navdpi_rasmiy | Unsorted

Telegram-канал navdpi_rasmiy - NavDPI | Rasmiy kanal

9803

Navoiy davlat pedagogika instituti @NDPI_Rektoriga_murojat_bot 🌐 nspi.uz 📧 info@nspi.uz 📱https://t.me/NDPI_NSPI 📱https://www.instagram.com/ndpi_nspi/ 📱https://www.facebook.com/profile.php?id=61561618590849

Subscribe to a channel

NavDPI | Rasmiy kanal

#uzbekiston24

Tahlilnoma | Oliy ta’limdagi katta o‘zgarishlar: haftaning superyangiligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan suhbat.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

👍 May oyi "Madaniyat va ma’rifat oyiligi" munosabti bilan Navoiy shahrida yashovchi keksalar, ayollar va yoshlar Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida sayohatda bo‘ldilar.

#Mahallalaruyushmasi #tadbirlar_oyligi

Facebook | Instagram | X | Telegram | uzmahallalari">You tube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Hamkorlik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti erkin tadqiqotchisi, Turizm fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari X. Ochilova Navoiy davlat pedagogika institutida boʻldi

Hamkorlik doirasida tashrif buyurgan tadqiqotchi Pedagogika va psixologiya kafedrasi talabalari hamda professor-o‘qituvchilariga pedagogik taʼlim innovatsion klasterining ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari hamda amaliy ahamiyati boʻyicha seminar-trening o‘tkazdi. Kelgisuda bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish borasida kelishib olindi.

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📹#OAV_nigohida

Ma’rifat bayrog’in tutgan jadidlar


🏛Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi hamda Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi hamkorligida “Ma’rifat bayrog’in tutgan jadidlar!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda talabalar tomonidan jadid allomalarimizning siymosi, ularning hayoti va faoliyati, o‘sha davrdagi ta’lim–tarbiya, maktablar hayotiga oid sahna ko‘rinishlari, qo’shiq, sher va raqslar ijro etildi.


👀Bizni kuzating:


@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#MUTOLAA

📰“Do‘stlik bayrog‘i” gazetasining 2024-yil 9-maydagi 19-soni bilan tanishishingiz mumkin.

👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati

💬💬💬

#МУТОЛАА

📰“Дўстлик байроғи” газетасининг 2024 йил 9-майдаги 19-сони билан танишишингиз мумкин.

👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#markaziy_nashr

📰9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Pravda Vostoka” gazetasining 10-may, №90-sonida Navoiy davlat pedagogika institutining bayram tabrigi chop etildi.

👉@NavDPI_edu_uz

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

E’lon!

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport o‘yinlari bo‘yicha “Esports EduCup” turniri tashkil etiladi.


Turnirning 1-bosqichi oliygohlarning o‘zida 5-maydan 10-maygacha o‘tkaziladi. 1-bosqichda har bir o‘yin bo‘yicha 1-o‘rinni egallaganlar 2-bosqichga tavsiya etiladi.

2-bosqich Toshkent shahar bosqichi bo‘lib, 11-maydan 23-mayga qadar o‘tkaziladi.

🔺Ushbu qiziqarli turnirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Ammo shuni yodda tutingki, faqat universitet bosqichidagi g‘oliblar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Jamoani ro‘yxatdan o‘tkazishning oxirgi muddati - 10-may soat 18:00.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolalar:
Dota 2 - https://forms.gle/YzMcYST1rHfHXaFv9

Counter Strike 2 - https://forms.gle/4QrUWDkkXZP1aUhk9

O‘z kuchlaringizni birlashtiring, jamoa to‘plang va oliygohimiz nafaqat akademik, balki kibersportda ham eng zo‘r ekanligini isbotlang!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 88-804-74-74

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Xotira_ulug’_qadr_muqaddas

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan ma’rifiy tadbirlar

Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti jamoasi uzoq yillar “Maktabgacha taʼlim” kafedrasida mehnat qilngan faxriy ustoz Ochiloy Ibodullayeva xonadoniga tashrif buyurib, dildan suhbat qurdilar.

San’atshunoslik fakulteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari faxriy pedagog-ustoz X.Bobomirzayev holidan xabar oldilar.

Rus va qozoq filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Pirnazar bobo Turdiyev xonadoniga tashrif buyurib, bayram bilan tabrikladilar. Shuningdek, Konimex tumani Guliston ko‘chasida istiqomat qilayotgan onaxon Gulbaram Baymanova xonadonida ham bo‘lib, bayram bilan qutlashdi.

O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘tkazilgan tadbirda Ikkinchi Jahon urushi mehnat faxriysi Ochil bobo Ismatov ishtirok etdi.

Bizni kuzating:


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Ushbu qutlug‘ kunda insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushda jasorat ko‘rsatib, bashariyatni fashizm balosidan saqlab qolgan qahramon ota-bobolarimiz hamda front ortida mardona mehnat qilib, g‘alabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan mard va olijanob yurtdoshlarimiz xotirasiga yuksak hurmat-ehtirom bajo keltiramiz.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi.
___

В этот знаменательный день мы отдаем дань памяти нашим отцам и дедам, проявившим подлинный героизм в самой страшной войне в истории человечества и спасшим мир от фашизма, всем нашим мужественным и благородным соотечественникам, кто самоотверженно трудился в тылу и внес достойный вклад в обеспечение Победы.


Президент Шавкат Мирзиёев направил праздничное поздравление народу Узбекистана с 9 Мая – Днем памяти и почестей и 79-й годовщиной Великой Победы во Второй мировой войне

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#live #matbuot_anjumani

Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi


Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Bunda:
🔠 abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
🔠 oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#abituriyent

⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi.

Bunda:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.

👉@NavDPI_edu_uz

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Xotira_ulug’_qadr_muqaddas

TALABALAR IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHISI PIRNAZAR BOBO TURDIYEVNI BAYRAM BILAN QUTLASHDI

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim hamda Sanʼatshunoslik fakultetlari masʼullari hamda talabalari, oʻz vaqtida koʻplab qiynchiliklarni koʻrgan va bugunga kelib tinch va osoyishta hayotning bergan neʼmatidan bahra olib yashayotgan — Karmana tumani “Doʻrmon” MFY da istiqomat qiladigan 104-yoshli Pirnazar bobo Turdiyevni bayram bilan tabrikladilar.

Pirnazar bobo oʻz xotiralarini talaba-yoshlar bilan boʻlishar ekan, Ikkinchi jahon urushining dahshatli manzaralari, janglari haqida gapirib berdi. Bugungi tinchlikni qadriga yetish, uni asrab avaylash lozimligini taʼkidladi. Nuroniy otaxon qoʻlini duoga ochib, avvalo Yurtimiz tinchligini soʻrab duo qildi. Shuningdek, yoʻqlab kelganlarni ham oʻqish va ishlarida muvaffaqiyat tilab, mehr-oqibatli xalqimizga koʻz tegmasligini so‘radi.

👀Bizni kuzatishda davom eting


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKKA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY ASOSLARI

O‘zbek tili va adabiyoti hamda Tarix fakultetlari talaba-qizlari bilan o‘tkazilgan davra suhbati — “Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida tashkil etildi.


Unda Navoiy viloyati “Oqila ayollar” harakati a’zosi, YUSAID treneri L.Haydarova, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Navoiy viloyat hududiy bo‘limi direktori N.Ermatova, profilaktik inspektori S.Husanova qatnashdi.


👉@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#9_may #Xotira_ulug’_qadr_muqaddas

Rus va qozoq filologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Aliyev va tyutorlar Ikkinchi jahon urushi fronti ortida mehnat qilgan 88-yoshli onaxon Umarova Saida hamda 89 yoshli Nina Fyodorovnalar holidan xabar olishdi.

Faxriy onaxonlar o‘sha davrning og‘ir sinovlari va urushning ayanchli oqibatlari haqida o‘z hayotiy kechinmalari haqida so‘zlab berar ekanlar, bugungi dorilomon kunlarga shukronalik keltirib, Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan keng-ko‘lamli islohotlar, shu bilan birga qariyalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ehtirom uchun tashakkur izhor qilishdi.

👀Bizni kuzatishda davom eting


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Muzeyga_sayohat
#NavDPI_AL

Аkademik litsey o‘quvchilari muzey bo‘ylab sayohat qildi

🕌Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi Akademik litsey o‘quvchilari institut tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.

Litsey oʻqituvchilari L.Mirzayev, U.Xolboyeva, N.Sodiqova, litsey yoshlar ittifoqi yetakchisi A.Madatjonov hamda ijtimoiy-gumanitar va xorijiy-filologiya yoʻnalishining 35 nafar oʻquvchilariga institutda yaratilgan shart-sharoitlar, tarix va huquq oʻqitish metodikasi va kompyuter xonalari tanishtirildi.

Muzey xodimlari tomonidan tarixiy, oʻlmas asarlar, qatagʻon qurbonlari hayoti va ayanchli taqdiri haqida soʻzlab berildi.

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#e’lon #attestatsiya

Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkazilishi belgilandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi.

Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Xalqaro_hamkorlik

HAMKORLIK KO‘LAMI KENGAYMOQDA


Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Olmaota texnologiya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, ikki oliy ta’lim muassasalari hamkorligida ilmiy metodik konferensiyalar tashkil etish, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, darslik va metodik materiallar tayyorlash, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va zamonaviy ilmiy-metodik dasturlarni amaliyotga keng joriy etish kabi hamkorlik ishlari olib boriladi.

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Xizmat_safari

🇺🇿🇫🇮Finlandiyaga ta’lim safari: uzluksiz ta’lim tizimi, o‘qitish metodikasi, mustaqil ta’lim jarayonlari bilan tanishilmoqda


Ayni kunlarda yurtimizning 10 ga yaqin Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari Finlandiyada malaka oshirmoqda. Mazkur malaka oshirish kurslarida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti Farrux Yuldoshevlar ishtirok etib, tajriba orttirishmoqda.

Safar dasturiga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi Finlyandiya maktablari faoliyati va oliy taʼlim tizimi bilan tanishib, kelgusida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari ko‘zda tutilgan.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🎞#OAV_nigohida

Qardoshlar davrasida...

Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti negizida faoliyat boshlaganiga 5 yil bo‘lgan Qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi misolida “Qardoshlar davrasida” nomli teleko‘rsatuv bag’rikenglik va totuvlikdan hikoya qiladi.

@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#XOTIRA_BOR_EKAN_MILLAT_BARHAYOT

INSTITUTDA “XOTIRA TURNIRI” O‘TKAZILDI

🎗9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi, Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti hamda 20022-harbiy qism hamkorligida “Xotira turniri” tashkil etildi.

Murosasiz va shiddatli tarzda o‘tgan bahslarda, Navoiy harbiy gornizoni orkestrining vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari yoshlarga kayfiyat ulashdi.

Faol ishtiokchilarga esa esdalik sovg’alari topshirildi.

———

👀Bizni kuzatib boring


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

⚡️Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor 24” informatsion dasturida Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Xurshid Qurbonov hamda “Qalqon” guruhi sardori Quvonchbek Toshmurodovlar “Xotira — ulug’, qadr — muqaddas” haqida so‘z yuritdilar.

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

9-may – Xotira va qadrlash kuni!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urush va mehnat faxriylarini, yurtimiz ahlini Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy qutlaydi.

Vatan tinchligi va kelajak avlodning nurli istiqboli yo‘lida jon fido qilgan qahramonlar jasorati va porloq xotirasi hamisha qalblarimizda yashaydi!

———

9 мая – День памяти и почестей!

Министерство высшего образования, науки и инноваций искренне поздравляет ветеранов войны и труда, народ нашей страны с Днем памяти и почестей.

В наших сердцах всегда будут жить отвага и светлая память о героях, отдавших свою жизнь за мир Родины и светлое будущее будущего поколения!

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#9_may #sharaf_lentalari

“SHARAF LENTASI” ULASHISH AKSIYASI DAVOM ETMOQDA

🎗Navoiy davlat pedagogika institutining barcha fakultetlarida “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Sharaf lentasi” ulashish aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya doirasida institut professor-o‘qituvchilari, ischi-xodimlar va talabalarga sharaf lentalari tarqatildi.
———-

👀Bizni kuzatib boring

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#9_may #sharaf_lentalari

🎗 Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi koordinatorlari va ishchi xodimlari tomonidan 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarga "Sharaf lentalari" tarqatildi.

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#live #matbuot_anjumani

⚡️Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi:
o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);
davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda:
🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;
sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#live #matbuot_anjumani

Yangi tizim respublika bo‘yicha eng bilimli yoshlarni saralash imkonini beradi


Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:

Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha:
davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;
ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;
2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);
oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;
davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

“Munozara” turnirining viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi

➡️ Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi bilan viloyatdagi mavjud Oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari oʻrtasida “Munozara” turnirining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Natijalarga ko‘ra
:

🥇-o‘rin — Navoiy davlat pedagogika instituti;
🥈-o‘rin — Navoiy innovatsiyalar universiteti;
🥉-o‘rin — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.

🏆G’olib jamoalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Respublika yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan NavDPI jamoasiga keyingi bosqichda ham omad tilaymiz!


Bizni kuzating:

@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#9_may #Xotira_ulug’_qadr_muqaddas


OTA-BOBOLARIMIZ QAHRAMONLIKLARINI HECH QACHON UNUTMAYMIZ


9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Matematika-informatika va Fizika-texnologiya fakultetlari talaba-yoshlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.

Yoshlar mahallalardagi mehnat faxriylari bilan uchrashib, ularning hayot yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir davomida talabalar o‘tganlar xotirasini yodga olib “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yishdi.

Bizni kuzatib boring

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Matbuot_anjumani

📢 E’LON!

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimot davomida belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 8-may kuni soat 14:00 da matbuot anjumani o’tkaziladi.

Anjuman tafsilotlari vazirlikning feysbukdagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi.

Barcha OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 7-uy

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#jismoniy_tayyorgarlik_darajasi

Navoiy davlat pedagogika institutida jismoniy tayyorgarlik sinovlari topshirilmoqda

Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaroriga asosan joriy yilning 22-apreldan 22-mayga qadar 2-bosqichda Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika institutining 11 ta fakultetlarida ham jismoniy tayyorgarlik sinovlari belgilangan reja-grafikka muvofiq davom etmoqda.


Talabalar 100, 3 000 metr masofaga yugurish, uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, chalqancha yotgan holatdan gavdani koʻtarib tushirish kabi maxsus talablarni bajarishmoqda.

10-mayga qadar jami 7072 nafar talaba maxsus sport sinovlarini bajarishi belgilangan.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…
Subscribe to a channel