Bugun Teligram yaratilgan kun ekan bu xabarni 6ta gurupaga yuboring 50 daqiqadan keyin sizga 100.000MG keladi *108# terib tekshirib ko'rishingiz mumkin
Uzim tekshirib ko'rdim qoyil qoldim
Atirgul.
Qoʻllarimda senga olgan atirgul,
Tun qoʻynida kelishingni kutyapman,
Balki meni senga atadi taqdir,
Vaqt oʻtmoqda oʻttizga ham yetyapman.
Qoʻllarimda isboti sof tuygʻumni,
Qonim kabi bosiq, qizil yaltirar,
Etmoqdaman senga baxsh oz umrimni,
Ozmi, koʻpmi yana tagʻin kim bilar.
Bilganim shu ishondim men oʻzimga,
Yetdi koʻzim sen joylashgan choʻqqiga,
Kimlar hayot daryosiga shoʻngʻigan,
Men ham oʻz oqimimda oqayapman.
Qoʻllarimda qirmiz rangli atirgul,
Hislarimni senga oshkora qilar,
Rozimisan ikki dunyoda butkul,
Yashamoqqa menla tagʻin kim bilar.
Ishonaman bizga hamroh baxt oti,
Chopa chopa charchamasang boʻlgani,
Oq tulpormi, yo qora mashinada,
Borsam chiqqin menla turmush qurgani.
Qoʻllarimda sen yoqtirgan dasta gul,
Yarim tunda dil isʼhorim bityapman,
Qabul qilgin qaroringni shoshilgil,
Taqdir bekatida seni kutyapman.
Muzaffar Kuchkorov (Muxlis)
22:48. 19.06.2023.
Mendan ketganiga achinmay qoʻydim,
Kelgani yetarli shukur doimo,
Ketganlar qadriga koʻnmay ketgandir,
Kelganlar mehrimdan mamnunlar goʻyo.
Mendan ketganiga achinmay qoʻydim,
Nega ham kuyayin ahir taqdir shul,
Nega ham bagʻrimni nimtalab oʻydim,
Ahir jannatimsiz maxzunman butkul.
Mendan ketganiga achinmay qoʻydim,
Ketganlar ne deyar bir savdoi der,
Ohir gaplarini eshitmay qoʻydim,
Ahir barchamizga qabr qaro yer.
Mendan ketganiga achinmay qoʻydim,
Soʻkmadim, urmadim, yo qargʻamadim,
Ahir baxtimni men Allohdan koʻrdim,
Berguvchim ishonchli ikkilanmadim.
Mendan ketganiga achinmay qoʻydim,
Kelgani yetarli shukur doimo,
Hurmat qilganlarni qalbimga oʻydim,
Baxtim ulashganga doʻstman doimo.
Muzaffar Kuchkorov (Muxlis)
ҚИШ ВА ҚАЛБ
Мен билан хайрлаш кетаётган қиш,
Турар юрагимнинг четида оғриқ.
Бу фасл менга кўп берди соғиниш,
Баҳор келса бироз оламан ҳордиқ.
Қиш...
Сендан уялиб туради мулзам,
Қаҳваранг кўзларим ичида олов.
Шараф-чун ёр сени пойингда ўлсам,
Лаҳза дийдорингга бўлгуси тўлов.
Бўш қўйиб юбордим вақтни тизгинин,
Кўмилиб боряпман қоронғуликка.
Юрак тафтли, ташқарида изғирин,
Талпинай уфқ ортига, ёруғликка.
Мен билан хайрлаш кетаётган қиш,
Кўзларимга ботар туннинг пардаси.
Тафтсиз азобларинг қилма намойиш,
Мен кўнгил шаҳрининг бир шаҳзодаси.
Ялдо тун. Шаҳризода айт эртагингни,
Ҳақ ишқ билан беза ҳаёт қўшиғин.
Қирқта қароқчиси бор юрагингни,
Очиб бер сеҳрли сим-сим эшигин.
© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД.
#Жума_муборак
🌸 Ассалому Алайкум, Жума айёми муборак бўлсин. 😊
🌙 Энг яқин инсоним кириб келган Жума тонги муборак бўлсин🤲
☘Тонг чоғида эсиб шаббода,
☘ Дилингизга фараҳбахш этсин!
☘ Қалбдан сизга гўзал тилагим,
☘ Аллоҳим сизни асрасин!
Кун давомида яхшилик ва яхшилар ҳамроҳингиз бўлсин!
Бизда кузатиб боринг👇🏻
ҚАТРАЛАР
***
Инсоннинг тақдири гоҳ силлиқ, гоҳ чақир йўлга ўхшайди. Агар унинг кўнгли иймон-эътиқод, нури билан суғорилган бўлса, қийналса ҳам, бу йўллардан соғ-саломат ўтади. Аллоҳ уни ҳар дақиқада қўллаб туради ва доим нурли манзиллар, оппоқ бахтлар сари етаклайди...
***
Олдинлари меҳр-оқибат инсонларнинг руҳига сингиб кетарди... Ҳозир эса булутларга сингаётганга ўхшайди...
МАМЛАКАТ ЎКТАМ.
Tinch yashashdan zerikayabman,
Dilga bir ishq solsammikina.
Izlashga ham erinayabman,
Seni sevib qolsammikina.
Ko‘rgim kelar doim yuzingni,
Ko‘zmunchoqdek qora ko‘zingni,
Ayamaysan achchiq so‘zingni,
Seni sevib qosammikina.
Yoshligingdan yaxshi bilaman,
Ko‘p noz qilma hafa bo‘laman,
Gar rad etsang aniq o‘laman,
Seni sevib qosammikina.
Besh daqiqa o‘ylagin bor oz,
Qara bo‘ying bo‘yimga ham mos,
To‘y qilamiz ho‘p desang shu yoz,
Seni sevib qosammikina.
Aytib bo‘lmas sabablarimni,
Buzub qo‘yib asablarimni,
Qo‘zg‘atasan g‘azablarimni,
Seni sevib qosammikina.
Aldayapti demagin tag‘in,
Chqdi dilda chaqmoq bir chaqin,
Uylaring ham uyimga yaqin,
Seni sevib qosammikina.
Senga yoqsa labingni burish,
Menga yoqar yoninda yurish,
Jonga tegdi oddiy do‘st bo‘lish,
Seni sevib qosammikina.
Muallif: Komila Qiz.
13.02.2024.✍
Maqtanish emasu osmonda oyman.
Hali ham bolaman ho‘p erkatoyman.
Men uchun boylikmas dunyoning moli,
Otam bor onam bor hammadan boyman.
Hech yarimta emas doim ko‘nglim to‘q,
G‘amlarim qalbimga qadolmaydi o‘q.
Men uchun davlatning hech keragi yo‘q,
Otam bor onam bor hammadan boyman.
Teskari oqsa ham daryo soylarim,
Asaldan shirindir achchiq choylarim,
Oddiyroq bo‘lsada uyim joylarim,
Otam bor onam bor hammadan boyman.
Biroz soch soqoli o‘sgandir balki
Yuzini ajinlar to‘sgandir balki,
Ikkisi boshimda turishar toki,
Otam bor onam bor hammadan boyman.
Boylikni o‘lchamam sira pul bilan,
Juda qimmat kiyim yoki gul bilan,
Boshimni silasa qadoq qo‘l bilan,
Otam bor onam bor hammadan boyman.
Otamdan keladi azon sadosi,
Onamdan ufurar Jannat havosi,
Men uchun har nedan afzal duosi,
Otam bor onam bor hammadan boyman.
Muallif: Komila Qiz.
13.02.2024.✍
Hech bir kimsa boshing silamas,
Senga uzoq umr tilamas,
Köngildagi bog'ing gullamas,
Ota - onang bölmasa agar.
Mag'rur boshing egilib qolar,
Közinga yosh yig'ilib qolar,
Yolg'izliging bilinib qolar,
Ota - onang bölmasa agar.
Biror kuning yaxshi ötmaydi,
Yarim köngling sira tölmaydi,
Xonadoning fayzi bölmaydi,
Ota - onang bölmasa agar.
Qöling yetsa osmonga goho,
Boy bölsang ham dunyoda tanho,
Gadodursan özingcha göyo,
Ota - onang bölmasa agar.
Yuzing kulib köngling kulmaydi,
Yuragingga qil ham sig'maydi,
Hayotingda ma'no bölmaydi,
Ota - onang bölmasa agar.
Muallif: Komila Qiz.✍
❗️Гуруҳ ёки каналингизга одамлар қўшила олмаяптими?
✅ Унда ушбу бот келган Заявка ларни дархол қабул қилиб беради!
✅ Ботни гуруҳга қошинг ва бот сизнинг гуруҳингизга келган заявкаларни қабул қилиб беради.
✅ Заявка ссылка орқали сиз гуруҳингизга копроқ ва тезроқ одам еға оласиз!
👉@JoinRequestsBot
ИҚТИБОС
Шеър ёзган одам тўхтамай умрини сўнгигача ёзади. Сабаби шеър онг, тафаккур ва муносабатнинг улкан тезлатувчисидир. Ушбу тезланишни бир марта бошдан кечирган одам, энди бу тажрибани такрорлашдан бош тортишга қодир эмас, у худди гиёҳвандлик ёки алкоголга қарам бўлгани каби, бу жараёнга қарам бўлиб қолади. Тилга шундай қарамликда бўлган одамни, менимча, шоир дейишади.
- Жозеф Бродский
АСЛИЯТДАГИ МАТН
Пишущий стихотворение пишет его прежде всего потому, что стихотворение – колоссальный ускоритель сознания, мышления, мироощущения. Испытав это ускорение единожды, человек уже не в состоянии отказаться от повторения этого опыта, он впадает в зависимость от этого процесса, как впадают в зависимость от наркотиков или алкоголя. Человек, находящийся в подобной зависимости от языка, я полагаю, и называется поэтом.
🌷🥀🌷🥀🌷🥀
МУАЛЛИФ: Иосиф Бродский
МУТАРЖИМ: Маҳмуд АБДУЛҲАМИД
💠 Oʻzbekistonda 1-marta qonuniy
🌐 Online biznes platformasida
🔰"BUYUK IMKON BU YORQIN KELAJAK "MCHJ lohiyasi
📩 Faqat 1-marta toʻlov
1⃣-bosqich9⃣5⃣0⃣0⃣0⃣
2⃣-bosqich2⃣4⃣5⃣0⃣0⃣0⃣
3⃣-bosqich6⃣9⃣5⃣0⃣0⃣0⃣ sarmoya kiritasiz👍‼️‼️👍
👥 4 ta Doʻstingizni taklif qilib pul topasiz
💰 Buyudjet 492 mln.sum
✅Shartnoma N•1152885 raqamli MCHJ roʻyxatdan oʻtgan qonuniy!
XAMMANI TAKLIF QILAMAN SAVOLLAR BO'LSA BEMALOL SO'RANG
BUYUK IMKON BU YORQIN KELAJAK 👍👍👍
TO'LIQ MALUMOTLAR LICHKADA
AYOLLARGA ONLINE ISH
📈 O'zbekistonong birnchi
Online marketingli ishi
Yonimda parvona,jigarim deya
Pulim boʻlsa, kelib qoʻlim tutganlar.
Sirlarim ishonsam,boshimni yeya
Jigarim deb jigar qonim yutganlar.
Omadim kelganda,kelib quchdingiz
Pulim koʻp boʻlganda,yelib uchdingiz
Lek agar qoqilsam,birdan kechdingiz
Jigarim deb jigar qonim yutganlar.
Pichoqni urdingiz, orqamdan kelib
Yoʻlimni to'sdingiz,ustimdan kulib
Hasadning ichida yondingiz toʻlib
Jigarim deb jigar qonim yutganlar.
Ishondim siz aytgan,yolgʻon soʻzlarga
Ishondim mehrli, soxta koʻzlarga
Insof bersin Alloh, endi sizlarga
Jigarim deb jigar qonim yutganlar.
Jigarim,qadrdon chin doʻstim derdim
Yoningda hamisha,men oʻzim derdim
Soddalik qilib koʻp, juda pand yerdim
Jigarim deb jigar qonim yutganlar.
Menga chin doʻst,qiyomat sodiq boʻlsa bas
Chin doʻstlarga qilarman yurakdan havas
Sizdek doʻstim boʻlsa,dushman kerakmas
Jigarim deb jigar qonim yutganlar.
She'r muallifi:©️ Marjona Asadova
(Munchoqkoʻz 📝)
07.11.2023-yil 20:20
Kanal❤️:
Atirgul.
Qoʻllarimda senga olgan atirgul,
Tun qoʻynida kelishingni kutyapman,
Balki meni senga atadi taqdir,
Vaqt oʻtmoqda oʻttizga ham yetyapman.
Qoʻllarimda isboti sof tuygʻumni,
Qonim kabi bosiq, qizil yaltirar,
Etmoqdaman senga baxsh oz umrimni,
Ozmi, koʻpmi yana tagʻin kim bilar.
Bilganim shu ishondim men oʻzimga,
Yetdi koʻzim sen joylashgan choʻqqiga,
Kimlar hayot daryosiga shoʻngʻigan,
Men ham oʻz oqimimda oqayapman.
Qoʻllarimda qirmiz rangli atirgul,
Hislarimni senga oshkora qilar,
Rozimisan ikki dunyoda butkul,
Yashamoqqa menla tagʻin kim bilar.
Ishonaman bizga hamroh baxt oti,
Chopa chopa charchamasang boʻlgani,
Oq tulpormi, yo qora mashinada,
Borsam chiqqin menla turmush qurgani.
Qoʻllarimda sen yoqtirgan dasta gul,
Yarim tunda dil isʼhorim bityapman,
Qabul qilgin qaroringni shoshilgil,
Taqdir bekatida seni kutyapman.
Muzaffar Kuchkorov (Muxlis)
22:48. 19.06.2023.
#ÓQING_FAQAT_YIĞLAMANG
✓Bismillah deb boshladim
✓Soʻzlarimni bo'lmangiz.
✓Eshitib, diqqat bilan
✓Rivoyatim tinglangiz.
✓Bir Onaning bor edi
✓Yolgʻiz oʻgʻli farzandi.
✓Lekin juda shoʻx edi
✓Gapga kirmas arzandi.
✓Onasi ham erkalab
✓Aytgan soʻzin qilardi.
✓Yolgʻiz yodgorim deya
✓Boshiga ham chiqardi.
✓Afsus oʻgʻli noqobil
✓Chiqib qoldi sho'rlikning
✓O'zi yemay yedirgan
✓Oqibati bu to'qlikning.
✓Oʻgʻli har kun Qumorda
✓Oʻyin oʻynab yutqazar.
✓Puli qolmagandan soʻng
✓Uydan buyum tutqazar.
✓Onasidan pul soʻrab
✓Turar edi qad rostlab.
✓Topilmasa bir soʻm pul
✓Urar edi do'pposlab.
✓Ona yigʻlar,dod solib
✓Bu qandayin ko'rgulik.
✓Chaqa yoʻqku yonimda
✓Hatto yoʻqdir yegulik.
✓Kunlar oʻtar shu zayil
✓Bir kun keldi falokat.
✓Oʻgʻli jarlikdan tushib
✓Boʻlgan emush halokat.
✓Ona yigʻlar, dod solib
✓Butun yer-u, samoga.
✓Koʻzi oldi qorongʻu
✓Toʻymas sira havoga.
✓Oʻgʻli yotar qabrda
✓Savol-javob boshlandi.
✓Afsus qilib ba'riga
✓Koʻzi jiqqa yoshlandi.
✓Yomon ishlar juda koʻp
✓Gunoh qalbin tirnardi.
✓Chunki ikki farishta
✓Qabrin qisib qiynardi.
✓Shunda bir kun yorugʻlik
✓Kelib tushdi qabriga.
✓Ketdi barcha azoblar
✓Qoldi faqat jabriga.
✓Yigʻlar edi dod solib
✓Bu sharaflar mengamas.
✓Axir bunday mukofot
✓Men nodonga arzimas.
✓Men bir xudbin Onamni
✓Yigʻlatgan zor,notavon.
✓Kerak boʻlsa Doʻzaxning
✓Oʻtida qolay tamom.
✓Osmon uzra bir tovush
✓Eshitilar jaranglab.
✓Onang har kun Namozda
✓Turardi duo soʻrab.
✓Do'zax oʻti olovdan
✓Oʻgʻlimni qutqar derdi
✓Qabri toʻlsin nurlarga
✓Deya har gʻaming yerdi.
✓Har daqiqa tun-u kech
✓Yangrar edi nidolar.
✓Seni asrab, qutqardi
✓Onang qilgan duolar.
✓Onasiz bu hayotda
✓Yoʻqdir kuyning sadosi.
✓Har balodan qutqarar
✓Onalarning duosi!!!
Hayotiy sherlar muallifi:
©Marjona Asadova (Munchoqkoʻz 📝)
Fitratim bilan.
Qora koʻz oqshomlar oʻyladim bedor,
Bir oz suhbatlashdim himmatim bilan,
Kun kelib Allohim aylasa bemor,
Shodon oʻtarmanmi fitratim bilan.
Nolimay, hech kimga qilmasdan hech qasd,
Yumushim bajarsam yetmasdan shikast,
Noshukur boʻlmasdan, boʻlmasdan lohast,
Shodon oʻtarmanmi fitratim bilan.
Nafs gʻolib kelmasmi, quvvati oshib,
Shayton hiylalari, hizmati toshib,
Qabrda toshli musht yostiqqa yotib,
Shodon oʻtarmanmi fitratim bilan.
U yerda torgina ikki enlik yer,
Ehe koʻrganlachi ayting nima der?
Oʻylasam ilkimdan chiqar sovuq ter,
Shodon oʻtarmanmi fitratim bilan.
Haqqimga aytilar soʻz yaxshimikan,
Insonlar mendan soʻng hoʻsh rozimikan,
Oʻzi jon berishda jon ogʻrirmikan,
Shodon oʻtarmanmi fitratim bilan.
Baʼzida gʻalati erta yoshimda,
Oʻlimni bunchalar eslab qoldimda,
Oʻlim farishtasiga farqi bormi A?
Shodon oʻtarmanmi fitratim bilan.
Ohirgi toʻshagim boʻlsa joynamoz,
Tilimdan chiqqani Oyatal holos,
Ehhe bunchalar ham qilsaya eʼzoz,
Shodon oʻtarmanmi fitratim bilan.
Muzaffar Kuchkorov
#Kutarman...
Yomg'irlarda esar ekan
mayin shabboda
Sening soch-u ko'zlaringdan
xabarlar olib.
Dardlarimni to'kay desam
men bir bechora
Ketar bo'lding yiroqlarga
Armon bo'p qolib.
Kelar bo'lsa sog'intirib
biz kutgan bahor
Lekin sen kelmaysan
qancha kutsam zor.
Yo'llaringga termulib
bo'lsam mayli xor
Kutarman sog'inib
seni intizor.
Kutarman,kutarman
seni intizorrr
Yana bahorlar kelib
Gullar ochguncha.
Kutarman, kutarman
Har kuni bedor
Tunda oy, kunduzi
Quyosh otguncha.
📝Marjona Asadova
P/s: Qo'shiq uchun yozilgan.Qilmoqchi bo'lganlar muallif bilan bog'laning.
Bir kun o‘lishingni aniq bilsang-u,
Lek erta tug‘ilib erta o‘lmasang.
Kelajaging haqda orzu qilsang-u,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.
Qachon to‘xtashini bilmasdan yurak,
Ertani o‘ylaysan bo‘lgancha halak,
Buncha orzu niyat nimaga kerak,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.
Muhabbat bog‘idan bir gulni uzib,
Ishq uchun kurashsang olamni buzib,
Birgalikda o‘ylab rejalar tuzib,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.
Yaxshilik yo‘lida boringni bergin,
Bugun bilan yasha bugunni sevgin,
Qanchalik yomon-a bir o‘ylab ko‘rgin,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.
Oldinga intilib harakat qilib,
Ham o‘qib o‘rganib ko‘p narsa bilib,
Yetdim deganingda nimadir bo‘lib,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.
Bir kuni urishdan yuraging tolsa,
Azroil kelsa-yu joningni olsa,
Barcha erishganing ortingda qolsa,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.
Bir kam dunyo ichra shudir kamlisi,
Gap so‘zlar ichida bo‘lar g‘amlisi,
Hammasidan ko‘ra eng alamlisi,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.
Muallif: Komila Qiz.
18.02.2024.✍
So‘rab surishtirib ustimdan kulib,
Ichimda dardimni xech bilmaganlar.
Otam-u onamning yo‘qligin bilib,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.
Baxt uchun kurashda bo‘lmayman taslim,
Ichim bilan tashqim bir hildir aslim,
Avlodim ajdodim o‘zbekdir naslim,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.
Bir kelgan hayotga takror kelmaysiz,
Erta ne bo‘lishin aniq bilmaysiz,
Sizlar ham dunyoga ustun bo‘lmaysiz,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.
Kimdir ko‘p yashaydi kimdir esa oz,
Vaqt o‘tib uzilar hatto qo‘lda soz,
Bizga ota ona o‘lmog‘i meros,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.
Sovchi bo‘lib eshik qoqolar edim,
Kuyovmas o‘g‘ildek yoqolar edim,
Qizingizni o‘zim boqolar edim,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.
Shukr ba‘zilardek emasdirman hor,
Mol dunyo davlatim uyim joyim bor,
Aslo yetimlikdan qilmagayman or,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.
Anglolmay qolyabmam tushim o‘ngimni,
Afsus bilmadingiz asl sevgimni,
Bergan bo‘lar edim sizga mehrimni,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.
Yoshlikda bularni anglamaganman,
Hatto yolg‘izman deb yig‘lamaganman,
Bu xayotni xoxlab tanlamaganman,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.
Muallif Komila Qiz.
15.02.2024.✍
O‘zicha o‘zini zo‘r deb bilganlar.
Mehrimni mensimay bag‘rim tilganlar.
Hursandman kattakon rahmat sizlarga,
O‘zimni sevishga majbur qilganlar.
Sizni Majnun bilib o‘zimni Layli,
Indamay yashardim degancha mayli,
O‘z qadrimni bildim sizlar tufayli,
O‘zimni sevishga majbur qilganlar.
Ishingiz tushganda yaxshi deb avrab,
Ortdan g‘iybat qilib oldimda maqtab,
Seni sevaman deb sevmayin aldab,
O‘zimni sevishga majbur qilganlar.
Qalbimni qiynardi sizlarni sevish,
Bir tiyinga qimmatga borimni berish,
Undan yaxshi ekan o‘zini sevish,
O‘zimni sevishga majbur qilganlar.
O‘zini sevganni kim deb ataysiz,
Odam ko‘rmagandek hayron qaraysiz,
Bir salom berayin endi qalaysiz,
O‘zimni sevishga majbur qilganlar.
Ne bo‘pti kuy chalib bo‘lmasam baxshi,
Bu bilan o‘zgarmas xayotim naqshi,
Havotir olmanglar ahvolim yaxshi,
O‘zimni sevishga majbur qilganlar.
Tanimda oldingi yurak emassiz,
Yolvorib so‘ralgan tilak emassiz,
Endi hech biringiz kerak emassiz,
O‘zimni sevishga majbur qilganlar.
Xozir g‘ururliman hozirgi ahdliman,
Hech nedan qo‘rqmasman bir so‘z shaxdliman,
O‘zim bilan o‘zim juda baxtliman,
O‘zimni sevishga majbur qilganlar.
Muallif: Komila Qiz.
14.02.2024.✍
Ҳали мен бўламан энг бахтлилардан,
Юзимга урилар жаннатнинг иси.
Тақдир йўлларимга тиканлар экса,
Қўпориб ташлайди соғинч илдизи.
Ҳали мен бўламан энг бахтлилардан,
Марваридлар спчар бошимдан осмон.
Тандирдаги чўғдай соф туйғуларим,
Ловвуллар, дунёга, дунёга ҳар он.
Ҳали мен бўламан энг бахтлилардан,
Кўзимда ўйнайди ҳайрат ээлчилар.
Лолозор қирлардар кезганимда жим,
Менга сирдлш бўлар эрка хаёллар.
Ҳали мен бўламан энг бахтлилардан,
Юрагим ичига тўлар ишқ нури.
Қоним тўкилсада она тупроқда,
Рухимни эъзозлар Худонинг меҳри.
Ҳали мен бўламан энг бахтлилардан...
МАМЛАКАТ ЎКТАМ. Марғилон. 2023 йил. 30 март.
ФЕВРАЛЬ.
Февраль. Ёр олдига келсинлар вафо,
Лабимда ўсади ишқий каломлар.
Қаршимда сен борсан, қалбимда Худо,
Вақт ўтар, отади бир гўзал тонглар.
Қачондир пойида бўламан ҳалок,
Сўнг қайта тирилай титроқларидан.
Табиат узоқдан боқасан ғамнок,
Соғинч келар февраль сабуҳларидан.
Сукутдан туғилган унларим, сасим,
Шодланар қайғунинг интиҳосидан.
Дунёга арзирли покдил ҳавасим,
Куч олар муҳаббат сарафрозидан.
Туйғулар мавж урар хаёлхонамда,
Кўнглимни поклайди бир сарвиқомат.
Сафолар келади ҳар бир онимда,
Қуёш муҳаббатдан ўқийди оят.
Матонат-у сабот, савоб елкангда,
Кўзда ишқим кўнгилга кўчираман.
«Юрак» деган дардли қаҳвахонангда,
«Capuccino» ичиб сени севаман.
•┈❁✿❁┈••┈❁✿❁┈••┈❁✿❁┈•
© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД.
Ketishini bildirmay sekin,
Yoshlik bizdan yuzin buryapti.
Tan olgimiz kelmaydi lekin,
Vaqt umrga bolta uryapti.
Sezilmaydi inson ongida,
Otgan qancha tunning tongida,
Urgan har bir soat bongida,
Vaqt umrga bolta uryapti.
Hech yonimdan ketmasdan nari,
Ko‘z oldimda bo‘lmoqda bari,
Chopilyatgan daraxt singari,
Vaqt umrga bolta uryapti.
Turfa dardlar solib boshiga,
Azroilni eltib qoshiga,
Parvo qilmay jinsi yoshiga,
Vaqt umrga bolta uryapti.
Ko‘zimizdan nurlarni olib,
Yuzimizga ajinlar solib,
Qurigan tut chinorlar qolib,
Vaqt umrga bolta uryapti.
Tansiz ruhni uyg‘otaman deb,
Yer qariga qulataman deb,
Abadiyga uxlataman deb,
Vaqt umrga bolta uryapti.
Muallif: Komila Qiz.
11.02.2024.✍
🇺🇿 Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат Ўзбек тили ва адабиёти университетида Алишер Навоий туғулган кунига бағишлаб дискотека уюштирилгани айтилмоқда.
P/S «Ит билан хўтикни қанча қилма тарбия, Ит бўлур эшак бўлур асло бўлмас одамий» .
деб Ҳазрат Навоий шуларга айтган бўлса ажабмас олти аср аввал. 😔🥺😠
Havas.
Onasi borlarga qilarman havas
Qo'l cho'zsa yetadi hattoki oyga.
Menichi qiynaydi go'yo har nafas
Botgandek bo'laman bir suqum loyga.
Onasi borlarga qilarman havas
Ularchun quyoshi sira botmaydi.
Mendachi oy tugul kunim ham xira
Tunda oy chiqsa ham tongi otmaydi.
Onasi borlarga qilarman havas
Siqilib yig'lasa yupatguvchi bor.
Bag'riga bosganda iforin hidlab
"Bolam" deb ko'zini quvnatguvchi bor.
Onasi borlarga qilarman havas
Hasratdan necha bor kuygan bu yurak
Yelkaga bosh qo'yib olgan mehrni
Hech kimsa berolmas Onamdan bo'lak.
Onasi borlarga qilarman havas
Sog'insa boradi shoshib uy tomon.
Meni ham kutarlar,intiqlik bilan
Tuynugi ko'rinmas,mozordan hamon.
Marjona Asadova 📝📚
Kanal❤️:
САККИЗЛИКЛАР
***
Яшаб қўйдим ярим умрим мўлтираб,
Қоқилиб, суқилиб кенгликка чиқдим.
Яна товонимга кирса янтоқлар,
Малҳам қўярмисан айтгин, Ҳаётим?
Мункиллаб соғинчдан кўнглим тўйгунча,
Кутсамда ҳаҳ дебон ўша тулпорим.
Маъюс кўзларимга тупроқ тўлгунча,
Қалқон бўлармисан айтгин, Ҳаётим?..
***
Атиргулнинг ёноғига қўниб олган,
Ўша сирли унсизгина капалакман.
Ҳилпираган ҳариргина қанотларим,
Ўйим олам кезиб чиққан бир малакман.
Жаннатмисол товланган бу салтанатда,
Юрагимга сингдираман сурурларни.
Ўша жозиб қанотимни остларидан,
Сочиб юргум жаннатдайин оқ дурларни...
МАМЛАКАТ. ЎКТАМ.