navdpi_rasmiy | Unsorted

Telegram-канал navdpi_rasmiy - NavDPI | Rasmiy kanal

9803

Navoiy davlat pedagogika instituti @NDPI_Rektoriga_murojat_bot 🌐 nspi.uz 📧 info@nspi.uz 📱https://t.me/NDPI_NSPI 📱https://www.instagram.com/ndpi_nspi/ 📱https://www.facebook.com/profile.php?id=61561618590849

Subscribe to a channel

NavDPI | Rasmiy kanal

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

❗️Олий таълим муассасаларининг педагогика йўналишларида кундузги, кечки, сиртқи бўлимларнинг 3-4-курсларида ўқиётган шахслар давлат мактабгача таълим тизимида педагогик фаолиятни амалга ошириши мумкин.

☑️ Бунда уларга ўрта махсус, касб-ҳунар маълумотга эга бўлган тегишли лавозимдаги ходимнинг базавий тариф ставкаси сингари базавий тариф ставкаси белгиланади.

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Oʻzbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi
___

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#qabul2024
#infografika

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi

15-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 195 ming 354 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 97 ming 632 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 97 ming 722 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada👆

Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

138 ming nafar talabalar "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirdi

Joriy yilning 20-aprel kunidan boshlab 14-iyun kuniga qadar respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalarining 18-29 yoshdagi talabalari sport sinovlari topshirdi.

Sport sinovlarini uchun 156 ming nafar talabalar my.sport.uz platformasida ariza qoldirgan, ularning 138 ming nafaridan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilingan.

Sport sinovlarini qabul qilishda talabalarning tezlik, kuch, egiluvchanlik va chidamlilik sport sifatlari baholangan.

Ma’lumot uchun: sport sinovlarini topshirgan talabalarning 25 ming nafari (18 foizi) natija qayt etolmagan.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Rahbar va bitiruvchilar uchrashuvi

Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda institut rektori B.Sobirov soʻz olib, uchrashuvning ahamiyati haqida batafsil to‘xtaldi.

Shundan soʻng Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻi R.Hayitova soʻzga chiqib, bugungi kunda maktab oʻqituvchilariga qoʻyilayotgan talabalar, ularga berilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi.

Uchrashuvda fakultet dekanlari, tumanlardan kelgan boʻlim boshliqlari ham soʻzga chiqib oʻzaro fikr almashishdi.

Shu bilan birga bitiruvchilar o‘z takliflari, murojaat va mulohazalarini rahbarlarga bildirishdi. Jumladan, bitiruvchilarning portfoliosini shakllantirish, olis maktablarda oliy ta’lim muassasalarini targ‘ibot qilish kabi takliflarni ilgari surishdi.
Murojaat qilgan 2 nafar bitiruvchi ishga qabul qilindi.

Bizni kuzating:

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#OAVlari_biz_haqimizda

📹Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoslari Zebo Tulekova va Abdurahim Erkayev Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashdi.

Tafsilotlar: Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi “Diyor 24” axborot lavhasida.

Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📺#OAV_nigohida

Navoiy davlat pedagogika institutida “Jadid namoyondalari ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida o‘kazilgan respublika ilmiy-amaliy anjuman tafsiloti Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor 24” axborot dasturida xabar qilindi.

Bizni kuzatib boring:

🌐Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📌 Yilning eng faol prorektori kim? soʻrovnomasi davom etmoqda!

Final bosqichi 14-iyun 16:00 dan 19-iyun 23:59 gacha davom etadi

O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG.

👉 OVOZ BERISH

Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Ochiq_muloqot
#Fotoreportaj

📸“RAHBAR VA BITIRUVCHILAR” UCHRASHUVIDAN #FOTOLAVHALAR

🌐Rasmiy sahifamiz: @NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#qabul2024
#infografika

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi

14-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 163 ming 395 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 85 ming 810 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 77 ming 585 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada👆

Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Intervyu

🎤Senator Ziba Tulekova talaba-yoshlar oʻrtasida milliy qadriyatlarimiz, oʻzligimiz, milliy gʻurur, Vatanga sadoqat tushunchalarini keng targʻib etish maqsadida mamlakatimiz ziyolilari, senator va deputatlarning OTMlariga targʻibot uchrashuvlari haqida soʻz yuritadi.

📱@NavDPI_Rasmiy|

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Ovozli_chat #qabul2024

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat boshlandi


Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

Chatga ulanish: 👉/channel/BaholashUz?livestream

❕ Eslatma: oldingi ovozli chatlarda javob berilgan yoki mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasligi so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Sport

TALABA ISROILOV NURSHOHRUH OSIYO CHEMPIONATIDA G’OLIB BO‘LDI

🥋Shu yilning 11-22 iyun kunlari Qirgʻiziston Respublikasida jang san’ati bo‘yicha 8-Xalqaro festival — Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti 2-bosqich talabasi Nurshohruh Isroilov 85 kg. vazn toifasida🥇oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Malumot o‘rnida, Nurshohruh 3 karra Osiyo chempioni, 2 karra Jahon kubogida oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritgan, 8 marta Oʻzbekiston chempioni, 5 marta xalqaro chempioni shuningdek, O'zbekiston sport ustasi va qora belbog’ sohibi hamdir.

Bizni kuzatib boring:

🌐@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#tabrik

Qadrli akademik litsey oʻqituvchi va murabbiylari, aziz bitiruvchilar, hurmatli ota-onalar!

Respublikamizdagi 71 ta oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” yangrab, 12 ming nafardan ortiq oʻquvchilarimiz bitiruvchilarga aylandi, ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma boʻlishmoqda.

Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirilmoqda. Shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir qancha qarorlar imzolandi.

Ushbu qarorlar natijasida jumladan quyidagilarga erishildi:
— akademik litseylar faoliyatiga oid barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtirildi;
— iqtidorli oʻquvchilar uchun “Akademik litsey iftixori” va “Rektor” stipendiyalari joriy qilindi;
— har yili bitiruvchi kurs oʻquvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini olish boʻyicha bepul test sinovlarini oʻtkazish tizimi joriy etildi;
— 14 ta hudud boʻyicha bittadan akademik litseylar xalqaro fan (kimyo, biologiya va fizika) olimpiadalarida foydalaniladigan oʻquv laboratoriya jihozlari bilan taʼminlandi;
— soʻnggi uch yilda xalqaro fan olimpiadalarida 13 ta medallar qoʻlga kiritildi. Shundan 3 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza;
— bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi 92 foizga yetdi;
— iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallar berish tartibi joriy qilinib, bu yildan ilk marotaba 141 nafar bitiruvchi oltin, 168 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Aziz bitiruvchilar!


Barchangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman. Umid va ishonch ramzi boʻlgan diplom va medallaringiz muborak boʻlsin!
Hech shubhasiz, oʻz bilim va isteʼdodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand boʻlishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chogʻlanib turgan Sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimizdir.

Hech qachon unutmang, kelajakda Sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qoʻyib, bor kuch-gʻayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, koʻzlagan choʻqqilarga albatta erishasiz.

Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Institutda “Senator va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

Talaba-yoshlar oʻrtasida milliy qadriyatlarimiz, oʻzligimiz, milliy gʻurur, Vatanga sadoqat tushunchalarini keng targʻib etish maqsadida mamlakatimiz ziyolilari, senator va deputatlarning OTMlarga tashriflari oʻtkazilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika institutida tashkil etilgan targʻibot uchrashuvida Oliy Majlis Senati aʻzolari Tulekova Ziba Tolibekovna hamda Abdurahim Erkayevlar ishtirok etdi. Dastlab institut rektori Bahodir Sobirov mehmonlar bilan koʻrishib, oliygohdagi oʻzgarishlar, yangilanishlar va imkoniyatlar haqida soʻzladi. Soʻng talabalar va professor-oʻqituvchilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda soʻzga chiqqan Oliy Majlis senati aʼzolari yurtimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar, vatanni sevish, uni himoya qilish haqida soʻz yuritishdi. Fikr-mulohazalar asosida oʻtkan tadbirda yoshlarning ham qarashlari, fikrlari tinglandi.

Bizni kuzatib boring:

🌐Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

“IYD AL-ADHO” — QURBON HAYIT BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

Telegram
| Facebook

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

https://uza.uz/uz/posts/rahbar-va-bitiruvchilar-uchrashdi_608113

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Intervyu

“RAHBAR VA BITIRUVCHILAR” UCHRASHUVIDAN



🎤Nigora Amonova,
Navbahor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig’i

Bizni kuzating:

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Intervyu

“RAHBAR VA BITIRUVCHILAR” UCHRASHUVIDAN


🎤Hamza Shodiyev,
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing:

Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#OAV_biz_haqimizda

“Quvnoqlar va zukkolar”: Institutda joriy yilgi mavsum chempionlari ma’lum bo‘ldi


🎞Tafsilotlar: Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi dasturlarida

Bizni kuzating

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

⚡️Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, yangi kun!” ertalabgi dasturida NavDPI xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Nasiba Tursunova va o'qituvchi Gulnoza Xushvaqtovalar bilan suhbat.
#Navoiy_MTRK

Bizdan uzoqlashmang

📱@NavDPI_Rasmiy|

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

MAKTAB BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

🔰Joriy yilning 12 iyun kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi professor-o‘qituvchilari X.B.Hasanova, G.N.Allayarova, S.N.Najmiddinovalar birgalikda Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 7-IDUM maktabida targ’ibot va tashviqot tadbiri olib bordilar.


🌐Rasmiy sahifamiz: @NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Ochiq_muloqot
#Fotoreportaj

📸FOTOREPORTAJ: Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan samarali hamkorligi uchun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i X.Shodiyev hamda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari boshqarma boshlig’i R.Hayitova tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, institut bilan umumta’lim maktablari hamkorligini mustahkamlash yo‘lida ko‘rsatayotgan amaliy yordami uchun MMTB boshlig’i Rano Hayitova tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

🌐Rasmiy sahifamiz: @NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Ochiq_muloqot
#Fotoreportaj

📸“RAHBAR VA BITIRUVCHILAR” UCHRASHUVIDAN #FOTOLAVHALAR

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing:

Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🎤#Intervyu

⚡️“Turkiston ma’rifatparvarlari va ta’limning zamonaviy modul va
konsepsiyalari: tarix va hozirgi zamon” mavzusida Buxoro davlat universiteti professori Shodmon Hayitov so‘z yuritadi.


🌐@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🎤#Intervyu

“Jadid maʻrifatparvarligi – uchinchi renessans debochasi” mavzusida senator, Qarshi davlat universiteti professor Abdurahim Erkayev fikr-mulohaza yuritadi.

🌐Bizni kuzatib boring

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Anjuman

Jadid namoyondalari ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati

Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti tomonidan “Jadid namoyondalari ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Unda respublikamiz oliy taʼlim muassasalari vakillari, xususan, Buxoro va Qarshi davlat universitetlari, Fargʻona politexnika instituti professor-oʻqituvchilari, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi ilmiy xodimlari, bir guruh senatorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, onlayn formatda AQSHning Michigan davlat universiteti professori hamda Germaniyaning nufuzli oliygohlari oʻqituvchilari ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

“Fitrat va Choʻlponning BXSR davrida Buxorodagi faoliyati”, “Jadid maʻrifatparvarligi – uchinchi renessans debochasi”, “Buxoroda matbuotchilikning shakllanishi” shu va boshqa mavzularda ilmiy mulohazalar yuritildi.

Bizni kuzatib boring:

🌐Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#100savolga_100javob

16-savol: Kirish imtihonida qatnashish uchun kimlardan to‘lov undirilmaydi?

Javob.
Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.

Bunda quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

🔸 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
🔸 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔸 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
🔹 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

https://yuz.uz/ru/news/navoiyskiy-pedinstitut-ustanavlivaet-sotrudnichestvo-s-prestijnm-universitetom-turetskoy-respubliki-

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#YOSHLAR_FЕSTIVALI

⚡️Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Yoshlar oyligi” doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyat bo‘limi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida talaba yoshlar ishtirokida “Jadidlar bilimdoni” debati bo‘lib o‘tdi.

Professor o‘qituvchilar tomonidan mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Talabalar o‘rtasida o‘zaro bellashuv tarzida tashkil etilgan ushbu debat qiziqarli tarzda bo‘ldi va o'quvchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

📚Tadbir so‘nggida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan faol ishtirok etgan yoshlarga kitoblar tuxfa etildi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…
Subscribe to a channel