ohangaronshahar | Unsorted

Telegram-канал ohangaronshahar - Оhangaron shahar hokimligi

3659

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Мurojaat va takliflar uchun: https://t.me/hokimlikbot

Subscribe to a channel

Оhangaron shahar hokimligi

🇯🇵 Yaponiya - Oʻzbekiston 🇺🇿

U-23 Osiyo kubogi final oʻyini boshlandi.

OLGʻA OʻZBEKISTON!!!


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

📝 Toshkent viloyati AOKA jamoasi soʻz va matbuot erkinligi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan barcha ijodkorlarni ushbu sana bilan samimiy qutlaydi! 

Oʻtkir qalamingiz, keskin va xolis soʻzingiz bilan adolat yoʻlida kurashish va bu orqali mamlakatimiz islohotlariga hissa qoʻshishdek masʼuliyatli faoliyatingizda omad va zafarlar tilaymiz!


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

An'anaviy tarzda tashkil etilayotgan hokim qabulida bugun ham fuqarolar murojaatlari o'rganildi


⚡️ Bugun Ohangaron shahar hokimi Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich shahrimizda joylashgan "Birlik" MFYda fuqarolar bilan jonli muloqot o'tkazdi.

✍ Unda fuqarolar uy-joy, moddiy yordam, kredit ajratish, ishga kirish bilan bog'liq turli mazmundagi muammolari bilan murojaat qildi.

🧩 Shu yerning o'zida murojaatlar ishtirok etayotgan shahar mas'ullariga vazifa sifatida belgilab berildi.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Haqiqat har doim achchiq bo'ladi, ammo u dunyoni o'zgartiradi.


Kanalga ulanish:⤵️
/channel/Sunnat_Saparaliyev_1222

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

🗓 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni

 
🏢 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 1993-yilning 3-may sanasini “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb e'lon qilish va shu kunda "Xalqaro matbuot erkinligi kuni" nishonlanishi haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. Oʻshandan buyon har yili 3-may kuni dunyo boʻylab "Xalqaro matbuot erkinligi kuni" nishonlanadi.

🎉 Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari, jurnalistlarga 3-may – Jahon Matbuoti erkinligi kuni muborak bo'lsin.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisidagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisidagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

✅ Saida Mirziyoyeva boshchiligida Kembrij universiteti kutubxonasi, Luvr muzeyi restavratorlaridan iborat jamoa noyob Qurʼon qoʻlyozmasi – “Usmon Musʼhafi”ni qayta tiklashni boshladi

“Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Musulmonlar idorasi tomonidan bir qator xalqaro ekspertlar, jumladan, Kembrijdan Kristi Roz, fransuz restavratorlari Aksel Dele va Korali Barb, istanbullik Nill Baydar jalb etildi.

Mutaxassislar «Usmon Musʼhafi” qoʻlyozmasining har bir sahifasini sinchkovlik bilan oʻrganib, restavratsiya rejasini ishlab chiqadilar.

Ushbu muqaddas qoʻlyozmani kelajak avlod uchun saqlab qolish yoʻlidagi ezgu ishning barcha bosqichlarida omad yor boʻlishini tilayman», –
deb yozadi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

⚡️ Bugun Ohangaron shaharlararo Qoʻriqlash boʻlimi hamda Ohangaron shahar Adliya boʻlimi bilan hamkorlikda Ohangaron shahar Ipoteka banki xodimlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'moli uchun yangi tarif belgilanganligi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Jamoa


Toshkent viloyati hokimi va viloyatdagi shahar, tumanlar hokimlari


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

🏆 Bugun Ohangaron shahar 3-maktabda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari xodimlari o'rtasida "SOG'LOM TANDA - SIFATLI TA'LIM" shiori ostida kasaba uyushmasi kubogi o'yinlari tashkil etildi.

🏐 Sportning "voleybol" turi bo'yicha 3-maktab ayollar jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdilar. G'oliblar Ohangaron shahar kasaba uyushmasi tomonidan taqdirlandilar.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

👨‍🎨 Ohangaron shahar mahallalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan "Yosh musavvir" tanlovi tashkillashtirildi.

▫️Tanlov 14-30 yosh toifasida bo'lgan yoshlar o'rtasida o‘tkazildi.

⚡️ Tanlovda "Mening obod mahallam", "Yoshlar va biznesni qo'llab quvvatlash yili" va "Besh tashabbus olimpiadasi" mavzusidagi ijodiy ishlar baholandi va g‘olib yoshlar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

⚡️ Bugun Ohangaron shahar FVB binosida O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi boshqarma boshlig'i A.Kamilov, shahar prokurori T.Karimov hamda FVB boshlig'i B.Abduvahobovlar ishtirokida "Halollik posbonlari korrupsiyaga qarshi ta'lim va harbiy vatanparvarlik orqali yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish" mavzusida yoshlar bilan o'quv seminari o'tkazildi. Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarni korrupsiyaga qarshi immunitetini shakllantirish, kelgusida halollik posbonlarini bugundan tayyorlash etib belgilandi.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

🇺🇿 Toshkent viloyatining Ohangaron shahridagi Kasb-hunar maktabida Qurolli Kuchlari Akademiyasi ofitserlari va kursantlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

📌Batafsil: Davra suhbati

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Nuroniylar avjida

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali mas’ul xodimlari tomonidan Ohangaron shahar hokimi va hokimlik boshqaruv apparati rahbar va xodimlari uchun ekspress-trening tashkil etildi.

⚡️ Treningda shahar hokimi, shuningdek, hokim o’rinbosarlari, sektor rahbarlarining ish faoliyatini jadallashtirish, hokim va uning jamoasini yagona maqsad yo'lida birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarlarining samarali faoliyati uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar tushuntirildi.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

QAROR VA IJRO


📌 Joriy yilning 1-may kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahrida  O'zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida"gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 61-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Nilufar Mirzayeva tomonidan shahardagi qonun talablariga javob bermaydigan, noqonuniy o'rnatilgan reklamalar hamda imloviy xatolar bilan yozilgan peshlavha va reklama bannerlari o'rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko'rildi.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

⚡️ Bugun Ohangaron shahar prokurori Toʻlqin Karimov “Guliston” MFY hududidagi koʻp qavatli binolarning holatini, atrof-muhitning obodligini nazorat qildi.

Shuningdek, shahar prokurori mahallada istiqomat qiluvchi, imkoniyati cheklangan 70 yoshli Marina Esangeldiyevaning holidan xabar olib, suhbatlashdi. Onaxonni   oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlab, nuroniylar hamisha masʼullarning eʼtiborida ekanini aytib oʻtdi.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Fuqaro murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov tomonidan shahardagi ayrim jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari eshitildi.

Murojaatlar belgilangan tartibda ijroga qaratilib, Kotibiyat mudiri tomonidan nazoratga olindi.

Kanalga ulanish

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

⚡️ Ohangaron shahar elektr ta’minoti ogohlantiradi!

💡 Ohangaron shahar elektr ta'minoti shuni ma'lum qiladiki. 03.05.2024-yil soat 09:30dan 13:00gacha 4-sonli transformator punktida “Kuz-qish” mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Ohangaron shahar "Ohunboboyev", "Umid", "Shodlik", "Birlik" "Do'stlik", "Orzu" va "Yangilik" MFY hududlarida elektr taʼminoti vaqtinchalik to'xtatiladi. Ohangaron shahar elektr ta'minoti kelib chiqishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun uzur so'raydi.

📞 706453200


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisidagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

⚡️ Bugun Ohangaron shahar prokurori katta yordamchisi B.A.Buxarov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi VMning 16.04.2024-yildagi 204-sonli qarori boʻyicha "Sahavot" uyi va 1,2,3-sonli umumta'lim maktablaridagi xodimlarga 2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meyorlari  boʻyicha tushuntirishlar berilib, tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya ajratish tartibi haqida maʼlumot berildi.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Boy berdik...
(Bugungi avlod haqida oʻylar)

Boshdan oyoq yasatib,
Zeb berdik, chiroy berdik.
Ogʻziga tutib oshni,
Qaymogʻu-shirmoy berdik.
Soldik qasr-imorat,
Minsin deya “toy” berdik.
Erkaladik, siyladik,
Toʻy tomosha, ”moy” berdik.
Nima qilsak qildik biz,
Avlodimiz boy berdik.

Qoʻlda tutmadi ketmon,
Rohat ichra shirin jon,
Peshonadan oqmas ter,
Haq, deya qaynamas qon.
Tutun bosgan moʻridek,
Mogʻor bosdiku vijdon.
Borimiz qildik tortiq,
Yulduz berdik, oy berdik.
Gʻaflatda biz kattalar.
Kichiklarni boy berdik.

Kitobmas, nur-ziyomas,
Erta-yu kech pul tutdik.
Ona suti ogʻzida,
Goʻdaklarga gul tutdik.
Hayot, zahmat azobin,
Mashaqqatin sir tutdik.
Oʻn yettida uylantib,
Suluv-gulchiroy berdik.
Nima qilsak qildik biz,
Avlodimiz boy berdik.

Bosib keldi toʻfondek,
Gʻarbning turfa balosi,
Internet, mobil telefon,
Tik-tok, telegʻavgʻosi.
Ey voh, yigit-qiz, juvon,
Maishatning shaydosi.
Oqibat boʻldi unut,
Ahloqsizga joy berdik,
Telba, teskari tentak...
Biz avlodni boy berdik.

...Islom, iymon, diyonat,
Haq yoʻlidan yiroqmiz,
Shaytonga esh bandamiz,
Ilmsiz, goʻl-gumrohmiz,
Dilda soʻnggi pushaymon,
Behudaga oh-vohmiz.
Vaqtni sovurdik yelga,
Yelkasi togʻ-gunohmiz.
Toʻpladik, toʻkdik, sochdik,
Ey voh, xoynahoy berdik,
Usmon anglar endi kech,
Borimizni boy berdik.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

🏆 Bugun Ohangaron shahar 3-maktabda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari xodimlari o'rtasida "SOG'LOM TANDA - SIFATLI TA'LIM" shiori ostida kasaba uyushmasi kubogi o'yinlari tashkil etildi.

⚽️ Sportning "futbol" turi bo'yicha 3-maktab erkaklar jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdilar. G'oliblar Ohangaron shahar kasaba uyushmasi tomonidan taqdirlandilar.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

⚡️ Bugun qishloq xoʻjaligi xodimi, olim agranom Eson Komilovni xotirlab, 85 yillik tavallud ayyomi hamda “Onajonim jannatim, Otajonim davlatim” kitobi taqdimoti munosabati bilan “Uch avlod” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda “Nuroniy” jamgʻarmasi Respublika boshqaruvi boʻlim boshligʻi Abdumajid Umarov, Oʻzbekiston Xalq artisti Erkin Komilov, Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi raisi, Xalq shoiri, Senator Maxmud Toir, Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati boʻlimi raisi, “El yurt hurmati” ordeni sohibi Ziyovuddin Mansur, “Nuroniy” jamgʻarmasi Toshkent viloyati boʻlimi bosh mutaxassisi Yusupali Islomov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyati boʻlimi bosh mutaxassisi Kamolaxon Usmonova hamda viloyatimiz faol nuroniylari, Boʻka tumani qishloq xoʻjaligida samarali mehnat qilgan nuroniylar ishtirok etdilar. Uchrashuv shahrimiz Madaniyat boʻlimi va 6-sonli musiqa maktabi xodimlarining navolari, kuy-qoʻshiqlari bilan koʻtarinki ruxda oʻtdi.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

📌 «Шаҳрисабз — Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти туризм пойтахти» халқаро тадбирлари тафсилотлари

⏺Бугун, 26 апрель куни Иқтисодий Ҳамкорлик Ташкилотининг Туризм бўйича Маслаҳатлашув кенгашини ташкил этиш мақсадида ташкилот бош котибияти ва ташкилотга аъзо давлатлар расмийлари иштирокида йиғилиш бўлиб ўтди.

Ушбу ташаббус Президент Шавкат Мирзиёев томонидан Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 16-саммити доирасида илгари сурилган ва ташаббус ИҲТга аъзо барча давлатлар раҳбарлари томонидан қўллаб-қувватланган эди.
〰️〰️〰️〰️〰️

⏺Бугунги маслаҳатлашувларда расмийлар Туризм бўйича Маслаҳатлашув кенгаши ташкил этилишининг аҳамияти ва унинг доирасида амалга ошириладиган кўп томонлама манфаатли лойиҳаларни муҳокама қилишди. 

Шунингдек, ушбу халқаро тадбир доирасида «Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти ҳудудида чегарасиз туризм» мавзусида сайёҳлик форуми бўлиб ўтди.  
Тадбирда ИҲТга аъзо давлатлар, жумладан, Покистон, Эрон, Туркия, Озарбайжон, Қозоғистон, Қирғизистон, Тожикистон делегациялари раҳбарлари ва юқори мартабали меҳмонлар иштирок этдилар. 
Форум якунида ИҲТга аъзо давлатлар келишуви билан Ўзбекистон ҳамда ИҲТ ташаббуслари асосида
Шаҳрисабз декларацияси қабул қилинди.

〰️〰️〰️〰️〰️

Шаҳрисабз Иқтисодий Ҳамкорлик Ташкилотининг 2024 йилдаги туризм пойтахтига айланди. Бу ҳақдаги махсус сертификатни ИҲТ Бош котиби Ҳусрав Нозирий Шаҳрисабз ҳокими Шерзод Бўриевга топширди.

Тадбир ИҲТга аъзо мамлакатлар ёш дизайнерлари иштирокида «Modest fashion show» ва саҳналаштирилган маданий концерт дастури билан якунланди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Choʻpon va tajribali rahbar


Qadimda qoʻy boquvchi vijdonli bir choʻponga odamlar 15 mingga yaqin qoʻylarini boqib berishi uchun topshiribdi.

Bir yildan soʻng, odamlar Choʻpondan eʼtiroz qilib, qoʻylar yaxshi boqilmayotgani va qoʻylar boʻrilar tomonidan boʻgʻizlanib, izsiz yoʻqolishini koʻp bor taʼkidlab, uni ayblabdilar.

Aslida, oʻsha yili haqiqatda togʻlarga qalin qor tushganligi bois boʻrilar, togʻ oldi qishloqlarga kelganligi va ularning soni keskin ortganligi sababli, qoʻylarning egalari mingga yaqin qoʻylarning boʻgʻizlanishidan jabr koʻrgan boʻlib chiqibdi. Odamlar Choʻpondan qoʻylarni talab qilmabdi. Voz kechibdi!

Ammo, choʻpon oʻz vazifasini “bajara olmadim” va “odamlarning ishonchlarini oqlamadim” deb, choʻponlik kasbini tashlab ketibdi.

Shunda odamlar oʻzlarining safdoshlari ichidan “vijdonli”, “diyonatli”, “fidoiy” deb koʻp yillar rahbar boʻlib ishlagan, boyligi va mablagʻi anchagina boʻlgan insonni “oʻziga toʻq” degan bahoni berib “choʻpon” etib saylabdi.

Saylangan choʻponning baxtiga boʻrilar galasi bir dona ham qolmasdan juda uzoqlardagi noaniq togʻlarga ketibdi.

Ammo, YANGI saylangan choʻpon maʼlumotiga koʻra, qoʻylar bu yilda boʻrilar tomonidan oʻtgan yilgidan koʻra oʻn baravarga koʻp boʻgʻizlangani aytilibdi.

Va eng asosiysi, odamlar bu safar ham ishonibdi hamda tabiatning qonuni deya, oʻz qoʻylaridan kechibdi.

YANGI saylangan choʻpon, koʻp va hoʻp tajribali ekanligi bois, qoʻylarini unga topshirgan barcha insonlarni yigʻib, qoʻylarni boʻgʻizlagan boʻrilarni izlab topishga va ularni ayovsiz jazolashga koʻndirib, noaniq boʻlgan uzoq togʻlarga joʻnatishga muvoffaq boʻlibdi.

Eʼtiborlisi shuki, Noaniq togʻlardan boʻrilarni izlab ketgan insonlarning hech biri yillar oʻtgandan keyin ham qaytib kelmabdi.


🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

❓Missionerlik nima?

❓Prozelitizm haqida nimalarni bilamiz?

❓Missionerlik va prozelitizm bilan shug‘ullanishning huquqiy oqibatlari qanday?

❓Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish jamiyatda qanday noxush holatlarga sabab bo‘lmoqda?

✅ Javob: Batafsil videorolikda



🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

⚡️ Ayni damda Ohangaron shahar "Nuroniylar maskani"da Toshkent viloyati Nuroniylar boshqarmasi tashabbusi bilan shahrimizda "Uch avlod uchrashuvi"ga start berildi.

Читать полностью…
Subscribe to a channel