ohangaronshahar | Unsorted

Telegram-канал ohangaronshahar - Оhangaron shahar hokimligi

3659

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Мurojaat va takliflar uchun: https://t.me/hokimlikbot

Subscribe to a channel

Оhangaron shahar hokimligi

Замонавий саноат корхоналари Тошкент вилояти иқтисодиёти таянчига айланади

Президент Шавкат Мирзиёев 14 октябрь куни бунёдкорлик ишлари, аҳоли ҳаёти ва янги лойиҳалар билан танишиш мақсадида Тошкент вилоятининг қатор туманларида бўлди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/645403

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Muhim_sana

15 - oktyar - Xalqaro qishloq ayollari kuni


Mazkur sana munosabati bilan joylarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish bilan birga, xotin-qizlarning qishloq xoʻjaligi sohasiga hamda hududlarning obodligi va farovonligiga qoʻshgan hissasi va oʻrniga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Aytish mumkin, Toshkent viloyatidagi 1 million 488 ming 903 nafar xotin-qizning 75,3 foizi olis va chekka hududlarda yashaydi. Joriy yilda qishloq joylaridagi 60 ming 280 nafar ishsiz xotin-qizning doimiy bandligi taʼminlanishga erishildi.17 ming 143 nafari kasb-hunarga oʻqitilib, 31 ming 233 nafari oʻzini-oʻzi band qilgan. 11 ming 507 nafariga esa 183 milliard 945 million soʻm kreditlar ajratilib, tadbirkorliklarini boshlashlariga koʻmak berilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Bildirish #Уведомление
#Yangi_loyiha #Новый_проект

“Mening bogʻcham” loyihasi doirasida ovoz berish jarayonlariga start berildi

Joriy yilning 15-oktabridan (soat 10:00 dan) 25-oktabrigacha “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida 2025-yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturi uchun yangi quriladigan hamda rekonstruksiya qilinadigan bogʻchalarga aniqlik kiritish boʻyicha ovoz berish jarayoni oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, ovoz berish jarayoni “Bir fuqaro — bir ovoz” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Mazkur loyihaga befarq boʻlmagan holda, ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etib, oʻz hududingizda yangi bogʻcha barpo etilishi yoki ta’mirlanishiga hissa qoʻshing!

Loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
__________

Дан старт голосованию в рамках проекта “Mening bogʻcham” («Мой детский садик")

В период с 15 октября (с 10:00часов) до 25 октября (до 10:00часов) текущего года на информационном портале “Ochiq budjet” «Открытый бюджет»/»Опен бюджет») начнётся процесс голосования в рамках проекта “Mening bogʻcham” в целях развития государственной программы социальной и производственной инфраструктуры для уточнения необходимости постройки новых зданий и реконструкции имеющихся зданий детских садиков (детских дошкольных образовательных организаций).

Напоминаем: процесс голосования осуществляется на основе принципа «Один гражданин – один голос».

Призываем сограждан не оставаться безучастным к этому процессу и отдать свои голоса за возможность постройки на вашей территории детского садика или реконструкции уже имеющегося детской дошкольной организации!

Со списком данного проекта можно ознакомиться по ссылке.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Maxsus reportaj | «Kambag'allikdan farovonlik sari» dasturi ijrosi
#13oct #uzbekiston24

Ohangaron shahrida amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston24 telekanali lavhasida

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Zakovat

⚡️Kuni kecha Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi, "Vatan" MFY xotin-qizlar faoli hamda 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda o‘quvchi-qizlar o‘rtasida "11-oktyabr-Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

✨"Zakovat" intellektual o‘yinida faol ishtirok etgan guruhlar homiylar tomonidan kitob va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulanish:
/channel/RMMMOhangaronsh

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Bugun Toshkent viloyati Nurafshon shahar Yoshlar markazida Besh tashabbus doirasida oʻtjazilgan "YOSH KITOBXON OILA" tanlovining Toshkent viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.

📚📚Tanlovda OHANGARON SHARAR "BOʻSTON"mahallasi shaʼnini himoya qilgan OCHILOVLAR oilasi tanlovda munosib ishtirok etib faxrli 2- oʻrinni qoʻlga kiritishdi👏👏👏

👍👍 Ushbu yosh oilaga shaharda oʻrnak boʻladigan oila sifatida qoʻllab -quvatlaymiz va kelgusida bundanda ulkan marralarni zabt etishida tilakdoshmiz.✊✊✊

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Ohangaron shahar 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida ota-onalar yiĝilishi bòlib òtdi.
Yiĝilishda Prezidentimiz Shavkat Miromonivich Mirziyoyevning "Ezgulik, bilim va ma'rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yòlini tòsaylik" mavzusidagi ota-onalarga murojaati maktab direktori N.Baymirzayeva tamonidan òqib eshitirildi.
Shuningdek maktab yutuqlari bilan òrtoqlashib bu barchamizning yutuĝimiz deb barchani tabriklab, yana bir bor ota-onalar va maktab hamkorligini kuchaytirishni ta’kidlab òtdi.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Тошкент_ҳақиқати_минбари

⚡️⚡️ЯНГИ ОҲАНГДА КУЙЛАЁТГАН ОҲАНГАРОН

Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзаевнинг тавсиясига биноан, "Тошкент ҳақиқати" газетасида вилоят ташкилот ва бошқарма раҳбарлари ҳамда туман-шаҳар ҳокимларининг тегишли соҳа ва ҳудудлар истиқболига доир таҳлилий мақолаларини чоп этилиши белгиланган эди.

Газетанинг 2024 йил 12 октябрдаги сонида Оҳангарон шаҳар ҳокими Музаффар Ражаббоевнинг ҳудудда амалга оширилаётган ислоҳотлар ва уларнинг аҳоли ҳаётида акс этаётган реал натижаларига доир "Янги оҳангда куйлаётган Оҳангарон" сарлавҳали мақоласи эълон қилинди.

👉МАҚОЛАНИ ЎҚИШ👈

@haqiqatonline_24

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari

Ohangaron shahar "Birlik" MFY da yashovchi Sahobiddinova Durdonaga Yoshlar daftari jamg'armasidan "Tikuv mashinasi" va "Overlog" subsidiya tariqasida berildi. Bugungi kunda Sahobiddinova Durdona o'zini o'zi band qilgan holda kasanachilik faoliyati bilan shug'ullanmoqda.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

"Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari.
YOSHLAR DAFTARI BU SIZNING TANLOVINGIZ!

✨Ohangaron shahar "Shodlik" mahallasidan ishsizligi tufayli yoshlar yetakchisiga qilgan murojaati tufayli bugun Ergashaliyev Tursunalining bugun bandligi ta'minlanib o'zini-o'zi band qilish uchun kerakli bo'lgan ish qurollari  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 312-sonli qaroriga asosan, “Yoshlar daftari” mablag'lari hisobidan olib berildi.

❇️Mahalla yoshlar yetakchisi yordami bilan ishsiz yoshimizning bandligi ta'minlandi.

📌 Tursunalining subsidiya asosida olgan ish qurollaridan samarali foydalanishiga ishonamiz!

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Эксперт_минбари

ПАРТИЯЛАРНИНГ ИККИНЧИ ДЕБАТЛАРИ БУТУН ЖАМОАТЧИЛИК ЭЪТИБОРИНИ ЎЗИГА ТОРТДИ

🌟Маълумки, жорий йил 4 октябрь куни Дебат Холлда мамлакатимизда фаолият кўрсатадиган сиёсий партияларнинг сайлов тарғиботи бўйича иккинчи дебатлари бўлиб ўтди.

🔰Партияларнинг давлат бошқаруви ва суд-ҳуқуқ тизимини такомиллаштириш борасидаги беллашуви, партия раҳбарлари ва сайловчилар ўртасидаги баҳслар юзасидан сиёсий фанлар номзоди, доцент Феруза Ўсарова ўзининг қуйидаги фикр-мулоҳазаларини баён этди.

Батафсил

@olimlar_minbari

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

✨Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasi va shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati bilan hamkorlikda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi binosida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi.

⚡️Mehnat yarmarkasida 11 ta korxona-tashkilot 185 ga yaqin bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi. Bu ish o‘rinlarining 115 nafari mutaxassislik talab etmaydigan bosh ish orinlari boldi.

🖇Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasida Ohangaron shaharda istiqomat qiluvchi 45 nafar band bo’lmagan ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.

⚡️Yarmarkada ishtirok etgan band bo’lmagan ishsiz fuqarolarning 26 nafari ishga joylashtirish uchun korxona va tashkilotlarga yuborildi.

Shuningdek, Ohangaron shahar IIB probasiya guruhida roʻyhatda turuvchi 3 nafar nafar fuqarolar ham ishga joylashtirildi.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Videolavha

Media tur o‘z nihoyasiga yetdi! Jarayonda ishtirok etgan jurnalist va blogerlarga, tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Sizlar bilan muntazam hamkorlik qilishga tayyormiz!

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Ohangaron shahrida jurnalist va blogerlar ishtirokida press tur tashkil etildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, turmush tarzi farovonligingi yaxshilash maqsadida Ohangaron shahrida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugun shahardagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan, shahardagi ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj 400 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Yil boshida ijtimoiy soha ob’yektlariga 37 ta quyosh paneli o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga rejadan orttirib ya’ni 114 foizga oshirib, 42 ta quyosh paneli o‘rnatilgan.

Bugungi kunda dolzarblik kasb etayotgan “Yashil energiya” resurslaridan oqilona foydalanish, ijtimoiy soha ob’yektlariga quyosh panellari o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan. Xususan, shahardagi 14-DMTT  to‘liq quyosh panellariga o‘tkazilgan. Press tur ishtirokchilari mazkur muassasa faoliyatini o‘rganishdi.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Ibrat_vaqti

93 yoshda ham baxtli yashash sirlari ochildi.

Otaxonning Hajda birga bo‘lgan do‘stlari bilan gapi bor ekan.

Barchamizga mana shunday saodatli umr kechirish baxti nasib qilsin!

/channel/ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 1900 dan ortiq Yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 135 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 30 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 17 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 95 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 316 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 35 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 283 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 128 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 127 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 451 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 44 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 118 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 68 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 49 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Bilasizmi

❗️Majburiy to'lovlarni o'zi vaqtida to'lash lozim


Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятида қурилиши якунланган объектларни ишга туширди ва янгиларига старт берди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Samarqand sayohatidan fotoreportaj

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#ijtimoiy_koʻmak

✅ Bugun“Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida shahrimizdagi “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida  Samarqand  shahriga sayohat tashkil etildi.

✍“Ayollar daftari” roʻyxatida turgan 50 nafar xotin-qizni sayohatga olib borish rejalashtirilgan bo'lib, bugun roʻyxatdagi 50 nafar xotin-qizlar qadimiy va navqiron Samarqandga joʻnab ketishdi.

✨Shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev o‘rinbosari bilan birgalikda erta tongdan ayollar ketayotgan avtobusni nazoratdan o‘tkazib, ularga oq yo‘l tiladi.

⚡️Ayni damda Samarqand sayohati etmoqda...

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

⛈Gidrometeorologiya xizmati agentligining tezkor ma'lumotiga ko'ra, 13-oktabr kuni respublikamizning shimoliy hududlariga, 14-17 oktabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
13-17 oktabr kunlari havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq bo'lishi kutilayotganligini inobatga olgan holda,

Ohangaron shahar FVB ogohlantiradi❗️
1) Xonadonlarni isitishda gaz plitalaridan foydalanmang;
2) Nostandart va qo'lbola isitish pechlaridan foydalanmang;
3) Isitish pechlari (obagrevatel)ni nazoratsiz qoldirmang;
4) Xonadoningiz dudbo'ronlarini taftishdan o'tkazib qo'ying.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Toshkent haqiqati gazetasining navbatdagi sonida shahar hokimi Muzaffar Rajabboyevning “Yangi ohangda kuylayotgan Ohangaron” nomli maqolasi chop etildi.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Минбар

Теледебатлар сайлов кўзгусига айланмоқда

🔖Мамлакатимиз тарихи ва тақдирига дахлдор бўлган жорий сайловлар ва унда ўтказилаётган теледебатлар нафақат сиёсий партиялар рақобати, балки миллий манфаатимиз ва келгуси тараққиётимиз йўлидаги якдил фикрлар, муносиб саволларга асосли жавоблари бўлган сиёсий майдонга айланиб бормоқда.

✍️Тарих фанлари доктори, мустақил эксперт Худойберди Ҳақназаров дебатлар ҳақидаги ўз фикр-мулоҳазалари билан ўртоқлашди.

Батафсил ўқиш

@olimlar_minbari

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#ibrat_vaqti

Ikki yigit suhbatlashdi.
— Qayerda ishlaysan?
— Falon joyda.
— Oyliging qancha?
— 700 ming.
— Atigi 700 mingmi? Oz-ku? Shunchani qanday yetkazasan?
Bu gapni eshitib ishini yomon ko‘rdi. Maoshini ko‘tarishlarini so‘rab, shikoyat qildi. Boshlig‘i bosh tortdi. Ishdan bo‘shatdi. Ishi, oz bo‘lsa ham puli bor edi. Endi tamoman ishsiz qoldi.

Bir ayol boshqasidan so‘radi.
— Yaqinda farzandli bo‘ldingiz. Tuqqaningizda eringiz nima sovg‘a qildi?
— Hech nima.
— Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, o‘zingiz ayting? Siz ne azoblar bilan unga farzand tug‘ib bersangiz-u, u arzimagan bo‘lsa ham, sovg‘a bermasa? Nima, sizni qadringiz yo‘qmi?
Bu gaplar uning yuragini qizdirdi. Eri ishdan qaytganida g‘azab bilan kutib oldi. Urishishdi. Janjallashishdi. Axiri sovg‘a o‘rniga ajralishga erishdi.

Ota xotirjam yashardi. Undan so‘rashdi:
— Nima o‘g‘lingiz sizni ko‘rishga tez-tez kelib turmaydi?
— Ishi qiyin. Bo‘sh vaqti kam.
— Siz uchun ham vaqti yo‘qligiga ishonasizmi?
Ota farzandidan oldin rozi edi. Endi undan gina qilishni boshladi. Qalbidagi musaffolik ketdi. Loyqalandi.

Bunaqa savollar hammamizga beriladi. Har kuni. Har doim. Ham eshitamiz. Ham aytamiz. Biz uni eshitayotgan odamga qanday ta’sir qilishi xayolimizga ham kelmaydi. Oddiy so‘z bilan bir insonning hayotini ag‘daramiz.

Xulosa o‘zingizdan...

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Пресс_тур

💠 Оҳангарон шаҳрида 4 та сектор раҳбарлари томонидан, шаҳардаги эҳтиёжманд, ижтимоий ҳимояга муҳтож 400 та оилага озиқ-овқат маҳсулотлари тарқатилади.

Йил бошида ижтимоий соҳа объектларига 37 та қуёш панели ўрнатилиши режалаштирилган бўлиб, бугунги кунга режадан орттириб яъни 114 фоизга ошириб, 42 та қуёш панели ўрнатилган.

📎 Хусусан, "Нўғайқўрғон" МФЙда жойлашган 14-ДМТТ тўлиқ қуёш панелларига ўтказилган. Пресс тур иштирокчилари мазкур муассаса фаолиятини ўрганди.


Yoshlar kundaligi

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fan olimpiadalari g'oliblariga to'lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg'alar daromad solig'idan ozod etiladi

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

➖nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag'batlantirish tartibi joriy etiladi;

➖asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar, ularning o'qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to'lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg'alar daromad solig'idan ozod etiladi.

🗓 2025-yil 1-dekabrgacha:

🔸xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, onlayn fan olimpiadalarini tashkil qilish va o'tkazish hamda olimpiadalar ishtirokchilarining ma'lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beruvchi elektron platforma yaratiladi;

🔸O'zbekistonda o'tkaziladigan buyuk allomalar nomi bilan ataladigan xalqaro fan olimpiadalari to'g'risidagi ma'lumotlar joylashtiriladigan, mahalliy va xorijiy o'quvchilarning ushbu olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishlarini ta'minlaydigan maxsus sayt ishga tushiriladi.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Subsidiya

Bugun Ohangaron shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan hokim yordamchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shahrimizdagi Iloq, Ohunboboyev, Namuna, Do'stlik, Qo'rg'on mahallalaridagi ishsiz va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun tikuv mashinalari subsidiya hisobida topshirildi.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Press_tur

Ohangaron shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga bag‘ishlangan press tur davomida jurnalist va blogerlar shahardagi xonadonlarda, ijtimoiy soha obyektlarida bo‘lishdi.

Shahardagi Birlik mahalla fuqarolar yig‘inida aholini o‘ylantirayotgan, Temiryo‘l kesishmasi yuqorisidan o‘tuvchi ko‘prik qurilishi yakuniga yetdi. Ko‘prik qurilishi aholi orasida kelib chiqayotgan ko‘plab muammolarga yechim berdi. Jurnalistlarning navbatdagi manzili temiryo‘l yuqorisidan o‘tuvchi ko‘prik bo‘ldi.

Shaharda faoliyat olib borayotgan “Artel” zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur zavod ijtimoiy himoyaga muhtoj, band bo‘lmagan aholini eng ko‘p ishga joylashtirgan zavodlardan biri hisoblanadi.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Ohangaron shahrida press tur o‘tkazilmoqda!

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Bugun Ohangaron shahar hokimligi, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida shahar Kasb-hunar maktabida 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Sening tashabbusing-sening kelajaging!" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

✔️Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari K.Usmanova, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Sodiqova, shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, katta inspektor N.Karimxo‘jayeva, IIB XPB boshlig‘i, kapitan B.Baxtiyorov, shahar "Oqila ayollar harakati" rahbari D.Sodiqova va mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.

⚡️Unda qizlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va "ommaviy madaniyat" kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish to‘g‘risida suhbat olib borildi. O‘quvchi qizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.


Tadbir yakunida qizlarning bir qator takliflar tashkilotchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, amalga oshirilishi belgilandi.

Читать полностью…
Subscribe to a channel