onajonim_sheriyat | Unsorted

Telegram-канал onajonim_sheriyat - "Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

121

ОНАЖОНИМ ШЕЪРИЯТ Ҳамдам бўлдинг мен билан Ҳар қандайин кунларда, Юлдуз бўлдинг чароғон Энг қоронғу тунларда, Суҳбат қилдик гоҳ шодон, Гоҳо ҳазин унларда, Энг олий бахтим менинг Онажоним шеърият, Топган тож-тахтим менинг Жонажоним шеърият.

Subscribe to a channel

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ahmadjon siz xaqizdamikan she'r 😂😂😂

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ko‘rinmay qolsam agar.
Yo‘llarimga zor mening.
Aziz shu jonim qadar.
Chin do‘stlarim bor mening.

Doim yonimda bo‘lar.
Yaxshi yomonim so‘rar.
Yelkama-yelka turar.
Chin do‘stlarim bor mening.

Xiyonatni bilmagan.
Hech pastkashlik qilmagan.
Ortdan pichoq urmagan.
Chin do‘stlarim bor mening.

Ko‘nglida yo‘qdir kiri.
Siridir do‘stning siri.
Dushman emas hech biri.
Chin do‘stlarim bor mening.

Dardlari mening dardim.
Ishonganlarim mardim.
Ular bilan tik qaddim.
Chin do‘stlarim bor mening.

Yuragim topgan huzur.
Yaratganga ming shukur.
Soxta do‘stlar ming uzur.
Chin do‘stlarim bor mening.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Bandaman men ham bir xatosi bisyor,
Siz yomon o‘zimni yaxshi demasman.
Qanotsiz farishta ko‘rsating kim bor,
Hammaga yoqishga majbur emasma.

Taningiz boshqadir menga yetti yot,
Men uchun berilgan meniki hayot,
Ayab o‘tirmayman bo‘ling ehtiyot,
Hammaga yoqishga majbur emasman.

Boshimga tushgan xar g‘amim ketkazib,
Borimni oshirib yo‘g‘im yetkazib,
Qo‘yganingiz yo‘q-ku menga o‘tkazib,
Hammaga yoqishga majbur emasman.

Qandaydir talablar to‘ssa ham yo‘lim,
Borimcha bo‘laman kelguncha o‘lim,
O‘zgarmas zahardan zahar bu tilim,
Hammaga yoqishga majbur emasman.

Odamlar chalgan kuy toriga o‘ynab,
Ovvora bo‘lmayman kimnidir o‘ylab,
Menga nima foyda o‘zimni qiynab,
Hammaga yoqishga majbur emasman.

Nima ham qilardim hozir shu zamon,
Yaxshiga yashiman yomonga yomon,
Sizlarga yoqmasam qulamas osmon,
Hammaga yoqishga majbur emasman.

Tunlar ming hayolda dardda o‘rtanib,
Yashashni qaytadan boshdan o‘rganib,
Ba'zilar aytgandek tubdan o‘zgarib,
Hammaga yoqishga majbur emasman.

Allohim yaratgan bir kam dunyo bu,
Bandalar gunohkor bir benuqson u,
Shunday qabul qiling meng borim shu,
Hammaga yoqishga majbur emasman.

Muallif: Komila Qiz.
22.10.2023.10:35.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Baxtingni top...

Ko'zlarimga toʻldi yosh,
Armon to'la bu dilim.
Bo'ldi yetar bag'ritosh,
Baxtingni top, sevgilim.

Sog'indingmi bilmayman,
Kutib qalbim tilmayman,
Qo'ng'iroq ham qilmayman,
Baxtingni top, sevgilim.

Tutmay bir bor qo'lingni,
Kutdim qancha yo'lingni,
Topolmadim ko'nglingni,
Baxtingni top, sevgilim.

Bardoshimni sinamay,
Ko'zyosh to'kib yig'lamay,
Endi meni qiynamay,
Baxtingni top, sevgilim.

Yillar o'tsa-da kutib,
Kelmagin yurak yutib,
Hammasini unutib,
Baxtingni top, sevgilim.

Men o'zgaga yor endi
Qalbim senga tor endi,
Izlamagin bor endi,
Baxtingni top, sevgilim.

So'ndi yurak sadosi,
Bo'ldi ishqning adosi,
Shu Xurshidning vidosi,
Baxtingni top, sevgilim.

✍🏻 Xurshid Qodirov

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

БАХШИНИ КУЙЛАГАНИ.

Бойчибо-рим мендан йироқлаб кетди-ейй,
Туманларда кўрсатмайин изларини.
Жаллрд каби жигаримни қиймалади,
Совуқ Дунё кўрсатиб тунд юзларини.

Парвоналар бўлдим оқшом ойларига,
Эриб кетди юрагимнинг чироғи-ейй.
Умр бўйи турса керак қўлимдаги,
Бўртиб чиққан қаро-қаро қадоғи-ейй.

Ўйларимга таскин бердим ўйлар кезиб,
Билдирмайин чин дўстгинам кўнглимга-ейй.
Ҳаё берган туморимни ечмайи-наа,
Ооо ,Худойи-мм, олиб борма ўлимга-ейй.

Отам босган энг табаррук тупроғингда,
Райҳон бўлай,ялпиз бўлай гу-ло-йи-маа.
Тандирларнинг чўғларида лов-лов ёнган,
Халқим учун ўтин бўлай ило-има-ейй-ёрааааа.

Бойчибо-рим мендан йироқлаб кетди-ейй...

МАМЛАКАТ ЎКТАМ. 2023йил. 12 феврал.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ishingni qilmay tekin,
Oshig‘icha topgin pul,
Hammaga emas lekin,
Eplolsang boyvachcha bo‘l.

Yo‘q deyishga or qilib,
Baxt omadni yor qilib,
Yo‘qlaringdan bor qilib,
Eplolsang boyvachcha bo‘l.

Aytgan so‘zida turgan,
O‘zin davrida yurgan,
Zo‘r desin seni ko‘rgan,
Eplolsang boyvachcha bo‘l.

Lol qilib ko‘p erkakni,
Ro‘yob qilib ertakni,
Qappaytirib cho‘ntakni,
Eplolsang boyvachcha bo‘l.

Xar on omading kulsin,
Uying boylikka to‘lsin,
Dushmaning kuyib o‘lsin,
Eplolsang boyvachcha bo‘l.

O‘z o‘zinga pand bermay,
Kipringinga yosh termay,
Xudoga noliyvermay,
Eplolsang boyvachcha bo‘l.

Uzaytirib yeringni,
Boshingdan art teringni,
Ikki qilib biringni,
Eplolsang boyvachcha bo‘l.

Yo‘q bo‘lsa zor qaqshaysan,
Tilamchiga o‘xshaysan,
Axir bir-bor yashaysan,
Eplolsang boyvachcha bo‘l.

O‘zinga dardni olmay,
Yelib-yugurib tolmay,
Oyoq ostida qolmay,
Eplolsang boyvachcha bo‘l.

Yo‘qchilikka yuz burib,
Vaqtida gashting surib,
Yasha qaddingni urib,
Eplolsang boyvachcha bo‘l.

©️Muallif: Komila Qiz.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

*_*_*_*_*_*


А-га


Тағин бахтлиман деб сен менга айтма,
Дема сенсиз менга жилвакор олам.
Биламан менсиз хар тунларинг хасрат.
Тонгда пешвоз чиқар йўлингга алам.


Тағин бахтлиман деб сен менга айтма,
Бахтми бу севмаснинг тутганинг этак.
Ўзинг ҳам биласан сен унинг учун,
Вақтни ўлдиргани овунчоқ-эрмак.


Тағин бахтлиман деб сен менга айтма,
Ўзингни бехуда алдама хамон.
Тўрт йил кўзларимни саробга кўмган,
Бошқа топмадингми жўяли ёлғон.


Тағин бахтлиман деб сен менга айтма,
Кўзга тик термулиб алдамоқ гунох.
Тунлар пинхон мени соғинганингга,
Кўз ёшларинг томган рўмолчанг гувох.


Тағин бахтлиман деб сен менга,
Шарафсизга бахтми ахтга хиёнат?
Кўзларинг оқ қушлар қўнган кўл аммо,
Вужудингда туғён урар киёмат.

Тағин бахтлиман деб сен менга айтма,
Қўл силтаб барига соғинган пайтинг.
Ғуруринг йўл қўймас лек узр сўраб
Йиғлаб кучоғимга келади қайтгинг.

Тағин бахтлиман деб сен менга айтма...


Хасанбой Эгамназаров
(𝕭𝖊𝖐𝖙𝖊𝖒𝖎𝖗𝖔𝖛𝖎𝖈𝖍)
21.07.2023

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️AZIZ iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Qasam ondlar yolg‘ondek,
Bajarilmay qoldi ahd.
Kutgan edim seni lek,
Menga buyurmagan baxt.

Boylik o‘tida yongan,
Muhabbatidan tongan,
Olloh mendan qizg‘ongan,
Menga buyurmagan baxt.

Kuyib yorning dog‘ida,
Tanhoman ishq bog‘ida,
O‘zganing quchog‘ida,
Menga buyurmagan baxt.

Hayolda qolib ketding,
Quvonchim olib ketding,
Kimlarga nasib etding,
Menga buyurmagan baxt.

Yoring holing so‘rganda,
Sochlaringni o‘rganda,
Ichim kuyar ko‘rganda,
Menga buyurmagan baxt.

Yurakga alam to‘ldi,
Ishon umidim o‘ldi,
Unga buyursang bo‘ldi,
Menga buyurmagan baxt.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ONA
Duodasiz boim erta kech
G'ubori yo'q dilimsiz ona
Qiyosingiz topilmaydi hech
Eng chiroyli gulimsiz ona.
Atirgulga parvolarim yo'q
Qizg'aldoqqa navolarim yo'q
Mehringizday davolarim yo'q
Eng chiroyli hulimsiz ona.
Ezozligim jannat iforim
Siz bor yotga tushmaydi zorim
Boyligimsiz oh beg'uborim
Eng chiroyli gulimsiz ona.
Yuzingizda ziyolar jamdur
Sal ko'rmasam ko'zlarim namdur
Sizga ming yillik hizmatim kamdur
Eng chiroyli gulimsiz ona.
Men cho'kaman qarshingizda tiz
Aziz menga siz bosgan har iz
Dunyodagi eng yahshim o'ziz
Eng chiroyli gulimsiz ona...

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

*  *  *

Қуйма темир панжара,
Қарағайдан энди кат,
Рашк ҳам энди қилмайман,
Бу бахт ёки муҳаббат.

Ўрин жойни мен учун
Солдилар йиғлабон зор.
Озодсан, бахтинг бутун,
Қайга борсанг – Худо ёр!

Таралмас қулоғингга,
Энди нафрат, иддао.
Шамчироқ ёқиб сени,
Тонггача кутар зебо.

Эришдик чинакам бахт,
Ва қувонч кунларга  биз ...
Йиғлама – арзимайман,
Эй гўзал йиғлоқи қиз.

Царское Село,
1921 йил, 27 август

БУЮК РУС ШОИРАСИ АННА АХМАТОВА ШЕЪРИ, МАҲМУД АБДУЛҲАМИД ЎЗБЕКЧАГА ЎГИРДИ.

АСЛИЯТДАГИ ШЕЪР МАТНИ .

***
Чугунная ограда,
Сосновая кровать.
Как сладко, что не надо
Мне больше ревновать.
Постель мне стелют эту
С рыданьем и мольбой;
Теперь гуляй по свету
Где хочешь. Бог с тобой!
Теперь твой слух не ранит
Неистовая речь,
Теперь никто не станет
Свечу до утра жечь.
Добились мы покою
И непорочных дней…
Ты плачешь — я не стою
Одной слезы твоей.

© Анна АХМАТОВА

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️Salom 🙋🙋🙋🙋🙌 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Og‘ir botsa oldindan,
So‘zlarim uchun uzr.
O‘tib ketib kim-kimdan,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

Mashhurrog‘i o‘lsa ham,
Gunohlarga to‘lsa ham,
Nima qilib bo‘lsa ham,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

Aylanib telegramda,
Tik tok, instagramda,
Gap bo‘lib bu olamda,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

Rekka chiqishni o‘ylab,
O‘zgarib o‘zni qiynab,
Tunlari batl o‘ynab,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

Yolg‘on qasam ichgan kim,
Kiyimini yechgan kim,
Or nomusdan kechgan kim,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

Elga so‘zlab dardini,
Bor qilib yo‘q jabrini,
Yerga to‘kib qadrini,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

Zavq olib qotillikdan,
Shodlanib hudbinlikdan,
Ikkinchi hotinlikdan,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

Ko‘payadi klent deb,
Shundog‘am yo‘q esin yeb,
Moda yoki trend deb,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

Chap kelganga chap bilan,
Karillagan gap bilan,
Shishirilgan lab bilan,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

O‘z dinidan yuz burib,
Ota-onasin urib,
Nomahram bilan yurib,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

Yigit bo‘yab yuzini,
O‘ynatib qosh ko‘zini,
Qiz deb sanab o‘zini,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

Telefonda birga yotib,
Til uchida pul topib,
Tanasin rasmin sotib,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

O‘g‘ri hofiz, shoirlar,
O‘z o‘zini taqdirlar,
Ochilmaguncha sirlar,
Tanilsa bo‘ldi hozir.

Muallif: Komila Qiz.
29.10.2023.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

✍️✍️✍️ YURAK🌹🌹✍️
Osmonga o'xsharmu mening yuragim,
U ham gohi kular,goh ko'z yosh yosh
to'kar.
Ishqqa to'lib ketsa, qo'limda qalam
Ipak qog'ozlarga dardlarin to'kar.

Osmonga o'xsharmi mening yuragim,
Ba'zida gumburlab duk-duk uradi
Yomg'irdek to'kilib sirlarin aytib,
Sokin bo'lib bir zum jimib qoladi.

Osmonga o'xsharmi mening yuragim,
Bir ilohiy ishqqa XAT yozar mahtal.
Birdan keng olamga aytar tilagin,
Qo'llarim duoga uzatgan mahal.

Osmonga o'xshaydi balki Yuragim,
POK DILbilan yashay doimo kulib,
SHunday QALB,YURAKNI bergan UL ZOTGA,
O'tayin bir umr sajdalar qilib!!!✍️✍️✍️♥️♥️🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹Sirdaryolik Sarvinozim

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️. ,$ Тарона,$ iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️𝐌arjona_𝐀sadova|📝🤍 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ХУШЁР БЎЛ

Сенга бефарқ эдим кўрганда дастлаб,
Билмасдим муҳаббат оби-ҳавосин.
Бироз улғайиб мен қаддимни ростлаб,
Кейинроқ тушундим ошиқ дунёсин.

Бошимга тушади илоҳий харсанг,
Синови деб билай кулфатларимни.
Жоҳил сўз юракни тешиб юборсанг,
Қайга олиб борай улфатларимни.

Сен бошимни сила ғуссаларимда,
Ва кўнглимда ўлтир тонггача йиғлаб.
Муҳаббат атри бор жуссаларимда,
Қолгани, қолгани ... унутилган гап.

Мен шундай телбаман, сенда кулмагин,
Сув ичгин Маҳмуднинг ҳовучларидан.
Хушёр бўл кўнгилдан тушиб қолмагин,
Ушлаб ол юрагим тутқичларидан.



©  Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Gar yo‘q bo‘lsa berolmaganlar.
Hech hotirjam bo‘lolmaganlar.
Bunday yashash qiyin emasmi.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.

Til uchida nazarga ilib.
Gap boshlaydi boyligin bilib.
Chopar hasad tulporin minib.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.

Bir-birini pul bilan sinar.
Kim o‘zarga moshina minar.
Chirangancha katta to‘y qilar.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.

Yayrab o‘ynab kulayin deydi.
Kuch quvvatga to‘layin deydi.
Bo‘lgan sari bo‘layin deydi.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.

Osonga jon bergisi kelmas.
Yondoshga yon bergisi kelmas.
Nochorga non bergisi kelmas.
Bir-biriniko‘rolmaganlar.

Qo‘lingizni tutganda qo‘li.
Aylanadi sizla o‘ng-so‘li.
Dor bo‘ladi boshlagan yo‘li.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.

O‘ldim degan so‘zlari soxta.
Sizga boqqan ko‘zlari soxta.
O‘zligi yo‘q o‘zlari soxta.
Bir-birini ko‘rolmaganlar

Xudo urib zamona netti.
Bunaqalar kopayib ketti.
O‘z-o‘zining boshiga yetti.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Men-la birga bo‘laolmasang.
O‘tmishimda ortda qolib ket.
Chin qalbingdan sevaolmasang.
Yuragimdan isming olib ket.

Har nafasda seni deb urgan.
Ko‘ksimdamas qo‘lingda turgan.
Ozoringdan ming parcha bo‘lgan.
Yuragimdan isming olib ket.

Telbalarcha bir seni suygan.
Saroblardan baxtini tuygan.
Yolg‘oninga aldanib kuygan.
Yuragimdan isming olib ket.

Seni o‘ylab yo‘qoldi tinchim.
Madorsizman qolmadi kuchim.
Bevafoyim sendan o‘tinchim.
Yuragimdan isming olib ket.

Balki shunda dardlarim ketar.
Hayollaring meni tark etar.
Chidolmayman bo‘ldi bas yetar.
Yuragimdan isming olib ket.

Olg‘a qadam tashlashim uchun.
Yangi hayot boshlashim uchun.
Hozir o‘lmay yashashim uchun.
Yuragimdan isming olib ket.

Muallif: Komila Qiz.
2022.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Hamma odamlarni yaqindan bilmang.
Orangizda bir-oz masofa bo‘lsin.
Rishtalarni butkul uzib ham qo‘ymang,
Salom-u alikdan ko‘ngillar to‘lsin.

So‘rab surishtirmang asli kimligin,
Yetadi shunchaki yaxshi muomala,
U inson bo‘lmasa kutganingizdek,
Afsusdan tortadi tabingiz hira.

Kimdir rostdan yaxshi kimdir yuzaki,
Bularning barchasi Hudoga a‘yon.
Kim nima qilsa ham indamang mayli,
Bir kuni vaqt barin qiladi bayon.

Hamma odamlarni yaqindan bilmang.
Ba'zi insonlardan ko‘nglingiz qolar.
Anglamay qolasiz ne bo‘lganini,
Dilingiz mahzunlik egallab olar.

Shaxsiy hayotiga qiziqmang sira,
Sizga ko‘ringandan boshqacha ular.
Shubhasiz so‘zimga ishonavering,
O‘zimning boshimdan o‘tgandir bular.

Har yondan keladi har hil gap so‘zlar,
G‘iybatdan albatta bir kun tolasiz.
Chidolmay toliqib asablaringiz,
Hattoki yashashdan charchab qolasiz.

Hamma odamlarni yaqindan bilmang.
Yoqib qolar sizga ko‘proq yolg‘izlik,
Qafasdek tuyilib tan joningizga,
Keng dunyo qiladi siz uchun torlik.

To‘yasiz yolg‘onning zardoblaridan,
Taqdirda bu boshga tushmaydi nelar.
Butunlay to‘xtatib nunosabatni,
Bariga ko‘z yumib ketgingiz kelar.

Bunchalar og‘ir yuk ko‘tarolmaysiz,
Bir dilga og‘irdir ko‘plarning dardi.
Ba'zilar kimligin ko‘rsatganida,
Bir tiyinga aylanar odamlar qadri.

Hamma odamlarni yaqindan bilmang.

©️Muallif: Komila Qiz.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Nimadan kibrli bo‘ldingiz ayting?
Odam mensimaslik yoqib qoldimi?
Joningizga tegib samimiy bo‘lish,
Ko‘zingizni shira qamrab oldimi?.

Ikki oyog‘ingiz uzdimi yerdan,
O‘tkinchi bir ikki sen zo‘r degan so‘z.
Hali bor shoshilmang osmon bo‘lishga,
Jo‘jani sanaymiz kelganida kuz.

Shunchaki jilmayib ishingiz tushsa,
O‘zingizdan soxta siponi yoqmang,
Manmanlik har so‘zda bilinib turar,
Bechora sifatda yuzlarga boqmang.

Dillar ranjimasin tilning zahridan,
Ko‘ngilni qoldirmang qilib hudbinlik.
Allohning qahridan omonlik so‘rang,
Unutmang shon-shuhrat bir necha kunlik.

Sodda-yu kibrli o‘ladi albat,
Bir Hudo abadiy bir Hudo o‘lmas.
Osmonga sapchimay sal pasroq yuring,
Mansab-u tobutning egasi bo‘lmas.

©️Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ШЕЪРИМ
“Онам мени шеъриятга куёвга берган...”
Мўътабар Ғуломова.

Онам мени Шеъриятга куёвга берган,
Уни севиб ардоқлайман суюб, эркалаб.
Мажнунона муҳаббатим чексиздир унга,
Тангрим мени гўзал ишқ-ла қўйгандир сийлаб.

Қароғимиз ёнганидан ғойиб туйғудан,
Соғинчимиз учганида кўкда оққушдай.
Туюларди ишққа тўлган нигоҳларимиз,
Бедоргина, ҳеч туганмас сирли бир тушдай.

Ғарибгина юрагимиз сочларин силаб,
Унсизгина кўнглимизга тўйиб йиғлаймиз.
Сокин-сокин умримизнинг тор кўчасида,
Капалакдек оппоқ-оппоқ тонглар тилаймиз.

Шеъриятим овозларин йил бўйи тинглаб,
Ором олар соддагина девона кўнглим.
Ёғавериб дур мисралар поклар дунёни,
Ажратолмас иккимизни ҳаттоки ўлим.

Онам мени шериятга куёвга берган...

МАМЛАКАТ ЎКТАМ.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Eng yoqtirgan sherlarimdan.

Tugadi-ku yetar deb balki,
Takror-takror o‘ylashdan to‘ydik.
Ortga tashlab barin shunchaki,
Unutmadik eslamay qo‘ydik,

Bas deguncha to‘lab hunlarni,
Azob yutgan tongsiz tunlarni,
Boshimizdan o‘tgan kunlarni,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Holimizga guvoh bir hudo,
Dilga afsus beradi jazo,
Unutaman dedigu ammo,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Biroz o‘chgan bo‘lsada hira,
Qalb tubida bordir hotira,
Essiz shu deb bizning xotima,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Mayli bizga buyurmadi baxt,
Bajarilmay qoldi qancha ahd,
Buyog‘ini ko‘rsatar deb vaqt,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Yurak u deb tursada urib,
Tuyg‘ularni bir chetga surib,
G‘ururimiz ustunroq ko‘rib,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Xar daqiqa sog‘inganimiz,
Sog‘inganda og‘ringanimiz,
So‘ng suhbat-la ovunganimiz,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Tanish chehra tanish o‘sha yuz,
O‘sha ovoz o‘sha mungli so‘z,
Yurak o‘ynar tushsa ko‘zga ko‘z,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Hayollarga qo‘yib olib chek,
O‘zni tutib begonalardek,
Xudbinlarcha tan olmaymiz lek,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Muallif Komila Qiz✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🔞Канада шахрида 33 ёшли аёл ўзида ҳомиладорлик аломатлари борлигини сезиб докторни олдига боради, ва мен 2 ойлик ҳомиладорман деб шикоят қилади, доктор аёлни ултратовуш текширувидан ўтказди ва хеч қандай бола йўқлигини айтади, орадан вақт ўтиб қорни катталашган аёл бошқа кучли докторни олдига боради текширувлардан сўнг даҳшатли ҳолат аниқланди... батафсил👇

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ko‘ksinga bosh qo‘yib ishonsam sevsam,
Bir umr yonimda bo‘lolasanmi?.
Senga chin sevilish imkonin bersam,
Sevgimning qarzini to‘lolasanmi?.

Ond ila chiqadi ahdim tilimdan,
Qaytmasang qaytmayman bosgan yo‘limdan,
Men uchun kifoya tutsang qo‘limdan,
Mehrimning qarzini to‘lolasanmi?.

Orzuga suyanib borin tutqazgan,
Sog‘inchga yengilib g‘amga yutqazgan,
Nomingni takrorlab sen deb o‘tkazgan
Vaqtimning qarzini to‘lolasanmi?.

Oshig‘ing bo‘lganman bilib bilmayin,
Sevmasang ayt zarra umid qilmayin,
So‘ng azob chekgancha sen ham mendayin,
Jabrimning qarzini to‘lolasanmi?

Qo‘l siltab ketishni istasam bir payt,
Sendan so‘z chiqarmi ketma ortga qayt,
Bariga ko‘z yumib yuragingdan ayt,
Sabrimning qarzini to‘lolasanmi?.

Xaq bo‘lsam yo‘q demay fikrimni yoqlab,
Har doim har yerda nomimni oqlab,
O‘zingdan ham ko‘ra meni ardoqlab,
Qadrimning qarzini to‘lolasanmi.?

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Kuling umringiz uzoq buladiiii

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Salom --- gap bulishi mumkin emas ofarin👍👍👍👍👍
bormisan uzing yahshimisaaan?
Shirin ham yahshimi?hammaga salom

Читать полностью…
Subscribe to a channel