Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Мurojaat va takliflar uchun: https://t.me/hokimlikbot
✅ Ohangaron shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik J.A.Tilyabayev "Ohunboboev" MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi va shahar IIB probatsiya hisobida turuvchilar bilan navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.
🟢 Qabul davomida aholiga ijtimoiy yordam, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo'lga qo'yish masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
🟢 Shuningdek, aholi va shahar IIB probatsiya hisobida turuvchilar tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha o'rganilib hal qilish chora tadbirlari belgilab berildi. Muddat talab qiladigan boshqa turdagi murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
🌐 @ohangaronshahar
#Bandlik_dasturi
✨Ohangaron shahar "Umid" MFYda istiqomat qiluvchi Oteshova Nigora yoshlar yetakchisiga qilgan murojaatiga asosan,
o'zini - o'zi band qilish uchun tikuv mashinasi taqdim etildi.
Qolganini Nigoraning o'zidan eshitasiz...
#Diqqat_tanlov
✨Shahrimizda uzoq yillardan buyon ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan va yaxshi natijalarga erishgan ustoz-muallimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida shahar hokimi tashabbusi bilan “Fidoyi muallim” tanlovi tashkil etilmoqda!
✨Tanlovda ta’lim muassasalarining aniq fanlar o‘qituvchilari ishtirok etadi. Talabgorlarning ko‘p yillik faoliyati hamda shogirdlari erishgan natijalari baholanadi. Tanlov maktab va shahar bosqichlarida tashkil etilib, komissiyalar tomonidan baholanadi.
⚡️G‘oliblar Konstitutsiya bayrami arafasida tantanali e’lon qilinadi. Shuningdek, tanlov g‘oliblariga shahar hokimining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshiriladi.
@ohangaronshahar
📑QAROR VA IJRO
✨Toshkent viloyati Ohangaron shahаr hokimining davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi N.Mirzayeva tomonidan ishchi guruh a'zolari bilan birgalikda shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamda shahar ko'p tarmoqli markaziy poliklinikada davlat tili haqidagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi hamda ma'naviy- ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasidagi ishlar o'rganildi.
📗O'rganish davomida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10- fevraldagi 61-sonli qarorning "Yo'l xaritasi" da belgilangan tadbirlar ijrosini ta'minlash, bo'lim xodimlarini lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini o'rganishni targ'ib qilish borasida tavsiyalar berildi.
@ohangaronshahar
#Qaror_va_ijro
✨Ohangaron shahrida Vazirlar Mahkamasining 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash jarayoni tahlil qilinmoqda.
⚡️Respublika ishchi guruh vakili S.Javlonov ishtirokida “Orzu” mahallasidagi uy-joy ta’miri jarayoni o‘rganildi.
🖇Shuningdek, Adolat, Baxt, Navbaxor, Bo‘ston, Yangiobod, Qo‘rg‘on MFYlarida “Ayollar daftari” ish hujjatlari o‘rganildi.
@ohangaronshahar
#Минбар
ЭКСПЕРТ НИГОҲИДА БИРИНЧИ ДЕБАТ ТААССУРОТЛАРИ
🔷Дебатлар мамлакатимизда сайлов жараёнларининг муҳим қисмига айланиб улгурди. Маълумки, 27 сентябрь куни Дебат Холлда сиёсий партия раҳбарлари ўртасида жорий йилги сайловнинг дастлабки дебати бўлиб ўтди.
🔘Теледебатда экспертни жалб қилган жиҳатлардан бири унинг тузилиши жиҳатидан тизимли ташкил этилганлигидир. Дебат 4 раунддан иборат ҳолда ташкил этилди. Мазкур дебатни сиёсатшунос, ҳуқуқшунос, иқтисодчи олимлардан иборат мустақил экспертлар ҳам бевосита кузатиб боргани унга холис, адолатли, шаффоф баҳо бериш имкониятини яратди.
🔰“Ижтимоий-иқтисодий соҳани ривожлантириш масалалари” мавзусида бўлиб ўтган дебат ҳақида бевосита иштирок этган мустақил эксперт, “Тараққиёт стратегияси” маркази бўлим бошлиғи Анваржон Миркомиловнинг айрим фикр-мулоҳаза ва хулосалари ҳақида қуйида батафсил танишиб чиқишингиз мумкин.
◀️Батафсил
@olimlar_minbari
#Bilasizmi
🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:
#Qutlov
Hayotda juda ko‘p bora birinchi tushunchasiga duch kelamiz. Birinchi qo‘ng‘iroq, birinchi dars, birinchi muhabbat bu jumlalar qatorini to‘ldirib turadigan yana bir jumla bor - birinchi ustoz...
Bugun 1-oktabr kimdir ustozini yana kimdir ustoz bo‘lib ishlayotgan yaqinlarini bayram bilan tabrikladi. Birinchi ustozini tabriklagan, yo‘qlaganlar ham kam emas. Shu qatorda shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev ham men hokimman, vaqtim yo‘q, yig‘ilishim bor deb o‘tirmadi. Bir buket gulni oldiyu, birinchi ustozi Ruqiya Jumaboyevani yo‘qlagani yo‘l oldi. Ustozning duolari ko‘klarga yetadi degan gap bugun o‘zini oqlamoqda. Ruqiya opa ta’lim-tarbiya bergan o‘quvchisi katta bir shaharga hokim.
Muzaffar Rajabboyev ham o‘zining yutuqlarida birinchi ustozining o‘rni katta deb biladi. Bayram bahona ustoz-shogird dildan suhbat qurishdi. Maktab davrlarini xotirlashdi...
Sizchi, qadrdon! Siz ham birinchi ustozingizni yo‘qladingizmi? Hech yo‘qsa, tabrik xati yuborib qo‘ydingizmi?!
@ohangaronshahar
🏛️ Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasida 1-oktyabr “Ustozlar va murabbiylar” kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondonining va boshqarma boshligʻining buyrugʻi bilan viloyatdagi ustozlik va murabbiylik faoliyatini yuritib kelayotgan bir necha fidoiy kasb egalari, Milliy gvardiya koʻkrak nishoni, faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
🔰Ushbu tadbirda 22 ta shahar, tuman MMIBDO' bir nafaridan taqdirlandi. Shu jumladan Ohangaron shahar 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi MMIBDO' ZAMIRA IRNAZAROVA faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Ustozlar ishtirokida yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi va esda qolarli lag’zalarga boy bo’ldi. Tadbirda so’zga chiqqanlar bayram tabriklari bilan ishtirok etishdi va kasb egalarini mashaqqatli mehnatlarida ulkan zafarlar tilashdi.
🖊Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo’yicha boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
🌐Telegram | Facebook | Instagram
#Нуроний_жамғармаси
#Устоз_ва_мураббийлар_куни
#ТАБРИКНОМА
🇺🇿 ҲУРМАТЛИ НУРОНИЙ
ОТАХОН ВА ОНАХОНЛАР,
АЗИЗ УСТОЗ ВА МУРАББИЙЛАР!
🇺🇿 Юртимизда кенг нишонланаётган Устоз ва мураббийлар куни байрами Сиз азиз нуронийларга, шунингдек барча устоз ва мураббийларга муборак бўлсин.
🇺🇿 Азиз нуронийлар,
устоз ва мураббийлар!
✓ Сизлар машаққат ва зафарли босиб ўтган ҳаёт йўлингиз ёшлар ва шогирдларингиз учун ибрат ва намунадир.
✓Қолаверса, шундай улуғ ёшингизда ҳам юртимиз ижтимоий ҳаётидаги фаоллигингиз, айниқса, маҳаллада тутган ўрнингиз, оилалар бахту-саодати, шогирдларингиз камолати йўлида олиб бораётган ишларингиз тахсинга лойиқ.
✓ Бахтимизга соғ-саломат бўлишиб, халқимизнинг дуогўйлари, маърифат тарқатувчилари бўлиб юринглар.
🇺🇿 Яна бир бор БАЙРАМ МУБОРАК АЗИЗ НУРОНИЙЛАР, УСТОЗЛАР ВА МУРАББИЙЛАР!
Ҳурмат билан,
#Шавкат_Комилов,
#Оҳангарон_шаҳар_бўлими_раиси
Aziz ustozlar, Barchangizni o‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ham sharafli, ham mashaqqatli kasbingizni rohatini ko‘rib yuring!
Muhtarama ustozlar! Ba’zan chekkadan sizlarni nazorat qilganimda goh rahmim keladi goh balli ta’lim fidoyilari degim keladi.
Muhtaram prezidentimiz tomonidan ustozlar mehnatini munosib taqdirlab davlat mukofotlari va estalik sovg‘alari topshirilishi ham ustoz va murabbiylarga qaratilayotgan e’tibordir!
Bundan biz ustozlar faxrlanib kelajak avlodlarga yetarlicha ta’lim tarbiya berishdan to‘xtamaymiz.
Men mana shunday ustozlar ezozlanayotgan yurtda yashayotganimdan va shu kasbni tanlaganimdan faxrlanaman.
Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Hurmat bilan Ohangaron shahar 16-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori M. U. Kobulova
Baxtiyor Sadikov, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i.
✨Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar va murabbiylar!
✨Avvalo, Siz azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan yurtimizdagi barcha insonlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman. Sogʼliqni saqlash posbonlari bo‘lgan tibbiyot xodimlarini kamol toptirgan, ularga ta’lim-tarbiya bergan va hozirgi kunda ham mehnatlarini ayamayotgan aziz ustozlarga hurmat-ehtiromimni bildiraman. Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!
@ohangaronshahar
#bayram_tabrigi
Ziyod Erkaboyev, 3-maktab direktori
Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin!
Barchangizga shu sharafli yo‘lda olib borayotgan olijanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilaymiz.
Xonadonlaringizga doimo tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka yor bo‘lsin!
Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz ustoz va murabbiylar!
@ohangaronshahar
#Bayram_tabrigi
Ohangaron shahar hokimi RAJABBOYEV MUZAFFAR ERKABOYEVICHning shahrimiz ustoz-murabbiylariga bayram tabrigi!
✨Aziz ustozlar, xalqimiz ziyolilari barchangizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Inson kim bo’lishidan, qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat’iy nazar, ustoz-murabbiylariga alohida ehtirom bilan qaraydi. Hamma zamonlarda ham o’qituvchilik kasbi eng sharafli va mashaqqatli kasb bo’lib qolaveradi. Bugun Siz ta’lim-tarbiya berayotgan yoshlar ertamiz egalari, mamlakatimiz taraqqiyotining mustahkam ustunlaridir.
⚡️Davlatimiz rahbarining ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida “Ta’limda, ma’rifatda orqada qolganlar – hech shubhasiz, taraqqiyotda ham orqada qoladi. Bu – tarixda isbotlangan haqiqat”, deya ta’kidlagan jumlalari bugungi pedagoglarni ulug’ maqsadlar yo’lida xizmat qilishga undaydi.
✨Mana shunday ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman! Doimo sog‘-salomat bo‘ling, aziz ustozlar!
✨9-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ''Ustozim ulugʻ faxrim" deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
📍Tadbirda faxriy ustozlar va Respublika maʼnaviyat va maʼrifat Ohangaron shahar boʻlimi rahbari U Choʻlponova va D.Akbayevalar hamda Noʻgʻoyqoʻrgʻon mahalla raisi B.Munnavvarov, mahalla hoji otasi I.Abdullayevlar ishtirok etdi.
🎉Tadbirga kelgan faxriy ustozlarimizga mahalla raisi B.Munnavarovga oʻz sovgʻalarini taqdim etdi.
✨Bayram soʻngida maktab direktori F.Mashkurova maktabning Zakovat jamoasini shaharda 3-oʻrinni egallab, viloyat bosqichida 68 ta maktablar orasida 5-oʻrinni egallagani uchun oʻz sovgʻalarini topshirdi.
⚡️Tabdirdan soʻng, faxriy ustozlar bir piyola choy ustida suhbat qurishdi.
@ohangaronshahar
Tergov kuni munosabati bilan Ohangaron shahar prokurori o‘rinbosari S.Agzamov tomonidan shahar IIB huzuridagi TB xodimlari ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari va tergovga qadar tekshirish materiallari bilan tanishib, ko‘rsatmalar berildi.
Читать полностью…"E-auksion" platformasida 80 dan ortiq sotuvda mavjud bo'lgan Davlat aktivlarini sotib oling!
🔹Angren shaharida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 7 ta (Ko'rish)
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Ohangaron shahar FVB ogohlantiradi❗️
👩🚒Hurmatli shahrimiz aholisi isitish mavsumida yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qiling.
Oilangizni va mol mulkingizni oʻt balosidan asrang.
⚡️ No‘g‘oyqo‘rg‘on MFY raisi Botirxon Munavvarov Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi va oʻquvchilari bilan yaqindan tanishish maqsadida maktab jamoasi bilan uchrashuv tashkil etdi.
📌 Noʻgʻoyqoʻrgʻon Mahalla raisi maktab rahbariyati bilan tizimdagi yangiliklar, davomat, taʼlim sifati, mahalla yettiligini mahallalardan kelib oʻqiyotgan oʻquvchilar bilan olib borayotgan tarbiyaviy ishlari, shu bilan birga PF-209 farmoni ijrosi boʻyicha "mahalla+maktab" usulida har hafta ishlash zarurligi aholisining farzandlari ularning davomati darslarga qiziqishi, kam taʼminlangan oilalar hamda yordamga muhtoj oilalarning farzandlari yuzasidan davra suhbati oʻtkazdilar.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz👇👇
Telegram | Facebook | Instagram
1- oktabr Ustoz va
murabbiylar kuniga bag'ishlab Ohangaron shahar sport maktabida ustozlarni e’zozlab bayram dasturxoni yozildi.
Tadbir davomida faxriy murabbiylarga alohida hurmat ko‘rsatildi. Yosh murabbiylarning ham yutuqlari e’tirof etildi. Barchaga kelgusida ulkan muvafaqqiyatlar tilandi.
Shuningdek, bayram so‘ngida maktab direktori Dilshodxoja Munavarov ustoz murabbiylarni shahrimiz hokimi Muzaffar Rajjabboyev nomidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
"E-auksion" platformasida 271 ta davlat mulkini ijaraga oling!
🔹Angren shaharida 133 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 8 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 10 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 16 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 8 ta (Ko'rish)
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#tabrik
Qalbi ezguliklarga yo'g'rilgan aziz ustozlar, mehridaryo murabbiylar!
Ohangaron shahar kasb-hunar maktabi jamoasi 1-oktabr– "O'qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami bilan bu sharafli nomni ulug'lab kelayotgan barcha insonlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Sizning yuksak mas'uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo'lishini tilaymiz! Yoshlarning bilim va malakasini oshirishga qo'shayotgan samarali mehnatingiz uchun tashakkur bildiramiz.
Hurmat bilan Ohangaron shahar kasb-hunar maktabi direktori Bahodir Muminov
HURMATLI SHAHRIMIZ O'QITUVCHI VA MURABBIYLARI BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
Barchangizga sog'lik-salomatlik, kuch-quvvat ato etsin! Ilm o'rgatishda sizning sabr-toqatingiz, matonat va fidoyiligingiz, har bir o‘quvchiga bo‘lgan mehr-muhabbatingiz mashaqqatli mehnatdir. Qilayotgan xayrli amallaringiz bardavom bo'lsin!
Hayotda doimo shunday el ardog'ida bo’lib yuring. Yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalashdek ma’suliyatli, ammo sharafli kasbingizda ulkan zafarlar tilayman. Faoliyatingizda omad hamrohingiz bo’lsin.
Qadrli ustoz va murabbiylar, bayramingiz muborak bo'lsin!
Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i o'rinbosari Jamoliddin Sodiqov
Xotira_turniri
1- oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan. Ohangaron shahar sport maktabi shug'ullanuvchilari o'rtasida, Ohangaron tuman va shahrida ta'lim sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, zaxmatkash va fidoiy inson Ahad Xoji Davronov xotirasiga bag'ishlangan Dzyudo va Jiu-jitsu sport turlaridan xotira turniri musobaqasi bo'lib o'tdi.
Unda 130 nafardan ziyod sportchi o'quvchilar 20 ta vazn toifasida ishtirok etishdi.
🥇 Keskin va murosasiz kechgan janglarda g'oliblar va sovrindorlar musobaqa homiysi Iskandar Davronov tomonidan diplomlar, va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Ikrom Xamrayev, 8-maktab direktori
1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, mas’uliyatli va sharafli kasbingizda omad va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilab qolaman. Mehnatingiz doimo muhim va ahamiyatli, Sizlarni juda qadrlayman, aziz ustozlar!
#Bayram_tabrigi
Bobur Adizov, Ohangaron shahar Ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori
Aziz ustoz va murabbiylar!
Yurtimizning barcha ustoz va murabbiylarini "1-oktabr Ustoz va murabbiylar" kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Iqtidorli va yosh kadrlarning yangi avlodini tarbiya toptirish, o'quvchilardagi yashirin iqtidorni kashf etish sharafli kasb egalari ustozlarning zimmalaridagi eng buyuk burchlaridir.
Ustozning umri mangu, chunki shogirdlar umri unga ulanadi. Uning nomi ham umri ham hamisha boqiydir.
Kichikkina jussangizda Al-Xorazmiy bobomizning yuragi, shiddatingizda Iskandarning mayog'i, ko'ksingizda qadim sharqning silsilasi, so'zlaringizda esa Navoiyning san'ati mujassamdir.
Ustozlar! Sizlarning mehnatingizni ta'riflash uchun barcha so'zlar marjon kabi tizilib kelsa ham ozlik qiladi.
Aziz ustozlar, qadrli murabbiylar barchangizga ulkan tajriba, matonat va halol mehnatingiz uchun tashakkur!
@ohangaronshahar
Muyassar Aynakulova, 2-IDUM direktori
Muhtaram ustozlar! Kuni kecha yurtboshimiz biz ta’lim fidoiylariga bag‘ishlangan yig‘ilishlarida katta imkoniyatlar eshigini ochdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlariga ishonch bildirib, yangi marralarni zabt etish borasida bir qancha takliflar kiritdi. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning "Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bog‘liq"degan so‘zlari sizlarning mashaqqatli,ayni vaqtda sharafli faoliyatingizga berilgan yuksak bahodir.
Viloyat hokimligi tomonidan 2023-2024 o‘quv yili natijalari bo‘yicha menga berilgan mukofot mehnatsevar va ahil jamoamning yutug‘idir. Bu mukofotdan so‘ng, yanada mas’uliyat bilan ishlashga, ta’lim sifatini yuqori ko‘rsatkichlarga olib chiqishga va muhtaram yurtboshimiz ishonchini oqlashga so‘z beraman. Siz azizlarni, sizlarning timsolingizda o‘z hayotini yosh avlod tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan barcha ustozlarni, 1-oktyabr - "Ustoz va murabbiylar " kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
#tabrik
Nargiza Boymirzayeva, 1-maktab direktori.
Aziz ustozlar! Bugungi ayyom bilan barchangizni tabriklayman! Bolajonlarning "ustoz" degan murojaati qalbimizga iliqlik olib keladi.
Maktabimiz bu yilgi reytingda viloyatdagi 899 ta maktab ichida 7-o‘ringa munosib deb topilgani jamoamizga ulkan sovg‘a bo‘ldi. Buning ortida 100 nafar o‘qituvchi-ustozlarning tinimsiz mehnati yotibdi.
Prezidentimizning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan ochiq muloqotida yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga qarata “Bizning dunyodagi eng aziz va eng moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi bo‘lgan farzand va nabiralarimizdir” deya murojaat qildi.
Barchamiz farzo‘ndlarimizning baxtli, saodatli yashashini istaymiz. Bunga erishish oson emas.
Ta’lim va tarbiya - butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo faollik va fidoiylikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir.
Farzandlarimizning baxti, yorug‘ kelajagi uchun, jonajon Vatanimiz istiqboli uchun mustahkam poydevor yarataylik!
✅Ohangaron shahar 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2024 yil 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ''Sizga ta’zimdamiz aziz ustozlar" deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
🎉Tadbirda kuy, raqs va qo'shiqlar ijro etildi. Tadbir so'ngida, maktab direktori Ikrom Xamrayev barcha ustozlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
/channel/ohangaronshahar
⚽️ Finalga bironta gol oʻtkazmay yetib kelgan Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi finalda magʻlub boʻldi.
🇯🇵Yaponiya 1⃣:0⃣ Oʻzbekiston🇺🇿
🌐 @ohangaronshahar