noyobsherlar | Unsorted

Telegram-канал noyobsherlar - Noyob She'rlar |Rasmiy°

-

Subscribe to a channel

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Real Madrid chempion!

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Onam xorib tolidi
Yigʻlab bir oz nolidi
Senga nima bor edi
Ket dadamdan xastalik!

Togʻlarga bor, toshga bor
Sovugʻ keldi, yogʻdi qor
Senga naxot dunyo tor
Ket dadamdan xastalik!

Quvib solmasdan qani
Yigʻlab olmasdan qani
Dadam oilamiz sha'ni
Ket dadamdan xastalik!

Qornim toʻqku, koʻnglim och
Men polapon qaldirgʻoch
Topgin iltimos iloj
Ket dadamdan xastalik!

Baxt qushimiz uchurma
Koʻzga koʻz yosh ichirma
Mayli meni kechirma
Ket dadamdan xastalik!

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Bitiruvchi bo'lsang, sal keyinroq ro'y beradigan achchiq haqiqatlar bilan tanishib qo'y:

1. Endi hayot birday silliq ketmaydi, hamma narsaga ota-onangni qalqon qilolmaysan. Nafaqat o'zingni boshingga tushadigan ishlarda balki oilang boshiga tushadigan muammolarda ham endi tobora butun mas'uliyatni o'z bo'yningga ola boshlaysan.

2. O'ta katta ayriliqlarga tayyor tur, bu hayotingdagi har qanday inson bilan yuz berishi mumkin.

3. Yoshligingda biz ishontirilgan Odamlar uchun pul muhimmas, muhimi toza qalbing degan fikrni cho'pchak ekanligini tushunasan.

4. Hech qachon ayrilmaymiz deb yurgan sevishgan sinfdoshlaringni boshqa boshqa insonlar bilan oila qurib ketganini ko'rasan.

5. Eng ko'p mehringni onangga emas  do'st va sevgiga sarflaganing uchun o'zingni ancha vaqt kechirolmaysan.

6. Yoshligimizda bizga aytilgan cho'pchaklardan faqat bittasi rostligini tushunib yetasan: "Hayotdagi yagona do'sting - ota onang"

7. O'zing 100% aniq deb ishongan haqiqatlar ham aslida boshqacha ekanligini tushunib yetadigan kuning keladi, o'sha kun yo'q, men baribir eski fikrimda qolaman deb o'zingni ulg'ayishdan cheklama.

8. Sen tanigan aqlli va chiroyli ba'zi qizlar, "чорт"larni yoqtirib qoladi, keyin o'sha "чорт"lar ulardan foydalanib-foydalanib, ularni tashlab ketadi. Sen esa dunyoda nimalar bo'layotganini hali ham tushunmagan chaqaloqdek "axir bu qiz aqlli ediku, nahotki shu oddiy haqiqatni ko'rmayapti"  deb burningni kovlab o'tiraverasan.

9. Soqqa qiladigan norm joying bo'lmagunicha yaxshi qizdan umid qilishdan foyda yo'qligini tushunib yetasan.

10. Tug'ishganingdan qalin bo'lgan ba'zi do'stlaring arzimagan qizlarga o'ta xotin quli bo'lib ketadi. Qizi undan foydalanib-foydalanib boshqasiga erga tegib ketgach, albatta yana qaytib kelib, sen bilan radnoy bo'lishga intiladi. Lekin baribir hech nima avvalgidek bo'lmaydi.

11. Maktabdagi manfaatsiz do'stlikni, manfaatsiz sevgingni sog'inib turasan.

12. Yaqin yarim yil ichida sinfdoshlar bilan qaysidir yig'ilishda sizlar so'nggi bor xuddi maktab davridagidek "birdam", "ajralmas" do'stlar sifatida hazillashib, choyxona qilasizlar. Vaqt o'tib u krug tarqalib ketadi, bu sekinlik bilan ro'y beradi. Ammo hamma o'zi bilan ovvora bo'lgani uchun bunga hech kim e'tibor bermaydi, uni hech kim sezmaydi. Butun krug parchalanib bo'lganini sezgan paytingizda, endi hammasiga kech bo'lgan bo'ladi...

13. Senga haqiqiy do'stlikni ham, haqiqiy dushmanlikni ham sen kutmagan insonlar qiladi.

14. Lekin shunga qaramay eng koʻp sogʻinadiganing maktab davring boʻladi...

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Oʻn birinchi sinf qizcha...)

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Noliyverib sinov dunyodan
Ishim boshdan oshgan degaysan
Tashvish qachon tugaydi, dema
Tashvish bilan birga tugaysan...

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Tug'ilgan kun bilan kenayi 💐 ilohim tezroq ovsinli bovuring😂

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°


Jannat yo'lingizga bir darak bo'lsin,
Shafoat elchisi taborak bo'lsin, 
Arafa kuningiz xayirli o'tib,
Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!


Ahad Qayum

A'zo bo'ling👉 @NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Tunlari vujudim sovuq qotdiki
Koʻnglimda umiddan qasr quribman
Yolgʻizlik shu qadar ogʻir botdiki
Ikkinchi yarmimni izlab yuribman.

Shundanmi xar kuni duo qilgan chogʻ
Yuzimni qiblaga asta buribman
Koʻnglimdan ketsin deb xasrat degan dogʻ
Ikkinchi yarmimni izlab yuribman.

Tushimga kiradi soxibjamollar
Visol toʻgʻrisida xayol suribman
Men ham qilayin deb chiroyli toʻylar
Ikkinchi yarmimni izlab yuribman.

Shu qadar charchatdi toqlik maqomi
Juft boʻlmoq qasdida yonib turibman
Allaqachon toʻlib sabrimning jomi
Ikkinchi yarmimni izlab yuribman.

Solixa yor soʻrab, qodir Allohdan
Sajdada poyiga boshim uribman
Dunyo deb atalmish tomoshagohdan
Ikkinchi yarmimni izlab yuribman...

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Birinchi aprel deb
aldardik oldin
Bugun bir-birimiz
aldamaylik kel
Qachon rost gapirdik?
Qachon tan oldik!
Oʻzi har kunimiz
birinchi aprel...

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Uni kulishidan taniyman darrov
Chunki, ochiladi kulgani sari
Kulgusi husnini oshirar, ammo
Koʻzini yashirar koʻzoynaklari.

Koʻzoynak ortidan kun chiqib, botar
Koʻziga koʻzoynak taqmaydi bejiz
Quyosh ham bulutlar ortiga oʻtar.
Koʻzoynakni yechsang, koʻzoynakli qiz.

Koʻziga koʻzoynak taqqanda, chunki
Mening yuragimdan koʻzi qiygan qiz.
Oʻzining kiyimi oʻzbekona-yu.
Hattoki koʻziga libos kiygan qiz!

Bu koʻzlar ortida buyuk bir ma'no.
Yashirib qoʻyilgan dunyoning siri.
Husnini oshirar kulgusi, ammo.
Koʻzini yashirar koʻzoynaklari.

Koʻzoynakli qizga she'r yozdik bizlar.
Bizdan hafa boʻlmang koʻzoynaksizlar!..

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Bugun erur yangi yil asli
Bahor yangi hayotdan darak
Yangilanish yosharish fasli
Ona xalqim Navroʻz muborak!

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Men bir ish qimeyinakanda 🤣

Oʻtib ketdi sovuq qish
Ketganidek gulyuzlar
Chorvoqda avjida ish
Xasharga keling do'stlar

Daraxtlarim quribdi
Shuncha ishim turibdi
Kim bexabar yuribdi
Xasharga keling do'stlar

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Eng go'zal vaqt iftorlik vaqti 💫

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Yurak sanchar hayol chalkash ko'ngil homush
O'pkam to'lgan ortiqchadir unga biror so'z aytish
Nima deymiz baxtimizga oy borib omon qaytsin
Buncha og'ir yaqin kishing, olis yurtga kuzatish...

Juda og'ir qadrdoning rossiyaga kuzatish!

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Alloh sabr bersin Ro'zadorlarga..

#YahyobekNematov ijrosida she'rimiz.

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Erk bermagin so'zingga jo'ra
Do'st ko'rinmas ko'zingga jo'ra
Yomon soxta bo'lib ketibsan
Puling bo'lsa o'zingga jo'ra

Mayli hudo omading bersin
Mayli gap yo'q ishlaring yursin
Kibr qilgan pullaring qursin
Puling bo'lsa o'zingga jo'ra

Bilib qo'ygin hasadim ham yo'q
Sendan biror maqsadim ham yo'q
Pastga tushgin kerilmagin ho'p
Puling bo'lsa o'zingga jo'ra

Pisand qilmay kulib qaraysan
Omad uchib ketsa qalaysan
O'zing uchun o'zing sanaysan
Puling bo'lsa o'zingga jo'ra

Biz sen kabi kibr qilmadik
O'zimizga jabr qilmadik
Salomingga yarasha alik
Puling bo'lsa o'zingga jo'ra

Nolimaymiz do'stlarimiz koʻp
Tinchmiz sog'miz ko'nglimiz ham to'q
Shukur sendan kam joyimiz yo'q
Puling bo'lsa o'zingga jo'ra!

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Maktab!
Sendan ketganimga ancha boʻldi,
Mendan keyin shoirlaring qancha boʻldi?
Tegirmonga tushdim tirik chiqaman deb
U toʻxtamay yanchaverdi, yanchaverdi.

Maktab!
Ketgim kelmagandi quchogʻingdan
Bilimqozon osiq turgan oʻchogʻingdan
Tuyoqlari yemirilib quppa-quruq
Toychoq degan nomi qoldi toychogʻingdan.

Maktab!
Xona, derazalar, pardalarni
Yogʻoch doska hamda yogʻoch partalarni
Sogʻinyapman ulgʻaymasam boʻlar ekan
Bekor havas qilibman-a kattalarni.

Maktab!
Oʻsha mehridaryo muallimlar
Onam boʻlib qoshlariga meni imlar
Orzulari osmon oʻsmir yigit edim
Koʻrolmasdan qancha tuzoq qoʻydi kimlar.

Maktab!
Sevgi deya men oʻzimni urdim oʻtga
Va aylandim qalbi siniq, qalbi moʻrtga
Jondan ortiq sevar edim bir paytlar
Hozirchi u tegib ketgan yetti yotga!

Maktab!
Sendan ketganimga ancha boʻldi
Mendan keyin shoirlaring qancha boʻldi?
Senla oʻtgan barcha yilim hayotimdan
Eng yoqimli, eng baxtiyor parcha boʻldi.

Maktab!
Sendan ketganimga ancha boʻldi...

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Qayg'ularim o'lardi
Tuyg'ularim so'lardi
O'shal qizga uylansam
Bitta og'lim bo'lardi..

Xato qilmas qay banda
Pushaymon olov tanda
Yanglishmasam o'shanda
Bitta og'lim bo'lardi.

Qaror qilmoqqa shoshdim
Ishq deb ko'zi qamashdim
Qiz tanlashda adashdim
Bitta og'lim bo'lardi.

Bir shimarib yengimni
Boshqa debman tengimni
"Yer" yutsina sevgimni
Bitta o'g'lim bo'lardi.

Yurakkinam umid uz
U qo'lim yetmas yulduz
Shu kechayu shu kunduz
Bitta o'g'lim bo'lardi.

O'shal qizga uylansam
Bitta o'g'lim bo'lardi.

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Qurib bitgan yangi joylar
Pul ketidan quvib poylar
Ayting qanday pul topishni
Yangi chiqqan yangi boylar

Pulni pulga sanashadi
Ko'rsang ko'zing qamashadi
Ne desa ham yarashadi
Yangi chiqqan yangi boylar

Yurib ketgan bozoringiz
Yashnab yotar gulzoringiz
Bormi deyman pulzoringiz
Yangi chiqqan yangi boylar

Omadingiz kelibdi-ku
Cho'ntagingiz to'libdi-ku
Eplab bo'lmay qolibdi-ku
Yangi chiqqan yangi boylar

Bor to'yxona choyxonangiz
Yo'q bitta ham begonangiz
Pul zavodmi ishxonangiz
Yangi chiqqan yangi boylar.

To'xtamaysiz bahor qishmi?
Soqqa sanab qiling ishni
Ayting qanday pul topishni
Yangi chiqqan yangi boylar...

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Loy bo'lib qon, bo'lishi mumkin
Sharmanda bo'lmaydi Real libosi..))

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

ramazon hayit bayramingiz muborak bo‘lsin, barcha o‘ylagan niyatingizga yeting!

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Qadringga yetmadik kechir Ramazon!

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Kamnamo bo‘lib qolganimning sababi – toʻy tashvishlari deya post yozmoq istaydir bu ko‘ngil)

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Vaqt o‘tib yoki sen afsuslanasan yoki men…
Ammo, bir-birimizga aytmaymiz bu haqda.

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Hammadan goʻzal, Olloh
Unga koʻngil yoramiz
Oʻzidan soʻrab panoh
Tarovehga boramiz!

Namoz oʻqimoq gashtdir
Sen shaytonni adashtir
Tahoratni tezlashtir
Tarovehga boramiz!

Bu kunlarni kutgan bor
Yetolmasdan oʻtgan bor,
Yetmagan bor, yetgan bor
Tarovehga boramiz!

Doʻstim, senga bir tilak
Ramazoning muborak
Oshiqib turar yurak
Tarovehga boramiz!

Roʻza tutib Haq uchun
Savob olmaysan nechun
Xudo xohlasa bugun
Tarovehga boramiz!

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Eng kuchli motivatsiya - rad etilish...

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Yuragim entikar o'yga tolaman
Sevgi ko'chalari nega buncha tor
Uning ismin aytib uxlab qolaman
Ammo endi uning bitta o'g'li bor...

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Lochin o'z o'ljasini
Kuzatadi balanddan.
Havolanma, erli yor,
Men eringdan balandman!!!

@NoyobSherlar

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Har kuni hayotda ham ijtimoiy tarmoqlarda ham beriladigan savollarga javob 😅🤣

Читать полностью…

Noyob She'rlar |Rasmiy°

Tekin osh bomasa yeg'ilmedigan do'stlarimiz uchun😁

@NoyobSherlar

Читать полностью…
Subscribe to a channel