-Toshkent Turin Politexnika Universiteti rektori - Ректор Ташкентского Туринского политехнического университет -Rector of Tashkent Turin Polytechnic University https://www.facebook.com/alim.tuychiev https://instagram.com/olimjon.tuychiyev
#infografika
Maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig’ilishidа belgilangan asosiy vazifalar.
#Savollarga_javoblar
🧠Savol: Bitta loyiha bilan bir nechta tanlovlarda ishtirok etish mumkinmi?
@olimjon_tuychiyev
#Savollarga_javoblar
🧠Savol: Menda ixtiro uchun g’oya bor. Innovatsion rivojlanish agentligi menga qanday yordam bera oladi?
@olimjon_tuychiyev
#Savollarga_javoblar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali menga eng ko’p kelib tushadigan savollarga javob berishni endi video formatda davom ettiramiz.
🧠Savol:
Startap loyiha bilan kichik biznes loyihani asosiy farqi nimada?
@olimjon_tuychiyev
🔺Kosmosga tijorat parvozlari yangi reallikning bir qismiga aylanmoqda.
Virgin Galactic kosmik kompaniyasi uchta sayyoh bilan suborbital parvozni amalga oshirdi va yerga muvaffaqiyatli qaytardi.
Samolyot bortida Parkinson kasalligiga chalingan 80 yoshli britaniyalik Jon Gudvin bo‘lgan - u koinotda bo‘lgan eng keksa Britaniya fuqarosi bo‘ldi.
Undan tashqari ekipaj tarkibiga Keysha Shahaf va uning qizi Anastasiya Mayers kirgan, ular xayriya lotereyasida uchish huquqini qo‘lga kiritgan.
Bu kompaniyaning ikkinchi tijorat reysidir. 2023-yil iyul oyida u Italiya Milliy tadqiqot kengashi muhandisi Pantaleone Karluchchi va ikki italiyalik havo kuchlari ofitserlari Valter Villaday va Anjelo Landolfi ishtirokida uchirishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
🔺Wall Street Journal nashrining xabar berishicha yangi Threads ijtimoiy tarmog’i kunlik faol foydalanuvchilarining 70 foizini yo'qotdi.
Shuningdek foydalanuvchilarning ushbu tarmoqda ketqizadigan vaqti 19 daqiqadan 4 daqiqaga kamaydi. Ko'pchilik lenta algoritmlarining to’g’ri sozlanmaganini va foydalanuvchi uni o'zi uchun moslashtira olmasligini tanqid qilmoqda.
Bu fonda Twitter yetakchilik qilmoqda: unga har kuni 200 million kishi tashrif buyuradi va 30 daqiqagacha (!) vaqt sarflaydi.
O’quvchilaringning yutuqlari oʻzingning muvaffaqiyatlaringdan ham quvonchliroq boʻlar ekan
🏅Kecha Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi Javohir Sultonov Yaponiyada oʻtkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritganini eshitib juda xursand boʻldim.
Javohirni 7-sinfda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabimizga qabul qilinganidan beri taniyman. Uning ushbu yutuqni qoʻlga kiritish uchun qilgan mehnatlarini maktab jamoasi bilan birga doimo qoʻllab-quvvatlab kelganmiz.
Aslida yurtimizda bunday isteʼdodli, yuqori intellektual salohiyatga ega yoshlar juda koʻp. Eng muhimi ularga o’z vaqtida eʼtibor qaratish, iqtidoridan kelib chiqib yoʻnaltirish va imkoniyat yaratib berish lozim.
📌Maʼlumot oʻrnida: Joriy oʻquv yilning yakuni bilan, men Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida jamoatchilik asosida direktorlik faoliyatimni topshirdim.
🔺Wi-Fi-dan 100 barobar tezroq: yorug'likka asoslangan Li-Fi tarmoq standarti qabul qilindi
U faqat bino ichida ishlatilishi mumkin. Va bu uni ofislar uchun ancha xavfsizroq yechimga aylantiradi.
Li-Fi ma'lumotlarni radiochastotalar yordamida emas, balki infraqizil nurlanish tufayli maxsus uzatuvchi va qabul qiluvchi signallar orqali uzatadi. Masofadan boshqarish pulti ham xuddi shunday prinsp asosida ishlaydi.
Radiochastota o‘rniga yorug‘likdan foydalanishning afzalliklari nafaqat tezroq ulanish, balki Wi-Fi va 5G kabi an’anaviy texnologiyalarga nisbatan misli ko‘rilmagan xavfsizlikdir.
To'g'ri, Li-Fi faqat bino ichida ishlaydi, shuning uchun bunday standart, albatta, Wi-Fi o’rnini to’liq egallay olmaydi. Ammo, Li-Fi standartlari rasman qabul qilinganligi sababli, ishlab chiqaruvchilar ekotizimga ko'proq ishonch hosil qilishlari va iloji boricha texnologiyani integratsiyalashni boshlashlari mumkin.
#Iqtibos
#Citata
“Odamlarning faqatgina 3 foizi qog‘ozga tushurilgan maqsadlarga ega. Va aynan shu odamlar o‘z sohasining eng omadli va yuqori daromadga egalari hisoblanadi."
©️Uorren Baffet.
#threads
#follow
Barcha rekordlarni yangilayotgan va Mark Sukerbergning ta’kidlashicha allaqachon 30 mln kishini ro’yxatdan o’tkazgan “Threads” ijtimoiy tarmog’idagi sahifamga ushbu havola orqali obuna bo’lishingiz mumkin⤵️
olimjon.tuychiyev" rel="nofollow">https://www.threads.net/@olimjon.tuychiyev
⚡️⚡️Aloqa uchun yangi xizmat Threads foydalanuvchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha barcha rekordlarni yangiladi!
Ishga tushganidan so'ng bor-yo'g'i 7 soat ichida platforma 10 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo’ldi va Chat GPT-dan ham o'zib ketdi.
"Threads" - Twitterga raqobatchi bo'la oladimi?
Ertaga 6-iyul kuni Meta kompaniyasi o'zining yangi Threads ijtimoiy tarmog'ini ishga tushiradi. Kompaniya, o'z foydalanuvchilariga Instagramdan shaxsiy ma’lumotlar va obunachilarni Threadsga o‘tkazish imkonini bermoqda.
"Threads" da matnli xabarlarni post qilish, ularga javob berish va boshqalar bilan ulashish (repost) mumkin bo'ladi.
Hozirda ushbu ijtimoiy tarmoq Twitterga raqobatdosh sifatida qaralmoqda. Ammo, 2019-yilda Instagram allaqachon Snapchat bilan raqobatlashishi kerak bo'lgan Threads xizmatini ishga tushirgan edi. Ammo, talab kamligi va unchalik ommalashmagani tufayli ushbu xizmatni 2021-yilda yopishgandi.
Xo'sh, sizningcha bu safar Threads Twitterga raqobatdosh bo'la oladimi?
30-iyun Yoshlar kuni bilan barcha yurtimiz yoshlarini tabriklaymiz.
Hayotingizning kuch va shijoatga boy ushbu davrida katta maqsadlarni qo’yib , orzular sari shaxdam harakatlanishingizda, yoshlikning har bir daqiqasidan unumli foydalanib, kelajagingiz uchun mustahkam poydevor qurishingizda sizga omad hamisha yor bo’lishini tilaymiz.
Yurtimiz kelajagi, umidi va ishonchisiz bo’lgan yoshlarimizga bayram muborak bo’lsin!
Olimjon To’ychiyev
Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Siz azizlarni, sohaning muhtaram vakillarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga yuksak hurmat va eʼtiborda ekanligimizni bildirishdan mamnunman.
Sizga kasbiy faoliyatingizda ulkan yutuqlarga erishishingizni, yurtimiz rivojiga hissa qoʻshishdagi fidoiy mehnatlaringiz yuksak eʼtirofga loyiq koʻrilishini chin dildan tilaymiz.
Olimjon To'ychiyev
#savollarga_javoblar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali eng ko'p so'raladigan savollarga javob berish rubrikasini davom ettiramiz.
Savol: O’z iqtidorimni va kuchli jihatlarimni qanday aniqlasam bo’ladi?
Javob: O’z iste’dodingiz va kuchli jihatingizni topishning eng oson usuli o’zingizga savol bering:
Men qaysi ishni hech qanday qiyinchiliksiz qila olaman va bundan zavqlanaman?
Sizga eng noqulay paytda ham hech qiyinchiliklarsiz bajara oladigan ishingiz, sizni iqtidoringiz nimada ekanligini aniqlashga yordam beradi.
O’z qobiliyatlaringizni rivojlantiring va ⭐️noyob qiymatga ega bo’ling.
Ish beruvchilar shunchaki boshqalardan bir oz yaxshiroq bo‘lganlarni emas, balki ular chinakam noyob mahoratga ega bo‘lgan odamni qidiradilar.
@Olimjon_To'ychiyev
#Savollarga_javoblar
🧠Savol: Tanlovlarda ishtirok etish uchun topshiriladigan loyihalarda eng ko’p yo’l qo’yiladigan xatoliklar qanday?
@olimjon_tuychiyev
Qizil ro’yxatga kiritilgan yoshlar bilan ishlar tizimli ravishda davom etmoqda.
Ro’yxatdagi yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish maqsadida, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazi”da robototexnika xonalari tashkil etildi va to’liq jihozlab berildi.
Bu orqali yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish va zamonaviy kasblarga bo’lgan qiziqishlarini ortishida turtki bo’lib xizmat qilishi ko’zda tutilgan.
#citata
“Muvaffaqiyat tasodifiy narsa emas. U mehnat, o’rganish, izlanish va albatta qilayotgan ishini sevishlikdan iborat.”
©️PELE
QS World University Rankings doirasida dunyoning eng yaxshi universitetlarining yillik reytingi e’lon qilinadi.
✅AQSHning Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) 12 yil ketma-ket eng yuqori 100 ball bilan bu yil ham 1-o‘rinni egalladi.
Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya) 99,2 ball bilan 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, uning mahalliy raqibi Oksford universiteti 98,9 ball bilan 3-o‘rinni egalladi.
Reytingda Garvard universiteti 98,3 ball bilan to‘rtinchi, Stenford universiteti 98,1 ball bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.
📌20-yil ketma-ket o‘tkazib kelinayotgan ushbu baholash 17,5 million ilmiy ish tahlili, shuningdek, butun dunyodan 240 mingdan ortiq o‘qituvchi va ish beruvchining fikr-mulohazalari asosida tashkil etilgan.
⚡️Sirdaryo viloyatini “Ilgʻor innovatsiyalar hududi”ga aylantirish boʻyicha ishlar jadal davom etmoqda.
9-avgust kuni Sirdaryodagi innovatsion hududga aylantiriladigan Boyovut tumani va Yangiyer shahriga tashrif buyurdik va amalga oshirilayotgan yangi innovatsion loyihalar bilan tanishdik, yangi ishlanmalar asosida qoʻshimcha daromad topish boʻyicha masalalarni muhokama qildik.
Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda zamonaviy investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, salohiyatli kadrlar uchun yangi ish oʻrinlari ochilmoqda.
Agentlik tomonidan Sirdaryoda alohida ishchi guruh tashkillashtirilgan va mahalliy hokimiyat vakillari, tadbirkorlar bilan birgalikda yangi innovatsion ishlanma va loyihalarni amalga oshirish boʻyicha har bitta tuman bilan tizimli ravishda ishlar tashkillashtirilmoqda.
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Yosh olimlarni xorijiy davlatlarga ilmiy stajirovkalarga tanlov asosida yuborish yo’lga qo’yilgan.
Dunyoning juda ko’pab mamlakatlarining nufuzli ilmiy tashkilotlarida o’zbek yoshlari o’z ilmiy tadqiqotlari bo’yicha izlanishlar olib borib, samarali natijalar ko’rsatishmoqda.
⚡️⚡️⚡️ Joriy yilning 1-noyabr sanasiga qadar eʼlon qilingan maqsadli tanlovning birinchi bosqich natijalari bilan ushbu havolada tanishib chiqishingiz mumkin.
🔺Chex olimlari quyosh panellarining belgilangan ishlash muddati 20-25 yilga yetmasligini, mamlakatdagi o'nlab quyosh fermalarining faoliyati 11-yilidayoq samaradorligi keskin tushib ketganligini ta'kidlashmoqda.
2009-2010 yillarda Chexiyadagi fotoelektr stansiyalarining kutilayotgan xizmat muddati 20-25 yil edi. Bugun, taxminan 12 yildan so'ng, bu juda optimistik muddat ekanligi ma'lum bo'ldi va haqiqiy xizmat muddati da'vo qilingan muddatning yarmiga yaqin.
Manbaga ko‘ra, 2009-2010-yillarda Chexiyada qurilgan 85 ta quyosh elektr stansiyasining monitoringi ma’lumotlari quyosh panellarining yaroqsiz holga kelishining asosiy sababi - delaminatsiya ekanligini ko'rsatdi.
Barcha panellar 35 graduslik burchak ostida o'rnatilgan va ularning ko'pchiligi EVA TPT laminat bilan qoplangan.
Ramkalardagi tejamkorlik fotopanellarning xizmat qilish muddatini ham qisqartirishga olib keldi. Shuningdek, kuchlanishni oshirish uchun panellar ketma-ket ulangan, bu esa buzilish jarayonlariga hissa qo'shgan.
💠Ammo, tadqiqotchilar monitoring ma'lumotlaridan olingan natijalarning iqtisodiy tahlilini o'tkazdilar va dastlab rejalashtirilganidan ancha past marjada bo'lsa-da, qurilmalar hali ham foydali ekanligini aniqladilar.
BATAFSIL
#Global_Economic_forum
#maqola
Olimlarning taʼkidlashicha, Yer sharqqa qarab yiliga 4,36 sm egilmoqda. Bu yer osti suvlarining meyoridan ortiq ravishda tortib olinishi natijasida yuz berayotgani ta’kidlanmoqda.
Yer osti suvlari sugʻorishda, sanoatda va uy xoʻjaliklarida foydalanish uchun ishlatiladi va 1993-yildan 2010-yilgacha insoniyat yer ostidan 2150 gigatonna suvni tortib oldi.
Bu Afrikaning eng katta koʻli boʻlgan Viktoriya koʻlini toʻldirish uchun deyarli yetarli hisoblanadi.
❗️Dunyodagi 37 ta eng yirik suvli qatlamlardan 21 tasi barqaror ravishda qurib ketmoqda, 13 tasi esa sezilarli darajada taʼsirlangan deb hisoblanadi.
2030-yilga borib global miqyosda chuchuk suv taqchilligi 40 foizga yetishi mumkin, deya takidlaydi BMT.
Global suv muammolarini suv boshqaruvini isloh qilish orqali hal qilish mumkin.
Batafsil 📖
#Saylov_2023
#befarqemasman
MEN KELAJAGIM UCHUN OVOZ BERDIM! SIZCHI?
Bugun 9-iyul kuni bo'lib o'tayotgan siyosiy jarayon - Prezidentlik saylovida men ham o'z tanlovimni qildim.
Shuni unutmang, siz va bizning ovozimiz yurtimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.
#iqtibos
#citata
“Zulm qilmaslik ham ehson o’rnidadir, zarur vaqtida ehson qilmaslik esa zulm bilan barobardir”.
©️Alisher Navoiy
Kun bo'yi kompyuter oldida o'tirish sog'liq uchun zararli. Ammo bitta oddiy odat buni to'g'irlash imkonini beradi.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, har yarim soatda 5 daqiqa yurish juda uzoq o'tirishning zararlarini kamaytiradi.
Kolumbiyalik olimlar 11 nafar sog‘lom insonlarda haftalik ish jarayonida har yarim soatda 5 daqiqa yurish kabi strategiyani sinab ko'rishgan. Ushbu usul ovqatdan keyin qondagi qand miqdorini 60% ga kamaytirdi va qon bosimini 4 yoki 5 ballga tushirish imkonini berdi.
Bundan tashqari, 5 daqiqalik yurishning ruhiy salomatlik uchun foydalari bor edi, masalan, charchoqni kamaytirish, yaxshi kayfiyat va ko'proq energiya.
Uzoq vaqt davomida o'tirish diabet, yurak xastaligi, demans va saratonning bir necha turlarini rivojlanish xavfi bilan bog'liq. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, ushbu oddiy strategiyaga rioya qilish sog'liq uchun xavflarni kamaytirishga yordam beradi.
#YoshlarKuni
#Pavilionlar
30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Humo arena” majmuasida tashkil etilgan pavilionlarda respublikamizdagi iqtidorli innovator yoshlarimizning loyihalari ham o’rin oldi.
Har yili “Yoshlar kuni”da o’tkazilishi an’anaga aylangan ushbu taqdimotlarda ko’plab yangi iqtidorli yoshlar va istiqbolli loyihalar kashf etiladi.
Qurbon hayiti muborak bo’lsin!
Qilgan barcha xayr-ehsonlaringiz, ezgu amallaringiz qabul bo’lsin. Oilangizni tinchlik, totuvlik va faravonlik tark etmasin. Ushbu muqaddas ayyomda qilgan barcha niyyatlaringiz ijobat bo’lsin.
Olimjon To’ychiyev
#Sirdaryo
#SuperMap
Sirdaryoda O'zbekiston-Xitoy biznes forumi doirasida, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Xitoyning texnologik va innovatsion korxonasi Sirdaryo filiali ochilish marosimi o'tkazildi.
#iqtibos
#citata
“Intizom - bu erkinlikning cheklanishi emas. Bu - barcha ortiqcha narsalarning olib tashlanishidir”
©️ Bryus Li