ona_tili_haydarov | Unsorted

Telegram-канал ona_tili_haydarov - Ona tili || Muhammad Haydarov

22209

Ushbu kanalda ustoz Muhammad Haydarov bilan ona tili va adabiyot fanini oson, tez o'rganishingiz mumkin! Shuningdek, fanga, jamiyatga doir boshqa fikrlar ham ulashib boriladi. Amallar niyatga qarab belgilanadi!! Admin: @Doniyor_77777

Subscribe to a channel

Ona tili || Muhammad Haydarov

Chegirma yakunlandi!

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Ustoz,online darsingiz boshlanishini guruhlarda ko'rganimda,ikkilanib kirgandim.Nimadir o'rganamanmi yoki yo'q deb? 15 kun qisqa kurs davomida bir qancha ilmga ega bo'ldim.Savollarni audio orqali tushuntirib berishdan tashqari,yana vidiochat qilib yana tushunmagan savollarimiz bilan ishladingiz.Ba'zi testlarni 4-5 marta tushuntirsangiz ham sabr bilan yana tushuntirdingiz! Darslaringiz juda ajoyib.Darslaringizda ham ilmiy,ham tarbiyaviy ahamiyat kuchli! Eng qiyin savolni ham juda oson usul bilan esdan chiqmaydigan qilib yetkazib berar ekansiz. Ilmingiz ziyoda bo'lsin! Martabangiz ulug' bo'lsin! Tan-u joningiz omon bo'lsin!

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

@ona_tili_haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Essedan 73 ball ❗️

Essedan 75 balldan 73 ballni imtihonda qoʻlga kirtish hammaga ham emas, azizlar!

Bu kuchli va tizimli tayyorgarlik, qatʼiy nazorat, sifatli taʼlimning natijasidir!!!

Siz ham sinalgan, xalq ishonchini qozongan dastur asosida tayyorlanib, milliy sertifikatdan mana shunday super natijalarni qayd etmoqchimisiz? Unda hoziroq kuzgi milliy sertifikat kursimizga yoziling!

👇 Kurs haqida batafsil:
/channel/ona_tili_Haydarov/5575

Hoziroq kursga yozilish uchun @Doniyor_77777 ga murojaat qiling!

Sanoqli joylar qoldi!

@Ona_tili_Haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Bepul onlayn esse vebinari

Essedan 70+ ballni yuzlab insonlar bizda onlayn tayyorlanib qanday qilib olishmoqda? Yuqori ball olish sirlari sizga ham qiziqmi?

Haydarovlar jamoasi tomonidan tashkil qilinayotgan esse yozishning maqsadi va mohiyatini ochib beruvchi bepul onlayn esse vebinarida barchasi oydinlashadi!

Vebinarda siz quyidagi savollarga aniq javob olasiz:

➖ Milliy sertifikat imtihonlarida nega aynan esse yozish talabi qoʻyilgan?
➖ Esse qanday yoziladi?
➖ Esseni standart qolip asosida yozish qanchalik toʻgʻri?
Tezis nima va uni qoʻllash qanchalik muhim?
➖ Essening baholash mezoni mohiyati nimaga qaratilgan?
➖ Essedan yuqori ball olish uchun nimalarga eʼtibor berish lozim?

Maʼruzachi ustoz: Marjona Zokirjonova

Vebinar vaqti: 6-iyul 21:00
Vebinar boʻladigan kanal: @Ona_tili_Haydarov

Essening oʻzi yarim sertifikat demakdir! Shu sabab bu darsni oʻtkazib yubormasligingiz shart!

Yaqinlaringizga ham vebinar xabarini yetkazing! Siz sabab kimdir foydali ilm oʻrgansa, savobi sizga ham borib turadi!

@Ona_tili_Haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Assalomu alaykum,Haydarovlar jamoasi.Bugun barchangizga chin dildan rahmat aytaman.Sizlar tufayli shu natijaga erishdim.Oʻzim pensioner oʻqituvchiman.
Men esse yozishda qiynalar edim, ayniqsa,dalil topish men uchun qiyin edi.Marjona ustozni bezor qilib yuboruvdim,ustozga rahmat.Erinmay tushuntirishlari samara berdi,72 balga baholanibman.
Gʻazalni platformad oʻrgandim,u ham ogʻriqli nuqtam edi,tahlillar ham katta yordam berdi.Bir nechta tanishlarimga ushbu jamoani tavsiya qildim.Oʻquvchi va oʻqituvchilarga ham ushbu jamoada tayyorlanishni maslahat beraman.Mehnatlaringiz va mablagʻingizga kuymaysiz.
Yana bir bor rahmat ustozlar.

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Toʻgʻri savollar bering!

Onlayn kurs sotib olayotganda berayotgan savollaringizga eʼtiborli boʻling!

Bizga milliy sertifikatga tayyorlanmoqchi boʻlgan oʻqituvchi va oʻquvchilardan turli koʻrinishda savollar tushadi. Koʻpchilik odatda yuzaki savollar bilan cheklanadi:

• "Milliy sertifikatga tayyorlov kursi bormi?
• "Darslarni kim oʻtadi, narxi qancha"
• "Boʻlib toʻlasa ham boʻladimi, darslar nechada boʻladi"
• "Qachondan boshlanadi darslar?"

Bu savollar yomon emas, albatta. Biroq bu savollarning javobini qabul eʼlonining postlaridan ham bemalol topish mumkin. Vaqtingizni va imkoniyatingizni toʻgʻri yoʻnaltirish uchun savollaringizni chuqur va maqsadli berishingiz muhim. Toʻgʻri savol bera olish ➖ yarim javobdir.

Aslida toʻgʻri savollar qanday boʻladi?

Izohlarda yozib qoldiring 👇

Yaqinlarga ham ulashing!


@ona_tili_haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Sizda hali ham imkoniyat bor!

Yuqorida keltirilgan natijalarga havas qildingizmi? Bu A va A+ natijalar orasida sizning natijangiz bo'lishi mumkin edi.

Kuz oyida bo'ladigan imtihonga tayyorgarlikni boshlang. Haydarovlar jamoasi bilan bunday natijalarni qo'lga kiritish yanada oson. Har bir qadamingiz A+ olish uchun oldinga borsin!

Ilmni fursat bo'lganda o'rganaverish kerak, ilm zarur bo'lganda fursat topilmaydi.

Milliy sertifikat umumiy kursimizning 40 foizi to'ldi. Tezlashamiz! Bu kurs mavsumning oxirgi kursi! Bundan keyin milliy sertifikat uchun boshqa umumiy kurs ochilmaydi!

Hoziroq ro'yxatdan o'tish uchun @Doniyor_77777 yozing.

@ona_tili_haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Platformadagi darslarga gap yo'q👍 oldin tushunmagan narsalarimni tushunib olyapman, ayniqsa tahlil videolarini ko'rib, Muhammad Haydarov ustozimiz zo'r tushuntirib qo'ygan ekanlar😊
Oldin 2ta javobni qaysi birini tanlay deb ko'p ikkilanar edim, hozir unday ikkilanish yo'qolyapti, g'azaldagi muammolarimni ham oson yechyapman endi

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Assalomu alaykum Haydarovlar jamoasi.Sizlar sabab ikkinchi marotaba sertfikar egasi bo'ldim.2023 -yil kursingizga yozilganimda sertfikat savollari haqida umuman tushunchaga ega emas edim.G'azal tahlili,matn bilan.ishlash,gramatik testlarni bittalab tahlil qilish orqali ancha bilim olib 81.7 ball olib ustama ola boshladim.Hatto kasalxonalarga tushib qolib ham kursda o'qishdan to'xtamadim.Insoniyligingiz shu darajadaki,kursni yarmi pulini to'lolmasam ham bir og'iz so'ramadingiz ham.2025 yil ham sizlarni jamoangiz kengayganini guvohi bo'ldim.Dars berayotgan ustozlar yarimta savolni ham bee'tibor qoldirishmadi.Saxarlab uyg'onib dars berishlarini,jon kuydirishlarini ko'rib vijdonim qiynalgandan ham harakatni susaytirmadim.Men barcha hamkasblarimni ,hech ikkilanmasdan, mana shu kursda o'qib sertfikat egasi bo'lishingizga chorlayman.Bu nafaqat moddiy mablag' ,balki ishda obro',o'quvchilar orasida o'zingizga ishonch oshishiga sabab bo'ladi.Men yanayam yaxshiroq dars o'ta boshladim.G'azallar tahlili o'quvchilarda shunday qiziqish orttiryapti.Buni so'z bilan ta'riflash qiyin.Bilim ichun investitsiya eng zo'r sarmoyadir.Hecham ikkilanmang.Menga ham A darajadagi sertfikat qulluq bo'lsin

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Bepul darslar

🔥 Grammatikani 0 dan boshlab o’rganmoqchi bo’lganlarga quyidagi bepul darslarni tavsiya qilamiz!

1-dars | Fonetika.
2-dars | Fonetika test tahlili (1-qism).
3-dars | Fonetika test tahlili (2-qism). Orfoepiya.
4-dars | Orfoepiya test tahlili. Orfografiya.
5-dars | Leksikologiya 1-qism. Ko'p ma'noli so'zlar. Metafora, sinekdoxa, metonimiya
6-dars | Leksikologiya 2-qism. Sinonim, omonim, antonim, paronim so’zlar
7-dars | Leksikologiya 3-qism. Tasviriy ifodalar, evfemizm, disfemizm, onomastika.
8-dars | Barqaror birikmalar, neologizmlar, leksikografiya, o'zbek tilining boyish manbalari
9-dars | Asos va qo'shimchalar. Qo'shimchalarning turlari. O'zbek tilida so'z yasalishi.
10-dars | So'z turkumlari. Ot
11-dars | Ot so'z turkumi
12-dars | Sifat so'z turkumi
13-dars | Son so'z turkumi
14-dars | Ravish so'z turkumi
15-dars | Fe'l. Fe'l nisbatlari. Fe'lning vazifa shakllari
16-dars | Fe'lning tuzilishiga ko'ra turi. Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi
17-dars | Fe'lning munosabat shakllari
18-dars | Olmosh so'z turkumi
19-dars | Yordamchi so'zlar
20-dars |Alohida olingan so'zlar (oraliqdagi so'zlar)
21-dars |Sintaksis, so'z birikmasi
22-dars |Kesim, ega, ot kesim va eganing o'rtasida tirening qo'llanishi
23 - dars | Ikkinchi darajali bo'laklar
24 - dars | Undalma; Kiritma; Ajratilgan bo'lak va uyushiq bo'lak
25 - dars | Gapning tuzilishiga ko'ra turlari
26 - dars | Qo'shma gapni bog'lovchi vositalar
27 - dars | Bog'langan qo'shma gaplar va ularni bog'lovchi vositalar
28 - dars | Ergashgan qo'shma gaplar
29 - dars | Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vositalar
30 - dars | Ergashgan qo'shma gap turlari
31 - dars | Ergashgan qo'shma gaplarning sodda gaplar bilan ma'nodoshligi
32 - dars | Bog'lovchisiz qo'shma gaplar va ularda tinish belgilarining qo'llanilishi
33 - dars | Ko'chirma gaplar va ularda tinish belgilarining qo'llanilishi
34 - dars | Ko'chirma gaplarni o'zlashtirma gaplarga aylantirish
35 - dars | Tinish belgilari; vergul va nuqta tinish belgilarining qo'llanilishi
36 - dars | Tinish belgilari; so'roq va undov tinish belgilarining qo'llanilishi
37 - dars | Tinish belgilari; ikki nuqta tinish belgisining qo'llanilishi
38 - dars | Tinish belgilari; nuqtali vergul tinish belgisining qo'llanilishi
39 - dars | Tinish belgilari; tire tinish belgisining qo'llanilishi
40 -dars | Radif, raviy, mutlaq va muqayyad qofiya.
41-dars | She'riy san'atlarni oson va tez o’rganish

📲 Test tahlillarini va qo'shimcha o'quv materiallar: @Ona_tili_Haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Yuqoridagi faylda bugungi diagnostik testning Rash modelida baholangan natijalari jamlangan!

Testda qatnashgan barchaga rahmat, ilmingiz ziyoda boʻlsin!

@Ona_tili_Haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44-savollar tahlili.

Diagnostik testning video tahlili! Diqqat bilan koʻring va oʻz ogʻriqli nuqtalaringizga yechim oling!

Testni tahlil qilgan ustoz: Sevinch Xalillayeva

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22-savollar tahlili.

Diagnostik testning video tahlili! Diqqat bilan koʻring va oʻz ogʻriqli nuqtalaringizga yechim oling!

Testni tahlil qilgan ustoz: Sevinch Xalillayeva

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8-savollar tahlili.

Diagnostik testning video tahlili! Diqqat bilan koʻring va oʻz ogʻriqli nuqtalaringizga yechim oling!

Testni tahlil qilgan ustoz: Sevinch Xalillayeva

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Pulni boʼyindan yuqoriga sarflash haqida...

Boʼyindan yuqori deyishdan maqsad —bu miyaga, yaʼni ilmga sarflashdir. Boʼyindan pastga sarflashdan qaytarish bu oshqozonga sarflashdan qaytarishdir.


⚡️Ilmga mablagʼ sarflashdan sizga nima naf keladi?

➖Birinchidan, ilmdan nafaqat oʼzingiz, balki butun jamiyat ham manfaatdor boʼladi.

Huzurini faqatgina oʼzingiz koʼrasiz, hojatxona emas.

➖Ilm xoh dunyoviy boʼlsin, xoh diniy sizni Allohga yaqinlashtiradi.

➖Siz miyangiz uchun, o’zingizni o’stirish uchun pul tikishni boshlaganda bu investitsiyani xarajat deb bilsangiz, bu miyangizdagi eng katta muammo.

➖Bu muammo sizni rivojlanishdan to’sadi. Ko’pchilik buni ich-ichidan tushunadi, biladi.

➖Lekin miyani “sozlashga” jiddiy kirishmaymiz. Og’rinamiz. Bahonalar topamiz. Qat’iyat va ixlos yetishmaydi!

➖Bu bilan yemang, ichmang demoqchimasmiz. Yaxshi yeng. Sog’lom ovqatlaning.

➖Lekin oshqozonga ko’rsatilayotgan “mehr-muruvvatni” miyaga ham qilib turaylik!

@ona_tili_haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Ertadan boshlayman

Hali ham muhim ishlarni ortga surmoqdamisiz?

Yangi yildan boshlayman, yozgi ta’tilda boshlayman, dushanbadan boshlayman, bu oydan boshlayman, ertadan boshlayman...

Yuqoridagi kabi holatlar sizning ham ongingizda kechayotgan boʻlsa, ularga nuqta qoʻying!

Bugundan boshlang! Mayli bir soat, mayli yarim soat vaqt ajrating, lekin asosiysi, bir boshlab oling! Ongingizni toʻgʻrilang! Oʻzingizni aldashni toʻxtating!

Oz-ozdan boʻlsa ham, davomiy harakat qilib borsangiz, sekin-sekin ongingiz oʻzgaradi, oʻzingizga nisbatan ishonch ortadi! Ongingiz oʻzgarsa, bu fikrlashingizga taʼsir etadi. Fikrlash esa maqsadlarga, maqsadlar natijalarga! Bu oʻzgarishlar sizning baxt, hayot haqidagi tasavvurlaringizni ham butunlay oʻzgartirib yuboradi!

Yangilanishning vaqti keldi! Ertani kutmang!

Bugundan boshlang!

Aytgancha, bugun milliy sertifikat umumiy kursi uchun eʼlon qilingan chegirmaning oxirgi kuni!

Kursga roʻyxatdan oʻtish uchun hoziroq
@Doniyor_77777 ga murojaat qiling!

@ona_tili_haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Assalomu alaykum! Muhammad Haydarov jamoasi samimiyligi, har bir bo‘limga alohida urg‘u berib tushuntirishi bilan ajralib turadi. Hammasi dasturlashtirilgan. Berilgan topshiriqlarni vaqtida bajarsangiz, albatta, ko‘zlagan maqsadingizga erishasiz! Hammalaringizga ushbu kursni tavsiya qilaman! Barcha ustozlarga rahmat!!!

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Men avval ham onlayn kursda qatnashganman. Haydarovlar jamoasining maqsad sari intilishda koʻmaklashishi tahsinga loyiq.Faqat oldinga yengil harakat qilishni oʻrgandim Muhammad Haydarov, Doniyor Haydarov, Marjona Zokirjonovalardan.Bu nafaqat sertifikat olishda,balki sifatli ona tili va adabiyot darslarini tashkil etishda juda muhim.Ilmingizni ziyoda qilsin, ustozlar!

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Yuqoridagi sertifikat egalarini birlashtirib turgan uchta umumiy jihat mavjud:
➖ Barchasi 100% lik natijani qayd etishgan;
➖ Barchasi essedan 70+ ball olishgan;
➖ Ular Haydarovlar jamoasida tayyorlanishgan.

Esse yarim sertifikatdir deb bekorga aytmaymiz! Bu ustozlar bizning kurslarimizda oʻqib, esse yozishda oʻz uslublarini kashf etgan va mana shunday yuqori natijalarni qayd etishgan!

Sizga ham essedan 70+ ball olish sirlari qiziqmi? Unda izohlarda esse soʻzini yozib qoldiring!

@Ona_tili_Haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

🔍 Haqiqiy savollar esa boshqacha boʻladi:

✅ Bu kursda men faqat milliy sertifikatga tayyorlanamanmi yoki oʻz mutaxassisligimda ham ilmiy salohiyat va kasbiy mahoratimni oshirishga erisha olamanmi? Qay tarzda?

✅ Kurs davomida tushunmagan joylarim uchrasa, shaxsiy yordam va qoʻshimcha tushuntirishlar amalga oshiriladimi yoki savollarim ochiq qoladimi?

✅ Aynan shu kursda oʻqib, real natija qilganlar nechta va natijalarni koʻrsam, ular bilan shaxsan bogʻlansam boʻladimi?

✅ Bizning kursga yozilishdan oldingi va keyingi holatlarimiz solishtiriladimi? Yaʼni bir hafta keyin, bir oy keyin ichki nazorat testlar, baholash tizimi yoʻlga qoʻyilganmi? Agar oʻsishni his qilmasak, qanday chora-tadbirlar koʻriladi?

Endi esa oʻylab koʻring:

Siz hozirgacha qanday savollar bergansiz? Va ular haqiqatan ham eng muhim javoblarni olib kelganmi?

Yaqinlarga ham ulashing!

@ona_tili_haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Kuzgi milliy sertifikat kursimizning 70% i toʻldi

Joylar shiddat bilan toʻlib bormoqda, shu ketishda ketadigan boʻlsa, ertaga kechgacha qabul yakunlanishi mumkin!

Bizdan karta olgan va hali toʻlovni amalga oshirmaganlar tezlashamiz, ulgursangiz, oxirgi joylar sizniki boʻlishi mumkin!

Ilmni onlayn boʻlsa ham, yozda boʻlsa ham oling! - Issiqda, dam olishda oʻqish zarilmi? Deganlarga joʻjani kuzda sanaymiz, ➖ deng!

👇 Kurs haqida batafsil:
/channel/ona_tili_Haydarov/5506

Kursga yozilish uchun @Doniyor_77777 ga hoziroq murojaat qiling!

@Ona_tili_Haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

🔥 Shoshiling, joylar toʻlmoqda!

Haydarovlar jamoasidan kuzgi imtihon uchun onlayn milliy sertifikat umumiy kursiga qabul shiddat bilan ketmoqda!

Yuqoridagi fayl orqali kurs dasturi
bilan batafsil tanishib chiqing!

Kurs davomida siz bilan quyidagilarni  oʻrganamiz:
Gʻazal tahlili va tabdili
Matn tahlili va oson yechish usullari
Esse tahlili va yozishdagi oltin qoidalar
Diagnostik test tahlili va test yechish texnikasi
Badiiy asar tahlili va talqini

Gʻazal va matnni Muhammad Haydarov (platforma orqali), diagnostik test bajarish hamda badiiy asar tahlilini Sevinch Xalillayeva bilan, esse yozish sir-asrorlarini Marjona Zokirjonova bilan jonli
ovozli chatda
oʻrganamiz.

Esse tekshiruvchi ustozlar:
Marjona ustoz
Maftuna ustoz

Mohinur ustoz
Sevinch ustoz

Borimizni berib oʻqitamiz, ixlos bilan oʻrgansangiz, ilmda yuksalasiz!

❗️Naq uchta xodim sifat nazorati uchun guruhlarga biriktiriladi va vazifalarni bajarishingiz, darsda qatnashishingiz, topshiriqlarni vaqtida yuborishingizni nazorat qiladi!

Dars vazifalari, talablar uch martagacha ogohlantirishlardan soʻng ham bajarilmasa, guruhdan chetlatilasiz (toʻlov qaytarilmaydi). Har bir oʻquvchidan jiddiyat va qatʼiyat talab qilinadi!

Siz ham yuqoridagidek A, A+
sertifikatlarni
qoʻlga kiritmoqchi boʻlsangiz, tartib va intizom, qat’iyat va mas’uliyat bilan yondashishingiz muhim ahamiyat kasb etadi!

Darslar kechki vaqtda — 21:00 da oʻqish va ishga xalaqit bermagan holda tashkil etiladi!

Qabul 7-iyulgacha davom etadi! Joy toʻlib qolsa, 7-iyuldan oldin ham qabul toʻxtatilishi mumkin!

Darslar 10-iyuldan boshlandi!

Kurs narxi: 1 200 000 soʻm (iyul, avgust, sentabr, oktabrga moʻljallangan 4 oylik tizimli dastur uchun)

Chegirma: 7-iyulgacha birdan toʻlov qilsangiz, 1 200 000 soʻm emas, 1 000 000 soʻm.

Demak, birdan 1 mln soʻm toʻlov qilib, 200 ming soʻm chegirmani qoʻlga kiritishingiz mumkin! Chegirma faqat 7-iyulgacha amal qiladi!

Boʻlib toʻlash imkoniyati ham mavjud:
7-iyulgacha: 600 000 so’m

Qolgani yozgi ta’til puli (otpusnoy) tushguncha — uzogʻi 10-avgustgacha: 600 000 soʻm


👉 SERTIFIKAT NATIJALAR
👉 KURS TIZIMI

Ushbu kursga grammatikadan bazasi borlar qabul qilinadi!

Joylar soni cheklangan, kursga hoziroq roʻyxatdan oʻtish uchun @Doniyor_77777 ga murojaat qiling!

@ona_tili_haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Sabablarini qiling

Siz bilan bundan oldingi postimizda niyat haqida gaplashgandik. Niyatni toʻgʻri va xolis qilish muhim.


Lekin faqat xolis va toʻgʻri niyat qilish bilan ish bitmaydi. Niyatni toʻgʻrilab olgach sabablarini qilishga jahd bilan kirishaylik. Maqsadga erishish yoʻlida eng muhim omil sabablarini amalga oshirishdir.

Ilm yoʻliga, jumladan, milliy sertifikatdan yuqori ball olish harakatiga jiddiy qasd qildingizmi? Unda quyidagi sabablarni ham amalga oshiring:
1. Avvalo, ishonchli bir ustoz toping!
Ustoz tanlashda esa ba’zi bir jihatlarga e’tiborli boʻling:
— ustozning qadriyatlari;
— ustozning halolligi;
— ustozning xalq orasidagi tutgan oʻrni;
— ustozning turli xil shubha, fitnalardan yiroqligi;
— ustozning chiqargan natijalari;
— ustozning ishonchliligi;
— va h.k.
Yuqoridagilarning birortasida muammo ko’rdingizmi? Demak, qaror qilishga shoshilmang. Sanab o’tilgan jihatlarning barchasini aniqlashning eng oson yoʻlini aytaylikmi? Tanlagan ustozingizning kanali yoki guruhi boʻlsa, oxirgi 3 oyda oʻsha kanal yoki guruhida e’lon qilingan postlar, xabarlar hamda izohlarni oʻrgansangiz, oʻzingiz uchun kerakli javobni olasiz.

2. Ustoz tanlagach endi ilm yoʻliga ixlos bilan kirishing. Aytilgan barcha tavsiya va koʻrsatmani sidqidildan bajaring. Miyangizdan, qalbingizdan, butun vujudingizdan kibrni chiqarib tashlang. Kibr bor tanaga ilm yuqmaydi. Har qanday jism bezak berishdan oldin yaxshilab tozalanganidek, kishi ham ilm olishga kirishdimi, "bilaman" degan soʻzni unutishi lozim. Avliyoyi jahon boʻlsangiz ham, har bir yangi topshiriqni yuz foiz toʻliq bajaring. Buni bilaman-ku, deyish endi yaramaydi. Qisqasi, kibrni yenga oling. Oldin ham bular haqida yozgandik…

3. Shu va boshqa qilinishi lozim boʻlgan barcha sabablarni amalga oshirgach natijani Oʻzigagina havola qilib, tavakkul hamda duo bilan soʻrang. Tavakkul va duo haqida batafsil ma’lumotni ishonchli manbalardan oʻqib oʻrganishingiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda, nafaqat ilm olishda, balki har qanday maqsadni amalga oshirishda niyat, sabab, tavakkul, duo kabi oʻzaro bir-biriga bogʻliq boʻlgan toʻrt jihatni nazardan qochirmaslik lozim. Bularning birini qilib, birini amalga oshirmasangiz, natija kutganingizdek chiqmasligi aniq. Yuqoridagi fiklarning hayotdagi amaliy isbotini bir emas, bir necha bor koʻrdik. Shu sababli sizga ham ilindik. Barchasi kuzatishlar asosida yozildi.

@ona_tili_haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Niyatdan boshlaylik

Eng avvalo, niyatlarimizni toʻgʻrilab olaylik. Muqaddas hadis kitobimiz "Al-jome as-sahih" ning birinchi hadisi nima haqida ekanligini bilasizmi?

Birinchi hadis ota-onani rozi qilish haqida emas. Besh mahal namoz yoki roʻza haqida emas. Sadaqa, xayr-ehson haqida ham emas...
Birinchi hadis niyat haqida!

Amallar niyatga qarab belgilanadi!

Eʼtibor berdingizmi? Niyat eng muhimi va qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning debochasi sanaladi. Hamma-hammasi niyatdan boshlanadi! Eng avvalo, niyatlarimizni toʻgʻrilab olaylik...

Sertifikatga tayyorlanayotganlar misolida koʻramiz:

Sertifikat olsam, ustama olaman, oʻqishga kiraman. Ustama orqali moddiy tomondan ham yaxshigina daromad qilaman, deb emas!

Xolis niyat qiling! Ikki dunyoni
ham oʻylab niyat qiling!

— Sertifikat olsam, shu sabab ilmimni oʻstirsam, yanada yaxshi mutaxassis boʻlaman. Oʻrganganlarimini maktabda oʻquvchilarga, atrofimdagilarga oʻrgataman. Oʻrgatgan har bir tushunchadan ular ham nimadir oladi. Xayrli boʻladi. Shu oʻrgatganlarim tufayli oʻquvchilar hayotda qanaqadir yutuqqa, savobga erishsa, men ham sababchi boʻlaman. Mana shu xayrli ilmimdan oxiratda ham ajr-savobi kelib tursin,
deb niyat qilaylik!

Nasib qilsa, sertifikatni ham qoʻlga kiritasiz! Abituriyent boʻlsangiz, oʻqishga ham kirasiz! Oʻqituvchi boʻlsangiz, ustamani ham olasiz, xolis niyatingiz sabab savobi ham kelib turadi!

Muhimi, toʻgʻri yoʻlni tanlay biling. Har xil boʻlgan-boʻlmagan “oson” yoʻllarga chalgʻimang. Mehnatsiz, mashaqqatsiz osongina sertifikatga erishishni niyat qilib, oxiringizni ham “voy” qilmang.

@ona_tili_haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Diqqat!

❗️Bu post har bir savolni yechish uchun xarita vazifasini o'taydi!

Qaysi savollarda xato qilgan boʻlsangiz, demak, ushbu savol shakllantirilgan mavzuda sizda boʻshliq mavjud! Sizga quyida tayyor xarita taqdim etmoqdamiz! Har bir xatongizni bartaraf etish uchun ushbu xarita boʻylab toʻgʻri harakat qilsangiz, ixlos bilan darslarga yondashsangiz, natijangiz tez suratlarda oʻsganini his qilasiz!

1-2- savolImlo. 4-dars.
3-savol Leksikologiya. 6-dars.
4-savolLeksikologiya. Sinonim. 6-dars.
5-savolSintaksis. Soʻz bogʻlanishi. 21-dars
6-savolLeksikologiya. 5-dars.
7-savolMorfemika. 9-dars.
8-savolUmumiy sintaksis. 21-22-23-24-25-26-27-28-29-30-31-32-darslar.
9-savol Leksikologiya. 6-dars.
10-savolMorfologiya. Feʼl. 15-16-17-dars.
11-savol Morfologiya. Oraliqdagi soʻzlar. Umumiy sintaksis. 20-21-22-23-24-25-26-27-28-29-30-31-32-darslar.
12-savolPunktuatsiya. 35-36-37-38-39-darslar.
13-14-15-16-17-savollar Badiiy asarlar. Har kuni tasdiqlangan 40 ta badiiy asarni kunlarga taqsimlab, eʼtibor bilan oʻqing!
18-19-20-21-22-
23-24-25-26-27-savollar
Matn tahlili. Platformadagi matn darslarini diqqat bilan qayta-qayta koʻrib, testlarini 100% lik darajada yeching.
(Platforma darslari faqat kursimiz aʼzolari uchun taqdim etiladi.)
28-29-30-31-32-savollarGʻazal tahlili. Platformadan gʻazal darslarini diqqat bilan qayta-qayta koʻrib, testlarini 100%lik darajada yeching. (Platforma darslari faqat kursimiz aʼzolari uchun taqdim etiladi.)
33-34-35-savollar Umumiy sintaksis. 24-26-27-28-29-30-31-32-33-34-darslar.
36-savolLeksikologiya. 6-dars.
37-savolPunktuatsiya. 35-36-37-38-39-darslar.
38-savol Morfemika. 9-dars.
39-savolSintaksis. Uyushiq boʻlaklar. Gap boʻlaklari. 22-23-24-darslar.
40-savol Sintaksis. Bogʻlanish. 21-dars.
41-savolSintaksis. Qoʻshma gap. 21-26-27-28-29-30-31-darslar.
42-savolSheʼriy sanʼatlar. 41-dars.
43-savol Qofiya. Radif. Raviy. 40-dars.
44-savolQitʼa. Tuyuq.

👇 Quyidagi linkda bepul darslar joylangan: /channel/ona_tili_Haydarov/5385

Ha, aytgancha, yana ham mukammal darajada chuqurlashtirilgan bilim olishni va kuzda sertifikatga erishishni istasangiz, yangi ochilayotgan kuzgi milliy sertifikatga tayyorlov kursimizda qatnashing!

👇 Kurs haqida batafsil:
/channel/ona_tili_Haydarov/5416

Kursga yozilish uchun @Doniyor_77777 ga hoziroq murojaat qiling, joylar soni cheklangan!

@Ona_tili_Haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

23:30 da yuqoridagi diagnostik testning Rash modelida baholangan natijalari kanalga joylanadi!

@Ona_tili_Haydarov

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

23, 24, 25, 26, 27, 28, 29-savollar tahlili.

Diagnostik testning video tahlili! Diqqat bilan koʻring va oʻz ogʻriqli nuqtalaringizga yechim oling!

Testni tahlil qilgan ustoz: Sevinch Xalillayeva

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

8, 9, 10, 11, 12-savollar tahlili.

Diagnostik testning video tahlili! Diqqat bilan koʻring va oʻz ogʻriqli nuqtalaringizga yechim oling!

Testni tahlil qilgan ustoz: Sevinch Xalillayeva

Читать полностью…

Ona tili || Muhammad Haydarov

Testning rasm varianti ☝️

Hurmatli qatnashuvchilar! Barcha faqat oʻz bilimiga tayanib yechsin!

⏱️Test boshlanish vaqti: 21:00
⏱️Test yakunlanish payti: 23:00

23:00 da
testning video tahlillari kanalga joylanadi! Diqqat bilan koʻrib, test boʻyicha oʻz ogʻriqli nuqtalaringizga yechim olishingiz mumkin boʻladi!

Test kalitini /channel/haydarov_milliy_bot?start ga jo'natasiz va natijangizni oʻsha zahoti koʻrasiz, test yakunlangach esa bot sizga test natijasini Rash modeli asosida baholab beradi.

Testni "shaxsiylashtirish" man etiladi. Ilmingiz barakasini yo'qotib qo'ymang!

❗️Esse mavzusi mustaqil yozib koʻrmoqchi boʻlganlar uchun berildi, biroq esse tekshirib berilmaydi!

Barchaga omad yor boʻlsin! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!🤲

Testga yaqinlaringizni ham taklif qiling!

@ona_tili_Haydarov

Читать полностью…
Subscribe to a channel