odilbekmirzayev | Unsorted

Telegram-канал odilbekmirzayev - Mirzayev's Mind

-

▪️ Entrepreneur ▪️ Investor ▪️ Developer Omad yordir dovyuraklarga! • Судьба благоволит храбрым! • Fates Favors the Brave!

Subscribe to a channel

Mirzayev's Mind

🪫Kontraktni to'lay olmayman, moddiy imkoniyatim yetarli emas, lekin IT sohasini o'rganmoqchiman!

💡Ko’p yoshlarimiz shu gapni aytishadi. Endi shunday IT sohasiga qizigan, lekin moddiy imkoniyati yetali bo’lmagan abituriyentlar ham Grant asosida PDP talabasiga aylanishlari mumkin.

❗️Unicorn granti bu - Yetakchi kompaniyalar tomonida ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari uchun ajratilgan grant hisoblanadi.

Grant haqida batafsil Unicorn.pdp.uz saytida ma’lumot olishingiz mumkin.

2️⃣ @pdpunicorn

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Odilbek Mirzayev bilan jonli efir boshlandi 🔥

Marafonga qo’shilish uchun havolaga bosing: https://www.youtube.com/watch?v=4Z_Tal68UEE

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

TA’LIM MARAFONIMIZ BOSHLANDI 🔥

Hoziroq quyidagi link orqali jonli efirga qo’shiling👇🏻

Havolaga bosing: https://www.youtube.com/live/l4RbXfhxTPA

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

1️⃣ PDP EcoSystem asoschisi Odilbek Mirzayev boshchiligida kecha, 5-iyul kuni navbatdagi katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda jamoamiz yangi loyiha bo‘yicha muhokama o‘tkazdi, yangi talabalar qabulini ko‘rib chiqdi va talabalarimizning yanada yaxshiroq natijalarga erishishi uchun nimalar qilishimiz kerakligi haqida fikr almashdi.

🎯 Yig‘ilish davomida har bir loyiha rahbarlari o‘zining muvaffaqiyatlari va duch kelgan qiyinchiliklarini tahlil qilib, kelgusi oy uchun aniq rejalar belgilab oldi.

1️⃣ PDP EcoSystem jamoasi sifatida biz barchamiz birgalikda yuqori marralarga erishish uchun yana bir qadam tashladik.

🔛 Yaqin kunlarda yangi loyihamizni e’lon qilamiz, bizni kuzatib boring!

1️⃣ @pdpecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

BARCHA ABITURIYENTLAR DIQQATIGA❗️

1️⃣ PDP University asoschisi Odilbek Mirzayev va bir qator muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan birgalikda “Qanday qilib kelajagingizni belgilaydigan Universitet tanlash?” mavzusida ta’lim marafonini tashkil qildik.

Ushbu marafonda siz:

- Hayotingizni va ta’limingizni qanday rejalashni;
- Universitet tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini;
- Qanday qilib GRANT asosida talaba bo’lish mumkinligi haqida to’liq bilib olishingiz mumkin.

📆 Ta’lim marafoni 10-11-12-iyul kunlari bo’lib o’tadi.

Hoziroq quyidagi havola orqali eng katta ta’lim marafonimizga qo’shiling va kelajagingizni belgilashga birinchi qadamni qo’ying!

🔗 Marafonga qo’shilish uchun havola: @talim_marafoni

Mehmon spikerlar haqida ham marafonimizning rasmiy kanalida bilib olishingiz mumkin.

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

⚡️PDP Universityda xalqaro hamkorlik muzokaralari!

💼 PDP University xalqaro ta’lim tashkilotlaridan biri Pearsonning O’zbekistondagi vakili Abdurashid Yakubov va Buyuk Britaniyaning nufuzli Portsmouth Universiteti vakili David Warddan iborat delegatsiyani mamnuniyat bilan kutib oldi.

🔥 Bizning munozaralarimiz qiziqarli hamkorlik imkoniyatlarini o'rganishga qaratildi! Biz talabalar almashinuvi dasturlari, Pearson BTEC xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim dasturlarini Portsmouth Universiteti o‘quv dasturi bilan integratsiyalash va boshqa masalalarda hamkorlik qilish borasida muzokaralar o’tkazdik.

📌 PDP University - raqamli ta’lim raqamli kelajak uchun!

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

1️⃣ PDP EcoSystemda may oyining sarhisobi yig‘ilishi so’nggida asoschimiz Odilbek Mirzayev jamoamizni ruhlantirdilar.

Kompaniya rivoji uchun professionallik va jamoaviy harakatning muhimligini, har birimizning qaror va harakatlarimiz yoshlarning kelajagini yaxshi tomonga o'zgartirishini har bir qatnashchilarga eslatdilar.

Shuningdek Odilbek Mirzayev, o’zgarishlarimizni avvalo o'zimizdan boshlashimiz kerakligini aytib, kelajakda global korporatsiyaga aylanish maqsadimizga ishonch bildirdilar va barchamizni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta'kidladilar.

1️⃣ @pdpecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

PDP Ecosystemda Spring TechFest tadbirining so’nggi haftasi bo’lib o’tdi.

🚀 Bugungi tadbirimizda hozirgi kunda IT mutaxassislar orasida eng dolzarb bo’lgan Karyerani boshlash va kasbiy rivojlanish haqida spikerlarimiz o’zlarini bilimlari bilan bo’lishib o’tishdi.

📺Tadbirimizni to’liq holdagisini Youtube kanalimizda tez orada ko’rishingiz mumkin!


1️⃣ @pdpecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

“Hacknovation-2024” hakatoni

💻 Toshkent shahridagi Amity universiteti va O‘zbekiston IT-hamjamiyati tomonidan tashkil qilingan “Hacknovation-2024” tadbirida PDP School'ning o'quvchi qizlari bugungi texnologik landshaftdagi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalari bilan qatnashishdi.

😊 O'quvchilarimizga bundan keyingi o'quv jarayonlarida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz, va kelajakda bundanda a'lo natijalar ko'rsatishlariga ishonamiz!

PDP School - yorqin kelajakka ilk qadam shu yerdan boshlanadi!

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Ruhiyat — yangi loyihalar uchun muhim omil.

Biror loyihaga kirishish uchun nafaqat jismoniy, moddiy, tajriba va ilm tomondan tayyor bo’lishingiz, balki ruhiy tomondan ham yetuk bo’lishingiz lozim. Ruhiy holatimizning barqarorligi va yuqori darajada bo’lishi bizni har qanday to’siqlardan muvaffaqiyatli o’tkazadi va maqsadlarimizga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

In shaa Alloh, barcha tomondan yangi loyihaga tayyormiz. Yaqin davr ichida PDP EcoSystem tarkibiga kiruvchi navbatdagi yirik loyihamiz start oladi.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

#inson / #siyosat /

Insonlar fikrlash uslubiga ko'ra 2 xil bo'ladi.
Siyosatchi va Tadbirkor

Siyosatchi — O'zi ta'sir o'tkazolmaydigan masalalarni o'ylaydi va ko'taradi.

Tadbirkor — O'zi erisha oladigan natijalar haqida o'ylaydi va amalga oshiradi.

Xo'sh, siz siyosatchimi yoki tadbirkor?
(Mr.Ustoz)

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

OGOH BO’LING❗️

Hurmatli kuzatuvchilar kimdir mening nomimdan soxta profil ochib, odamlardan kartaga pul o’tkazishlarini so’rayotgan ekan.

Iltimos bunday xabarlarga aldangmang. Men hechkimga bunday xabar yubormayman.

Agar sizga ham kimdir shu mazmunda yozadigan bo’lsa, darhol @Odilbek_Mirzayev_aloqabot ga murojaat qilishingizni so’rayman.

Bunday noma’qul ishlarni qilayotgan insonga ham insof berishini tilab qolaman.

Hurmat bilan Odilbek Mirzayev

📣 Blogim: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

1️⃣PDP Spring TechFest navbatdagi tadbiri mehmoni MyTaxi, Express24 va Workly kabi yirik kompaniyalarning asoschisi Akmal Paiziev.

🧑‍💻 Tadbir mavzusi: Software engineering.

Bu soha haqida chuqurroq bilim olishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat. Bu tadbirda PDP Ecosystemning talabalari va o'quvchilari qatnashishlari mumkin.

🎗PDP Spring TechFest orqali siz nafaqat yangi bilimlarga ega bo'lasiz, balki soha mutaxassislari bilan tajriba va fikr almashish imkoniyatini ham qo’lga kiritasiz.

📆Tadbir sanasi: 8-may, soat 10:00 da.

👉🏻 @pdp_ecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Sun'iy intellekt bilan yarating!

"Build with AI" tadbirlar seriyasi Google'ning eng so'nggi sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda sohani o'rganish va yaratish imkonini beradi.

Ushbu tadbirning ML, Android, Web va Gemini bilan bog'liq ajoyib seminarlari endi PDP University'da bo'lib o'tadi!

🥳 Aynan sizda ham, ushbu tadbirda ishtirok etish va chet eldan tashrif buyuradigan mutaxassislardan kerakli bilimlarni olish imkoniyati mavjud!

🕖 Vaqti: 2024-yil, 4-may, 10:00 - 17:00
📍 Manzil: PDP University, Event Zone.

🙌 Noutbuklaringiz bilan keling!

@STUDENTS_PDP

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Kecha bo’lib o’tgan PDP Spring TechFest’dan qaynoq lavhalar 🔥

Avvalroq aytib o’tganimizdek bu tadbirimiz IT sohasiga qiziquvchi barcha yoshlarni qamrab oladi.

Navbatdagi TechFest mavzusi Software Engineering. Albatta bu tadbirimizda ham yurtimizdagi TOP biznes egalari va mutaxassislarini spiker sifatida taklif qilganmiz.

Siz kimlarni chaqirishimizni xohlar edingiz? Izohlarda yozib qoldiring👇🏻

1️⃣ @pdpecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🔋Unicorn loyihasi sabab ta'limni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan talabalar.

👉To'liq videoni you tube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
https://linktw.in/FriOSUG

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

JONLI EFIR BOSHLANDI🔥️️️️️️

Havolaga bosing: https://www.youtube.com/live/yyuCVYm3K6g

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

‼️ Hurmatli talabalarimiz va ularning ota-onalari!

Ijtimoiy tarmoqda bir tuhmatchi tomonidan universitetimiz haqida asossiz ma'lumot tarqatilgani yuzasidan murojaat qilmoqchiman. Jumladan, universitetimizda go'yoki talaba imtihondan yiqilsa, ustozlar 10% mukofot olishi haqida nohaq tuhmat qilingan. Bu gaplar yolg'on.

Sizlardan har qanday asossiz ma'lumotlarga ishonmaslikni va har doim ma'lumot manbalarining ishonchliligiga e'tibor qaratishingizni so'rayman!

Haqiqiy holatni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin:

https://telegra.ph/Hurmatli-talabalarimiz-va-ularning-ota-onalari-07-09

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Vazirlikka diplomsiz ishga kirish!

“Ko‘p narsa sizning harakatlaringizga bog‘liq”

⚡️Bugungi qahramonimiz PDP Academy talabsi Firdavs Olimjonov bo‘ldi.

🎥 Ushbu reportajda Siz Firdavs Olimjonovning IT’ga qanday kirib kelgani va qanday to‘siqlarga duch kelgani haqida bilib olasiz.

To’liq video soat 19:00 da You Tube kanalimizga joylanadi

Murojaat uchun:
📞78-777-47-47

🤖 @pdpaloqabot

🚀Telegram🌐Instagram 🟥YouTube

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🥇 Championlik sari ilk qadam ...

Bu shunchaki emotsiyalar emas, balki mag'lubiyatni qabul qila olmaslik va g'alaba ishtiyoqi. Ushbu xarakterni shakllantirayotgan ustozi Ibrohim Xudayberganovdan minnatdorman.

Alhamdulillah ...


Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

O'zbekistonda ham dunyo tan olgan gigant kompaniyalar bor.

✅ SAG gilamlari kompaniyasi ana shulardan biridir, chunki u gilam sohasida dunyoda 3-o'rinni egallagan.

▪️ Biznesni tizimlashtirish va HR bo'yicha ekspert Kozimxon To'rayev SAG kompaniyasiga maxsus biznes tashrif uyishtiribdilar.

▪️ Tashrif davomida multimillion dollarlik o'zbek kompaniyasining muvaffaqiyat sirlari batafsil yoritilgan.

✅ Quyidagi havola orqali o'tib, videoning to'liq formatini ko'rishingiz mumkin.

(Aytgancha, YouTube da eng yaxshi yozilgan izoh egasiga maxsus sovg'alari ham bor)

https://youtu.be/OC6Se_68Vi4?si=RMfRO0blYIJUuvvd

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

1️⃣ PDP EcoSystemda may oyining sarhisobi uchun TOP menejerlar o‘rtasida yig‘ilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida har bir loyihaning o'tgan oyda amalga oshirgan natijalari batafsil ko'rib chiqildi va yangi oy uchun topshiriqlar belgilandi.

Ushbu yig‘ilishning asosiy maqsadi PDP EcoSystem oldiga qo‘yilgan maqsadlarning muvaffaqiyatli bajarilishini nazorat qilish va yangi maqsadlarni belgilash edi. Har bir loyiha jamoasi o‘zining bajargan ishlari taqdimotini namoyish etdi, muvaffaqiyat va qiyinchiliklar tahlil qilindi.

Tadbir davomida biz o‘z oldimizga yangi va yuqori maqsadlarni qo‘ydik. Bularning barchasi PDP Ecosystem jamoasining fidokorona mehnati va yuksak intilishlari natijasida amalga oshadi.

1️⃣ @pdpecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

⚡️ 26-may sanasida, PDP School'da navbatdagi "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o‘tdi!

👨‍👩‍👧‍👧 Ota-onalar farzandlari bilan birgalikda maktab bilan yaqindan tanishishdi, yaratilgan shart-sharoitlarni o'z ko'zlari bilan ko'rishdi.
Shuningdek, maktab oshxonasida tayyorlanadigan taomlarni shaxsan oʻzlari tatib koʻrishdi.

🎥Tadbirning energiyaga boy atmosferasini yuqoridagi videoda tomosha qilishingiz mumkin!

Murojaat uchun: 
📞 | +998787777474

PDP School - yorqin kelajakka ilk qadam shu yerdan boshlanadi!

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

"Малый бизнес. Большая игра." (Aleksander Vysotsky) kitobi kirish qismining asosiy nuqtalari.

Kitobning kirish qismida muallif o'zining biznesdagi tajribalarini baham ko'rgan va kichik bizneslarni muvaffaqiyatli boshqarish uchun muhim bo'lgan quyidagi asosiy tushunchalarni bergan:

1. Zo'r ideya emas, balki samarali boshqaruv tizimi muhim: Ko'plab muvaffaqiyatli kompaniyalar, masalan, McDonald's va Starbucks, o'zlarining exclusive mahsulotlari bilan emas, balki samarali boshqaruv tizimlari bilan muvaffaqiyatga erishganlar.

2. Birinchi biznes tajribasi va xulosalari: Muallif o'zining birinchi biznes tajribasi haqida hikoya qiladi va bu tajribadan ikki muhim xulosaga kelganini aytadi: Hokimiyat bitta qo'lda bo'lishi kerak va co-founderlar (sheriklar) kerak emas. U birinchi xulosa to'g'ri ekanini, ammo ikkinchisi noto'g'ri bo'lganini ta'kidlaydi. Muammo sheriklarning sonida emas, balki ularning boshqaruv uslubida bo'lgan.

3. Malakasizlik va muammolarni tushunish: Muallifning fikriga ko'ra, Agar odam malakasiz bo'lsa, u muammoning asl sababini tushunmaydi. Shuning uchun u o'z e'tiborini o'zi o'ylab topgan sabablarga qaratadi, bu esa, albatta, muammoni hal qilishga yordam bermaydi. Bu - muammolarning yechimida o'zingizga qulay sabablarni izlashdan ko'ra, haqiqiy sabablarni aniqlash muhimligini anglatadi.

Bo'limning oxirida kitobdan biz kompaniya boshqaruvining asosida nima yotganini anglash uchun o'z savollarimizga javob topishimizni va – eng muhimi – buni hatto kichik kompaniyada qanday qo‘llashni bilib olishimiz mumkinligini aytgan.

CEO of PDP EcoSystem, Jiemurat Mambetkarimov

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Otasi ChatGPT-4o - sunʼiy idrokning videoni tahlil qila oladigan yangi modelidan o'g'liga geometrik masalani yechishda yordam berishni soʻradi.

Lekin, yechimni to'g'ridan-to'g'ri bermasdan, yechimga yo'naltiruvchi savollar orqali yordam qilishni soʻradi.

Sunʼiy idrok buni real oʻqituvchidan qolishmaydigan, a'lo darajada uddaladi.

Taʼlim sohasida ham katta o'zgarishlar kutilmoqda.

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

OpenAI'ning texnik direktori Mira Muratti ChatGPT'ning yangi 4o versiyasini taqdim qildi. Bu yangi model rasm, audio va video ma'lumotlarni oldingilaridan ko'ra yaxshiroq va tezroq aniqlay oladi.

Masalan, siz tushunmaydigan tilda yozilgan taomnomani rasmga olib, uni tarjima qilidirishingiz va undagi taomlar haqidagi ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Yoki, televizorda bo'layotgan sport o'yinini ko'rsatib, ushbu o'yin qoidalari haqida so'rashingiz mumkin.

Videoda ChatGPT-4o tarjimon vazifasini a'lo darajada bajarayotganligini ko'rishingiz mumkin. Nazarimda, sun'iy idrok yo'q qiladigan eng birinchi kasb, tarjimonlik kasbiga o'xshayapti.

PS: ChatGPT-4o hozirda bepul taqdim qilinmoqda.

https://youtu.be/jay7kise3PI?si=clLFOFGF3Uu40YqN

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🎉 PDP Spring TechFest Week2

Navbatdagi tadbirimizda sizni nimalar kutayotganini yuqoridagi video orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Ushbu TechFest’da nafaqat PDP Ecosystem talabalari, balki har qanday IT sohasiga qiziquvchi yoshlar qatnashish imkoniyatiga ega.

📌Tadbir ertaga PDP University binosida soat 10:00 da boshlanadi.

📥 PDP Spring TechFestda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro’yxatdan o’ting.

Ertangi tadbir Agendasi

1️⃣ @pdpecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

O’g’limning futboldan keyingi kayfiyati 🥲

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

⚽️ Birga futbol ko’ramizmi? Barcha Futbol muxlislarini PDP University Event Zone’ga kutib qolamiz.

Bugun U-23 milliy terma jamoamiz Yaponiya bilan qarshi maydonga tushadi.

1️⃣Odilbek Mirzayev va PDP Ecosystem talabalari bugun 20:30 da Event Zone’da o’yinni tomosha qilish uchun yig’iladi.

Ushbu o’yinni ko’rish uchun barcha PDP Ecosystem a’zolarini taklif qilamiz.

🇺🇿 O’zbekiston U-23 jamoasiga omad yor bo’lsin!

@pdpecosystem

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🇺🇿 Men mashaqqatlarni yaxshi ko'raman, chunki rivojlanish va taraqqiyot "imkonsiz"larni amalga oshirishdan keyin keladi.

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 I love set challenges because I believe development and evolution come from demanding the “impossible“.

Mohammed bin Rashid Al Matoum.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…
Subscribe to a channel