#Дахшат
Қиз маймун билан турмуш қуришга қарор қилди ва😱
1973-йилда Сара линден маймун боласини сотиб олди у битта мақсад билан уям бўлса уни одам сингари тарбия қилиш учун. Улар 8-йилдан ортиқ бирга яшашди қиз маймунга мактаб дарсларни ўқитди ва уни севишни тушунишни ҳоҳлади, лекин бир куни дахшатли воқеа юз берди маймун...давоми👇
ЭЪТИРОФ
Узтозларимга
Фаришталар макон қурган қалбингизга,
Бир маконки, нурдай тиниқ, осмондай кенг.
Сиз чизганда бир шодага сўз дурини,
Дуру-гавҳар қийматига келарми тенг.
О, бу сеҳр, о, бу ҳайрат дил тортгувчи,
Оҳанглари гоҳи қувноқ, гоҳи маҳзун.
Умрингизни ёғдуларин ёритгувчи,
Шогирдларга маёқ бўлар нурланар тун.
Суқи кирар тоғлардаги оҳуларнинг,
Шоҳимардон сойларидан тилаймиз роз.
Сиз илмнинг зиёга бой йўлларида,
Шогирдларга таянч бўлинг, азиз устоз.
Фаришталар макон қурган қалбингизга...
МАМЛАКАТ ЎКТАМ. Марғилон.
Ayting bu vaqt to‘xtagan qachon,
Oy ko‘rinib quyosh botmagan.
Tong otmas deb hovuchlamang jon,
Qaysi tunning tongi otmagan.
Bolishingiz bo‘lganida nam,
Zimistonda yutganda alam,
O‘tgan qancha og‘ir bo‘lsa ham,
Qaysi tunning tongi otmagan.
Bitar barcha u kam-u ko‘stlar,
Ilonlar ham tashlaydi po‘stlar,
Bosh qotirib bir o‘ylang do‘stlar,
Qaysi tunning tongi otmagan.
Kuy yaralib har nolangizdan,
Gullar unib baxt xonangizdan,o
Nurlar tushib derazangizdan,
Qaysi tunning tongi otmagan.
Qishda qotgan u muzlar erib,
To‘xtar hatto shamollar yelib,
Tegirmondek navbati kelib,
Qaysi tunning tongi otmagan.
To‘xtaguncha inson onglari,
Uraverar soat bonglari,
Otmay qolmas tunning tonglari,
Qaysi tunning tongi otmagan.
Yaxshi qilib tilagingizni,
Siqavermang yuragingizni,
Alloh berar tilagingizni,
Qaysi tunning tongi otmagan.
Muallif: Komila Qiz.✍
Zarda-yu dimoqdan ko'nglda darcha.
Alam-u afsusdan yurak ming parcha.
Kulaman dardimni bilmaydi hech kim.
To'kila to'kila tiklandim qancha.
Gohida taqdirdan yuzim buraman.
Qilmoqchi bo'lganim ortga suraman.
Xo'rsina xo'rsina bir yig'lab yana.
Tolgan oyog'imda qayta turaman.
Hammasi osondek ko'rinar ko'zga.
Baxtlidek yuraman tarif yo'q so'zga.
Dilimni hanjardek tig'lar hasratim.
Bilmaysiz bularni chiqarmam yuzga.
Xamrohim yolg'izlik qo'limdan tutar.
Kunimni zulmat o'z ichiga yutar.
Ko'z yumib bariga chidaymanda jim.
Ne o'tsa barchasi o'zimdan o'tar.
Lek menga kerakmas soxta mehringiz.
Siz uchun man'fatli yolg'on sevgingiz.
O'ylamang yolg'iz deb Olloh men bilan.
Zarracha kelmasin menga rahmingiz.
Chiroyli qad qomat xusnim ham yo'qdir.
Sizlarga yoqmagan xislatim ko'pdir.
Bu yolg'on dunyoku o'tkinchi bari.
Balki shuning uchun ko'nglim ham to'qdir.
Ming shukur sizlardek zolim emasman.
Abgorli ayanchli holim demasman.
Kamchilik nuqsonlar xammada borku.
Axir xato qilgan bir men emasman.
Muallif: Komila Qiz.
🔥 УЙ ҚИДИРЯПСИЗМИ? @UYBOZORIM сизга ЗЎР уйларни тез топишда ва сотишда ёрдам беради
🔹 Эконом, бизнес ва премиум тоифадаги ховлилар;
🔹 Уй қуриш учун қуруқ ерлар
🔹 Тайёр бизнес ва офислар
👉 @UYBOZORIM - қисқа муддатда сотинг ва сотиб олинг!
👉 БОШҚА ТУМАНЛАР
ОЛТИН ЗАРЛАРИНГДАН ДИЛИМ ҚУВОНАР,
ҚУЁШ НУРЛАРИНГДАН ИЛИНЖ ТОБЛАНАР,
ЭРТАНГИ ТОНГИМГА УМИД ЧОҒЛАНАР,
ҚАЙҒУЛАРНИ ТЎККАН ЖИЛҒАРАНГ КУЗИМ!
29.09.2023 ТОШКЕНТ
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ
@Dilafruz_Eshonqulova
To‘kila-to‘kila to‘lib yurganlar,
Ming bora tirilib o‘lib yurganlar,
Bu go‘zal tabassum soxta emasmi,
Chindan baxtlimisiz kulib yurganlar.
Bu bir kam dunyoda kamingiz yo‘qmi,
Qalbingiz og‘ritgan g‘amingiz yo‘qmi,
Kipriklar ostida namingiz yo‘qmi,
Chindan baxtlimisiz kulib yurganlar.
Kelgan har bahorda bo‘lasiz g‘uncha,
Nur to‘la yuzingiz go‘zaldir buncha,
Ayting baxtli bo‘lmoq osonmi shuncha,
Chindan baxtlimisiz kulib yurganlar.
Tunlar yostiq quchib yig‘laysizmi yo,
Bekitib qalbingiz tig‘laysizmi yo,
Yo rostdan yig‘lashni bilmaysizmi yo,
Chindan baxtlimisiz kulib yurganlar.
Begonami sizga sog‘inch tuyg‘usi,
Yoki armon bo‘lgan ishqning qayg‘usi,
Niqobmasmi yuzda turgan kulgusi,
Chindan baxtlimisiz kulib yurganlar.
Boshingizda turibdimi otangiz,
Duo qilib yuribdimi onangiz,
Bormi sizni qattiq quchgan bolangiz,
Chindan baxtlimisiz kulib yurganlar.
Qilingan gunohga savoblar o‘qmi,
Yurakda alamlar afsuslar yo‘qmi,
Sizning ohiratga ko‘nglingiz to‘qmi,
Chindan baxtlimisiz kulib yurganlar.
Juda havas qilar sizni ko‘rganlar,
Bordir ko‘rolmayin kuyib o‘lganlar,
Savolimga kulib javob beringchi,
Chindan baxtlimisiz kulib yurganlar.
©Muallif: Komila Qiz.✍
Bizdan qancha ko‘ngillar to‘ldi.
Ko‘rolmayin kim kimlar o‘ldi.
Hazil deya ishqqa ko‘z tegib,
Uzoqlashib ketmasak bo‘ldi.
Bitmay og‘rib ko‘ngil yaramiz,
Topilmasdan mushkul choramiz,
Sovigandan sovib oramiz,
Uzoqlashib ketmasak bo‘ldi.
Ayriliqda qalbimiz tilib,
O‘zimizcha o‘zni haq bilib,
G‘urur deya xudbinlik qilib,
Uzoqlashib ketmasak bo‘ldi.
Azob yutib chekmaylik jabr,
Yolg‘izlikning mevasi tahir,
Bir-birimiz sevamiz ahir,
Uzoqlashib ketmasak bo‘ldi.
Ahdlashgancha qo‘limiz tutib,
Birga shuncha sinovdan o‘tib,
Visol oni kelganda yetib,
Uzoqlashib ketmasak bo‘ldi.
Suhbatlashmay bekor paytimiz,
Hayol sahrosida daydimiz,
Zerikkandan izlab aybimiz,
Uzoqlashib ketmasak bo‘ldi.
Dil so‘zimiz etgancha bayon,
Shu kungacha berib jonga-jon,
Endi bo‘lib orzular armon,
Uzoqlashib ketmasak bo‘ldi.
Uxlolmayin tunlar sog‘inib,
Alam bergan darddan og‘rinib,
O‘zga bilan bo‘lib ovinib,
Uzoqlashib ketmasak bo‘ldi.
Muallif: Komila Qiz.✍
Aytib turgan so‘zing shubhali.
Boqib turgan ko‘zing shubhali.
Tinchlik bermas menga gumonlar,
Shubhalisan juda shubhali.
Gaping kelar bittasi tog‘dan,
Ikkinchisi keladi bog‘dan,
Ishonmayman senga shu chog‘dan,
Shubhalisan juda shubhali.
Orzularim bari armonday,
Tuyg‘ularning narxi arzonday,
Tuyiladi bari yolg‘onday,
Shubhalisan juda shubhali.
Sevgi deya cho‘mib azobga,
Aylandim men holi harobga,
O‘xshagaysan go‘yo sarobga,
Shubhalisan juda shubhali.
Mag‘rurlarcha mard bir insondek,
Qo‘yaqolgin yolg‘onlarga chek,
Ishonishni hohlayman-u lek,
Shubhalisan juda shubhali.
O‘ylayverib hayoldan toldim,
Yuragimga g‘ulg‘ula soldim,
Ikki o‘tning ichida qoldim,
Shubhalisan juda shubhali.
Isbotini keltirib bir bor,
Tan olging ham kelmaydi zinxor,
Ochilmagan sirlaring bisyor,
Shubhalisan juda shubhali.
Ahamyati yo‘qdir naslingni,
O‘tar qish-u bahor faslingni,
Ko‘ramanmi bir kun aslingni,
Shubhalisan juda shubhali.
Muallif: Komila Qiz.✍
Qaytadirsan qachon qasdingdan,
Jondan o‘tdi jafoying sening.
Yurak ado bo‘ldi dastingdan,
Boshga bitgan baloyim mening.
Yon atrofim ko‘rinar hira,
Ko‘zlarimni bosibti shira,
Hayolimdan ketmaysan sira,
Boshga bitgan baloyim mening.
Sinovlaring ortar kun sayin,
Jinni bo'lib qolmog'im tayin,
Rashk qilasan bilib bilmayin,
Boshga bitgan baloyim mening.
Hayollaring qay tomon uchar,
Tanbehlarim yodingdan o‘char,
Bo‘lmasang eh bunchalar o‘jar,
Boshga bitgan baloyim mening.
Labing burib qoshing qoqasan,
Qizargancha menga boqasan,
Jahling chiqsa juda yoqasan,
Boshga bitgan baloyim mening.
Nigohing-la menga otsang o'q,
Hazildan ham urgim kelmas do'q,
Sendakasi netay boshqa yo'q,
Boshga bitgan baloyim mening.
Kulganimda men bilan kulding,
Tunlarimda oy kabi to'lding,
Yuragimdan joy olib bo'lding,
Boshga bitgan baloyim mening.
Qalbimdagi umidlar o'lar,
Yuragimga g'am qayg'u to'lar,
Sensiz kunim mazmunsiz bo'lar,
Boshga bitgan baloyim mening.
Araz qilib surishganda ham,
Sevgim ortar urishganda ham,
Baloliging qilmaydi alam,
Boshga bitgan baloyim mening.
Yolg'on emas yuzim kulgani,
O'zing bilan ko'nglim to'lgani,
Birga baxtli bo'lsak bo'lgani,
Boshga bitgan baloyim mening.
Muallif: Komila Qiz.✍
Juma kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ga salovat aytishni unutmang...!!!
📿Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.!
📿Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.!
📿Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.!
📿Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.!
📿Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.!
📿Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.!
📿Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.!
📿Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.!
📿Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.!
📿Allohumma solli ala sayyidina
БУГУН МЕХМОНИМИЗ ГУЗАЛ ШОИРАМИЗ ДИЛ АФРУ́З БУ́ЛАДИЛАР МАРХАМАТ КАНАЛЛАРИГА КИРИБ ИЖОДЛАРИ БИЛАН ТАНИШИНГЛАР.
Читать полностью…Ассалому алайкум!
Азиз шеърият аҳли ҳамда
Ижод Гулшани мухлислари!
Бугун сиз азизларимиз учун ажойиб учрашув тақдим этмоқчимиз!
Шукурлар айламоқ фарзларимиздан,
Хол сўраш энг гўзал қарзларимиздан,
Аллоҳим асрасин арзларимиздан,
Бугун яшамоқлик бахтдир дўстларим!
✍ДИЛ 🌹🌹АФРЎЗ
Азизларим бугунги чат дастуримиз азиз меҳмони, гўзал ижоди билан кўплаб инсонларнинг қалбидан чуқур жой эгаллаган, бир неча кўрик танловлар совриндори,
ХАЛҚАРО ХИЗМАТЛАРИ УЧУН» кўкрак нишони соҳибаси,
Ўзбекистон Республикаси ёзувчилар уюшмасига қарашли “Дўрмон” ижод клуби аъзоси
гўзал ва мафтункор
шоира #ДИЛ_АФРЎЗ бўладилар.
Бугунги ижодий учрашувимиз азиз меҳмони шоира #ДИЛ_АФРЎЗ ҳақида маълумот
1984-йил 25-март куни Фарғона вилояти Марғилон шаҳрида хизматчи оиласида таваллуд топган. Маълумоти олий, 50 дан ортиқ илмий мақолалар муаллифи."ПАНДЕМИЯ ДАВРИДА" бир нечта халқаро ижодий танловларнинг 1-даражали дипломларни қўлга киритган.Пандемияда 2000-МИНГТА ШЕЪР муаллифи. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасига қарашли "Дўрмон ижодкорлар" маркази аъзоси, Қозоғистон Республикаси-"ДЎСТЛИК" этномаданий марказлари ҳамжамияти қошидаги "ИЖОДКОР" адабий бирлашмаси аъзоси, "ДУНЁ ТАЛАНТЛАРИ" аъзоси, Қирғизистон ёзувчилар уюшмаси аъзоси, Қозоғистоннинг "ҚЎШҚАНОТ" ёзувчилар уюшмаси аъзоси, Ўзбекистон Халқаро Турон ёш ижодкорлар академиясининг "КЕНГАШ МАСЛАҲАТЧИСИ"," ХАЛҚАРО ХИЗМАТЛАРИ" учун тайинланган кўкрак нишони соҳибаси."АҲМАД ЯССАВИЙ" медалига таъсис этилган ижодкор.Ўз мисраларининг ижрочиси, бир қанча "ИЖОДИЙ ЎЗАНЛАР" нинг админи. Бир қанча ХАЛҚАРО ИЖОДИЙ ТАНЛОВЛАР иштирокчиси, ЎзДЖТУ-катта ўқитувчиси.Мутахассислиги: Шарқшунос, файласуф, Оилали.
Азиз шеърият ихлосмандлари, қадрли ижодкорлар барчангизни ушбу ижодий учрашувга таклиф қиламиз.
Ижодий учрашув бугун 👈
Кундуз соат ⏰13:00👈бўлиб ўтади!
Дастурни гўзал ва бетакрор овоз соҳибаси Гулруҳхон олиб борадилар.
Дастур ташкилотчиси
Зулфия Султон.
Азизларим чат дастуримизга ташриф буюринг ва ажойиб ижодий учрашувдан баҳраманд бўлинг!
Бизнинг манзил.,
ДИЛ ОШЁНИ каналининг
ИЖОД ГУЛШАНИ ГУРУҲИ.
Ҳурмат ва эҳтиром ила
Канал раҳбари
ДИЛАФРУЗ ЖАМОЛ
😱Endi VKM bot va Shazam ilovasi kerak emas❌
Telegramdan chiqmasdan turib
@ziyotech_vkmusicbot orqali musiqalarni toping.
🤩 Undan tashqari bot orqali quyidagi ijtimoiy tarmoqlarni video va avdiolarni yuklab olishingiz mumkin:👇
✅ Instagram - Stories va barcha postlar.
✅ YouTube - Barcha formatlarda va audio.
✅ TikTok - Suv belgisiz(Pechatsiz).
100 йил аввал бўлиб ўтган воқеаларни суратлар ёрдамида ёритиб борувчи Ўтмишга саёхат канали топилди! Шошилинг жуда ажойиб канал экан😊👇
Сиз учун фақат энг яхшилари😉
****.
( ОНАМ ЎКТАМХОН ХАСАНБЕК ҚИЗЛАРИГА БАҒИШЛАДИМ.)
Онам ҳориб борар йил йўлларида,
Ортмоқлаб бир умр йиртиқ жандасин.
Жаннатнинг аршига олиб чиқай, мен!
Бешикни қучоқлаб айтган алласин.
Олтинлари уюм-уюм кўнгилдан
Туйдим би-ир ажойиб сонсиз сеҳрини.
Бпғубор чоғимда ўйноқлаб юриб.
Топдим,ўша қалбинг улкан меҳрини.
Отам тупроғининг туб-тубларига,
Сингиб кетмоқликни истасам ногоҳ.
Қонлалаш юрагим чуқурларидан,
Ўзинг қуйиб тургин,хаёт бахш гиёҳ.
Ўсма қўйганимда камон қошимга.
Нозик ҳилқатдайин кўринсам гўё.
Зим-зиё ғорларга келганимда дуч,
Онамга мададкор куч бер, Худо-ё.
Онам ҳориб борар йил йўлларида...
МАМЛАКАТ ЎКТАМ. Марғилон. 2022 йил 9 ноябр.
Rashkning otashida tun-u kun yonsam.
Yaxshi-yu yomondan birdek qizg‘onsam.
Qaniydi iloji bo‘lsa shu ishning.
Seni yuragimga yashirib olsam.
Alamlar ortingdan chopolmasin deb.
G‘iybat-u gap so‘zlar qopolmasin deb.
G‘am andux armonlar topolmasin deb.
Seni yuragimga yashirib olsam.
Mendek bechorani nazarga ilsang.
Balki sevarmiding sevishim bilsang.
Yetti hayotda ham meniki bo‘lsang.
Seni yuragimga yashirib olsam.
Yashasang qalbimda quvonib kulib.
Besh kunlik dunyoda baxtiyor bo‘lib.
Qolardi yarimta bu ko‘nglim to‘lib
Seni yuragimga yashirib olsam.
Qaro tunlar o‘tiib tonglar otguncha.
To‘lin oylar chiqib quyosh botguncha.
Yolg‘on dunyolardan chinga o‘tguncha.
Seni yuragimga yashirib olsam.
Muallif: Komila Qiz✍