“Istalgan yo’nalishda ayollar qarama- qarshi jins vakilidan o’rnak olishlari mumkin-u, ammo erkaklar bunday qila olishmas ekan. Qarang-a!
Ayollar erkaklar haqidagi kitoblarni sotib olisharkan-u, erkaklar ayollar haqida yozilgan yoki ayollar yozgan asarni o’qishni istashmas( yoki juda kamdan-kam hollarda istashadi) ekan.”
Kitobdan iqtibos.
Feministik ruhda ilk marta kitob oʻqishim, koʻramiz oxirigacha yetib bora olarmikinman.
@nigohlarda
#tavsiya
Oktabr keliboq ko‘z ochar borliq,
Samoviy tuhfa-la keltirar yorliq,
Sohibi biliglar eng mohir notiq,
Etarlar sizlarga kanalin tortiq...
Barcha kanallarga ulanish uchun bosing
- Odam faqat kitoblar bilangina yashab olmaydi.
- Men yashardim!
Takroran ko’rsam ham zerikmaydigan, bezimaydigan filmlarim juda kam. Shulardan biri “Kichik xonimlar”. Har gal koʻrganimda yangicha hislar tuydiradi. Video arxivimdan topildi va ana shu davrlarni qoʻmsatib yubordi. Kelajakda esa ayni yashab turgan lahzalarimni ham qoʻmsab qolishim mumkin.
@nigohlarda
Anyone who still reads novels in this world of technology is my friend without introduction.
@nigohlarda
Bugungi “Xalqaro kitobsevarlar kuni” munosabati bilan kaminaga Vatandan yangi xazinalar keldi. Oʻzbekistondan 6 ming km uzoqdaligimga qaramay yangi tarjima qilingan “Talaba” kitobini yetkazib berishgani uchun Asaxiy books jamoasiga tashakkur aytaman.
Oʻqishni niyat qilib yurgan kitobim “Yashamoq”ni hadya qilishgani uchun Baraka booksga alohida rahmat.
@nigohlarda
Dushanba. Yashillik. Qushlar ovozidan mast boʻlayotgan men. 10 ming qadam. 💚
@nigohlarda
Telegram'ning o'zbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin.
Ro'yxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga a'zo bo'lishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmunli va samarali o'tishiga yordam beradi.
/channel/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
I hope you win the war you tell no one about.
Umid qilamanki, sen hech kimga ayta olmaydigan oʻz jangingda gʻalaba qozonasan.
#tarjima
@nigohlarda
Kayfiyatini kitoblar, she’rlar, musiqa yoki bir finjon qahva bilan ko’tarib oladigan ayolni hech kim mag’lub qila olmaydi. Hattoki dunyo ham u bilan mag’lubiyatga uchraydi.
(Qayerdadir oʻqigandim)
@nigohlarda
📍Yangi manzil.
Seoul shahrida joylashgan Starfield kutubxonasi. 2017-yilda qurilgan, 50 ming kitobdan iborat. Kitobjavonlarining uzunligi esa 13 metr.
Tashrif buyurganlar orasida mutolaa qilayotganlar soni juda kam. Deyarli barcha ijtimoy tarmoq uchun rasm/videolar dardida…
@nigohlarda
“Yashamoq” Yuy Xua
Yangi manzil. Kitob doʻkonlariga sayohat qilish kamina uchun allaqachon terapiyaga aylanib ulgurgan. Yangi kitoblar harid qilmasang ham ko’zlaring quvnaydi, qalbing yayraydi. Umidlanasan.
@nigohlarda
Quyoshning chiqish lahzalariga ulgurmoq ilinjida tungi shirin uyqungdan voz kechganingni, 300 km masofa bosib oʻtganingni tabiatga hech ham ahamiyati yo’q. Istasa quyoshli, istasa bulutli. Nasib masalasi shunday, anglay olsak tabiatning har holati go’zal.
Dengizdan salom!
@nigohlarda
Masalan, qancha ulg’ayganing sari shuncha yuraging salomatligi haqida qaygʻura boshlaysan. Kardio mashqlari kunlik odatlaringga aylanadi.
Koʻproq kitoblar oʻqish uchun, uzoqroq yashab qolging keladi.
@nigohlarda
"Yashash, tabiatning eng kichik harakatlarini ham sezib yashash, hayotning buzilmas qonuniyat bilan birga oqishini kuzatib yashash, hammadan yaxshi, kuchli yashayotganingni, bir lahzaga bir umrni sigʻdira olishingni bilib yashash...
Ayniqsa bularning barchasini baham ko'ra oladigan insoning borligini o'ylab, uni kutib yashash..."
@nigohlarda
Yoz faslida kitob oʻqish boshqa mavsumlarga qaraganda kamayadi. Shu muammoga yechim izlab yurgan kitobsevarlar uchun dugonamning “Mutolaa intizomi” nomli marafonini tavsiya qilmoqchiman barchangizga!
Marafon uchun link:
/channel/Siddiiqa/6392
“Men ham sog’inaman eski oʻzimni”, jumlasi yodimga tushdi. Sog’inchga davo topildi, kanalimni qayta oʻqib chiqaman)
@nigohlarda
Yozning issiq oylarida har doim ham kitob o‘qish yoqmaydi, ortiqcha ma'lumotlar oqimi esa charchatib qo'yadi. Biz sizlarga kitob o‘qiydiganlarni va sara ma'lumotlarni ulashadigan insonlarni kuzatish imkoniyatini taqdim etamiz.
Quyida turli xil dunyoqarash egalarining kanallarini e'tiboringizga havola etamiz:
@quyoshtaraflarda - Quyosh qizidan qaynoq post va taqrizlar.
@mittihaqiqatlar - yangi tarjimalar va ijod.
@bookerberg - kitoblar, tarjimalar, filmlar haqida yangiliklar va fikr mulohazalar.
@rakhmonalievs_blog - taqrizlar, tarjimalar, mulohazalar.
@Timur_books - adabiyot, kitoblar va boshqa qiziqarli mavzular haqida.
@phaziloff - stendap va ozroq kitoblar haqida.
@usmonosphere — siz bilgan eng pozitiv sahifa.
@nigohlarda - kitoblar, hislar va tabiat birlashuvi.
Ko'rib chiqing va ma‘qul kelsa a‘zo bo‘ling.
But man is not made for defeat, he said. A man can be destroyed but not defeated.
Ammo inson bolasi yengilib, yengilganiga rozi boʻlib ketaverish uchun yaratilmagan, - dedi u. Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib boʻlmaydi.
@nigohlarda
Inson qancha til bilmasin, qancha dunyo kezmasin, baribir oʻz ona tiliga muhtojdir.
Robbisiga mana shu ona tili orqali yuzlanadi, qalbining eng tubidan chiqayotgan soʻzlari ham shubhasiz ona tilida bo’ladi. Yig’lasa ham ona tilida, quvonganda ham ona tilida quvonadi. Kimsa bilan baham koʻrilmaydigan hislarining tili ham aynan ona tili bilandir.
Oʻzbekistondaligimda koʻproq chet tillarida yozilgan kitoblar oʻqishga harakat qilardim. Hozir esa oʻzbekcha kitoblarning humori tutadi. Talabaligim yodimga tushadi, “Otamdan qolgan dalalar” yodimga tushadi, “Yulduzli tunlar”, “Tushda kechgan umrlar” yodimga tushadi. Sog’inaman, qoʻmsayman, qayta-qayta varaqlab yana shu asarlarga toʻygim keladi. Inson baribir oʻzligidan kecha olmaydi…
Kamina mana shu post orqali oʻzbek tilidagi kitoblarini qizg’onmay, men bilan baham ko’rayotgan kitobsevar opa-singillarimga rahmat aytib qolaman.
Sezganingizdek, kuchli vatan sog’inchi ila yozilgan post.
@nigohlarda
Koʻngli koʻp narsalarni tusaydi. Lekin eng tusagani orom, tinchlik boʻlsa, sokinlik boʻlsa. Birov koʻnglini ogʻritmasa…
@nigohlarda
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz.
Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!