odilbekmirzayev | Unsorted

Telegram-канал odilbekmirzayev - Mirzayev's Mind

-

▪️ Entrepreneur ▪️ Investor ▪️ Developer Omad yordir dovyuraklarga! • Судьба благоволит храбрым! • Fates Favors the Brave!

Subscribe to a channel

Mirzayev's Mind

📢 Calling for super Executive assistant 🔥
💪 Join our competitive team now ⭐️

Great opportunity for those who aims career growth in professional management!

As nowadays we have a massive workload within our innovative projects, I welcome energetic youth to assist me in my hectic routine. If you want to gain skills to work with new projects, highly-valued experience and global knowledge, this golden opportunity is exactly for You!

Requirements:
– Fluent academic writing and speaking in Uzbek, Russian and English;
– Driving license and good ability to drive a car;
– Confidence in SMM and mobilography;
– Responsibilty;
– Ready to work in this position at least 2 years.

⏰ Working hours: 09:00 am - 09:00 pm, 6 days a week.

💸 Salary: Starting from 5 000 000 soums.

🏢 Address: PDP University, Sergeli district, Tashkent city

📩 For more details: +99899 202 47 47 [@HRmanagerPDP]

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📣 PDP University jamosiga loyiha koordinatori qidirilmoqda!

Talablar:

▪️ Yoshi 28-35 yoshgacha
▪️ Sotuv menejeri bo'yicha tajribasi 2 yildan ziyod
▪️ O'zbek va rus tillarida suhbatlasha olishi
▪️ B2B hamkorlik aloqalarini o'rnatish va muzokaralar o'tkazish qobiliyati
▪️ Respublika bo'yicha xizmat safarlari amalga oshira olishi

Oylik maosh: Kelishuv asosida belgilanadi.
Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Yangi-Sergeli ko'chasi
Mo'ljal: Mashina bozori ro'parasida.

📥 Murojaat uchun: @IsmoiljonMatkosimov

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🌙 Bugun PDP University xodimlari va talabalari uchun IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI!

🫖 Mazali palov va turli noz-ne'matlarga to'la oqshomni tashkillashtirishga beminnat yordam qo'lini cho'zgan homiylarimizga tashakkur izhor qilamiz!

🤝 Homiylar: "MEGA MOTORS", "ALEXOR-LINE", "SIFCO INTERNATIONAL", "BALLON BY MEGAVAN", "DECLAS", "MERVAN DEVELOPMENT", "KEDA SUREMARKER", "ALFARUQ", "UNION Paper and Board", "QURILISH TREST", "MEGAVAN".

✨ Ramazon oyida barchangizning tutgan ro'zalaringiz ijobat bo'lsin, mana shunday fayzli davralarda takror yig'ilish nasib etsin!

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Nomimiz qolishi uchun ...

Buyuk Britaniyaga safarim davomida University of Oxford | Saïd Business School ga ham tashrif buyurdik. E'tiborimni tortgan tomonlaridan biri universitet nomi bo'ldi. Ushbu universitet 1996-yilda asli Suriyalik tadbirkor, investor va filantrop Wafic Saïd xayriya mablag'lari hisobiga £20 million taklif qilganida qayta(rebranded) tashkil qilingan. Unda keyin ham Saïd Foundation xayriya fondi tomonidan bir necha marta katta mablag'lar ajratilgan. Shu sababdan ham ularning nomi berilgan.

Ko'plab xalqaro universitetlar ham shu kabi tarixga ega. PDP University ham shunday tarix kuzatilayotgani quvonarli. Bir necha katta kompaniyalar universitetda iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida 2022-2023 o'quv yili uchun $300 000 grant ajratdilar, 2023-2024 o'quv yili uchun esa $900 000 grant ajratayaptilar.

Ushbu qo'llab quvvatlashning men, jamoamiz va talabalarimiz uchun qadr-qiymati juda baland.

In shaa Alloh, PDP University bizdan keyin ham asrlar davomida yashaydigan xalqaro reytinglarda yuqorida turadigan ta'lim dargohi bo'ladi va buning uchun bor kuch-bilimimiz bilan harakat qilamiz.

Bizning ta’lim tizimlarimizda o’qiyotgan talabalarga o'z oldilariga katta maqsadlar qo'yib, yaxshilik yo'lida xizmat qilishlarini, xalqaro loyihalarda ishtirok etib, o'z startup loyihalari ko'tarib, kelajakda ilm-fan rivoji yo'lida homiy bo'lishlarini tilab qolaman!

💻 PDP University'da bepul ta'lim olish uchun siz ham 20-aprelga qadar maxsus platforma orqali Grantga ariza topshirishingiz mumkin.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🔝 KAYFIYATINGIZNI BIRGA KO'TARAMIZ!

💣 PDP Academy o'quvchilari hayotida sodir bo'ladigan ayrim hodisalarga so'z ustasi va qiziqchi — Hojiboyev Tojiboyevdan antiqa javoblarni qarshi oling!

P.S: faqat sekinroq kuling))) Tag'in yoningizdagi dasturchi do'stingiz chalg'ib ketmasin 😉

Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Sirtqi ta'limda yaxshi bilim olish mumkinligiga ishonmayman.

Odilbek Mirzayev - PDP Universiteti asoschisi

To’liq suhbat: https://www.youtube.com/live/rKfgpR8X7Mo?feature=share

Siz yuqoridagi fikrga qo’shilasizmi? Fikringizni bildiring.

Bizning kanal:
👉 @Registan_LC

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📌 Grant nima uchun “Unicorn” deb nomlangan?

📁 "Unicorn" so'zi IT sohasida "kapitali milliard dollarga yetgan kompaniyalar"ni anglatadi. Bunday StartUplar kam uchraganligi sabab "Yakkashoxlar" deb nomlanadi.

☑️ Grantning maqsadi yoshlarni "milliard dollarlik kompaniyalar" sari yetaklash, ularni TOP kompaniyalarda ishlay oladigan yuqori salohiyatga ega xalqaro kadrga aylanishlari uchun dastlabki sarmoya va dastlabki qadam vazifasini o’tab berishdir!

👉 Unicorn — milliard dollarlik kompaniyalar sari ilk qadam ...

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

⚡️ Yosh tadbirkorlar Temurbek Adhamov va Jahongir Pulatov tashabbusi bilan "Najot Ta'lim" va "Cambridge LC" o’quv markazlari 15 yoshdan 23 yoshgacha 100 nafar kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlar uchun 2 mlrd 500 mln so’mli “Kelajak yoshlari” nomli grant e'lon qiladi!

🔖 Ro'yxatdan o'tish

Eslatma
: Ro'yxatdan o'tish e'lon berilgan vaqtdan boshlab 3-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Иқтидорли ёшлар учун ижтимоий лифт: Unicorn 2.0 — PDP University’да бепул ўқиш учун 9,9 млрд сўмлик таълим гранти

👉 https://kun.uz/85424569

Реклама

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🏛 Xususiy universitetlar tarixida ilk marotaba!

🏆 Republican Mathematics Olympiad — 2023

🇺🇿 Fevral oyida PDP Univerity tomonidan 10-11-sinf va litsey o'quvchilari uchun Matematikadan Respublika fan olimpiadasi o'tkazildi!

☑️ Ushbu olimpiada PDP Academy va PDP University kabi omadli loyihalar asoschi — Odilbek Mirzayev tashabbusi bilan amalga oshirildi!

🤝 Olimpiadani o'tkazishga yaqindan yordam bergan "KHISO" olimpiada maktabi va IT-Parkka o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

🔰 Ma'lumot o'rnida, olimpiadaning "Saralash bosqichi" joriy yil 1—5-fevral, "Asosiy bosqich" 12,19,26-fevral, "Final bosqichi" va "Taqdirlash marosimi" esa 28-fevral sanalarida bo'lib o'tdi!

🎁 G'olib va sovrindorlar50, 20 va 10 mln so'mlik naqd pul mukofotlari, shuningdek, 20 televizor va 10 ta noutbuk bilan taqdirlandilar!

👉 Batafsil: https://youtu.be/eZbYFe-ymGY

🌐 PDP University — raqamli taʼlim, raqamli kelajak uchun!

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

EPAM Systems Hindistonda ishchilar sonini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda.

Bu o’sishni bizning bozorda ham qilish mumkin edi. Xalqaro bozorga yetarlicha professionallarni tayyorlay olmayapmiz!

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Do’stlaringiz muvaffaqiyatlarini so’rab duo qiling!

Menda shunday qattiq ishonch borki, do’stlarim haqlariga duo qilib ularga ikki dunyo saodatini, afzalini berishini, mushkullarini oson bo’lishini so’rasam o’zimga so’raganimdan ko’ra ijobati aniq bo’lishini his qilaman. O’zimda ham yengillik his qilaman. Bizning haqqimizga ham yaxshiliklar xohlab duo qiladigan do’stlarimiz borligi va ko’pligidan xursand bo’laman.

Shu o’rinda Abdulla Oripov she’ri bilan yodimga tushdi:

Muzaffar bo'l, g'olib bo'l, o'ktam, Do'stu yoring, qardoshing bilan.

Do’stlar omon bo’lsin. Juma ayyomingiz muborak bo’lsin!

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🔥 Unicorn 2.0 | Social lift

🔜 17-mart kuni loyihaga start beramiz.

Batafsil ma’lumot beramiz.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Hal qilib bo'lmaydigan katta masalalar bo'lmaydi. Kichik shaxslar bo'ladi.

Siz uchun uddalab bo'lmas deb bilgan masalalar, Sizdan yuqorilar uchun juda kichik, arzimas, tez hal bo'ladigan masala bo'lishi mumkin.

Ulg'aying! O'sing! Rivojlaning! Do'stlaringizni ko'paytiring!

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🌱 BAHORGI QABUL
🏛 PDP ACADEMY'GA MARHAMAT!

🏔 Sovuq qishdan so'ng, bahorda butun tabiat yangilanadi! Siz-chi qachon o'zingiz uchun yangi kasbni o'rganasiz?

🌐 PDP Academy dasturlashga qiziqqan barcha yoshlarni yangi guruhlarga taklif qiladi!

☝️ Siz professional dasturchi-mentorlar saboq olib, IT sohasini mukammal o'rganishni, yuqori daromadli loyiha va kompaniyalarda ishlashni istaysizmi? U holda tanlovda adashmang! PDP'ga marhamat!

🗒 Yo'nalishlarimiz:

📌 Java
📌 Python
📌 C #.net
📌 Frontend
📌 Flutter

🔥 Qolaversa, akademiyada haftaning har shanba kuni soat 16:00 da sohaning haqiqiy mutaxassislari ishtirokidagi master-klasslar o'tkaziladi! Bu sizga soha ichiga yanada chuqurroq kirishga yordam beradi!

⚡️ PDP Academy — dasturlashga ilk qadam va mustahkam poydevorni biz bilan birga qo'ying!

➡️ Kurslarga ro'yxatdan o'tish: @PDPSupportBot

📞 78-777-47-47

Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Sifatli ta'lim omillariga qiziqasizmi?

🎤 Bugun, [15,05,2023], soat 20:30 da sizni "Sifatli ta'lim omillari" mavzusi bo'yicha bo'ladigan jonli efirimizda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Bugungi mehmonimiz - Nilufar Anvarovna - ta'lim sohasi bo'yicha mutaxasis. U bu boradagi bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, shuningdek, jonli efir tomoshabinlari tomonidan olgan savollarga javob beradi.

✅ Jonli efirda albatta ishtirok eting va foydali bilimlarga ega bo'ling. Ishtirok etish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=VmLCrMxeEd4

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Assalomu alaykum, azizlar!

Ramazon Hayit bayrami muborak bo'lsin. Sizlarga tinchlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik tilayman. Keyingi yil shu oylarga shu kunlarga xursandchilik, muvaffaqiyatlar bilan yetib kelish nasib etsin.

Hurmat bilan

Odilbek Mirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Мурожаат ва илтимоснома.

Тарқатишга ёрдам беринг, илтимос.

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

​​Maqsadlarni ro’yobga chiqarish yo’l xaritasi

Biznes boshqaruvdagi ustozim bo’lgan Azizjon Gapparov bilan birga ishlash davomida ko’plab bilim, ko’nikma va manfaatlar olganman va hamkorligimiz davom etmoqda. Hamkorligimiz davomidagi natijalarning eng qadrlisi men bilan suhbatlar va bahslar orqali shakllantirilgan vision map — yo’l xaritasi hisoblanadi. Har gal ushbu visionga qaraganimda qo’yilgan maqsadlar amalga oshayotgani ruhlanlantiradi. Maqsad 2030-yilgacha Markaziy Osiyodagi eng katta va samarali amaliyotga yo’naltirilgan, iqtisodiyotimiz driver’i bo’la oladigan ta’lim tizimini barpo qilish. 2025-2026-yillarda shahar tashqarisida ekotizimimizning eng yirik loyihasi universitet kampusi va u atrofidagi loyihalarni jamlagan PDP Valley’ni barpo qilamiz!

Hali nasib etsa, ishlarimiz ko’lami kattalashib global miqyosidagi loyihalarni ham amalga oshiramiz, in shaa Alloh. Shunda ham ushbu maqsadlar xaritasi men uchun qadrli bo’lib qolaveradi! Har doim katta maqsadlarni oldimga qo’yganimda o’zimga “Omad yordir dovyuraklarga” deyman.

Bizning ta’lim tizimlarimizda o’qiyotgan talabalarga “Dream Big” bo’lishlariga va bu yo’lda mashaqqatlarni yengib o’tishga chorlayman. Shu o’rinda Gyoteni bir jumlasini keltiraman: Yuksak maqsadlar yuzaga chiqmay qolgan taqdirda ham - biz uchun amalga oshgan ikkinchi darajali maqsadlardan ko‘ra qimmatliroqdir.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

⚡️ Iqtidorli yoshlar uchun yangi loyiha — "Unicorn 2.0 | Social lift" grantiga qabul boshlandi!

🤝 Loyiha yetakchi 11 kompaniya homiyligida yoshlar IT sohasida bepul ta'lim olishlari uchun amalga oshirilmoqda.

💰 Grantning umumiy qiymati — 9,9 mlrd so'm

📃 Grant taqdim etayotgan imkoniyatlar haqida ushbu videoda batafsil ma'lumotlar keltirilgan.

☝️ Grantni qo'lga kiritish shartlari:

— university.pdp.uz saytiga kirib, onlayn ariza topshirish;
— Zoom orqali bo'ladigan online yakka tartibdagi intervyudan o'tish;
— 2 oylik maxsus PDP Academy "Foundation" o'quv kursini online o'tash;
— kurs so'ngida imtihondan muvaffaqiyatli o'tish!

📡 IT sohasida sifatli ta'lim olib, professional mutaxassisga aylanishni, yuqori daromad topishni va shu orqali o'z hayotingizni yaxshi tomonga o'zgaritishni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

‼️ Ajratilgan o'rinlar soni: 145 ta

⚡️ Unicorn — milliard dollarlik kompaniyalar sari ilk qadam!

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🏆 Bunday iqtidorlar uchun bu natijalar hali boshlanishi ...

Ta'lim loyihalarimiz davomida bir narsaga amin bo'lganmanki. Yoshlarimiz ichida zehni o'tkir, ilm yo'lida katta yutuqlarga erisha oladigan salohiyatli yoshlar juda ko'p. Bunday yoshlarni hayotini yaxshi tomonga o'zgarishiga sababchi bo'layotganimizdan xursandmiz. Arman va Salauat bilan shaxsan o'zim suhbatlashib tanlab olgandim. Natijalari hali boshlanishi. Katta yutuqlarga erishadi, in shaa Alloh.

💪 Biz bu yigitlar kabi iqtidorlarni qadrlaymiz va ularning o'zini namoyon qilishi uchun harakat qilamiz.

👉 https://youtu.be/J7GhiHE6RPw

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Hurmatli abituriyentlar, oliygoh tanlashga qiynalyabsizmi? Biz Sizga tanlovda yordam beramiz.

Bugundan boshlab "Registan_LC/videos">Registan LC" YouTube kanalida yurtimizdagi turli xil nufuzli oliygohlar haqida to'liq ma'lumot berib boramiz.

Ushbu loyihamizning bugungi son mehmoni Odilbek aka Mirzayev - "PDP University" asoschisi.

PDP qanday universitetligi haqida Odilbek aka Mirzayevdan suhbat jarayonida bilib oling. Universitetga doir o'zingizni qiziqtirgan savollaringizni YouTube chat qismida berib borishingiz mumkin bo'ladi.

Suhbat soat 09:10da boshlanadi. Ushbu havola orqali kirib kuzatishingiz mumkin: https://youtube.com/live/rKfgpR8X7Mo?si=EnSIkaIECMiOmarE

Bizning kanal:
👉 @Registan_LC

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📢 Savollaringizga javob beramiz | "Unicorn 2.0 | Social lift"

▪️Unicorn 2.0 ta'lim granti qanday loyiha va asosiy maqsadi?
▪️Grant sizga nima beradi?
▪️Men qachondan boshlab va qanday kompaniyalarda ishlay olaman?
▪️Tanlov shartlari nimalardan iborat? Grant uchun tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?
▪️Grant kimlar uchun? Faqat ingliz tili va matematikani yaxshi biladiganlar uchunmi?
▪️Agar grant yutib olsam qanday yo'nalishlarda ta'lim olishim mumkin?
▪️Bu grant faqat universitet uchunmi?
▪️Nechta grant o'rinlari ajratilgan?

❓ Yuqoridagi savollardan tashqari savollaringiz bo'lsa, izohlarda qoldiring. Loyiha bo'yicha videoda batafsil javob beramiz.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🔥 Unicorn 2.0 | Social lift

🗓 Ertaga (17-mart, 16:00) loyiha taqdimoti bo'lib o'tadi. Bir narsani aniq ayta olamanki, xususiy sektorda hali bu darajadagi ta'lim loyihasi yo'lga qo'yilganini bilmayman. Juda ko'p kutilmagan katta yangiliklar bor. Ertaga barchasi haqida batafsil.

🚀 Hayotingiz davomida necha bor ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy berganingiz, necha bor qulay fursatni o'tkazib yuborganingizning ahamiyati yo'q. Muhimi — navbatdagisini qo'ldan boy bermang.

🎯 Unicorn — milliard dollarlik kompaniyalar sari ilk qadam ...

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Danning-Kryuger effekti haqida eshitganmisiz?

Ushbu ikki olimning nomiga qo‘yilgan bu nazariyaning asosiy mohiyati shundaki, odamlarda kognitiv xato ko‘rish mavjudligini aniqlashgan. Yaʼni biron bir sohada kam ilm va tajribaga ega insonlar odatda ushbu sohada nimalarni bilmasligini anglamaganlari uchun o‘ziga ishonchi baland bo‘ladi, va buning aksi, ilm va tajriba yig‘ishi bilan odam qancha kam bilishini anglay boshlagach, o‘ziga ishonch kamayib boraveradi. Eng qizig‘i atrofdagilar xam kam bilishini anglashadi degan fikr o‘rnay boshlaydi va o‘ziga ishonch yanada paslayveradi.

Ushbu effektni hayotimizda ko‘p ko‘rsak bo‘ladi, o‘zimizda, farzandlarimizda. Men bu effektni tadbirkorlarda xam ko‘p ko‘raman (ayniqsa yoshlarda), baʼzida umuman yangi proyekt, yangi sohaga qo‘rqmasdan kirib ketishadi. Vaqt o‘tgach, bilim va tajriba ortirgach, o‘sha tadbirkordan hozir shu loyihaga kirgan bo‘larmidingiz deb so‘rasam yo‘q degan javob keladi:) Ushbu yosh tadbirkorlarda manashu ilm va tajriba yetmasligi qaysidir maʼnoda ularning yutug‘idir, chunki ilm va tajriba bo‘lganida hozirda rivojlanib ketgan ko‘plab proyektlar balki bo‘lmasmidi…

Ozroq ilm va tajribaga ega insonlarga eng qiyini, chunki hali ilm va tajribasi uzoqni ko‘roladigan darajada ko‘p emas, lekin ko‘p narsalarni bilmasligini anglagan payti va o‘zining ilmiga va umuman o‘ziga ishonchi tushgan payti? Va ushbu paytlarda yangi loyihalar ochilishi juda kam bo‘lsa kerak. Imkon qadar ushbu davrdan tezroq o‘tish taraddudida bo‘lishi kerak odam. Qanday? Eng avvalo yuqoridagi “grafikda” qayerdaligimizni anglash orqali va soha haqida imkon qadar tezroq ilm va maʼlumotlar olish orqali.

Siz qanchalik ushbu gaplarga qo‘shilasiz?

©️Azizjon Gapparov, Marketolog, Biznesni tizimlash bo’yicha konsultant, BNC rahbari va asoschisi. PDP Ecosystem strategik rivojlanish bo’yicha maslahatchi

Blog:
@OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Professionallarga bo’lgan ehtiyoj.

Menimcha, har bir tadbirkor muayyan bosqichda malakali kadrlar topish muammosiga duch keladi.

Hozir rahbarlar yig'ilishida eng ko'p muhokama qilinadigan mavzulardan biri - kadrlar yetishmovchiligirdir. Xodimlarni topish va o'qitish ko'p vaqtni oladi. Biz bozorda eng yaxshi mutaxassislar jamoasini yetishtirish uchun doimiy ravishda xodimlarga sarmoya kiritamiz. Lekin bosh direktor sifatida, men uchun mutaxassislarni izlash va ularni yetuk qilish eng qiyin vazifadir.

Shu sababli, transformasiya jarayonidagi birinchi qadam bizga eng yaxshisi kadrlarni to’pib beradigan yaxshi HR-direktorni topish edi.

Fintex sohasi uchun yana bir necha yil davomida kadrlar topish qiyin bo'ladi deb o’ylayman. Chunki eski bank tizimi, hozir gi paytda moliya sanoatini raqamlashtirishga rahbarlik qila oladigan oz sonli o‘rta bo‘g‘in menejerlarini yo‘q qildi. Biz yoshlar yetishib chiqishini kutamiz va, albatta, xorijiy mamlakatlar tajribasidan eng yaxshilarini tanlab olamiz.

©️ Farkhod Makhmudov, Oson.uz asoschisi

P/S: Kecha shu haqida post yozmoqchi edim. Ayni men xohlagan narsani yozibdilar.

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Chidamlilik ko'nikmasi!

Ilm olish mashaqqati vaqtinchalik. Bu bir necha oy yoki bir necha yil davom etishi mumkin. Oxir-oqibat bu mashaqqat susayadi, o'rnini rohat egallaydi. Shungacha chidab bera olsangiz bas! MARRA SIZNIKI! Agar bunga kirishmasdan yoki tashlab ketsangiz, noshudlik og'rig'i abadiy davom etadi.

Biz o'zimizni oqlash uchun to'siqlar qo'yamiz, imkonsiz deb o'ylaymiz. Qimmat deymiz, uzoq deymiz va hk. Xalqimizda bir maqol bor: Izlagan imkon topar, izlamagan bahona!

🔜 17-mart kuni yoshlarimiz uchun ijtimoiy lift vazifasini o'tab beradigan Unicorn 2.0 | Social lift loyihasiga start beramiz. Bu loyihadan ham umidlarimiz juda katta. Ushbu loyihada Sizdan talab qilinadigani faqat ILM OLISH MASHAQQATIGA CHIDAB O'Z HAYOTINGIZNI YAXSHI TOMONGA O'ZGARTIRISH VA YAXSHILIK YO'LIDA XIZMAT QILISHINGIZ!

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

Unicorn 2.0 | Yangi format | Yuqori samaradorlik

Yuqori samaradorlik ko’rsatgan Unicorn loyihasini yangi formatda ishga tushurish ustida ish olib borayapmiz. In shaa Alloh, yaqin kunlarda taqdim qilamiz. Loyihaning dastlabki budjetini $1.000.000 rejalayapmiz.

P/S: Ushbu loyihadan ham o’z hayotini yaxshi tomonga o’zgartirib jamiyatga foydali bo’lgan mutaxassis shakllanib ular uchun ijtimoiy lift vazifasini o’tasin!

Blog: @OdilbekMirzayev

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

📡 PDP University'da KUZGI QABUL🍁 boshlandi!

☀️Jazirama yozni kutmay hoziroq kirish imtihonlarida ishtirok et!

💻 IT sohasini zamonaviy uslubda tajribali mentorlardan o'rganib, xalqaro darajadagi mutaxassisga aylanishni istasangiz, universitetimizga marhamat!

‼️ 11-MART KIRISH IMTIHONI!

🔰 Imtihon fanlari:
🔹 Matematika
🔹 Mantiq

Imtihonga ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/3ICQtvh

➡️ Barcha abituriyentlar va 11-sinf o'quvchilarini 11-mart kuni PDP University binosida kutib qolamiz!

☎️ | +998787777747

Читать полностью…

Mirzayev's Mind

🔊 Olimpiadaning «FINAL» bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar DIPLOM bilan taqdirlandilar!

⚜️ PDP Universiteti tomonidan o'tkazilgan matematika fanidan Respublika fan olimpiadasining «Final» bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilarga ushbu bosqichgacha yetib kelganliklari hamda yaxshi natijalar ko'rsatganliklari uchun maxsus DIPLOM taqdim etiladi!

➡️➡️➡️ Agar siz «Final» bosqichi ishtirokchisi bo'lsangiz, o'z SHAXSIY KABINETingizga kirib, ushbu DIPLOMni yuklab olishingiz mumkin!

🏆 Shu bosqichgacha yetib kelganingiz — bu sizning KATTA YUTUG'INGIZ!

🤝 SIZLARNI BILIMLI YOSHLAR SAFIDA KO'RISHDAN HAMISHA XURSANDMIZ!

🌐 PDP University — raqamli taʼlim, raqamli kelajak yaratish uchun!

☎️ | 78-777-77-47

Читать полностью…
Subscribe to a channel