Menga qilar shaa‘mangizni bo‘ldi qiling,
Yetar endi to‘yib ketdim nag‘mangizdan.
Sen baxtsizsan deganingiz qarab turing,
Baxtli bo‘lib o‘ch olaman hammangizdan.
To‘xtab turmas vaqt xech qachon yeldek yelar,
Ertami kech so‘raganim hudo berar,
Kunlar o‘tib hali shunday zamon kelar,
Baxtli bo‘lib o‘ch olaman hammangizdan.
Tavakkaldan bitib ketar qilgan ishim,
Oliy bo‘lar ma'lumotim ham o‘qishim,
Bahordayin o‘tar xatto sovuq qishim,
Baxtli bo‘lib o‘ch olaman hammangizdan.
Yo‘q qilgancha bor armonim tilkalayman,
O‘g‘il qizim oldingizda erkalayman,
Ishonaman hammasini uddalayman,
Baxtli bo‘lib o‘ch olaman hammangizdan.
Mayli hozir siz baxtliroq bo‘lib turing,
Bechora deb ustimdan ho‘p kulib turing,
Buyog‘ini jim tomosha qilib turing,
Baxtli bo‘lib o‘ch olaman hammangizdan.
O‘zim uchun to‘xtamasdan yugurgancha,
Kech bo‘lmasdan ko‘p narsaga ulgurgancha
Sohta sevgi mehringizga tupirgancha,
Baxtli bo‘lib o‘ch olaman hammangizdan.
©Muallif: Komila Qiz.
09.2023.✍
Озодлик айёми муборак бўлсин азиз юртдошлар !
ОЗОДЛИК !!!
Бешикка беласа, бўзлайди гўдак,
Бешикдан ечса, хуш сўзлайди гўдак.
Ҳали англамасдан туриб ҳаётни,
Ажаб,! озодликни кўзлайди гўдак.
Ҳалим Малик
Kun keladi ko'z ochib har tun.
Uyg'onaman tahajjud uchun.
Iymon ila Olloh kuch bersa.
Shaytonimni yengaman bir kun.
Yaxshilikning qo'lidan tutib.
Faqat halol pok luqma yutib.
Nafs atalmish girdobdan o'tib.
Shaytonimni yengaman bir kun.
Alam endi kishanlaring yech.
Yolg'on so'zlar so'ylamayman hech.
Ko'zim ochib bo'lmay turib kech.
Shaytonimni yengaman bir kun.
Sig'may dunyo o'ng-u so'limga.
Tik boqaman kelsa o'limga.
Qur'on kitob olib qo'limga.
Shaytonimni yengaman bir kun.
Muhtoj bo'lsam do'stga panohga.
Ergashaman Rasulullohga.
Qadam qo'yib Makkatillohga.
Shaytonimni yengaman bir kun.
Joynamozlar solib galma-gal.
Do'zah uyim bo'lmasidan hal.
Tilovatlar qilib besh mahal.
Shaytonimni yengaman bir kun.
Ketar chog'da paymonam to'lib.
Jannatlarga kiraman kulib.
Muhammadning Ummati bo'lib.
Shaytonimni yengaman bir kun.
Muallif: Komila Qiz ✍
Vaqtlar o'tib sevging so'ndimi?.
Bo'lmay qoldi nahot keragim.
Yo shunchaki o'yin bo'ldimi?.
Seni sevgan oshiq yuragim.
Kecha kunduz o'zing eding-ku.
Yaratgandan tanho tilagim.
Zor qaqshatib tashlab ketding-ku.
Seni sevgan oshiq yuragim.
Bir qush misol samoga uchdi.
Yig'lab yig'lab armonni quchdi.
Qara sensiz ne ko'yga tushdi.
Seni sevgan oshiq yuragim.
U yetmadi qilgan ahdiga.
Ko'z tegdimi yoki bahtiga?.
Aytgin qanday qaytsin ortiga.
Seni sevgan oshiq yuragim.
Sinovingdan o'tolmay kuydi.
Necha bora jonidan to'ydi.
Oxir senga ishonmay qo'ydi.
Seni sevgan oshiq yuragim.
Muallif: KomilaQiz.
2019.✍
✅ ЯНГИ БИНОЛАРДАН УЙ ҚИДИРЯПСИЗМИ?
⚡️ 2023-йилда қурилаётган уйлар ва уларнинг нархлари
⚡️12 ойдан 120 ойгача муддатли тўлов
⚡️Буларнинг барчаси @YangiBinolar телеграм каналимизда
Yurak.
Koʻksimda uryotgan ey sodda yurak,
Anglab ol aslida men uchun kimsan?
Sen bir faqirgina, sen bir sodda, goʻl,
Tarifing soʻrasam ayt nega jimsan?
Qalbmi, koʻksmi bu, vijdonmi boring,
Har qilar xatoda bir bir qiynaysan,
Rahmatim aytayin desam soʻngida,
Soʻzim tinglamoqqa bir zum tinmaysan.
Mehnating minnatsiz, darding zabonsiz,
Ogʻrisang bilaman urushlaringdan,
Toshasan gohida sigʻmay vujudga,
Gohida miltillab turishlaringdan.
Koʻkragim ostida moʻjazgina joy,
Senga qon boʻlsa bas, havo boʻlsa bas,
Shu uchun kerak deb talab qilaring,
Ozuqang qon, qoʻshning nafas boʻlsa bas.
Sen bilan hayotman, rizqim sen ila,
Aqlim anglay olmas hissim sen ila,
Men tuygan eng shirin tuygʻu sen ila,
Shu qadar azizsan va nega jimsan..
Muzaffar Kuchkorov (Muxlis).
30.08.2023.
Duet:
Mualliflar:
Samariddin Ismoilov
Komila Qiz
Yog‘aver yomg‘ir
Sen toʻxtamay yog‘aver yomg‘ir
Qalbdan g‘amlar yuvilib ketsin
Meni yomon ko‘rgan odamlar
Menga atab qasida bitsin
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Yongan dilim o‘chsin bir nafas
Shitiringdan bosilib hovrim
Nafas olay hotirjam bir pas
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Yig‘layverib ko‘zyosh qolmadi
Xasad qilgan yaxshi odamlar
Kulaverib hech ham tolmadi
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Bo‘shab qolgan qalbga suv to‘lsin
Sahrolarda qurigan umid
Qayta unsin yana gul bo‘lsin
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Chopib chopib manzilga boray
Kutolmagan bevafolarga
To‘yi kuni baxt tilab qo‘lay
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Yo‘qotgancha ul yor izini
Sevib sevib lek telba oshiq
Ololmadi boyning qizini
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Yog‘ib yog‘ib dengizlar to‘lsin
Qalami do‘st xasta shoiring
Yolg‘izlikga ko‘milib o‘lsin
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Ayama hech tomchilaringni
O‘lsam agar gabrim ustiga
To‘kgin barcha dard-u siringni
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Ko‘rsatadi hayot barini
Bir kun tongda nur sochib quyosh
Yoritadi zulmat qarini
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Bardoshimga bardosh qo‘shilsin
Dilni yoqqan alanga o‘chib
Qalbimdagi alamlar o‘lsin
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Yolg‘izlikdan ezilib ketdim
Senga qarab men baxtli bo‘lib
Quvonchimdan qasida bitdim
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Axir hozir sening mavsuming
Xamma narsa bo‘lsin vaqtida
So‘ng afsusda qolmasin huning
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Dardlarimni eshitgin biroz
Senga aytay bor hasratimni
Maktub qilib qog‘ozlarga yoz
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Sevgim mendan kechgan bo‘lsa ham
Mendan kechib ketgan yordayin
Zora meni tashlab ketsa g‘am
Sen to‘xtamay yog‘aver yomg‘ir
Odamlar ham ko‘nikib ketdi
Dardlari ko‘p Samariddinning
Bu she'ri ham tugadi bitdi.
Mualliflar:
Komila Qiz
Samariddin Ismoilov
17.10.2022.✍
O'zimizdan tonib ketdik muhabbat.
Olov bo'lib yonib ketdik muhabbat.
Juft yulduzlar porlagan ishq bog'ida.
Yana yolg'iz qolib ketdik muhabbat.
Tik boshimni egib qo'ydi og'ir g'am.
Kurashmoqqa madoring yo'q sening ham.
Alamlardan ko'zlarimiz bo'lib nam.
Yana yolg'iz qolib ketdik muhabbat.
Buncha bizni hush ko'rmasa dard degan.
Gul bog'imiz qopladiku gul tikan.
Nima qilay peshonamiz shu ekan.
Yana yolg'iz qolib ketdik muhabbat.
Xotimaga yetib keldik biz mana.
Qayta sevgi azobidan dil yara.
Ortga boqmay ketayapti yor qara.
Yana yolg'iz qolib ketdik muhabbat.
©Muallif: Komila Qiz.
2020.✍
СИЗ МЕНСИЗ.. ❤️💔😢
#ОНЛАЙН БИТИЛДИ..
Кўзларим шунчалар кулиб турса ҳам,
Негадир қалбимни тарк этмайди ғам,
Кўксимни тепкилар гоҳида алам,
Кун келиб сиз менсиз қолгайсиз эй, ёр!
Сужудим титрайди изтироблардан,
Юрагим қон йиғлар шу зардоблардан,
Асирдек тўлғонар минг азоблардан,
Кун келиб сиз менсиз қолгайсиз, эй, ёр!
Шамоллар бағримга гоҳ таскин берар,
Ўксик орзуларим ўз гулин терар,
Баҳорга қўшилиб ифорим елар,
Кун келиб сиз менсиз қолгайсиз, эй, ёр!
Ёмғир томчисидан кўпдир кўз ёшим,
Норизо диллардан синди бардошим..
Ўз аксим ҳаёлда бўлар сирдошим,
Кун келиб сиз менсиз қолгайсиз, эй, ёр!
Бир зумда ўтгайдир бу ажиб ҳаёт,
Жавобсиз севгидан толмайсиз наҳот?
Билмайсиз ортимдан чопмоқда мамот..
Кун келиб сиз менсиз қолгайсиз, эй, ёр!
27.08.2023 ТОШКЕНТ (21—30)
💧💧💧💧💧💧💧💧💧💧💧💧💧
✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ
@Dilafruz_Eshonqulova
ОТАМГА.
Юрагим қатида ловвуллар гулхан,
Осмонга интилар қип-қизил тили.
Вужудимдан тинмай ёғилар сўзлар,
Мен Аллоҳнинг эмас, қаламнинг қули.
Давраларда тўлиб ашъорлар айтиб,
Бир шоир бўлишни истадим кўпроқ.
Менинг кўксиларим обдон тўзитган,
Калҳатлардан қолган саноқсиз япроқ.
Отам рўмолчасин бир бурчагига,
Тугибман ҳасратим доналарини.
Тиғлар санчилганда излаб қолди-ма,
Мозор бағридаги хоналарини.
Фасллар айланиб келмоқда бир-бир,
Маҳлиёман унинг ёзу-қишига.
Арзимайди менинг минглаб шеърларим,
Отамнинг бир марта ер чопишига.
МАМЛАКАТХОН АБДУРАҲИМЖОН ҚИЗИ.
Марғилон. 2022 йил. 24 июл.
QALBLAR QOTILI
Dunyo-dun o'zgarib bormoqda, balki,
Yoki, sen, o'zgarib qolganmisan, ayt?
Ey Odam avlodi, odam eding-ku,
O'zligingdan kechma... Odamlikka qayt !..
Ko'r, bugun mung'aygan dunyo holini,
Afsus, farishtalar bizdan ranjigan.
Kimdir saqlab qoldi sandiq-molini,
Lekin, yuragini " itlar " g'ajigan...
Kimlar safar qildi oxirat sari,
Kurashib yashadi savoblar uchun.
Qumdan qurilgan qasr singari -
Kimlar to'zg'ib ketdi saroblar uchun.
Yig'lab qoldi, bechora, g'arib yuraklar,
Och qolgan, bir hovuch mehrga muhtoj.
Alloh hammasini ko'rib turibdi,
Hoy, ko'rnamaklar, ko'zlaringni och.
Sensiz ham, mensiz ham o'tadi dunyo,
Biz ham o'tib ketamiz dunyodan bir kun.
" Allohga ne deysan ?.." - o'yladingmi yo,
Qalblarni o'ldirgan - "gunohlar" uchun,
do'zoxni to'ldirgan gunohlar uchun...
Ey, Odam avlodi, odamlikka qayt !..
AZIZ XO'JA NUR
Sirdaryo Sayhun
"Yur, Jannatga boramiz, Yurak! " kitobidan
Zarra bo‘lsa sezarmisan ayt?,
Uzoqlardan mayus tikilsam?.
Qiziq yoki tanirmikansan,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.
Eslatgancha o‘tmishdan kulib,
Kipriginga marjonlar ilib,
Ust boshingni jiqqa ho‘l qilib,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.
Sukut saqlab sinab doshingni,
Sezdirmasdan oqqan yoshingni,
Tolasini silab sochingni,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.
Yaqin bo‘lib yana o‘zinga,
Aylansam bas tilda so‘zinga,
Hech yo‘q tomchidayin yuzinga,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.
Shu ahvolni o‘zga ko‘rib eb,
Qo‘ygandirman balki esim yeb,
Qo‘llaringni taftin sezay deb,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.
Sog‘inch seni qilganda humor,
Mendan bo‘lgan bo‘lsangda bezor,
Rozimisan bir ongina yor,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.
©Muallif: Komila Qiz.
2023.✍
Muallif huquqi himoyalangan so‘roqsiz foydalanish mumkin emas.
BU DUNYONING
Mol-u dunyo ortidan chopgan,
Sarsonlari ko'p bu dunyoning.
Orzu-havas eshigin yopgan
Armonlari ko'p bu dunyoning.
Mag'rur boshing egar gohi g'am,
Sinovlarga tayyor bo'l har dam,
Beshavqat bu taqdir hukmidan,
Hayronlari ko'p bu dunyoning.
Qadrin izlab vayron qancha dil,
Alloh deya qalbingni shod qil,
Sahro kezib topolmas manzil,
Karvonlari ko'p bu dunyoning.
Bajo aylab nafsning so'zini,
Ko'r qilmagin vijdon ko'zini,
Farishtaday tutar o'zini, Shaytonlari ko'p bu dunyoning.
Sevgi asli Alloh himmati,
Har yurakka bitilmas xati,
Muhabbatin qadr-u qiymati,
Arzonlari ko'p bu dunyoning.
Xurshid so'zin hazilga yo'yma,
G'iybat qilib ko'ksimni o'yma,
Qiyomatni unutib qo'yma,
Mehmonlari ko'p bu dunyoning.
✍ Xurshid Qodirov
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
ЭЙ, ҚОРАКЎЗ...
Эй, қоракўз, мунгли дил,
Нечун ғамга ботасан?
Қувончингга шерик мўл-
Ғамни ёлғиз тотасан.
Шафқат кутсанг ҳар кимдан,
Ўзни ўтга отасан.
Хато қилган ҳар кундан
Ғамни ёлғиз тотасан.
Бахтли кундан қарз олиб,
Бахтсиз кунга сотасан,
Сукунатдан дарс олиб,
Ғамни ёлғиз тотасан.
Ҳар кимнинг ўз ғами бор,
Ё она, ё отасан,
Ҳар дарднинг ўз дами бор,
Ғамни ёлғиз тотасан.
Улашасан шодлигинг,
Севгинг баравж отасан,
Қўймас ғурур отлигинг-
Ғамни ёлғиз тотасан.
Мақсуда Каримова
Ochilmay so'lsa gar gullar bog'ingda,
Tun-u kun qovrilsang o'zing yog'ingda,
Kulfatga bosh egib turgan chog'ingda,
Yolg'izman dema hech Alloh sen bilan.
Ba‘zida ortiga ketganda ishing.
Boshingdan oshganda g'aming tashvishing.
Hol so'rab kelmasa ishongan kishing.
Yolg'izman dema hech Alloh sen bilan.
Maloling kelasada goho otanga,
Arz doding yoqmaydi ba‘zan onanga,
Ortiqcha bo'lsang ham bir kun bolanga.
Yolg'izman dema hech Alloh sen bilan.
Salomga aliksiz qolganda so‘zing,
Ishongan insoning sotganda siring,
Hasratdan ming pora bo‘lganda diling,
Yolg‘izman dema hech Alloh sen bilan.
G'iybat-u tuxmatla tig'siz so'ysalar,
Ming turfa yolg'onla ko'zing o'ysalar,
Ishlari bitganda chetlab qo'ysalar,
Yolg'izman dema hech Alloh sen bilan.
Dunyoning kamidan og'ir ho'rsinib,
Ko'zingdan yosh to'kma aslo o'ksinib,
Yaratgan barini turibdi ko'rib,
Yolg'izman dema hech Alloh sen bilan.
Muallif: Komila Qiz
2019.✍
***
Биргаликда орзу қилиш мумкин, биргаликда ухлаш мумкин, лекин йиғлаш доим танҳоликда кечади.
***
Севиш бу — инсонни Худо қандай яратган бўлса, шундай кўришдир, ота-онаси истаганидек эмас.
***
Қанотлар қачонки парвоз учун ёзилса озодликдир, елкада йиғилиб туриши одамга оғирлик қилади.
БУЮК РУС ШОИРАСИ МАРИНА ЦВЕТАЕВА ИҚТИБОСЛАРИ, МАҲМУД АБДУЛҲАМИД ЎЗБЕК ТИЛИГА ТАРЖИМА ҚИЛДИ.
АСЛИЯТДАГИ ИҚТИБОС МАТНИ.
***
Вы можете мечтать вместе, можете спать вместе, но плакать всегда одиноко.
***
Любить – значит видеть человека таким, каким его создал Бог, а не таким, каким хотели его видеть родители.
***
Крылья – это свобода, когда они писаны для полета, когда они собраны на плечах – это бремя.
© М. Цветаева
ОСОН ТУТМАНГ МУАЛЛИМГА..
"Атестация" деган жаллод,
Минг саволни тутказди "дод",
Фойдаси йўқ, қилманг фарёд,
Осон тутманг МУАЛЛИМГА!
Билим бериб шогирдларга,
Мухтож бўлди ўгитларга,
Ем бўлдими бургутларга.?
Осон тутманг МУАЛЛИМГА!
Адолат гоҳ, юз ўгирса,
Ўргимчаклар ип йигирса..
Имтихондан гар йиқилса,
Осон тутманг МУАЛЛИМГА!
Унутманг у Ватан фаҳри,
Забонидан томмас заҳри,
Келмасин-да Ҳақнинг қаҳри,
Осон тутманг МУАЛЛИМГА!
Йил кўксида жони фидо,
Машаққатдан бўлмас адо,
Жим турганда, билманг "гадо",
Осон тутманг МУАЛЛИМГА!
Тоғ бағридан тоқат олган,
Риёлардан жуда толган,
Коинотни кафтга солган,
Осон тутманг МУАЛЛИМГА!
Ишласа гар, эллик йил ҳам,
Рўзғорида бўлар минг кам,
Аҳир дунё шундай бир кам,
Осон тутманг МУАЛЛИМГА!
Буюк зотлар таъзим қилган,
Эртамизни УСТОЗ..билган,
Хато қилса кўксин тилган,
Осон тутманг МУАЛЛИМГА!
26.08.2023 ТОШКЕНТ (8-30)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ
@Dilafruz_Eshonqulova
😱 Машина эшигида танга курдингизми, зудлик билан милитсияга хабар беринг!
Ҳозирда дунё буйлаб ва Узбекистонда ҳам куп машиналар эшигига танга қуйиб кетишмоқда. Бу каби ҳолатга кузингиз тушдими, тезда милитсияга хабар беринг, чунки…👇
Нега машина эшигига танга қуйиб кетишади ? Бу сизни ҳам ҳайратда қолдиради
давоми👇
♥️ 🌹🌹 YURAGIM 🌹🌹♥️
Osmonga o'xsharmi mening yuragim,
U ham gohi kular , goh ko'z yosh to'kar.
Ishqqa to'lib ketsa qo'lida qalam
Ipak qog'oziga dardlarin to'kar.
Osmonga o'xsharmi mening yuragim,
Ba'zida gumburlab duk -duk uradi.
Yomg'irdek to'kilib salqin saharlar.
Gohi sokin bolib jimib turadi.
Osmonga o'xsharmi mening yuragim,
Bir ilohiy ishqla she'r yozar mahtal
Birdan keng olamga aytar tilagin , Qo'llarim duoga uzatgan mahal.
Osmonga o'xshaydi balki yuragim
Pok dil bilan yashay doimo kulib.
Shunday QALB, YURAKNI bergan RABBIMGA!
O'tayin bir umr sajdalar qilib!!!
Osmonga o'xshaydi mening yuragim!!!♥️♥️♥️🌹🌹🌹♥️♥️♥️🌹🌹🌹♥️♥️✍️✍️Samatova Sarvinoz Asad qizi