▪️ Entrepreneur ▪️ Investor ▪️ Developer Omad yordir dovyuraklarga! • Судьба благоволит храбрым! • Fates Favors the Brave!
Turk litseylari Rossiyada ham ochilgan, lekin natijasi bo’lmagan. Bunga sabab talantlarni ulardan oldin fransuz va nemis litseylari saralab olib bo’lishgan…
Nomlarini oshkor qilishni xohlamagan bir akamizning fikrlari
P/s: Bu bilan nima demoqchiman, agar IT sohada muvaffaqiyat qozonmoqchi bo’lgan fundamental bilimlari yuqori yigit-qizlarni ko’rsangizlar Odilbek aka Sizlarni PDP Academyda kutayaptilar deb yuboringlar. Rahmat 😊
Blog: @OdilbekMirzayev
🔥 Qaynoq yangilik
Umumiy qiymati ~1 200 000 000 (1mlrd 200 mln 😋) SO'Mlik ta'lim granti e'lon qilayapmiz.
🔜 Batafsil tez kunda ...
Blog: @OdilbekMirzayev
Muzaffar aka Karabayev bizga plankalarni balandroq qo'yib berayapti. Sizga havas qilamiz. Yangi loyihalaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Alisher aka, ajoyib suhbat uchun tashakkur.
👉 https://youtu.be/9TR-EtfNwW0
Kim bir yilda IT mutaxassis bo'la oladi?
Bugun "Kim bir yilda IT mutaxassis bo'la oladi?" mavzusida 🟢// PDP Academy asoschisi Odilbek Mirzayev bilan suhbat bo'lib o'tadi.
❓Bu suhbatda: Aslida IT kimlar uchun?
IT mutaxassis bo'lish uchun bir yetarlimi?
IT mutaxassis bo'lgandan keyin qanday karyera qilish mumkin? kabi savollarga shaxsan Odilbek Mirzayevdan javob olishingiz mumkin.
Agar siz ham ushbu jonli muloqotda qatnashmoqchi bo'lsangiz 👉🏻@PDPSupportBot orqali ro'yxatdan va o'z o'rningizni band qiling.
🗓Suhbat bugun soat 19:00da PDP Academy binosida bo'lib o'tadi.
☎️ (78) 777-47-47
👩💻Suhbatga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @PDPSupportBot
Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz
Website | Instagram | Youtube| pdpuz">TikTok
Har bir ishni o'z professionali qilgani ma'qul ...
IT sohasida ingliz tilisiz muvaffaqiyatli karyera qurib bo'lmaydi. Talabalarimizga ham bu yo'nalishda bilim olishni targ'ib qilib kelamiz. Xalqaro kompaniyalarda ish boshlash uchun ham birinchi filter bu — ingliz tili.
Talabalarimiz ingliz tilini qayerda o'rganish mumkinligi haqida ko'p so'rashadi. Biz bu borada uzoq yillar davomida ko'pchilikning ishonchini oqlab kelayotgan Inter Nation School ingliz tili kurslarini tavsiya qilamiz.
Kecha PDP Academy va Inter NationSchool o'rtasida hamkorlik memorandumlariga imzo qo'yildi. Yaqin muddatda ikki tomon bir-biri bilan tajriba almashishni yo'lga qo'yish maqsad qilinmoqda. Kelgusi haftada Inter Nation School bilan hamkorlikda turli xil tadbirlar bo'lib o'tishi kutilmoqda.
☎️ +99878-777-77-07
📩 @inter_nation
👉🏻@OdilbekMirzayev
Instagram | Facebook | odilbekmirzayev">Tik Tok
In shaa Alloh, bu boshlanishi. Bu yangilik juda xursand qildi.
Xalqaro bozorga qaratilgan, Dubayda joylashgan va o'zbek ildizlariga ega startup (dasturlash asosan O'zbekistonda + asoschisi Muzaffar Karabaev) 1,2 million dollar investitsiya jalb qildi!
O'zbekistonning startup ekotizimi aynan mana shunday yangiliklarga ko'proq ehtiyoj sezmoqda, bu sohaning rivojlanishi uchun haqiqiy lokomotiv bo'ladi.
Muzaffar aka va jamoani tabriklayman!
Bu muvaffaqiyatlarda bizning bitiruvchilar ham hissasi bo'lishi yanada yoqimli. (Shoxrux Jurayev, 2018-2019 Bootcamp G1 talabasi.)
Manba:
👉 https://www.menabytes.com/zip24-1-2-million
❗️Agar iqtidorli bo'lmasangiz, bu xabar Siz uchun emas ...
#ulashing #please
Manzil: @OdilbekMirzayev
⚖️ Aql tarozisida tortib ko'rilmagan har qanday bilim asossizdir
Akademiyamizda ko'plab o'zgarishlar yuz beryapti, ular haqidagi fikr va mulohazalaringiz biz uchun muhim.
Xabaringiz bo'lsa, biz ta'lim yo’nalishimiz rejalariga o'zgartirishlar kiritdik va may oyidan boshlab talabalarimizni asosiy guruhlarga Foundation kursi yoki sinov imtihoni asosida o'qishga qabul qilyapmiz. Foundation kurslari 3 oyga mo'ljallangan bo'lib, unda talabalarga dasturlash, algoritmlash asoslari, IT sohasida yo'nalish tanlash bo'yicha bilimlar beriladi. Shuningdek, talabalarning o'zlashtirishini nazorat qilish maqsadida oy(modul) yakunida sinov imtihonlari o'tkaziladi va sinovdan o'tganlargagina keyingi modulda o'qishga ruxsat beriladi.
Shu vaqtgacha, Foundation kurslariga 200 nafardan ziyod talaba ro'yhatdan o'tib o'qishni boshlashdi. Kecha 1- modulni yakunlagan dastlabki Foundation guruhlarida modul yakunlari bo'yicha sinov imtihonlarini o'tkazdik. Ushbu sinov imtihonida ishtirok etgan 48 nafar talabalardan 18 nafari imtihondan o'ta olmadi. Shunday bo'lsa-da, bu talabalarga qayta imtihon topshirish imkoniyatini berishga qaror qildik. Agar bu talabalar ikkinchi imtihondan ham o'ta olmasalar, ularga ushbu ta'lim modulida qayta o’qish uchun 50 foiz chegirma asosida o'qish imkoniyatini taqdim etmoqchimiz.
Mentorlarimizning xulosasiga ko'ra, 18 nafar talabadan 7-8 nafari o'zlashtirishi sust, ammo shunday bo'lishiga qaramay, ular dasturlashni ishtiyoq bilan o'rganishga ahd qilishgan. Bunday talabalarga imkon berishda davom etish qanchalik to'g'ri degan savol tug'iladi?
❓Bu masalaga Siz qanday yechim topgan bo'lardingiz? Ularga qayta imkon berish yoki bermaslik xususidagi fikr va tavsiyalaringizni izohlarda kutib qolgan bo'lardik.
👉🏻@OdilbekMirzayev
Instagram | Facebook | odilbekmirzayev">Tik Tok
🔥 Zo'r imkoniyat! PDP Foundation sertifikatini 1 kunda bepul qo'lga kiriting!
🧗♂️ Dasturlashga oid boshlang'ich bilimlaringizni sinovdan o'tkazib, yangidan-yangi marralarni zabt etmoqchimisiz? Unda Foundationsiz kurslar uchun maxsus bepul sinov imtihonida qatnashing.
👨💻 Ushbu sertifikat Sizga Foundation kursisiz odatiy va Bootcamp dasturlash kurslarini o'qishni boshlash imkoniyatini taqdim etadi.
🥳 Sinov imtihonlarimizdan muvaffaqiyatli o'ta olgan har bir talabaga ushbu sinov imtihonidan o'tganligi to'g'risida maxsus sertikat taqdim etiladi.
🗓Imtihon 20-iyun, yakshanba kuni quyidagi vaqtlarda bo'lib o'tadi:
🕞11:00 🕖15:00
Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko'chasi, 3A.
Mo'ljal: Chorsu, Florensiya to'yxonasi ro'parasida.
☎️ (78) 777-47-47
👩💻 Sinov imtihoniga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @PDPSupportBot
Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz
Website | Instagram | Youtube| pdpuz">TikTok
Biznes jarayonlardagi "ixtirolar"
Qisqa muddatlik tadbirkorlik tajribamdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, biznes jarayonlarda yangi "ixtirolar" qilish shart emas. Biznes bu — ilm. Ixtiyorimizda bizdan avval yaratilgan standartlar, qoliplar mavjud. Ularni o'rganib maqbulini tatbiq qila olsak bo'lgani. Ya'ni, tadbirkor sinovdan o'tgan shablonlarni o'z biznesiga ko'chirishi, kerak bo'lganda ularni modernizatsiya qilishni bilishi kerak. Manzilga eltuvchi yo'lni to'liq ko'rish shart. Yangidan-yangi, innovatsion g'oyalarning o'zi sizga ergasha boshlaydi.
Hozirgi kunda IT sohasi nafaqat butun dunyoda, balki Oʻzbekistonda ham jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Qayoqqa qaramang, siz va bizga o'xshash oddiy insonlarning ishlanmalari og'irimizni yengil, uzog'izmizni yaqin qilyapti va turli sohalar rivojiga katta hissa qo'shyapti. IT sohasi kelajakda bundan-da rivojlanishi, siz dovyurak yoshlarning qo'lida.
P/S: Inson hayotida ilm olishdan, o'rganishdan to'xtasa, rivojlanishdan ham to'xtaydi. Bilim — bu kuch!
Zo'r yangilik!!! Quvonchimizga sherik bo'linglar. Bir Bootcamp talabamiz EPAM (tasavvur qilayapsizmi?)ga boshlanishida 700 $ oylik bilan ishga kirdi. Odam shunaqa paytda maza qiladi.
Omad yordir dovyuraklar!!! (Xatolar bo'lsa, uzr. Hayajonda yozdim)
@OdilbekMirzayev
Bilgan so’zlamas, so’zlagan bilmas ...
So’zlayotgan so’zlarimiz hozirgi zamon va makon uchun to’g’ri ekanligini unutmasligimiz zarur. Chunki ilm olganimiz sari, fikrlashimiz o’zgarib, qarashlarimiz o’zimiz uchun eskirib boraveradi.
So’ngi bir yil davomida meni ayrim qarashlarim o’zgardi. Chin do’stlik, farzandlar kelajagi, jamoa a’zolariga munosabat, tadbirkorlik mohiyati va yana bir nechta qarashlar.
Shu o’rinda Alisher Isaev akani bir zo’r gaplari bor:
“Bosh yorilishi” + tafakkur = RIVOJLANISH
👉🏻@OdilbekMirzayev
Instagram | Facebook | odilbekmirzayev">Tik Tok
Nemis yozuvchisi Gyote shunday degan edi:
Hayot, jamiyat rivojlanib boraveradi, lekin yoshlar boshidan boshlashga majburlar.
Ps: Maktab bitiruvchilariga katta hayot yo’lida ulkan zafarlar tilayman. Omadingizni bersin 🤲😊
👉 https://youtu.be/P-9p3BQgyPs
Yaxshi g'oya Sizni ertalab uyg'otadi, ammo ajoyib g'oyalar tun davomida uxlatmaydi.
Читать полностью…Tafakkur lazzati ...
Aqlli insonni o'zining aqli bilan, hikmatlik dono insonni o'zining hikmati bilan va mushtahid insonni ishtihodi bilan lazzatlanishi, har qanday tana orqali oladigan lazzat(suv ichish, ovqatlanish, uxlash va hk)dan ko'ra ustun turadi.
Ibn Hazm rahimahullah
PS: Qur’oni karimda Alloh taolo o‘z bandalarini qayta va qayta da’vat etadiki: “Ko‘rgan… ko‘rmaydimiki…. ko‘rmadingmi… o‘ylamaysizlarmi?! Axir aql yurgizmaysizlarmi?… Ey mo‘minlar, o‘zingizni bilingiz!”.
Insonning ilmi va solih amallari bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Zero, ilm olib, unga amal qilmaydigan odam yomg'irdan bebahra tosh kabidir. Tafakkur qilish oliy ne'mat, solih amallar qilish esa bu ne'matning qadriga yetmoqlikdir.
Tafakkur lazzatini bergan O'ziga hamdu sanolar bo'lsin ...
Men o’zim va yoshlarimizdan nima xohlayman:
Faqat kasb orqali pul topib oila tebratish, mashina olish, “uchastka” qurish bilan cheklanadigan emas, balki dunyoni yaxshilanishiga ta’sir o’tkazadigan ishlar qilishiga, ummatni qudratli bo’lishiga hissa qo’sha oladigan yoshlar bo’lishini xohlayman.
Blog: @OdilbekMirzayev
Kimlar bir yilda IT mutaxassis bo’la oladi?
1. Qaysi “bozor”da ishlagan ma’qul?
2. IT ni o’rganib “surish” kerakmi?
3. Dasturlashni o’rganishda qanday stresslar mavjud?
Shu kabi savollarga ushbu video orqali javob olishingiz mumkin. Shuningdek endi dasturlashga kirayotganlarni ham «ожидания» larini to’g’rilab olishi mumkin bo’ladi.
Videoni quyidagi havola orqali o'tib tomosha qilishingiz mumkin:
👉🏻https://youtube.com/watch?v=e5MUFVVCgJ4&feature=share
👉🏻@OdilbekMirzayev
Instagram | Facebook | odilbekmirzayev">Tik Tok
Daromad izlashga salbiy qiyos beriladigan jamiyatda kambag’allik avj olishi muqarrardir.
Zafar Hoshimov (Korzinka.uz asoschisi)
Blog: @OdilbekMirzayev
Koreyscha xarakter… Bir inson bir vaqtda ikki xil qobiliyatga ega bo'lishi mumkinmi?
Xurshidbek aka Qurbonov akademiyamizda bir yildan beri online ravishda mentorlik qilib keladi. Bu fidokor insonning hayot yo'liga nazar solib, insonda bir vaqtda turli qobiliyatlar yaxshigina rivojlangan bo'lishi mumkinligiga guvoh bo'ldim. Dasturchi va mentorlik — insondan o'zgacha mas'uliyat, ishtiyoq, fikrlash va urinishni talab qiladigan kasblar, ikkala sohada ham birday mehnat qilayotgan insonlar ham oramizda ko’p emas. Men ana shunday noyob salohiyatni Xurshidbek aka Qurbonovda ko'rdim.
Mentorning talanti — bu muvaffaqiyatga ishonish qobiliyatidir. Bunday shaxsiy salohiyatga ega mentor kamdan-kam topiladi, chunki har bir talabada o'z kelajagiga bo'lgan ishonchni uyg'otish ularning kelgusidagi muvaffaqiyatini belgilaydi. Bu esa mentordan mehnat va mashaqqat talab qiladi. Xurshidbek aka, siz bilan birgalikda IT sohasida ko'plab muvaffaqiyatlarga erishamiz.
Omad yordir dovyuraklarga!
👉🏻@OdilbekMirzayev
Instagram | Facebook | odilbekmirzayev">Tik Tok
15 yoshli Abdulloh MIT da o’qimoqchi
Bugun Foundation imtixon topshirgan va 70% dan yuqori baho olgan yigitlarga sertifikat topshirdik. Shunaqa iqtidorlar yig'ilganki, ular bir yilda zo'r mutaxassis bo'la olishadi. In shaa Alloh
- Yonimda 15 yoshli Abdulloh ham bu imtixondan o'tgan. Maktabni biritib MIT da o'qiyman deyapti;
- 18-19 yoshli TATU ni 1-kurs talabalari ham bor. Bular o'z bilimlari orqali universitetga kirishgan;
- Bu yigitlar orasida matematika va informatikadan fan olimpiadalarida qatnashganlar ham bir nechta;
Omadingizni bersin iqtidorlar!
P/S: Eslatib o'taman. Bu sertifikat orqali PDP asosiy kurslari o'qish imkoniyati mavjud.
👉🏻@OdilbekMirzayev
Instagram | Facebook | odilbekmirzayev">Tik Tok
📸EPAM System va PDP Academy o'rtasidagi uchrashuvdan fotohisobot
Kecha PDP Academy rahbari Odilbek Mirzayev va Toshkent shahridagi EPAM System filali o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda har ikki tomon bir-biri bilan yaqindan tanishdilar va mavjud imkoniyatlar haqida ma'lumot almashishdi. Suhbatda kelgusida kuchli mutaxassislarni tayyorlash mavzusi ham ko'tarildi.
Insha Alloh, ushbu hamkorlik davomiy bo'lishini va qolaversa, talabalar uchun ham yaxshi yangiliklar bo'lishini kutib qolamiz.
☎️ (78) 777-47-47
👩💻 Kursga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @PDPSupportBot
Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz
Website | Instagram | Youtube| pdpuz">TikTok
#forward #please #tavsiya
Zo'r Python Middle+ developerlar kerak.
1-variant:
Oylik maosh: ~23 400 000 (7.5% daromad soliq bilan)
Ish: 6 kun 6 soat
2-variant:
Oylik maosh: ~31 200 000 (7.5%)
Ish: 6 kun 8 soat
😍 Tavsiya qilgan insonga 5 000 000 bonus. O'zini tavsiya qilish mumkinmas))
Qisqa twitlarni shu yerda yozaman:
https://twitter.com/odilbekmirzayev/status/1407747083252211715
Bu millatni bir katta imkoniyati bor, u ham bo'lsa inson kapitali
Agar inson kapitalini ishlab chiqarish jarayoniga qiyoslaydigan bo'lsak, maktab bu — xomashyo tayyorlash bosqichi. Xomashyo qanchalik oliy darajali bo'lmasin, agar uni sifatli mahsulotga aylantira olmasak, bu narxga o'z salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Bu jarayonda universitet mahsulot tayyorlash bosqichi hisoblanadi. Biroq, afsuski, bizning ta'lim tizimimizda na "xomashyo" va na "mahsulot" talabga yarasha tayyorlanadi. Natijada bu "mahsulot"ga bo'lgan talab pasayadi va mos ravishda narx ham tushadi.
Avvalari, mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan malakali kadrlarni tayyorlash oliygohlar zimmasida hisoblangan, ammo raqobat shiddat bilan o'sib borayotgan davrda ular o'z zimmasidagi vazifani bekamiko'st bajara olmayotgani achinarli holat.
ITga bo'lgan talab shiddat bilan o'sib bormoqda. Eski qarashlar bugungi zamonaviy dunyoda o'zini oqlamay qo'ydi. IT ta'limini yangi bosqichga olib chiqishni rejalashtirgan ekosistema yordamida, biz mana shu kemtiklikka barham berishga harakat qilyapmiz.
👉🏻@OdilbekMirzayev
Instagram | Facebook | odilbekmirzayev">Tik Tok
Yaqin orada chet elga safar qilsangiz "Do you know Uzbekistan?" deb bemalol so'rangvering. (javob 😊)
Talabalarimizni bizdan “ожидания” lari juda baland. Men katta kompaniya bo’lishimizni xohlayman. Lekin bu ko’rinishini o’ylab ko’rmaganman ekanman. In sha Alloh, bu kunlarni ham ko’ramiz...
Omad yordir dovyuraklarga!
Biz TATU da 1-kurs bo'lgan paytimizda, universitetdan shunaqa laboratoriya ishlari topshiriqlari berilardi. O'sha paytda bajarish oson bo'lmas edi))
PDP Kids ning 13-yoshli o'quvchisi Dono Xo'janazarovaning uy vazifani bajargan ishi. Mentorlariga respect 👏
🧗🏻♂️Muvaffaqiyatga eltib qo’yuvchi lift yo’q; Zinapoyadan chiqishingiz kerak.
Har qanday sohaning yetakchisi bo'lish sizdan uzoq vaqt va urunishni talab etadi. O'z tajribam asosida shunday xulosaga keldimki, odatda inson o'ylaganidan ko'ra ko'proq vaqt talab qilgan narsalardan shashti tez so'nib qoladi. O'sha kezda bir narsani yodda saqlash zarur: o'zingiz yetishishni istayotgan shaxs darajasiga yetgan insonlar to'g'risidagina o'ylang, afsuski buni ko'pchilik uddalay olmaydi.
Ular boshqa omadi yurishmagan insonlarga boqib, hattoki ishga kirishmasdan avval ularning tajribasi asosida ish tutadilar. Agar har qanday muvaffaqiyatli shaxs hayotiga nazar solsangiz, ularning barchasida bir umumiy jihatni payqaysiz. Ular o'z hunarini o'rganish va to'la egallash uchun ajratgan vaqtni boshqa hech kimniki bilan qiyoslab bo'lmaydi.
P/s: "Agar chindan ham sinchiklab nazar solsangiz, kutilmaganda erishilgan ko'plab yutuqlar uchun aslida juda uzoq vaqt ketgan." — Stiv Jobs
👉🏻@OdilbekMirzayev
Instagram | Facebook | odilbekmirzayev">Tik Tok
Farzandingiz Elon Muskga shogird tushushini xohlaysizmi? 🤔
Unda PDP Kids loyihasi aynan farzandlaringiz uchun. Bolalar bilan gaplashib ko’rdim. Ular bilan gaplashib mazza qilasiz. Bir bolaga kelajakda kim bo’lasiz deb savol bersam, IT ni o’rganib Elon Muskga shogird tushaman deydi.
Xullas, buyog’iga bolalar uchun IT “must have” masala!
👉🏻@OdilbekMirzayev
Instagram | Facebook | odilbekmirzayev">Tik Tok
1000 dan ortiq IT mutaxassis tayyorlagan PDP Academy yangi bosqichda
Biz 2021-yilda O'zbekistonda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi IT-EKOTIZIM barpo etishni maqsad qilib qo'ydik. Bu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni mutaxassis qilib tayyorlashga yo'naltirilgan bir nechta loyihalarni ishga tushirdik.
Boshqaruv va ta'lim tizimimizni qaytadan ko'rib chiqdik. Ayni vaqtda ekotizimda quyidagi loyihalar mavjud:
▪️ Dasturlashni endi boshlovchilar uchun - Foundation
▪️ O'qish yoki ishdan ajramagan holda o'qish uchun - Odatiy shaklda
▪️ Intensiv ta'limni xohlovchilar uchun - Bootcamp
Bu loyihalar orqali Sizda Java, Python, Javascript va boshqa o'ndan ortiq yo'nalishlardan birida mutaxassis bo'lish imkoni mavjud.
Yaqin muddatda Incubator, TopClass, Career Center kabi loyihalar ham ishga tushishi kutilmoqda.
Zamon talabidagi IT mutaxassis bo'lmoqchimisiz? U holda bu maqsadingizni IT-EKOTIZIM da ro'yobga chiqaring!
⏰ Foundation sinov darslarining sana va vaqtlari:
25.05.2021 - 16:00
27.05.2021 - 19:00
29.05.2021 - 10:00
👩💻 Ro'yxatdan o'tish: @PDPSupportBot | ☎️ (78) 777-47-47
💵 Sinov darsi: Bepul
Batafsil: 👉🏻 https://telegra.ph/PDP-Ecosytem-05-17
Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz
Website | Instagram | Youtube| pdpuz">TikTok
“Bolalar qolibga solinadigan narsa emas, balki ‘kashf’ qilinishi shart bo’lgan shaxslardir” – Jess Lair
“Children are not things to be molded, but are people to be unfolded.” – Jess Lair
PS: Ota-onalarga tadbirkor sifatida shuni aytmoqchimanki, farzandlaringiz Sizning investitsion loyihalaringiz. Ularga qilingan sarmoyaning qaytish darajasi juda yuqori, in sha Alloh!
Xabaringiz bo'lsa, o'tgan bir oy davomida "Business Navigator Consulting" kompaniyasi bilan hamkorlikda PDP Academy faoliyatini qaytadan ko'rib chiqdik. Bugun so'nggi taqdimotni o'tkazdik. Ushbu hamkorlik uchrashuvi doirasida rivojlanishning 2030-yilgacha bo'lgan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqdik.
PDP Academydagi Marketing Department, Sales Department, Academic Department, HR, Customer Service, Finance bo'limlari va boshqa bo'limlarni tizimlashtirishni rejalashtirdik.
Bu jarayonlarga yaqindan yordam bergan "Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki" (EBRD) va "Business Navigator Consulting" kompaniyasiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Endigi navbat rejalarni amaliyotga tadbiq etishga. Biz bunga jamoamiz bilan kirishdik. Ta'lim jarayonlaridagi o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, juma va shanba kunlaridagi tadbirlarimizga @PDPSupportBot orqali ro'yxatdan o'tishingizni tavsiya qilamiz.