▪️ Entrepreneur ▪️ Investor ▪️ Developer Omad yordir dovyuraklarga! • Судьба благоволит храбрым! • Fates Favors the Brave!
⚡️ "PDP Spring TechFest" loyihasi juda qizg’in davom etmoqda.
🔥 Bugun PDP University’da "Business in IT: Product and Project Management" mavzusida ajoyib tadbir bo’lib o’tdi.
🚀 Bu loyihamizning ikkinchi haftaligida "Software Engineering" mavzusida tadbir bo’lib o’tadi. Xo’sh, siz bu tadbirda qaysi mutaxassisni ko’rishni xohlaysiz?
🌟 Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring! Sizning fikringiz biz uchun muhim!
⚽️ Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'tkazilgan Futbol musobaqasida PDP University talabalari ham ishtirok etishdi.
1️⃣ Murosasiz o'tgan o'yinda bizning talabalarimiz gʻalabani qoʻlga kiritdilar.
Yuqorida qizg'in o'tgan o'yindan lavha tomosha qilishingiz mumkin.
🏆 Futbol musobaqasida ishtirok etgan talabalarimizga kelgusi o'yinlarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz!
👍 Aytganday, PDP University’da talaba boʻlish vaqti keldi!
😎 @pdpuniversity
🪁 PDP Ecosystem xodimlari uchun Teambuilding!
1️⃣ Kecha PDP Ecosystem xodimlari oʻrtasida oʻzaro hamjihatlik va jamoaviy birdamlikni yanada yaxshilash maqsadida Toshkent viloyati togʻli hududlariga sayohat uyushtirdik. U yerda biz nafaqat dam olish, balki bir-birimiz bilan yanada yaqinroq tanishish imkoniyatiga ham ega bo'ldik.
Tog'dagi Teambuilding davomida arqon tortish, mafia, voleybol kabi o’yinlar bizga jamoa sifatida ishlash ko'nikmalarimizni mustahkamlashga yordam berdi va albatta, ko'plab qiziqarli va xursandchilik damlarini yaratdi.
Eng ajoyib lahzalardan biri esa, albatta, o'zbek xalqining sevimli taomi - mazali osh bo'ldi.
🙂 Biz shunday ajoyib jamoaga ega ekanligimizdan faxrlanamiz va kelajakda ham shunday Teambuilding’larimizni albatta davom ettiramiz.
Assalomu alaykum, aziz do'stlar!
Yaqinda bizning hurmatli professorimiz Dariush Alimohammadining universitetimiz nomidan Doktorantura ta'limi va uning kelajagi to'g'risidagi kitobi Hindistonda ingliz tilida nashrdan chiqdi. Bu ilmiy hamjamiyatimiz uchun nihoyatda muhim bir yutuqdir.
PDP University'ning maqsadlaridan biri mamlakatimiz ilm-fan rivojiga hissa qo'shish va bu kitob bizning maqsadlarimiz sari harakatlarimizning yorqin misolidir.
Professor Dariush Alimohammadiga, kelajakdagi ilmiy izlanishlarida va yoshlarimizga ta'lim berishda hech qachon charchamasliklarini va har doim talabalarimizga ilhom manbai bo'lib yurishini tilaymiz, hamda PDP University jamoasi nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz!
🧠 Yodlashmi yoki Fikrlash: Ta’limdagi muvozanat.
Bolaligimda, men ham ko’plab boshqalar singari, yodlash jarayoniga katta e’tibor berilgan ta’lim muhitida o’sdim. O’qituvchilar va ota-onalar doimo sh’erlarni, g’azallarni, karra jadvalini yoki shahar nomlarini yod olishimizni talab qilishardi. Haqiqatan ham, yodlash xotirani mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi va bu haqiqatni inkor etib bo’lmaydi. Lekin, zamonaviy dunyoda muhim bo’lgan narsa bu tahliliy fikrlash qobiliyati va muammolarni hal qilishdir.
Nega tahliliy fikrlash muhim?
Bugungi tez o’zgaruvchan jamiyatda, yechimlarni topish va yangilik yaratish uchun faqat faktlarni yodlash kifoya qilmaydi. Tahliliy fikrlash, muammolarni hal etish, va mantiqiy xulosalar chiqarish ko’nikmalari bolalarni kelajakda ularni kutilmagan vaziyatlarga tayyorlaydi. Shu sababli, biz o’qituvchilar va ota-onalar sifatida, bolalarimizga na faqat ma’lumotlarni yod olishni, balki ularni qanday qo’llashni ham o’rgatishimiz kerak.
Amaliy mashqlar orqali o’rganish.
Birgalikda multfilm yoki kino ko’rganingizdan keyin, farzandingizdan olingan kamida uchta xulosani aytib berishini so’rang. Bu kabi faoliyatlar nafaqat tahliliy fikrlashni, balki mustaqil fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. Shunday qilib, bolalar har bir vaziyatda to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganishadi. Bu jarayonni kamida uch oy davom ettirib, bolalaringizning qanday o’zgarishlar ro’y berayotganini kuzatib boring. Natija sizni hayratda qoldiradi.
Xulosa.
Ta’limni faqat yodlash asosida qurish o’tmishda qolib ketgan yondashuvdir. Zamonaviy ta’lim tizimida bolalarni mustaqil fikrlash va tahlil qilishga undash orqali, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor qo’yadi. Shunday qilib, biz ularni har qanday hayotiy vaziyatda yuqori samarali bo’lishga tayyorlaymiz.
Kanalim kuzatuvchilaridan ota-onalarga savolim haftasida necha soat farzandlaringiz bilan vaqt o'tkazasiz? Ular bilan qanday mashg'ulot o'taysiz?
📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
🔓 Insight 5: Missiya uchun investitsiyalardan voz kechish
Pavel Durov, Telegramni asosan o'z mablag'lari orqali moliyalashtirgan, bu esa unga messenjer ustidan to'liq nazoratni saqlab qolish imkonini beradi. Durov tashqi investitsiyalarni qabul qilmaganligi, asosan, Telegramning suverenitetini va mustaqilligini saqlashga qaratilgan. Bu yondashuv, foydalanuvchilarga yuqori darajadagi xavfsizlik va maxfiylikni ta'minlaydi, platformani tashqi ta'sirlardan himoya qilishga yordam beradi.
Xulosa: Durovning investitsiyalardan voz kechish qarori uning platformasini tashqi ta'sirlardan himoya qilish va uning missiyalariga sodiq qolish imkonini beradi. Bu qaror, g'oya egalari va innovatorlar tomonidan chuqur tushuniladi va qadrlanadi, chunki u Telegramni boshqa tech-gigantlardan ajratib turadigan asosiy xususiyatlardan biridir.
📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
🔓 Insight 3: Zo'r mahsulot - reklamaga muhtoj emas.
Telegram messenjerini boshqa platformalarda promote qilish uchun pul sarflanmagan (Zero dollar). Bu platforma o'zining xavfsizlik va foydalanuvchiga qulayligi(user friendly) tufayli tez tarqaldi. Telegramning 900 million foydalanuvchiga ega bo'lishi, asosan organik o'sish orqali (Pure organic) amalga oshirilgan. Bu, agar mahsulot o'z-o'zidan sifatli va foydalanuvchilarga aniq qiymat taklif qila olsa, u keng jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi va tarqalishi mumkinligini isbotlaydi.
Telegramning bu yondashuvi, marketing strategiyasida katta o'zgarishlarni talab qiluvchi bugungi biznes olamida juda muhimdir. Bu, boshqa kompaniyalar va yangi startaplar uchun ham ibrat bo'lishi mumkin. Zo'r mahsulot o'zi uchun gapiradi va ulkan marketing byudjetlarisiz ham muvaffaqiyat qozonishi mumkin.
📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
🔓 Insight 1: G'oya insoni uchun fikriy erkinlik juda muhim.
Pavel Durovning VKontakte'dan ketishiga sabab bo'lgan voqealar — davlat tomonidan berilgan bosimlar va foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlariga nisbatan davlatning aralashuvi—bizga shuni ko'rsatadiki, fikriy erkin bo'lmagan jamiyatlardan aql egalari qochishadi.
Durovning Rossiyani tark etishi va Telegram kabi yangi, xavfsizroq platformani yaratishga qaror qilishi, fikriy erkinlikning ahamiyatini yanada ta'kidlaydi. Uning bu qarori, fikriy erkinlikdan mahrum bo'lgan aql egalarining o'z yurtlarini tark etishga majbur bo'lishining yorqin misolidir.
Bizning jamiyatimizda fikriy erkinlikni qadrlashimiz kerak, chunki bu erkinlik bizga yangi g'oyalarni erkin ravishda ifoda etish va ularni amalga oshirish imkonini beradi. Agar biz yangilik yaratish va dunyoni o'zgartirish istagida bo'lsak, har bir fikrni qadrlashimiz va uni rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratishimiz shart.
📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
🎓 So'ngi 3 yilda amaliy MBA o'tadim...
📚 Biznes boshqaruv sohasida ustozim Azizjon aka Gapparov bilan 2021-yil aprel oyidan beri birgalikda ishlash davomida nafaqat bilim va ko'nikmalar, balki beqiyos manfaatlar ham olganman. Bir so'z bilan aytganda, amaliy MBA (Master of Business Administration) o'tadim.
🎯 Hamkorligimiz davomidagi natijalarning eng qadrlisi men bilan suhbatlar va bahslar orqali shakllantirilgan vision map — yo’l xaritasi hisoblanadi. Shu bilan birga eng muhim va samara beradigan ishlar bilan shug'ullanish, ya'ni fokus qilishning ahamiyati haqida ko'p ta'kidlaganlar.
✨ Tadbirkorlik, boshqaruv, marketing bo'yicha bilim olmoqchi bo'lsangiz, Sizlarga muhim tavsiya bermoqchiman. Azizjon aka Gapparov o'z bilim va tajribalarini bo'lishish maqsadida o'z bloglarini yuritishni boshladilar. Bloglaridagi har bir ma'lumotlar Sizlarga ham manfaatli bo'ladi deb hisoblab telegram manzilini qoldirayapman.
👉Tavsiya: @AzizjonGapparov
Bolalikdan buyuklikka yo’l.
Inson miyyasi ajib ishlaydi. O’zi bilmagan holatda javoblar izlaydi va qiyin topshiriqlarga yechim topa oladi. Miyyaning ushbu funksiyani ishlatib yuborish uchun farzandingizga “bolam, sendan umidim katta. Sen buyuk ishlar qilishing kerak. Insonlar uchun manfaatli bo’lishing kerak. Yaxshilik yo’lida xizmatchi bo’lishing kerak … “ shu kabi topshiriqlar, bir kun kelib o’z mevasini beradi, in shaa Alloh!
Blog: @OdilbekMirzayev
1️⃣ Tanishing, “HR department of PDP Ecosystem”!
🎗️HR departament - professional va qadriyatli xodimlarni PDP Ecosystem’da jamlovchi mas’uliyatli jamoa!
🏆 Departamentimiz PDP University, PDP School, PDP Academy va PDP Junior loyihalariga oʻz sohasining professional xodimlarini jalb qilishadi va jamoaviy hamjihatlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
😎 @pdpuniversity
🌫 Stanford universitetining psixologi Kelly McGonigal "The Villpover Instinst" nomli kitobida inson xatti-harakatlarining ikki asosiy tamoyilga asoslanishini aytadi.
Birinchi tamoyil instinktlarga asoslanadi, yaʼni "shu yerda va hozir" tamoyili, bu esa odatda oqibatlarni hisobga olmasdan, shoshilinch va ko‘pincha noto‘g‘ri qarorlarni qabul qilishga olib keladi. Masalan, televizor, YouTube yoki ijtimoiy tarmoqlarni ko‘rish, mazali ammo zararli ovqatlanish va hokazo.
Ikkinchi tamoyil o‘z-o‘zini nazorat qilish yoki irodani anglatadi, bu "to‘xta va rejalashtir" tamoyili. Bunda inson ko‘proq ratsional harakat qiladi. Bu bizni istamasak ham, ko‘proq manfaatli amallarni bajarishga undaydi.
Irodani kuchaytirish uchun sport bilan shug‘ullanish, yetarlicha uxlash, foydali ovqatlanish, yaxshi kitoblar o‘qish, ruhiyat ustida ishlash, ko‘proq yaxshi narsalar haqida o‘ylash va pozitiv insonlar bilan suhbatlashish tavsiya etiladi.
Irodani susaytiruvchi baʼzi noto‘g‘ri harakatlar mavjud:
🎖 Men o‘zimni yaxshi tutdim va mukofotga loyiqman. Masalan, vazn yo‘qotishni xohlaydigan odam jismoniy mashg‘ulotdan keyin o‘ziga ozgina shirinlik yeyishni ravo ko‘rsa, bu foydadan ko‘ra zarar keltirishi aniq. Chunki asl maqsad sport zaliga borish emas, balki vazn yo‘qotishdir.
🌫 Zalga borishni dushanbadan boshlayman. Bunga misol qilib, sport zaliga borishni rejalashtirgan, lekin hali boshlamagan odam bugun shirinlik yeyishini aytsak bo‘ladi.
Shuning uchun, har bir harakatni boshqa o‘tgan yoki rejalashtirilgan harakatlar bilan oqlamasdan, oqibatini anglagan holda amalga oshirish lozim.
🌟 Jamiyatning ishonchi - bu liderlarning eng katta boyligi!
⏳So'nggi bir oy ichida PDP EcoSystem tarkibiga kiruvchi navbatdagi loyiha ustida ishlayapmiz. Ushbu loyiha ekotizim tarkibidagi barcha loyihalarni (PDP University, PDP Academy, PDP School, PDP Junior) yangi bosqichga olib chiqishiga ishonchimiz bor.
🤝Loyiha ustida ishlash davomida bir haqiqatga yanada qat'iy amin bo'ldim. Jamiyat hayotiga katta ta'sir ko'rsatadigan g'oyalar ro'yobga chiqishi uchun, jamoatchilikning yuqori ishonchi va qo'llab-quvvatlashisiz amalga oshirishning aslo iloji yo'q. Navbatdagi loyihamiz ham Sizlarning ishonchingiz va qo'llab-quvvatlashingiz bilan amalga oshadi, in shaa Alloh.
🔜 Yaqin oylarda, PDP EcoSystem tarkibiga kiruvchi navbatdagi loyihani taqdim etamiz...
PDP EcoSystem - Ezgulik yo'lida zamonaviy ta'lim, yetakchi mutaxassislar va farovon hayot!
❓Sizningcha, navbatdagi loyihamiz nima bo'lishi mumkin?
Blogim: @OdilbekMirzayev
Ўзбекистондаги энг катта бизнес бўйича ОНЛАЙН МАСТEР-КЛАСС!
✅ 5-6 март кунлари ҳар қандай учрашув ва режаларингизни кейинга суриб туришни тавсия қиламан!
Чунки бу кунлари йилда бир неча мартагина бўладиган «Бизнесни Даволаш» номли бепул онлайн мастер-классимиз бўлади:
— Савдони ошириш, Насиядан воз кечиш, Қиммат ва кўндириб сотиш усуллари;
— Экспортга чиқиш учун нималар қилиш керак;
— Ходимларни кўзини ёндириб ишлатиш ва тўғри KPI қўйиш!
Mавзуларида конкрет инструментлар билан бўлишамиз!
Mастер-класс қатнашчилари ҳам билим, ҳам 7 та БОНУСЛАР олишади!
(бу материалларни аслида 25 млн сўмлик дарсларимизда берар эдик)
Қатнашиш БEПУЛ, лекин қўшилиш вақти чекланган.
Ҳозироқ рўйхатдан ўтиб, мастер-класс ёпиқ Телеграм каналига қўшилинг: https://online.alisherisaev.uz/webinar2?utm_source=pdp
Mehnat faoliyatimiz davomida jamoa a'zolarining samarali faoliyati bo'yicha masalalarga ko'p duch kelamiz. Bu savollar bo'yicha do'stimiz Kozimxon aka To'rayevga murojaat qilamiz. Ular O'zbekistionda HR yo'nalishida ilm bilan yondashadingan kam sonli tajribali expertlardan deb bilaman. Alisher aka Isaev bilan bo'lgan suhbat davomida buni yaqqol ko'rish mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotganlar, HR mutaxassis bo'lish istagidagi yoki istalgan xodim uchun yaxshi qo'llanma sifatida qabul qilish mumkin bo'lgan suhbat bo'lgan.
Savollari bilan mavzuni to'liq ochib bergan Alisher akaga ham alohida tashakkur.
Suhbatni ko'rishni tavsiya qilaman:
👉 https://youtu.be/W20WGyUqaPg?si=RyVyU_jMYttNRjcH
🎉 Bizning bahorgi eng katta tadbirimizdan biri – "PDP Spring TechFest" muvaffaqiyatli start oldi!
Bugun PDP University’da "Business in IT: Product and Project Management" mavzusida ajoyib tadbir bo'lib o'tdi.
🎙 TechFest davomida o’z sohasining TOP mutaxasislari spiker sifatida o'zlarining bilim va tajribalarini bo'lishdilar. Ularning qiymatli maslahatlari bizning 400 dan ortiq talabalarimiz va tadbir mehmonlari uchun juda manfaatli bo'ldi.
Ushbu tadbirni yaqin kunlarda siz ham to’liq video shaklida ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz!
P/s: Navbatdagi tadbirimiz keyingi hafta bo’lib o’tadi.
1️⃣ @pdpecosystem
⚽️ Bugun O'zbeksiton universitetlararo futbol musobaqasiga start berildi.
Uning birinchi bosqichida bizning ajoyib talabalarimiz g'oliblikni qo'lga kiritib, keyingi bosqichga o'tishdi. Har bir o'yinchimiz o'zining a'lo mahoratini va terma jamoamiz esa hamjihatligini ko'rsatishdi.
🏆 Biz ular bilan faxrlanamiz va ularni keyingi bosqich kutmoqda. Yulduzlarimizga g'olibligingiz bardavom bo'lsin deymiz va keyingi o'yinlarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bu yerda gap kichik odatlarning kuchi haqida ketayapti, lekin menga kitob o'qish misoli juda yoqdi. Tasavvur qiling, har kuni atigi 20 sahifa o'qisangiz (bu o'rtacha bir soat vaqtingizni oladi) va bir yil davomida jami 30 ta kitobni tugatasiz. Juda katta muvaffaqiyat.
Bu tafakkuringizni o'tkirlashtirib, bilimlaringizni chuqurlashtirib, 30 xil dunyoqarashni kashf etish imkoniyati degani. Menimcha bu oddiy bir harakat bilan erishiladigan ajoyib natija.
🎉 Overall 7.5 band score!
🇬🇧 PDP School'ning 10-B sinf o'quvchisi Iskandarov Javohir IELTS imtihonidan yuqori natija koʻrsatdi. Uning ushbu muvaffaqiyatini samimiy qutlaymiz va kelajak ta'lim yo'lidagi yangi yutuqlarga erishishlariga tilakdoshmiz.
😊 Ishonamizki, boshqa o'quvchilarimiz ham tez orada shunday a'lo natijalarni qo'lga kiritishadi. PDP School jamoasi sifatida biz har bir o'quvchimizning eng yaxshi natijalarga erishishga bo'lgan harakatlarini qo'llab-quvvatlaymiz!
📞 | +998787777474
Telegram | Instagram | Facebook | pdpmaktabi">YouTube
🔓 Insight 6: Telegramda HR Department mavjud emas.
Telegram, an'anaviy HR (Human Resources) departamentisiz o'z faoliyatini yuritadi. Ayniqsa, Telegram o'z injinerlar jamoasini noyob tarzda shakllantiradi: injinerlarni asosan maxsus contestlar orqali jalb qiladi. Bu tanlovlar orqali, faqat eng yaxshi dasturchilarni tanlab, ularning sifatiga katta e'tibor beriladi.
Platformada faqatgina yuqori samarador 30 nafar injiner faoliyat yuritadi. Bu soni juda kam bo'lishiga qaramay, ular juda yuqori darajada samarali ishlaydilar.
📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
🔓 Insight 4: Barcha ma'lumotlar nazorat ostida.
Telegram, foydalanuvchi ma'lumotlarini himoya qilishdagi qat'iyatini ko'rsatib, hech qachon foydalanuvchi ma'lumotlarini hukumatlar yoki boshqa tashkilotlar bilan bo'lishmagan. Jumladan AQSH Kongresi tomonidan ham so'rovlariga ham rad javobini bergan. Bu borada global miqyosda ishonchli xizmat ko'rsatishni davom ettirmoqda.
Xullas, bizning shaxsiy ma'lumotlar hukumatdagilarda mavjud, ular xohlasa bizni kuzatisha olishadi. Telegram ma'lumotlarimizni himoya qilishda qat'iy va ishonchli deb umid qilamiz🙂
📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
🔓 Insight 2: Matematikaning ahamiyati.
Pavel Durov va uning akasi Nikolay Durovning matematika va kriptografiya sohasidagi chuqur bilimlari, ularning Telegram messenjerini ishlab chiqishda asosiy omil bo'lgan. Nikolayning matematik va dasturiy ta'minot bo'yicha keng bilimlari, Telegramning xavfsizlik tizimlarini yaratishda muhim rol o'ynadi. Bu ikkala aka-uka, o'zlarining ilmiy yondashuvlari orqali global miqyosda ishonchli va xavfsiz aloqa platformasini yaratishga muvaffaq bo'lishgan.
Matematika, murakkab muammolarni hal qilish va logik xulosa yuritish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Matematikani nafaqat fan sifatida, balki muhim fikrlash vositasi sifatida qadrlashimiz kerakligini ko'rsatadi. Shunday ekan, har birimiz uchun matematikaning ahamiyatini qadrlash va uni chuqurroq o'rganishimiz zarur.
📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
🎥 Tucker Carlsonning Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bo'lgan videointervyusini ko'rishni boshladim.
🚀 Pavel Durovning innovatsion yondashuvlari va Telegramning dunyo bo'ylab qanday ta'sir ko'rsatayotgani biz uchun ham ilhom manbai bo'lishi aniq.
📅 To'liq tahlil va fikr-mulohazalarimni siz bilan kechroq baham ko'rishni rejalashtirganman.
📺 Videoni tomosha qilish: https://youtu.be/1Ut6RouSs0w
📣 Blogim: @OdilbekMirzayev
Assalomu alaykum, azizlar!
Barchangizga Ramazon Hayit bayrami muborak bo'lsin. Tutgan ro’zalaringiz, qilgan ibodatlaringiz, qilgan solih amallaringizni Alloh qabul qilsin. Sizlarga tinchlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik tilayman.
Hurmat bilan,
Odilbek Mirzayev
🔵 Internetda ushbu rasmni ko'rib, talabalik paytimdagi yorqin bir xotira esimga tushdi.
Talabalik davrida dasturlashning ma'lumotlar bazasi bilan bog'liq qismiga ancha vaqtgacha kira olmaganman. Chunki universitetning "Ma'lumotlar bazasi" fani darslarida ancha eski bo'lgan KARAT tizimi o'rgatilgan.
Paradigmamni SQL'ga o'zgartirishim qiyin bo'lgan va men SQL'ni tushunib yetishim amri mahol deb o'ylab ancha vaqt yo'qotganman. Lekin, va nihoyat o'rganishni boshlaganimda, hamma narsa o'ylaganimdek murakkab emasligini, aslida bu oddiy va qiziqarli mavzu ekanligini angladim.
Bunday hodisa Danning-Kruger effekti deb nomlanishini keyinchalik bildim. Bunda ba'zi odamlar o'z ko'nikmalarini past darajada, ba'zilari esa o'z qobiliyatlarini haddan tashqari yuqori baholashi mumkinligi aytiladi.
Bu holat menga juda yaxshi saboq bo'lgan va o'shandan boshlab, yangi mavzuni o'rganishni boshlasam, avvalam bor uni oddiyligiga o'zimni ishontirib olaman.
Yangi narsalarni o'rganishda bunday psixologik to'siqlar tez-tez uchrab turadi. Ular bizni zayif his qilishimizga va rivojlanishimizni to'xtatishga majbur qilishi mumkin.
Bunday to'siqlarni yengib o'tish uchun quyidagicha ish tutish lozim:
1. O'rganish jarayonini kichik-kichik qadamlarga bo'lib, eng asosiy tushunchalardan boshlab oldinga siljish.
2. O'qituvchilar yoki yoningizdagi ko'mak berishi mumkin bo'lgan insonlardan maslahatlar olish.
3. Amaliyot orqali yangi bilimlarni o'zingizning tajribangizda sinab ko'rish.
4. Xatolar – bu o'rganish jarayonining ajralmas va muhim qismi ekanligini esdan chiqarmaslik.
🔔 Mening bu tajribam talabalarimizga har qanday to'siqlarni ishonch va to'g'ri yondashuv orqali yengib o'tish mumkinligi haqida eslatma bo'lib turishini xohlardim.
PS: Rasmda 1937-yildagi Pragadagi ma'lumotlar bazasi.
🎬 Movie Time
Bugun PDP School oʻquvchilari va ota-onalar uchun kinotaym boʻlib oʻtdi.
🎞 AQSh kinoijodkorlari tomonidan ishlangan, real voqealarga asoslangan “Oktabr osmoni” filmi barcha uchun birdek manzur keldi.
🤩 Film yakunida shaxsan Odilbek Mirzayev ishtirokida oʻtkazilgan oʻquvchilar bilan fikr almashish jarayonida eng yaxshi xulosa sohiblari maxsus sovgʻalarni qoʻlga kiritishdi.
Murojaat uchun:
📞 | +998787777474
1️⃣ PDP School - yorqin kelajakka ilk qadam shu yerdan boshlanadi!
🔴Bugun Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi ilk bor inson miyasiga o'rnatilgan chip yordamida kompyuterni xayol orqali boshqarayotgan videosini e'lon qildi.
Ushbu videoda yangi texnologiyalar dunyoni qanday o'zgartirib yuborayotganini va kundalik hayotimizga yangi imkoniyatlar olib kirayotganini ko'rishimiz mumkin.
O'zbekiston yoshlari ham bu kabi innovatsiyalarni yaratish salohiyatiga ega va bunday iqtidorli yoshlar soni mamlakatimizda yetarlicha. Bizning vazifamiz ularni qo'llab-quvvatlash, ularga zarur bilim va ko'nikmalarni berish hamda yaratuvchanliklarini rag'batlantirishdir.
🟣 Buning uchun ularni zamonaviy texnologiyalarga yo'naltirish va ularga texnologiya sohasida o'z kashfiyotlarini ro'yobga chiqarishlari uchun zarur bo'lgan sharoitlar yaratib berishimiz kerak.
16-mart soat 16:00 da boshlanadigan birinchi darsimiz rejasi:
• Kompaniyani tizimlashtirish bosqichlari;
• Kompaniyada samarali ishga olish tizimini joriy qilish;
• 30 daqiqa savol-javoblar;
• Eng oxirida ishga olish tizimini qurish uchun 4 ta amaliy instrument va bu instrumentlardan foydalanish bo'yicha konsultantlarimiz tomonidan bepul konsultatsiya olish imkoniyati.
✅ E'tibor bergan bo'lsangiz, darsda faqat "конкрет" bilim va instrumentlar haqida gaplashamiz.
❗️ Bunday imkoniyat sizda boshqa bo'lmasligi mumkin.
⏰ 16-mart soat 16:00 ga "будильник" qo'yib olishni tavsiya qilamiz.
Darsimiz manzili bu yerda. Do'stlaringizni ham taklif qilishingiz mumkin 👇
/channel/KozimxonTuraev
Pul topish haqida o'ylayapsizmi?! Xavotir olmang. Dunyoda pul ko'p. Juda ko'p.
🌟✨ Bugun Sizga Kristofor Nolan - zamonaviy kino olamining yulduzi haqida ma'lumot bermoqchiman. Uning misoli orqali Sizga muhim bir haqiqatni ko'rsatmoqchiman: Dunyoda pul ko'p, juda ko'p. Siz faqat o'zingizni kashf qilishga urinishingiz kerak!
🎬 Nolan birinchi filmi "Following"ni atigi 6,000 AQSh dollariga suratga olgan. Ha, to'g'ri eshitdingiz, faqat 6,000 dollar! Bu kino sanoatida juda kam pul. Ammo Nolan o'zining ijodkorligi va qat'iyatli mehnati bilan kino olamida o'z o'rnini topa oldi.
💫 Endi diqqat qiling: Nolan o'zining birinchi filmidan so'ng, keyingi loyihasi "Memento" uchun naq 9 million AQSh dollarini jalb qildi! Bu uning birinchi filmidagi byudjetdan 1500 marta ko'p! Bu misol orqali ko'ramizki, agar sizda ajoyib g'oya va qat'iyat bo'lsa, muvaffaqiyat eshiklari siz uchun ham ochiladi.
🚀 Xulosa shuki, dunyo imkoniyatlarga to'la. Ehtimol hozir sizda katta byudjet yoki resurslar bo'lmas, lekin sizda maqsad va xohish bor. Nolan kabi siz ham kichik qadamlardan boshlab, katta muvaffaqiyatlarga erishishingiz mumkin. Shunchaki ishonch bilan oldinga qadam tashlang!
🌟 Sizning orzularingiz ro'yobga chiqishi uchun kerak bo'lgan narsa - bu sizning istagingiz va harakatingizdir. Xavotir olmang, dunyoda pul ko'p. Juda ko'p. Siz faqat o'z yo'lingizni topishingiz va unga sodiq qolishingiz kerak!
#Orzu #Muvaffaqiyat #KristoforNolan #KinoOlami #YoshlarUchun
Blog: @OdilbekMirzayev
🥳PDP Academy’ning sobiq o’quvchisi Polshadagi Xalqaro VISA kompaniyasida dasturchi sifatida faoliyat yuritmoqda.
⌛️Bugun, 17:00da u bilan suhbat tashkillashtirganmiz.
Mavzu: "Qanday qilib yarim trillion dollar'lik kompaniyaga dasturchi bo'lib ishga kirish mumkin?"
📌Suhbatda tinglovchi bo’lishni xohlagan PDP Academy o’quvchilarini binoning ‘event hall’ida kutib qolamiz!
📞 78-777-47-47
Telegram | Instagram | YouTube