-Toshkent Turin Politexnika Universiteti rektori - Ректор Ташкентского Туринского политехнического университет -Rector of Tashkent Turin Polytechnic University https://www.facebook.com/alim.tuychiev https://instagram.com/olimjon.tuychiyev
🤖 Elon Muskning Optimus roboti raqsga tushgan videolari internetda ommalasha boshladi.
⚡️ To’g’ri bu robot hali to’laqonli raqsga tusha olmaydi, lekin robot harakati ajoyib muvofiqlashtirish va barqarorlik haqida gapiradi. Android bilan kelajak har qadamda yaqinlashmoqda.
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
📩 Ekologiyaga oid innovatsion startaplarni yo‘llang!
Sizda tabiatni asrash, qayta tiklanadigan energiya, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslarini tejash yoki havo sifatini yaxshilash borasida innovatsion g‘oyalar bormi? Unday bo‘lsa, eng yaxshi ekologik startaplar tanlovida ishtirok eting va Markaziy Osiyoda ilk marta o‘tkazilayotgan EcoExpo 2025 ko‘rgazmasida qatnashish imkonini qo‘lga kiriting!
https://gov.uz/oz/eco/news/view/54630
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Gruziya elchisi TTPUga tashrif buyurdi
Joriy yilning 14-may kuni Gruziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi David Kotaria hamda Elchixona maslahatchisi Irakliy Kvanchaxadze Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarni TTPU rektori Olimjon To‘ychiyev tomonidan kutib olinib, universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Mehmonlar Universitet faoliyati, zamonaviy laboratoriyalari ta’lim jarayonlari va innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv doirasida TTPU rahbariyati va Gruziya elchixonasi vakillari o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Universitetning xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari, istiqbolli loyihalar hamda gruziyalik talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berilib, O‘zbekistondagi gruzin diasporasi vakillarini TTPUga keng jalb qilish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Elchi janoblari David Kotaria TTPU ilmiy va innovatsion salohiyatini yuqori baholab, Georgian Technical University (GTU) va Akaki Tsereteli State University (ATSU) bilan akademik hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
🎓TTPUda tantanali bitiruv marosimi boshlandi
🔺Jonli efir
🎓The graduation ceremony has begun at TTPU
🔺Live
Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
🔺TTPU hamda IT Park xalqaro su'niy intellekt yoʻnalishidagi xakatonini e’lon qiladi
Joriy yilning 23-25-may kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va IT Park tomonidan Uzbekistan, "UzAutosanoat" AJ va AngelConnect kompaniyasi hamkorligida butun O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan iqtidorli talabalar, dasturchilar, muhandislar va innovatorlarni bir joyga jamlaydigan "Turin x IT Park: AI Hackathon 2025" yorqin tadbiri tashkil etiladi.
🤔 "AI Hackathon 2025" quyidagi ikki asosiy yo‘nalish boʻyicha ilg‘or yechimlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda:
🔺Sun’iy intellekt (AI);
🔺Kiberxavfsizlik.
📍Oʻtkazilish joyi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
🚀Texnologiyalar kelajagini birga yaratmoqchimisiz? Unda imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
⚡️O’zbekkosmos agentligi hamda Uzum ekosistemasi tomonidan “Yosh muhandis” respublika tanlovining final bosqichi bo’lib o’tdi!
🏆 Butun respublikamiz bo’ylab jami 25 jamoa o’z loyihalari bilan finalda qatnashishdi.
🛰 Loyihalarda asosan kosmik tadqiqotlar orqali kundalik hayotimizda uchrovchi muammolarni bartaraf e’tishga e’tibor qaratilgan!
🧑💻Tanlov g’oliblariga Turkiyaning Guxem kosmik oromgohiga chiptalar va esdalik sovg’alari topshirildi!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🎗9-may – Xotira va qadrlash kuni
Bu sana – jasorat, sabr-toqat va milliy birlik timsoli. Har bir yurakda gʻalabaga beqiyos hissa qoʻshgan mard va oliyjanob qahramonlarimiz, shuningdek, mustaqil Oʻzbekistonimiz tinchligi yoʻlida jon fido qilgan jasorat sohiblarining nomi sharaf bilan tilga olinadi.
Bugungi tinch va farovon hayotimiz – ana shu fidoyi avlodning sadoqati va metin irodasi samarasidir.
Ushbu kunda siz muhtaram urush va mehnat faxriylarini, yurtdoshlarimizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
🕊Tinch va farovon kunlarimiz abadiy bo‘lsin!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🔺"Manufacturing 4.0" doirasida COBOT dasturlash bo‘yicha mahorat darslari boshlandi
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Manufacturing 4.0" kursiga qabul qilingan talabalarga zamonaviy sanoat texnologiyalaridan biri bo‘lgan Collaborative Robot (COBOT) dasturlash bo‘yicha ilk amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.
Mazkur mashg‘ulotlar davomida talabalar robototexnika sohasidagi dasturlash tamoyillari bilan tanishib, sanoatda keng qo‘llanilayotgan kollaborativ robotlar bilan ishlash bo‘yicha muhim amaliy ko‘nikmalariga ega bo'ldilar.
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
📌 Diqqat, ijodkorlar, geymerlar va animatsiya muxlislari
Sizni GAMEFEST 2025 — Xalqaro O‘yinlar va Animatsiya Festivaliga taklif qilamiz.
📆 16–17 may
📍 IT Park Complex
Festivalda sizni nimalar kutmoqda?
🎮 O‘yinlar forumi
🎨 Animatsiya forumi
🕹 Xalqaro GameJam tanlovi
🚀 ScaleUp & Fund: Pitch sessiyasi
🤝 B2B Growth Exchange
🌍 O‘yinlar va animatsiya ko‘rgazmasi
Game Jam’da ishtirok etish uchun ariza topshirishni unutmang.
Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o’tish uchun:
www.gamefest.uz
Manba
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Universitetimiz “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari “Xalqaro savdo” fan doirasida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi ofisiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Huawei kompaniyasi xodimlari talabalarni kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati, mobil aloqa tarmoqlari rivojlanishi, 4G va 5G texnologiyalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishtirdi. Xususan, Huawei kompaniyasida faoliyat yuritayotgan, “Seeds for the Future” ta’lim dasturi ishtirokchisi va TTPU bitiruvchisi Amirxon Qoriyev o‘zining ta’lim va kasbiy yo‘lidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
💻 Talabalar Huawei AKT Akademiyasi tomonidan taqdim etilayotgan onlayn kurslar va xalqaro sertifikat dasturlariga katta qiziqish bildirishdi. Tashrif yakunida talabalarga kompaniya ofisi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🇺🇸 Amerikaning Harvard Universiteti Sun’iy intellekt, data science, dasturlash va biznes ilovalarini qamrab oluvchi to'qqizta eng yaxshi onlayn kurslarni bepul taklif qildi.
🛠 Mavzular orasida Python yordamida “Machine Learning” fanini o’rganish , mobil ilovalarni ishlab chiqish va Sun’iy intellekt yordamida biznes strategiyalar kiradi.
💰 Mutaxassislar va talabalar uchun moliyaviy to'siqlarsiz malaka oshirish uchun asosiy imkoniyat.
Manba
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🔻#elon #tanlov
🔺TTPU "UniPromo Challenge" tanlovini e'lon qiladi
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba yoshlar orasida ijodkorlik va media sohasida iqtidorlarini aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida TTPU umumiy faoliyati aks etgan videorolik ishlab chiqish bopyicha "UniPromo Challenge" tanlovini e'lon qiladi.
Talablar:
✔️Video davomiyligi: 1-3 daqiqa;
✔️Albom ko‘rinishda, MP4 formatda, yuqori sifatda bo‘lishi;
✔️TTPU brendi elementlari ishlatilgan bo‘lishi;
✔️Instagram’da #UniPromoChallenge heshtegi bilan joylanishi hamda @turin_uz akkauntini belgilanishi;
✔️Videoning ishchi (montaj) fayllari ham taqdim etilishi kerak.
Baholash mezoni:
🔺Video sifati va montaj darajasi - 30 ball;
🔺Instagramda olingan organik ko‘rsatkichlar (view, like, repost, comments) - 30 ball;
🔺Ssenariy, kreativlik va innovatsion yondashuv - 20 ball;
🔺Universitet brendiga moslik, faoliyati to‘g‘ri va to‘liq yetkazilganlik- 20 ball.
Tanlovda TTPU talabalari hamda Akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin!
🎓 Univeristetimizda iqtidorli yoshlarni aniqlamoqdamiz!
🏆 "Manufacturing 4.0" kursiga tanlov jarayoni bo‘lib o‘tdi
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion va zamonaviy loyihalarini taqdim etdilar.
Har bir talabamiz tomonidan taqdim etilgan g'oya va loyihalar o'ziga hosligi bilan bir-biridan ajralib turadi.
"Manufacturing 4.0" dasturi orqali sanoat va innovatsiyalar sohasida yangi bosqichga qadam qo‘yilmoqda.
🌍 O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida sanoat kooperatsiyasining faol rivojlanayotgan sharoitida texnik tartibga solish va standartlashtirish sohasidagi talablarni uyg‘unlashtirish va o‘zaro tan olish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
📊 Mazkur yo‘nalishda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash, akkreditatsiya va sinovlar sohasida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishdir.
🤝 Shuningdek, ikki davlatning tegishli idoralari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlarni belgilash muhim vazifalardan biridir.
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
⚡️ Bugun Materialshunoslik institutida "Yangi materiallar va quyosh texnologiyalari" mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🌍 Zamonaviy global muammolar — iqlim o‘zgarishi, energiya tanqisligi va ekologik muammolarni hal etishda ilm-fan, xususan yangi materiallar va quyosh texnologiyalarining o‘rni beqiyos!
🌟 Konferensiya nafaqat ilmiy tajriba va innovatsion g‘oyalar almashinuvi uchun, balki yangi hamkorliklarni rivojlantirish va istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni belgilash uchun ham muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
🤓 Universitetimiz xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va texnologik taraqqiyotga hissa qo‘shish yo‘lida faoliyatini davom ettiradi.
🏆 Barcha ishtirokchilarga samarali muloqot, yangi ilhom va muvaffaqiyatli ilmiy loyihalar tilab qolaman!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🔺Endilikda univeristetimiz talabalari Angliyada o'qishlarini davom ettirishlari mumkin
✍️2025-yil 19-may kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahriga xizmat safarimiz doirasida Universitet hamda NCC Education konsortsiumi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzoladi.
Ma'lumot uchun: NCC Education — Buyuk Britaniyada joylashgan bo'lib, 120 dan ortiq xalqaro hamkor universitetlarni birlashtiruvchi global ta’lim konsortsiumi hisoblanadi.
🛰 Universitetimiz kosmik sohadagi faoliyatlar uchun rasmiy litsenziyaga ega bo‘ldi!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan ilmiy va amaliy faoliyatlarni amalga oshirish bo‘yicha universitetimizga ruxsatnoma (litsenziya) berildi.
💠 Mazkur litsenziya universitetga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, kosmik texnikaning tajriba va tijorat namunalarini ishlab chiqish, ularni sinovdan o‘tkazish hamda tegishli texnologik yechimlarni yaratish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🔺TTPU va Changwon National University o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
2025-yil 13-may kuni Janubiy Koreyaning Changwon National University (CWNU) prorektori Jongkyu Park boshchiligidagi delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida TTPU va CWNU o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda startaplarni qo‘llab-quvvatlash va texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion tadqiqotlar va texnologik transfer, talabalar va yosh tadbirkorlar uchun onlayn/offlayn platformalar yaratish, o‘zaro seminarlar, ko‘rgazmalar va startap namoyishlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Tadbir yakunida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
President Tech Award tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi
Texnologiya va innovatsiyalar ixlosmandlari uchun ajoyib imkoniyat. President Tech Award tanlovining yangi mavsumi boshlandi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million dollar. Tanlov 2 yo‘nalishda: asosiy va maxsus toifa. Bu siz uchun o‘z IT g‘oyalaringizni namoyish etish, bilim va tajribangizni baham ko‘rish, hamda jamiyat uchun foydali innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatidir.
Tanlov taqvimi:
01.05 – 30.06 — Arizalarni qabul qilish
05.07 – 25.07 — Dastlabki tanlov
10.08 – 20.08 — Bootcamp
05.09 – 25.09 — Loyiha online baholash
10.10 – 25.10 — Maxsus yo‘nalish: Hakathon
05.11 – 25.11 — Demo Day
25.11 — Taqdirlash marosimi
🚀 Yosh investorlar uchun IMKONIYAT!
Samokat Sharing Biznesiga Investitsiya Qiling!
Endilikda talabalar uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida ishga tushirilayotgan samokat ijarasi (sharing) biznesiga investitsiya qilish hamda daromaddan ulush olish imkoniyati mavjud.
📈 Nega aynan ushbu loyihaga qo‘shilish kerak?
✅ Talab yuqori: kampus va shaharda zamonaviy, ekologik transportga ehtiyoj kuchli.
✅ Real startap tajribasi: o‘qish bilan birga haqiqiy biznes yuritish.
✅ Daromadli model: investorlar oyma-oy daromaddan ulush oladi.
✅ Bo‘lajak ishlab chiqarish loyihasining birinchi investorlari bo‘lasiz.
📌 Investitsiya nimaga sarflanadi?
🔧 Mavjud elektr samokatlar uchun ehtiyot qismlarini sotib olish.
🛠 Texnik xizmat va yetkazib berish.
📦 Maxsus nakleykalar (brendlashtirish uchun).
📲 IoT SMS va GSM abonent to‘lovlari (samokatlar monitoringi).
👥 Jamoani shakllantirish uchun boshlang‘ich xarajatlar.
💸 Investitsiya shakli:
Talabalar nafaqat pul qo‘shish, balki ishtirokchi investor sifatida ushbu startapda ulushga ega bo‘lish va tushadigan daromaddan foyda olishlari mumkin.
🎯Uzoq muddatli rejamiz:
🔺Universitetimiz negizida samokat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
🔺O‘zbekiston bo‘ylab boshqa sharing kompaniyalarga ham o‘z samokatlarimizni yetkazib berish;
🔺Mahalliy brend yaratish va eksport qilishgacha boradigan loyihasiga chiqarish.
📲 Loyihaga qo'shilish uchun quyidagi formani to'ldiring👇
Google Form
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
⚡️ Xitoyning DAMODA kompaniyasi 10 ming dona dron bilan ajoyib shou uyushtirdi.
📚 Bu bir vaqtning o'zida eng ko'p uchgan dronlar bo'yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
7-may kuni 2025-2026 o’quv yili uchun Turin politexnika Universitetiga navbatdagi kirish imtihoni bo'lib o'tdi.
Sifatli ta'lim maskani talabasiga aylaning!
Kaliforniyada robotlarni o‘qitishning inqilobiy modeli — π0.5 yaratildi. U mashinalarga mutlaqo yangi sharoitlarda turli vazifalarni bajara olish imkonini beradi. Eksperiment sifatida robot notanish uyga olib borildi va u darrov uy yumushlarini bajara boshladi.
Manba
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🇹🇷 Bayraktar TB3 PT-3 suvda harakatlanib ketayotgan Anadolu harbiy kemasining bortiga avtonom tarzda uchish hamda qo’nish testlarini amalga oshirdi!
🛫 Ushbu test butunlay avtonom tarzda muvaffaqiyatli amalga oshirildi!
Manba
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🏗 TTPUda ta’lim oling va kelajak binolarini barpo eting!
👨🏫 Zamonaviy inshootlarni loyihalash, barqaror infratuzilmalar yaratish, estetika va funksionallik uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lib, yo‘llar, binolar, ko‘priklar, turar-joy komplekslari, jamoat va sanoat obyektlarini loyihalash va boshqarish sohalaridagi yetakchi kompaniyalarda faoliyat olib borishni istaysizmi?
Unda "Qurilish muhandisligi" hamda "Arxitektura va Dizayn" yo‘nalishlari aynan siz uchun!
💠 Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida siz:
✔️yuqori texnologiyali laboratoriyalarda amaliy loyihalarni bajarish,
✔️xalqaro tajribaga ega professor-o‘qituvchilardan tahsil olish,
✔️real muhandislik va arxitektura loyihalarida ishtirok etish,
✔️xalqaro talaba almashinuvi dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
💫 Agar siz me’moriy yondashuv orqali dunyoni go‘zallashtirishni, muhandislik fikri orqali uni qulaylashtirishni istasangiz — o‘z kelajagingizni TTPU bilan yarating!
Grok sun'iy intellekti PDF hujjatlarni yaratishni o‘rgandi — endi neyron tarmoq rezyume, hisobot, konspekt, taqdimot va umuman har qanday hujjat tuza oladi.
Videolarda sifatini ko‘ring: formatlash joyida, shrift o‘lchamlari aniq, formulalar va hatto grafiklar — hammasi tartibli va toza, eng muhimi esa - bepul.
Promptga shunchaki «PDF yarat» deb qo‘shish kifoya — mana shu yerda.
Manba: @nanouzbek 🇺🇿
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🔺TTPU va "The kasb xususiy bandlik agentligi" o‘rtasida xalqaro bandlik bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga "The kasb xususiy bandlik agentligi" vakillari tashrif buyurib, universitetimiz hamda agentlik o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.
Unda yosh mutaxassislarning Yevropa davlatlarida mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot almashinuvi, hamkorlikda seminar va treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar o'rtasida ushbu yo'nalishlar bo‘yicha Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
So‘ngra xorijda tahsil olish istagidagi talabalar uchun Agentlik vakillari tomonidan trening o‘tkazildi. Unda xorijda ishga joylashish tartibi, kerakli hujjatlar, til va kasbiy malaka talablari, shuningdek, The Kasb agentligi ko‘rsatadigan xizmatlar bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🔺 Bugun, 30-aprel, “Ulugʼbek” jamgʼarmasida “Ilgʼor muhandislik maktablari malakali kadrlar tayyorlashda muhim boʼgʼinga aylanadi” mavzusidagi maʼruzasi oʼtkazildi.
🏆 Muhandislik oliygohlarida Ilgʻor muhandislik maktablari tashkil etilib, ular kadrlar tayyorlashda muhim boʻgʻinga aylanishi kerakligi bildirildi.
🌟 Ilgʻor muhandislik maktablari orqali zamonaviy texnologiyalarga ega korxonalar bilan birgalikda yangi turdagi muhandis kadrlar tayyorlanadi.
🔹Bu tashabbus orqali mamlakat iqtisodiyoti uchun raqobatbardosh, malakali muhandis mutaxassislar yetishtirilishi muhokama qilindi!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
▶️ Ayni damda “Central Asian Expocenter”da “Texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik” sessiyasi bo’lib o’tmoqda!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
💡Barcha muhandislar muntazam ishatib keladigan 3D printerda Adidas kompaniyasi oyoq kiyim o‘ylab topdi.
🌟 Brend Climacool nomli noyob krossovkalarini global tarzda taqdim etdi — ularda bog‘ichlar yo‘q, lekin 360 daraja shamollatish mavjud.
😁 Tez orada bizning bozorlarda ham 3D printerlarda chop etilgan oyoq kiyimlar bo'lsa ajablanmaymiz!
Mnaba: @nanouzbek 🇺🇿
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin