📣 ASOSIY OLIMPIADANING III (VILOYAT) BOSQICHI NATIJALARINI BAHOLASH BO‘YICHA
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
ASOSIY OLIMPIADANING II (TUMAN, SHAHAR) BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA!
📌 Xabaringiz bor, joriy yilning 17-21-oktabr kunlari umumta'lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 16 ta fandan Asosiy olimpiadaning II (tuman, shahar) bosqichi Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.
📌 Mazkur olimpiadada umumiy o‘rta ta'lim muassasalari, nodavlat ta'lim tashkilotlarining o‘quvchilari ishtirok etmoqda.
✔️ Hozirgi kunga qadar, tarix, geografiya, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, kimyo, rus tili va adabiyoti, tojik tili fanlaridan sinflar kesimida g‘olib o‘quvchilar aniqlandi hamda olimpiadaning III (viloyat) bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
✔️ Asosiy olimpiadaning II (tuman, shahar) bosqichi jarayonlari ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinmoqda.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
📣 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO)da O'zbekiston sharafini himoya qiladigan iqtidorli o'quvchilar saralab olindi.
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralash bosqichi o‘tkazildi. Saralash bosqichida ishtirokchilarga xalqaro fan olimpiadalari standartlari (talablari) darajasidagi nazorat materiallari berildi hamda o‘quvchilarning ishlari xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar tomonidan tekshirildi. Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi o'quvchilar xalqaro olimpiada ishtirokchisiga aylandi:
✔️ Erkinov Azizbek - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;
✔️ Raximov Daler - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;
✔️ Ashiraliyev Nursulton - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
✔️ Yuldashev Murodbek - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi;
✔️ Vaysboyev Rahimboy - Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o'quvchisi;
✔️ Mamadaliyev Javohir - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
Eslatib o‘tamiz, 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailand davlatida o‘tkazilishi, bunda ishtirokchi davlatlarning saralangan o‘quvchilari hamda terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadada bevosita ishtirok etishi rejalashtirilgan. Mazkur xalqaro olimpiadada yurtimiz o'quvchilariga omad va zafarlar tilaymiz!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
📣 ASOSIY OLIMPIADANING II (TUMAN/SHAHAR) BOSQICHIDA SHAFFOFLIKNI TA'MINLASH BO‘YICHA
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
📣 ASOSIY OLIMPIADANING II (TUMAN/SHAHAR) BOSQICHI G‘OLIBLARINI ANIQLASH BO‘YICHA
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
📣 ASOSIY OLIMPIADANING II (TUMAN/SHAHAR) BOSQICHI NAZORAT MATERIALLARI BO‘YICHA
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
📣 Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar» Olmaliq shahridagi filiali (MISIS) universitet tomonidan “МИСИС зажигает звёзды” deb nomlangan olimpiada o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan.
✅Mazkur olimpiadada umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari informatika va axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo fanlari bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.
✅Joriy yilning 1-noyabrdan 30-noyabrgacha saralash bosqichi hamda 9-dekabrdan 23-dekarbga qadar yakuniy bosqich o‘tkaziladi.
✅Ro‘yxatdan o‘tish muddati 31-oktabrgacha belgilangan. Olimpida jarayonlari onlayn tarzda tashkil etiladi. Olimpiadada qatnashish bepul.
✅ Olimpiadada ishtirok etish uchun http://mzz.misis.ru/registratsiya-2/ veb sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib olimpiada nizomi bilan http://mzz.misis.ru/about/document/ havola orqali tanishishingiz mumkin.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
‼️DIQQAT‼️
✅Asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi natijalarini oo.uzedu.uz tizimiga kiritish 25-sentabr kuni ochiladi.
✅Axborot xavfsizligini kuchaytirish maqsadida tizimdagi barcha parollar yangilangan. Yangi login parolingizni bilish uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hududiy boshqarmasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
✅ oo.uzedu.uz tizimiga 9-10-11-sinf kesimida har bir fandan tuman(viloyat) bosqichida ishtirok etuvchi o'quvchilaringiz haqida ma'lumotlarni kiritishingiz yetarli.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
«Орзум олимпиадада медал олиш эди» — Ўзбекистон учун тарихий натижа қайд этган информатика олимпиадачилари билан интервю
Халқаро информатика олимпиадасида Ўзбекистон илк медалларини қўлга киритди. 11-синф ўқувчилари 2 та бронзага эга чиқди. Улардан бири «Халқаро информатика олимпиадасида дастурлаш ва компютердан фойдаланишда яхши кўникмага эга бўлиш етарли. Шунда ҳам баланд натижа қайд этиб, бронза, ҳатто кумушни олиш мумкин», дейди. Kun.uz олимпиадада катта натижа кўрсатган ўқувчиларнинг муваффақияти калити, ўй-хаёллари, бу йўлдаги машаққатлари ва келажакдаги режалари ҳақида суҳбат ташкил қилди.
📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
#Taqdirlash_marosimi
🔴 Xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.
⚡️ Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g’oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, akademik Abdulla A’zamov tomonidan taqdirlandi.
❗️Ma'lumot o'rnida, bu yil o'quvchilarimiz mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda jami 52 ta medalni qo'lga kiritishgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Xo'sh, tayyormisiz? 🤩🥳
Birinchi qo‘ng‘iroq munosabati bilan Ziyo Forum uzoq kutilgan “Ziyolilar” 100 ta eng yaxshi maktab sardorlarini e’lon qiladi 🏆📚
Tanlovda ishtirok etish uchun telegram bot orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: /channel/ZiyolilarschoolBot
#Xalqaro_olimpiada
✅ 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etgan terma jamoamiz a'zolari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari hamda ota-onalar va ustozlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
❗️Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz a'zolari Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarini qo‘lga kiritishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🇺🇿Ozodbek Axtamov — Yaponiyada bo'lib o'tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasining bronza medali sohibi.
Tengdoshlariga "O'qish, izlanish va harakatdan to'xtamaylik. Shundagina muvaffaqiyatga erishamiz", — deydi O'zbekistonda matematika fani rivojiga o'z hissasini qo'shishni niyat qilgan qahramonimiz.
👍 E'tiboringizga Artel kompaniyasining yurtimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlangan "Yangi O'zbekiston farzandlari" loyihasining navbatdagi sonini havola etamiz.
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🕊 Twitter 📺 Youtube
✈️ To‘rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 28-avgust 4-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Vengriyaning Seged shahriga jo‘nab ketdi.
Terma jamoa tarkibi:
1️⃣ Valijonov Dilyorbek Dilshodbek o‘g‘li-Andijon viloyati, Andijon shahar, Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Xo‘jayev Dilshodbek Zafarovich-Toshkent shahar, Olmazor tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣ Sunnatov Asilbek G‘ofurjon o‘g‘li-Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf o‘quvchisi;
4️⃣ Jurabekov Otabek Jurabek o‘g‘li-Toshkent shahar, Mirobod tumani, Profi School, 11-sinf o‘quvchisi;
Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
4-5 sinflar uchun LOgeek olimpiadasi
🧠 Aqliy qobiliyatingizni tekshirishga tayyormisiz?
Biz barcha 4-5-sinf o‘quvchilarini tanlash uchun ikkita yo‘nalish bo‘yicha olimpiadalarda qatnashishga taklif qilamiz:
matematika;
ingliz tili;
💡 (siz bir vaqtning o‘zida ikkita Olimpiadani tanlashingiz mumkin).
Ushbu olimpiadada siz mantiqiy fikrni, qat’iyatlilikni, shuningdek, analitik va lingvistik qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradigan qiziqarli vazifalarni bajarasiz. Bolaning o‘z bilim va mahoratini oshirishiga, matematik va lingvistik iste’dodini oshirishiga imkon beradigan qiziqarli jumboqlarni, fikrlash muammolarini va mantiqiy topshiriqlarni bajarishiga tayyor bo‘ling.
👦 Ishtirokchining yoshi: 4-5 sinf o‘quvchilari
Olimpiada o‘tkaziladigan sana:
- matematika: 2023-yil 23-avgust
- ingliz tili: 2023-yil 26-avgust
Format: onlayn
Til: o‘zbek, rus va ingliz
Farzandlaringizga ushbu yo‘nalishlarda o‘z kuchlarini sinab ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang 🌐
Info: +998 91 136 12 87
👉 Endi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
ОЛИМПИАДА "LOgeek" ДЛЯ 4-5 КЛАССОВ
🧠 Готовы проверить остроту своего ума?
Мы приглашаем всех 4-5-классников принять участие в олимпиадах по двум направлениям на выбор:
▫️математика;
▫️английский язык;
💡(можно выбрать две олимпиады одновременно).
На этой олимпиаде вас ждут захватывающие задания, которые помогут развить логическое мышление, усидчивость, а также аналитические и лингвистические способности. Будьте готовы к интересным головоломкам, задачам на рассуждение и заданиям на логику, которые позволят ребенку проявить свои навыки и отточить свой математический и лингвистический талант.
👦Возраст: ученики 4-5 классов
🗓 Дата проведения олимпиады:
- математика: 23 августа 2023 года
- английский язык: 26 августа 2023 года
🖥 Формат: онлайн
🏳️Язык: узбекский, русский и английский
Не упустите шанс дать вашим детям возможность проявить свой потенциал в этих направлениях 🌐
Info: +998 91 136 12 87
👉🏻Регистрируйтесь уже сейчас по ссылке.
📣 ASOSIY OLIMPIADANING III (VILOYAT) BOSQICHI 1-GURUH FANLARI YAQINLASHMOQDA.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
🥇ERON GEOMETRIYA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETING!
Dunyoning 73 ta davlatidan 28 mingden ishtirokchilarni qamrovchi xalqaro 10-Eron geometriya olimpiadasi 20-oktabr kuni bo'lib o'tadi.
"Uzbek Math Community" jamoasi hududlardagi hamkorlar ko'magida o'quvchilarga olimpiada savollarini o'zbek tilda hamda o'z hududida bepul ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.
Eron geometriya olimpiadasi 4 xil yosh kategoriyasida o'tkaziladi:
👉7-8-sinf o’quvchilari uchun;
👉 9-10 sinf o’quvchilari uchun;
👉 11-sinf o'quvchilari uchun;
👉 Ixtiyoriy yoshdagilar uchun. Ya’ni yoshidan qat’iy nazar, talabalar, o’qituvchilar ham qatnashishi mumkin.
📝 Masalalar soni va ballar: Barcha kategoriya uchun 5 ta har xil qiyinlikdagi masala. Har bir masala 8 balldan baholanadi. Jami 40 ball.
Batafsil
Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/v27JAjJcApRq1YBc7
👉@uzmathcommunity
Biologiya Olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnashishni yoki o’qituvchi sifatida o’z o’quvchingizni ushbu Olimpiadalarda g’olib bo’lishini istaysizmi?
Unda Sizni Xalqaro va Respublika Biologiya Olimpiadalari haqidagi vebinarda kutamiz!
Lektorlar: Muxtorov Azizbek va Egamberdiyev Muhammadibrohim
📌Muxtorov Azizbek
- 33-Xalqaro Biologiya Olimpiadasi (IBO 33rd) “Merit” sertifikati sohibi
- Respublika Biologiya Olimpiadasi (UzBO 2022) g’olibi
- IELTS 7.0
- ToshPTI talabasi
📌Egamberdiyev Muhammadibrohim
- 34-Xalqaro Biologiya Olimpidasi (IBO 34th) bronza medal sohibi
- Respublika Biologiya Olimpiadasi (UzBO 2023) g’olibi
- ToshPTI talabasi
Ishtirok etish uchun ro'yhatdan o'tishni unutmang.
📆 16 oktabr, 15:00
📍Ziyo Forum (Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 12)
📣 ASOSIY OLIMPIADANING II (TUMAN/SHAHAR) BOSQICHIDA SHAFFOFLIKNI TA'MINLASH BO‘YICHA
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
📣 ASOSIY OLIMPIADANING II (TUMAN/SHAHAR) BOSQICHI NATIJALARINI BAHOLASH BO‘YICHA
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
📣 ASOSIY OLIMPIADANING II (TUMAN/SHAHAR) BOSQICHI YAQINLASHMOQDA.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!
⚡️ Joriy yilning 1️⃣—6️⃣—OKTABR kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📘Ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
✅Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.
✅Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
10 ta davlat grantlaridan birini yutib oling!
🎓 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining kunduzgi ta’lim shakli abituriyentlari endi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 10 ta davlat grantlaridan birini qo‘lga kiritishlari mumkin:
👉 Matematika va informatika – 5 ta;
👉 Psixologiya – 5 ta.
Matematika va informatika yo‘nalishi uchun imtihon universitet binosida matematika fanidan 23-sentyabr kuni soat 09:30 da yozma ish shaklida. Psixologiya yo‘nalishi uchun 24-sentyabr kuni soat 09:30 da biologiya, ona tili va adabiyot fanlaridan test shaklida bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy salohiyati yuqori universitetda o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti qabul jarayonlarini amalga oshirishda abituriyentlar uchun pullik xizmatlar ko‘rsatuvchi hech qanday konsalting firmalari yoki boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatmagan!
💻 Onlayn hujjat topshirish: aifu.uz/Admission
☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228
✈️ Telegram orqali murojaat: Operator1, Operator2
📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi
🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)
✈Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 AIFU_offical">Youtube | 🌐 Facebook
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj
✅ 2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
_______
⚡️ Фоторепортаж с церемонии награждения учащихся-победителей престижных и региональных международных предметных олимпиад в 2022/2023 учебном году и их преподавателей.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.
❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 13 nafar o’quvchimizni taqdirladi.
✔️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq nufuzli xalqaro olimpiadalarda:
🥇 oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m);
🥈kumush medal uchun — o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m),
🥉bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
📍 Tadbir davom etmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ну что вы готовы? 🤩🥳
В честь первого школьного звонка Ziyo Forum запускает долгожданный «Ziyolilar» топ 100 школьных лидеров 🏆📚
Зарегистрироваться для участия в отборе вы можете в телеграмм боте : /channel/ZiyolilarschoolBot
♾XUSHXABAR
Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi - Terma jamoamiz hisobida 2 ta bronza
To‘rt nafar iqtidorli o‘quvchimiz Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Olimpiada natijalariga ko’ra O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qo‘lga kiritdi.
G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
Dilyorbek Valijonov-Andijon viloyati, Andijon shahar, Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Dilshodbek Xo‘jayev -Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Aytish joizki, joriy yilda mazkur Xalqaro olimpiadaga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rildi.
Ilk bor terma jamoa a’zolarini tayyorlash uchun xalqaro trener jalb qilindi. Informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka tomonidan 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida o‘quvchilarni tayyorladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.
Ma’lumot o‘rnida joriy yilda eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada o‘quvchilarimiz 13 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Bu mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
O‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir a’zosini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.
🇺🇿 Anvarbek Sadulloyev — Yaponiyada bo'lib o'tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasining bronza medali sohibi.
''Maqsad qanchalik katta bo'lsa, unga yetishish uchun qo'yiladigan qadam va harakat ham shuncha kattalashadi", - shioriga amal qiluvchi qahramonimiz kelgusida o'z bilim va tajribasini yosh matematiklar bilan bo'lishishni niyat qilgan.
👍 E'tiboringizga Artel kompaniyasining yurtimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlangan "Yangi O'zbekiston farzandlari" loyihasining ilk sonini havola etamiz.
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🕊 Twitter 📺 Youtube
#grant #ajoyib_yangilik
Hurmatli Abituriyentlar🎓,
Endi siz DTM balingiz bilan Tashkent Metropolitan University da 1-semestr uchun 20% dan 100 % gachalik grant asosida o'qishga kirishingiz mumkin.
Chegirmalar quyidagicha taqsimlanadi:
✅100-120 Ball olganlarga 20%
✅121-150 Ball olganlarga 50%
✅151-170 Ball olganlarga 70%
✅170+ Ball olganlarga 100%
🙅♂️Yagona Talab: Abituriyent kamida IELTS 5 yoki unga mos ekvivalentiga(CEFR, DUOLINGO,TOEFL) ega bo'lishi kerak.
❗️ Eslatib o'tamiz, agarda DTM balingiz 45-100 oralig'ida bo'lsa, universitetga kontrakt asosida imtihonsiz qabul qilinasiz!
✈️Hoziroq hujjat topshiring, joylar chegaralangan: t.me/tmuqabulbot
Hurmat bilan,
TMU Qabul
🎙#statistika #fizika
O’zbekiston terma jamoasi Nufuzli xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) 2015-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar 🥉3 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep