olimjon_tuychiev | Unsorted

Telegram-канал olimjon_tuychiev - Olimjon To'ychiyev

28298

-Toshkent Turin Politexnika Universiteti rektori - Ректор Ташкентского Туринского политехнического университет -Rector of Tashkent Turin Polytechnic University https://www.facebook.com/alim.tuychiev https://instagram.com/olimjon.tuychiyev

Subscribe to a channel

Olimjon To'ychiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindarov bilan telefon orqali so‘zlashib, uni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi.

Президент Шавкат Мирзиёев поговорил по телефону с победителем Кубка мира по шахматам Жавохиром Синдаровым и поздравил его с исторической победой.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

Javohir Sindarov – Jahon Kubogi 2025 chempioni! 🔥

⚡️Goa (Hindiston)dagi FIDE Jahon Kubogi 2025 finalida TTPU talabasi Javohir Sindarov Vey Yiga qarshi hal qiluvchi uchrashuvda g‘alaba qozonib, turnir chempioni bo‘ldi!

U 19 yoshida bu natijaga erishib, Jahon kubogini yutgan "Eng yosh chempion"ga aylandi, Barakalla Javohir!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🔺 Berlin safaridan qisqa taassurotlar

17–18 noyabr kunlari Berlin shahrida bir qator muhim uchrashuvlarni o‘tkazdik.

Tesla’ning Autopilot AI loyihasida ishlagan vatandoshimiz Jaloliddinmirzo Shukhratov bilan “Uzbegim” Sun'iy Intellekt startapi haqida suhbatlashdik. TTPU ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashga va amaliyotga tatbiq etishda hamkorlikka tayyor.

Jaloliddinmirzoning:

“Agar O‘zbekistonda o‘qish imkoniyatim bo‘lganida, men albatta TTPUni tanlagan bo‘lardim,”

degan fikri meni alohida quvontirdi.

Shuningdek, Kaiko Systems asoschisi Eddy Del Valle bilan uchrashib, TTPU talabalari uchun Berlin shahrida ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha amaliyot imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdik.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

Amazon internet-do‘konining omborlarida 750 mingdan ortiq robot ishlaydi. Har bir robot birdaniga 24 kishining o‘rnini bosadi.


Bu robotlar buyurtmalarni saralash, yuklarni ko‘chirish va mahsulotlarni tezda yetkazishga tayyorlash kabi jarayonlarni ancha tezlashtiradi.

Natijada kompaniya katta hajmdagi buyurtmalarni qisqa vaqt ichida qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, avtomatlashtirish xatolar sonini kamaytirib, omborlarda xavfsizlikni oshiradi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

#IlmStart_Marafoni

🎉 Nihoyat, o‘sha kun keldi!

Bugun 20:00da yopiq kanalda “Ilm-start” marafonining ilk darsi bo‘lib o‘tadi.

Olimjon To‘ychiyev -- O‘zbekistonlik texnolog va jamoat arbobi, Turin poletexnika universiteti rektori.

Dars mavzusi: “Texnoparklar, universitetlar va davlat: Innovatsion loyihalar uchun yagona ekotizim qurish”

❗️ Afsuski dars yozib olinmaydi. Vaqtdan unumli foydalanib, marafonga qo‘shilishga ulgurib qoling: @ilm_start_marafon_bot


Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | innovation.gov-uz">YouTube

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🤩 Kutib oling, "Ilm-start" marafonining dastlabki spikeri!

Olimjon To'ychiyev -- Oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi. Turin poletexnika universiteti rektori

Dars mavzusi: Texnoparklar, universitetlar va davlat. Innovatsion loyihar uchun yagona ekotizim qurish

😄 Bu hali boshlanishi! Siz ushbu marafon doirasida bir hafta davomida startap va innovatsiya olamizning muvaffaqqiyatli insonlari bilan bo'ladigan suhbatlarda qatnasha olasiz.

Marafonga qo'shilish uchun: @ilm_start_marafon_bot

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| parvoz_project?si=wZyb4iKKXY5XfNF4">YouTube

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

InnoWeek–2025”: Chegarasiz g‘oyalar haftaligi bo’lib o’tmoqda!

9-oktabr kuni “CAEx Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekistonda innovatsiya, ilm-fan va ta’lim integratsiyasining yirik an’anaviy maydoniga aylangan “InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion haftaligi “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida boshlandi.

💠 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar mutaxassislari hamda yosh innovatorlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, 15 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda o‘tkazilayotgan ko‘rgazmada Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Vengriya va Qozog‘istonning ilg‘or texnologik markazlari bilan bir qatorda Toshkent Turin politexnika universiteti talabalari ham o‘z innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etmoqdalar.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🇪🇺 Yevropaning uchta davlatida magistratura: Erasmus Mundus

Erasmus Mundus — Yevropadagi eng nufuzli magistratura grant dasturlaridan biridir. Ushbu dastur sizga har semestrda yangi universitetda tahsil olish va yetakchi Yevropa Ittifoqi universitetlaridan ikki diplom olish imkoniyatini beradi. Xalqaro tajriba, ilmiy tadqiqot va qit’a bo‘ylab amaliyotlardan orzu qiluvchilar uchun ajoyib imkoniyat.

O'zim ham ushbu dasturda stependiat bo'lganman, o'zingizni qiziqishingiz bo'yicha yevropada ta'lim olishingiz mumkin!

📌 Grant nimalarni qoplaydi: o‘qish to‘lovlari, xalqaro aviachipta, mamlakatlararo safarlar va oyiga 1100–1200 yevro stipendiya.

Dastur butun dunyo talabalari uchun ochiq

Deyarli barcha yo‘nalishlar — muhandislikdan xalqaro munosabatlargacha

Ta’lim tili — ingliz tili

Tanlov juda raqobatli, ammo har yili 2 500 dan ortiq grant ajratiladi

🕚 Ariza topshirish muddati: 2026-yil yanvar

🔗 Batafsil ma’lumot

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🔺Tsukubada xalqaro ilmiy hamkorlik konferensiyasi – 2025’da ishtirok etdik!

🇺🇿 O’zbekistonda Yaponiyaning qurilish sohasidagi eng so’ngi Sun’iy Intellekt texnologiyalari joriy etiladi!

Ushbu konferensiyada, yo’l va ko’priklar qurulishi, avtomobil hamda temiryo’llarni nazorat qilish sohasida O’zbekiston - Yaponiya qo’shma korxonasi tashkil etilishi kelishib olindi!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

Hurmatli ustozlar va aziz murabbiylar!

Sizlarni 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

Insoniyat taraqqiyotida ustozlik kasbi azaldan ma’rifat chirog‘ini yoquvchi, insonni ilm va tafakkur sari yetaklovchi eng sharafli martabalardan biri bo‘lib kelgan. Zero, ustoz — ilm nurining manbai, ma’naviyat qal’asi va jamiyatning ma’rifat yo‘lidagi tayanchidir. Sizning fidokorona mehnatingiz tufayli mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlaydigan yetuk, tafakkuri keng va ma’naviyati yuksak avlod voyaga yetmoqda.

Siz o‘rgatgan ilm, singdirgan qadriyatlar bilan tarbiyalagan shogirdlaringiz Vatanimiz kelajagini qurmoqda, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi eng ishonchli tayanchga aylanmoqda.

Ta’lim va tarbiya jarayonidagi har bir g‘ayratu matonatingiz oldida ta’zimdamiz.

Ushbu qutlug‘ kunda sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda doimiy muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat bilan,
Olimjon To‘ychiyev


🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🇩🇪 Germaniyada Helmut Schmid nomidagi DAAD stipendiyasi uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Bu dastur ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchi xorijiy talabalarga mo‘ljallangan.

📌 Talablar: ingliz tilini bilish, yuqori o‘quv ko‘rsatkichlari
⏰ Ariza topshirish muddati: turlicha (universitet va yo‘nalishga qarab farq qiladi)
▶️ Batafsil ma’lumot: daad.de

@uzbbenelux

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🏆 TTPU talabari TEKNOFEST 2025 musoboqasida Sun’iy yo’ldosh yo’nalishida 3-o’rinni qo’lga kiritishdi!

🎓 Universitetimizni iqtidorli talabalari, Teknofest 2025 - aviatsiya kosmos va texnologiyalar festivali doirasida sun’iy yo’ldoshlar yo’nalishida 104 jamoa ichida 3-o’rinni qo’lga kiritishdi!

🛰 Talabalarimiz tomonidan ishlab chiqilgan kichik sun’iy yo’ldosh yer sathidan 35,530 metr balandlikka ko’tarilib umumiy hisobda 2,5 soat davomida 186,735 ta malumotni yer stansiyasi bilan almashdi!

⚡️ Talabalarimiz Teknofest tarixida musoboqalrda finalgacha kelib, sovrinli o’rinni qo’lga kirtigan birinchi o’zbek jamoasi bo’ldi!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

📹Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika ko‘rik-tanlovlarida g'oblikni qo'lga kiritgan talabalarimizni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

📹A welcoming ceremony was held for our students who won the republican competitions in engineering disciplines: "Best Idea", "Best Project" and "Best Invention".

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

Global Yoshlar Konvensiyasi 2025, Milan, Italiya

📌 Qabul qilinadigan mamlakatlar: barcha davlatlar
⏳ Davomiyligi: 3 kun

Global Yoshlar Konvensiyasi 2025 yilda Italiyada, Milanda o‘tkaziladi. Ushbu konvensiya yosh yetakchilar, ijtimoiy tadbirkorlar va o‘zgarishlarga yetakchi bo‘luvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan eng yirik xalqaro forumdir.

Tadbirni HISA – Davlat siyosati tadqiqot instituti tashkil qilmoqda. GYC 2025 – yoshlarning ovozini eshitish, hamkorlik qilish, innovatsiyalar joriy etish hamda axloqiy, inklyuziv va barqaror ta’sir ko‘rsatish uchun transformatsion maydon yaratadi.

Bu GYC’ning uchinchi nashri bo‘lib, u yoshlar uchun o‘quv jarayonini chuqurlashtirish va ularni mahalliy o‘zgarish agentlaridan global ta’sirchan shaxslarga aylanishlariga yordam berishga bag‘ishlangan.

✨ Afzalliklari:
Aviachipta (to‘liq moliyalashtirilgan ishtirokchilar uchun)
Maxsus taklifnoma
Birgalikda turar joy
Konvensiyaga to‘liq kirish imkoniyati
Sessiyalar davomida ovqatlanish
Rasmiy sertifikat
Konferensiya uchun materiallar va mahsulotlar

📅 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 20-sentabr

🔗 Batafsil:
headwayinstitute.org/global-youth-convention-2025

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligini keng nishonlamoqdamiz. Ushbu ulug‘ ayyom munosabati bilan sizlarni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

🇺🇿 Mustaqillik bizga o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olish, millatimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini berdi. 34 yil davomida xalqimiz vatan uchun tinimsiz mehnat qilib, obod va taraqqiy etgan mamlakatni barpo etmoqda.

Bugun yoshlarimiz ilm-fan, texnologiya, sport va boshqa koʻplab sohalarida ulkan marralarni zabt etmoqda. Ularning yutuqlari millat uchun g‘urur va iftixor manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Shunday iqtidorli va fidoyi yoshlar tufayli ertangi kunimiz yanada porloq bo‘lishiga ishonamiz.

Shu bilan birga, jamiyatimizdagi birdamlik va hamjihatlik tufayli ezgu ishlarga erishmoqdamiz. Fidokor ustozlarimiz, ilmga tashna talabalarimiz, hamkorlarimiz va butun jamoamizning sa’y-harakatlari xalq uchun xizmat qilmoqda.

Shu bois, bu yilgi bayramimiz bejizga “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida nishonlanmayapti. Chunki bizning har bir yutug‘imiz yurt ravnaqi uchun, har bir tashabbusimiz millat sha’ni uchun, har bir fidokorona mehnatimiz esa xalq farovonligi uchun qaratilgan.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, tinch va farovon hayot, ezgu ishlaringizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

🇺🇿 Jonajon O'zbekistonimiz tinchligi abadiy, osmoni musaffo bo'lsin!

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori
Olimjon To‘ychiyev.

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

Ma'lumot uchun: Javohir Sindarov Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Biznes boshqaruvi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi hisoblanadi. Talabalarimizning yutuqlarini bizni hamisha quvontiradi.

Yana bir bor chempionlik bilan samimiy tabriklaymiz Javohir!

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🔺 TTPU Germaniyada ikki muhim memorandum imzoladi

Germaniya–O‘zbekiston Rektorlar Forumi doirasida TTPU nomidan xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiluvchi ikki memorandum imzoladik.

🔸 TTPU – Kempten – KIUT

Ushbu uch tomonlama kelishuv quyidagilarni qamrab oladi:

• professor va talabalar almashinuvi,
• yozgi maktablar,
• ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik,
• universitet–sanoat integratsiyasini rivojlantirish.

🔸 TTPU – Anhalt universiteti

Mazkur memorandum:

• qo‘shma ta’lim dasturlari (1+1, ikki diplomli magistratura),
• almashinuv dasturlari,
• qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

🤝 Ushbu kelishuvlar TTPUning xalqaro aloqalarini mustahkamlab, talabalarimiz va professorlarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

#texnoyangilik

🇬🇧 Oksford olimlari elektronikasiz robot yaratdi

Oksford universiteti faqat havo bosimi orqali ishlaydigan, elektronika va dastursiz harakatlana oladigan yumshoq robotlarni taqdim etdi. Kichik modullar LEGO kabi ulanadi va o‘zaro ritmga tushib, murakkab harakatlarni o‘z-o‘zidan sinxronlashtiradi.

Robotlar sakrash, sudralish, tebranish kabi vazifalarni bajarishi, hatto stol chetini sezib to‘xtashi ham mumkin — bularning barchasi mexanik mujassamlashuv orqali amalga oshadi.


Olimlar buni “o‘zi miya bo‘lgan robotlar” davriga qadam sifatida baholamoqda.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🇨🇳Xitoyda yana dron shoularida rekordlar yangilanmoqda

Ushbu perfomans uchun deyarli 16 mingta dron havoga ko‘tarildi, kelgusi yilda esa 20 mingtasini uchirishni rejalashtirishmoqda.

Manba: @nanouzbek🇺🇿

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🔺TTPUda “Take Off Startup Summit” vebinari o‘tkazildi

2025-yil 6-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida mintaqaviy miqyosdagi muhim voqea — “Take Off Startup Summit” xalqaro vebinari bo‘lib o‘tdi.

💠Vebinar davomida ishtirokchilarga “Take Off Startup” sammiti doirasida taqdim etiladigan imkoniyatlar — jumladan, $1 millionlik investitsiya jamg‘armasi, xalqaro investorlar bilan uchrashuvlar, real startap muvaffaqiyat hikoyalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va yosh tadbirkorlarni rag‘batlantirish bo‘yicha dolzarb mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🇺🇿🇺🇸TTPU va Missouri Universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2025-yil 20-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetimizga AQShning Missouri Universiteti (MIZZOU) xalqaro dasturlar bo'yicha prorektor Mary Stegmaier tashrif buyurdilar.

💠 Ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari, xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yozgi va qishki maktablar tashkil etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qildik.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🇺🇿🇱🇻Aviatsiya yo'nalishida yangi bosqich sari hamkorlik

🔺Joriy yilning 7-oktabr kuni Latviya Respublikasining Transport va telekommunikatsiya instituti (TSI) vakillari hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

🔘Uchrashuv chog'ida, TTPU va TSI o‘rtasida aviatsiya sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, natijada bir qator muhim kelishuvlar imzolandi.

🔵Jumladan, ilmiy va ta’limiy aloqalarni kengaytirish maqsadida Hamkorlik Memorandumi, shuningdek, EASA sertifikati bo‘yicha imtihon markazini tashkil etish to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomasi imzolandi.

🔺Shu bilan birga, qo'shma ta'lim dasturini tashkil etish, Erasmus+ dasturi doirasida talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning qisqa muddatli stajirovkalarini yo'lga qo'yish bo‘yicha kelishib olindi.

🇺🇿🇱🇻Cooperation towards a new stage in the field of aviation

🔺On October 7 of this year, a meeting was held between representatives of Transport and Telecommunications Institute (TSI) of the Republic of Latvia and the administration of Turin Polytechnic University in Tashkent.

🔘During the meeting, the prospects for cooperation between TTPU and TSI in the field of aviation were discussed, and as a result, a number of important agreements were signed.

🔵In particular, a Memorandum of Cooperation was signed to expand scientific and educational relations, as well as a cooperation agreement on establishing an examination center for the EASA certificate.

🔺At the same time, the parties agreed to establish a joint educational program, as well as to organize student exchanges and short-term internships for professors and teachers within the framework of the Erasmus+ program.

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🇯🇵 Yaponiyada almashinuv dasturiga qabul davom etmoqda!

📌 MIRAI-2026 dasturi Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi 20–30 yoshli bakalavr, magistrant va yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Dastur Yaponiyaning siyosati, madaniyati va xalqaro aloqalari bo‘yicha chuqur tushuncha berishga qaratilgan.

🎯 Talablar:
— A’lo darajadagi ingliz tili
— Yuqori o‘quv ko‘rsatkichlari
— Quyidagi sohalarda tahsil yoki faoliyat:

diplomatiya, xavfsizlik, iqtisodiyot, fan va texnologiyalar, san’at, xalqaro munosabatlar, ekologiya, SDGs, Yaponshunoslik, Osiyo tadqiqotlari va boshqa yaqin yo‘nalishlar

🗓 Dastur sanalari:
2026-yil 14–20-yanvar, Tokio va atrofidagi hududlarda

Dastur barcha xarajatlarni to‘liq qoplaydi (aviachipta, yashash, ovqatlanish, tashriflar)

⏰ Ariza topshirish muddati: 2025-yil 15-oktabr

👉 Batafsil

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

⚡️ 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressi Samarqand shahrida o‘tkaziladi

🧑🏻‍🚀
Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan Xalqaro astronavtika kongressida (IAC) muhim qaror qabul qilindi: 2028-yilda navbatdagi kongress Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilandi.

Bu tarixiy voqea nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo uchun ham kosmik sohada yangi davrni boshlab beradi.

🔵 Mazkur yirik anjuman nafaqat ilm-fan va texnologiyalar rivoji uchun muhim maydon bo‘ladi, balki mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham sezilarli daromad keltirishi kutilmoqda.


🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

⚡️ TTPU — Xalqaro astronavtika federatsiyasi a’zosi!

28-sentabr kuni Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilayotgan IAC 2025 Xalqaro Astronavtika Kongressida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) Xalqaro astronavtika federatsiyasiga (IAF) a’zo bo‘lgani rasman e’lon qilindi 🎉

👉 Bu a’zolik universitetimiz uchun xalqaro kosmik ilmiy hamjamiyat bilan hamkorlik qilish, yirik ilmiy loyihalarda qatnashish va talabalarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochilishiga xizmat qiladi.

🛰 Endi TTPU nafaqat texnologiya va muhandislikda, balki kosmik sohada ham yangi marralarga intilmoqda!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🏆 TTPU talabalari Teknofest tarixida ilk bora sovrinli o‘rin olgan o‘zbek jamoasi bo‘ldi!

🎓 Turin Politexnika Universiteti Toshkentdagi iqtidorli talabalari, Aviatsiya, Kosmos va Texnologiyalar festivali – Teknofest 2025 doirasida sun’iy yo‘ldoshlar yo‘nalishida 104 ta jamoa ichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

🌍 Biz global yutuqlarga erishishda davom etamiz va sizlarni ham universitetimizga talabasi bo'lib, bu jarayonning bir qismi bo‘lishga chorlaymiz.


📚 Turin Politexnika Universiteti Toshkent — xalqaro darajada tan olingan diplom, kuchli ta’lim dasturlari va sanoat bilan yaqin hamkorlikni taklif etuvchi maskan. Bizning maqsadimiz — yoshlarni zamonaviy texnologiyalar, muhandislik va ilm-fan sohalarida yetakchilikka tayyorlash.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🎓 Teknofest’25 Istanbulda Turin Politexnika universiteti O’zbekiston povilionida!

O’zbekiston povilionida Turin Politexnika universiteti bir qator yurtimizning nufuzli oliygohlari hamda kompaniyalari qatoridan joy olgan!

Talabalarimizning Teknofest festivalida g’olib va sovrindor bo’lgan loyihalari ham aynan ushbu pavilionga joylashtirilgan!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

TTPUda Induction Week!

Turin Politexnika Universitetimizda yangi o‘quv yili 2-sentabrdan boshlandi va 2025–2026-o‘quv yili uchun 1-bosqich talabalarini kutib oldik! 🎉

Bir hafta davomida talabalarga universitet hayoti, ta’lim jarayoni, zamonaviy laboratoriyalar va turli imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ular professor-o‘qituvchilar bilan tanishib, turli seminar va uchrashuvlarda ishtirok etishdi.

Induction Week – yangi bosqichga qadam qo‘ygan talabalarning universitet hayotiga tezroq moslashishi va ularga yaratilgan keng imkoniyatlardan to‘liq xabardor bo‘lishi uchun muhim bosqichdir.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🔺TTPUda “Induction Week”

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Induction Week” tanishtiruv haftaligi doirasida "Qurilish muhandisligi", "Arxitektura va dizayn" yo'nalishlariga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

💠Tadbir davomida talabalarga TTPU faoliyati, ichki tartib-qoidalar va odob-ahloq kodeksi bilan tanishtirilib, “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tanlangan yo‘nalishning o‘quv jarayonlari, sohaga oid zamonaviy tendensiyalar va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi istiqbollari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbirda Universitetning "Cosmos Innovation" jamoasi a'zolari O'zbekiston yoshlari Ginnes rekordlari kitobiga kirishida qo'shgan ulkan hissasi uchun maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

🎲 Kunning ikkinchi yarmida, talabalar uchun qiziqarli o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlar ham tashkil etiladi.
🎶 Ma'lumot uchun: Bugun soat 18:00 da universitet hovlisida musiqiy dastur bo‘lib o‘tadi. Barcha talabalarni ushbu unutilmas konsert dasturiga taklif etamiz!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🎶 “Vatan” qo‘shiqlar to‘plami taqdimoti

Kecha mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Vatan” qo‘shiqlar to‘plami loyihasining taqdimot-konsertida ishtirok etdim.

Mazkur loyiha san’atkorlar, shoirlar va bastakorlarimizning ijodiy hamkorligi mahsuli bo‘lib, xalqimiz qalbida yurtga mehr va sadoqat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Premyeradan so‘ng qo‘shiqlar Yandex Music, Apple Music, Spotify, YouTube va 170 dan ortiq xalqaro musiqiy platformalarda taqdim etilmoqda. Ishonchim komilki, mazkur qo‘shiqlar yoshlarimizning sevimli kuy-qo‘shiqlari safidan munosib o‘rin egallaydi.

📌 Qo‘shiqlarni tinglash uchun Yandex Music havolasi orqali o‘tishingiz mumkin.


Havola: https://music.yandex.uz/album/37953347

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…
Subscribe to a channel