Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Мurojaat va takliflar uchun: https://t.me/hokimlikbot
#O‘rganish
✨Majburiy ijro byurosi Ohangaron shahar bo‘limi boshlig‘i R.Umirzakov “Namuna” MFY hududidan o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan suhbatlar olib bordi.
⚡️Jarayonda yoshlar bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
🌐 @ohangaronshahar
#Profilaktika_kuni
Profilaktika kuni munosabati bilan Ohangaron shahar prokurori T.Karimov Namuna MFYda sodir etilgan JK 169-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi muhokamasini o‘tkazib, yig‘ilganlarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
⚡️⚡️⚡️
ДЕБАТЛАР ЭКСПЕРТЛАР НИГОҲИДА
📹 Анваржон Миркомилов,
“Тараққиёт стратегияси” марказининг бўлим бошлиғи.
@olimlar_minbari
13-oktabr Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosida umumiy oʻrta taʼlimi maktabi oʻquvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi
Читать полностью…#bunyodkorlik
Sardorbek Sarvarbek kelajak qurilish boshqaruv servis kompaniyasi hamda Toshkent suv ta’minoti MCHJ Ohangaron shahar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda Oxunboboyev MFY 5-daha 9-uy kanalizatsiya quvurlari almashtirildi.
@ohangaronshahar
#Bunyodkorlik
#jarayon
✨“Open budjet” loyihasida g‘olib bo‘lgan ta’lim muassasalarda qurilish, ta’mirlash, bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.
⚡️Shahrimizdagi 300 o‘ringa mo‘ljallangan 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham ta’mirlash jarayonlari olib borilmoqda.
✨Muassasani foydalanishga topshirish uchun jadal ishlar amalga oshirilib, ayni damda pardozlash ishlari yakuniy jarayoniga yetmoqda.
🖇Ta’mirlash jarayonlari uchun qariyb 1360,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyiha Yagona buyurtmachi xizmati DUK tomonidan tashkil etilgan.
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati.
Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
#Taʻlim
☑️ Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta'lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
📌 Ta'lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
👉 Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Минбар
Сайловлар ҳамма муаммоларга ечим бўлиши керакми?
Ўзбекистонда ўтказилаётган сайловолди ташвиқотлари ва унга аҳоли муносабатлари юзасидан эксперт мулоҳазалари
✅ Батафсил
✍️Худойберди Ҳақназаров,
тарих фанлари доктори, мустақил эксперт
@olimlar_minbari
#Donorlik_kuni
❣️Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasida 10-oktabr kuni soat 10-00 dan 14-00 gacha "Beg'araz donorlik kuni" o'tkaziladi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
❗️Donorlik tartibi bo‘yicha eslatma:
1. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar fuqarolik pasporti bilan ishtirok etishi;
2. 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli va gazli yaxna ichimliklar iste’mol qilmasligi;
3. Donor bo‘ladigan kun ertalabki nonushtada tuxum, yog‘ va sut iste’mol qilmasligi;
4. Donor so‘nggi 6 oy ichida chet elda bo‘lmagan bo‘lishi lozim;
5. Sariq kasalga chalinmaganligi va “D” ro‘yxatda turmasligi talab etiladi.
🩸Qon — bu hayot, sizning qoningiz ko‘plab insonning hayotini asrab qolishi mumkin.
@ohangaronshahar
MTTda nima gaplar?!
Ta’limning, tarbiyaning ilk o‘chog‘i hisoblanmish maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga sifatli xizmat ko‘rsatish muhim jarayondir.
Shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Karimov, Makatabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Xamrayev hamrohligida shahrimizdagi 6-maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini o‘rgandi.
Mutasaddilar tomonidan MTT oshxonasi holati, bolalar ratsionlari o‘rganildi.
@ohangaronshahar
#Jarayon
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda shahar hokimligi ma’sul xodimlari A-373 avtomagistral yo‘lining Ohangaron shahri hududidan o‘tgan qismida, ya’ni, 133,7 km.da hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tegishli bo‘lgan Ohangaron shahri “Birlik” mahallasida joylashgan “Ohangaron” bekatidagi temir yo‘l liniyasida yer usti piyodalar o‘tish yo‘laklarining qurish ishlari jarayonini jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
@ohangaronshahar
#Tabriklaymiz
Bugun shahar hokimining davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Mirzayeva Nilufar Foziljonovnaning tavallud ayyomi!
Nilufar Foziljonovnani mehribon ona, o‘z sohasining bilimdoni, hamkasblaridan beminnat yordamlarini ayamaydigan kadr sifatida yaxshi bilamiz!
Doimo sog‘-salomat bo‘ling! Oilada va kasbiy faoliyatingizda muvafaqqiyatlar tilaymiz!
Shahrimiz ravnaqi, iqtisodiy-ijtimoiy yutuqlarni qo‘lga kiritish yo‘lidagi faoliyatingizda zafarlar yor bo‘lsin!
Ohangaron shahar hokimligi jamoasi
@ohangaronshahar
#Aholiga_qulaylik
Ohangaron shahar, Birlik MFYdagi aholini o‘ylantirayotgan, Respublika darajasidagi muammoli masala-Temir yo‘l kesishmasi yuqorisidan o‘tuvchi ko‘prik qurilishi Respublika rahbariyati topshirig‘i bilan foydalanishga topshirish maqsadida yakuniy ishlar boshlandi.
Shahar aholisi nomidan O‘zbekiston Temir yo‘llari A/J temir yo‘l quruvchilari ishiga omad, kuch-quvvat tilaymiz.
@ohangaronshahar
#mol_mulk_yer_solig'i to'lashning muddati yakunlanmoqda.
📌Soliq kodeksining 423 va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to'lashi lozim.
⚡️Hurmatli fuqarolar mol-mulk va yer soliqlaringizni teng yarmini 15-oktabrga qadar to'lashni unutmang.
📲Shuningdek, Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
✍Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi.
Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari.
Ohangaron shahar Yoshlik MFY yoshi Akmalova Sayyoraxon Ikromxon qiziga Angren universitetida ta'lim olishi uchun kontrakt to'lovini to'lab berilishida yordam berildi.
@ohangaronshahar
✅ Ohangaron shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik J.A.Tilyabayev "Orzu" Yangilik MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi va shahar IIB probatsiya hisobida turuvchilar bilan navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.
🟢 Qabul davomida aholiga ijtimoiy yordam, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo'lga qo'yish masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
🟢 Shuningdek, aholi va shahar IIB probatsiya hisobida turuvchilar tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha o'rganilib hal qilish chora tadbirlari belgilab berildi. Muddat talab qiladigan boshqa turdagi murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
🌐 @ohangaronshahar
#Vakansiya #Vacancy #Вакансии
Viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan 22 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari taqdim etilmoqda
👉 Batafsil
The Department for Reducing Poverty and Employment of the Region is offering over 22,000 job vacancies
👉 In detail
Со стороны Главного областного Управления Сокращения бедности и содействия занятости предлагается более 22 тысяч вакансий (рабочих мест)
👉 Подробно
✅ Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter
"Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari.
✨✨YOSHLAR DAFTARI BU SIZNING TANLOVINGIZ!
✨Ohangaron shahar "BO'STON" mahallasida istiqomat qiluvchi Boymirzayeva Shahzoda ingliz tiliga qiziqishi borligi yuzasidan yoshlar yetakchisiga qilgan murojaati tufayli bugun bu yoshimizning murojaati ijobiy hal etildi.
👏Shahzodaga O'zbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasining 312-qaroriga asosan “Yoshlar daftari” mablag'lari hisobidan oʻquv kurslari uchun 6 oylik oʻquv kursining toʻlovlari to'lab berilib ko'mak ko'rsatildi.
❇️Mahalla yoshlar yetakchisi yordami bilan bu yoshimiz bugungi kunda ingliz tilini oʻrganib kelmoqda.
📌Ushbu berilgan imkoniyatdan oqilona fоydalanib, ko'zlagan maqsadini amalga oshirishga ishonch bildiramiz.
@ohangaronshahar
#Nuroniy_jamg‘armasi
Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturi amalda
🇺🇿 O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va respublika nuroniylarining O‘zbekiston xalqiga MUROJAATI yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✓ Yig‘ilish shahar Nuroniy jamg‘armasi jamoatchilik kengashi va Xalq ta’limi kasaba uyushmasi a’zolari hamkorligida tashkillashtirildi.
✓ Yig‘ilish qatnashchilari Prezidentimizning kambag‘allikni qisqartirishni UMUMMILLIY HARAKATga aylantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar.
✓ Bu olijanob tashabbusni qo‘llab so‘zga chiqqan, 90 yoshga qarab borayotgan nuroniylarimizdan Mukarramhoji ona Abdujalilova, Abduvohid Nishonov va Yo‘ldosh Ergashevlar o‘z chiqishlarida o‘tgan davrlardagi qiyinchilik va mashaqqatlardan faqat mehnat va ilm orqali farovonlikka yetganliklarini hayotiy voqeliklaridan kelib chiqib so‘zlab berdilar.
@ohangaronshahar
#qaror_va_ijro
✨PQ-5152-son qaror doirasida Sardorbek Sarvarbek Kelajak qurilish BSK xizmat ko‘rsatuvchi "Vatan" MFY 3-kichik hudud 21-uy tomida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
@ohangaronshahar
#Минбар
“Сайлов – 2024”: сиёсий уйғунлик ва партиялараро рақобат юзасидан айрим мулоҳазалар
"Гармония – зиддиятлар уйғунлиги"
Гераклит.
🔖Милоддан аввалги 544 йилда қадимги юнон файласуфи Гераклит илмий меросидан келтирилган ушбу иқтибос замонавий ўзбек электорати нигоҳидаги партиялараро рақобатнинг ўзига хос ҳамоҳанглигини, назаримизда, аниқ ифодалайди. Бир қарашда, бундай турлича ва фарқли ёндошувлар жамиятда маълум антогонизм ёхуд зиддиятларни келтириб чиқариши мумкиндек.
⚡️Аммо айнан шу тафовутлар аслида сиёсий тизимни амалда такомиллаштиришнинг муҳим омили бўлади. Партиялар ўртасидаги ўзаро мусобақа ва сиёсий кураш жамият манфаатларини кенгроқ ҳисобга оладиган муқобил давлат сиёсатини яратишга замин бўлади.
✅Бўлиб ўтган дастлабки икки теледебатлар давомида партиялар етакчи ва маърузачилари ўз сайловолди платформаларига киритилган асосий таклифларини тақдим этдилар, баъзилари бир-бирини тўлдирса, айримлари эса бир-бирига тамоман зид бўлди. Қизгин мунозаралар сайловчиларни қизиқтирган долзарб муаммоларни акс эттирса-да, оммавий муҳокамалар иштирокчилари такомилга молик бир нечта муҳим жиҳатларни ҳисобга олишларини тақозо этади.
📎Умуман олганда, теледебатлар юзасидан туғилган холис мушоҳадаларимиз хулосалари шундан далолат берадики, мамлакат ижтимоий-сиёсий кўланкасида аниқлик, танқидийлик ва очиқликнинг қарор топиб бориши сайловчилар ишончини ошириш ва Ўзбекистонда сиёсий баҳс-мунозаралар сифатини яхшилаш йўлида ташланган муҳим қадам бўлмоқда.
◀️Батафсил
✍ Бобур Алихонов,
Ўзбекистон Журналистика ва оммавий коммуникациялар университети фахрий профессори, медиа эксперт
@olimlar_minbari
#Kun_hikmati
▫️Bu fotosuratda haddan ziyod shaxsiy erkinlikning yomon tomoni va suiiste’mol qilinishiga juda yaxshi namunadir.
Suratda bir bo‘lak pirog olgan odam ӯzining ulushini oldi.
Ha, to‘g‘ri, balki u o‘ziga tegishlisini olgandir, ortig‘ini olmagandir, lekin o‘z ulushini olish chog‘ida boshqalarning o‘z ulushini olishini qiyinlashtirdi.
Bu hatto adolatsizlikka ham yӯl ochmoqda.
Agar biz o‘z erkinligimizdan foydalangan holda boshqalarga zarar etkazayotgan bo‘lsak va adolatsizlikka sabab bo‘lsak, bu shaxsiy erkinlikni suiiste’mol qilishdir.
“Adolat arifmetik emas, geometrikdir”. Platon.
Manba: twitter
@ohangaronshahar
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 3200 dan ortiq Ko'chma savdo joylarini sotib oling!
🔹Angren shaharida 557 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 247 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 489 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 232 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 301 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 23 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 160 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 136 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 91 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 189 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 133 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 111 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 47 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 104 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 117 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 197 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 59 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 26 ta (Ko'rish)
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Bizning_yoshlar
✨Bunyodkor MFY da yashovchi Asilbek Abdujalolov hozirgi kunda Bahodir Jalolov nomidagi sport maktabining 7-sinfida o‘qiydi.
⚡️Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi boks bo‘yicha xalqaro turnirda 55 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
@ohangaronshahar
#targ‘ibot
Qizlar tarbiyasi-millat tarbiyasi!
Shaharda Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan qizlar o‘rtasida odob-axloq qoidalarini shakllantirish, milliy qadriyatlar, an'analarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
2-IDUMda Yangiobod, Xonobod va Vatan mahallalari xotin-qizlar faollari va shahar Tibbiyot birlashmasi shifokorlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda bugungi kunda qizlar tarbiyasida uchrayotgan salbiy xolatlar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, maktab o‘quvchi qizlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar muhokama qilindi.
@ohangaronshahar
Ohangaron shahar elektr ta’minoti ogohlantiradi!
⚡️7-oktabr kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha Ohangaron shahar sanoat hududida tarmoq tortish ishlari olib borilishi sababli, jarayonni xavfsiz tashkil etish maqsadida shaharning “Birlik”, “Yangilik” MFYning sanoat hududlarida elektr ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Murojaat uchun: 70-645-32-00
Ohangaron shahar elektr ta’minoti
@ohangaronshahar
"Tadbirkor va yoshlar" uchrashuvi tashkil qilindi
🖇Ohangaron shahar IIB probatsiya guruhi katta inspektori mayor N.J.Pardaboyev ishtirok etdi.
⚡️Uchrashuvda probatsiya hisobida turgan yoshlar hamda tadbirkor ishtirok etdi.
✨Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
@ohangaronshahar
#Videolavha
Kelajak kompaniyasi boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlaridan videolavha
@ohangaronshahar
#Hokim_qabuli
✨Ohangaron shahar hokimligida navbatdagi hokim qabuli bo‘lib o‘tdi.
⚡️Qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi. Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, murojaatlar o‘rganilish maqsadida mutasaddilarga yo‘naltirildi.
🖇Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, elektr energiyasi, kadastr, sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi murojaatlar tegishli mutasaddilarga o‘rganib chiqish uchun berildi.
Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
📑QAROR VA IJRO
Toshkent viloyati Ohangaron shahаr hokimining davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi N.Mirzayeva tomonidan ishchi guruh a'zolari bilan birgalikda shahar Adliya bo‘limi va Soliq inspeksiyasida davlat tili haqidagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi hamda ma'naviy- ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasidagi ishlar o'rganildi.
📗O'rganish davomida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10- fevraldagi 61-sonli qarorning "Yo'l xaritasi" da belgilangan tadbirlar ijrosini ta'minlash, bo'lim xodimlarini lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini o'rganishni targ'ib qilish borasida tavsiyalar berildi.
@ohangaronshahar