#No_comment
📹“Yoshlar oyligi” doirasidagi “Jadidlar bilimdoni” tanlovi jarayonlari
Bizni kuzatib boring:
#YANGI_OʻZBЕKISTON_YOSHLARI_BIRLASHAYLIK
#YOSHLAR_FЕSTIVALI
⚡️Korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari o‘rtasida “Navoiy viloyati hokimi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual turniri bo‘lib o‘tdi.
Turnirda Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari munosib qatnashib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tomonidan taqdirlandi.
🌐Rasmiy sahifalarimiz:
#LIVE
⚡️“Jadid namoyondalari ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati” mavzusiga bag’ishlangan ilmiy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zosi Tulekova Ziba Tolibekovna, senator, Qarshi davlat universiteti professori Abdurahim Erkayevlar ishtirok etib, “Jadid ma’rifatparvarligi – uchinchi renessans debochasi” mavzuida ma’ruza qildilar.
Anjuman davom etmoqda...
Bizni kuzatib boring:
#LIVE #Online
⚡️Tarix fakulteti “Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” kafedrasi tomonidan oʻtkazilayotgan anjumanda Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari, tyutorlari va talabalari, shu bilan birga Qarshi va Buxoro davlat universitetlari o‘qituvchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, onlayn tarzda AQSH, Germaniya oliy taʼlim muassasalari olimlari ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#LIVE
⏳Tarix fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov ochib berar ekan, ushbu anjumanning ahamiyati, dolzarbligi, maqsadi haqida fikrlarini bildirdi.
“Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, “Oʻz mohiyat eʼtiboriga koʻra noyob ijtimoiy-siyosiy fenomen boʻlgan jadidchilik gʻoyasining shakllanishi va taraqqiyotiga doir dunyoning bir qator mamlakatlarida koʻplab tadqiqotlar yaratilgan boʻlsa-da, ushbu harakat namoyandalarining Markaziy Osiyo hududida milliy davlatchilik va mintaqaviy oʻziga xoslikni, fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga qoʻshgan ulkan hissasini konseptual va tizimli asosda atroflicha oʻrganish dolzarb masala boʻlib qolmoqda”.
#Anjuman
⚡️Birozdan so‘ng Navoiy davlat pedagogika institutida “Jadid namoyondalari ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman boshlanadi.
Bizni kuzatib boring:
Turkiya Respublikasining nufuzli universiteti bilan hamkorlik
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Valiy universiteti professori Emrah Yilmaz bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, o‘quv va ilmiy-tadqiqot masalalalari va kelgusidagi rejalar haqida fikrlashdilar.
Chet ellik olim Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi sirtqi bo‘lim 1-kurs talabalariga 14 soatlik dars mashg‘ulotini olib borib, kafedra professor-o‘qituvchilari bilan xalqaro hamkorlik, xalqaro loyihalar yuzasidan tajriba almashdi.
Emrah Yilmaz institut haqida: “2 kun davomida umumiy tilshunoslik, fonetika va morfologiya fanlaridan dars berdim. Shoirlar sultoni Alisher Navoiy nomi bilan atalmish viloyatda, Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lganimdan cheksiz baxtiyorman. Hurmatli rektor Bahodir Sobirovga qimmatli vaqtini ayamay bizni qabul qilgani uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman”, - deb oʻz taassurotlarini bildirdi.
@NavDPI_Rasmiy
#100savolga_100javob
14-savol: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini my.uzbmb.uz saytiga kiritish talab etiladimi?
Bizni kuzating
#Yakuniy_imtihonlar
Institutda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs “D”, “E” guruhi talabalari “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” va “Umumiy psixologiya” fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya imtihonini topshirishdi.
Ma’lumot o‘rnida, bu yil Navoiy davlat pedagogika institutini 4 ming 297 nafar bitiruvchi, shundan 3 ming 53 nafari kunduzgi, 1 ming 197 nafari sirtqi hamda 47 nafari magistratura bosqichini tamomlaydi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
🔴✅✅✅✅✅✅✅✅✅🔴
📣Hurmatli va aziz viloyatimiz aholisi, qadrli yoshlar!
🔵2024 yil - Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili, shuningdek Yoshlar oyligi doirasida mamlakatimizning har bir go‘shasida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida Galakonsert tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
⭐13 iyun - Navoiy shahri
🎤Galakonsertda yurtimiz sevgan ko‘pgina san’atkorlar ishtiroki kutilmoqda.
Tadbirlda faol ishtirok eting.
👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
📝📝📝
📣Ҳурматли ва азиз вилоятимиз аҳолиси, қадрли ёшлар!
🔵2024 йил - Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили, шунингдек Ёшлар ойлиги доирасида мамлакатимизнинг ҳар бир гўшасида бўлгани каби Навоий вилоятида ҳам "Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик!" шиори остида Галаконцерт тадбирлари бўлиб ўтади.
⭐13 июнь - Навоий шаҳри
🎤Галаконцертда юртимиз севган кўпгина санъаткорлар иштироки кутилмоқда.
Тадбирда фаол иштирок этинг.
👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🌐Veb Sayt |✅ Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
#yakuniy_davlat_imtihoni
🎥2023/2024 o‘quv yilida Navoiy davlat pedagogika instituti
Fizika-texnologiya fakultetida Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi faoliyatidan lavha
👀Bizdan uzoqlashmang:
#milliy_sertifikat
⚡️Kimyo hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
Bizni kuzating
#qabul_2024
#infografika
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi
11-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 85 ming nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 52 ming 222 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 32 ming 778 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.
Batafsil infografikada👆
Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
#100savolga_100javob
15-savol: Telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Bizni kuzating
#Xushxabar
Navoiy davlat pedagogika instituti Times Higher Education (THE) reytingidan joy oldi!
Buyuk Britaniyaning Times Higher Education (Impact Rankings) THE reyting agentligi – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 17 ta yoʻnalish boʻyicha Navoiy davlat pedagogika instituti yuqori koʻrsatkichlarni qayd etdi.
Quvonarlisi, oliygoh sifatli taʼlim boʻyicha 56.8 ball bilan 401-600 oʻrinda eʼtirof etildi. Shuningdek, “University Impact Ranking-2024” natijalarida institut — Gender tengligi boʻyicha 50.7 ball bilan 401-600 oʻrinda, Qayta tiklanuvchi energiya boʻyicha 41.2 ball bilan 601-800 oʻrinda, Sanoat innovatsiyasi va infratuzilmasi 35.1 ball bilan 601-800 oʻrinda, ekotizimlarini asrashda 801+ oʻrinlarni egallab turgani tahsinga loyiqdir.
Bizni kuzating:
#smc2024
🇺🇿Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi, Milliy ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Summer MediaCamp-2024 Mediasavodxonlik yozgi oromgohi boshlandi
🏆Summer MediaCamp-2024 ning asosiy maqsadi sizni mediani yaxshiroq tushunishga va ajoyib kontent yaratishga o‘rgatishdir. Lager ishtirokchilarga hafta davomida o‘rganish va ijod qilish uchun katta ijodiy platforma vazifasini oʻtaydi.
📌Ushbu oromgohda NavDPI San'atshunoslik fakulteti talabasi Mardiyeva Muxlisa ham ishtirok etmoqda.
🔔Oromgohning boy va rang-barang dasturi, oʻquv mashgʻulotlari, ijodiy seminarlar va amaliy laboratoriyalar, norasmiy muloqot uchun qulay media zonalari, shuningdek, koʻngil ochish uchun oʻyin va interaktiv sessiyalarni oʻz ichiga oladi.
🌐@NavDPI_Rasmiy
#LIVE
⏳“Jadid namoyondalari ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman boshlanadi.
Anjuman Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting
#Yugurish_marafoni
🏃♂️“Yoshlar oyligi” doirasida viloyat korxona va tashkilotlar, ta'lim muassasalari va mahalla yoshlari ishtirokida "Yoshlar harakati - salomatlik uchun" shiori ostida yugurish marafoni o‘tkazildi.
Ushbu marafonda Navoiy davlat pedagogika instituti sportsevarlari ham faol qatnashdilar.
Bizni kuzating
#qabul2024
#infografika
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi
10-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 106 ming 906 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 62 ming 408 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 44 ming 498 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.
Batafsil infografikada👆
Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
#qabul2024
#abituriyent2024
⚡️ 26-may kuni o‘tkazilgan kimyo va geografiya fanlari bo‘yicha imtihondan milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!
☝️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilingunga qadar oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan mazkur imtihonda ishtirok etib, tegishli darajadagi sertikatga ega bo‘lgan bo‘lsalar, saytdagi o‘z shaxsiy kabinetlari orqali sertifikatdan foydalanishni yoki foydalanmasliklari (rad etish)ni tasdiqlashlari so‘raladi.
Bizni kuzating
#Qabul2024
⚡️Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish
Bizni kuzating
#haftalik_dayjest
🔸Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Quvnoqlar va Zukkolar“ tanlovining final o‘yini o‘tkazildi.
🔸Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan “Inson qadri: tarixiylik va zamonaviylikning ilmiy-nazariy talqinlari” mavzusidagi Respublika ilmiy anjumani tashkil etildi.
🔸Urganch davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi talabalari uchun “Yuza nivelirlash va tuproq ishlari hajmini hisoblash” bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
🔸Termiz davlat universitetining 1000 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
🔸Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tomonidan Samarqand shahridagi Mirzo Ulug’bek xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida “Bilimlar estafetasi” tanlovi tashkil qilindi.
🔸12-iyun kuni Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan yozgi ta’tilni manfaatli o‘tkazish maqsadida talabalar uchun “Jadidlar izidan” nomli yangi loyiha taqdim etiladi.
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
🎁 #BUGUN_TUGʻILGAN_KUN
🎁Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori, texnika fanlari doktori, professor, "Do‘stlik", "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi" faxriy unvoni sohibi, "O‘zbekiston Qahramoni" Quvondiq Sanaqulov bugun qutlug‘ 67 yoshni qarshi oldi.
Bugun Quvondiq Sanaqulovichni butun mamlakatimiz miqyosida o‘z tajribasi, salohiyati va mahoratiga ega bo‘lgan rahbar sifatida keng jamoatchilik yaxshi biladi. Xususan, u kishining tog‘-kon sanoatini rivojlantirish yo‘lidagi fidoyiligi hamda respublika iqtisodiyotini yuksaltirish borasidagi jonkuyarligi tahsinga sazovor. Bu kamtarin va zahmatkash insonni mohir rahbar sifatida davlat boshqaruv organlarida faoliyat olib borayotgan minglab rahbar-xodimlar o‘ziga ustoz deb biladilar.
🎂Bugungi quvonchli kun, ya’ni tavallud ayyomi bilan Quvondiq Sanaqulovichni qutlab, mustahkam sihat-salomatlik, kuch-quvvat va uzoq umr tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyoti, el-yurt osoyishtaligi, farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarida Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!
👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
📝📝
🎁 #БУГУН_ТУҒИЛГАН_КУН
🎁Навоий кон-металлургия комбинати директори, техника фанлари доктори, профессор, "Дўстлик", "Фидокорона хизматлари учун" орденлари, "Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган саноат ходими" фахрий унвони соҳиби, "Ўзбекистон Қаҳрамони" Қувондиқ Санақулов бугун қутлуғ 67 ёшни қарши олди.
Қувондиқ Санақуловични бутун мамлакатимиз миқёсида ўз тажрибаси, салоҳияти ва маҳоратига эга бўлган раҳбар сифатида кенг жамоатчилик яхши билади. Хусусан, у кишининг тоғ-кон саноатини ривожлантириш йўлидаги фидойилиги ҳамда республика иқтисодиётини юксалтириш борасидаги жонкуярлиги таҳсинга сазовор. Бу камтарин ва заҳматкаш инсонни моҳир раҳбар сифатида давлат бошқарув органларида фаолият олиб бораётган минглаб раҳбар-ходимлар ўзига устоз деб биладилар.
🎂Бугунги қувончли кун, яъни таваллуд айёми билан Қувондиқ Санақуловични қутлаб, мустаҳкам сиҳат-саломатлик, куч-қувват ва узоқ умр тилаймиз. Ватанимиз равнақи ва тараққиёти, эл-юрт осойишталиги, фаровонлиги йўлидаги эзгу ишларида Яратганнинг ўзи мададкор бўлсин!
👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🌐Veb Sayt |✅ Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
#OAV_nigohida
📺Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, yangi kun!” tonggi dasturida Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi mudiri, dotsent Husan Abuyev bilan “Jadid namoyondalari ilmiy-maʻnaviy merosining bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida suhbat qilindi.
#Navoiy_MTRK #Jadidlar #Assalom_yangi_kun
🌐Bizni kuzatib boring
БУГУН ТУҒИЛГАН КУН!
БУГУН, 12 ИЮНЬ – ЎЗБЕКИСТОН ЖУРНАЛИСТЛАР УЮШМАСИ АЪЗОСИ, ИСТЕЪДОДЛИ ИЖОДКОР ВА ПУБЛИЦИСТ, САМИМИЙ ИНСОН, ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ АХБОРОТ АГЕНТЛИГИНИНГ НАВОИЙ ВИЛОЯТИ БЎЙИЧА МУХБИРИ АБДУВАЛИ БЎРИЕВ ТАВАЛЛУД ТОПГАН КУН!
ҲАМКАСБИМИЗНИ ЎЗБЕКИСТОН ЖУРНАЛИСТЛАР УЮШМАСИ НАВОИЙ ВИЛОЯТИ БЎЛИМИ ЖАМОАСИ НОМИДАН БУГУНГИ ШУКРОНА КУНИ БИЛАН ЧИН ДИЛДАН МУБОРАКБОД ЭТАМИЗ.
АБДУВАЛИ БЎРИЕВГА УЗОҚ УМР, СИҲАТ-САЛОМАТЛИК, ОИЛАВИЙ ХОТИРЖАМЛИК, ЯНГИ МУВАФФАҚИЯТЛАР ВА ИЖОДИЙ БАРКАМОЛЛИК ТИЛАЙМИЗ.
Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси
Навоий вилояти бўлими.
/channel/Navoiyjurnalistlaruyushmasi
⚡️Tadqiqotchi-olimlari uchun bepul online akademik ingliz tili dasturiga start berildi
Bizni kuzating
#100savolga_100javob
12-savol: Chet mamlakatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishda qanday yangi tartiblar belgilandi?
Bizni kuzating