onajonim_sheriyat | Unsorted

Telegram-канал onajonim_sheriyat - "Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

121

ОНАЖОНИМ ШЕЪРИЯТ Ҳамдам бўлдинг мен билан Ҳар қандайин кунларда, Юлдуз бўлдинг чароғон Энг қоронғу тунларда, Суҳбат қилдик гоҳ шодон, Гоҳо ҳазин унларда, Энг олий бахтим менинг Онажоним шеърият, Топган тож-тахтим менинг Жонажоним шеърият.

Subscribe to a channel

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ЎҒЛОНЛАР ҚУТЛАЙМИЗ СИЗНИ!

#ОНЛАЙН БИТИЛДИ..

#ВАТАН ҲИМОЯЧИЛАРИ БАЙРАМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН! 🤲🇺🇿

Шу миллат дилларнинг ғурур-оридир,
Ўзлигин англатган ифтиҳоридир,
Тинчликни куйлаган мангу торидир,
ЎҒЛОНЛАР СИЗЛАРНИ ҚУТЛАЙМИЗ БУГУН!

Ғанимлар устидан ғолиб бўлгансиз,
"ВАТАН" дея ҳар дам, хориб, толгансиз,
Биз ухлаб, дам олсак қурол олгансиз,
ЎҒЛОНЛАР СИЗЛАРНИ ҚУТЛАЙМИЗ БУГУН!

Жонингизни фидо айлаб Ватанга,
Қасамёд ичгансиз бормай ман-манга,
Ҳамиша сиз содиқ жон ила танга,
ЎҒЛОНЛАР СИЗЛАРНИ ҚУТЛАЙМИЗ БУГУН!

Сиз билан ўқилган илк бора азон,
Гар қадам боссангиз, ёв бўлар ҳазон,
Аҳли аёлингиз бўлмайди сарсон,
ЎҒЛОНЛАР СИЗЛАРНИ ҚУТЛАЙМИЗ БУГУН!

Фаҳримиз кўкларга сиз билан етгай,
Ғубор ва оғриқлар кўнгилдан кетгай,
Дуоларингиз бизни жаннатга элтгай,
ЎҒЛОНЛАР СИЗЛАРНИ ҚУТЛАЙМИЗ БУГУН!

ҲАМИША СИЗ СОДИҚ ЖОН ИЛА ТАНГА.. 🤲

14.01.2024 ТОШКЕНТ (15-36)

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

UZBEKISTAN🇺🇿

             ✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🇺🇿 14 январь – Ватан ҳимоячилари куни!

Жасорат ҳамиша сизга ёр бўлсин,
Матонат юракда мангу бор бўлсин,
Садоқат сиз учун номус- ор бўлсин,
Бурчга садоқатли, юртга қалқонлар,
Ватан посбонлари, жасур ўғлонлар!

Ватанимиз ҳимояси ва ривожида турли хил касбларда хизмат кўрсатаётган Ўзбекистон ўғлонларига байрам муборак бўлсин! Тинчлигимиз абадий бўлсин!
Ҳурмат билан Саодат Қурбонова🇸🇱

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Tavba seni sevgandan beri,
Uyqu bilmay ko‘zlarim toldi.
Ehh undanam achinarlisi,
Asabimni buzganing qoldi.

O‘z holimga sira qo‘ymading,
Men mahbusday rosa qiynading,
Nerv tomirim chertib o‘ynading,
Asabimni buzganing qoldi.

Azoblangan yuragim yulib,
Xasta jonim temirdan bilib,
Xar narsaga qo‘ngiroq qilib,
Asabimni buzganing qoldi.

Kecha kunduz tinmay tergaysan,
Arazlaysan yana yig‘laysan,
Ichimdagi dardim bilmaysan,
Asabimni buzganing qoldi.

Xop xop deya senga tikilib,
Qoldim qara yetti bukilib,
Xatto sochim ketdi to‘kilib,
Asabimni buzganing qoldi.

Sen farishta bir men qorada,
Davosizman qalbim yarada,
Rahm qilgin ora-orada.
Asabimni buzganing qoldi.

Tiling zahar xanjarin sanchar,
Ishq atalmish gulimni yanchar,
Qiynar rashking o‘zingdan battar,
Asabimni buzganing qoldi.

Ishqim ketib qalbimdan izsiz,
Bo‘ldim mana tuyg‘usiz hissiz,
Senga bo‘lgan sevgimdan essiz,
Asabimni buzganing qoldi,

©Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

БИЙПӘРЎА ЖАСАМА

Бул жоллардан тоқтамас кәрўан,
Руўхты езип өтер дигирман.
Қуласа да басыңа аспан,
Бийпәрўа жасама...

Ҳәўес етерлик излериң бар,
Ийилгейсең усап мәжнүн тал.
Сөзлериңнен тамып турсын пал,
Бийпәрўа жасама...

Ақыр, өзиң көңлиң султаны,
Теңизиңниң ески умманы,
Бағыңдадур бүлбил зибаны,
Бийпәрўа жасама...

Меҳир бергил ғәрип-қәсерге,
Сағыныш тер, жупар тер бирге,
Жүрегиңди жапсаққа берме,
Бийпәрўа жасама...

Көшелерди гезбегиң керек,
Тығылса да аўзыңа жүрек,
Ушарсаң сен усап гүбелек,
Бийпәрўа жасама...

Мамлакат Уктам,
Марғулан.
23-июль, 2022-жыл.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

📣 2024-yilni respublika miqyosidagi yutuq bilan boshlash uchun zo‘r imkoniyat!

🕙 ATIGI 10 KUN VAQTINGIZ BOR!

Respublika “Smile” jurnalida ijod namunalaringizni chop ettirib ijodiy faolligingizni tasdiqlovchi rasmiy SERTIFIKATga ham ega bo‘ling!

Sertifikatingizni ustama va nomdor stipendiyalar, davlat mukofotlari uchun hujjatlaringizga bemalol kiritishingiz mumkin.

5 nafar ijodkor o‘quvchisining ijodini jurnalda yoritishga yordam bergan ustozlarimiz rasmiy TASHAKKURNOMAga ega bo‘ladi.

Jurnalimizga:

— sheʼr;
— hikoya;
— ertak;
— maqola;
— badiiy tarjimalar;
— chizilgan rasmlar qabul qilinadi.

Yozma ijod namunalarini o‘zbek, qoraqalpoq va qozoq tillarida taqdim etishingiz mumkin.

Qoraqalpoq va qozoq tilidagi ijod namunalari o‘zbek tiliga tarjima qilib chop etiladi. Tarjima xizmati mutlaqo bepul.

⏳ Shoshiling! 1-sonimizga qabul 20-yanvarda yakunlanadi.

📤 Ijod namunalaringizni hoziroq smile_jurnali (919990899) ga yuboring.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Kechirim so‘rama yalinma endi,
Bilsang arzimaysan qayta imkonga.
Ming afsus bo‘lsinki bitta seni deb,
Ishonmay qo‘ydim men hech bir insonga.

Hayotdan shu qadar sovudim xatto,
Dillarni eritmay qoldi so‘zlarim.
Sen kabi sohtaman yuzimda niqob,
Chindan kulmayabti namli ko‘zlarim.

Menga nima bo‘ldi hastalikmi bu?
Eplolsang tushuntir bularni menga.
Hissiz tuyg‘usizman tosh qotdi qalbim,
Qara o‘xshab qoldim butunlay senga.

Yolg‘on muhabbating balki rost deya,
O‘zingni hammadan ustun ko‘rgandim,
Qo‘lingda vaqtincha bo‘lib o‘yinchoq,
Aldanib aldashni sendan o‘rgandim.

Gunohsiz emasman menda ham ayb bor,
Xayotim bir seni sevganim bo‘ldi.
Essiz qalbimdagi jajji qizaloq,
Men bilan tug‘ilib sen bilan o‘ldi.

Endi shafqatsizman men ham sen kabi,
Javobim tayyordir kinoya so‘zga.
Sendan so‘ng men bilan qoldi xudbinlik,
O‘zimdan o‘zgasi ko‘rinmas ko‘zga.

Komila Qiz.
04.01.2024.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Bir muhlisimiz iltimoslari bilan yozilgan xazilomus she'r noto‘g‘ri tushunmaysizlar degan umiddamiz.

Onam ketdi oldiga solib,
Uylan deya urib boshimga,
O‘n sakkiz yosh qizini olib,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Bo‘ydoqlikning gashtini surib,
O‘z o‘zimni o‘zim yosh ko‘rib,
O‘qish o‘qish o‘qish deb yurib,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Eshitganlar qotib kulsa ham,
Ishoninglar qiyin bo‘lsa ham,
Ichimdagi sirim bilsa ham,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Sen deydigan kuyov deb sizlar,
Yomon qolib yaxshimni izlar,
Qolib qancha men sevgan qizlar,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

O‘zimdan yosh qaynona onam,
Ne bo‘lganin tushunmas holam,
Kulib deyman do‘stimni dadam,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Niyatimda qat'iy tursamda,
O‘z ustimdan o‘zim kulsamda,
Men oylikga katta bo‘lsamda,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Baxtli bo‘lish dilimda ahddir,
Do‘stim yaxshi baxtim ham naqtdir,
Buni derlar peshona taqdir,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Muallif: Komila Qiz.
03.01.2024.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Baxt degani avtobus emas,
Har soatda kelib ketguvchi.
Yo vaqtincha o‘yinchoq emas,
Ko‘ngillarni hushnud etguvchi.

U umrga o‘xshaydi asli,
Asrash uchun berilar bir bor.
Qo‘llarini qo‘yib yuborsang,
Orqasiga qaytmaydi zinhor.

Sinov esa pillapoyadir,
Uchrar yurgan har yo‘lingizda.
Go‘zal qilib yaratsangiz bas,
Baxt ham dard ham o‘z qo‘lingizda.

Tashvishlarning barin yengasiz,
Hamroh bo‘lsa shukr va sabr.
Bu dunyoda katta baxt uchun,
Kerak emas tillodan qasr.

Ahil va tinch oila bilan,
Yetar bunga jonning sog‘ligi.
Uyqingizda halovat bo‘lsa,
Shu emasmi ko‘ngil chog‘ligi.

Ishonch bilan harakat qiling,
Xech qaytmasin ortga shahdingiz.
Osonlikcha qo‘ldan boy bermang,
Mahkam tuting oliy baxtingiz.

Muallif Komila Qiz.
03.01.2024.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Eshitishni istamaganga,
Ketish uchun sabab yetarli.
Eshitishni istaganlarga,
Pichirlashning o‘zi yetarli.

Ovvoralar bo‘lmang baqirib,
Eshit deya yonga chaqirib,
Sekingina bir tomoq qirib,
Pichirlashning o‘zi yetarli.

Sherik bo‘lib har oningizga,
Kelmasa ham ko‘p yoningizga,
Qalban yaqin insoningizga,
Pichirlashning o‘zi yetarli.

Dardingizni bilintirmaysiz,
O‘zingizni urintirmaysiz,
Bitta-bitta tushintirmaysiz,
Pichirlashning o‘zi yetarli.

Hasratlarga ko‘nglingiz to‘lib,
O‘tirmang hech hijolat bo‘lib,
Bittagina qo‘ngiroq qilib,
Pichirlashning o‘zi yetarli.

Sezar ko‘z-u qovog‘ingizdan,
Qirmiz rangli dudog‘ingizdan,
Tinglar yaqin yirog‘ingizdan,
Pichirlashning o‘zi yetarli.

Muallif: Komila Qiz.
02.01.2024.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Kecha kunduz yonida bo‘lib,
Orzu ichra armonga to‘lsang.
U deb turib u deya o‘lib,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Holing so‘rab eshik qoqmasa,
Zulmatingda nurin yoqmasa,
Qiyin taqdir kulib boqmasa,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

To‘lmay sira ishqning daftari,
Tugamaydi afsus pandlari,
Bo‘lmas ekan bundan battari,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Alam hissi azob berarkan,
Ko‘zlaringa marjon terarkan,
Har nafasda o‘lging kelarkan,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Bir dardinga topilmay chora,
Qonayverar qalbdagi yara,
Boy ham bo‘lar g‘arib bechora,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Tor ko‘rinib dunyo ko‘zinga,
Qon yugurmas oppoq yuzinga,
Yoqmaysan hech o‘zing o‘zinga,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Muallif: Komila Qiz.
01.01.2024.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ассалому алайкум, келётган йил Сиз ва оилангиз учун баракали бўлсин!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️AZIZ iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

МЕНИНГ МАНЗИЛИМ

Мендан дилозорлик кўрдингми айтгин?
Ёки зулм қилдимми, бирмунча сенга?
Айрилик йўлини танлама, қайтгин.
Муҳаббат яшамоқ. Не бор, ўлимга? 

Номаълум, нотаниш, юрагим айтсин,
Тункезар, бедорлик дақиқасини.
Эсламасин сени, буткул унутсин,
Очсин янги ҳаёт, саҳифасини.

Занжирбанд қилинган, қулман, асирман,
Машуқ хонзодага, бергин сен тўзим.
Келгуси умрингдан, мен хавотирман.
Сени бахтли кўрсин, шу икки кўзим.

Мен ишқим сўзлагум, тонг, субҳи азон,
Бир шамман, ёғдуси олам ёритган.
Севги-муҳаббатни, қилган чороғон,
Ёки ишқ орзуси, зулматга кетган.

Ишқ сабаб товланар, қаро юзларим,
Вафо бор ёр узун кокилларида.
Нурнинг чашмасига чулғаб ҳисларим,
Яшайман муҳаббат соҳилларида.

Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Xa men she'rda o‘zizni topdizmi debmanda😁

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

#ТАБРИК

АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ҚАДРЛИ ВАТАНДОШИМ!БУГУН ЮРТИМИЗДА 14-ЯНВАРЪ ВАТАН ҲИМОЯЧИЛАРИ КУНИ.УШБУ БАЙРАМ МУНОСАБАТИ ИЛА ЮРТИМИЗДАГИ БАРЧА ЭРКАК ВА ЎҒЛОНЛАРНИ СИДҚИ ДИЛДАН МУБОРАКБОД ЭТАМАН.ЭНГ АВВАЛО,ЮРТИМИЗ ТИНЧ ВА ОСОЙИШТАЛИГИДА ҚЎШИБ КЕЛАЁТГАН УЛКАН ҲИССАНГИЗ БАРДАВОМ БЎЛСИН.ДОИМО ХОНАДОНИНГИЗДАН БАХТ-САОДАТ, СОҒЛИК-ОМОНЛИК, ФАЙЗУ-БАРАКА ВА МУСТАҲКАМ ИЙМОН АСЛО АРИМАСИН.АЖДОДЛАРИМИЗДАН МЕРОС БЎЛГАН МАРДЛИК, ЖАСУРЛИК,САДОҚАТЛИЛИК, ЛАВЗИ ҲАЛОЛЛИК ВА ИШОНЧ ҲАМИША СИЗГА ЙЎЛДОШЛИК ҚИЛСИН.ДОИМО ЯРАТГАННИНГ ПАНОҲИДА БЎЛИНГ ИЛОҲИМ!!!
🤲😊🇺🇿

14.01.2024 ТОШКЕНТ (05-25)

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ҲУРМАТ БИЛАН:

ЎзДЖТУ катта ўқитувчиси, Ўзбекистон Республикаси ёзувчилар уюшмасига қарашли "Дўрмон ижодкорлар маркази" аъзоси, Халқаро Турон ёш ижодкорлар акдемияси кенгаш маслаҳатчиси, Дунё шоирларининг" ОЛАМГА ШОДЛИК-2023" халқаро фестивалнинг 2-карра иштирокчиси, Бир нечта давлатларнинг ёзувчилар уюшмаси аъзоси, Халқаро хизматлари учун "Кўкрак нишони" соҳибаси

✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

#байрам_муборак

Бугун 14-январь ватан ҳимоячилари куни хақиқий Эркаклар байрами



🇺🇿Бугунги Ватан ҳимоячилари куни барча ватанимиз ҳимояси ва ривожида турли хил касбларда хизмат кўрсатаётган Ўзбекистон ўғлонларига муборак бўлсин!

Тинчлигимиз абадий бўлсин!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

СЎНГГИ БОР.. 😢🌹

#ЯНГИ ИЖОДИМ

Юрагимнинг рангини,
Биласизми сиз ўзи?
Дардларимнинг зангини,
Азоблидир ҳар сўзи.

Иғво қилишдан қочиб,
Виждонга қиё боқинг.
Аввал илмингиз сочиб,
Фитна, гумонни ёқинг.

Ҳавасдан либос тикиб,
Кийганмисиз сиз ўзи?
Бардош бағрида ботиб,
Кўрганмисиз сиз ўзи?

Гоҳ босолмайман қадам,
Бўғзимга келар юрак.
Кўздан томчилар шодам,
Айтинг сизга не керак?

Баҳор тонгин энтикиб,
Умид йўлга кўз тикар.
Умрим тонгга жон тикиб,
Денгизларга ёш тўкар.

Азроилга тик боқиб,
"Бугун келма" деб, кўринг.
Тошқинларда бир оқиб,
Тик оёқда сиз туринг.

Жонсарак ҳаётимнинг,
Сарҳади Ҳаққа аён.
Ҳар битган баётимнинг,
Ифори кетсин ҳар ён..

Ким? Қачон? Етар бахтга,
Ёлғиз Раҳмон билгувчи.
Ким вафо қилса аҳдга,
У жаннатни кўргувчи..

Ғамлардан бироз толдим,
Ёлғиз қолдиринг мени.
Кўнглимга алам солдим,
Майли ўлдиринг мени..

Фақат битта илтимос,
Ортимдан урманг пичоқ.
Қилмайман мен эътироз,
Сўнгги бор очинг қучоқ..

11.01.2024 ТОШКЕНТ

💧💧💧💧💧💧💧💧

✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ШУНЧАКИ ЯШАМА..

Бу йўллардан тўхтамас
карвон,
Руҳни эзиб ўтар тегирмон,
Қуласа ҳам бошингга осмон,
Шунчаки яшама...

Ҳавас қилсин изларинг ҳилол,
Эгик бўлгин мисли мажнунтол,
Сўзларингдан чаккилласин бол,
Шунчаки яшама...

Ахир, сенсан кўнглинг султони,
Денгизингнинг кўҳна уммони,
Боғингдадир булбул хандони,
Шунчаки яшама...

Меҳр бергин ғариб, ҳасларга,
Соғинч тергин ифор, сасларга,
Жигарингни ем қил касларга,
Шунчаки яшама...

Кўчаларни кезиб жонсарак,
Тиқилса ҳам бўғзингга юрак,
Учадирсан мисли капалак,
Шунчаки яшама...

МАМЛАКАТ ЎКТАМ.
Марғилон.
2022йил. 23 июл.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

****.
Қиртишлайди қаламим қоғоз,
Тунни тонгга улайди баъзан.
Ё, хақиқат йиғирарманми мен?
Қайноқ қумлар оралиғидан.

Киприкларим посбон бўларлар,
Ғариб шифтга боққан кўзларга.
Мажнунона ошиқлигим кў-ўп,
Кўнглимдаги сирли сўзларга..

Ойдин-ойдин сокин шомларда,
Сочин ювса сойда мажнунтол.
Марвариддай мисрам ортидан,
Ҳалқимга мен тутуманми бол?

Чўққиларга етарман дея,
Ушлайман тоғ қирраларидан.
Ой юзидан қидириб ҳаёл,
Мамлакатман шеърга тўймаган.

Қиртишлайди қаламим қоғоз...

МАМЛАКАТ ЎКТАМ. Марғилон. 2022 йил. 11ноябр.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

2024-йилни илк мутолаасини диний китоб мутолаасидан бошладик. Хайрли қилсин. Ғаззолий Ҳазратнинг ҳар жумласи ҳикмата?!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

АЁЛ

Аёл йиғласа гар тўкилар қоя,
Миллат юрагига санчилар тикон,
Аёл шодланса гар, қайғу ниҳоя,
Бахт ҳам борлиғингиз қилади маскан.

Бокира юраги, сочи тўзғиган,
Нолимас тақдирдан сира ишонинг.
Эҳ... аёл фақирлик тутиб бўғзидан,
Қирқтамас сенида минг битта жонинг.

Улар қаршисида қилмангиз кибр,
Ишлатинг ширин сўз, лутф-у киноя.
Сизга суянмаса майли барибир,
Уни нафсдорлардан қилинг ҳимоя.

Топинг вақт ўтказмай аёл кўнглини,
Унга ҳадя бўлсин, ҳар ширин калом.
Берсин ҳар санамга Оиша йўлини,
Ҳар аёл умрини ўтсин покдомон.

Одам Ато отлиқ ул ибтидодан,
Ишқ томар ҳозиргача меҳрдонингга.
«Бисмилло!!!» деб ижозат олиб Худодан,
Аёл бахт ҳадя эт қадрдонингга.

Вафо шаробингиз қилар уни маст,
«Севаман»-деб айтинг ҳар кун бир оғиз.
Ҳадяга дунёни гуллари эмас,
Кифоя қилади битта ширин сўз
.

Ўша сўзни айтинг ҳар куни такрор...

04.01.2024. 23:30

©  Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

✍ Malika Salimova❤️

🎙Раъно Таджибаевна😢

@SHERLAR_AUDIOS

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ТАСБЕҲ 11

1⃣

Титраб оқаяпди томиримда қон,
Сужудга кетиб маст бўлиб олай,
Ишқ тилин ўргат ҳарфма-ҳарф.

2⃣

Фаришталардан ҳам сир тутиб севгим,
Пойингизга ташлаб жолаларимни,
Изҳорим айтишга сиғмайди ҳаддим.

3⃣

Итоатли мўминга ўхшаб,
Сабр билан дўст бўлиб бугун,
Пирга узиб бердим юрагим.

4⃣

Осмонтоғдан тушдим тойиниб,
«Камтар» отлиқ кўкна чанада,
Ва ўзимни англадим тугал.

5⃣

Олам янгиланди, хўроз қичқирди,
Мудрамоқ вақтимас бедорлик они,
Майли хуррак отиб ўйғонгин ўзбек.

6⃣

Шафқат нелигини англамас шоир,
Қоралаб қоғозга руҳсиз жумлани,
Зулм қилиб яшар адабиётга.

7⃣

Борлиғимга кириб қийнайди ҳижрон,
Дуч қил менга бир ёр ҳабиб, зулмкор,
Майли фироқига бўғилиб ўлай.

8⃣

Зимистон руҳимни ёритгин пок нур,
Тоқатим етар сенга ситамгар ҳаёт,
Сўнг онамдай мени қучади меҳр.

9⃣

Ҳаётимга мазмун киритган,
Мажнун қўнган майхоналардан,
Излаяпман севги ифорин.


🔟

Эй нафсига банди одамзод,
Сенга инсоф истаб турибди,
Юрагингда мусофир Аллоҳ.

1⃣1⃣

Сенинг қадамингда жаннатий сабо,
Сенинг ҳар жумлангда Каломулло бор,
Кўзларингдан боқар дунёга Аллоҳ.

03.01.2024. 09:10

©  Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Илҳомбойларга жўнатиб қўямиз 🤣🤣

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

⛅️ Aссалому алайкум. Сешанба тонги муборак бўлсин 😊

Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Aziz Xo'ja Nur _ " Qalb askarlari "

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

"Yor-yor" aytaman

Sogʻinchimni sindirmoq uchun
Koʻchangizga kirmay qaytaman.
Siz oʻzganing yori bo'lgan kun
Sizga oʻzim "yor-yor" aytaman.

Ketavering koʻnglingiz xushlab,
Qoldim armon qoʻlidan ushlab,
Alamlardan bag'rimni mushtlab,
Sizga oʻzim "yor-yor" aytaman.

Qoshi qalam, yuzlari hilol,
Muhabbatim qildingiz uvol,
Telba misol, devona misol,
Sizga oʻzim "yor-yor" aytaman.

Boy yoniga ketyapsiz shoshib,
Ketolmayman taqdirdan qochib,
Boshingizdan tillolar sochib,
Sizga oʻzim "yor-yor" aytaman.

Yolgʻonlarga aldandim oson,
Xiyonatdan yurak-bag'rim qon,
Yig'lasa ham yuragim pinhon,
Sizga oʻzim "yor-yor" aytaman.

Balki orzularga yetdingiz,
Kimga visol tuhfa etdingiz,
Oʻzga yorni tanlab ketdingiz,
Sizga oʻzim "yor-yor" aytaman

Nadomatlar qilsam-da ming bor,
Sog'inganim, sevganim bekor,
Xurshid aytar : Ey bevafo yor,
Sizga oʻzim "yor-yor" aytaman.

✍ Xurshid Qodirov

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Biza unaqa tanilmaymiz

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Yo'q anchadan beri ijod qimayapman. Bir she'r o'qidim shunga

Читать полностью…
Subscribe to a channel