#Fotoreportaj
⚡️Navoiy viloyatida basketbol va shaxmat bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jarayonlarni biz bilan birga kuzatib boring
📸#Fotoreportaj
🏀Basketbol va shaxmat bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining ochilish marosimidan lavhalar
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#No_comment #Talabalar_ligasi
“Talabalar ligasi” sport musobaqalari ishtirokchilari tantanali kutib olindi
Bugun Navoiy temir yo‘l vokzalida Navoiy viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i F.To‘xtayev, NavDPI va NavKTU rektorlari B.Sobirov, B.Mardonovlar talabalar ligasi sport musobaqalarining yakuniy, final bahslarida ishtirok etadigan jamoalarni tantanali kutib oldilar.
Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlaridan kelgan sportchilar avtobuslarda oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga joylashish uchun yo‘l olishdi.
Jarayonlarni biz bilan birga kuzatib boring
🔰 Малака ошириш курсининг иккинчи босқич битирувчиларига сертификатлар топширилди.
▫️ Олдин хабар қилганимиздек, Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Навоий вилоят филиали ҳамда Навоий давлат педагогика институти ҳамкорлигида ташкил этилган 2 кунлик ўқув машғулотларининг иккинчи босқичи якунига етди.
▫️ и.ф.д. проф. Нодира Муродова томонидан ўтилган "Маҳаллада тадбиркорликни ривожлантириш, аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағалликни қисқартиришнинг самарали йўллари", "Ҳудудда ишбилармонлик муҳитини яхшилаш, кичик ва хусусий тадбиркорликни янада ривожлантиришни рағбатлантириш усуллари ва солиқ имтиёзлари" мавзусидаги дарс машғулотлари қизиқарли ва мухокамаларга бой тарзда ўтди.
🎗Тингловчилардан курс давомида ўтилган мавзулар юзасидан тест олиниб, курсни муваффақиятли якунлаган барча иштирокчиларга малака оширганлиги тўғрисида сертификатлар топширилди.
✅ Эслатиб ўтамиз, ҳокимлик мутахассислари учун малака ошириш курслари жорий йилнинг 29 май кунига қадар давом этади.
|Telegram |YouTube|Facebook |
#milliy_qadriyatlar_sayli
🏛Yurtimiz bo‘ylab, barcha hududlarda oliy taʼlim muassasalari tomonidan milliy qadriyat va an’analarimizni yanada keng targ‘ib etish maqsadida “Milliy qadriyatlar sayli” festivallari o‘tkazilmoqda.
▶️Batafsil video lavhalarda.
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#Ochiq_eshiklar
⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutida umumtaʼlim maktablari bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda institut rahbariyati, maktab direktori va oʻqituvchilari hamda oʻquvchilar ishtirok etyapti.
Tadbir doirasida maktab oʻquvchilarini institut faoliyati hamda muzey bilan tanishtirish rejalashtirilgan.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
FARG‘ONA, ANDIJON, NAMANGAN SPORTCHI-TALABALARI KUTIB OLINDI
Xabar berganimizdek, “Talabalar ligasi” doirasidagi musoboqalarning Respublika bosqichi viloyatimizda ilk bor o‘tkazilmoqda va sportning basketbol va shaxmat turlari bo‘yicha musoboqalar Navoiy shahridagi sport inshootlarida bo‘lib o‘tadi.
Bugun, 23-may yarim tunda Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari sportchi-talabalari NavDPI Fizika-texnologiya, Matematika-informatika hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari mas’ulligida kutib olindi.
“Yarim tun bo‘lishiga qaramay kutib olish jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilgan. Bizga ajratilgan joylar juda shinam hamda o‘zgacha did bilan jihozlangan. To‘g‘risini aytsam kutib olinishimizdan kayfiyatimiz ko‘tarildi, juda xursand bo‘ldik, bu kabi e’tibor uchun NavDPI rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman”- dedi Namangan delegatsiyasi rahbari A.Ortiqalilov
Bizni kuzatib boring
A.S.Pushkin tavalludining 225 yilligiga bag’ishlangan tadbir o‘tkazildi
✍️Rus adabiyotida realizm va xalqchillik tamoyillari, qator she’riy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti Pushkin nomi bilan chambarchas bogʻliq. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rangtasvir singari san’at turlarining ham rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Bizni kuzatib boring
#Talabalar_ligasi
Xabaringiz bor, 23-26-may kunlari Navoiy viloyatida basketbol hamda shaxmat boʻyicha talabalar ligasi sport musobaqalarining final bahslari boʻlib oʻtadi.
Bizni kuzating
REKTOR VA SPORTCHILAR UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI
Bizni kuzatib boring
⚡️ Малака ошириш курслари давом этмоқда.
▫️ Хабар бериб бораётганимиздек, Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Навоий вилоят филиали ҳамда Навоий давлат педагогика институти ҳамкорлигида ташкил этилган қисқа муддатли малака ошириш курсларининг навбатдаги босқичи бошланди.
▫️ Унда туман ва шаҳар ҳокимликларининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича бош мутахассислари ҳамда рақамли иқтисодиётни жорий этиш бўйича лойиҳалар менежерлари иштирок этишмоқда.
📙 Бугунги машғулотлар "Ўзбекистон Республикасининг “Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида”ги Қонуни мазмун-моҳияти ва давлат фуқаролик хизматчисининг одоб-ахлоқ қоидалари", "Ҳудудларни ижтимоий - иқтисодий ривожлантириш дастурини ишлаб чиқиш", "Рақамли иқтисодиёт шароитида ҳудуд ва тармоқларни рақамли трансформация қилиш" каби долзарб мавзуларда бўлиб ўтди.
✅ Эслатиб ўтамиз, ҳокимлик мутахассислари учун малака ошириш курслари жорий йилнинг 29 май кунига қадар давом этади.
|Telegram |YouTube|Facebook |
Axborot-resurs markazi xodimlari bayram munosabati bilan taqdirlandi
Bizdan uzoqlashmang
“MA’RIFIY TARG’IBOT” O‘QUV KURSI TASHKIL ETILDI
Bizdan uzoqlashmang:
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
📢АZIZ NAVOIYLIKLAR!
Bugun shahrimiz aholisi uchun yana bir yirik tadbir tayyorlangan. Barchangizni unda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
🖐 Navoiy shahridagi "Alisher Navoiy" istirohat bog‘ida soat 16:00 dan 19:00 ga qadar "Besh tashabbus olimpiadasi" festivali doirasida 15 ga yaqin turli xil loyihalar va sport musobaqalari o'z g'oliblarini aniqlashga shay. Qatnashing va ularning g'oliblaridan biriga aylaning.
🎶 Soat 19:00 da esa Viloyat hokimligi binosi yonidagi Yoshlar xiyobonida 👍👍👍👍👍 tomonidan gala-konsert dasturi namoyish etiladi.
🎶 Dastur mehmoni JANOB RASUL.
Kuningizni yaxshi va yangi taassurotlar bilan bezang.
👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
📝📝📝
📢АЗИЗ НАВОИЙЛИКЛАР!
Бугун шаҳримиз аҳолиси учун яна бир йирик тадбир тайёрланган. Барчангизни унда фаол иштирок этишга чорлаймиз.
🖐 Навоий шаҳридаги "Алишер Навоий" истироҳат боғида соат 16:00 дан 19:00 га қадар "Беш ташаббус олимпиадаси" фестивали доирасида 15 га яқин турли хил лойиҳалар ва спорт мусобақалари ўз ғолибларини аниқлашга шай. Қатнашинг ва уларнинг ғолибларидан бирига айланинг.
🎶 Соат 19:00 да эса Вилоят ҳокимлиги биноси ёнидаги Ёшлар хиёбонида 👍👍👍👍👍 томонидан гала-консерт дастури намойиш этилади.
🎶 Дастур меҳмони ЖАНОБ РАСУЛ.
Кунингизни яхши ва янги таассуротлар билан безанг.
👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🌐Veb Sayt |✅ Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
#Talabalar_ligasi_final
“TALABALAR LIGASI” SPORT MUSOBAQALARI RESPUBLIKA FINAL BOSQICHIGA “START” BERILDI
Xabaringiz bor, 24-26 may kunlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalari respublika final bosqichi o‘tkazilmoqda.
Yoshlar orasida sportni ommalashtirish maqsadida voleybol, futzal, stol tennisi, basketbol va shaxmat sport turlarida o‘tkazilayotgan liganing basketbol va shaxmat musobaqalariga Navoiy shahri mezbonlik qilayapti.
Bugun “NKMK jamg‘armasi”ga qarashli sport saroyida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan tegishli vazirliklar, oliy ta’lim muassasalari hamda Navoiy viloyati hokimligi mas’ullari respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchi yoshlarga omad tilashdi.
Ayni daqiqalarda jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda.
#Intervyu #Talabalar_ligasi
🎤Sportning basketbol hamda shaxmat turlari boʻyicha oʻtkaziladigan talabalar ligasi final bahslarida ishtirok etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasidan tashrif buyurgan talabalar taassurotlari bilan boʻlishdi.
#Sport #Talabalar_ligasi #Final #Navoiy
@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
#davra_suhbati
Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi akademik litseyida “Ilmli qizlar — yangi O‘zbekiston tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni Xotin-qizlar maslahatchisi G.Tangotarova ochib berib, litseydagi talaba-qizlar va ularning yutuqlari haqida maʼlumot berdi. Institut Xotin-qizlar maslahatchisi N.Tursunova “Ilm-marifatli qizlar mamlakat kelajagining mustahkam poydevori” mavzusida maʼruza o‘qidi.
O‘zbek tili va adabiyoti hamda Tarix fakultetlarining dekan maslahatchilari Z.Axmedova va G.Sultonovalar mavzu bo‘yicha fikr-mulohaza qilishdi. Shuningdek, talaba-qizlar va litsey o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat o‘yini tashkil etildi.
Bizni kuzating
#Talabalar_ligasi_final
NAVOIY SHAHRI “TALABALAR LIGASI” SPORT MUSOBAQALARI RESPUBLIKA FINAL BOSQICHIGA MEZBONLIK QILADI
23-26 may kunlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalari respublika final bosqichi o‘tkaziladi. O‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi basketbol bahslari Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti mas’ulligida “Sug‘diyona” sport majmuasida, shaxmat bahslari esa Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tadi.
Yoshlar orasida sportni ommalashtirish maqsadida voleybol, futzal, stol tennisi, basketbol va shaxmat sport turlarida o‘tkazilayotgan musobaqalarni tashkil etish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 7-apreldagi qarorida belgilangan.
Bugun ishtirokchilar va mehmonlar tantanali kutib olindi. Ertaga soat 9:00 da finalga "start" beriladi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#LIVE #O‘zbekiston_2030
⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi va 2024-yilda moʻljallangan Davlat dasturining mazmun mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilmoqda.
👀Bizdan uzoqlashmang:
#Attestatsiya
AKADEMIK LITSEY VA PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI PEDAGOGLARI ATTESTATSIYADAN O‘TMOQDA
Test sinovlari oʻtkaziladigan obyektlar va test sinovlari vaqti haqidagi maʼlumotlarni pedagog.edu.uz saytidan bilib olish mumkin.
TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 12-iyun soat 10:00 ga qadar davom etadi.
Imtihon 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi.
TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)
Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma
📱 @dtmtoefl
📞 (95) 515-68-68
Bizni kuzating
#E’LON
📢Hurmatli talabalar!
Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalari (Alisher Navoiy, Bobur, Islom Karimov va Pahlavon Mahmud) uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi.
Talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:
➡️Pasport nusxasi;
➡️Ma’lumotnoma (obyektivka);
➡️Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning asl nusxalari (linki bilan);
➡️Viloyat, respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, ko‘razmalarda sovrinli o‘rin olganligi to‘g‘risida hujjatlar nusxalari (diplom va sertifikatlar);
➡️Kafedra va fakultet yig‘ilishlarining bayonnomasidan ko‘chirma;
➡️Ilmiy rahbar xulosasi;
➡️3x4 rasm (2ta);
➡️Reyting daftarining transkript varianti.
📁Barcha hujjatlar elektron shaklda jildga (papkaga) joylangan holda, pdf variantda taqdim etiladi.
📥Muddat: 23-maydan 20-iyungacha
☎️Murojaat uchun telefonlar:
93 157 70 77;
91 920 52 60;
94 370 02 01
👀Bizdan uzoqlashmang:
#Rasmlar_korgazmasi
“SANʼAT GALEREYASI”GA SAYOHAT
🎨NavDPI Matematika-informatika fakulteti talabalari Navoiy shahridagi Sanʼat galeriyasiga borib, tengdoshlarining san’at namunalaridan bahramand bo‘lishdi.
#inklyuziv_ta’lim
Oʻzbek imo-ishora tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv-metodik majmua va darsliklar yaratildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda bir qancha o’quv qo’llanma, darslik va majmualar ishlab chiqib, o‘quv jarayoniga joriy qilib kelmoqda.
Xususan, koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarning savodxonligini oshirish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida oʻzbek imo-ishora tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv-metodik majmua va darsliklar yaratildi.
📚 O‘quv-metodik materiallar bilan ushbu havolalar orqali tanishish mumkin.
1. Imo-ishora nutqi segmentatsiyasi
2. Daktilologiya va imo-ishora nutqi
3. Inklyuziv ta’lim nazariya va metodika
4. O‘quv-metodik majmua
☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)
Bizni kuzating
#Jarayon
Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov Navoiy viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi F.Toʻxtayev, NavDKTU rektori B.Mardonov, viloyat Sport boshqarmasi boshligʻi J.Murtazoyev va tegishli masʼullar bilan uchrashdi.
Unda 23-26-may kunlari Navoiy viloyati mezbonlik qiladigan basketbol va shaxmat sport turlari boʻyicha talabalar ligasi musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi va dasturi koʻrib chiqildi hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Bizni kuzating
#raqamlashtirish
💻 STAT.EDU.UZ — Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim, shuningdek, doktorantura bo‘yicha statistik ma’lumotlarni o‘zida jamlagan platforma
📊Ushbu platforma orqali
– professor-o‘qituvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
– o‘quvchi va talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
– to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar
– ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
– qabulga oid statistik ma’lumotlar
– ilmiy izlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
va shu kabi statistik ma’lumotlarni olish mumkin.
Platformadagi statistik maʼlumotlar real vaqt rejimida HEMIS axborot tizimi hamda boshqa ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali shakllantiriladi.
Bizni kuzating
TIBBIYOT FAKULTETI TALABALARI “AKADEMIK VIKTORINA” TANLOVIDA MUNOSIB ISHTIROK ETDI
👀Bizni kuzatishda davom eting:
📚21-may — Axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni
Insonlarga ilm ziyosini ulashishni oʻz oldiga maqsad qilgan Navoiy davlat pedagogika institutining fidoyi kutubxonachilarini koʻp sonli kitobxon talabalar va institut jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etamiz!
@NavDPI_Rasmiy