BIZNI...
Oʻzimiz bexabar yurgan ekanmiz
Bizni kuzatyapti ayrim odamlar
Qachon, arpasin xom oʻrgan ekanmiz?
Bizni kuzatyapti ayrim odamlar.
Gohida egardan, gohida otdan
Soʻrab, surishtirib tanishdan, yotdan
Eshitib qoldik-da, orqa-varotdan
Bizni kuzatyapti ayrim odamlar.
Saratonda terlab, chillada muzlab
Bizni suymaslikka sabablar yuzlab
Kattami, kichikmi xatomiz izlab
Bizni kuzatyapti ayrim odamlar.
Oramizga qoʻyib quloqlarini
Koʻpaytirib battar gunohlarini
Uzmasdan bir lahza nigohlarini
Bizni kuzatyapti ayrim odamlar.
Biz parvoz etamiz erkin qush kabi
Bazʼan shod, baʼzida faromush kabi
Turfa teshiklardan kalamush kabi
Bizni kuzatyapti ayrim odamlar...
@NoyobSherlar✍
29.06.24♥️. 29.07.24♥️
Bugun hayotimizdagi eng ajoyib kun. Hayotimizdagi muhim qarorni qabul qilganimizga 1oy boʻldi. Hayotimda borligiz uchun raxmat ❤️
Bugun Onamni tug'ilgan kunlari. Qancha so'zga usta bo'lsam ham Onamni ta'riflashga so'z boyligim kamlik qiladi. Boshqa Onalar hafa bo'lishmasa bir gapni aytaman mening Onam eng yaxshi Ona🙃. Barcha Onalarimizni umrlari uzoq bo'lsin, tug'ilgan kuningiz bilan mehribonim 🤗
@NoyobSherlar✍
Sening bir juft qora ko‘zingga boqib,
Bir kechada mingta she'r yozish mumkin❣️
@noyobsherlar
Kulib turgan ikki kozimnikisan
Yozgan har satrimda sozimnikisan
Yulduzlar tunniki boʻlgani kabi
Durdona sen faqat ozimnikisan!
Written by:noyobsherlar
💍 Бугун, 27-июнь бутун дунёда «Уйланишга қарор қилиш» куни нишонланади
Бугун бу қадамни ташлашга ҳали қарор қилмаган бўйдоқлар куни. Ва бу янги ҳаётни бошлаш вақти келганининг белгисидир
Кўзи “олма теравериб“ чарчаган дўстингиз ҳаёлингизга келдими. Танлайвериш вақти тугади, уйланиш вақти келди. Бўйдоқлик даври яхши, лекин уйланишни мазасини уйланган дўстлардан сўранг
Батафсил 👉🏽 Дунё🌐Уз
Bo'lar erka dangasaroq
Uyg'onmas tong saxarlikka
Qolsamham so'qqabosh bo'ydoq
Uylanmayman shaxarlikka.
Urush qilib gap qaytarib
Ko'zlaringa boqar tikka
Tunlar yurar goh aylanib
Uylanmayman shaxarlikka.
Uyni supur sidir desang
O'zin olar ko'r karlikka
Goh oʻylanib qotar ensang
Uylanmayman shaxarlikka.
Shaxarliklar tanqid qilib
Yo'ymang tili zaxarlikka
Qishloqlik qiz qadrin bilib
Uylanmayman shaxarlikka...
@NoyobSherlar✍
💬 Криштиану Роналду:
Энди томоша қилиш менинг навбатим. Бернабеуни ларзага келтиришингни сабрсизлик билан кутябман.
#ёрдам
Қишлоғимизда марказий кўча бор. Мактабда ўқиб юрган кезларим бир марта таъмирланган эди. Ҳозир эса аҳволи анча абгор ҳолга келиб қолган...
Биламан, орангизда ҳали ҳеч қаерга овоз бермаганлар бор. Каналда реклама бермаганим, озми-кўпми фойдали контентим билан сизларни баҳраманд қилаётганим ҳисобига шу ҳаволага кириб, овоз бериб юборсангиз, бошим кўкка етарди!
Шу ёшга кириб, энди қишлоғимга, қишлоқдошларимга нимадир фойдам тегиш имконияти туғиляпти. Илтимос, эътиборсиз қолдирманг, шунга озгина вақт ажратинг. Раҳмат!
Бу ерга босинг: https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/48/edf41c90-6187-4fa8-8829-a046890bbbe0
Begʻubor hayollar uzra damba-dam
Yigirma yosh tomon qoʻyyapsan qadam
Ilohim baxtimga sogʻ boʻl omon boʻl
Tavallud ayyoming bilan Soliham!
Baxt deya atalmish hayot nomini
Men bilan oʻtkazgin har bir onini
Koʻnglimning yagona erka xonimi
Tavallud ayyoming bilan Soliham!
Oppoq orzularing tomon uchasan
Besh mahal joynamoz yuzin quchasan
Qalbimdan joy olgan qirolichasan
Tavallud ayyoming bilan Soliham!
Kipriging ostiga yuqtirmayin gard
Tilagim hech qachon chekib yurma dard
Seni yor qilgan Allohimga hamd
Tavallud ayyoming bilan Soliham...❣💫
@NoyobSherlar✍
Yorga kerak yorligim
Do'stga unga zorligim
Kerak ba'zi dushmanga
Hatto meni xorligim.
Kimlargadir boyligim
Kimga maosh oyligim
Bir mushtipar Onamga
Kerak faqat borligim!
@NoyobSherlar📝
Tun bo'yi seni o'ylab, sog'inaman saharda
Menga tatimaydi hech, sensiz bol ham zaharda
Yoningda bo'lsam deyman, bir bora ko'rsam deyman
O'zim boshqa shahardayu, yurak boshqa shaharda...
@noyobsherlar✍
Bilsang ilk bor ko'rganimdanoq
Aql-u hushim bo'lgandi giryon
Ishon hamma-hammadan koʻproq
Seni yaxshi ko'raman Durdon!
Ro'yomisan, chinmisan - kimsan
Savolimga ayt nega jimsan
Sen mening chin muhabbatimsan
Seni yaxshi ko'raman Durdon!
Ishon menga, chin oshiq so'zi
Qiyo boqmas o'zgaga ko'zi
Ko'zim yaxshi ko'rmaydi, o'zi
Seni yaxshi ko'raman Durdon!
O'n sakkizdan oshganda qizlar
O'zgararkan shoshganda qizlar
Qurib qopti boshqa bir qizlar
Seni yaxshi ko'raman Durdon!
Yo'llarimiz bog'lasin taqdir
Seni juda sevaman axir
Kim ne desa desin baribir
Seni yaxshi ko'raman Durdon!
@NoyobSherlar✍
Unashtirildik! Qancha sinovlar, toʻsiqlarga duch kelmadik lekin bir-birimizga ishondik oz fursatda hammasini uddalay oldik! Nima boʻlgandayam yengib oʻtdik, kurashdik, oxirigacha keldik, kela oldik! Yoʻlimizga gʻov boʻlgan har bitta muammodan hikmat qidirdik, ularni yengib oʻtganda esa har safar ulgʻaydim, oʻzgardim, qatʼiyatim oshdi.
Oʻylab qarasam, hech armonim boʻlmagan ekan. Ota-onam doim koʻnglimga qaragan, istaganim muhayyo boʻlgan, qoʻllab-quvvatlashgan. Oʻjarligimmi, qaysarligimmi bilmadim, hamisha ushlagan joyimni uzishga intilganman. Oxirgi kunlarda ichimda bir armon ulgʻayib kelardi. Vaqt oʻtgan sari u tobora kuchga toʻlib, bahaybatlashayotganini his etardim. Bugun esa uni yanchib oʻtishga muvaffaq boʻldik. Mission done! Sen menikisan❣️
Bari ortda qoldi. Biz buni uddaladik, oʻzimizni ham, yaqinlarimizni ham ishontira oldik, Alhamdulillah!
Qancha yugurganing, chiranganing, dod-faryod qilganing bilan buyurgani, Uning aytgani boʻladi. Tonmayman. Iqrorman bunga. Balki hammasi osonlikcha, birdaniga hal boʻlmaganida ham hikmat bordir. Zero, oʻtgan oz vaqt ichida ancha ulgʻaydik, xulosa qildik, koʻp narsalarni oʻrgandik. Endi faqat va faqat eng chiroyli baxt uchun harakat qilishimiz kerak. Har qanday sharoitda! Va shunday qilamiz ham!
Ikkimizga ham xayrli boʻlsin Durdona... ❤
@NoyobSherlar✍
Qay go'shada bo'lsam, begumon
Nigohim bir sizlarni ko'zlar
Yurgandirsiz siz ham sog'-omon
Maktabdagi sinfdosh qizlar.
Yodimdadur jonajon maktab
Hovlisida qolgandur izlar
Bir she'r yozay, sizlarga atab
Maktabdagi sinfdosh qizlar.
Necha oqshom, necha oy to'ldi
To'qnashmadi sog'inchli ko'zlar
Ko'rishmadik ko'p zamon bo'ldi,
Maktabdagi sinfdosh qizlar.
O'tayabdi umr kuz, bahor
Yoshimga yosh vaqt hukm surar
Sog'inaman takror va takror
Maktabdagi sinfdosh qizlar
To'y bo'libsiz borolmadim men
Xomushlikdan yuragim muzlar
Baxt topibsiz o'zingizga teng
Baxtli bo'ling sinfdosh qizlar,
Bilolmadim, qachon? qay fursat
Ko'rishamiz albatta bizlar
Tilaganim ollohdan faqat
Omon bo'ling sinfdosh qizlar...
@NoyobSherlar✍
Jannat yo'lingizga bir darak bo'lsin,
Shafoat elchisi taborak bo'lsin,
Arafa kuningiz xayirli o'tib,
Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!
Ahad Qayum
A'zo bo'ling👉 @NoyobSherlar✍
Barmoqlarim orasida sigaret
Yuragimni yoqayapti sigaret
Senga bir maslahatim,yoqmasa ham
Mendan keyingilarni, qadriga yet.
@NoyobSherlar✍