#Matbuot_anjumani
“INSTITUTDA JORIY QILINGAN KREDIT-MODUL TIZIMI: AFZALLIKLAR VA KAMCHILIKLAR” MAVZUSIDA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
🏛Navoiy davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan navbatdagi matbuot anjumaniga jurnalist va blogerlar kredit-modul tizimi, uning afzalliklari, hemis axborot dasturi, shuningdek, institutda tizimlarni raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan anjumanda ommaviy axborot vositalari vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olish barobarida, talabalar uchun bunday imkoniyatlarni keng jamoatchilikka, aholiga yetkazish borasidagi fikrlarini bildirib oʻtdilar.
Shu bilan birga, qabul jarayonlariga kiritilgan oʻzgartirishlar, oliy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha Prezident qarori, “4+2ʻ dasturi boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida ham maʼlumot berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟥🟥🟥
🩺Tibbiyot yo’nalishidagi eng nufuzli texnikum bilan o’z kelajagingizni quring!
🏛,,Avitsenna tibbiyot texnikumi" sizga shunday imkoniyatni beradi.
📝2024/2025 o’quv yili uchun qabul boshlandi
🔹Yo’nalishlar:
1. Hamshiralik ishi - 3 yil
2. Hamshiralik ishi - 2 yil
3. Farmatsiya ishi - 3 yil
4. Fel’dsherlik ishi - 3 yil
Qulayliklar:
1. IELTS, CEFR, TOEFL sertifikatlarini o’qish davomida qo'lga kiritish imkoniyati;
2. Amaliyot hamkorlikdagi nufuzli klinikalarda o’tkaziladi;
3. Zamonaviy texnologiyalar
4. O’qish davomiyligida 2 ta sertifikatga ega bo’lish;
5. Olmazor filialida uzoqdan keladigan o’quvchilar uchun yotoqxona mavjud;
6. Yashash manzilingizga yaqin joyda o’qish imkoniyati;
7. Kontraktni 4 ga bo’lib to’lash imkoniyati.
🔹Texnikumni tugatganlar imtihonsiz 2-kursdan biz bilan hamkorlikdagi OTM larga qabul qilinadi
📝Online ariza topshirish uchun👈🏻
☎️ +998774040378 ;+998555110162 ; +998555110165
Telegram | Instagram | Web
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
⚡️Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat filiali hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi uchinchi bosqichi boshlandi.
Unda tuman va shahar hokimliklarining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
Mashg’ulotlarda institut birinchi prorektori X.Qurbonov hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Tursunovlar tomonidan ma’ruza qilinyapti.
Bizni kuzatib boring:
📣 E’LON!
🔰ovozli chat!
⭕️ O‘quv jarayoniga befarq bo‘lmagan barcha talabalar qatnashishlari mumkin.
✏️ O‘quv jarayoniga oid savollaringizni /channel/NAVDPI_talimgamurojaat_bot yo‘llang. Savollaringizga 2024-yil 5-iyun soat 21:00 da o‘tkaziladigan ovozli chatda javob toping.
📎 Chatga ulanish uchun telegram manzil: @NAVDPI_talimgamurojaat
🧑🏫 SPEAKER: O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i H.Shodiyev
Bizni kuzatib boring:
#LIVE #Fotoreportaj
📸“Fan, texnika, tabiiy fanlar, texnologiya va raqamli taʼlimni rivojlantirish istiqbollari “ASEDU-IV 2024” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumandan lavhalar
™️:@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
Institut rektori yoshlar muammolarini manzilli o‘rganishda davom etmoqda
📹Jarayonlar vidolavhada
#EʼLON #Matbuot_anjumani
Hurmatli OAV vakillari, jurnalist va blogerlar!
Sizlarni joriy yil 29-may kuni soat 17:00 da Navoiy davlat pedagogika institutida tashkil etiladigan “Institutda joriy qilingan kredit-modul tizimi: afzalliklar va kamchiliklar” mavzusida navbatdagi Matbuot anjumaniga taklif etamiz.
Bizni kuzatib boring
NAVDPI REKTORI VAZIRLIKNING TASHAKKURNOMASI BILAN TAQDIRLANDI
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov basketbol va shaxmat boʻyicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etishda qoʻshgan hissasi, samarali mehnati uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Ushbu xabarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov Toshkent shahrida “Talabalar ligasi” hamda “Barkamol avlod” sport musosabaqalari ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimida ma’lum qildi.
Bizni kuzating
Institut rektori yoshlar muammolarini manzilli o‘rganishda davom etmoqda
Bizni kuzating
#OAV_nigohida
📺“Kelajak yoshlari” teleloyihasi: “Oliy taʼlimda bir kun”
Ko‘rsatuvning navbatdagi sonida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Mironshox Jalilov haqida so‘z boradi.
Bizni kuzatib boring:
Davlat dasturi ijrosi muhokama etildi
⚡️⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi“ning mazmun-mohiyati va uning viloyatda ijrosiga bagʻishlangan muhokama boʻlib oʻtdi.
“Yuksalish umummilliy harakatining viloyat boʻlinmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda siyosiy partiyalar vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari, davlat dasturi ijrosiga masʼul tashkilotlar xodimlari, davlat xizmatchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Muhokama chogʻida ishtirokchilarga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Navoiy viloyat filiali tomonidan 2024-yilning oʻtgan davri mobaynida strategiyaning 81-maqsadi, yaʼni ”Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish" boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan maʼlumot berildi.
@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
#Ochiq_eshiklar_kuni
⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida umumtaʼlim maktablari bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Maktab bitiruvchilariga institutning ta’lim yo‘nalishlari, mavjud fakultet va kafedralar to‘g’risida umumiy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, institut tarkibidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bo‘ylab sayohat tashkillashtirildi.
Tadbirda institut rahbariyati, maktab direktorlari va oʻqituvchilari hamda oʻquvchilar ishtirok etishdi.
Ushbu “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini o‘tkazishdan asosiy maqsad, maktab bitiruvchilarini institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularni oliy ta’limga qiziqishlarini oshirish hamda institutda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha ham tasavvurga ega boʻlishiga ko‘maklashishdan iborat.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#Qonunchilik_yangiliklari
Chet tili ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy til sertifikati asosida amalga oshiriladi
2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
#Sport #Talabalar_ligasi_final
🏅SHAXMAT MUSOBAQASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
Talabalar ligasi sport musobaqasining shaxmat turi bo‘yicha respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi.
Navoiy shahri mezbonlik qilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining shaxmat boʻyicha respublika final bosqichi Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning barcha hududlaridan 28 nafar sportchi: 14 nafar qiz va 14 nafar yigitlar ishtirok etgan bahslar 7 turda o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida 1-o‘rinni Kurbanov Abdulaziz (Toshkent shahri), 2-o‘rinni Javohir Shodiyev (Qashqadaryo viloyati) hamda 3-o‘rinni Temurbek Shernazarov (Samarqand viloyati) qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasida
🥇1-o‘rin — Sitora Saparova (Toshkent shahri);
🥈2-o‘rin — Madina To‘xtayeva (Buxoro viloyati);
🥉3-o‘rin — Selbi Kakishova (Qoraqalpog’iston Respublikasi).
Gʻolib va sovrindorlar Navoiy viloyati hokimligining qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.
™️:@NavDPI_Rasmiy|
O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida “Mumtoz asarlar bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi
📖 Navoiy davlat pedagogika instituti rektori prof. B.Sobirov tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, institutda tahsil olayotgan talabalarning o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganish darajasini baholash, talabalar o‘rtasida mumtoz adabiyotimiz durdonalariga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida o‘zbek mumtoz badiiy asarlari yuzasidan “Mumtoz asarlar bilimdoni” nomli tanlov tashkil etildi.
Tanlov Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” hamda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarlarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra:
🥇1-o‘rinni – “Ko‘hinur”;
🥈2-o‘rinni – “Iqtido”;
🥉3-o‘rinni – “Orzu” jamoalari egalladi.
Bizni kuzatib boring:
⚡️“Talabalar ligasi” sport musobaqasining basketbol va shaxmat turidan Respublika final bosqichiga Navoiy viloyati mezbonlik qildi.
📺Bu haqida “Diyor 24” axborot dasturi so‘z yuritadi
Bizni kuzatib boring
Oliy_ta’lim_klassifikatori
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.
👉 Yuklab olish
___
Приказом министра высшего образования, науки и инноваций утвержден классификатор направлений и специальностей высшего образования с соответствующими изменениями и дополнениями.
👉 Скачать
Bizni kuzating
#LIVE
⚡️Oʻtkazilayotgan xalqaro konferensiyada Navoiy davlat pedagogika institutitining ilmiy tadqiqotchilari, professor-oʻqituvchilari va doktorantlar, Termiz davlat universitetidan mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari shuningdek, Sankt-Peterburg milliy taqdiqot universiteti oʻqituvchisi Anastasiya Pivovarova, Krasnoyarsk o‘lkasi fan va texnologiyalar uyi direktori Igor Kovalyov va boshqalar ishtirok etmoqda.
Jarayonlar davom etyapti
#LIVE
“Fan, texnika, tabiiy fanlar, texnologiya va raqamli taʼlimni rivojlantirish istiqbollari “ASEDU-IV 2024” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutida “Fan, texnika, tabiiy fanlar, texnologiya va raqamli taʼlimni rivojlantirish istiqbollari “ASEDU-IV 2024” mavzusida xalqaro ilmiy-amialiy anjuman boʻlib oʻtmoqda
Anjumanni institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Bahodir Sobirov olib bormoqda.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
https://uza.uz/uz/posts/talabalar-ligasi-basketbol-va-shaxmat-boyicha-goliblar-aniqlandi_602695
Читать полностью…iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda
iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:
🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 12-iyun kuniga qadar davom etadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52
👍 Imtihonlar 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.
iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview
iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
Bizni kuzating
"Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.
🗣O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan Oliy va professional ta'lim muassasalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.
Ushbu o'yinda 9 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko'ra;
🥇-o'rin Navoiy davlat pedagogika instituti "Procrastinators" jamoasi
🥈-o'rin NavDPI 1- sonli akademik litseyi
🥉-o'rin NavDPI Sanʼatshunoslik fakultetning "Perfekt" jamoasi
🏆G'olib jamoalar O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting 👇
@NavDPI_YI
#talabalar_ligasi
#taqdirlash_marosimi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirli Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishda qo‘shgan hissasi, samarali mehnati uchun hamkor tashkilot ma’sullari, hokimliklar va shuningdek, quyidagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari va rektorlarini vazirlikning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalari:
Oliy ta’lim muassasalari rektorlari
“Talabalar ligasi” sport musobaqalari
📹Navoiy shahrida basketbol va shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqalarida basketbol bo‘yicha 15 ta terma jamoa, shaxmatda esa 28 nafar sportchilar ishtirok etdi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#Qonunchilik_yangiliklari
⚡️Taʼlim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi
“Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son, 27.05.2024-y.) qabul qilindi.
Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:
🔴oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi;
🟣taʼlim krediti:
↪️oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;
➡️oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.
❕Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.
✔️Bunda taʼlim krediti:
☑️OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda;
▶️professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.
🗓2024/2025-oʻquv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
Bizni kuzating
#BuxDI
BuxDPI kimyo yo'nalishi 3-kurs talabalari Navoiy viloyatida Malaka amaliyotini o'tamoqda.
Navoiy davlat pedagogika institutining "kimyo o'qitish metodikasi" kaferasi hamda "Organik kimyo" va "Noorganik kimyo" laboratoriyalarida bo'lib professor-o'qituvchilar bilan qiziqarli va manfa'atli davra suhbatlari tashkillashtirildi.
1-Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar dekani Jumabayev so'zga chiqib: BuxDPI talabalari hamda professor-o'qituvchilari tashrifidan mamnunligini bildirib o'tdi. Navoiy kimyo shaxri va bu yerdagi amaliyotimiz matfaatli bo'lishi haqida, hamda bu yerdagi kimyo sanoati tarixi haqida malumotlar bildirdi.
2-Navoiy davlat pedagogika instituti "kimyo o'qitish metodikasi" kafedrasi mudiri H.SH.Kamolov bizni kimyo kafedrasidagi o'quv jarayonlari va laboratoriya xonalaridagi jarayonlar bilan tanishtirib, talabalarimizga kerakli maslahatlarini berdi.
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
___
В резиденции «Куксарой» состоялась торжественная церемония встречи Президента Российской Федерации Владимира Путина, совершающего государственный визит в нашу страну.
#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #marosim
Bizni kuzating
#Talabalar_ligasi_final
BASKETBOL BO‘YICHA ENG KUCHLI TERMA JAMOALAR NOMI MA’LUM BO‘LDI
Talabalar ligasi sport musobaqasining basketbol turi bo‘yicha respublika final bosqichi g’olib va sovrindorlari aniqlandi.
Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuvlarning yakuniy bahslarida talaba yigitlar o‘rtasida 1-o‘rin — Toshkent shahri, 2-o‘rin — Xorazm viloyati, 3-o‘rin — Toshkent viloyati;
Xuddi shuningdek, talaba qizlar o‘rtasida 1-o‘rin — Farg’ona viloyati, 2-o‘rin — Namangan viloyati va 3-o‘rin — Andijon viloyati terma jamoalariga nasib etdi.
Faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarga esdalik sovg’alari topshirildi.
Ma’lumot uchun, Talabalar ligasi sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar 28-may sanasida Toshkent shahrida tantanali taqdirlanishadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#OAV_nigohida
Taʼlim tizimidagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-289-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatidagi oliy taʼlimga kirish koʻrsatkichlari past boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda Mobil metodik guruhlar faoliyati boʻyicha Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari 35 ta umumiy oʻrta maktablari bilan integratsiya jarayonlarini amalga oshirib, turli davra suhbatlari, mahorat darslari hamda oʻquvchilarni turli tanlov va fan olimpiadalarida ishtirok etishlariga koʻmaklashish boʻyicha tizimli ishlarni olib borishayapti.
🎞Batafsil: “Diyor 24” axborot dasturida
Bizni kuzating