onajonim_sheriyat | Unsorted

Telegram-канал onajonim_sheriyat - "Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

121

ОНАЖОНИМ ШЕЪРИЯТ Ҳамдам бўлдинг мен билан Ҳар қандайин кунларда, Юлдуз бўлдинг чароғон Энг қоронғу тунларда, Суҳбат қилдик гоҳ шодон, Гоҳо ҳазин унларда, Энг олий бахтим менинг Онажоним шеърият, Топган тож-тахтим менинг Жонажоним шеърият.

Subscribe to a channel

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Бошларида рўмол тушмаган,
Кўнглимизни бирдек хушлаган.
Иймонини махкам ушлаган,
Онажоним, онажонимсиз.

Ёшлик қилиб ранжитган эдим,
Катта бўлиб қолганман дердим.
Қаритибман эътибор бердим,
Кечиргувчи онажонимсиз.

Эринмасдан мехрини тутган,
Гоҳ пайти аламлар ютган.
Ухламасдан йўлими кутган,
Қиёси йўқ онажонимсиз.

Ташвишларга қўяман гоҳи,
Дунёлардан тўяман гоҳи.
Далда бўлган ана шу чоғи,
Меҳрибоним онажонимсиз.

Бирор бора қовоқ солмаган,
Бойлик учун куйиб ёнмаган,
Оналикдан асло тонмаган,
Қалби дарё онажонимсиз.

Ҳол сўрашга ярайман бирров,
Дуо қилиб қоласиз дарров,
Сочингизга қўнса ҳам қиров,
Латофатли онажонимсиз.

Ширинсўзим етади сизга,
Жон бергансиз ўғилу қизга.
Керагингиз бор ҳали бизга
Ўхшаши йўқ онажонимсиз.

Отам сўзин икки қилмаган,
Ханузгача ишдан тинмаган,
Уйқу нима ҳали билмаган,
Бабеҳойим онажонимсиз

Содда онам, бенуқсон онам,
Деб юради ҳамиша болам,
Она билан тирик бу олам,
Омон бўлсин онажонимиз

Омон сақла онамни Аллоҳ,
Ўзинг бергин ҳар неда паноҳ,
Айирмагин бизларни эй воҳ,
Кулиб юрсин онажонимиз.

Равон бўлсин ҳамиша йўли,
Заррин бўлсин хажларда тўни,
Азални ҳам дуода қўли,
Яшолмайман онажонимсиз.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Assalomu alaykum xammaga

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

***
Битта-битта босиб қадамим,
Кечаяпман чеки йўқ наҳр.
Қўлларимдан ушлаганича,
Судраб юрар донишманд сабр...

***
Ҳали билмас армон нелигин,
Кулгусига тўладир фалак,
Жовдиратиб кўзмунчоқ кўзин,
Дунё суяр беғубор гўдак...

***
Бетизгин шамоллар ҳайқириб,
Соҳилларга бош урар дарё.
Қадамларим оғир зарбидан,
Титраб кетар мудраган дунё!

МАМЛАКАТ ЎКТАМ. Марғилон.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

DARHOL KERAKLI UYNI TOPDIM!

Yaqin do'stimga qoyil qolardim, kim uy sotmoqchi yoki olmoqchi bo'lsa tezda yordam beradi.

Bir kuni maslahat olsam gap bu yerda ekan - @Halol_Bozor

Uy-joy sotish yoki sotib olish uchun eng katta obunachilarga ega kanal

Batafsil 👉 @Halol_Bozor

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ketsa ortdan gapirib,
Qancha gunohni oldik.
Shayton so‘ziga kirib,
G‘iybatchi bo‘lib qoldik.

Yo‘qotib o‘z yo‘limiz,
Qolib oyoq qo‘limiz,
O‘sib ketdi tilimiz,
G‘iybatchi bo‘lib qoldik.

O‘zga shuni ko‘rib ep,
Iymon, vijdon esni yeb,
Uni u buni bu deb,
G‘iybatchi bo‘lib qoldik.

Bo‘lmay qorani oqdan,
Kir qidirib tirnoqdan,
Gap olib hammayoqdan,
G‘iybatchi bo‘lib qoldik.

Bandada bo‘lsa ayb
Yaratgandir beayb,
Didi-didi ko‘payib,
G‘iybatchi bo‘lib qoldik.

Qo‘yib qo‘ldagi ishni,
Unutdik bor tashvishni,
Bolalatib mis-mishni,
G‘iybatchi bo‘lib qoldik.

Chiqib yaxshi yomonga,
Qo‘yib ikki tomonga,
Nima bo‘ldi zamonga,
G‘iybatchi bo‘lib qoldik.

Ortimizdan xabar yo‘q,
Farishtamiz ko‘ngil to‘q,
Og‘zimizdan otib o‘q,
G‘iybatchi bo‘lib qoldik.

Gurunglar bo‘lib qat-qat,
Sizga ham kelar navbat,
Achchiq bo‘lar haqiqat,
G‘iybatchi bo‘lib qoldik.

Lahzaga yolg‘iz qoling,
O‘zga bir nazar soling,
Eh odamlar tan oling,
G‘iybatchi bo‘lib qoldik.

Muallif: Komila Qiz.
16.12.2022.19:34.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ijrochi : Orifjon Mustapov

Muallif : Aziz Xo'ja Nur

Musiqachi : Shuxrat Aliyev

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Qachondir odamlar bir-birlarini tushuna boshlashadi qachonki, ularni vaziyati, bir-birlarini boshiga tushganidagina ungacha so‘zini ham, harakatini, ham tushunmaydi tushuntirishga, harakat qilsalar, ham.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Mangu qolmaysan...

Senga bari emasdir a'yon,
Taqdiring ne, ayta olmaysan.
Dunyoga koʻp berilma, inson
Bu dunyoda mangu qolmaysan.

Oʻn sakkiz ming olam sarvari,
Har ishdan bor Haqning xabari,
Abadiymas dunyo safari,
Bu dunyoda mangu qolmaysan.

Tanilsang ham butun jahonga,
Ega chiqsang sharaf-u shonga,
Shu qismatdir har bir insonga,
Bu dunyoda mangu qolmaysan.

Kechirilgay inson tavbasi,
Joynamozga tegsa sajdasi,
Ey Xudoning ojiz bandasi,
Bu dunyoda mangu qolmaysan.

Yashamoqning oʻzi bir ne'mat,
Vaqt oʻtkazmang qilishib g'iybat,
Diydorlashing, diydor gʻanimat,
Bu dunyoda mangu qolmaysan.

Ne - ne zotlar kelib ketgaydir,
Kim iymonin halok etgaydir,
Bir kun ruhing koʻkka yetgaydir,
Bu dunyoda mangu qolmaysan.

Koʻrdim qancha mard-u nomardin,
Lekin Xurshid toʻkmaydi qadrin,
Soʻzlayverma dunyoga darding,
Bu dunyoda mangu qolmaysan.

✍ Xurshid Qodirov

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Sovuqqonlik befarqlik qilib,
Yuragimga g‘ulg‘ula solding.
Senga mushtoq bag‘rimni tilib,
Nega birdan o‘zgarib qolding.

Ko‘ngling to‘lmay mendek yoringdan,
Xabar olmay qo‘yding zoringdan,
Yo qoldimmi e‘tiboringdan,
Nega birdan o‘zgarib qolding.

Uzoqlashdik bir-oz so‘ngi payt,
Mendan xato o‘tgan bo‘lsa ayt,
Avvalgidek bo‘l yonimga qayt,
Nega birdan o‘zgarib qolding.

Anglay olmay qilgan ishingni,
Almashgandek o‘ngga tushingni,
Nahot kimdur oldi hushingni,
Nega birdan o‘zgarib qolding.

Joy olgancha zulmat qaridan,
O‘tib ketib mendan naridan
Zerikkandek bari-baridan,
Nega birdan o‘zgarib qolding.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ЁМҒИР БЎЛ.. 💧💧💧💧💧

4.01.2023 ТОШКЕНТ

✍🎙ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

#ПРЕМЕРА.. ЯНГИ ИЖОДИМ☝️

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Menga bo‘lsin shirin so‘zingiz,
Faqat meni ko‘rsin ko‘zingiz,
Aybdorsiz ahir o‘zingiz,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Tekshiraman telefoningizni,
Mensiz o‘tgan har oningizni,
Bo‘shataman hamyoningizni,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Bilasiz-ku juda o‘jarman,
Qaysarlikda sizdan o‘zarman,
Nedur bo‘lsa barin buzarman,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Sizdan avval mehr bermadim,
Issiq-sovuq sehr bermadim,
Majbur qilib seving demadim,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Plastmas gul so‘lib bo‘lguncha,
Sabr kosa rosa to‘lguncha,
Men bilansiz o‘la-o‘lguncha,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Muallif: Komila Qiz
02.10.2023.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Menga ona xaqda sher kerak

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Sogindim dadamni qadamlarini
Sogindim tongdagi azonlarini
Sogindim qizim deb aytganlarini
Sogindim dadajon sizni sogindim
Bu dunyo bir tushdir ungimda insonlar yiglatar olloh bandasin
Dadajon charchadim bu dunyolardan
Mexringiz qumsadim qizim deb atang
Siz yoqsiz tonglarning keragi xam yoq
Bazan ketmoqlikni xoxladim dadam
Bu dunyo qalbimni ezdiyu ketdi
Bu fonig dunyodan charchadim dadam

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Assalomu aleykum ijodilar juda goʻzal omad tilayman iltimos bor edi agar boʻlsa Dadajon szni sogʻindm shunga oʻxshash sher boʻlsa tashila iltimos 🥹🥹

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

https://youtu.be/DwhSDiZ1QBQ?si=c5WgqUxih-D5m1qZ

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Qaynana bilan kelin almawib qolibdida

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

***
Марваридлар тақиб тақдир нигоҳимга,
Кўз-кўз қилар тоғлардаги саболарга.
Ишққа тўлган юрагимнинг тожмаҳали,
Ифорларин таратгайдир дунёларга

Майсаларнинг шивир-шивир оҳанги-ю,
Қирлардаги лолазордан ишқни сўрдим.
Ҳур вафонинг чилторидан кўнглим эриб,
Соғинчларнинг оқ кўшкида ишқни кўрдим.

Хаёлотнинг чопқир-чопқир тулпорлари,
Ҳавасимни ортиради борган сари.
Зумрад рангга тўлган сўлим боғларим-а,
Менинг учун гўзал ҳатто ернинг қаъри.

Қирлардаги лолазордан ишқни сўрдим...

МАМЛАКАТ. ЎКТАМ. Марғилон.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️AZIZ iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

КУЗ ТАРОВАТИ 🍂🍁

Олтин каби товланиб ташриф буюрганда куз,
Таърифу-тавсифига топа олмай қолдим сўз.
Табиат буюк рассом ранглардан солибди из,
Унинг малоҳатидан қамашиб кетди-ку, кўз.
Эса бошлар  атрофга салқин мезон шамоли,
Гўзаллашиб боради табиатнинг жамоли.
Заминга  ҳасрат айтиб,  туша бошлар хазонлар.
Совуқ ҳаво ҳам этни жунжиктирар азонлар.
Рақсга тушиб япроқ тўшар зарғалдоқ гилам,
Сархил мева  шарбати тилларга ёқар бирам.
Пахтазор далаларда қўшиқ айтар  аёллар,
Хазонрезги боғларда, учиб борар хаёллар.
Она замин тилларанг япроқларга қопланган,
Дарахтлар ҳам  ранг-баранг гўзал либосин кийган.
Аслидаку, сокинлик олтин кузга муносиб
Табиатнинг сеҳридан қолиб кетманг бенасиб.
Мўъжизакор фаслнинг таровати ўзгача,
Мўъжиза давом этар келаси йил кузгача!

✍Саодат Қурбонова

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

АТИРГУЛ

«Атиргул чайилган нозанин қалбинг,
Умримга рўшнолик солмоғи маҳол».
📋Ўғилой ОТАНАЗАРОВА

То тонггача ғуслланди кўз,
Армонлардан йиғлар ҳаё
ллар.
Бир йигитча яшайди ёлғиз,
Кўпайибди сочида қорлар.

Ғуссалардан қаварган елка,
«Севдим» дея бир бора кулса.
Ойдан сўраб уни малика,
Деразадан тикилиб турса.

Лаб шавқига бўлди мастона,
Кулгуларинг умрин мазмуни.
Яшаяпди бир дарвешона,
Сачрар бир кун умид учқуни.

Меҳр тафтдан завқланар бўлса,
Лек ҳижрондан юраги тилка,
Дафн қилинг оламдан ўтса,
Гўзал атиргулнинг тагига...

© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

So‘zlarimni hazilga yo‘yma,
Bu galgisi endi hazilmas.
Qaytadi deb ovvora bo‘lma,
Ketishimning qaytishi bo‘lmas.

Osmonda oy to‘lin bo‘lgan tun,
Hijron shunda sendan olar hun,
Sabr kosam rosa to‘lgan kun,
Ketishimning qaytishi bo‘lmas.

O‘z o‘zimning holimga kulib,
Yor hajringda devona bo‘lib,
So‘ng qontalash yuragim yulib,
Ketishimning qaytishi bo‘lmas.

O‘tmishingda izim qolmaydi,
Xotiralar esga solmaydi,
Tuyg‘ular ham qaytarolmaydi,
Ketishimning qaytishi bo‘lmas.

Begonadir chehrang yuzlaring,
Bandi etmas boqqan ko‘zlaring,
Foyda bermas shirin so‘zlaring,
Ketishimning qaytishi bo‘lmas.

Jim qo‘yaman seni holinga,
Bari bog‘liq ixtiyoringa,
Quloq solmay hatto zoringa,
Ketishimning qaytishi bo‘lmas.

Alam dilga g‘ubor solganda,
Barchasidan ko‘ngil qolganda,
Ishq o‘rnini nafrat olganda,
Ketishimning qaytishi bo‘lmas.

Baxtli qilgin baxtiyor etsam,
Qadrimni bil qadringa yetsam,
Meni boshqa ko‘rmaysan ketsam,
Ketishimning qaytishi bo‘lmas.

Muallif: Komila Qiz✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

✅ ЯНГИ БИНОЛАРДАН УЙ ҚИДИРЯПСИЗМИ?

⚡️ 2023-йилда қурилаётган уйлар ва уларнинг нархлари
⚡️12 ойдан 120 ойгача муддатли тўлов
⚡️Буларнинг барчаси
@YangiBinolar телеграм каналимизда

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ЖАННАТ ИФОРИМСАН.. 🤲❤️

29.10.2022 ТОШКЕНТ

✍🎙ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

#ПРЕМЕРА.. ☝️🎼🎬

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Fikr-mulohazasiz talim foydasiz
bo‘lgani kabi, hech qanday
ta'limotsiz mulohaza yuritish
ham o‘ta xatarlidir.

® Konfutsiy

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ko‘nglim olib tinmaysiz endi.
Orom nima bilmaysiz endi.
Tugamadi bu boshlanishi,
Sevdingizmi chidaysiz endi,

Hazillashib kulishimga ham,
Qo‘l ushlashib yurishimga ham,
Arazlab lab burishimga ham,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Ko‘zlaringiz otmasin hech o‘q,
Qilavermang jahl bilan do‘q,
To‘ydan keyin orqaga yo‘l yo‘q,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Burilmaysiz mayxonalarga,
Jo‘ralar-u choyxonalarga,
Parvo qilmay Janonalarga,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Menga bo‘lsin shirin so‘zingiz,
Faqat meni ko‘rsin ko‘zingiz,
Aybdorsiz ahir o‘zingiz,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Tekshiraman telefoningizni,
Mensiz o‘tgan har oningizni,
Bo‘shataman hamyoningizni,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Bilasiz-ku juda o‘jarman,
Qaysarlikda sizdan o‘zarman,
Nedur bo‘lsa barin buzarman,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Sizdan avval mehr bermadim,
Issiq-sovuq sehr bermadim,
Majbur qilib seving demadim,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Plastmas gul so‘lib bo‘lguncha,
Sabr kosa rosa to‘lguncha,
Men bilansiz o‘la-o‘lguncha,
Sevdingizmi chidaysiz endi.

Muallif: Komila Qiz
02.10.2023.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️Onlayn iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…
Subscribe to a channel