Armon–mening mallasoch singlim
Hasrat–togʻdek kelbatli akam
Shu umrimdan toʻlmadi koʻnglim
Oʻtib borar vaqt-oliy hakam
Endi aytay u kunlar qadim
Rejalarim boshimdan oshgan
Yigit boʻlib neni epladim
Bir goʻzalni sevishdan boshqa!
Hasratimga qoʻshardi qaygʻu
Aqlim balki aqldan ozgan
Nima degan esimda yoʻgʻu
Hayolimni faqat u olgan
Ikkimiz ham visolga toʻldik
Baxt-ku birga omonligimiz
Osmonlarda uchmoqchi boʻldik
Esdan chiqdi insonligimiz.
Meni layli kabi sevardi
Ammo oʻzi laylidan oʻzga
Men ham majnundayin sevardim
Koʻrinmasdi oʻzgasi koʻzga.
Hislarimiz sut kabi oppoq
Guvoh bunga eski ko'ylagim
Tuyg'ulari tongdan ko'ra oq
Kelaverar uni oʻylagim
Suvdek suzib borardi sana
Yumushlarni chetda qoldirib
Men lapashang turibman mana
Ogʻzimdagi oshni oldirib.
Toʻyi oʻtib ketdi bir zumda
Oʻsha kuni dilga gʻam tushgan
Oʻtgan yili aniq yodimda
Iyul edi quyosh tik tushgan.
Davomi bor..🙂
@NoyobSherlar✍
Qanaqa o'yin o'ynayotganimizni bilmadim-u, lekin bugun aniq yutqazdim. I feel tired...🏳
Читать полностью…Ona senga o'g'ling yomon deyishsa
Bu gaplar rost ishon begumon
U be'ozor mo'min o'g'lingdan
Qolmadi nom-nishon Onajon...
@NoyobSherlar✍
Kechirolmaysan chunki ularga hanuz muhabbating bor..
Kechirolmaysan chunki voqealar butunlay o'zgacha yuz berishini istarding hamon sen o'ylaganingdek bo'lib chiqmaganiga ishonging kelmaydi.
Kechirolmaysan chunki qalbingda mehrga to'lmagan bir bo'shliq bor..
Hanuz mehr kutasan...
Kechirolmaysan hayolan tushlaringda ularni jazolaysan, ichki suhbatlar qurasan - ilohiy adolatga ishonmaysan..
Kechirolmaysan ko'ngling qattiq og'rigan edi. Hanuz bu og'riq senga azob berayotganday...
Kechirolmaysan chunki
sen bunday munosabatga loyiq emasding...
Kechirolmaysan, chunki o'sha lahzalarda uyg'ongan dardli hislaringni to'kib sochmading, negadir jim qolding...
Kechirolmaysan chunki seni tamomladilar ishonchingni o'g'irladilar..
Yillab yig'ilgan alamlarıni senga sochdilar. Nohaq edilar..
Kechirolmaysan... To'qnashuv tugallanmagan edi, ichingda aytilmay qolganlaring yillar bo'yi alangaga aylandi-yu, yuragingni yoqib kulga aylantirdi.
Kechirolmaysan samimiyatingdan ayirdilar. Kulgularingdan, soddadil hayollaringdan..
Kechirolmaysan seni bir murakkab ehtiyotkor insonga aylantirdilar..
Kechirolmaysan chunki unutmading.. Hech birini unutolmading shunchalar ko'p esladingki har safar og'riqli hislar ulkanlashdi..
@NoyobSherlar✍
Esingdami? Aniq esingda!
Axir qanday unutish mumkin
Eski koʻylak mening egnimda
Lek yuragim edi but-butun.
Ertak edi biz uchun hayot
Boylik edi men uchun sevgim
Bu ertakda eding malika
Men shoh edim sen eding tengim.
Oʻsha paytda qornimiz och-u
Yuragimiz toʻq edi rosti
Boshingdagi ro'mollaringni
Tojdan farqi yoʻq edi rosti.
Katta boʻldik vaqt oʻtgan sari
Yil ham oʻtdi kunni etaklab
Bu hayotga mos tushmas ekan
Keyin bilsam baʼzi ertaklar!
Oʻrtamizga ayriliq tushdi
Koʻzlarimdan tushdi tomchilar
Seni mendan olib ketishdi
Boshqasidan kelgan sovchilar.
Chegaradan oʻtib ketding sen
Oʻrtamizda bor endi parda
Meni taxtdan tushirib oʻzing
Malikasan oʻzga honadonlarda!
Nima edi yoki kim edi
Oʻrtamizga chegara solgan
Oʻsha eski koʻylagim kabi
Yuragimiz hilvirab qolgan!
Sen bilmadim mening yuragim
Sen tomonga oshiqayapti
Qara bugun qornimiz toʻq-u
Yuragimiz ochiqayapti.
Sensiz shohdek yashay olmadim
Axir shohga malika kerak
Katta boʻlib tushunib yetdim
Ertak ekan baribir ertak!
Sen-la oʻtgan shirin damlarim
Qayga ketdi qayga yoʻqoldi
Oʻsha bizlar sevgan ertakdan
Xotiralar foydaga qoldi.
Sen yodimga kelasan nuqul
Qaylardadur aytilsa oʻlan
Ming afsuski biz qatnashgan ertak
Tugamadi yaxshilik bilan...
@NoyobSherlar✍
💥 28-июнь “Чин қалбдан қучоқлаш“ куни 🫂
Бир-бирлани қучиб, далда беришни одат қилган жуфтликлар ва яқин қариндошлар стрессга кам дуч келишлари ва ўзаро меҳрибон бўлишар экан. Қучоқлаш пайтида танадаги бахт гормони (эндорфин) даражаси кескин кўтарилиши илмий исботланган.
Бугун сиз яқинларингизни қучоқлаб, бироз ташвиш ва ғамларни четга сурадиган кун
Qo'qonliklar 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEfPbzByz7MhJXcSAA