#Sport
🏃Jismoniy tayyorgarlik sinovlari davom etmoqda
Xabaringiz bor, Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish maqsadida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda.
Bugun, 1-may kuni mazkur sport musobaqalari Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari ishtirokida o‘tkazildi.
Talabalar 100, 3 000 metr masofaga yugurish, uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, chalqancha yotgan holatdan gavdani koʻtarib tushirish kabi maxsus talablarni bajarishmoqda.
Bizni kuzatib boring:
#tadbir #mehnat_muhofazasi_oyligi
⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi, institut Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti hamkorligida 28-aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Mehnat muhofazasi qoida va normalarini buzganlik uchun javobgarlik” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
📹#OAV_nigohida #NavDPI
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
🎞Tafsilotlar Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor 24” axborot dasturida.
Bizni kuzatib boring:
REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
🏛Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov talabalar orasida kitob mutolaasini keng targ’ib etish, ular orasida vatanga muhabbat va shukronalik kabi tuyg’ularini yanada oshirish maqsadida 1- va 2-bosqich guruh sardorlari bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda oliy taʼlim tizimidagi tub islohotlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar xususida soʻz bordi. Talaba-yoshlarni maʼnaviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda ta’lim muassasasining o‘rni va unda kitob mutolaasiga urg’u berildi. Institut miqyosida kitobxonlik tanlovlari, mushoira kechalarini tashkil qilish bo‘yicha mas’ullarga muddatli topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga talabalarning takliflari tinglandi. Jarayon yakunida esa kitobxonlik tanlovida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan fakultet jamoalariga esdalik sovg’alari va pul mukofotlari topshirildi.
©️NavDPI Matbuot xizmati
Bizni kuzatib boring:
Yoshlar akademiyasi forumi o‘tkazildi
Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarni ilm-fan va ilmiy innovatsion faoliyatga yanada keng jalb etish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, ilmiy-innovatsion hamda “startap” loyihalar bo‘yicha qiziqishlarini oshirish maqsadida “Yoshlar akademiyasi forumi” tashkil etildi.
Forumda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i F.To‘xtayev, viloyat yoshlar texnoparki direktori A.Abdug‘aniyevlar ishtirok etib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, “Start-up” loyihalar, ilmiy va innovatsion ishlanmalar bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Shuningdek, iqtidorli talabalarning ilmiy-innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Forum davomida bir guruh loyihalar egalari taqdirlandi.
Bizni kuzatib boring
Ta’lim tizimida xalqaro hamkorlik
Joriy yilning 29-aprel - 2-may kunlari Markaziy Osiyoda ilk marotaba “Yangi O‘zbekiston” universitetida AQShning Massachusets texnologiya institutining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan intensiv mahorat dаrslаri tashkil etilmoqda.
Unda AQSh oliygohining ta’lim boshqaruvi, zamonaviy pedagogik o‘qitish metodikalari, mustaqil ta’limni rivojlantirish vа samarali tadqiqot olib bоrish bo‘yicha ilg’or tajribalarini tadbiq etish masalalari muhokama etilmoqda.
Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil etilgan seminarda Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi ham ishtirok etmoqda. Kelgusida AQSHning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi.
Shuningdek, ushbu mаhоrаt darslari “O‘zbekiston-20З0” strategiyasida belgilangan 10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Тор-1 000” reytingiga kiritishga ko‘maklashadi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#Jarayon
⚡️⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti va Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorlikda fizika, kimyo-biologiya fanlaridan oliy ta’lim muassasalari ko‘p tarmoqli olimpiadasining tuman va shahar bosqichi reja-grafik asosida umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, olimpiada Zarafshon shahar, Uchquduq, Tomdi, Qiziltepa, Nurota, Navbahor tumanlarida yakunlandi.
Bizni kuzatib boring:
Ziyolilar oilasi “Ziyolilar” loyihasining ikkinchi mavsumiga start beradi
Siz O‘zbekistonning “Eng kuchli top 100” talabalari ro‘yxatida bo‘lishni xohlaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
Birinchi mavsumidayoq ko‘plab yoshlarda katta qiziqish uyg‘otgan “Ziyolilar” loyihasining 2-mavsumi boshlanmoqda. “Ziyolilar” loyihasi “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi loyihasidir. Ushbu loyiha yil davomida fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda o‘zini ko‘rsatgan va yuqori natijalarga erishgan O‘zbekistonning 100 nafar eng yaxshi talabalarini o‘zida birlashtiradi.
Ushbu loyiha O‘zbekistonning yosh avlodini qo‘llab-quvvatlash va o‘z maqsad va orzulariga erishishga undash maqsadida yaratilgan. Loyihada ishtirok etish orqali siz o‘zida fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda o‘zini ko‘rsatgan O‘zbekistonning eng kuchli 100 nafar talabalaridan iborat “O‘zbekiston talabalari almanaxi”ga kirishingiz, maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar sohibi bo‘lishingiz mumkin.
Shunday ekan, “Ziyolilar” loyihasi ishtirokchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bizning ziyolilar.com veb-saytimiz orqali ro‘yxatdan o‘ting va bilim va imkoniyatlarning yangi marralarini zabt eting!
t.me/Ziyoforum_uz
“Ma‘rifat ulashib” loyihasi umumta’lim maktablarida davom etmoqda
✍️“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Karmana tumanidagi 21-umumta’lim maktabida respublikamizning taniqli ijodkori, o‘zbek adabiyoti rivojiga, jurnalistika taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan adiblarimizdan biri Ashurali Jo‘rayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Abduhamid Xolmurodov va Tabiiy fanlar fakulteti dekani dotsent Bahodir Jumaboyevlar ishtirok etishdi.
Ashurali Jo‘rayev Karmana tumani “Jaloyir” mahallasida tug’ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. Adibning “Toshbaqalar poygasi”, “Yurak bo‘ronlari”, “O‘q uzgan kim?”, “Senga ko‘ngil bersam...”, “Dil gavhari” kabi kitoblari nashr etilgan. Uning “Yurak bo‘ronlari” nomli hujjatli qissasida Botir Zokirovdek noyob san’atkorning fojeaviy taqdiri, buyuk va takrorlanmas san’atkorligi ishonchli tarzda badiiylashtirilgan. Yozuvchi shu asarlari uchun Yoshlar mukofotiga sazovor bo‘lgan.
@NavDPI_Rasmiy
#EZGULIK_SHIORIMIZ_MAʻRIFAT_QUROLIMIZ
❤️“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuvlar
🤩Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev NavDPI talabalari bilan uchrashdi.
Dastlab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut hududida daraxt ko‘chati ekildi.
Tadbirda ijodkorning ibratli, mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi haqida batafsil so‘z bordi. Adib yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlar, islohotlar, ibratli ishlar, ijodkorlar haqida gapirib berdi. Talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi.
Tadbir yakunida ijodkorga rektor tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, Qatag’on qurbonlari muzeyiga sayohat qilindi.
👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
📝📝📝
#ЭЗГУЛИК_ШИОРИМИЗ_МАЪРИФАТ_ҚУРОЛИМИЗ
❤️“Маърифат улашиб” лойиҳаси доирасида ижодий учрашувлар
🤩Олий таълим муассасалари талабаларини китоб мутолаасига жалб этиш, бадиий саводхонлик даражасини ошириш орқали уларни ватанпарварлик ва юртимиз келажагига дахлдорлик руҳида тарбиялашга қаратилган “Маърифат улашиб” лойиҳаси доирасида Ўзбекистонда хизмат кўрсатган журналист, таниқли адиб Ашурали Жўраев НавДПИ талабалари билан учрашди.
Дастлаб “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида институт ҳудудида дарахт кўчати экилди.
Очиқ ва самимий руҳда кечган тадбирда ижодкорнинг ибратли, машаққатли ва мазмунли ҳаёт йўли, ижоди ҳақида батафсил сўз борди. Адиб юртимиздаги улкан ўзгаришлар, ислоҳотлар, ибратли ишлар, ижодкорлар ҳақида гапириб берди. Талабаларнинг ҳам фикрлари, ижод намуналари тингланди.
Тадбир якунида ижодкорга ректор ташаккурномаси ва эсдалик совғалари топширилди. Шунингдек, Қатағон қурбонлари музейига саёҳат қилинди.
👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🌐Veb Sayt |✅ Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
📹#OAV_nigohida #Ma’rifat_ulashib
Navoiy davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi raisi, shoir Bahriddin Sadriddinov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh talabalar bilan uchrashdi.
🎞Tafsilotlar “Diyor 24” axborot dasturida
Bizni kuzatib boring:
Президент Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига табриги
—
Поздравление Президента Шавката Мирзиёева молодежной сборной команде Узбекистана по футболу
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#seminar
Vazirlik tizim tashkilotlari hamda oliy taʼlim muassasalarining yuridik xizmat va kadrlar boʻlimi xodimlari uchun seminar tashkil etildi
Unda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishini taʼminlash, tasarrufdagi oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar va tizim tashkilotlarida ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi mehnat nizolarining oldini olish, mehnat qonunchiligini qoʻllash boʻyicha vazirlik tizimida yagona amaliyotini shakllantirish masalalari muhokama qilinib, 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan Mehnat kodeksini amaliyotda qoʻllash yuzasidan muhim maʼlumotlar berildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10568
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Navoiy viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Tanlovda viloyatning 11 ta shahar va tumanlaridan 55 nafar yoshlar axborot texnologiyalari, aniq va tabiiy fanlarni o’qitish, kimyo-texnologiya sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, fanlarni ingliz tilida o’qitib, kasbga yo‘naltirish va tibbiyot sohasi bo‘yicha o’zlarining innovastion loyihalari bilan ishtirok etdilar.
Quvonarlisi shundaki, Navoiy davlat pedagogika institutining bir guruh talabalari tanlovda g’olib bo‘lishdi. Xususan, Tabiiy fanlar fakultetining 2-bosqich talabasi Muxlisa Umarqulova, Fizika-texnologiya ta’lim fakultetining 3-bosqich talabasi Aziza Bozorova, Tabiiy fanlar fakultetining 4-bosqich talabasi Ahatova Malika hamda Fizika-texnologiya ta’lim fakultetining 3-bosqich talabasi Sanobar Abdisalomovalar Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
@NavDPI_Rasmiy
#bilasizmi
📌 OTM to’lov-kontraktining 35 foizi O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to’lab berilishini bilarmidingiz?
Videoni oxirigacha ko’ring va batafsil ma’lumotga ega bo’ling!
Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari
Rektor va doktorantlar uchrashuvi tashkil etildi
Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuv doktorantlar bilan yaqindan suhbat olib borish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bunda institut rektori har bir tadqiqotchi va ularning ilmiy faoliyatlari bilan birma-bir tanishib chiqdi.
Uchrashuv davomida doktorantlarning vazifalari alohida aytib oʻtilib, belgilangan muddatda ilmiy himoya qilishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, izlanuvchi doktorantlar tomonidan taklif va muammolar bildirildi hamda ular oldida turgan turli toʻsiqlarning bartaraf etilishi ilmiy tadqiqotlari himoyasi uchun samarali yechim boʻlishi aytib oʻtildi.
Bizni kuzatib boring
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
❤️ Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan may oyi "Madaniyat va ma'rifat oyligi" deb e'lon qilindi.
Oylik Navoiy viloyatida ham yuqori kayfiyatda boshlandi.
Shu munosabat bilan Navoiy shahri mahallalarida yashovchi nuroniylar, yoshlar va xotin-qizlar Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida sayohatda boʻldilar.
📍Oylik doirasida viloyatda amalga oshiriladigan tadbirlar lokasiyasi
✔️Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi
✔️ Viloyat Oʻlkashunoslik muzeyi
✔️ Viloyat Bolalar qoʻgʻirchoq teatri
✔️Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari va Nurota tumaniga sayohat
✔️ Qosim shayx maqbarasi ziyorati
👉 Oylik doirasida mahallalarda "Uch avlod uchrashuvi"
👉" Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar
👉 Mahallalarda konsert tomoshalari oʻtkaziladi.
Tadbirlarda Siz ham faol ishtirok eting‼️
👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
📝📝📝
❤️ Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси томонидан май ойи "Маданият ва маърифат ойлиги" деб эълон қилинди.
Ойлик Навоий вилоятида ҳам юқори кайфиятда бошланди.
Шу муносабат билан Навоий шаҳри маҳаллаларида яшовчи нуронийлар, ёшлар ва хотин-қизлар Навоий давлат педагогика институти тузилмасидаги қатағон қурбонлари хотираси музейида саёҳатда бўлдилар.
📍Ойлик доирасида вилоятда амалга ошириладиган тадбирлар локацияси
✔️Қатағон қурбонлари хотираси музейи
✔️ Bилоят Ўлкашунослик музейи
✔️ Вилоят Болалар қўғирчоқ театри
✔️Тошкент, Самарқанд, Бухоро, Қашқадарё вилоятлари ва Нурота туманига саёҳат
✔️ Қосим шайх мақбараси зиёрати
👉 Ойлик доирасида маҳаллаларда "Уч авлод учрашуви"
👉" Янги Ўзбекистонда эл азиз, инсон азиз" мавзусида маънавий-маърифий тадбирлар
👉 Маҳаллаларда концерт томошалари ўтказилади.
Тадбирларда Сиз ҳам фаол иштирок этинг‼️
👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🌐Veb Sayt |✅ Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
📺#OAV_nigohida
⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida “Qizlarni turmushga tayyorlash, ularda koʻnikma va malakalarni oshirish” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbati tafsiloti
👀Bizni kuzatishda davom eting:
📹#OAV_nigohida #Ma’rifat_ulashib
Navoiy davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi raisi, shoir Bahriddin Sadriddinov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh talabalar bilan uchrashdi.
🎞Tafsilotlar “Diyor 24” axborot dasturida
Bizni kuzatib boring:
😚😋😛😝
⚡️Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash hamda baholash maqsadida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida so‘rovnoma oʻtkazilmoqda!
So‘rovnoma davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun moʻljallangan.
Har bir ishtirokchi survey.hemis.uz saytiga HEMIS platformasidagi login-parol orqali kirgan holda o‘z fikrini qoldirishlari mumkin.
Soʻrovnoma natijalari kelgusida oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Barchadan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.
👨🏻💻 Soʻrovnomaga oʻtish: http://survey.hemis.uz
Bizni kuzating
⭕️⭕️⭕️
🏆 Kimlar jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi?
📍 Manzil: Davlat xizmatlari markazi,
3-qavat
✅ Hujjatlar 25-mayga qadar qabul qilinadi.
📃 ❗️ Imtiyozga ega sportchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | navoisport">Youtube
#мобил_гуруҳ
Олий таълим муассасаси ва умумий ўрта таълим мактаблари орасидаги ҳамкорлик
👉Батафсил
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#Navoiy_televideniyasi
#NavDPI
#Jismoniy_madaniyat
"Sog'lom hayot" ko'rsatuvining navbatdagi qahramonlari Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Oybek Yo'ldoshev, Mironshoh Jalilov, Dilshod Negmurodov, Doniyor Ideyevlar bo'lishdi.
@NavDPI_Rasmiy
DIQQAT E'LON ‼️
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 19-bandiga muvofiq, HEMIS axborot tizimi orqali anonim so'rovnoma o'tkazish yo'li bilan oliy ta'lim muassasalarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingini aniqlash amaliyotini yo'lga qo'yish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan 29- va 30-aprel kunlari Navoiy davlat pedagogika institutining barcha professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalarini https://survey.hemis.uz sayti orqali mazkur so'rovnomada faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.
#rektor_yoshlar
Rektor biriktirilgan mahalla yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov Navoiy viloyati, Navbahor tumani “Karvon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 8 nafar yoshlar bilan uzluksiz tarzda uchrashib kelmoqda.
Joriy yilning 27-aprel kunida ham “Karvon” mahallasida yashovchi 8 nafar yoshlar bilan institut rektorining uchrashuvi tashkil etildi. Samimiyat ila o‘tkazilgan uchrashuv chog’ida institut tomonidan yoshlarga badiiy kitoblar va esdalik sovg’alari ulashildi.
Mazkur uchrashuv davomida yoshlarning muammolari tinglandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Jumladan, F.Rahmatov va A.Jahonovlarning murojaatlari yuzasidan hamkor tashkilotlar: Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasiga hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasiga murojaat qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida tyutorlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida bir oylik o‘quv kurslari tashkil etildi
Mazkur o‘quv seminarlarda oliy taʼlim muassasalarining ichki tartibi va odob-axloq me’yorlariga qo‘yiladigan talablar, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishidagi asosiy tamoyillar, yoshlar siyosati, qonunchilik va huquq sohasidagi islohotlar, shuningdek, talabalar bilan manzilli ishlash mexanizmlarini yanada rivojlantirish maqsadida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.
Quyidagi havolalar orqali oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan bir oylik o‘quv kurslari bo‘yicha batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:
⭕️⭕️⭕️
🏆Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi tarixda ilk bor Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
📝📝📝
🏆Ўзбeкистон U-23 терма жамоаси тарихда илк бор Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди.
👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🌐Veb Sayt |✅ Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
DIQQAT E'LON ‼️
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 19-bandiga muvofiq, HEMIS axborot tizimi orqali anonim so'rovnoma o'tkazish yo'li bilan oliy ta'lim muassasalarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingini aniqlash amaliyotini yo'lga qo'yish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan 29- va 30-aprel kunlari Navoiy davlat pedagogika institutining barcha professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalarini https://survey.hemis.uz sayti orqali mazkur so'rovnomada faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.
⚙️#JARAYON
🏆Vazirning birinchi o‘rinbosari Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi
🤩Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib, muassasada o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy tadqiqot, innovatsion va sport yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
🤩Shuningdek, talaba-yoshlar bilan uchrashilib, ochiq muloqot o‘tkazildi va ularning takliflari yuzasidan tegishli xulosalar berilishi qayd etildi.
Batafsil ➖
👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
📝📝📝
⚙️#ЖАРАЁН
🏆Вазирнинг биринчи ўринбосари Навоий давлат педагогика институти фаолияти билан яқиндан танишди
🤩Олий таълим, фан ва инновациялар вазирининг биринчи ўринбосари Шоҳрух Далиев Навоий вилоятига хизмат сафари давомида Навоий давлат педагогика институтида бўлиб, муассасада ўқув-услубий, маънавий-маърифий, илмий тадқиқот, инновацион ва спорт йўналишларида амалга оширилган ишларни кўздан кечирди.
🤩Шунингдек, талаба-ёшлар билан учрашилиб, очиқ мулоқот ўтказилди ва уларнинг таклифлари юзасидан тегишли хулосалар берилиши қайд этилди.
Батафсил ➖
👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🌐Veb Sayt |✅ Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube