navdpi_rasmiy | Unsorted

Telegram-канал navdpi_rasmiy - NavDPI | Rasmiy kanal

9803

Navoiy davlat pedagogika instituti @NDPI_Rektoriga_murojat_bot 🌐 nspi.uz 📧 info@nspi.uz 📱https://t.me/NDPI_NSPI 📱https://www.instagram.com/ndpi_nspi/ 📱https://www.facebook.com/profile.php?id=61561618590849

Subscribe to a channel

NavDPI | Rasmiy kanal

📹#OAV_nigohida

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi

🎞Tafsilotlar:“Diyor 24” axborot dasturida


Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

9 nafar maktab bitiruvchisi institutga o‘qishga qabul qilinadigan bo‘ldi


Joriy yilning 25-aprel-3-may kunlari Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamkorligida fizika, kimyo, biologiya fanlaridan oliy ta’lim muassasalarining ko‘p tarmoqli olimpiadasi o‘tkazildi.

biologiya fanidan

🥇Navoiy shahar 16-maktab o‘quvchisi Botirova Aziza I-o‘rin,
🥈Navbahor tumani 19-maktab o‘quvchisi Shodiyev Doston II-o‘rin,
🥉Navbahor tumani 1-maktab o‘quvchisi Boypo‘latova Mohlaroyim III-o‘rinni egalladi.

kimyo fanidan

🥇Konimex tumani kasb-hunar maktab o‘quvchisi Davletova Guzal I-o‘rin,
🥈Nurota tumani 6-maktab o‘quvchisi Baxronova Durnigor II-o‘rin,
🥉Navbahor tumani 19-maktab o‘quvchisi Amonova Zuhra III-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

fizika fanidan

🥇Nurota tumani 34-maktab o‘quvchisi Sayfullayev Dilmurod I-o‘rin,
🥈Qiziltepa tumani 28-maktab o‘quvchisi Yo‘ldosheva Zarina II-o‘rin,
🥉Zarafshon shahri 13-maktab o‘quvchisi Tohirova Hamida III-o‘rinni egalladi.

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Xushxabar #bizning_shunday_faxrli_o‘quvchilarimiz_bor

AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHISI 380 MING DOLLARLIK GRANT SOHIBI BO‘LDI

Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyining xorijiy-filologiya yo‘nalishi o‘quvchisi Marjona Usmonova IELTS dan 7 ball olib muddatidan oldin talaba bo‘ldi.

Quvonarlisi shundaki, u 10 ta nufuzli xorijiy universitetlardan oʻqishga taklif oldi. Jumladan, Pennsylvania State University, Colorado State University, Arizona State University, University of Cincinnati, University of Arizona, University of Missouri, Drake University, Clemson University, Alfred University va University at Albany — umumiy hisobda 380 ming AQSH dollarlik grantni yutib oldi.

Qo‘lga kiritgan ushbu muvaffaqiyat bilan Marjona Usmonovani va unga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarini samimiy tabriklaymiz!


👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🏃‍♀️#SPORT_SINOVLARI

22-apreldan 22-mayga qadar 2-bosqichda Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika institutining 11 ta fakultetida ham jismoniy tayyorgarlik sinovlari belgilangan reja-grafikka muvofiq davom etmoqda.

Talabalar 100 va 3 000 metr masofaga yugurish, uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, chalqancha yotgan holatdan gavdani koʻtarib tushirish kabi maxsus talablarni bajarishmoqda.

Sport sinovlari yakunida yosh toifasiga qarab ishtirokchilar I, II hamda III darajaga ega bo‘lishadi. 10-mayga qadar jami 7072 nafar talaba maxsus sport sinovlarini bajarishi belgilangan.

👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

🏃‍♀️
#СПОРТ_СИНОВЛАРИ

22 апрелдан 22 майга қадар 2-босқичда Олий таълим муассасалари талаба-ёшлари ўртасида жисмоний тайёргарлик синовлари ўтказилмоқда.


Навоий давлат педагогика институтининг 11 та факултетида ҳам жисмоний тайёргарлик синовлари белгиланган режа-графикка мувофиқ давом этмоқда.

Талабалар 100 ва 3 000 метр масофага югуриш, узунликка сакраш, ерга таянган ҳолда қўлларни букиб ёзиш, гимнастика ўриндиғидан оёқ тиззаларини букмай олдинга эгилиш, чалқанча ётган ҳолатдан гавдани кўтариб тушириш каби махсус талабларни бажаришмоқда.

Спорт синовлари якунида ёш тоифасига қараб иштирокчилар I, II ҳамда III даражага эга бўлишади. 10 майга қадар жами 7072 нафар талаба махсус спорт синовларини бажариши белгиланган.

👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

RAHBAR VA LIDER QIZLAR UCHRASHUVI

Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan lider qizlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.   

Tadbirda lider qizlar klubi sardorini va aʼzolarini shakillantirish, klubning maqsad va vazifalari haqida maʼlumot berildi.
                            
Shuningdek, iqtidorli talabalarning yangi loyihalari taqdimoti va ijodkor qizlarning chiqishlari namoyish etildi. 

Uchrashuv davomida lider qizlar klubining sardorini saylash  uchun nomzodlar saralab olindi.

Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor D.Narzikulova, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Tursunovalar ishtirok etdi.

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#O‘zbekiston_bo‘ylab_sayohat

INSTITUT XOTIN-QIZLARI SAMARQANDGA SAYOHAT QILISHDI


15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati hamda institut kasaba uyushma qo‘mitasi ayol professor-oʻqituvchilar va ishchi xodimlari uchun koʻhna va navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirdi.

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Ma’rifat bayrog’in tutgan jadidlar

Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi hamda Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi hamkorligida “Ma’rifat bayrog’in tutgan jadidlar!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda talabalar tomonidan jadid allomalarimizning siymosi, ularning hayoti va faoliyati, o‘sha davrdagi ta’lim–tarbiya, maktablar hayotiga oid sahna ko‘rinishlari, qo’shiq, sher va raqslar ijro etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📺“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Matematika-informatika fakulteti tashabbusi bilan “Kitob ulashib” loyihasi tashkil etildi.

Batafsil: Navoiy MTRK dasturida👈

👀Bizni kuzating:


@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
⭕️⭕️⭕️

Bugun Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogining final uchrashuvida Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi

Mazkur oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq 👕oq libosda, darvozabonimiz esa 👕qora libosda harakatlanadi.

“Jassim Bin Hamad” stadionida start olishi kutilayotgan matchni kuzatish uchun navoiylik FAN CLUB a'zolari FAN ZONAda sekin-asta to'planishmoqda.

Yoshlarimizga omad yor bo'lsin!

👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


⚽️ ⚽️ ⚽️ ⚽️ ⚽️ ⚽️

Бугун Ўзбекистон У-23 терма жамоаси Осиё кубогининг финал учрашувида Японияга қарши майдонга тушади

Мазкур ўйинда футболчиларимиз тўлиқ 👕оқ либосда, дарвозабонимиз эса 👕қора либосда ҳаракатланади.

🏟“Жассим Бин Ҳамад” стадионида старт олиши кутилаётган матчни кузатиш учун навоийлик FAN CLUB аъзолари FAN ZONAда секин-аста тўпланишмоқда.

Ёшларимизга омад ёр бўлсин!

👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#e’lon

Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar qabul qilinadi


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 1-iyunga qadar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

Eslatma: Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#LIVE

Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutining navbatdagi Kengash yig’ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig’ilishni Kengash raisi, institut rektori, professor Bahodir Sobirov olib bormoda.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Mutolaa

VILOYAT GAZETASINING 2024-YIL 2-MAYDAGI 18-SONI NASHRDAN CHIQDI


📰Navoiy viloyati hokimligi muassisligidagi “Do‘stlik bayrog‘i” hamda “Знамя дружбы” gazetalarida viloyatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida sodir bo‘layotgan voqeliklar, e’lonlar, yangiliklar haqida axborot berib boriladi.

✍️Gazetalarning navbatdagi sonida NavDPI Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Tursunovaning “Kitobsiz aql — qanotsiz qush” sarlavhali hamda Axborot-resurs markazi xodimi S.Egamnazarovaning “Повышение квалификации руководителей информационно-библиотечного центра” nomli maqolalari chop etildi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

ILMIY-AMALIY SEMINAR

Farg’ona davlat universitetida “Oiladagi muammolar va ularning psixologik oqibatlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim muassasalari psixologlari ishtirok etgan seminarda Navoiy davlat pedagogika instituti psixologi Dilfuza Abduraimova mavzuga oid o‘zining mulohazalari bilan faol qatnashdi.

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Xayrli_tashabbus

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari hamda San’atshunoslik fakulteti talabalari Karmana tumanidagi 25-sonli eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktab internati o‘quvchilari bilan birgalikda “Quvnoq startlar” musobaqasini tashkil etildi.

Musobaqa doirasda institut talabalari tomonidan sho‘x qo‘shiq va raqslar hamda sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Tadbirga qatnashgan o‘quvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi.

Davlatimiz rahbarining forum yalpi majlisidagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Facebook va YouTube dagi rasmiy sahifalarida jonli efirda tomosha qiling.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Hurmatli talabalar, ishchi-xodimlar !!!

🔹Navoiy davlat pedagogika institutida yakuniy va oraliq nazorat imtihonlari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan vazifalarni topshirish, o‘quv va boshqa jarayonlarda korrupsion holatlarga duch kelsangiz, @Navdpi_anticor_bot telegram boti yoki +998934607755, +998919889821 telefon raqamlari orqali anonim xabar qoldirishingiz mumkin.

Xabar bergan murojaatchining shaxsi qat’iy sir tutiladi!

👀Bizni kuzatishda davom eting:
@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#SPORT_SINOVLARI #Jarayon

Sog’ tanda — sog’lom aql

Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaroriga asosan Navoiy davlat pedagogika instituti talabalar oʻrtasida sport sinovlari belgilangan grafikka muvofiq fakultetlarda davom etmoqda.

Jumladan, Rus va qozoq filologiyasi fakulteti talabalari uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, chalqancha yotgan holatda gavdani 90° koʻtarib tushirish kabi sport normativlarini topshirishdi.

Bizni kuzatib boring
™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#xotira

NOMINGIZ DILLARDA MANGU YASHAYDI


Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, ayniqsa ulug' vatan urushi qatnashchilariga bo'lgan e’tibor diqqat markazimizda bo'lib kelmoqda.


Joriy yilning 4-may kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida “9-may xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda ikkinchi jahon urushi qatnashchisi: Stalingrad, Ukraina, Belarus, Polsha, Germaniyadagi janglarda ishtirok etgan Pirnazar bobo Turdiyev ishtirok etdi. Pirnazar bobo talabalarga o‘z xotiralarini ulashdi, bugungi tinchlikni qadriga yetish, uni asrab avaylash lozimligini uqtirdi.

Hozirda Pirnazar bobo 104 yoshda. — “Sog‘lom bo‘lishning “dorisi” – mehnat. Odam mehnat qilsa, chidamli bo‘ladi", – deydi Pirnazar bobo.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#DIQQAT

Byudjet tashkilotlari buxgalteriya ishlarini yuritish may oyidan UZASBO-2 dasturga oʻtdi. Lekin dastur toʻliq ishlab ketmaganligi sababli, uzilishlar boʻlmoqda va Oʻzbekiston boʻylab byudjet tashkilotlarida oyliklar kechikish ehtimoli mavjud. Stipendiyalarni toʻlashda ham shunday muammo kutilmoqda.

Shunga ko‘ra, Navoiy davlat pedagogika insituti Hisobxona bo‘limining ma’lum qilishicha professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarining oylik maoshi shu hafta tushirib berilishi ma’lum qilindi!

👉@NavDPI_edu_uz

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

JADIDLAR YODI BARHAYOT!

⚡️⚡️NavDPI tuzilmasidagi Qataģon qurbonlari xotirasi muzeyida Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri professor N.Safarova va kafedra katta õqituvchisi Sh.Atoyevalar tomonidan Tarix fakulteti ijodkor talabalari ishtirokida “Jadidlar yodi sõnmagay” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir ôtkazildi.

Tadbirni kirish sôzi bilan Xotin-qizlar masalalari bôyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova ochib berdi. Tadbirda prof. N.Safarova “Jadidlar millat yuragida mangu yashaydi” mavzusida ma’ruza qildi.
 
Talabalar ijrosida Jadid bobolarimiz ijodidan she’rlar, sahna kõrinishlari namoyish etildi. Jumladan, “Chõlpon hayoti”, “Padarkush” dramasi hamda “Õtkan kunlar” romanidan sahnaviy kôrinishlar ijro etildi.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#fan_olimpiadasi

Navoiy davlat pedagogika instituti olimpiadasi oʻtkazildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan tegishli vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun fizika, biologiya, kimyo fanlaridan 3 turli institut boschiqi boʻlib oʻtdi.

Birinchi bosqichda viloyatimizning 11 ta tuman va shaharlaridan maktab bitiruchilari ishtirok etdi. Bunda 1-2- va 3-oʻrinlarni olgan oʻquvchilar 2-turda bellashdilar. 3-tur — instititut bosqichi. Bunda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan maktab bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalariga imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadi.

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalaridan anonim so‘rovnoma olindi

Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan Ingliz tili va adabiyoti fakultetining 4-bosqich talabalari ishtirokida anonim so‘rovnoma olindi.

Shuningdek, o‘quv jarayonlari, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish bilan bog‘liq ta’magirlik va poraxo‘rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda Jinoyat kodeksining tegilshli moddalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni kuzatib boring

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Xotira

So‘nmas yulduzlar


O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida O‘zbekiston Qahramonlari: O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston Xalq shoiri Ibroyim Yusupov va Qoraqalpog’iston Xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovlar tavalludining 95 yilligiga bag’ishlangan “Sónbes juldızlar“ (So'nmas yulduzlar) nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda har ikkala ijodkor adabiy merosining o‘ziga xos jihatlari iqtidorli talabalarning badiiy chiqishlari, diltortar taronalari orqali ifoda etildi.

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Tadbir

Tarix fakultetida “Jadidlar yodi soʻnmagay” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda talabalar tomonidan jadid bobolarimizning hayoti va ijodi boʻyicha sahna koʻrinishlari va ijodidan maʼlumotlar berib oʻtildi.

Tadbirda Xotin-qizlar boʻyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova, institut psixologi D.Abduraimova, fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Sport

🏃Jismoniy tayyorgarlik sinovlari davom etmoqda

Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish maqsadida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan Tarix, Tabiiy fanlar, Tibbiyot, Rus va qozoq filologiyasi, San’atshunoslik fakultetlari talabalari belgilangan normativlarni topshirishdi.

Ma’lumot uchun, sport sinovlari yakunida yosh toifasiga qarab belgilangan talablar bo‘yicha natijalarga ko‘ra ishtirokchilar I, II hamda III darajaga ega bo‘lishadi. 10-mayga qadar jami 7072 nafar talaba maxsus sport sinovlarini bajarishi belgilangan.

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Yutuq

Akademik litsey o‘quvchisi 300 ming dollarlik grant sohibi bo‘ldi


#NavDPI akademik litseyining iqtisod yo‘nalishi o‘quvchisi Adhambek Yashnarbekov IELTS dan 7.0 va SAT dan 1270 ball olib muddatidan oldin talaba bo‘ldi.

Quvonarli tomoni shundaki, u 11 ta xorijiy universitetlardan oʻqishga taklif oldi. Xususan, jami 300 ming AQSh dollarlik grantni tashkil etgan Penn State, Missouri, Roanoke, Arizona, Georgia State, Minnesota, Colorado State va Londondagi Greenwich universitetlaridan birida o‘qishi mumkin.

Ushbu muvaffaqiyat bilan Adhambek Yashnarbekovni va unga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarini samimiy tabriklaymiz!


™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🟥🟥🟥

3-MAY — JAHON MATBUOTI ERKINLIGI KUNI
 
🖋Bugun — Jahon matbuoti erkinligi kuni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 3-mayda “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb e'lon qilish va shu sanada matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyusiya qabul qilingan.

1994-yil 3-maydan buyon har yili shu sana dunyo bo‘ylab Jahon matbuoti erkinligi kuni sifatida nishonlanadi. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlarini, jurnalistlarni bugungi bayram bilan qutlaymiz.


👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

3 МАЙ — ЖАҲОН МАТБУОТИ ЭРКИНЛИГИ КУНИ
 
🖋Бугун — Жаҳон матбуоти эркинлиги куни. Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси томонидан 1993 йил 3 майда “Халқаро матбуот эркинлиги куни” деб эълон қилиш ва шу санада матбуот эркинлиги кунини нишонлаш ҳақида махсус резолюция қабул қилинган.

1994 йил 3 майдан буён ҳар йили шу сана дунё бўйлаб Жаҳон матбуоти эркинлиги куни сифатида нишонланади. Юртимизда фаолият юритаётган ОАВ ходимларини, журналистларни бугунги байрам билан қутлаймиз.


👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

«Ассалом, янги кун!» НДПИ тарих факультети талабалари билан суҳбат.

Telegram || Instagram || Facebook ||

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🔺🔠🔠🔠🔠🔠🔺

💠Yoshlar akademiyasi forumi o‘tkazildi

➡️Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarni ilm-fan va ilmiy innovatsion faoliyatga yanada keng jalb etish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, ilmiy-innovatsion hamda “startap” loyihalar bo‘yicha qiziqishlarini oshirish maqsadida “Yoshlar akademiyasi forumi” tashkil etildi.

➡️Forumda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i F.To‘xtayev, viloyat yoshlar texnoparki direktori A.Abdug‘aniyevlar ishtirok etib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, “Start-up” loyihalar, ilmiy va innovatsion ishlanmalar bo‘yicha fikrlar bildirdi.

➡️Shuningdek, iqtidorli talabalarning ilmiy-innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Forum davomida bir guruh loyihalar egalari taqdirlandi.

👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

💠Ёшлар академияси форуми ўтказилди

➡️Навоий давлат педагогика институтида талабаларни илм-фан ва илмий инновацион фаолиятга янада кенг жалб этиш, таълим ва ишлаб чиқариш интеграциясини ривожлантириш, илмий-инновацион ҳамда “стартап” лойиҳалар бўйича қизиқишларини ошириш мақсадида “Ёшлар академияси форуми” ташкил этилди.

➡️Форумда Навоий давлат педагогика институти ректори, профессор Баҳодир Собиров, Олий таълим, фан ва инновациялар бошқармаси бошлиғи Ф.Тўхтаев, вилоят ёшлар технопарки директори А.Абдуғаниевлар иштирок этиб, ёшларга берилаётган имкониятлар, “Start-up” лойиҳалар, илмий ва инновацион ишланмалар бўйича фикрлар билдирди.

➡️Шунингдек, иқтидорли талабаларнинг илмий-инновацион ишланмалари кўргазмаси ўтказилди. Форум давомида бир гуруҳ лойиҳалар эгалари тақдирланди.

👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#ustoz

Ustoz kun yarmigacha, ba’zan kun davomida o‘z vaqtini bolalarga bag‘ishlaydi. Mana shu sarflangan vaqtlar uchun ham ularga boshimiz yerga tekkuncha ta’zim qilishimiz kerak.

Ustozning kimligini ota-ona anglatadi. Shunda, bola ham o‘qituvchi bilan munosabatlarini yaxshi yo‘lga qo‘yadi.

Ota-ona – o‘rnak. U o‘qituvchiga qanday muomala qilsa, farzand ham shuni qiladi.


“Ustoz” loyihasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Jenisbek Piyazov o‘z fikrlarini bildirdi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel