Assalomu alaykum. Xayrli kech.
Ustozimiz Azizjon Gapparov o'z kanallarida jonli suhbat o'tkazayaptilar. Kuzatib borishni tavsiya qilaman.
👉 /channel/azizjongapparov?livestream
1️⃣ PDP EcoSystem'da mavsumning eng dolzarb masalalari muhokamasiga bag'ishlangan an'anaviy "Big day" bo'lib o'tdi.
📉 Mazkur tadbir davomida, kompaniyada amalga oshirilishi ko'zda kutilayotgan hamda hayotga tadbiq etilgan loyihalar atroflicha tahlil qilindi.
📝Yaqin oylar davomida rejalashtrilgan bir qator takliflar qayta o'rganib chiqildi. Qizg'in munozara davomida kelgusida amalga oshiriladigan dasturlar aniq belgilandi va tegishli topshiriqlar berildi.
1️⃣@pdpecosystem
❗️Kuni kecha PDP EcoSystem jamoasi uchun mehmonimiz Shuhrat Xoltayev ishtirokida maxsus seminar-trening tashkil etildi.
📈 Bir necha soat davom etgan jarayon mobaynida, qadriyatlarga asoslangan kompaniya yaratish va shu orqali yuqori natijalarga ko'tarilish, to’g’ri jamoa shakllantirish borasida bir qator muhim mavzular muhokama qilindi.
🌐 AQSHning eng yirik kompaniyalarida faoliyat olib borgan, ko'p yillik tajribaga ega mehmonimiz bilan tashkil etilgan mazkur treningda qatnashchilar o'z qarashlarida yangi burilish yasadi deyish mumkin.
🤝️️️️️️ Tashrif uchun Shuhrat Xoltayevga PDP EcoSystem jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
1️⃣ @pdpecosystem
📑 Yana bir sermahsul oy yakunlangani munosabati bilan PDP EcoSystem jamoasi keng ko‘lamdagi “Mothly meeting"ga yig‘ildi.
📌 2-avgust kuni iyul oyi hisobotlari bo‘yicha tahlil o'tkazish va yangi loyihalar muhokamasi uchun oylik yig'ilish tashkil etildi. Bu yig'ilishda PDP EcoSystemning barcha TOP menejerlari ishtirok etishdi va bir qator muhim masalalar yuzasidan qizg'in suhbat bo'lib o'tdi.
🤝 PDP EcoSystem jamoasining har bir qabul qilayotgan qarorlari hozirgi vaqtda o’qib turgan va kelajakda bizning loyihalarimizda ta’lim oladigan minglab yoshlarning hayotlarini yaxshi tomonga o’zgartirishga sababchi bo’lishiga aniq ishonamiz.
1️⃣ @pdpecosystem
🔋Unicorn loyihasi sabab ta'limni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan talabalar.
👉To'liq videoni you tube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
https://linktw.in/FriOSUG
JONLI EFIR BOSHLANDI🔥️️️️️️
Havolaga bosing: https://www.youtube.com/live/yyuCVYm3K6g
‼️ Hurmatli talabalarimiz va ularning ota-onalari!
Ijtimoiy tarmoqda bir tuhmatchi tomonidan universitetimiz haqida asossiz ma'lumot tarqatilgani yuzasidan murojaat qilmoqchiman. Jumladan, universitetimizda go'yoki talaba imtihondan yiqilsa, ustozlar 10% mukofot olishi haqida nohaq tuhmat qilingan. Bu gaplar yolg'on.
Sizlardan har qanday asossiz ma'lumotlarga ishonmaslikni va har doim ma'lumot manbalarining ishonchliligiga e'tibor qaratishingizni so'rayman!
Haqiqiy holatni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin:
https://telegra.ph/Hurmatli-talabalarimiz-va-ularning-ota-onalari-07-09
Vazirlikka diplomsiz ishga kirish!
“Ko‘p narsa sizning harakatlaringizga bog‘liq”
⚡️Bugungi qahramonimiz PDP Academy talabsi Firdavs Olimjonov bo‘ldi.
🎥 Ushbu reportajda Siz Firdavs Olimjonovning IT’ga qanday kirib kelgani va qanday to‘siqlarga duch kelgani haqida bilib olasiz.
To’liq video soat 19:00 da You Tube kanalimizga joylanadi
Murojaat uchun:
📞78-777-47-47
🤖 @pdpaloqabot
🚀Telegram🌐Instagram 🟥YouTube
🥇 Championlik sari ilk qadam ...
Bu shunchaki emotsiyalar emas, balki mag'lubiyatni qabul qila olmaslik va g'alaba ishtiyoqi. Ushbu xarakterni shakllantirayotgan ustozi Ibrohim Xudayberganovdan minnatdorman.
Alhamdulillah ...
Blog: @OdilbekMirzayev
O'zbekistonda ham dunyo tan olgan gigant kompaniyalar bor.
✅ SAG gilamlari kompaniyasi ana shulardan biridir, chunki u gilam sohasida dunyoda 3-o'rinni egallagan.
▪️ Biznesni tizimlashtirish va HR bo'yicha ekspert Kozimxon To'rayev SAG kompaniyasiga maxsus biznes tashrif uyishtiribdilar.
▪️ Tashrif davomida multimillion dollarlik o'zbek kompaniyasining muvaffaqiyat sirlari batafsil yoritilgan.
✅ Quyidagi havola orqali o'tib, videoning to'liq formatini ko'rishingiz mumkin.
(Aytgancha, YouTube da eng yaxshi yozilgan izoh egasiga maxsus sovg'alari ham bor)
https://youtu.be/OC6Se_68Vi4?si=RMfRO0blYIJUuvvd
1️⃣ PDP EcoSystemda may oyining sarhisobi uchun TOP menejerlar o‘rtasida yig‘ilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida har bir loyihaning o'tgan oyda amalga oshirgan natijalari batafsil ko'rib chiqildi va yangi oy uchun topshiriqlar belgilandi.
Ushbu yig‘ilishning asosiy maqsadi PDP EcoSystem oldiga qo‘yilgan maqsadlarning muvaffaqiyatli bajarilishini nazorat qilish va yangi maqsadlarni belgilash edi. Har bir loyiha jamoasi o‘zining bajargan ishlari taqdimotini namoyish etdi, muvaffaqiyat va qiyinchiliklar tahlil qilindi.
Tadbir davomida biz o‘z oldimizga yangi va yuqori maqsadlarni qo‘ydik. Bularning barchasi PDP Ecosystem jamoasining fidokorona mehnati va yuksak intilishlari natijasida amalga oshadi.
1️⃣ @pdpecosystem
⚡️ 26-may sanasida, PDP School'da navbatdagi "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o‘tdi!
👨👩👧👧 Ota-onalar farzandlari bilan birgalikda maktab bilan yaqindan tanishishdi, yaratilgan shart-sharoitlarni o'z ko'zlari bilan ko'rishdi.
Shuningdek, maktab oshxonasida tayyorlanadigan taomlarni shaxsan oʻzlari tatib koʻrishdi.
🎥Tadbirning energiyaga boy atmosferasini yuqoridagi videoda tomosha qilishingiz mumkin!
Murojaat uchun:
📞 | +998787777474
✅ PDP School - yorqin kelajakka ilk qadam shu yerdan boshlanadi!
"Малый бизнес. Большая игра." (Aleksander Vysotsky) kitobi kirish qismining asosiy nuqtalari.
Kitobning kirish qismida muallif o'zining biznesdagi tajribalarini baham ko'rgan va kichik bizneslarni muvaffaqiyatli boshqarish uchun muhim bo'lgan quyidagi asosiy tushunchalarni bergan:
1. Zo'r ideya emas, balki samarali boshqaruv tizimi muhim: Ko'plab muvaffaqiyatli kompaniyalar, masalan, McDonald's va Starbucks, o'zlarining exclusive mahsulotlari bilan emas, balki samarali boshqaruv tizimlari bilan muvaffaqiyatga erishganlar.
2. Birinchi biznes tajribasi va xulosalari: Muallif o'zining birinchi biznes tajribasi haqida hikoya qiladi va bu tajribadan ikki muhim xulosaga kelganini aytadi: Hokimiyat bitta qo'lda bo'lishi kerak va co-founderlar (sheriklar) kerak emas. U birinchi xulosa to'g'ri ekanini, ammo ikkinchisi noto'g'ri bo'lganini ta'kidlaydi. Muammo sheriklarning sonida emas, balki ularning boshqaruv uslubida bo'lgan.
3. Malakasizlik va muammolarni tushunish: Muallifning fikriga ko'ra, Agar odam malakasiz bo'lsa, u muammoning asl sababini tushunmaydi. Shuning uchun u o'z e'tiborini o'zi o'ylab topgan sabablarga qaratadi, bu esa, albatta, muammoni hal qilishga yordam bermaydi. Bu - muammolarning yechimida o'zingizga qulay sabablarni izlashdan ko'ra, haqiqiy sabablarni aniqlash muhimligini anglatadi.
Bo'limning oxirida kitobdan biz kompaniya boshqaruvining asosida nima yotganini anglash uchun o'z savollarimizga javob topishimizni va – eng muhimi – buni hatto kichik kompaniyada qanday qo‘llashni bilib olishimiz mumkinligini aytgan.
CEO of PDP EcoSystem, Jiemurat Mambetkarimov
Otasi ChatGPT-4o - sunʼiy idrokning videoni tahlil qila oladigan yangi modelidan o'g'liga geometrik masalani yechishda yordam berishni soʻradi.
Lekin, yechimni to'g'ridan-to'g'ri bermasdan, yechimga yo'naltiruvchi savollar orqali yordam qilishni soʻradi.
Sunʼiy idrok buni real oʻqituvchidan qolishmaydigan, a'lo darajada uddaladi.
Taʼlim sohasida ham katta o'zgarishlar kutilmoqda.
OpenAI'ning texnik direktori Mira Muratti ChatGPT'ning yangi 4o versiyasini taqdim qildi. Bu yangi model rasm, audio va video ma'lumotlarni oldingilaridan ko'ra yaxshiroq va tezroq aniqlay oladi.
Masalan, siz tushunmaydigan tilda yozilgan taomnomani rasmga olib, uni tarjima qilidirishingiz va undagi taomlar haqidagi ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Yoki, televizorda bo'layotgan sport o'yinini ko'rsatib, ushbu o'yin qoidalari haqida so'rashingiz mumkin.
Videoda ChatGPT-4o tarjimon vazifasini a'lo darajada bajarayotganligini ko'rishingiz mumkin. Nazarimda, sun'iy idrok yo'q qiladigan eng birinchi kasb, tarjimonlik kasbiga o'xshayapti.
PS: ChatGPT-4o hozirda bepul taqdim qilinmoqda.
https://youtu.be/jay7kise3PI?si=clLFOFGF3Uu40YqN
❗️Ta'lim sohasining davlat va jamiyat rivojidagi o'rni qanchalik salmoqli ekanligi barchaga ma'lum. Millat ravnaqiga daxldor bo'lgan bu tizimni yetaklovchi asosiy kuch bu pedagoglar hisoblanadi. Malakali va bilimli o'qituvchilar jamiyat uchun haqiqiy xazinadir.
🎗PDP EcoSystem'da jamoa tarkibidagi ustozlar faoliyatini e'tirof etish maqsadida maxsus tadbir tashkil etildi. Fidoyi murabbiylarga tashakkurnomalar taqdim etildi va katta davra suhbati o'tkazildi.
⚡️Biz o'qituvchi va murabbiylarimiz mehnatini qadrlaymiz va doimiy ravishda e'tirof etamiz hamda kelajak kadrlarini yetishtirishda kuch-quvvat tilab qolamiz!
1️⃣ @pdpecosystem
Qadrli maslahatlar natijasi.
Ish faoliyatimda talabalarimizga aniq feedbacklar va foydali maslahatlar berish har doim asosiy vazifalarimdan biri bo'lib kelgan. Har bir talaba bilan suhbatlashganimda, ularning maqsadlariga erishish yo'lidagi harakatlariga yordam berishga intilaman. Besh kun avval, talabamiz Xushnudbek Ravshanov mendan qanday qilib ko'proq energiya olish va vaqtini samarali boshqarish haqida savollar berdi. Bu mavzularda unga kitob tavsiya qildim.
Bugun, Xushnudbek kitobni o'qib, olgan bilimlarini men bilan bo'lishdi. Shuni aytishim mumkinki, unga ajratgan vaqtim va energiyam samara berayotganini his qildim. U o'z oldiga qo'ygan katta maqsadlarni amalga oshirish yo'lida bor kuchi bilan harakat qilmoqda va men bu yo'lda uni qo'llab-quvvatlayman.
Xushnudbekning o'z ustida ishlashi, maqsadga erishish uchun intilishi nafaqat uning, balki barcha talabalarimiz uchun ilhom manbai bo'lib xizmat qiladi. In shaa Alloh, u yuksak marralarga erisha oladi.
Blog: @OdilbekMirzayev
🤩Mahallalarda ham mana shunday fidoiy mutaxassislar ishlayotgani quvontiradi. Bu loyihaga samimiy beg'araz yordam berayotgan barcha insonlardan Alloh rozi bo'lsin.
Blog: @OdilbekMirzayev
🪫Kontraktni to'lay olmayman, moddiy imkoniyatim yetarli emas, lekin IT sohasini o'rganmoqchiman!
💡Ko’p yoshlarimiz shu gapni aytishadi. Endi shunday IT sohasiga qizigan, lekin moddiy imkoniyati yetali bo’lmagan abituriyentlar ham Grant asosida PDP talabasiga aylanishlari mumkin.
❗️Unicorn granti bu - Yetakchi kompaniyalar tomonida ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari uchun ajratilgan grant hisoblanadi.
Grant haqida batafsil Unicorn.pdp.uz saytida ma’lumot olishingiz mumkin.
2️⃣ @pdpunicorn
Odilbek Mirzayev bilan jonli efir boshlandi 🔥
Marafonga qo’shilish uchun havolaga bosing: https://www.youtube.com/watch?v=4Z_Tal68UEE
TA’LIM MARAFONIMIZ BOSHLANDI 🔥
Hoziroq quyidagi link orqali jonli efirga qo’shiling👇🏻
Havolaga bosing: https://www.youtube.com/live/l4RbXfhxTPA
1️⃣ PDP EcoSystem asoschisi Odilbek Mirzayev boshchiligida kecha, 5-iyul kuni navbatdagi katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda jamoamiz yangi loyiha bo‘yicha muhokama o‘tkazdi, yangi talabalar qabulini ko‘rib chiqdi va talabalarimizning yanada yaxshiroq natijalarga erishishi uchun nimalar qilishimiz kerakligi haqida fikr almashdi.
🎯 Yig‘ilish davomida har bir loyiha rahbarlari o‘zining muvaffaqiyatlari va duch kelgan qiyinchiliklarini tahlil qilib, kelgusi oy uchun aniq rejalar belgilab oldi.
1️⃣ PDP EcoSystem jamoasi sifatida biz barchamiz birgalikda yuqori marralarga erishish uchun yana bir qadam tashladik.
🔛 Yaqin kunlarda yangi loyihamizni e’lon qilamiz, bizni kuzatib boring!
1️⃣ @pdpecosystem
BARCHA ABITURIYENTLAR DIQQATIGA❗️
1️⃣ PDP University asoschisi Odilbek Mirzayev va bir qator muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan birgalikda “Qanday qilib kelajagingizni belgilaydigan Universitet tanlash?” mavzusida ta’lim marafonini tashkil qildik.
Ushbu marafonda siz:
- Hayotingizni va ta’limingizni qanday rejalashni;
- Universitet tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini;
- Qanday qilib GRANT asosida talaba bo’lish mumkinligi haqida to’liq bilib olishingiz mumkin.
📆 Ta’lim marafoni 10-11-12-iyul kunlari bo’lib o’tadi.
Hoziroq quyidagi havola orqali eng katta ta’lim marafonimizga qo’shiling va kelajagingizni belgilashga birinchi qadamni qo’ying!
🔗 Marafonga qo’shilish uchun havola: @talim_marafoni
Mehmon spikerlar haqida ham marafonimizning rasmiy kanalida bilib olishingiz mumkin.
⚡️PDP Universityda xalqaro hamkorlik muzokaralari!
💼 PDP University xalqaro ta’lim tashkilotlaridan biri Pearsonning O’zbekistondagi vakili Abdurashid Yakubov va Buyuk Britaniyaning nufuzli Portsmouth Universiteti vakili David Warddan iborat delegatsiyani mamnuniyat bilan kutib oldi.
🔥 Bizning munozaralarimiz qiziqarli hamkorlik imkoniyatlarini o'rganishga qaratildi! Biz talabalar almashinuvi dasturlari, Pearson BTEC xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim dasturlarini Portsmouth Universiteti o‘quv dasturi bilan integratsiyalash va boshqa masalalarda hamkorlik qilish borasida muzokaralar o’tkazdik.
📌 PDP University - raqamli ta’lim raqamli kelajak uchun!
1️⃣ PDP EcoSystemda may oyining sarhisobi yig‘ilishi so’nggida asoschimiz Odilbek Mirzayev jamoamizni ruhlantirdilar.
Kompaniya rivoji uchun professionallik va jamoaviy harakatning muhimligini, har birimizning qaror va harakatlarimiz yoshlarning kelajagini yaxshi tomonga o'zgartirishini har bir qatnashchilarga eslatdilar.
Shuningdek Odilbek Mirzayev, o’zgarishlarimizni avvalo o'zimizdan boshlashimiz kerakligini aytib, kelajakda global korporatsiyaga aylanish maqsadimizga ishonch bildirdilar va barchamizni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta'kidladilar.
1️⃣ @pdpecosystem
PDP Ecosystemda Spring TechFest tadbirining so’nggi haftasi bo’lib o’tdi.
🚀 Bugungi tadbirimizda hozirgi kunda IT mutaxassislar orasida eng dolzarb bo’lgan Karyerani boshlash va kasbiy rivojlanish haqida spikerlarimiz o’zlarini bilimlari bilan bo’lishib o’tishdi.
📺Tadbirimizni to’liq holdagisini Youtube kanalimizda tez orada ko’rishingiz mumkin!
1️⃣ @pdpecosystem
“Hacknovation-2024” hakatoni
💻 Toshkent shahridagi Amity universiteti va O‘zbekiston IT-hamjamiyati tomonidan tashkil qilingan “Hacknovation-2024” tadbirida PDP School'ning o'quvchi qizlari bugungi texnologik landshaftdagi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalari bilan qatnashishdi.
😊 O'quvchilarimizga bundan keyingi o'quv jarayonlarida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz, va kelajakda bundanda a'lo natijalar ko'rsatishlariga ishonamiz!
✅ PDP School - yorqin kelajakka ilk qadam shu yerdan boshlanadi!
Ruhiyat — yangi loyihalar uchun muhim omil.
Biror loyihaga kirishish uchun nafaqat jismoniy, moddiy, tajriba va ilm tomondan tayyor bo’lishingiz, balki ruhiy tomondan ham yetuk bo’lishingiz lozim. Ruhiy holatimizning barqarorligi va yuqori darajada bo’lishi bizni har qanday to’siqlardan muvaffaqiyatli o’tkazadi va maqsadlarimizga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
In shaa Alloh, barcha tomondan yangi loyihaga tayyormiz. Yaqin davr ichida PDP EcoSystem tarkibiga kiruvchi navbatdagi yirik loyihamiz start oladi.
Blog: @OdilbekMirzayev
#inson / #siyosat /
Insonlar fikrlash uslubiga ko'ra 2 xil bo'ladi.
Siyosatchi va Tadbirkor
Siyosatchi — O'zi ta'sir o'tkazolmaydigan masalalarni o'ylaydi va ko'taradi.
Tadbirkor — O'zi erisha oladigan natijalar haqida o'ylaydi va amalga oshiradi.
Xo'sh, siz siyosatchimi yoki tadbirkor?
(Mr.Ustoz)
OGOH BO’LING❗️
Hurmatli kuzatuvchilar kimdir mening nomimdan soxta profil ochib, odamlardan kartaga pul o’tkazishlarini so’rayotgan ekan.
Iltimos bunday xabarlarga aldangmang. Men hechkimga bunday xabar yubormayman.
Agar sizga ham kimdir shu mazmunda yozadigan bo’lsa, darhol @Odilbek_Mirzayev_aloqabot ga murojaat qilishingizni so’rayman.
Bunday noma’qul ishlarni qilayotgan insonga ham insof berishini tilab qolaman.
Hurmat bilan Odilbek Mirzayev
📣 Blogim: @OdilbekMirzayev