odilbekmirzayev | Unsorted

Telegram-канал odilbekmirzayev - Mirzayev's Mind

-

▪️ Entrepreneur ▪️ Investor ▪️ Developer Omad yordir dovyuraklarga! • Судьба благоволит храбрым! • Fates Favors the Brave!

Subscribe to a channel

Mirzayev's Mind

Suhbatimiz boshlandi 👇

/channel/KozimxonTuraev?livestream=b3410b9b5bd3a883ce

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📣 Ta'lim sohasidagi tadbirkorlar, sizlar uchun ajoyib yangilik.

🎙 Aynan, ta'lim biznesi bilan shug'ullanadigan biznesmenlar uchun "Ta'lim biznesida xodimlarni samarali boshqarish instrumentlari" mavzusida maxsus ovozli chat tashkil qilyapmiz.

Spikerlar:

🔰 Islom moliyasi, HR menejment, biznes boshqaruv bo'yicha xalqaro ekspert Kozimxon To'rayev.

🔰 Eng yirik IT o'quv markazlardan biri PDP academy va eng yirik IT universitetlardan biri PDP University asoschisi Odilbek Mirzayev.

✅️ Suhbatda ta'lim sohasida kuchli jamoa yig'ish, kichik o'quv markazidan yirik universitet darajasigacha borish bosqichlari haqida gaplashamiz.

✅️ Ovozli chat 2-avgust 20:30 da. Kozimxon To'rayev telegram kanalida bo'lib o'tadi.

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Farzandingizga o’z g’oyalarini yetkazishni o’rgating.

6 yoshli o’g’lim Temurbek PDP Junior loyihasi doirasidagi Scratch kursiga bir Onaxonning ikki nabirasini kelishiga ko’ndiribdi. Tushunmagan joyiga o’zi yordam berishini ham ta’kidlabdilar.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🔥 BUGUNGI IMTIHON SHUNCHAKI SUPER BO'LDI

Imtihonga tashrif buyurgan yoshlarning fikrlari xuddi shunday.

💸 Ayniqsa 10 mln so'mlik vaucherni qo'lga kiritgan bo'lajak talabamiz ham o'z hayajonini yashirolmadi.

O'z farzandining kelajagiga umid bo'g'lagan va bunga befarq bo'lmagan ota-onalar ham imtihon haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

PDP University – xalqaro ta'limni istaganlar uchun.

📞 | +998787777747

Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Biznesini Prezident saqlab qolgan Odilbek Mirzayev $7000 oylikdan voz kechgani, IT kuchi, PDP haqida

To'liq video: https://youtu.be/lMDXz-hs8uk

▪️@intervyuuz

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Buyuk ne’mat

Alloh taolo insonga juda ko’p ne’matlar bergan. Bularning son-sanog’i yo’q. Yana bir buyuk ne’mat bor. Bu - barakaga ochilish.

Tadbirkor uchun nima muhim deb ko’pchilik so’rashadi. Tavakkal(risk) qila olish, jasurlik (дух) bilan birga baraka muhim. Chunki, o’ziga ishonchi baland tavakkallarga tayyor tanishlarim bor, lekin baraka kamligi sabab muvaffaqiyatlarga erisha olishmagan.

Shuning uchun Allohdan so’raydiganimiz keng rizq va baraka. O’zi afzali bersin, barchamizga! Allohumma Amiyn🤲

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🌙 Mo'min-musulmon birodarlar, sizlarni kirib kelgan hayit ayyomi bilan tabriklayman!

Oilangizga go'zal saodat, qalblarga halovat, xonadonlaringizga keng rizq va qut-baraka tilab qolaman!

Chuqur hurmat ila Odilbek Mirzayev!

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Bu mening onam …

Hozirgi yutuqlarim avvalo Allohning fazli bilan bo’layapti. Bu natijalarimni eng katta sababchisi esa, ONAM bo’ladilar. Ular hayotda eng avvalo halollik, birovning haqqini yemaslik, to’g’riso’zlik va qattiqqo’llik bilan bizni tarbiyalaganlar. Bolalikdagi mehnatsevarlikga undashlari va og’ir yuklamalar berishlari, uncha muncha erkak kishi ham qila olmaydigan qattiq qo’lliklari sabab, inson shunchalik ham bag’ritosh bo’ladilarmi deb o’ylardim. Hozir esa, ulardan minnatdorman. Ularning umrlarini uzoq qilsin, baxtimga sog’ bo’lsinlar.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🔥 G'OLIBLAR ANIQLANDI

Barchaga ma'lumki, MFaktor'ning YouTube sahifasida "Eng yaxshi izoh egalari' nomli tanlov e'lon qilingan edi.

🥇 Mamnuniyat bilan sizlarga ushbu g'oliblarni tanishtirmoqchimiz:
— Temur Axtamov
— Otabek Elmurodov
— Nizomiddin Mamanazarov
— Qudratilla Salimov
— Kumush Ergasheva
— Yusufbek Murodov
— Ozoda Aminjonova
— Infinity
— Jamshidbek Mamatisayev
— Murodjonov

G'oliblarimizni kelgusi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

🥞 Biznes-nonushta 26-iyun soat 8:30 da bo'lib o'tadi.
📍 Manzil: Puro kafesi

Barcha g'oliblar qo'shimcha ushbu botga murojaat qiling: @Odilbek_Mirzayev_aloqabot

📞 | +998787777747

Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

❗️SERDAROMAD KASB EGASI BO'LISH UCHUN QAYSI SOHANI TANLASH KERAK?

Barcha abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! Sizlar uchun navbatdagi yangiligimizni mamnuniyat bilan e'lon qilmoqchimiz.

Xabaringiz bor, PDP jamoasi viloyatlarga safar qilishni rejalashtirmoqda. Ilk safarimizni - Qo'qon va Farg'ona shaharlaridan boshlashni niyat qildik.

Siz ushbu master-klass'da qatnashish orqali:
🔹 AyTi sohasida to'g'ri kasb tanlash;
🔹 AyTining yo'nalishlari;
🔹 real keyslar;
🔹 PDP University bilan yaqindan tanishish;
🔹 Universitetimizga kirish imtihonlarida qatnasish;
🔹 Maxsus sovg'alarga ega bo'lish;
🔹 Unicorn 2.0 granti sohibi bo'lishingiz mumkin.

🗓 21-iyun, soat 09:00 da Qo'qon shahri, Texnika Universiteti, Qo'qon filliali faollar zalida;
🗓 22-iyun, soat 09:00 da Farg'ona shahri, Politexnika Universiteti, faollar zalida;

⚠️ Ha aytgancha, yuqoridagi savolga javobni ham aynan shu master-klass orqali olishingiz mumkin.

Biz bilan birgalikda rivojlanishni istasangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting:
👉 https://bit.ly/3ILbnIo

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Diplomni o'qib olish kerakmi yoki sotib olish kerakmi?

Hozir abituryentlarni eng qiynayotgan savol - "Qaysi Universitetni tanlasam keyin afsuslanmayman?"

Bugungi qaroringiz ertangi kelajagingizni hal qiladi, shuning uchun tavakkal qilishga shoshmaslik kerak!

💰 Universitetga kirib 4 yil o'tgandan keyin shunchaki diplom olish osonlashib ketti, lekin bu faqat vaqt yo'qotish xolos

Agar siz ham Universitet tanlashda adashmay desangiz ushbu Jonli Efirni o'tkazib yubormang

🎙 Spikerlar:
▫️ Husan Mamasaidov
▫️ Odilbek Mirzayev

🔗Jonli efir uchun havola: https://youtube.com/live/FeIX0FDH6Oc?feature=share

🥞 Eng faol kuzatuvchilar Odilbek Mirzayev bilan biznes nonushta qilish imkoniyatiga ham ega bo'lishingiz mumkin

@MFaktorUz

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🎉 ABITURIYENTLAR, YANGI HAYOT OSTONASIDAGI YOSHLAR VA ULARNING OTA-ONALARI UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!

Biz PDP University jamoasi barchangiz bilan diydor ko'rishmoqlik istagida, viloyatingiz markazlarida master-klass hamda kirish imtihonlarini tashkil etmoqchimiz.

Tadbir orqali siz:
🔹 IT sohasida to'g'ri kasb tanlash;
🔸 IT'ning yo'nalishlari;
🔹 real keyslar;
🔸 PDP University bilan yaqindan tanishish;
🔹 Maxsus sovg'alarga ega bo'lish;
🔸 Unicorn 2.0 granti sohibi bo'lishingiz mumkin.

🔝 Eng muhimi, master-klass'da ishtirok etish orqali siz, PDP EcoSystem asoschisi – Odilbek Mirzayev bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin.

Biz bilan birgalikda rivojlanishni istasangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting: 👉 https://bit.ly/3ILbnIo

PDP University – biz bilan bir qadam oldinga!

📞 | +998787777747

Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Sifatli ta'lim omillariga qiziqasizmi?

🎤 Bugun, [15,05,2023], soat 20:30 da sizni "Sifatli ta'lim omillari" mavzusi bo'yicha bo'ladigan jonli efirimizda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Bugungi mehmonimiz - Nilufar Anvarovna - ta'lim sohasi bo'yicha mutaxasis. U bu boradagi bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, shuningdek, jonli efir tomoshabinlari tomonidan olgan savollarga javob beradi.

✅ Jonli efirda albatta ishtirok eting va foydali bilimlarga ega bo'ling. Ishtirok etish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=VmLCrMxeEd4

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Assalomu alaykum, azizlar!

Ramazon Hayit bayrami muborak bo'lsin. Sizlarga tinchlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik tilayman. Keyingi yil shu oylarga shu kunlarga xursandchilik, muvaffaqiyatlar bilan yetib kelish nasib etsin.

Hurmat bilan

Odilbek Mirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Мурожаат ва илтимоснома.

Тарқатишга ёрдам беринг, илтимос.

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🎉 Bugun PDP 6 yoshga to’ldi!

Hali zo’r loyihalar qilamiz, in shaa Alloh.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Тадбиркор бўлиш учун нима қилиш керак?

Шу саволни охирги пайт мендан жуда кўп сўрашмоқда, кейин ўйлаб қолдим, ўзи ростан ҳам тадбиркор бўлиш учун нима қилиш керак деган саволни ўзимга бериб кўрдим, мен ўзи нима қилганман? Қаердан ва нимадан бошлаганман?

Менда тадбиркор бўлиш ҳақида аниқ бир формула йўқ ёки мана бу китобни ўқиб чиқсанг, зўр бўлиб кетасан дейдиган китобим ҳам йўқ, лекин битта нарсани биламан тадбиркор бўлиш учун “таниш-билиш” керак.

Ростан ҳам таниш-билиш керак, мен ўзим тадбиркорликни бошлаган пайтимни эсласам, оддий шу бир-икки одам билан танишиб қолиб бизнесим бошланиб кетган экан. Шунинг учун тадбиркорлар, бизнес олами йиғиладиган давраларга имкон борича вақт топишга ҳаракат қиламан.

Таниш-билиш деганда сиз ўзингиз каби фикрлайдиган одамлар, ўзингиздай бизнес қилиш истагида, дунёни яхшиликка ўзгартириш истагидаги одамлар билан ҳамсуҳбат бўлишни назарда тутмоқдаман.

Энди ана шундай учрашувнинг катта халқаро формати 28-29 июль кунлари Тошкентда бўлиб ўтади, яъни эртага соат 15:00, 29-июль куни эса 9:30 бошланадиган, унда халқаро даражадаги ёш ва тажрибали тадбиркорлар ўзларининг мастер-класслари билан иштирок этишади. Сизда жуда ҳам кўплаб тадбиркорлар билан танишиш, фикр алмашиш ва маслаҳатлар олиш имконияти бўлади.

Тадбирда қатнашиш ғирт текин, сиздан фақат мана шу 👉 линк орқали рўйхатдан ўтиш талаб этилади. Спикерлар ва тадбир мундарижаси билан юқоридаги постер орқали танишишингиз мумкин.

Ҳа, мен ҳам ўша ерда бўламан, кўрашармиз-а… 😉

@bektoshkhatamov

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

HAR BIR QADAMNI ISHONCH BILAN TASHLANG!

🎯 Dasturlashda faqat bir tilni bilish bilan katta marraga yetib bo'lmaydi. Lekin bugungi qahramonimiz o'z shijoati, qat'iyati hamda qadamlarini o'ylab bosishi barcha qo'yilgan to'siqlarni buzib tashladi.

"PDP Alumni" ko'rsatuvining navbatdagi mehmoni, Agrobank kompaniyasining Java Developer xodimi — Ismatov Shahzod bu ishni uddalagan insonlardan biridir.

👆 Ular bu yo'lda yoshlikdagi eng shirin damlarni o'qish bilan o'tkazib, kelajaklarini yoqimli natijalarga almashdilar va bugun buni qanday amalga oshirganlarini "Alumni" ko'rsatuvida o'zlaridan eshitamiz.

👉 TOMOSHA QILISH

Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

💥 O'zi Bangladeshliklarga ish yo'q bo'lsa, Siz ishni qanday topdingiz? 🇧🇩

Men Andijondanmanda 😎

To'liq video: 👉 https://youtu.be/lMDXz-hs8uk

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🔥 G'oliblar bilan biznes-nonushta

Bugun MFaktor'ning YouTube sahifasida e'lon qilingan tanlovda g'olib bo'lgan "Eng yaxshi izoh egalari" bilan biznes-nonushta bo'lib o'tdi.

Umid qilamanki, uchrashuvimiz barcha uchun manfaatli bo'ldi. Shuningdek, yoshlarimiz ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob ola olishdi.

♻️ Yoshlarimizning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Izlanishdan hech qachon to'xtamang.

Omad yordir dovyuraklarga!

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Qoidalar juda oddiy …

▪️Ruhing taskin xohlaydimi? Allohga ibodat, insonlarga yaxshilik qil!

▪️Jismonan kuchli bo’lmoqchimisan? Sport bilan shug’ullan!

▪️Aqlli bo’lmoqchimisan? Kitob o’qi, ilm ol!

▪️O’smoqchimisan? To’g’ri muhitda bo’l!

Va hech qachon nolima! Nolish zaiflar ishi!

Yana bir bor Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin!

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Haqiqiy TOP universitet qanday bo'ladi? (review)

😎 Mening vloglarimni sog'inganlar bormi? Oxirgimarta, British Council'ga borib IELTS imtihoni haqida vlog olgan edim. Endi esa haqiqiy top universitet qanday bo'lishi kerakligi haqida.

🎞 https://youtu.be/yuzE3ank2Gw

😁 Video davomida ko'plab talabalarni noqulay ahvolga soldim. Keyin esa muloyimlik bilan ularning fikrini so'radim. Ko'ring! Qiziqarli review bo'lgan.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Biz gaz suv sotmayapmiz …

Meni xursand qiladigan narsalardan biri - bu missiyalarimizga ishonadigan jamoamiz a’zolarining qarashlari. Jamoamiz bilan suhbatlar davomida bir fikr meni ta’sirlantirdi. Aslida boshqa ish ham qilishimiz mumkin edi. Masalan ko’proq gaz suv ichishini oshirishga ham xizmat qilishimizmi? Bundan jamiyat nima yutadi? Biz esa yoshlarni ta’lim orqali hayotini yaxshi tomonga o’zgarishiga sababchi bo’lishni xohlaymiz …

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

ISHGA KIRISHDA KERAK BO'LADIGAN MASLAHATLAR

⚡️ Deyarli barcha dasturchilarda ishga kirishdagi suhbat va intervyular yuzasidan ko'p savollar, tushunmovchiliklar paydo bo'ladi.

💡 Ozodbek Kamalov ham shu sinovlarga uchragan, lekin hozir uning ortida 5 yillik tajriba va ishga kirishdagi ko'plab og'riqlarga talaygina yechim mavjud.

🔥 Navbatdagi mehmonimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda yuqoridagi muammolarga yechimlar hamda:

• Google, Amazon, Palantir, Uber'dagi ish intervyulari;
• rezyumelarni to'ldirish va topshirish tartibi;
• ishga kirishda kasbiy bilimlardan tashqari nimalarni bilish lozimligi hamda boshqa mavzularda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashib o'tdilar.

📌 Agar siz ham ish topishda turli to'siqlarga uchrayotgan bo'lsangiz, bu suhbat aynan siz uchun!

👉 Tomosha qilish

Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

SMMdan marketingga o'tish vaqti keldi!

Marketingdagi bilimlaringizni o'stirib, marketolog sifatida faoliyat boshlashni istaysizmi? Tajribalaringizni yangi bosqichga olib chiqish-chi, qiziqmi?

✅ Buni qanday qilib amalga oshirilishini istasangiz, 20-21-iyun kunlari bo'lib o'tadigan vebinarda ishtirok eting. Azizjon Gapparov va Otabek Sharapov tajribalaridan bahramand bo'ling.

Natijada
— marketing asoslari;
— plan va strategiya;
— menejerning vazifa hamda ko'nikmalari;
— daromad oshirish usullari kabi bilimlarga ega bo'ling.

⬇️ Vebinarda qatnashish uchun quyidagi veb-sayt orqali yopiq kanalga qo'shiling:
https://bnacademy.uz/vebinar

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🎥 E'tiboringizga sovrin jamg'armasi 1 000 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi President Tech Award tanlovining rasmiy videoklipini taqdim etamiz!🏆🤩

🐦 Ushbu video iste'dodli san'atkor Konsta bilan bir qatorda, yagona maqsad - texnologiya olamida inqilob qilish uchun birlashgan mashhur blogerlar — Timur Alixonov, Ahror Alixonov, Ruhsora Emm, Teacher A'zam va Kunduziy kabilar ishtirok etgan.💡💥

🚀 Ilg'or innovatsion kayfiyat va startap madaniyatini o'zida mujassam etgan ajoyib vizual va musiqiy muhitni qarshi oling. ✨

Eslatib oʻtamiz, “President Tech Award” 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha eng yaxshi startap loyihalar tanlovi hisoblanadi.

Asosiy toifa g'oliblarining mukofot jamg'armasi:
💲 1-o‘rin uchun — $100 000
💲 2-o‘rin uchun — $50 000
💲 3-o‘rin — $30 000 ni tashkil etadi.

😉 Shuningdek, maxsus yo'nalishda (hackathon) g'olib jamoa $100 000 oladi.

Ishtirok eting va g'olib bo'ling!

Startap tanloviga quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin: awards.gov.uz

Barcha savollar bo'yicha: @PresidentTechAward

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📢 Calling for super Executive assistant 🔥
💪 Join our competitive team now ⭐️

Great opportunity for those who aims career growth in professional management!

As nowadays we have a massive workload within our innovative projects, I welcome energetic youth to assist me in my hectic routine. If you want to gain skills to work with new projects, highly-valued experience and global knowledge, this golden opportunity is exactly for You!

Requirements:
– Fluent academic writing and speaking in Uzbek, Russian and English;
– Driving license and good ability to drive a car;
– Confidence in SMM and mobilography;
– Responsibilty;
– Ready to work in this position at least 2 years.

⏰ Working hours: 09:00 am - 09:00 pm, 6 days a week.

💸 Salary: Starting from 5 000 000 soums.

🏢 Address: PDP University, Sergeli district, Tashkent city

📩 For more details: +99899 202 47 47 [@HRmanagerPDP]

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📣 PDP University jamosiga loyiha koordinatori qidirilmoqda!

Talablar:

▪️ Yoshi 28-35 yoshgacha
▪️ Sotuv menejeri bo'yicha tajribasi 2 yildan ziyod
▪️ O'zbek va rus tillarida suhbatlasha olishi
▪️ B2B hamkorlik aloqalarini o'rnatish va muzokaralar o'tkazish qobiliyati
▪️ Respublika bo'yicha xizmat safarlari amalga oshira olishi

Oylik maosh: Kelishuv asosida belgilanadi.
Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Yangi-Sergeli ko'chasi
Mo'ljal: Mashina bozori ro'parasida.

📥 Murojaat uchun: @IsmoiljonMatkosimov

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🌙 Bugun PDP University xodimlari va talabalari uchun IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI!

🫖 Mazali palov va turli noz-ne'matlarga to'la oqshomni tashkillashtirishga beminnat yordam qo'lini cho'zgan homiylarimizga tashakkur izhor qilamiz!

🤝 Homiylar: "MEGA MOTORS", "ALEXOR-LINE", "SIFCO INTERNATIONAL", "BALLON BY MEGAVAN", "DECLAS", "MERVAN DEVELOPMENT", "KEDA SUREMARKER", "ALFARUQ", "UNION Paper and Board", "QURILISH TREST", "MEGAVAN".

✨ Ramazon oyida barchangizning tutgan ro'zalaringiz ijobat bo'lsin, mana shunday fayzli davralarda takror yig'ilish nasib etsin!

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Nomimiz qolishi uchun ...

Buyuk Britaniyaga safarim davomida University of Oxford | Saïd Business School ga ham tashrif buyurdik. E'tiborimni tortgan tomonlaridan biri universitet nomi bo'ldi. Ushbu universitet 1996-yilda asli Suriyalik tadbirkor, investor va filantrop Wafic Saïd xayriya mablag'lari hisobiga £20 million taklif qilganida qayta(rebranded) tashkil qilingan. Unda keyin ham Saïd Foundation xayriya fondi tomonidan bir necha marta katta mablag'lar ajratilgan. Shu sababdan ham ularning nomi berilgan.

Ko'plab xalqaro universitetlar ham shu kabi tarixga ega. PDP University ham shunday tarix kuzatilayotgani quvonarli. Bir necha katta kompaniyalar universitetda iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida 2022-2023 o'quv yili uchun $300 000 grant ajratdilar, 2023-2024 o'quv yili uchun esa $900 000 grant ajratayaptilar.

Ushbu qo'llab quvvatlashning men, jamoamiz va talabalarimiz uchun qadr-qiymati juda baland.

In shaa Alloh, PDP University bizdan keyin ham asrlar davomida yashaydigan xalqaro reytinglarda yuqorida turadigan ta'lim dargohi bo'ladi va buning uchun bor kuch-bilimimiz bilan harakat qilamiz.

Bizning ta’lim tizimlarimizda o’qiyotgan talabalarga o'z oldilariga katta maqsadlar qo'yib, yaxshilik yo'lida xizmat qilishlarini, xalqaro loyihalarda ishtirok etib, o'z startup loyihalari ko'tarib, kelajakda ilm-fan rivoji yo'lida homiy bo'lishlarini tilab qolaman!

💻 PDP University'da bepul ta'lim olish uchun siz ham 20-aprelga qadar maxsus platforma orqali Grantga ariza topshirishingiz mumkin.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…
Subscribe to a channel