy davlat pedagogika institutida “Yosh kitobxon” tanlovi nihoyasiga yetdi.

Kuchli bahs-munozara va fikr-mulohazalarga boy tarzda kechgan tanlovda — g’oliblikni Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining “Ko‘hinur” jamoasi qo‘lga kiritib, 9 mln. so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi. 2-o‘rin Ingliz tili va adabiyoti fakultetining “Diamond” jamoasiga nasib etdi hamda 6 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Faxrli 3-o‘ringa esa Rus va qozoq filologiyasi fakultetining “Albion” jamoasi loyiq ko‘rilib, 3 mln. so‘m bilan taqdirlarlandi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Ҳурматли талаба-ёшлар ва кузатувчилар!

Баъзи сабабларга кўра адиблар билан учрашув 25 апрель санасига қолдирилганлигини маълум қиламиз.

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: taklif va tashabbus

Yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ularga zarur sharoitlar yaratish, muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida hududlarda yoshlar uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati hokim o‘rinbosari J.Xodjayev, viloyat Yoshlar ishlari agentligi rahbari U.Bahromov, Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisi J.Jumayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i v.v.b. F.To‘xtayev Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar va muammolarga amaliy yechim berish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Bizni kuzatib boring:

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…
Subscribe to a channel