-Toshkent Turin Politexnika Universiteti rektori - Ректор Ташкентского Туринского политехнического университет -Rector of Tashkent Turin Polytechnic University https://www.facebook.com/alim.tuychiev https://instagram.com/olimjon.tuychiyev
⭕️⭕️⭕️⭕️
Ayni damda Innovatsion rivojlanish agentligida “Bridging Horizons: A Conference on Gender, Science and Innovation” nomli xalqaro anjumani bo’lib o’tmoqda.
📺Anjumanni jonli efirda tomosha qilish
🔺Tesla Optimus robotining yangi modelini sinovdan o'tkazmoqda.
Kompaniyaning ta'kidlashicha, u 10 kg yengilroq va harakatda ancha moslashuvchan. Uning yurish mexanikasi oldingiga nisbatan 30% tezlashdi.
🦾Optimus endi barmoq uchida sensorlarga ega. Buning yordamida u narsalarni yanada nozikroq tuta oladi.
Mask robotning narxi 20 ming dollardan kam bo'lishini taxmin qilmoqda. Tadbirkorning taxminiga ko'ra, Optimus korxonalar, jumladan, Tesla tomonidan odatiy vazifalar uchun qo'llaniladi.
🟢 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 3-bosqichi!
Ushbu loyiha Innovatsion rivojlanishi agentligi, TIFT universiteti va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida 1-8 sinf o‘quvchilar uchun matematika fanidan 10-dekabr kuni khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida oʻtkaziladi.
Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!
Savollar: O‘zbek🇺🇿 va rus🇷🇺 tillarida
❗️Ishtirok etish mutlaqo bepul!
G‘oliblar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktab-2024 da ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.
✅ Olimpiadaning qoidalari va tartibi.
⚡️⚡️Osiyo va Tinch okeani texnologiyalari transferi markazi (APCTT) Boshqaruv kengashining har yilgi yig’ilishida kelgusi yil uchun Boshqaruv kengashi raisi saylovi o’tkaziladi.
🟢Ayni damda Innovatsion rivojlanish agentligida o’tkazilayotgan APCTT ning 19-sessiyada Olimjon To’ychiyev 2024-yil uchun Boshqaruv kengashi raisi sifatida yana bir bor saylandi.
Ma’lumot uchun: APCTT ning 2022-yil Tailand Qirolligining Bangkok shahrida o’tkazilgan 18-sessiyasida Olimjon To’ychiyev 2023-yil uchun Boshqaruv kengashi raisi sifatida saylangan edi. Bu yil Boshqaruv kengashi yig’ilishi O’zbekistonda ilk bor o’tkazilmoqda.
Hozir kunga qadar Google tomonidan ishlab chiqilgan Google Chrome kengaytmalari (extensions) soni 188 620 taga yetdi.
Ishingizni unumdorligini oshirishda as qotadigan sunʼiy intellekt asosidagi Top-5 chrome xizmatlarini e'tiboringizga havola etamiz.
1. Scribe
Mazkur kengaytma oson va qulay tarzda yo'riqnoma tayyorlash imkonini yaratadi.
Brauzer yorlig'ini tanlab ketma-ketlikni bajarasiz va u sizga siz bajargan amallarni sharhi va skrinshoti bilan mahsulot tayyorlab beradi.
2. Gamma
Ushbu kengaytma orqali kiritilgan mavzu bo'yicha taqdimot, slayd hamda vebsayt yaratish imkoni mavjud.
3. ChatGPT Prompt Genius
“Chrome”ning bu kengaytmasi yordamida siz bajaradigan takrorlanuvchi ishingizni avtomatlashtirishingiz mumkin.
#iqtibos
“XXI asrda savodsizlar - bular o’qish va yozishni bilmaydiganlar bo’lmaydi, balki yangi narsa o’rganmaydigan, o’qimaydigan va o’z ustida ishlamaydiganlar bo’ladi”
©️Elvin Toffler
⚡️Biznes - forum doirasida tashkil etilgan ko’rgazmada Xitoyning bir qator ilg’or kompaniyalari ishlanmalari bilan tanishildi va ularni yurtimizda joriy etish, hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha kelishuvga erishildi.
Читать полностью…🇺🇿Vatanimiz bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi muborak boʻlsin!
Mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz qalbidagi xotirjamlik bardavom bo‘lsin, farovon O‘zbekistonimiz bayrog‘i mangu hilpirab tursin!
🎉17-noyabr xalqaro talabalar kuni!
Yoshlikning eng oltin davri bo’lgan “talabalik” unvoniga sazovar bo’lgan barcha yoshlarimizni ushbu kun bilan tabriklayman.
Eng yorqin xotiralar, do’stlar, talabalik tashvishlari, bellashuv va yutuqlarga boy bo’lgan ushbu takrorlanmas davrdagi xotiralar butun umrga unutilmasdir. “Zachet”, “konspekt”, “referat”, “NB” kabi kichik tashvishlar ham vaqt o’tishi bilan siz uchun yoqimli xotiralar bo’lib qolish shubxasiz.
Sizlarni ushbu kun bilan tabriklayman va maqsadlarni ulkan qo’yib, shijoat bilan harakat qilishni, katta-katta marralarni zabt etishingizni tilab qolaman.
“Yangi tajriba va bilim bilan kengayib borgan ong hech qachon o’zining eski holiga qaytmaydi”
©️ Oliver Uendell Holms
🔺Uzunligi 5 metr bo’lgan eng katta klaviatura yaratildi
Kompyuter o‘yinlari uchun aksessuarlar ishlab chiqaruvchi mashhur Alienware kompaniyasi ulkan klaviatura taqdim etdi.
Bunda AW420K klaviatura modeli asos qilib olindi va u 14 marta kattalashtirildi. Natijada 20 kg og‘irlikdagi 5 metrli aksessuar paydo bo‘ldi.
To’g’ri bunday klaviaturalar ommaviy ravishda foydalanilmaydi, ammo brend nomini tanitish va kompaniya mahsulotlariga e’tiborni jalb qilish uchun yaxshi “infopovod” hisoblanadi.
✅Startapchilarimizga yirik brendlarning anashunday marketing harakatlariga e’tibor qaratishlarini maslahat beraman.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning yurtimizga amaliy tashrifi bo'yicha o'zbek tilida bildirgan fikri
Читать полностью…#til_bayrami
O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda O’zbek tili bayrami kuni muborak bo’lsin.
Qadring doimo baland bo’lsin ona tilim!
⚡️ “InnoWeek.Uz-2023” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi va Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi (KOAMI) bilan hamkorlikda dastlabki qiymati 10 mln AQSH dollar bo‘lgan Koreyaning tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonda “Raqamli ishlab chiqarish texnologiyalari markazi”ni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandum imzolandi.
Читать полностью…#InnoWeek_2023
#Day2
🎥“InnoWeek-2023” innovatsion g’oyalar haftaligi 2-kunidan videolavhalar.
#video
#Jamoatchilik_kengashi
📹 📷21-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligida o’tkazilgan Jamoatchilik kengashi yig’ilishidan videolavhalar.
Kun tartibida muhokama etilgan masalalar haqida batafsil
#BMT
#APCTT
🎥5-7-dekabr kunlari Innovatsion rivojlanish agentligida o’tkazilgan BMTning Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va Ijtimoiy Komissiyasining (ESCAP) Osiyo va Tinch okeani texnologiyalari transferi markazi (APCTT) Boshqaruv kengashining yig’ilishidan video lavhalar.
Hurmatli vatandoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan chin dildan muborakbod etaman.
Barcha huquq va erkinliklarimiz himoyalangan, adolatli va tinch yurtimiz farovonligi bardavom bo’lsin. Xalqimiz yuzidagi kulgu va kelajagiga bo’lgan ishonch yo’qolmasin.
Bayramingiz muborak bo’lsin!
#ESCAP
#APCTT
⚡️⚡️⚡️Innovatsion rivojlanish agentligi va Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy Komissiyasi hamkorligida “Iqlim ta’siri va barqarorlik uchun yashil innovatsiyalar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o’z ishini boshladi ⤵️⤵️
Jonli efirni tomosha qilish
🇩🇪🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi vakillari sifatida Germaniyaga amaliy tashrifimiz doirasida bir qator uchrashuv va seminar-treninglarda ishtirok etdik.
Shuningdek, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, fan va taʼlim, innovatsiya va texnologiyalar sohalari boʻyicha ilgʻor tajribalar oʻrganilib, bir qator hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Xitoyga tashrifimiz doirasida Changshu texnologiya institutida ilmiy stajirovka o‘tayotgan yosh olimlar, malaka oshirishda bo‘lgan o‘qituvchi professorlar va taʼlim olayotgan talabalar bilan muloqot o‘tkazdik.
Uchrashuvda mamlakatda ilm-fan yo'nalishida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qitish metodlari va taassurotlar, ularni yurtimizda tatbiq etish masalalari muhokama etildi.
Haqiqatdan ham yurtimizda ilmga bo'lgan e`tibor yildan-yilga oshmoqda va imkoniyatdan foydalanayotgan, yurtimiz rivojiga hissa qo`shayotgan yoshlarni ko'rish juda quvonarli.
🇺🇿🇨🇳 20-noyabr kuni O’zbekiston-Xitoy biznes forumini ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Xitoyning Guanchjou shahrida o’tkazilgan ushbu forumda ikki davlatning 300 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi. Biznes forumda Xitoylik kompaniyalar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, mavjud aloqalarni mustahkamlash borasida muhokamalar o’tkazildi va Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yangi biznes inkubatorlarni tashkil etish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.
📌Ma’lumot uchun: Xitoy O’zbekistonning asosiy savdo sheriklaridan hisobanadi. Xitoyning Guangdong provinsiyasi mamlakatning YAIM ko’rsatkichi bo’yicha 1-o’rinda turadi hamda 31 yildan buyon iqtisodiy aloqalarga ega innovatsiyalar bo’yicha eng yetakchi provinsiyalardan hisoblanadi.
🎥Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida bo’lib o’tgan “O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash muammolari: nazariya, amaliyot va strategiya” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadan video lavhalar.
Batafsil
“Kitobga to’la uyning fayzi shu
qadarki, ularni varaqlamay turib, sen o’zingni ulardagi donolik sharbatini ichayotgandek his qilasan”.
©️ Mark Tven
Siz qilgan har bir qadam ahamiyatga ega! Kichik harakatlaringizni qadrsizlantirishni to’xtating. Ular sizni katta natijalarga olib boradi.
🚀Katta natijalar kichik qadamlardan boshlangan!
Президентимиз - дунё эътирофида!
Facebook|Instagram|Twitter
O‘zbekiston delegatsiyasi Para Osiyo o‘yinlari tarixida medallar soni bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etdi!
Xanchjoudagi Para Osiyo o‘yinlari yakuniga yetdi! Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza, jami 79 ta medalni qo‘lga kiritdi. E'tiborlisi, bu O‘zbekiston delegatsiyasining Para Osiyo o‘yinlari tarixida medallar soni bo‘yicha eng yaxshi natijasi bo‘ldi.
Barcha paralimpiyachilarimizga bizga bergan motivatsiya uchun, matonat uchun hamda koʻrsatgan qahramonliklari uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz!
@alisher_sadullaev
🎥Yoshlar akademiyasi assambleyasi sammitidan videolavhalar.
Читать полностью…⚡️⚡️#InnoWeek_2023 #LIVE
Ayni paytda “Alpomish” muz saroyida tashkil etilgan innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unga tashrif buyurishga imkon topmagan bo‘lsangiz, onlayn efir orqali kuzatish imkoniga egasiz.
▶️https://youtube.com/live/yQBrX71t76Y?feature=share
#InnoWeek_2023
🎥“Innoweek-2023” ochilish marosimidan videolavhalar🎞️🎞️