olympicuz | Unsorted

Telegram-канал olympicuz - OlympicUz

9566

Tezkor va ishonchli sport xabarlari Все самые последние и актуальные новости олимпийского движения! 📱 instagram.com/Olympic.uz 🇺🇿 💻 facebook.com/nocuzbekistan 🇺🇿 📲 Telegram/ @Olympicuz 🇺🇿 🐦 twitter.com/Olympicuz 🇺🇿

Subscribe to a channel

OlympicUz

Sport vazirligida dopingga qarshi kurash boʻyicha yigʻilish oʻtkazilib, unda sportchilarimizni taqiqlangan dori vositalaridan saqlash, ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

В Министерстве спорта состоялось совещание по вопросам борьбы с допингом, в ходе которого были даны соответствующие указания по защите наших спортсменов от применения запрещённых препаратов и обеспечению их безопасности.

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube  I  Instagram  I

Читать полностью…

OlympicUz

📰 Kun dayjesti: Rahimova “Rolan Garros”da, yosh “klassik” kurashchilarimiz qitʼada tengsiz, badiiy gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatida

📰 Дайджест дня: Участие Рахимовой на «Ролан Гаррос», наши молодые греко-римские борцы лучшие на континенте, грации Узбекистана на чемпионате Азии

#Dayjest

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube  I  Instagram  I

Читать полностью…

OlympicUz

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston MTJning JCh-2026 uchun tarkibi e’lon qilindi

Объявлен состав Национальной сборной Узбекистана по футболу на ЧМ-2026

#Futbol

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube  I  Instagram  I

Читать полностью…

OlympicUz

Taekvondochilarimiz Osiyo chempionatida 11 ta medalni qoʻlga kiritishdi

Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida taekvondo WT boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida sportchilarimiz 3 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Murosasiz bahslarda finalgacha yetib borgan Diyorbek Toʻxliboyev (-68 kg), Jasur Jaysunov (-80 kg) hamda Madina Mirabzalova (-57 kg) kumush medalga ega chiqishdi.

Shu tariqa, terma jamoamiz qit’a birinchiligida 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarimi jamgʻardi.

Наши таэквондисты завоевали 11 медалей на чемпионате Азии

В столице Монголии Улан-Баторе завершился чемпионат Азии по таэквондо WT. В заключительный день соревнований спортсмены сборной Узбекистана пополнили копилку команды 3 серебряными медалями.

По итогам поединков до финала дошли Диёрбек Тухлибоев (-68 кг), Жасур Жайсунов (-80 кг) и Мадина Мирабзалова (-57 кг), став обладателями серебряных наград.

Таким образом, сборная Узбекистана завершила континентальное первенство с 2 золотыми, 5 серебряными и 4 бронзовыми медалями.

#Taekvondo #OsiyoChempionati

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube I Instagram I

Читать полностью…

OlympicUz

Gimnastikachilarimiz Jahon chellenj kubogining bugungi bahslarida 5 ta medalni qoʻlga kiritishdi

Toshkent mezbonlik qilayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon chellenj kubogida dastlabki gʻoliblar aniqlandi. Unda oʻzbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

🥇 Oltin medal:
Ahrorxon Temurxonov (halqa)

🥈 Kumush medal:
Humoyun Islomov (erkin mashq)
Mansur Rahmatov (sport otida mashq)

🥉 Bronza medal:
Ozotilla Abdurasulov (halqa)
Shaxribonu Yusufova (tayanib sakrash)

Наши гимнасты завоевали 5 медалей в сегодняшних соревнованиях Кубка мира Challenge

На проходящем в Ташкенте Кубке мира Challenge по спортивной гимнастике определились первые победители и призёры. Примечательно, что представители Узбекистана завоевали 1 золотую, 2 серебряные и 2 бронзовые медали.

🥇Золотая медаль:
Ахрорхон Темурхонов (кольца)

🥈Серебряные медали:
Хумоюн Исломов (вольные упражнения)
Мансур Рахматов (упражнение на коне)

🥉Бронзовые медали:
Озотилла Абдурасулов (кольца)
Шахрибону Юсуфова (опорный прыжок)

#SportGimnastikasi

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube  I  Instagram  I

Читать полностью…

OlympicUz

Yelkanli sportchilarimiz Markaziy Osiyo chempionatida 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi

Qirgʻiz Respublikasida yelkanli sport boʻyicha oʻtkazilgan dastlabki Markaziy Osiyo chempionati yakunlandi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.

Erkaklar oʻrtasida kechgan ILCA 4 dasturida Farruh Karimov, ayollar oʻrtasidagi ILCA yaxtalarida esa Aleksandra Shavaleyeva shohsupaga koʻtarildi.

Наши спортсмены завоевали 2 бронзовые медали на чемпионате Центральной Азии

В Кыргызской Республике завершился первый чемпионат Центральной Азии по парусному спорту. Сборная Узбекистана, принявшая участие в соревнованиях, завоевала 2 бронзовые медали.

В программе ILCA 4 среди мужчин бронзовым призёром стал Фаррух Каримов, а в соревнованиях на яхтах класса ILCA среди женщин на пьедестал почёта поднялась Александра Шавалеева.

#YelkanliSport

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube  I  Instagram  I

Читать полностью…

OlympicUz

🏆Rolan Garros”: Asosiy davraga qur’a tashlandi

Ertaga boshlanadigan “Rolan Garros” turnirining asosiy davra bahslariga qur’a tashlandi. Ma’lum qilganimizdek, unda hamyurtimiz Kamilla Rahimova (89) ishtirokini toʻgʻridan toʻgʻri ushbu bosqichdan boshlaydi.

Qur’aga koʻra, Rahimovaga ilk davrada jahon tasnif jadvalida 33-pogʻonani egallab turgan ruminiyalik Jaklin Kristian raqiblik qiladi. Ushbu bahs 25-may sanasiga belgilangan.

Afsuski, saralashning 3-bosqichida boshqa bir yurtdoshimiz Polina Kudermetova xitoylik Siyuy Vanga ikki setda 3:6 hisoblarida magʻlubiyatga uchradi.

🏆 «Ролан Гаррос»: состоялась жеребьёвка основной сетки

Состоялась жеребьёвка матчей основной сетки турнира «Ролан Гаррос», который стартует завтра. Как сообщалось ранее, наша соотечественница Камилла Рахимова (89-я ракетка мира) начнёт своё выступление сразу с основной стадии соревнований.

Согласно результатам жеребьёвки, в первом круге Рахимова встретится с румынской теннисисткой Жаклин Кристиан, занимающей 33-е место в мировом рейтинге. Матч запланирован на 25 мая.

К сожалению, другая представительница Узбекистана Полина Кудерметова остановилась в шаге от выхода в основную сетку, уступив в третьем этапе квалификации Сиюй Ван (Китай) в двух сетах — 3:6, 3:6.

#Tennis #RolandGarros

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube I Instagram I

Читать полностью…

OlympicUz

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasini 2026-yilgi jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии проводов национальной сборной Узбекистана по футболу на чемпионат мира 2026 года.

#Mirziyoyev #marosim #termajamoa #jahonchempionati

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

OlympicUz

Xalqimiz yuqori kayfiyat bilan sizlarga oq fotiha berib, katta mundialga kuzatyapti.

Sizlarni oldinda Portugaliya, Kolumbiya, Kongo terma jamoalari bilan muhim o‘yinlar kutib turibdi. Katta kuch-g‘ayrat, ishonch bilan maydonga chiqing! Shuni bilingki, biz doim sizlar bilanmiz!

Haqiqiy o‘zbekona jasorat, matonat va irodangiz bilan chiroyli va ishonchli o‘yin ko‘rsatib, barchamizni xursand qilasiz deb ishonamiz.

Bugun sizlar qatori mening qalbim ham faxr va iftixorga to‘lib turibdi. O‘zbek xalqi hamisha katta orzu-umidlar bilan faqat oldinga intilib yashagan.

Kelinglar, bugun hammamiz yaxshi niyat qilaylik! Jahon chempionatida futbolchilarimizni Yaratganning o‘zi qo‘llasin! Har bir o‘yinda xalqimizning duosi madadkor bo‘lsin!

Yashasin o‘zbek futboli! Yashasin Yangi O‘zbekiston yoshlari! Yashasin bunyodkor O‘zbekiston xalqi!
,

– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

OlympicUz

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoamizni jahon chempionatiga kuzatish marosimida nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari barchani katta futbol bayrami bilan tabrikladi.

Bugun o‘zbek futboli uchun yana bir tarixiy kun. Katta ishonch va ezgu tilaklar bilan milliy terma jamoamizni AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kuzatamiz.

Fursatdan foydalanib, bizga mana shunday unutilmas kunlarni taqdim etgan mahoratli futbolchilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalariga, ustoz va murabbiylariga, terma jamoamizning barcha a’zolariga butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.

Sizlarning milliy jamoaga bo‘lgan mehr va sadoqatingiz har qancha tahsinga loyiq. Issiqni issiq, yomg‘irni yomg‘ir demay, g‘alaba onlarida ham, qiyin damlarda ham futbolchilar bilan birga bo‘lib, haqiqiy vatanparvarlik namunasini ko‘rsatib kelyapsiz.

Buning uchun stadionni to‘ldirib o‘tirgan muxlislarga, sizlar orqali futbolsevar xalqimizga alohida rahmat aytaman”
,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

OlympicUz

“Endi futbolchilarga qarata aytmoqchiman: jahon chempionatida oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Sizlar Portugaliya, Kolumbiya, Kongo kabi terma jamoalar bilan o‘ynaysizlar. Xalqimiz har bir o‘yinda sizlardan g‘alaba kutishi tabiiy, albatta.

Lekin bir narsani doimo yodda tuting: sizlar tarixni allaqachon yaratib bo‘ldingiz!

Oldingizda turgan muhim uchrashuvlarda ortiqcha bosimsiz, hech kimdan hayiqmasdan, boringizni berib o‘ynang. Har bir to‘p, har bir vaziyat, maydonning har bir qarichi uchun oxirigacha kurashing!

Mundialdagi barcha o‘yinlaringizda fan-klublar a’zolari, minglab futbol muxlislari, Amerikadagi vatandoshlarimiz ham stadiondan sizlarni qo‘llab-quvvatlab turadi.

Maydondagi har bir harakatingizni 40 millionga yaqin xalqimiz ekran ortida katta hayajon bilan hayqirib kuzatadi, yuraklarni junbishga keltiradigan hissiyot oladi.

Yodingizda bo‘lsin: el-yurtimiz sizlarga ishonadi, Prezident sizlarga ishonadi! Boringlar, mardonavor o‘ynanglar, Vatan sharafini munosib himoya qilinglar! G‘alaba va omad hamisha yor bo‘lsin!”

– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

OlympicUz

“Biz uchun futbol nafaqat professional sport turi, balki yoshlar tarbiyasi, sog‘lom turmush, intizom va vatanparvarlik maktabi bo‘ladi.

Endi yurtimizdagi har bir mahallaga futbol nafasi kirib boradi. Har bir bolaga o‘z mahallasida to‘p tepish, musobaqalarda qatnashish, o‘z iste’dodini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi”
,

– dedi Prezidentimiz.

Buning uchun “Har bir mahalla – futbol maydoni” dasturi boshlanadi. Bu umummilliy harakatga aylanadi.

Dastur doirasida “Mahalla ligasi” tashkil etilib, 12-17 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mahalla futbol jamoalari tuziladi. Har yili havaskor futbolchilar ishtirokida “mahalla – tuman – viloyat – respublika” bosqichidan iborat musobaqalar o‘tkaziladi.

Umuman, “Mahalla ligasi” eng yaxshi iqtidorlarni seleksiya qilishda professional klublar uchun tayyor baza bo‘ladi.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

OlympicUz

“Bugungi uchrashuvimizda taniqli shoir, adib va san’atkorlarimiz ham ishtirok etyapti. Ular maydonda jasorat va matonat ko‘rsatgan futbolchilarimiz haqida yangi she’r va asarlar yozmoqda, qo‘shiq va madhiyalar yaratmoqda.

Tadbirkorlarimizni aytmaysizmi. Ular ham allaqachon harakatni boshlab yuborgan. Biznes vakillari sizlar orqali milliy brendini dunyoga tanityapti, yangi bozorlarga chiqyapti.

Aziz farzandlarim, ko‘ryapsizlarmi? Sizlar nafaqat sport rivojiga hissa qo‘shyapsiz, balki tadbirkorlarimizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib, adabiyot va san’at ahliga yangi ilhom, yangi ruh va qanot beryapsiz.

Yoshlarimizga haqiqiy o‘rnak bo‘ldingiz. “Men ham mashhur futbolchi bo‘laman” degan bolajonlarimiz safi ko‘payib bormoqda. Xalqimiz sizlar bilan doim faxrlanadi!

– dedi Prezident.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

OlympicUz

“Olimpiya shaharchasi”da aralash jang sanʼati turlari boʻyicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

В «Олимпийском городке» состоялась торжественная церемония открытия чемпионата Азии по смешанным боевым искусствам.

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube I Instagram I

Читать полностью…

OlympicUz

Toshkentdagi “Olimpiya shaharchasi”da aralash jang sanʼati boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda. Bugun oʻzbekistonlik rasmiylar Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Osiyo aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi Prezidenti Gordon Tang bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari boʻyicha uchrashuv oʻtkazdi.
--
В «Олимпийском городке» проходит чемпионат Азии по смешанным боевым искусствам среди молодёжи и взрослых. Сегодня официальные лица Узбекистана провели встречу с вице-президентом Олимпийского совета Азии, президентом Ассоциации смешанных боевых искусств Азии Гордоном Тангом, в ходе которой были обсуждены вопросы укрепления двустороннего сотрудничества.

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube  I  Instagram  I

Читать полностью…

OlympicUz

Dopingga qarshi kurashish masalalari tanqidiy muhokama qilindi

Sport vazirligida dopingga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Milliy antidoping agentligi rahbariyati, shuningdek, sport federatsiya va assotsiatsiyalarining masʼul vakillari ishtirok etishdi.

В Министерстве спорта критически обсудили вопросы борьбы с допингом

В Министерстве спорта состоялось совещание, посвящённое вопросам борьбы с допингом. В нём приняли участие руководители Министерства спорта, Национального Олимпийского комитета и Национального Антидопингового агентства, а также ответственные представители спортивных федераций и ассоциаций.

#Yigilish #Antdoping

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube  I  Instagram  I

Читать полностью…

OlympicUz

Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga tabrik

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

OlympicUz

Gimnastikachilarimiz Jahon chellenj kubogini 10 ta medal bilan yakunlashdi

Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning bugungi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 tadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

🥇 Oltin medal:
Alisher Boysarov (turnik)

🥈 Kumush medal:
Ahrorxon Temirxonov (parallel brus)
Dildora Aripova (erkin mashq)

🥉 Bronza medal:
Dildora Aripova (to‘sin)
Soliha Tursunboyeva (erkin mashq)

Shu tariqa, sportchilarimiz mazkur musobaqada 2 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Наши гимнасты завершили Кубок мира Challenge с 10 медалями

В Ташкенте завершился этап Кубка мира Challenge по спортивной гимнастике. В заключительный день соревнований представители сборной Узбекистана завоевали 1 золотую, 2 серебряные и 2 бронзовые медали.

🥇 Золотая медаль:
Алишер Бойсаров (турник)

🥈 Серебряные медали:
Ахрорхон Темирхонов (брусья)
Дильдора Арипова (вольные упражнения)

🥉 Бронзовые медали:
Дилдора Арипова (бревно)
Солиха Турсунбоева (вольные упражнения)

Таким образом, на данном старте наши спортсмены завоевали 10 медалей: 2 золотые, 4 серебряные и 4 бронзовые.

#SportGimnastikasi

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube  I  Instagram  I

Читать полностью…

OlympicUz

Yosh “klassik” kurashchilarimiz qit’a chempionatini 2 ta oltin medal boshlashdi

Vyetnamda sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda. Yunon-kurashi boʻyicha bellashuvlar bilan boshlangan musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

🥇 Oltin medal:
-67 kg: Aytjan Xalmaxanov
-77 kg: Abdullo Aliyev

🥈 Kumush medal:
-82 kg: Azimjon Soatullayev

🥉 Bronza medal:
-72 kg: Shahzod Qoʻchqorov

Наши молодые греко-римские борцы успешно стартовали на чемпионате Азии

Во Вьетнаме проходит чемпионат Азии по спортивной борьбе среди спортсменов до 23 лет. В первый день соревнований состоялись поединки греко-римских борцов и сборная Узбекистана завоевала 2 золотые, 1 серебряную, 1 бронзовую медали.

🥇Золото:
-67 кг: Айтжан Халмаханов
-77 кг: Абдулло Алиев

🥈Серебро:
-82 кг: Азимжон Соатуллаев

🥉Бронза:
-72 кг: Шахзод Кучкоров

#SportKurashlari #OsiyoChempionati

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube I Instagram I

Читать полностью…

OlympicUz

✈️ Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasini 26-may kuni okean ortida tashkil etiladigan jahon chempionatiga eltib qoʻyuvchi havo kemasining taqdimoti oʻtkazildi

✈️ Состоялась презентация самолёта, на котором 26 мая национальная сборная Узбекистана по футболу отправится на чемпионат мира за океан

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube I Instagram I

Читать полностью…

OlympicUz

Osiyo chempionatida taekvondochilarimiz yana 3 ta medal jamgʻarishdi

Ulan-Bator shahrida taekvondo WT boʻyicha Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi. Chempionlik Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi Ozoda Sobirjonovaga nasib qildi.

🥇 Oltin medal:
-67 kg: Ozoda Sobirjonova

🥈 Kumush medal:
-87 kg: Yodgorbek Joʻraboyev

🥉 Bronza medal:
-63 kg: Nazarali Nazarov

Таэквондисты Узбекистана завоевали ещё 3 медали на чемпионате Азии

В Улан-Баторе завершился очередной соревновательный день чемпионата Азии по таэквондо WT. Сегодня сборная Узбекистана пополнила свою копилку одной золотой, одной серебряной и одной бронзовой медалью. Чемпионкой континента стала участница Олимпийских игр Париж-2024 Озода Собиржонова.

🥇Золотая медаль:
-67 кг: Озода Собиржонова

🥈Серебряная медаль:
-87 кг: Ёдгорбек Журабоев

🥉Бронзовая медаль:
-63 кг: Назарали Назаров

#Taekvondo #OsiyoChempionati

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube I Instagram I

Читать полностью…

OlympicUz

Futbol bo‘yicha milliy terma jamoa jahon chempionatiga tantanali kuzatildi.

Национальную сборную команду по футболу торжественно проводили на чемпионат мира.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

OlympicUz

Prezidentimiz futbol bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi.

Президент нашей страны встретился с членами национальной сборной команды по футболу.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

OlympicUz

“Bugun stadionda fan-klublarimizni ham ko‘rib turibman. Ular terma jamoa o‘yinlarini nafaqat tribunadan kuzatyapti, balki futbolchilar bilan birga kurashyapti, futbolning ichida yashayapti.

Fan-klublar a’zolari har bir o‘yinda chin o‘zbekona, betakror uslubi bilan o‘n ikkinchi o‘yinchi vazifasini munosib bajarmoqda. Ishonchim komil, ular mundialda ham minglab yurtdoshlarimiz, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan birga xuddi hozirgidek g‘ayrat-shijoat va hayqiriqlar bilan futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashadi.

Yurtimizda futbol allaqachon har bir oilaning do‘stiga aylanib ulgurgan, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Ko‘rib turibman, bugun ham ko‘pchiligingiz stadionga farzand va nabiralaringiz bilan kelgansiz. Sportchilarimiz erishayotgan yutuqlardan ruhlanib, ularning orasidan ham yangi-yangi chempionlar, albatta, chiqadi”
,

– dedi davlatimiz rahbari.

O‘tgan yili poytaxtimizda 100 gektardan ziyod maydonda 5 ta yirik sport majmuasini o‘z ichiga olgan Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi. Yangi Toshkentda FIFA standartlariga to‘liq javob beradigan 55 ming o‘rinli muhtasham stadion qad rostlamoqda.

Mazkur stadion yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari uchun katta sovg‘a bo‘ladi. Bunday zamonaviy inshootlar yurtimizda ko‘plab nufuzli xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazishga xizmat qiladi, sportchilarimizni yanada ulkan va yorqin g‘alabalar sari yetaklaydi.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

OlympicUz

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari, murabbiylar shtabi, soha faxriylari va sport jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с игроками и тренерским штабом национальной сборной Узбекистана по футболу, ветеранами сферы и представителями спортивной общественности.

#Mirziyoyev #uchrashuv #futbol #termajamoa

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

OlympicUz

Bugun terma jamoamiz bilan katta tajriba va chempionlik xarakteriga ega Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi ishlayotgani qayd etildi.

2006-yilda Germaniyada o‘tkazilgan mundialda Kannavaro sardorlik qilgan Italiya terma jamoasi jahon chempioni bo‘lgan. O‘sha yili Kannavaro dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etilgan va futbol tarixida “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan kam sonli himoyachilardan biriga aylangan.

Yangi murabbiy jismoniy tayyorgarlik va hujumchilar bilan ishlaydigan murabbiylarni, shifokor, nutritsiolog va oshpazlarni olib kelgani hamda xalqaro tajribaga ega yaxshi jamoani shakllantirgani ta’kidlandi.

"Fursatdan foydalanib, Fabio Kannavaroni murabbiy sifatida mundialdagi birinchi ishtiroki bilan tabriklab, murabbiylar shtabiga yangi zafarlar tilayman",

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

OlympicUz

Yurtimizda sportga, xususan, futbolga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar mazkur yutuqlarga katta zamin bo‘ldi.

So‘nggi yillarda joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshladi. 1,5 mingdan ortiq mahallaga sport maydonchalari qurib berildi. Poytaxtimizda zamonaviy Olimpiya shaharchasi barpo etildi, Yuqori Chirchiqda “Milliy futbol markazi” ishga tushirildi. Har bir viloyatda bittadan professional futbol akademiyasi va futbol maktablari tashkil qilindi.

Bu ishlar hisobiga havaskor futbolchilar soni 5 millionga yetdi, futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar 1 million 300 mingdan oshdi, professional futbolchilar 17 mingga yetdi.

Eng asosiysi, futbolda korrupsiya va tanish-bilishchilik degan illatlarga barham berildi. Ochiq va shaffof tizim yaratildi. Bu eng iqtidorli yoshlarni, rostakam iste’dodlarni katta maydonga olib chiqdi.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

OlympicUz

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari katta futbol bayrami – AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan jahon chempionati oldidan barchani qutladi.

“Biz bu kunlarni butun xalqimiz, futbol ishqibozlari bilan 34 yil kutdik. Shu ma’noda, futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi.

Chunki ular har bir o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rib, yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik ruhi bilan faqat g‘alaba uchun maydonga tushdi. Xalqimizga olam-olam quvonch bag‘ishladi.

To‘g‘risini aytsam, mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi. Barcha yurtdoshlarimiz kabi men ham ich-ichimdan quvondim, bayram qildim.

Fursatdan foydalanib, maydonda jasorat va mahorat ko‘rsatgan futbolchilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalari, ustoz va murabbiylariga tashakkur izhor etaman”
,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

OlympicUz

Aralash jang sanʼati boʻyicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Toshkent shahrida aralash jang sanʼati (MMA) boʻyicha Osiyo chempionati hamda Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga saralash musobaqalarining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. “Olimpiya shaharchasi” mezbonlik qilayotgan ushbu tadbirda Osiyo aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi, Ichki ishlar hamda Sport vazirliklari, shuningdek, Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etdi.

Joriy yilning 24-mayiga qadar davom etadigan bellashuvlarda qitʼamizning 23 mamlakatidan kelgan 340 nafar sportchi gʻoliblik uchun kurashmoqda. Diqqatga sazovor jihati, 18-20-may kunlari oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi bahslarda oʻzbekistonlik sportchilar 6 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʻrinni egallashdi.

Bugun start olgan kattalar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa jami 24 nafar hamyurtimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Состоялась торжественная церемония открытия чемпионата Азии по смешанным боевым искусствам

В Ташкенте прошла торжественная церемония открытия чемпионата Азии по смешанным боевым искусствам (MMA), а также квалификационного турнира к летним Азиатским играм Аичи-Нагоя-2026. В мероприятии, которое прошло в «Олимпийском городке», приняли участие руководители Ассоциации смешанных боевых искусств Азии, Министерств внутренних дел и Спорта, а также Национального Олимпийского комитета.

В соревнованиях, которые продлятся до 24 мая, за победу борются 340 спортсменов из 23 стран Азии. Примечательно, что в поединках среди молодёжи, проходивших 18–20 мая, спортсмены Узбекистана завоевали 6 золотых, 5 серебряных и 3 бронзовые медали, заняв первое место в общекомандном зачёте.

Сегодня стартовали соревнования среди взрослых и честь Узбекистана защищают 24 отечественных спортсмена.

#MMA #OsiyoChempionati

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube I Instagram I

Читать полностью…

OlympicUz

🏋🏻‍♂️ Olimpiada chempioni Akbar Joʻrayev yuqori sport formasiga kirib bormoqda. Sportchimiz mashgʻulotlarda 200 va 230 kg toshni koʻtaryapti 🔥

🏋🏻‍♂️ Олимпийский чемпион Акбар Джураев постепенно набирает оптимальную спортивную форму. На тренировках наш спортсмен поднимает штангу весом 200 и 230 кг 🔥

#OgirAtletika

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube I Instagram I

Читать полностью…
Subscribe to a channel