▪️ Entrepreneur ▪️ Investor ▪️ Developer Omad yordir dovyuraklarga! • Судьба благоволит храбрым! • Fates Favors the Brave!
🫂 #hackathon
➡️ 24-26 noyabr kunlari TATU Farg‘ona filialida BMT FAO tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamda IT Park va CGIAR Accelerate for Impact Platform ko‘magida tashkil etilgan “Hack4DigitalVillages” mintaqaviy hakatoni bo‘lib o‘tdi.
🏆 Ushbu hakatonda PDP Universitetidan 2 nafar talabamiz 1-oʻringa sazovor deb topildi va qimmatbaho estalik sovgʻalari bilan mukofotlanishdi.
🗣️ Faxrli oʻrinni egallagan talabalarimizni gʻalaba bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi maqsadlarida omad tilab qolamiz!
👍 PDP University - raqamli ta’lim raqamli kelajak uchun!
😎 @pdpuniversity
📢 PDP universitetining barcha talabalari diqqatiga! 🎓
🤨 Hamfikrlar bilan rivojlanishga tayyormisiz?
Biz "Education Abroad" ijtimoiy yig'ilish tadbirini e'lon qilamiz!
🔥 Ushbu noyabr uchrashuvi davomida siz:
• Ta'lim imkoniyatlari;
• Almashinuv dasturlari, chet elda o'qish;
• Almashinuv dasturining arizalar jarayoni;
• O'qish davomidagi moliyaviy muammolar;
• Chet elda o'qish uchun tayyorlanish;
• Grant, stipendiyalar;
• London South Bank Universiteti;
• London Regent kolleji haqida;
• Sayohat, ish va boshqa ko'plab sir-asrorlar haqida bilib olasiz!
😎 Aziz talabalar, ushbu tadbir haqida batafsil ma'lumot olishingiz uchun maxsus spikerlarimiz shay turishibdi.
📌 Spikerlar bilan tanishing:
Mr.Travis, Ms.Mohinur, Elizabeth Nolan, va Scott Bushell.
Tadbir vaqti:
🗓 14-noyabr
⏰ 13:40
📍 Event zone da bo'lib o'tadi!
🚀 Sizni tadbirimizda kutib qolamiz!
😎 @pdpuniversity
👥 Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqat qiling!
📈 O‘zbekistonda jadal o‘sib borayotgan IT sohasiga sarmoya kiritish orqali barqaror daromadga ega bo‘lishni xohlaysizmi?
📲 Unda sizni, 2023-yil 23-27-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “ICT WEEK-2023” doirasida 27 - oktabr, 10:00, IT Park kompleksining Conference hallida bo'lib o'tadigan - “IT sohasidagi investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlari” mavzusidagi forumiga taklif etamiz.
👥 Ushbu forumda IT sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘z tajribalari, erishgan yutuqlari va IT sohasining rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha so‘z yuritadilar.
⬇ Shuningdek, IT sohasiga sarmoya kiritish va daromad olish imkoniyatlari bo‘yicha davra suhbatlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirda sarmoya kiritishingiz uchun bir qator IT loyihalari bo‘yicha takliflar ham taqdim etiladi.
➡️ Forumda qatnashish uchun - Ro'yxatdan o'tish.
🎚️ Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun ICTWEEKning ijtimoiy tarmoqlariga a'zo bo'ling:
🌐 Website | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 🚀 Telegram
Shaxsiy tajribam asosida aytishim mumkinki boshqaruvda quyidagi 6 toifadagi vazifalar mavjud:
▪️Kundalik operatsion vazifalar
▪️Taqsimlangan ishlarni nazoratini olib borish
▪️ Mavjud departmentlarda optimizatsiya amalga oshirish
▪️Yangi department va yo’nalishlar tashkillashtirish masalalari
▪️Qisqa muddatli 3-6 oylik rivojlanish rejalari tuzish
▪️1-3 yillik strategik rejalash masalalari
Sizning boshqaruvda yana qanday toifadagi vazifalar mavjud?
Taxmin qilib ko’ringchi men yuqoridagi qaysi toifadagi ishlar bilan shug’ullanaman?
Blog: @OdilbekMirzayev
📚 PDP University'da ta'lim qay tarzda olib boriladi?
PDP University — to'laqonli IT sohasiga ixtisoslashgan xalqaro universitet bo'lib, ta'lim jarayonlari Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC xalaqaro dasturi orqali olib boriladi.
Pearson BTEC — bu o'quv tizimi yillar davomida shakllanib kelgan tajriba asosida yaratilgan. Uning mualliflari o'z sohasining yetakchi mutaxassislaridir.
🗂 Shu sababli ham dunyoning yetakchi mamlakatlari va nufuzli universitetlari Pearson BTEC'ni qo'llab-quvvatlaydilar. PDPU o'quv qo'llanmalari ham aynan shu dasturga tegishlidir.
📞 | 78-777-7747
Telegram | Instagram | YouTube
🌐 Yangi haftani PDP University bilan o'tkazing!
Xabaringiz bor, PDP University'da 3-oktabrdan orientation week'ga start beriladi. Ammo bu haftani shunchaki o'tkazib yubormang.
Siz ham bu kunda ishtirok etasizmi? Unda izohlarda yozib qoldiring 🔥
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo'lsin!
Sharafli kasbingizda faoliyat yuritishdan charchamang!
👉 10 000 000 000 so'm grant yutib olmoqchimisiz?
👉 Universitetga kirib, o'qiy olmadingizmi?
🔥 Unda albatta online taqdimotda qatnashing
🤩 21-sentabr 20:00da bo'lib o'tadigan taqdimotda grant va uni qanday yutib olish haqida batafsil ma'lumot berib o'tamiz
🤝 O'tkazib yubormang.
🔗 Telegram kanalimizni aktiv tarzda kuzatib boring 👉🏻 /channel/pdpunicorn
🎬 Bugun talabalarimiz bilan "Xususiy universitetlarga ishonsa bo'ladimi?" mavzusidagi teleko'rsatuvda ishtirok etdik.
Toshkent telekanalining "Gap chiqdi" ko'rsatuvida o'z fikrlarimiz va tajribalarimiz bilan qatnashdik.
Faol talabalarimizga minnatdorchilik bildiraman!
Sizlarning yutuqlaringiz va e'tiroflaringiz bizga yanada ilhom bag'ishlaydi va PDP University har bir talaba uchun o'z salohiyatini ishga soladigan maskan bo'lishi uchun bor kuchimizni sarflaymiz.
📺 Ko'rsatuv bugun soat 21:30 da efirga uzatiladi.
🤩Alhamdulillah. PDP School faoliyatini boshladi🚀
Bu muvaffaqiyatlar, yutuqlar avvalo Allohning fazli va irodasi bilan sodir bo’layapti. O’ziga cheksiz-hamdu sanolar bo’lsin.
Shu o’rinda bu yutuqlarimizda ota-onalarimizning yurakdan duolari, saxovatli homiylarimizning moliyaviy katta ko’maklari, boshqaruvdagi ustozlarimizning to’g’ri maslahatlari, do’stlarimizning qo’llab quvvatlashlari va albatta jonkuyar jamoa a’zolarining sidqidildan mehnatlarining o’rni juda beqiyos. Bu natijalar - SIZLARNIKI!
Qisqa muddatda bizga ishonch bildirgan 350 dan ortiq xurmatli ota-onalar, jondan aziz farzandlaringiz kelajagini bizga ishonib topshirganingiz ulkan sharaf va katta mas’uliyat yuklaydi. Ishonchingiz oqlashga bor kuchimiz va bilimimizni ishga solamiz.
Ishonamizki, PDP School maktabi bitiruvchilaridan dunyoni yaxshi tarafga o’zgartiruvchi MEGA loyihalarni yaratadigan, xalqaro kompaniyalarda boshqaruv pozitsiyalarini egallovchi professionallar yetishib chiqishi aniq.
Blog: @OdilbekMirzayev
Bu hafta kirish imtihonlarimiz juda ajoyib o'tdi🔥
📺 Sizlarga ulashishimiz kerak bo'lgan kadrlar shu darajada ko'p bo'lgani uchun to'liq videoni YouTube kanalimizga yukladik.
Teacher Azam imtihonda qatnashgan abituriyentlardan o'z fikrlarini so'radi.
Abituriyentlar orasida 4 yildan so'ng oyiga 70 000$ topishni maqsad qilganlar ham bor ekan😉
🔗 Video uchun havola: https://youtu.be/n2Ofxe897Bs
P/s: Sizni ham keyingi kirish imtihonlarimizda kutib qolamiz😊
📞 | +998787777747
✅ "Bugungi kunda davlat tabirkorga, tadbirkor esa davlatga ishonadi!"
Biznes sohasida o'z o'rniga ega, raqamli ta'limni rivojlantirish yo'lida harakat qilayotgan PDP Ecosystem asoschisi — Odilbek Mirzayev.
Telegram | Instagram | YouTube
Bugun UNICORN-2.0 grantining ilk sohiblarini aniqlash va taqdirlash jarayoni bo'lib o'tdi. Buning uchun xodimlarimiz kun bo'yi - ertalabdan yarim kechasigacha tinmasdan ishlashdi. Dastlabki uchta bosqichdan muvaffaqiyatli o'tib kelgan nomzodlarning har biri bilan alohida, sinchkovlik bilan suhbat o'tkazildi.
Grant sohiblarining har biri tahsinga loyiq. Ularning ko'nglidagi va ko'zlaridagi otashni ko'rib, kelajakda jamiyatimiz rivojiga katta hissalarini qo'shishiga shubhamiz qolmadi.
Bu loyihaning asosiy g'oyasi - "yaxshilik zanjiri" tamoyiliga asoslangan. Chunki loyiha homiylarining bu mablag'larni kimningdir bugungi ehtiyojlarini qondirishga sarflamasdan, ta'limga sarflashida shu maqsad bor. Bu yoshlarimiz ertaga katta muvaffaqiyatli insonlar bo'lib yetishsa, o'zlari kabi minglab yoshlarga ham yordam berishadi va biz bu onlarni intizorlik bilan kutamiz.
UNICORN-2.0 grantining ilk sohiblarini yana bir bor tabriklayman va ularga ta'lim olish yo'lida muvaffaqiyatlar tilayman! Bunga o'z hissalarini qo'shayotgan homiylarga va PDP University jamoasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
Olimpiadaga start berildi!
✅ Kecha xabar berganimizdek, bugun PDP University Students Union tomonidan tashkil etilgan Dasturlash bo'yicha Olimpiadaning taqdimoti bo'lib o'tdi va barcha kerakli ma'lumotlar, boshlanish vaqtlari aytib o'tildi.
📌 Unga ko'ra Olimpiadaning 1-turi 9-avgust, Chorshanba kuni soat 15:00 da PDP University lecture roomda bo'lib o'tadi.
Barcha ishtirok etuvchilarga omad tilaymiz!
@su_pdp_university
Ongli hayot…
Hozirgi vaqtda dunyo juda shiddat bilan o’zgarib bormoqda. Bu esa biz uchun ko’plab yangi-yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Bunday vaziyatda insonda, ayniqsa yoshlarimizda o’z tanlovlarining va harakatlarining to’g’riligiga shubhasi oshib ketadi.
Talabalarimiz orasida o’z harakatlarini tahlil qiladigan, o’qishiga mas’uliyat bilan yondashadigan yoshlarimizni ko’rsam, juda ilhomlanaman. Yaqinda talabalarimizdan biri bitta fandan qayta topshirishga qolib ketganligi uchun uzr so’rab keldi. “Mendan emas, o’zingizdan uzr so’rang”, - desam, “Dastlab o’zimdan so’radim, endi universitet jamoasiga yaratilgan sharoyit, imkoniyatlar va bizga bo’lgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, - dedi.
Ongli hayot o’zimizdan boshlanadi. Yoshlarimiz har doim o’zlariga “Nimaga erishmoqchiman?”, “Buning uchun nima qilishim yoki qilmasligim kerak?”, “Nima uchun bunday bo’ldi?” kabi savollarni berib yashashini xohlardim. Kunlik tashvishlar bilan bo’lib, o’zingiz bilan aloqani yo’qotib qo’yish oson. Gohida bir past to’xtab olib, ichki ovozni ham eshitib turish kerak. U bizning hayotimizda nima ahamiyatliligini aytib turadigan kompasimizdir.
Fanda bu jarayon refleksiya deb yuritiladi va bu jarayon inson o’z-o’zini anglashiga, ijobiy shaxsiy xususiyatlarini mustahkamlashiga, liderlik sifatlarining rivojlanishiga, hamda kuchli shaxs sifatida o’sishiga yordam berishi bir-necha ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlangan.
Shuning uchun, yoshlarimizdan o’z tanlovlari va harakatlariga mas’uliyat bilan yondashishlarini so’rardim.
“Inson hayoti uning o’zini aks ettiruvchi ko’zgudir”, - deb bekorga aytilmagan.
Jiemurat Mambetkarimov, PDP University rektori
Blog: @OdilbekMirzayev
Missiyani anglash — yoqimli tuyg’u!
Har gal yangi loyiha boshlaganimizda yoki loyihalarga keyingi bosqichlarini belgilayotganimizda vujudim bilan bir ajib yoqimli tuyg’uni his qilaman. Bu juda yoqimli tuyg’u. Buni so’z bilan ta’riflash qiyin. Buni missiyani anglash deyman. Bunda ko’zingiz chaqnaydi. Doimgidanda energiyangiz ortadi. Energiya muhim, juda muhim. Energiyasi borlar uzoqroqga bora oladi. Bu energiya emotsional energiya deyiladi. Missiyani anglashda eng muhim savol: Nega, nima uchun bu ishlarni qilishimiz kerak? Tabiiyki, har bir ishda mashaqqat bor, qiyinchilik bo’ladi. Shunday davrlardan esa aynan missiyasini anglagan va shu bilan yashaydiganlar o’ta oladi.
Shu o’rinda yana aytib o’tmoqchimanki,
Missiya bu devordagi yoki ishchi hujjatdagi shunchaki ruhlanadigan so’zlar ketma-ketligi emas, balki har bir bajarilayotgan jarayon va protseduralarda implementatsiya bo’ladigan yagona g’oya!
Blog: @OdilbekMirzayev
📢📢📢📢📢 📢📢📢📢📢
📢 Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
📊 O‘zbekistonda jadal o‘sib borayotgan IT-sohasiga sarmoya kiritish orqali barqaror daromadga ega bo‘lishni xohlaysizmi?
⚡️ Unda sizni, 2023-yil 23-27-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “ICTWEEK-2023” doirasida 27-oktyabr soat 10:00 da ⏰ IT-Park kompleksida bo‘lib o‘tadigan - “IT sohasidagi investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlari” mavzusidagi forumiga taklif etamiz.
💎 Forumda xalqaro tashkilotlar vakillari va mahalliy IT kompaniyalar ta’sischilari hamda ekspertlar o‘z tajribalari, erishgan yutuqlari va IT sohasining rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha so‘z yuritadilar.
🌟 Spikerlar ro’yxati:
➡️ Andrey Buranov (Huawei)
➡️ Nikolay Seleznev (Uzum)
➡️ Suxrob G'aybulloyev (Aloqa Ventures)
➡️ Rustam Xamdamov (Billz)
➡️ Akmal Payziyev (Express 24)
➡️ Odilbek Mirzayev (PDP EcoSystem)
➡️ Golibjon Sanoqulov (Whiteline)
➡️ Akmal Salixov (AmayaSoft, GameDev Goethe)
➡️ Murodxo‘ja Muratov (UIC Group)
➡️ Bobur Sadullayev (IT-village)
➡️ Timur Miyassarov (My ID)
➡️ Abduvali Haydarov (IT-investment center) va boshqalar.
💰 Shuningdek, tadbirda sarmoya kiritishngiz uchun bir qator IT-loyihalari bo‘yicha takliflar ham taqdim etiladi.
✅ Forumda qatnashish uchun - Ro'yxatdan o'tish.
🇺🇿 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Ona tilimiz bayrami muborak bo‘lsin!
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, iftixori, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
Til muloqot qilish uchun zarur, u o‘ziga xosligidan dalolat beradi, millatning ma‘naviy salohiyatini, o‘zligimizni belgilaydi. Jahon miqyosida fikrlarimizni namoyish etadi. Uni asrab avaylash esa har birimizni oldimizga qo‘ygan birinchi maqsadimiz bo‘lishi lozim.
Aziz yurtdoshlar!
Yana bir bor barchangizni bugungi O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan PDP School jamoasi nomidan tabriklaymiz.
🤩 O‘quvchilar PDP School'ni nima uchun yaxshi ko‘rishadi?
📌 Har qanday ta’lim maskanini eng shaffof baholaydiganlar aynan shu yerda ta’lim oluvchilardir. Bugun PDP School o‘quvchilari maktabimizdagi aynan qaysi jihatlarni yaxshi ko‘rishlarini bilib olamiz.
💬 Sizga-chi, maktabimizdagi qaysi jihat yoki imkoniyatlar yoqadi? Izohlarda yozib qoldiring.
🎚️ TANISHTIRUV HAFTASI BOSHLANDI
Bugun PDP University'da orientation week'ning ilk kuni bo'lib o'tdi.
Shuningdek, talabalarga o'z Start-up loyihalarini boshlash, tashkillashtirish kabi vazifalar berildi. Hafta oxirida ushbu loyihalar ichida eng yaxshisi tanlab olinadi va g'oliblar taqdirlanadi.
Universitet atmosferasi va ta'lim sifatining ilk guvohlarini kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, talaba bo'lganliklari bilan tabriklaymiz!
↔️ Iliq taassurotlaringizni izohlarda yozib qoldirish yodingizdan chiqmasin.
📞 | 78 777 77 47
Telegram | Instagram | YouTube
Hurmatli va aziz ustozlar!
Bugungi bayram sizlarni nafaqat tabriklash imkoniyati, balki ko'proq sizlarning yosh avlodni tarbiyalash orqali insoniyat kelajagini qurish kabi buyuk missiyangizni e'tirof etish va sizlarga bo'lgan hurmatimizni bildirish imkoniyatidir.
Ustoz va murabbiylik - bu san'at. Inson ongini va xarakterini shakllantirish san'ati, bilim olish va izlanishlarga o'rgatish san'ati. Siz beradigan boylik, shogirtlaringiz ongida va ko'nglida mangu qoladi, uni hech kim tortib ola olmaydi.
Ustozlik qilish oson ish emas albatta. Katta sabr, sadoqat va tinimsiz izlanish talab qiladi. Kundalik turmush tashvishlari bilan sizning qilayotgan mehnatingizning asl mohiyati sezilmay qolishi, ko'pchiligimiz uni oddiy majburiyatday qabul qilishimiz mumkin.
Lekin bilamizki, siz bunga qaramasdan jamiyatimiz kelajagini qurishda davom etasiz va sizning har bir harakatingiz, har bir darsingiz, har bir maslahatingiz muhim.
Bugun sizga chin ko'ngildan minnatdorchilik bildiramiz. Har bir kuningiz bugungiday hurmat-izzatga, iliq so'zlarga boy bo'lsin!
Qadrli ustozlar, bayramingiz muborak bo'lsin! Sizlarga mustahkam sog'lik, tugamas kuch-g'ayrat va ilhom, oilangizga baxt-saodat, ishlaringizga muvaffaqiyat tilaymiz!
👏 Bugungi kun universitetimizda nihoyatda boshqacha kayfiyatda o'tdi! Ustozlar va murabbiylar kunini PDP Ecosystem tarkibidagi PDP University, PDP Academy, PDP School, PDP Junior va PDP Kids loyihalarida faoliyat olib borayotgan ajoyib ustozlarimiz bilan nishonladik va ularni tabrikladik!
Bu ustozlarimiz - haqiqiy yulduzlar. Ular faqatgina bilim berib qo'ymasdan, o'zlarining hayot tajribalari va ibrati bilan yoshlarimizni bilim olishga ilhomlantirishadi. Yoshlarimizning kelajagini qurishdagi harakatlari va o'z kasblariga bo'lgan sadoqati bahosiz. 💎
Tadbirimiz xursandchilikga, samimiy hazillarga va minnatdorchilik izhorlariga to'la bo'ldi. Ustoz va murabbiylarimizga qilayotgan mehnatlari hamda fidoyiligi uchun chin ko'ngildan rahmat aytaman.
Jamoamizda bo'lganingizdan va yoshlarimizni yuqori cho'qqilarga yetaklayotganingizdan xursandmiz va minnatdormiz. Oldinga mukamallik sari harakat qilishdan charchamang!
🔥 PDP maktabi obzoridan so'ng va'da qilinganidek maktabning sinfxonalari hamda oshxonasini tayyor xolatini ko'rsatib beraman ✅
🏫 Rasmlarda ko'rib turganingizdek, maktab bitdi va 400ga yaqin o'quvchi shu ilm maskanida taxsil olmoqda
👉 Obzorni ko'rmaganlar uchun PDP haqida qisqacha eslatib o'taman:
- O'zbekistondagi yagona IT maktab
- 5-11 sinflar qabul qilinadi
- 3 mahal ovqatlanish beriladi
- Birtaniya Pearson tizimi va dasturi
- Farzandingiz kasb o'rganadi
- 10 sinfdan turib, universitetga kirish imkoniyatini qo'lga kiritadi
🚀Ha aytgancha, hozir PDPda "3 kun bepul ta'lim" taklifining oxirgi kunlari ketmoqda
🤝 Endi siz farzandingizni 3 kun bepul o'qitib ko'rishingiz va sizga, farzandingizga darslar, oshxona, sharoitlar ma'qul kelsagina, shartnoma qilish imkoniyatiga egasiz ✅
📞 Batafsil: +998787777474
👉🏻 @pdpmaktab
Telegram kanalga obuna bo’ling👉🏻 pdp school
😍😍 Ayol Taxi loyihasi
Ayollar, bolalar va oilangizni bexatar hamda qulay holatda o'z manzillariga yetkazib beradi.
Google Play dan yuklab olish
Appstore dan yuklab olish
Instagram sahifamiz
✅ Barcha haydovchilari suhbatdan o'tgan, shaxsi tasdiqlangan.
✅ 20000 dan ziyod buyurtmalar, undan 99% safarlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
✅ Xushmuomala va o’z qadriyatlariga ega jamoa.
Bugun PDP EcoSystem'ning qadrli a'zolarida ikki katta quvonchli xushxabar! 😍
PDP School rahbari Timurbek Nuriddinov va RedFox rahbari, art-direktor Rahimjon Gaziyevlar o'g'il farzandli bo'ldilar.
Alloh taolo muborak aylasin. Jannatlarda toj kiydiradigan solih bandalaridan bo'lsin. El-yurtiga, diniga yaxshilik yo'lida xizmat qiladigan jamiyatning eng oldi o'g'lonlaridan bo'lsin. Allohumma amiyn. 🤲
Blog: @OdilbekMirzayev
👉 Bugun talabalarimiz orasida dasturlash bo’yicha o’tkazilgan olimpiada g’oliblarini taqdirladik. Olimpiada qatnashuvchilarini va g’oliblarini chin ko’ngildan tabriklayman. O’ylaymanki bu olimpiada, talabalarimizning bilim olish jarayoniga yana bir bor kuchli impuls berdi.
⚡️ Meni alohida xursand qilgan jihati, 1-o’rinni qizlarimizdan biri qo’lga kiritganligi bo’ldi.
Ko’pchilikning fikrida, IT sohasi o’g’il bolalar bilan bog’lanadi. Lekin mana, bu stereotiplar ko’z o’ngimizda buzulmoqda.
Dasturlash - bu quruq kodlar emas, bu san’at, ijodiy va tahliliy fikrlash. Xilma-xil g’oyalar va yondashuvlar xilma-xil qarashlardan paydo bo’ladi. IT sohasini tanlagan har bir qizimiz jamiyatimizdagi masalalarning innovatsiyon yo’l bilan hal qilinishida o’z hissalarini qo’shishlariga ishonaman.
Bu g’alabani stereotiplar ustidan xilma-xillikning, o’ziga bo’lgan ishonchning g’alabasi desak ham bo’ladi.
Kelajak - cheklovlarni pisand qilmaydigan, o’ziga ishonadigan, maqsadlari yo’lida va bilim olishda to’xtamaydigan yoshlar qo’lida.
✔️ O'Z VILOYATINGIZGA OVOZ BERING
PDP University jamoasi ko'plab yoshlarning talab va takliflariga inobatga olgan holda viloyat markazlarida ham kirish imtihonlarini o'tkazishga qaror qildi.
Agar siz ham o'z hududingizda qabul imtihon bo'lishini istasangiz, o'z viloyatingizga ovoz bering. Eng ko'p ovoz yig'gan 3️⃣ ta viloyatda PDP University kirish imtihonlari bo'lib o'tadi.
⌛️ Natijalar esa ertaga soat 16:00 da e'lon qilinadi.
✅ Ovoz berish uchun havola ustiga bosing: https://bit.ly/3OBrnyS
Ushbu postni eng yaqin abituriyent do'stlaringizga yuborishni unutmang✈️
Ta'lim va millat farovonligi.
Nima uchun qaysidir davlatlar tezkor rivojlanmoqda, qaysidirlari esa sust holatda deb o'ylaganmisiz?
BMTning Inson kamoloti indeksining oxirgi hisobotini ko'rib o'tirib, ushbu indeksning tarkibidagi ikkita "O'rtacha ta'lim olish davomiyligi" va "Aholi jon boshiga yalpi milliy daromad" ko'rsatkichlarining to'g'ri korreliyatsiyasi e'tiborimni tortdi.
Oddiy qilib aytganda, aholi ta'lim olish davomiyligining aholi daromad miqdoriga ta'siri sezilarli darajada ko'rinib turibdi.
To'g'ri, bu yerda faqatgina ta'lim olishning davomiyligini asosiy faktor deb bo'lmaydi. Ta'limning sifati, davlatning tabiiy boyliklari, siyosiy barqarorligi, eksport darajasi, egalik huquqining kafolati, korruptsiyaning tiyilganligi kabi kuchli faktorlar ham bor. Lekin daraxtning o'sishiga tuproqning ta'siri kabi, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga fan va texnikaning rivojlanishi katta ta'sir ko'rsatadi. Fan va texnikaning asosi esa ta'limdir.
Ta'limni rivojlantirish orqali iqtisodiyotining o'sishiga erishgan davlatlarga misol qilib oldin baliqchilik bilan shug'ullangan, endilikda iqtisodiy "ajdarho" - Singapurni, oldin urushlardan charchagan, endilikda texnologiya bo'yicha lider - Janubiy Koreyani va oldin agrar davlat bo'lgan, endilikda sifatli ta'lim sinonimi - Finlyandiyani misol qilib aytishimiz mumkin.
Ta'lim o'zligicha maqsad emas, uning tadbig'i va natijasi yillar o'tibgina namoyon bo'ladi. Taniqli ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”, - deb ta'kidlashida tarbiya bilan bir qatorda ta'limni ham nazarda tutganligi shubhasiz.
PS: Diagrammadagi umumiy trenddan chetlashib ketgan ba'zi davlatlarning bu holatiga tabiiy boyliklarining ko'pligi va boshqa noyob faktorlar sababchi. Masalan, Lixtenshteynda aholi soni juda kam, hamda ishlab chiqariladigan mahsulot va ko'rsatiladigan xizmatlarning deyarli barchasi export qilinadi.
🔥 PDP maktabimizning online taqdimoti Timurbek Nuriddinov - Maktabimiz rahbari tomonidan o'tkaziladi
😇 Taqdimot barchaga manfaatli bo'ladi degan umiddamiz !
🔗 Hoziroq bizga qo’shiling:
https://bit.ly/44371UN
💸 Abituriyentlikdan talabalik tomon erishilgan millionlar
Bugun ushbu imkoniyatni PDP University'ga tashrif buyurgan abituriyentlar qo'lga kiritishdi.
Shuningdek, abituriyentlarimiz uchun bugun o'zgacha kun. Sababi, ular birinchilardan bo'lib stipendiya egasi bo'lishdi.
Ota onalar ham farzandlarining bu yutug'laridan xursandchiliklarini yaxshira olishmadi.
⚡️ Bugungi mtihonda 433 ta abituriyent qatnashdi, 257 nafari esa sertifikat egasi bo'lishdi. Siz ham ularning o'rnida bo'lishingiz mumkin.
Keyingi imtihonlarimizga ro'yxatdan o'ting: https://bit.ly/40ZUyQG
📞 | +998787777747