navdpi_rasmiy | Unsorted

Telegram-канал navdpi_rasmiy - NavDPI | Rasmiy kanal

9803

Navoiy davlat pedagogika instituti @NDPI_Rektoriga_murojat_bot 🌐 nspi.uz 📧 info@nspi.uz 📱https://t.me/NDPI_NSPI 📱https://www.instagram.com/ndpi_nspi/ 📱https://www.facebook.com/profile.php?id=61561618590849

Subscribe to a channel

NavDPI | Rasmiy kanal

#yengillik #chegirma

⚡️O‘quvchi
-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.

❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.

Batafsil: www.uzairways.com.
___

Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся

В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 23 декабря 2024 года по 7 января 2025 года.

Приобрести авиабилет со скидкой до 50% можете уже сейчас в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.

❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учреждении.

Подробно: www.uzairways.com.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

10 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Bugun xalqimizning mangu qoʻshigʻi — madhiyamiz yaralgan kun. Madhiya — milliy gʻururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. U yana bir karra bizni Vatanimizdan gʻururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorladi.

Davlatimiz madhiyasi Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan va 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#chellenj

Navoiy davlat universitetida 9-dekabr —Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ishchi xodimlar o‘rtasida chellenj o‘tkazildi

👉Batafsil saytda

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#OAV

Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan talabalarning bilim olishi va kelajakda oʻz oʻrinini topishi uchun alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Batafsil: Uza.uz

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#OAV

Navoiy viloyat televideniyasi orqali Navoiy davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti haqida “Sport hayoti” ko‘rsatuvi efirga uzatildi.

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Konstitutsiyamizning 32 yilligi muborak boʻlsin!

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

Академик ва ёшлар учрашуви

Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси академиги, педагогика фанлари доктори, профессор Холбой Ибрагимов Навоий давлат университетига ташриф буюрди. Академикга университет ректори, профессор Муҳиддин Калонов томонидан олий таълим даргоҳини янги бунёд этилаётган кампуси, шунингдек, ўқув-услубий, маънавий-маърифий, илмий-тадқиқот соҳалари ҳақида маълумот берилди.

😧Университет талаба-ёшлари билан учрашувда эса Х.Ибрагимов ўзининг илмий ва амалий фаолияти, академик даражасигача етиб келишдаги сермашаққат ҳаёт йўли, меҳнатлари ҳақида сўзлаб берди. Бугунги кунда ёшларга қаратилаётган эътибор ва илм-фан соҳасида яратилаётган имкониятлар ҳақида тўхталиб, талаба-ёшларни бу имкониятлардан унумли фойдаланишга чақирди.

😧Учрашув якунида талаба-ёшлар ўзларини қизиқтирган саволларига жавоблар олди. Ташриф чоғида академик Холбой Ибрагимов университет тузилмасидаги Қатағон қурбонлари хотираси музейи фаолияти билан танишди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати

📝📝📝

Akademik va yoshlar uchrashuvi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor Xolboy Ibragimov Navoiy davlat universitetiga tashrif buyurdi. Akademikga universitet rektori, professor Muhiddin Kalonov tomonidan oliy taʼlim dargohini yangi bunyod etilayotgan kampusi, shuningdek, oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot sohalari haqida maʼlumot berildi.

😧Universitet talaba-yoshlari bilan uchrashuvda esa X.Ibragimov oʻzining ilmiy va amaliy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi sermashaqqat hayot yoʻli, mehnatlari haqida soʻzlab berdi. Bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va ilm-fan sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida toʻxtalib, talaba-yoshlarni bu imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.

😧Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Tashrif chogʻida akademik Xolboy Ibragimov universitet tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati bilan tanishdi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#qonunchilik_yangiliklari

Oliy ta’lim muassasalarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.

“Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-421-son, 04.12.2024 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.

2025/2026-o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha quyidagi sport musobaqalarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:

🟢“Maktab ligasi”;
🟢“Talabalar ligasi” va “Oliy ta’lim kubogi”;
🟢“Rektor kubogi”.

🏢 Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil qilinadi.

Bunda jamoaviy sport turlari bo‘yicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari o‘tkazib boriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

🟦🟦🟦 🟦🟦

🇺🇿 “Mening Konstitutsiyam” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

Viktorinada respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim muassasalarining barcha talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin.


Viktorinada ishtirokchilarga “Google Form” platformasi orqali Konstitutsiyaga oid 50 ta test savollari beriladi. Testlarni ishlash uchun 50 daqiqa vaqt belgilanadi.

🏛 Viktorina savollariga eng birinchi va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar viktorina g‘olibiga aylanadi. 1-, 2- va 3-o‘rin egalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan, qolgan 10 nafar yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar esa vazirlikning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi.

‼️Eslatib o‘tamiz, test savollari havolasi bugun soat 20:00 da @manaviyateduuz Telegram sahifasi orqali e’lon qilinadi.

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#tashrif

Akademik Xolboy Ibragimov bilan: diydor uchrashuv va dildan suhbat

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor Xolboy Ibragimov Navoiy davlat universitetiga tashrif buyurdi.

👉Batafsil saytda

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️DIQQAT, TANLOV!

Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Yoshlar va turizm - yangi istiqbol va imkoniyatlar” ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilindi.

Respublika tanlovi oliy o‘quv yurtlari talabalari va magistrantlari o‘rtasida mamlakatimiz turizm sohasini modernizatsiya qilishga hissa qo‘shadigan eng yaxshi ilmiy-innovatsion loyiha yoki taqdimot g‘oyalari/yechimlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Loyihalar 2024-yil 12-dekabrga qadar onlayn qabul qilinadi.

✔️Tanlov g‘oliblariga faxriy yorliq va quyidagicha pul mukofotlari topshiriladi:

🟢1-o‘rin – 5 mln so‘m;
🟢2-o‘rin – 3 mln so‘m;
🟢3-o‘rin – 2 mln so‘m.

🔠Tanlov axborot xati bu yerda;
🔠Loyiha materiallari dizayniga qo‘yiladigan talablar bu yerda;

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
☎️ Tel.: (+998 71) 268-73-71; (+998 97) 101-38-58;
📧 Elektron pochta: fan@tridm.uz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Талабалар учун қишки таътил 25 декабрдан бошланади

Олий таълим муассасалари талабалари, техникум, коллеж ва академик лицей ўқувчилари учун қишки таътил 25 декабрдан бошланади ва 2025 йилнинг 7 январига қадар давом этади - вазирлик

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#konstitutsiya

Universitetda “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Navoiy davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

👉Batafsil saytda

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi!

3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni munosabati bilan Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan “Mehr ulashib” loyihasi doirasida fakultetda tahsil olayotgan chin yetim hamda nogironligi boʻlgan talabalar holidan xabar olindi.

👉Batafsil saytda

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#OAV

Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti tomonidan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida 3-sonli talabalar turar joyida “Gulxan atrofida” maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

👉Batafsil

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Olimlar_minbari
02–08.12.2024

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

Taʼlim va ilmiy rivojlanish yoʻlidagi yangi davr” — Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;

Matonat sohibalari xalqimiz eʼtiborida, davlatimiz himoyasida” — Shuhrat TESHAYEV, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor;

«Реализуя концепцию «Новый Узбекистан - просвещенное общество»» — Баходиржон Шермухаммадов, ректор Ферганского государственного университета, профессор;

«Образование – важная инвестиция Нового Узбекистана» — Мухиддин КАЛОНОВ, ректор Навоийского государственного университета, профессор;

Teatr ibratxonadir. Qаror yuksalishning yangi davriga yo‘l ochmoqda” — Nodirbek SAYFULLAYEV, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, professor;

Isbotlanmagan ayb — isbotlangan aybsizlikka teng” — Mirzayusup RUSTAMBOYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi, professor;

Ona tabiat – insoniyatning umumiy uyi. Uni asrab qolaylik!” — Bahodirjon ShERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori professor;

Ma’naviy buyuk xalq iqtisodiy tomondan ham buyukdir” — Feruza IKROMXONOVA, Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori;

«Избежать эффекта бабочки: на пути к зеленому будущему» — Гузалхон АХМЕДОВА, доцент кафедры ТГЮУ, доктор юридических наук;

Madaniy, ilmiy va texnikaviy taraqqiyot kafolati” — Erkin MUSURMONOV, Samarqand davlat chet tillar instituti kafedra mudiri;

«Зеленый поворот в сторону устойчивого развития» — Илдар ЯКУБОВ, преподаватель УМЭД, кандидат политических наук;

Suv – insoniyat uchun hayot-mamot masalasi” — Muhammad Ali SAIDOV, Toshkent davlat agrar universiteti professori;

«Прочный фундамент для образовательных инноваций» — Норим РАХМОНОВ, руководитель департамента Ташкентского государственного экономического университета, профессор;

Huquq va burchlar qomusi” — Rahmon QO‘CHQOROV, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti;

«Забота и уважение к родителям - основа нравственности узбекского народа» — Насиба Ниязова, и.о. профессора ТГЮУ, кандидат педагогических наук.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#OAV

Navoiy davlat universitetida 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” nomli tadbir tafsiloti Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi “Diyor 24” informatsion dasturida xabar qilindi

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#OAV

“Правда Востока” gazetasining 8-dekabr, № 250-sonida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonovning “Образование — важная инвестиция нового Узбекистана” sarlavhali maqolasi chop etildi.

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#OAV

Navoiy davlat universiteti yoshlar yetakchisi Akmal Zokirov Navoiy televideniyasining “Omadli kun” dasturi mehmoni

Unda universitetida talabalar uchun tashkil qilinayotgan tanlov va musobaqalar, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida so‘z boradi.

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Bilasizmi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Korrupsiya – har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illatdir.

BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” sifatida e’lon qilingan. 2004-yildan e’tiboran ushbu sana munosabati bilan butun dunyoda turli anjumanlar, davra suhbatlari va muhokamalar tashkil etiladi.

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#konstitutsiya #tabrik

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonovning bayram tabrigi

✍️Batafsil saytda

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#bilasizmi #konstitutsiya #taʼlim

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#konstitutsiya

Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida universitet jamoasi ishtirok etdi

Navoiy shahridagi “Farxod” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil saytda

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#tanlov_natijalari

“Antikorrupsiya bilimdoni” bilimlar bellashuvi g’oliblari aniqlandi

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Navoiy davlat universiteti talabalari o‘rtasida “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida tanlov o‘tkazildi.

👉Batafsil saytda

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

ЯПРОҚ АРМОНИ

Умр ўтиб борар...
Кузак шамоли,
Дала-дашт айланиб кезар шу палла.
Ўзгариб табиат феъли-амоли,
Вақтида келар гоҳ, гоҳи ҳаяллаб...

Бунчалик бевафо бўлмаса очун,
Беш кунлик дунёни билгани билган.
Ҳаётда бир марта яшамоқ учун,
Ҳар бир жон кўз очиб оламга келган...

О япроқ, баҳорнинг нозик дилбанди,
Дарахт қучоғида ёзганди қанот.
Ёруғлик бағрида ўсиб-улғайди,
Не бўлса борини бахш этди ҳаёт.

Жисми жаҳонининг ҳар бир толаси,
Унда бино бўлган ҳар бир ҳужайра,
Табиатнинг бўлиб эрка боласи,
Шўх япроқ шаклида яшайди яйраб.

Тонгдан шомга қадар қуёш эркалаб,
Қучоғида қучиб кўкка кўтарди.
Тунларни кузатиб, ҳар кун эрталаб,
Янги кун дастидан омад тутарди.

Ҳаёт нашидаси бунча ҳам тотли,
Нурларни симириб ўсди, улғайди.
Шудрингга чўмилган дамлари бахтли,
Сўнгра ёмғирларга борлиғин чайди.

Олам гўзаллиги бўлар намоён,
Минг бир жозибада жилва қилар у.
Гул-чечак шодлиги сирли-ноаён,
Борлиқни сеҳрлаб таратар ёғду.

Яйраб нигоҳини узолмас эди,
Юзида мамнунлик бахтидан сурур.
Чарчамас, зерикмас, ҳеч толмас эди,
Борлиғин кўтарди куч-қудрат, ғурур.

Саболар айланиб бошин силарди,
Сирли кечар эди саси, шивири.
Диллашган ҳар лаҳза кўнгил гуллайди,
Чексиз завқ берарди дийдор ҳузури.

Сеп ёйган новдага елкасин тутди,
Унга қувват берди, бўлди соябон.
Кўрган-кечиргани бирма-бир ўтди,
Бунга гувоҳ ахир замину осмон.

Сабрнинг тагида ҳикматлар ғужғон,
Ортда қолиб кетар шовқин, ғалвалар.
Кечагина кўм-кўк довуча бўлган,
Бугун-чи, тил ёрар тотли ҳолвалар.

Умр мисли дарё — оқар мавжланиб,
Олдинга боққанча интилар тинсиз.
Гоҳи сокин чопар, бирда авжланиб,
Бирда гувиллайди, гоҳида унсиз...

Неларни кўрмади, ахир, ҳаётда,
Иссиқни, совуқни кечирди бошдан.
Гоҳида вужуди чангларга ботди,
Мадад олди шунда сабр-бардошдан.

Саратон дастидан чиққанди омон,
Асадда нафасин яна ростлади.
Сунбула бағрига такрор сақлаб жон,
Боғ ичра қувониб яшай бошлади.

Ранг-баранг оламни кўриб бир пасда,
Жоду кўзларидан узолмасди кўз.
Сарғайган бисотин кўтариб аста,
Келиб қолган эди остонага куз...

Қуёш юзин булут тўса бошлади,
Осмоннинг авзойи бузилди ногоҳ.
Совуқ томчиларни бир-бир ташлади,
Шамол ҳам турткилаб ўтади гоҳ-гоҳ.

Негадир мадори қуриб борарди,
Ранги ҳам бўзариб, бўлди заъфарон.
Кузнинг рутубатли куни турарди,
Қўлини узатиб шу япроқ томон.

Қўйгиси келмас ҳеч тутган бандидан,
Гўдак каби маҳкам олган ёпишиб.
Новда ҳам ажралмас асал-қандидан,
Эту тирноқ мисол кетган туташиб.

Водариғ, вақт-соат келганди етиб,
Тўхтатолмас уни бирор тирик жон.
Ўзини йўқотмай мардона тутиб,
Бандидан узилди япроқ шу замон.

Бир титроқ тушгандек силкинади боғ,
Шамол ҳам ув тортиб куйгандек бўлди.
Кафтига кўтариб борлиқ ҳам шу чоғ,
Тупроққа кузатиб қўйгандек бўлди.

Она замин унга кўксини тутди,
Авайлаб бошига аста кўтарди.
Орзуси бир эди – буткул унутди,
Кўпдан бери асли шуни кутарди.

Ногаҳон не бўлди?
Ким ёқди олов?
Бечора хазонга қайдан тушди ўт?
Дилида меҳр йўқ қай бир ғаним-ёв,
Ғаламис, тошюрак, нобакор, бебурд?

Жисму жонига ўт тушган эди, воҳ,
Оҳлари кўк сари ўрлаб бетиним.
Хазонга айланиб қолган бегуноҳ.
Кенг дала, қир-адир боқар эди жим.

Оловга айланган вужуд жизғинак,
Нолаю фиғони лағча-лағча чўғ.
Ларзага тушади бу шўрлик юрак,
Дунёда бундан-да оғирроқ ғам йўқ.

Ловуллар, чарсиллар — гўё дод солар,
Оловнинг тилида кетган у сингиб.
Эртага билмайди ким ҳам ёд олар,
Ахир, бу қисматни бўларми енгиб?

Умрнинг поёни бунчалар аччиқ,
Кўргулик қисмати юклари оғир.
Кўксини тинимсиз тимдалар санчиқ,
Бу ҳолга чидамоқ осонмас ахир.

Тириклик аталмиш бебаҳо неъмат,
Наҳотки, бир зумлик, наҳот, он қадар.
Ахир, бу ҳолатга қилолмас тоқат,
Афсусу надомат қийнайди бадтар.

Орзулар, армонлар, умид ёнарди,
Барчаси саробга айланар эди.
Дунёга келиб у нимаям кўрди,
Қай манзил-масканга жойланар энди...

Барг ёнар, кўзимни олиб қочаман,
Унсиз фарёдига етмайди бардош.
Қара, кўксимни мен ёриб, очаман,
Ҳасратдан қорайиб бўлган қонталош.

Бу ҳасрат каммасди менга аслида,
Борлиғим куйдириб боряпти оташ.
Оловга не бордир кузнинг фаслида,
Нималар қиляпсан, эй дуни паскаш?

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#rasmiy #qishki_taʼtil

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.


⚡️Зимние каникулы для студентов и учащихся начнутся с 25 декабря

В целях обеспечения выполнения задач, определенных постановлением Кабинета Министров, соответствующим приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций зимние каникулы, предоставляемые студентам высших образовательных учреждений и учащихся техникумов, колледжей, профессиональных училищ и академических лицеев на текущий учебный год установлены с 25 декабря 2024 года по 7 января 2025 года (включительно).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Jarayon

Forumda namunali talabalarning ota-onalari alohida e’tirof etildi


Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim hamda San’atshunoslik fakultetlari birinchi kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

👉Batafsil saytda

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#менинг_конституциям

Бош Қомусимиз халқимиз фаровонлигининг ҳуқуқий асоси


Ҳуқуқий давлатчилик сари интилган ҳар қандай демократик жамиятда Конституция устувор аҳамият касб этади. Бош Қомусимиз мамлакатимизнинг изчил иқтисодий ривожланиши ва халқ фаровонлиги ошишида ҳуқуқий асос бўлиб хизмат қилмоқда.

👉Батафсил: Уза.уз

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

“Nurli maskan” o‘quvchilari uchun xayriya tadbiri o‘tkazildi

👉Batafsil saytda

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Zakovat

Talabalar turar joyida intellektual munozaraning yarim final baxslari bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil saytda

Читать полностью…
Subscribe to a channel