odilbekmirzayev | Unsorted

Telegram-канал odilbekmirzayev - Mirzayev's Mind

-

▪️ Entrepreneur ▪️ Investor ▪️ Developer Omad yordir dovyuraklarga! • Судьба благоволит храбрым! • Fates Favors the Brave!

Subscribe to a channel

Mirzayev's Mind

Liderlik — bu kutuvlarni to’g’ri boshqarish va bag’rikenglik!

Liderlik faqat shu ikki omil bilan cheklanib qolmaydi. Mas’uliyatni his qilish, adolatli qarorlar qabul qilish, o‘z ustida ishlash, muloqot ko’nikmalari (kommunikatsiya), strategik fikrlash kabi ko‘plab boshqa fazilatlar ham talqin etiladi. Ammo kutuvlarni to‘g‘ri boshqarish va bag‘rikenglikni yo‘lga qo‘yish — jamoadagi uyg‘unlik va taraqqiyotning barqaror poydevorini yaratishga xizmat qiladi.

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

1️⃣ Toshkentda “PDP VISION 2030” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27-fevral kuni Toshkent shahridagi “Trilliant” biznes majmuasida O‘zbekiston IT sohasi kelajagiga bag‘ishlangan “PDP VISION 2030” taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir PDP EcoSystem tomonidan tashkil etilib, mamlakatda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan IT mutaxassislarini tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi. Mazkur taqdimotda Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari, yirik biznes egalari, IT sohasi mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

6️⃣ Tadbir davomida PDP EcoSystem asoschisi, tadbirkor Odilbek Mirzayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston IT sanoatining jadal rivoji, raqamli ekotizimni mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar hamda PDP EcoSystem doirasida rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, “PDP VISION 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari taqdim etildi. Jumladan, IT ta’limini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va innovatsion dasturlarni ishga tushirish borasidagi tashabbuslar ommaga taqdim etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/38285

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺digitaluz">Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

✨ Umid – bir vaqtning o‘zida xavfli va ulug‘ tuyg‘u! ✨

Qanday qarashingiz o’zingiz tanlovingiz!

Hayotimizda umid katta kuch va yo‘nalish beruvchi narsa bo‘lishi mumkin. Lekin ba’zida u noto‘g‘ri yo‘naltirilsa, ortiqcha kutishlarga sabab bo‘lishi ham mumkin.

Bu fikrga qanday qaraysiz? Sizningcha, umidning xavfliligi nimada? 💭

💬 Fikringizni izohlarda qoldiring, kechroq o‘qib tanishib chiqaman!

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Men baxtliman! 😊
Yo‘l – bu faqatgina manzilga yetib borish vositasi emas, balki tafakkur uchun eng zo‘r muhit! Yo‘lda ketayotganda qilayotgan ishlarimiz, kelajak rejalarimiz haqida o‘ylashga vaqt topamiz.

Bugun o‘zimga savol berdim: “Nima uchun men qilayotgan ishimdan zavq olaman?
Javob aniq: Men yoqtirgan ishimni qilaman va qilgan ishimni yoqtiraman!

💡 Qilayotgan ishimni yoqtirishimning 5 asosiy sababi:
1️⃣ Ta’lim – yangi avlodga bilim ulashish.
2️⃣ Zamon bilan hamnafaslik – doimiy o‘sish va rivojlanish.
3️⃣ Texnologiyalar – innovatsiyalar bilan ishlash zavqi.
4️⃣ Jamiyatga manfaat – atrofdagilarga foyda keltirish.
5️⃣ Oxirat uchun zaxira – qilayotgan ishimning oxirat uchun umid.

Shu sababli, har kuni ishga kirishar ekanman, o‘zimni baxtli his qilaman. Siz-chi? Siz qilayotgan ishingizni yoqtirasizmi? Fikringizni izohlarda bo‘lishing! 💬

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Kutilayotgan imkoniyatlar taqdim etmoqda ..

https://youtu.be/YkCDVn3_wiw

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🤖 ChatGPT o1 Pro tajribasi!

🚀ChatGPT o1 Pro'dan faol foydalanayapman. Javob berish vaqti o‘rtacha 2 daqiqa, lekin sifat ancha yuqori.

Yaqin kelajakda bu texnologiya tezroq, arzonroq va ommaboproq bo‘lishi aniq. AI'ning rivojlanishi hayotimizni yanada qulay qilishda davom etmoqda.

💬 Siz ham sinab ko‘rdingizmi? Fikringiz qanday? Izohlarda bo‘lishing!

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📚 Managementni zamonaviy menejmentning otasi – Peter F. Druckerdan o‘rganmoqchiman!

Peter F. Drucker – menimcha, zamonaviy menejmentning otasi. Uning falsafasi va yondashuvlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Drucker menejmentni faqat biznesga oid tizim deb emas, balki har bir inson hayotiga va jamiyatga ta’sir qiluvchi kuch sifatida qaraydi.

Ushbu kitobda Drucker rahbarlar uchun muhim bo‘lgan uch asosiy tamoyilni yoritadi:
1️⃣ To‘g‘ri ishni tanlash.
2️⃣ Samaradorlikni qanday oshirish mumkin?
3️⃣ Vaqtni samarali boshqarish san’ati.

Druckerning fikricha, samarali rahbar bo‘lish bu tug‘ma iste’dod emas, balki o‘rganiladigan va rivojlantiriladigan ko‘nikma.

Bu kitob nafaqat rahbarlar, balki rivojlanishni istagan har bir inson uchun foydali bo‘lishiga ishonaman.

💡 Kitobdan muhim fikrlar va tajribalarimni bo‘lishib boraman.

Kitobni yuqori sifatda yetkazib bergan, qadriyatli kompaniya Asaxiy Books'ga rahmat.


📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📣 PDP Junior'da nimalar bo'lyapti?

🏢 Avval xabar berganimizdek, endilikda robototexnika va IT bilimlarini yoshlar orasida keng yoyish maqsadida maktablarga ekskursiyalar tashkil qilmoqdamiz.

📍 Ko'plab talab va iltimoslarga binoan navbatdagi tanishtiruv Toshkent shahri, Sergeli tumanida joylashgan 322-maktab o'quvchilari bilan bo'lib o'tdi.

😎 O'quvchilarning texnologiyalar bilan ilk tanishuvlari ularning hayotlariga qay darajada katta ta'sir ko'rsatganini ko'rmoqchi bo'lsangiz, videoni albatta tomosha qiling!

🔜 Keyingi manzilimiz sizning maktabingiz bo'lishini xohlaysizmi? Maktab raqamingizni izohlarda yozib qoldiring!

Ma’lumot uchun:
📞 | +998787777477

1️⃣ @PDPJunior

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Ochiq va shaffoflik

“OKR'lar tashkilot bo‘ylab ochiq va shaffof bo‘lishi kerak. Shaffoflik mas'uliyatni oshiradi. Har bir inson boshqalarining maqsadlarini ko‘rganda, bu umumiy maqsad hissini yaratadi va odamlarni o‘z majburiyatlariga nisbatan ko‘proq javobgar qiladi."

📌 Blogimga tashrif: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📖 "Measure What Matters" kitobidan yana bir qiziqarli bobni o‘qib chiqdim – "The Father of OKRs". Andy Grove aytganidek:

"Ko‘p odamlar juda qattiq ishlaydi, ammo juda oz natijaga erishadi."

💡 Men uchun muhim xulosa:
Muhandislik fikrlashining kuchi nafaqat texnik sohalarda, balki biznes va menejmentda ham samarali yondashuvlar yaratishda yordam beradi. OKRning samaradorligi ham shunda – har bir maqsad va natijani aniq belgilash va ularga tizimli erishish.

🌱 O‘qish davomida yana ko‘plab qiziqarli xulosalarni blogimda bo‘lishaman!

📌 Blogimga tashrif: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📖 Yangi o‘qishni boshlagan kitobim – "Measure What Matters". Kitobning ilk bo‘limidayoq Yogi Berraning chuqur mazmunli so‘zi meni o‘ziga tortdi:

"Agar qayerga borishni bilmasangiz, u yerga yetib bormasligingiz mumkin."

– Yogi Berra

Bu jumla oddiy va biroz yumorli, ammo nihoyatda muhim haqiqat: aniq maqsad va natijalarni belgilamasdan, o‘sishga va rivojlanishga erishish qiyin.

🔑 Ushbu kitobda OKR (Objectives and Key Results) tizimining samaradorligi haqida so‘z boradi. Ayniqsa, Google kabi gigant kompaniya muvaffaqiyatida OKR tizimining o‘rni katta ekanligi kitobdagilarni qo'llashga undaydi.

✍ Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🌟 Baxt nimada?

Baxt – har birimiz intiladigan, ammo ko‘pincha turlicha ta’riflanadigan keng tushuncha. Bugungi dunyoqarashim va fikrlash tarzim bilan his qilganim shuki, Baxt – bu Seni tushunishlarida!

🎗 Ushbu hissiyotga erishishda katta hissa qo‘shgan, jamoaga liderlik qilayotgan PDP EcoSystem CEO'si, Jiemurat Polatbayevichga va barcha jamoa a’zolaridan minnatdorman. Shuningdek, bu fikrni ilgari surgan PDP EcoSystem COO'si, Timurbek Ulug'bekovichga alohida minnatdorlik bildiraman.

📊 Strategic Session 2025 Egypt nafaqat ulkan rejalar, balki ajoyib tuyg‘ular va jamoaning hamjihatligi bilan ham esda qoldi. Bu jarayon men uchun o‘zini anglash va baxt tushunchasini yana bir bor qayta kashf qilish imkonini berdi.

Alhamdulillah. 😊

Odilbek Mirzayev

Sizningcha, baxt nima?
Izohlarda fikringizni bo‘lishishingiz mumkin!


1️⃣ @pdpecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

❗️Ta'lim sohasining davlat va jamiyat rivojidagi o'rni qanchalik salmoqli ekanligi barchaga ma'lum. Millat ravnaqiga daxldor bo'lgan bu tizimni yetaklovchi asosiy kuch bu pedagoglar hisoblanadi. Malakali va bilimli o'qituvchilar jamiyat uchun haqiqiy xazinadir.

🎗PDP EcoSystem'da jamoa tarkibidagi ustozlar faoliyatini e'tirof etish maqsadida maxsus tadbir tashkil etildi. Fidoyi murabbiylarga tashakkurnomalar taqdim etildi va katta davra suhbati o'tkazildi.

⚡️Biz o'qituvchi va murabbiylarimiz mehnatini qadrlaymiz va doimiy ravishda e'tirof etamiz hamda kelajak kadrlarini yetishtirishda kuch-quvvat tilab qolamiz!

1️⃣ @pdpecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Qadrli maslahatlar natijasi.

Ish faoliyatimda talabalarimizga aniq feedbacklar va foydali maslahatlar berish har doim asosiy vazifalarimdan biri bo'lib kelgan. Har bir talaba bilan suhbatlashganimda, ularning maqsadlariga erishish yo'lidagi harakatlariga yordam berishga intilaman. Besh kun avval, talabamiz Xushnudbek Ravshanov mendan qanday qilib ko'proq energiya olish va vaqtini samarali boshqarish haqida savollar berdi. Bu mavzularda unga kitob tavsiya qildim.

Bugun, Xushnudbek kitobni o'qib, olgan bilimlarini men bilan bo'lishdi. Shuni aytishim mumkinki, unga ajratgan vaqtim va energiyam samara berayotganini his qildim. U o'z oldiga qo'ygan katta maqsadlarni amalga oshirish yo'lida bor kuchi bilan harakat qilmoqda va men bu yo'lda uni qo'llab-quvvatlayman.

Xushnudbekning o'z ustida ishlashi, maqsadga erishish uchun intilishi nafaqat uning, balki barcha talabalarimiz uchun ilhom manbai bo'lib xizmat qiladi. In shaa Alloh, u yuksak marralarga erisha oladi.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🤩Mahallalarda ham mana shunday fidoiy mutaxassislar ishlayotgani quvontiradi. Bu loyihaga samimiy beg'araz yordam berayotgan barcha insonlardan Alloh rozi bo'lsin.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Liderlik – bu avvalo niyatni to'g'rilash, his qila olish, tushuna olish, tushuntira olish, tushunganini his qila olish va noaniqlikni yechish, harakat kelish yoki harakatga keltirish, har qanday natijani qabul qilish va xolis tahlil qilish!

💬 Biroz qiyinroq jumlalar bo'lishi mumkin, nima tushunganingizni izohlarda qoldirishingiz mumkin! Imkon topib o'zim ham batafsil izoh berishga harakat qilaman.

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Bugun “PDP Vision 2030” keldik, aura bomba, yaxshi odamlar, goʻzal maqsadli jamoa, doʻstlar hamma shu yerda.

Odilbek aka Alloh xayrli qilsin. Bardavom qilsin!

Omad yordir dovyuraklarga!

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

⚡️ 2030-yilga qanday maqsadlar bilan yo‘l olmoqdamiz?

■️ Talabalarimizni qanday imkoniyatlar kutmoqda?
■️ Investorlar uchun qanday eksklyuziv takliflar tayyor?
■️ Startuperlarga qanday qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratmoqdamiz?
■️ Bizneslar uchun qanday innovatsion yechimlar taqdim etamiz?

🚀 Siz ham biz bilan birga katta o‘zgarishlar sari yo‘l olishga tayyormisiz?

1️⃣ PDP EcoSystem – Dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiring!

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Mazza qilib ishlaydigan kunlar kelayapti ...

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

"Raqobat mahsulotlarda eng yaxshisini, insonlarda esa eng yomonini yuzaga chiqaradi."
Devid Sarnoff

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

DeepSeek is busy:)

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🌟 Kun tartibidan — kompaniyaning strategik rejalashtirishgacha! 🌟

Ko‘pchilik yangi ish boshlashdan oldin uning murakkabligi yoki hajmidan cho‘chiydi. Ammo haqiqiy rivojlanish mukammallik bilan emas, balki kichik va izchil qadamlar bilan boshlanadi.

Men ham oddiy kun tartibimni yaxshilashdan boshladim. Oradan bir necha oy o‘tib, bu kichik g‘oya kompaniyamiz uchun muhim strategik tizimga aylandi. Ushbu video orqali o‘z tajribam va o‘y-xayollarimni siz bilan baham ko‘rmoqchiman. Balki bu siz uchun ham yangi imkoniyatlarning eshigini ochar.

🎯 Asosiy mavzular:
🔍 Strategik rejalashtirishning boshlang‘ich nuqtasi.
🛠 Kichik qadamlarni katta ta’sirga aylantirish usullari.
🌟 O‘zgarishlarni qabul qilish va rivojlanish tamoyillari.

🎥 Videoni tomosha qiling, fikringizni qoldiring va o‘zgarishlar sari ilk qadamni qo‘ying:
Instagramda ko‘rish

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🎉 PDP Junior taqdimot tadbiridan so‘ng ota-onalarning ko‘zlarida farzandlaridan faxr tuyg‘usini ko‘rish — bu bizning eng katta mukofotimiz! Ular oldidagi va’damizni amalda bajarayotganimizni his qilish haqiqatan ham maroqli va ilhomlantiruvchi.

📹 Video lavha: YouTube
📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Aslida kitobning 1-bobidan juda ko'p insightlar mavjud. Hammasi ham yetkazishga vaqt yetmaydi.

📌 Blogimga tashrif: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📌 "Measure What Matters" kitobidan yana bir chuqur fikr bilan bo‘lishmoqchiman:

"Ideas are easy. Execution is everything."

Men bu jumlani quyidagicha talqin qilaman: G'oyalar va fikrlar quruq gap. Bajarilishi esa hamma narsa!

G‘oyalaringizning haqiqiy qiymati ularni qanday amalga oshirishingizda!

💡 Ushbu jumladan bir savol tug‘iladi:
Sizning hozirgi g‘oyangizni amalga oshirishda qanday tizimlar va yondashuvlar yordam beryapti? Ularning samaradorligini qanday oshirishingiz mumkin?

✍ Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Assalomu alaykum. Xayrli kech!

🌟 Endilikda blogimda hozirda o'qiyotgan kitoblarimdan insightlar ham berib boraman!

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Assalomu alaykum. Xayrli kech.

Ustozimiz Azizjon Gapparov o'z kanallarida jonli suhbat o'tkazayaptilar. Kuzatib borishni tavsiya qilaman.

👉 /channel/azizjongapparov?livestream

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

1️⃣ PDP EcoSystem'da mavsumning eng dolzarb masalalari muhokamasiga bag'ishlangan an'anaviy "Big day" bo'lib o'tdi.

📉 Mazkur tadbir davomida, kompaniyada amalga oshirilishi ko'zda kutilayotgan hamda hayotga tadbiq etilgan loyihalar atroflicha tahlil qilindi.

📝Yaqin oylar davomida rejalashtrilgan bir qator takliflar qayta o'rganib chiqildi. Qizg'in munozara davomida kelgusida amalga oshiriladigan dasturlar aniq belgilandi va tegishli topshiriqlar berildi.

1️⃣@pdpecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

❗️Kuni kecha PDP EcoSystem jamoasi uchun mehmonimiz Shuhrat Xoltayev ishtirokida maxsus seminar-trening tashkil etildi.

📈 Bir necha soat davom etgan jarayon mobaynida, qadriyatlarga asoslangan kompaniya yaratish va shu orqali yuqori natijalarga ko'tarilish, to’g’ri jamoa shakllantirish borasida bir qator muhim mavzular muhokama qilindi.

🌐 AQSHning eng yirik kompaniyalarida faoliyat olib borgan, ko'p yillik tajribaga ega mehmonimiz bilan tashkil etilgan mazkur treningda qatnashchilar o'z qarashlarida yangi burilish yasadi deyish mumkin.

🤝️️️️️️ Tashrif uchun Shuhrat Xoltayevga PDP EcoSystem jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

1️⃣ @pdpecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📑 Yana bir sermahsul oy yakunlangani munosabati bilan PDP EcoSystem jamoasi keng ko‘lamdagi “Mothly meeting"ga yig‘ildi.

📌 2-avgust kuni iyul oyi hisobotlari bo‘yicha tahlil o'tkazish va yangi loyihalar muhokamasi uchun oylik yig'ilish tashkil etildi. Bu yig'ilishda PDP EcoSystemning barcha TOP menejerlari ishtirok etishdi va bir qator muhim masalalar yuzasidan qizg'in suhbat bo'lib o'tdi.

🤝 PDP EcoSystem jamoasining har bir qabul qilayotgan qarorlari hozirgi vaqtda o’qib turgan va kelajakda bizning loyihalarimizda ta’lim oladigan minglab yoshlarning hayotlarini yaxshi tomonga o’zgartirishga sababchi bo’lishiga aniq ishonamiz.

1️⃣ @pdpecosystem

Читать полностью…
Subscribe to a channel