#muhim
Tamkinli tiyramoh o‘z poyoniga yetib, zaminni zalvorli zimiston qamragan on, yaldo tunlaringizni yorituvchi mayoqlarga ergashing.
Bookblogerlar jamiyati a'zolarining kanallari
Bugun mana shu yerlarni zabt etdik. Bulutlar boshimizdan birozgina balandroqda edi xolos.
Havosi uchun oʻpkalarimiz alohida minnatdorchilik bildirishdi :)
@nigohlarda
Oktyabr. Yomgʻirli kun. Sariq-qizgʻish yaproqlar. Shahar boʻylab 8 km piyoda sayr. Kamina va uning hayratga toʻla nigohlari.
@nigohlarda
“Istalgan yo’nalishda ayollar qarama- qarshi jins vakilidan o’rnak olishlari mumkin-u, ammo erkaklar bunday qila olishmas ekan. Qarang-a!
Ayollar erkaklar haqidagi kitoblarni sotib olisharkan-u, erkaklar ayollar haqida yozilgan yoki ayollar yozgan asarni o’qishni istashmas( yoki juda kamdan-kam hollarda istashadi) ekan.”
Kitobdan iqtibos.
Feministik ruhda ilk marta kitob oʻqishim, koʻramiz oxirigacha yetib bora olarmikinman.
@nigohlarda
#tavsiya
Oktabr keliboq ko‘z ochar borliq,
Samoviy tuhfa-la keltirar yorliq,
Sohibi biliglar eng mohir notiq,
Etarlar sizlarga kanalin tortiq...
Barcha kanallarga ulanish uchun bosing
- Odam faqat kitoblar bilangina yashab olmaydi.
- Men yashardim!
Takroran ko’rsam ham zerikmaydigan, bezimaydigan filmlarim juda kam. Shulardan biri “Kichik xonimlar”. Har gal koʻrganimda yangicha hislar tuydiradi. Video arxivimdan topildi va ana shu davrlarni qoʻmsatib yubordi. Kelajakda esa ayni yashab turgan lahzalarimni ham qoʻmsab qolishim mumkin.
@nigohlarda
Anyone who still reads novels in this world of technology is my friend without introduction.
@nigohlarda
Bugungi “Xalqaro kitobsevarlar kuni” munosabati bilan kaminaga Vatandan yangi xazinalar keldi. Oʻzbekistondan 6 ming km uzoqdaligimga qaramay yangi tarjima qilingan “Talaba” kitobini yetkazib berishgani uchun Asaxiy books jamoasiga tashakkur aytaman.
Oʻqishni niyat qilib yurgan kitobim “Yashamoq”ni hadya qilishgani uchun Baraka booksga alohida rahmat.
@nigohlarda
Tongda derazani ochding, qarading -
Tashqarida qordir, tashqarida qor...
Bugun bizda birinchi qor)
📍Janubiy Koreya
@nigohlarda
Ayol-qizlar uchun sahifam, bu yerda ancha erkin va keng qamrovli mavzularda postlar bo’ladi.
Qoʻshilish uchun havola:
/channel/+LExSA6wdBaE5ODAy
Eng muhim suhbatlar, bu hech kim yo’q paytda o'zimiz bilan bo'lgan muloqotlarimizdir.
Haruki Murakami
@nigohlarda
Jin ursin, butun bir avlod benzin quyib, ofitsiantlik qilib - oq yoqali qullarga aylanib qoldi. Reklama bizni mashina va kiyim- kechak ortidan quvishga, yoqtirmaydigan ishlarimizda ishlashga va keraksiz narsalarni sotib olishga undaydi.
Biz tarixning oʻrtancha farzandlarimiz. Maqsadimiz ham oʻrnimiz ham yoʻq. Bizda na buyuk urush bor, na buyuk depressiya. Bizning buyuk urushimiz - ruhiy kurash. Bizning buyuk depressiyamiz - hayotimizning oʻzi.
Barchamiz televizorda bir kun kelib millioner, kino yulduzlari va rok- qoʻshiqchilari boʻlishimizga ishonib katta boʻlganmiz, ammo bu hech qachon roʻy bermaydi.
Biz bu haqiqatni asta-sekin anglab boryapmiz va buning uchun juda-juda gʻazabdamiz.
-Tyler Durden
@nigohlarda
“Yashamoq” Yuy Xua
Yangi manzil. Kitob doʻkonlariga sayohat qilish kamina uchun allaqachon terapiyaga aylanib ulgurgan. Yangi kitoblar harid qilmasang ham ko’zlaring quvnaydi, qalbing yayraydi. Umidlanasan.
@nigohlarda
Quyoshning chiqish lahzalariga ulgurmoq ilinjida tungi shirin uyqungdan voz kechganingni, 300 km masofa bosib oʻtganingni tabiatga hech ham ahamiyati yo’q. Istasa quyoshli, istasa bulutli. Nasib masalasi shunday, anglay olsak tabiatning har holati go’zal.
Dengizdan salom!
@nigohlarda
Masalan, qancha ulg’ayganing sari shuncha yuraging salomatligi haqida qaygʻura boshlaysan. Kardio mashqlari kunlik odatlaringga aylanadi.
Koʻproq kitoblar oʻqish uchun, uzoqroq yashab qolging keladi.
@nigohlarda
"Yashash, tabiatning eng kichik harakatlarini ham sezib yashash, hayotning buzilmas qonuniyat bilan birga oqishini kuzatib yashash, hammadan yaxshi, kuchli yashayotganingni, bir lahzaga bir umrni sigʻdira olishingni bilib yashash...
Ayniqsa bularning barchasini baham ko'ra oladigan insoning borligini o'ylab, uni kutib yashash..."
@nigohlarda
Yoz faslida kitob oʻqish boshqa mavsumlarga qaraganda kamayadi. Shu muammoga yechim izlab yurgan kitobsevarlar uchun dugonamning “Mutolaa intizomi” nomli marafonini tavsiya qilmoqchiman barchangizga!
Marafon uchun link:
/channel/Siddiiqa/6392
“Men ham sog’inaman eski oʻzimni”, jumlasi yodimga tushdi. Sog’inchga davo topildi, kanalimni qayta oʻqib chiqaman)
@nigohlarda
Yozning issiq oylarida har doim ham kitob o‘qish yoqmaydi, ortiqcha ma'lumotlar oqimi esa charchatib qo'yadi. Biz sizlarga kitob o‘qiydiganlarni va sara ma'lumotlarni ulashadigan insonlarni kuzatish imkoniyatini taqdim etamiz.
Quyida turli xil dunyoqarash egalarining kanallarini e'tiboringizga havola etamiz:
@quyoshtaraflarda - Quyosh qizidan qaynoq post va taqrizlar.
@mittihaqiqatlar - yangi tarjimalar va ijod.
@bookerberg - kitoblar, tarjimalar, filmlar haqida yangiliklar va fikr mulohazalar.
@rakhmonalievs_blog - taqrizlar, tarjimalar, mulohazalar.
@Timur_books - adabiyot, kitoblar va boshqa qiziqarli mavzular haqida.
@phaziloff - stendap va ozroq kitoblar haqida.
@usmonosphere — siz bilgan eng pozitiv sahifa.
@nigohlarda - kitoblar, hislar va tabiat birlashuvi.
Ko'rib chiqing va ma‘qul kelsa a‘zo bo‘ling.