Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Мurojaat va takliflar uchun: https://t.me/hokimlikbot
#Sayyor_qabul
Bugun Baxt MFY binosida Ohangaron shahar Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Ohangaron shahar Xalq qabulxonasi mudiri F.Isakov fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.
Qabulda kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Tadbir
⚡️Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi hamda Ohangaron tuman Harbiy qism bilan hamkorlikda "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan shahar hududida joylashgan Politexnika texnikumi o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi hamda mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
✨Tadbir davomida harbiy ofitserlar hamda xizmat muddatini o‘tayotgan harbiy askarlar tomonidan qurol-aslahalar namoyish etildi.Tadbir so‘nggida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga harbiy ofitserlar atroflicha javoblar berildi.
Kanalga ulanish:
/channel/RMMMOhangaronsh
#Mahalliy_budjet
Ohangaron shahar mahalliy budjetining 2025-yil uchun tasdiqlangan ko‘rsatkichlari “e-qaror” yagona elektron tizimida ochiq holatda e’lon qilindi.
Batafsil: https://e-qaror.gov.uz/uz/doc/2189405
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
💠Ohangaron Yoshlar Texnoparkida tashkil etilgan bepul “YANGI YILDA YANGI IMKONIYATLAR -2025” forumiga start berildi !
🔻Sizga shunday yangi imkoniyatlarni taqdim etamiz :
- Yangi bilim va tajriba egallaysiz !
- O‘z sohasining mutaxassislar bilan tanishasiz va tarmoq yaratasiz!
- O‘zingizni rivojlantirish uchun eng so‘nggi innovatsion g‘oyalar va vositalar haqida bilib olasiz!
Bu forum kimlar uchun ❓
💼Ishbilarmonlar, tadbirkorlar, yosh liderlar va o‘z hayotini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan har bir inson uchun!
Ohangaron shahar Yoshlar markazida Zakovatda bolalar intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
7-yanvar kuni Ohangaron shahar sardorlari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda qishki ta'tilni mazmunli tashkil etish maqsadida zakovat intellektual musobaqasi bo'lib o'tdi va g'oliblar esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
👆♟♟♟Eslatib o'tamiz. Ertaga 8-yanvar kuni soat 11:00da shaxmat musobaqasi Yoshlar markazida bo'lib o'tadi.
#Bilasizmi
♻️Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlaganlik uchun javobgarlik bor.
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish fuqarolarga BHMning bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi.
‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Ijtimoiy xodimlar faoliyatidan
👩👩👧👦 Ohangaron shahar "Yangilik" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ahmedov Abduvohid Joʻraliyevich "Nogironligi bo'lgan yolgʻiz yashovchi shaxs" boʻlib, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj edi.
Mahalla ijtimoiy xodimi Yusupova Rita fuqaroning ijtimoiy ahvolini o'rganib, unga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar rejasini tuzdi va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan birgalikda quyidagi yordamlar ko'rsatildi:
✅ Abduvohid akaga reabilitatsiya mahsulotlari olib berildi (xonaga moʻljallangan aravacha va hassa);
✅ Fuqaro "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga ishga joylashtirildi;
✅ Toshkent shahrida joylashgan "Nuroniy" sanatoriysiga yoʻllanma berildi;
✅"Yolgʻiz yashovchi, nogironligi boʻlgan shaxs" boʻlganligi sababli ijtimoiy assistent biriktirib berildi;
✅ Adaptiv sport bilan shugʻullanishi uchun markaz tomonidan yo‘llanma berildi va fuqaro adaptiv sportning paragimnastika turi bilan shugʻullanishni boshladi.
#kreativ_taʼtil
#kitobxon_bolalar
#Ohangaron_shahar
#Yoshlar_ishlari_agentligi
📖Qishki taʼtilni mazmunli tashkil tashkil etish maqsadida "Kreativ taʼtil" loyihasi doirasida Ohangaron shahrida "Kitobxon yoshlar" tanlovi boʻlib oʻtdi.
Shahar va barcha maktab sardorlari bilan birgalikda bolajonlar test sinovlarida o'z bilimlarini sinab ko'rishdi.
📚Barchaga ta'tilda a'lo kayfiyat va omad tilaymiz...
Eslatib o'tamiz, ertaga zakovatchi bolalar musobaqasi bo'lib o'tadi.
#Boshqaruv_servis_kompaniyalari_faoliyatidan
✨Sardorbek Sarvarbek kelajak qurilish boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan 3-kichik tuman 25-uy 5-kirish yo‘lagidagi kodli qulf ta’mirlandi.
✨Vatan MFY 3-kichik tuman 24-uy yerto‘lasi chiqindilardan tozalandi. Shu mahalladagi 21-uydan tushgan elektr energiyasi bilan bog‘liq murojaat bartaraf etildi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#kun_hikmati
Oftob haq-nohaqni ajratmaydi, u kimnidir isitishni maqsad qilmasdan nur sochadi. Oʻzini topgan odam xuddi oftobga oʻxshaydi.
Yapon hikmati
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Bilasizmi
⚡️Ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga har oy 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
✅ 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Tayinlov
Abduqodirova Shohista Yodgor qizi Toshkent viloyati Ohangaron shahar Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga tayinlandi.
Sh.Abduqodirova 1992-yilda Ohangaron shahrida tug‘ilgan.
Tayinlovga qadar, Oila va xotin-qizlar bo‘limida mas’ul vazifalarda faoliyat yuritgan.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
Ohangaron shahar FVB ogohlantiradi.
Uyingizni isitaman deb aslo qoidalarni buzmang!
Qoida buzilishi oqibati albatta fojeaga sabab bo‘ladi!
So‘ngi pushaymon o‘zingizga dushman!
O‘zingiz, yaqinlaringiz va qo‘shnilaringiz xayotini xavf-xatarga qo‘ymang!
Albatta mutaxassisga murojaat qiling!!!
#Сўровнома_2024
"ЙИЛ ҲОКИМИ" ГА ОВОЗ БЕРИНГ!
📈Тошкент вилоятида йилнинг энг яхшиларини аниқлаш бўйича жамоатчилик сўровномаси давом этмоқда.
❓Ҳурматли ёшлар, сизнингча 2024 йил давомида ёшлар билан ишлашда энг фаол бўлган ҳоким ким бўлди?
✊Хўш, ёшлар, марҳамат, энди танлов имконияти сизда!
🔹Сўровнома 28 декабрь куни соат 17:00 га қадар давом этади. Энг кўп овоз тўплаган иштирокчи йил якунида ҳомийимизнинг махсус совғаси билан тақдирланади.
#shukuh
Ohangaron Dehqon bozorida bayram munosabati bilan shahar hokimligi tashabbusi bilan 50 kg osh damlandi.
Shahrimiz aholisi, mehmonlar, tadbirkorlar uchun mehr bilan bayram oshi tayyorlandi. Bayram oshiga marhabo!
#subsidiya
Bugun Ohangaron shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan hokim yordamchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shahrimizdagi Umid, Vatan va No'g'oyqo'rg'on mahallalaridagi ishsiz va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga tikuvchilik hamda qandolatchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun asbob-uskunalar subsidiya hisobida topshirildi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 1700 dan ortiq Yer uchastkalarini sotib oling!
🔹Angren shaharida 99 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 4 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 30 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 28 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 90 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 328 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 31 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 257 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 73 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 121 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 428 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 86 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 68 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 21 ta (Ko'rish)
Barchasini ko'rish
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Maktab o‘quvchilari diqqatiga
8-yanvar kuni Ohangaron shahar Yoshlar markazida Uzchees Kids
♟Soat 11:00da Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar markazida qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida shaxmat musobaqasi bo'lib o'tadi.
Shaxmat musobaqasida barcha maktab o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Aql charxiga, marhabo!
#Tabrik
Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!
✨Sizlarni prokuratura organlari tashkil etilgan kun munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Qonun ustuvorligini taʼminlash, inson qadrini yuksaltirish yo‘lidagi faoliyatingizda omad va zafarlar tilaymiz!
✨Bayramingiz muborak bo‘lsin!
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
🔰Odamlar kunu tun bo‘ladigan obyektlarga va turar joylarga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi❓
🔷Qonunchilikka ko‘ra, shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan tashqari yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylarning turar joylarida, yotoqxonalarning yashash xonalarida, joylashtirish vositalari nomerlarida yong‘in, portlash va yong‘in-portlash xavfi bo‘lgan modda va materiallar ishlatiladigan va saqlanadigan turli ishlab chiqarish va omborxonalarni tashkil etish taqiqlanadi, shu jumladan, ulardan foydalanish maqsadlari o‘zgarganda ham (ijaraga berilishida ham).
🔷Tungi vaqtdagi navbatchi (qorovul) shahar telefon tarmog‘iga ulangan telefon apparati mavjud bo‘lgan xonada bo‘lishi kerak, ularga uxlash va obyekt hududini tark etishga ruxsat etilmaydi.
🔷Bino qavatlarining yo‘laklarida, xollarda va boshqa evakuatsiya yo‘llarida jihozlarni joylashtirish.
Kreativ ta'til loyihasida zakovatchi bolalar tanloviga start berildi.
😎Ohangaron shahrida qishki ta'tilni mazmunli tashkil etish maqsadida yoshlar yetakchilari barcha O'zbekiston bolalar tashkiloti sardorlarini va barcha maktabdagi bolajonlarni 7-yanvar kuni soat 10:30da Yoshlar markaziga chorlab qoladi.
Bilimingizni sinab ko'ring va g'olib oling.
👆Eslatib o'tamiz! Jamoa tarkibi 6 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lishi kerak.
Is gazi hayot uchun xavfli! Xonani xavfsiz isitishning asosiy qoidalari bilan tanishing!
——————
Угарный газ смертельно опасен! Ознакомьтесь с основными правилами безопасного обогрева помещений!
Xitoyda tarqalayotgan virus Oʻzbekistonda ham aniqlandi
Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, metapnevmovirus yangi kasallik emas.
Batafsil
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Diqqat_E'lon
Qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida kreativ ta'til loyihasi doirasida Ohangaron shahar Yoshlar ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda Ohangaron shahar sardorlari tomonidan kitobxon bolalar tanlovi bo'lib o'tadi.
📖Shahrimizdagi barcha kitobxon bolalarni bugun soat 11:00 da Yoshlar markazida kutib qolamiz!
Qani yoshlar, bilimingizni sinab ko'ring!
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Bilasizmi
🔰Qonunchilikka ko'ra, vasiylik yoki homiylik yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:
🔹ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganda;
🔹ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;
🔹ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo'lishi oqibatida o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;
🔹ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
🔹ota-onasi bedarak yo'qolganda;
🔹ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga o'xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.
⚡️2025-yil 1- yanvardan boshlab davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari to'lovi yangi narxlari belgilandi
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#yilsarhisobi
🔺YIL SARHISOBI
💠“Ohangaron Yoshlar texnoparki”tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb etishga qaratilgan dasturlar va qo’llab-quvvatlanayotgan loyihalar sarhisobi .
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
#Shukuh
O‘zNJ Toshkent viloyati Ohangaron shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan MFYlarda yashovchi NNT a’zolari vakillari, 50 nafar Bolajonlarga Yangi yil sovg‘alari ulashildi. Sevimli Qorbobolaridan Yangi yil sovg‘alarini olgan bolajonlarga quvonch ulashilgan tadbirlar " Ohangaron Turon Baraka " MCHJ homiyligida tashkil etildi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
Direktor stipendiyasi haqida eshitganmisiz?
Ohangaron shahar 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ||-chorakni a'lo baholarga o‘zlashtirgan, davomati 100% bo‘lgan va jamoat ishlarida faol bo‘lgan eng namunali o‘quvchilarga DIREKTOR STIPENDIYALARI tantanali ravishda topshirildi.
Bu stipendiyalar har chorakda topshirilishi odat tusiga aylangan.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Kayfiyat_uchun
3-maktabda nimalar bo‘lyapti?!
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt