navdpi_rasmiy | Unsorted

Telegram-канал navdpi_rasmiy - NavDPI | Rasmiy kanal

9803

Navoiy davlat pedagogika instituti @NDPI_Rektoriga_murojat_bot 🌐 nspi.uz 📧 info@nspi.uz 📱https://t.me/NDPI_NSPI 📱https://www.instagram.com/ndpi_nspi/ 📱https://www.facebook.com/profile.php?id=61561618590849

Subscribe to a channel

NavDPI | Rasmiy kanal

#Mirzo_Ulug‘bek_vorislari
#respublika_bosqichi_start

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi respublika bosqichining barcha ishtirokchisi Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga imtihonsiz, tanlov g‘oliblari esa 2-kursdan o‘qishga qabul qilinadi


Bu haqida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi respublika bosqichining ochilish marosimida universitet rektori Olimjon To‘ychiyev ma’lum qildi.

Tanlovning ikkinchi bosqich yakuniga ko‘ra, 280 nafar (87 nafar 16-19 yosh toifasida, 193 nafari 20-25 yosh toifasida, 261 nafar talaba, 19 nafar maktab o‘quvchisi, 2 nafari ish bilan band yoshlar) iqtidorli yoshlar respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/12095

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

TALABALAR TARIXIY OBIDALAR BILAN YAQINDAN TANISHDILAR


Talaba yoshlarni hududlarimiz tarixi va ajdodlarimiz hayoti bilan yaqindan tanishtirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuyg’ularini mustahkamlash maqsadida Tarix fakulteti tyutorlari va talabalari Karmana tumanida joylashgan Mavlono Orif Deggaroniy ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.

Ekskursiya davomida talabalar obidalarning noyob arxitekturasi, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati, muzeyning yaratilish tarixi yuzasidan qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Oʻtganlarning ruhiga bagʻishlab Qurʼon tilovat qilindi.

Bizni kuzatib boring


™️:@NavDPI_Rasmiy|

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAISI BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI

Navoiy davlat pedagogika institutiga Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Ahmadbek Tadjiyevich tashrif buyurib, doktorantlar va tadqiqotchilar bilan muloqot o‘tkazdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’limning oliy ta’limdan keyingi bosqichida dissertatsiya himoyalarini qanday shakllantirish va unda yuzaga kelayotgan to‘siqlar, OAK nizomi bo‘yicha tadqiqotchilarga berilayotgan yengilliklar va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng OAK raisi doktorlik dissertatsiyasi tayyor bo‘lgan tadqiqotchilar bilan alohida uchrashuv olib bordi. Bunda Ahmadbek Yusupov dissertatsiya avtoreferatlarini tekshirib, o‘zining taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Bizni kuzatib boring


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#natija


“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovida talaba Marjona Mansurova munosib qatnashdi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovining 3-mavsumi o‘tkazildi.

Unda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 125 ming nafarga yaqin talaba-yosh qamrab olindi.

Yakuniy, final bosqichida eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan ishtirokchilar g‘olib bo‘ldi.


Quvonarlisi, g’oliblar orasida Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Marjona Mansurova munosib ishtirok etib 3-o‘rinni egalladi.

Talabamizni ushbu natija bilan samimiy tabriklaymiz!


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Ilmiy_seminar

“Fanning zamonaviy tendensiyalari” mavzuida ilmiy seminar tashkil etildi


Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “Fanning zamonaviy tendensiyalari” mavzuida ilmiy seminar oʻtkazildi.

Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori bosh maslahatchisi, professor Baxtiyor Toʻrayev, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, professor Nigora Safarova va boshqa ishtirokchilar zamonaviy fan tizimida falsafiy tafakkurning mohiyatini ochib berishdi. Bunda raqamli jamiyatda sunʼiy intellekt, texnik va texnologik jarayonlarning tezkor rivojlanishida inson intellekti va uning adaptatsiyasini oʻrganishda sinergetik metodologiyaning muhimligi asoslandi. Shuningdek, chiziqli va nochiziqli rivojlanish, hamda xaos holatida tizimning shakllanishi xususidagi konsepsiyalar haqida fikrlar almashinildi.

Seminarda doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Bizdan uzoqlashmang:


Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Yangi_nafas

OMMAVIY YUGURISH MARAFONIDA INSTITUT JAMOASI FAOL QATNASHDI


Butun respublikamiz bo‘ylab, “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida yugurish marafoni o‘tkazildi.

Turli zararli g‘oyalar va odatlarga qarshi, sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida o‘tkazilgan yugurish marafonida Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalari faol ishtirok etdilar.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📺#OAV_nigohida

Milliy qadriyatlar — millat maʼnaviyatining ko‘zgusi


Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari bilan oʻtkazilgan Milliy qadriyatlar sayli — Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi “Diyor” informatsion dasturida xabar qilindi.

Bizni kuzatib boring


™️:@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Talabalar_ijodidan


Muzey yana bir yangi eksponat bilan boyidi


18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Sanʼatshunoslik fakulteti yoshlar koordinatori Z.Bekboyev va “Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi” taʼlim yoʻnalishining 3-kurs talabalari va kafedra oʻqituvchisi G.Xamidova birgalikda “GULAG” tarkibiga kiruvchi qatagʻon etilgan Oʻzbekistonlik mahbuslar saqlangan “Perm-36” qattiq tartibli mehnat lagerining maketini yaratib, NavDPI tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi uchun tuhfa etishdi.

Muzey faoliyatini rivojlantirishdagi hissasi uchun talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#malaka_kursi

PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR BELARUS MILLIY TEXNIKA UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRMOQDA


⚡️Davlatimiz rahbarining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika hamda Tabiiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari: Sh.Nasirova, L.Qoʻldoshev, D.Jumayeva, T.Joʻrakulovlar Belarus milliy texnika universitetida “Axborot tizimlari va texnologiyalari. Jarayonlarni bashoratlash va monitoring qilish” mavzusida malaka oshirmoqdalar.

Bizdan uzoqlashmang:


@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#ogohlik_davr_talabi

Guruh sardorlari bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi

NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Ingliz tili va adabiyoti hamda Rus va qozoq filologiyasi fakultetlarining guruh sardorlari bilan korrupsion holatlarni oldini olish borasida profilaktik tadbir o‘tlazildi.


Unda oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish vaqtida uchrashi mumkin bo‘lgan ta’magirlik va poraxo‘rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik; bunday holatga duch kelishganida bo‘limning ishonch telefon raqamlariga yoki telegram botiga, shuningdek, binolardagi “Adolat” qutilari orqali anonim murojaat yo‘llashlari tushuntirildi.


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Навоий вилояти телерадиокомпаниясида «Келажак ёшлари» телелойиҳаси:
«Олий таълимда бир кун».

@Navoiy_trk

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📌 Navoiy davlat pedagogika institutida “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazildi

Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, milliy sport oʻyinlari: arqon tortish, tosh ko‘tarish, besh tosh, shuningdek, “street workout”, zakovat o‘yini, rasmlar, liboslar va qo‘l mehnati ko‘rgazmalari namoyish etildi. Milliy qadriyatlar va an’anaviy chiqishlar, kitoblar yarmarkasi barchada katta taassurot qoldirdi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#hamkorlik


BUXDU PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI BILAN ILMIY YOʻNALISHLARDA HAMKORLIK QILINADI


Kuni kecha Buxoro davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Xususan, tashrif mobaynida “Jahon tarixi” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Shodmon Hayitov, “Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (Phd) Husen Jurayev hamda Misr Arab Respublikasidan Ayman Usmon Abduhalim Muhammad, arabshunos, Filologiya fakulteti menejeri Saidjon Hayrullayevlar institut rahbariyati hamda Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, kelgusidagi ilmiy hamkorlik masalalari boʻyicha suhbat olib bordila
r.

Bizni kuzating

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#profilaktik_tadbir

⚡️NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda Tarix fakulteti tyutorlari hamkorligida fakultetning kunduzgi va sirtqi ta'lim shakli talabalari bilan korrupsion holatlarini oldini olish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish vaqtida uchrashi mumkin bo‘lgan ta’magirlik va poraxo‘rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik: bunday holatga duch kelishganda bo‘limning ishonch telefon raqamlariga yoki telegram botiga, shuningdek, binolardagi “Adolat” qutilari orqali murojaat yo‘llashlari tushuntirildi.


Bizni kuzatishda davom eting:

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

⏳#LIVE

Ayteke biy tavalludining 380 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro madaniy tadbir doirasida Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari Navoiy davlat pedagogika institutida boʻlib turishipti.

Bunda Ayteke biy hayoti va ijodiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy anjuman tashkil etilib, professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy mulohazalar, fikrlar bildirilayapti.


————

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Halima Xudoyberdiyeva ijodiy merosini o‘rganamiz


NavDPI professor-o‘qituvchilari, xususan Manzura Ernazarova hamda tayanch doktorant Gulhayo Eshniyozovalar O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan Guliston shahrida “Halima Xudoyberdiyeva” nomidagi ijod maktabida bo‘lib, shoira ijodi va unung maktab darsliklarida o‘rganilishi yuzasidan dars mashg’ulotlarida qatnashdilar.

Bugungi kunda doktarant G.Eshniyozova “Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida qo’llangan badiiy san’atlarning lisoniy asoslari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#seminar


O‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi


13-16-may kunlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bazasida pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari, yetakchi mutaxassislari, kadr iste’molchilari va xalqaro mutaxassislar ishtirokida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻquv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur o‘quvlarda Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi.

Bizdan uzoqlashmang:


™️:@NavDPI_Rasmiy|

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🟨🟨🟨🟨🟨

🤼‍♂️ Joriy yilning 17-18-may kunlari Toshkent shahrida Milliy va xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida sportning "KURASH" turi bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.

Quvonarli tomoni shundaki, erkaklar o'rtasida kechgan bahslarda Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari: Hayotbek G'aybullayev 73 kg hamda Zoxid Shonazarov +81kg vazn toifalarida
🥉bronza medallari sohibiga aylanishdi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

🤼‍♂️ Жорий йилнинг 17-18 май кунлари Тошкент шаҳрида Миллий ва хорижий давлатлар олий таълим муассасалари талабалари ўртасида спортнинг "КУРАШ" тури бўйича халқаро мусобақа бўлиб ўтди.

Қувонарли томони шундаки, эркаклар ўртасида кечган баҳсларда Навоий давлат педагогика институти Жисмоний маданият факультети талабалари: Ҳаётбек Ғайбуллаев 73 кг ҳамда Зохид Шоназаров +81кг вазн тоифаларида
🥉бронза медаллари соҳибига айланишди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

https://telegra.ph/BUXORO-DAVLAT-UNIVERSITET-VA-NAVOIY-DAVLAT-PEDAGOGIKA-INSTITUTI-OLIMLARI-HAMKORLIGI-05-20

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Эрон шимолида юз берган фожиа оқибатида Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисий ва унга ҳамроҳлик қилган шахсларнинг вафот этгани муносабати билан ушбу мамлакат Олий диний раҳбари оятуллоҳ Али Хоманеийга ҳамдардлик билдирди.

Мактубда, жумладан, Ўзбекистон ва Эрон ўртасидаги кенг қамровли ҳамкорликни, ўзаро манфаатли ва узоқ муддатли шериклик муносабатларини ривожлантиришга улкан ҳисса қўшган Иброҳим Раисийнинг ёрқин хотираси халқларимиз қалбларида доимий сақланиб қолиши таъкидланади.

Давлатимиз раҳбари дўст Эрон халқига, марҳумларнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзия изҳор этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Высшему духовному лидеру Ирана аятолле Али Хаменеи в связи с гибелью Президента Исламской Республики Иран Ибрахима Раиси и сопровождавших его лиц в результате трагедии на севере страны.

В письме, в частности, отмечается, что светлая память об Ибрахиме Раиси, который внес огромный вклад в развитие всестороннего сотрудничества, взаимовыгодного и долгосрочного партнерства между Узбекистаном и Ираном, навсегда сохранится в сердцах наших народов.

Глава нашего государства выразил слова искреннего сочувствия и поддержки дружественному народу Ирана, родным и близким погибших.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#XUSHXABAR

Joriy yilning 17-18-may kunlari Toshkent shahrida Milliy va xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida sportning "KURASH" turi bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada yurtimiz sportchilari bilan bir qatorda xorijiy davlatlardan ham sportchilar ishtirok etdi.

Quvonarli tomoni shundaki, erkaklar o'rtasida kechgan bahslarda Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari: G'aybullayev Hayotbek (73 kg) hamda Shonazarov Zoxid (+81kg) vazn toifalarida🥉bronza medallari sohibiga aylanishdi
.

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

pedagog.edu.uz axborot tizimidan oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga lavozim va malaka toifalarini berish uchun attestatsiya imtihonlariga kirish ruxsatnomalarini yuklab olish tartibi bilan tanishing.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Навоий шаҳрида “Миллий қадриятлар сайли” ўтказилди

Алишeр Навоий номидаги марказий маданият ва истироҳат боғида Навоий давлат пeдагогика институти ёшлари ўртасида миллий ғурур ҳамда ватанпарварлик туйғуларини юксалтириш, асрлар ошса-да ҳамон сақланиб кeлаётган миллий урф-одатлар, юртимизда амалга оширилаётган ислоҳотларни кeнг тарғиб қилиш мақсадида “Миллий қадриятлар сайли” ташкил этилди.

Фeстивал доирасида миллий спорт ўйинлари: арқон тортиш, тош кўтариш, бeш тош, шунингдeк, “street workout”, заковат ўйини, расмлар, либослар ва қўл мeҳнати кўргазмалари намойиш этилди. Миллий қадриятлар ва анъанавий чиқишлар, китоблар ярмаркаси барчада катта таассурот қолдирди.

🇺🇿Навоийликларга қўшилинг👇

https://t.me/joinchat/RWeqIuBQ9V0K63_4

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📺#OAV_nigohida

“Kelajak yoshlari teleloyihasi: Oliy ta’limda bir kun


Navoiy davlat pedagogika instituti Rus va qozoq filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishining 3-kurs talabasi Qayumova Nodira Karim qizining institutda oʻqish va maktabdagi ish faoliyati hamda bugungi kunda erishayotgan yutuqlari, ilmiy sohadagi izlanishlari haqida Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Oliy taʼlimda bir kun” loyihasi so‘z yuritadi.

———
👀Bizni kuzatib boring


™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#bugun_muzeylar_kuni

Tarix koʻzgusi boʻlmish muzeylar - oʻtmish, bugungi kun va kelajak haqida soʻzlayversin.


18-MAY – XALQARO MUZEYLAR KUNI

Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 936-sonli qarori asosida tashkil qilingan.

Mazkur muzeydan joy olgan minglab eksponatlar, ekspozitsiyalar, qo‘lyozmalar, hujjatlar Turkiston zaminining boy tarixi va buguni haqida so‘zlaydi.

Sana munosabati bilan soha xodimlarini samimiy muborakbod etamiz!

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#jarayon #maʼrifat_ulashib #dayjest

Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy-maʼrifiy uchrashuvlar o‘tkazilib, unda yurtimizning atoqli yozuvchi va shoirlar bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

📹 Batafsil videolavhalarda

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📌 Testni yechgandan keyin yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt beriladi

▪️ Avval test, keyin yo‘nalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada e’lon qilinadi.

Tayyor bo‘lgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi. Mas’ullarga ko‘ra, yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Jarayon

⚡️Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bilan tanishishdi.

Muzeydagi har bir eksponat mehmonlarga katta taassurot qoldirdi. Usha davrga oid arxiv hujjatlari, qatag’on va surgun qilingan ajdodlarimiz haqida birinchi prorektor, muzey direktori Xurshid Qurbonov ma’lumot berdi.


Bizdan uzoqlashmang👀


™️:@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

⏳#LIVE

⚡️Ayteke biy tavalludining 380 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro madaniy tadbir doirasida talabalar tomonidan qozoq milliy raqs va kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.

📸Jarayondan fotolavhalar


@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#LIVE

⏳Abay nomidagi Qozoq pedagogika universiteti vakillari va talabalari ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan muloqot qilmoqda.

Tadbirda Tarix, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim, Tabiiy fanlar, Oʻzbek tili va adabiyoti, Rus va qozoq filologiyasi hamda Matematika-informatika fakultetlarining qozoq tilli taʼlim yoʻnalishi talabalari ishtirok etishyapti.


👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…
Subscribe to a channel