Dard ko‘rinmas vujudim qolib,
Jondan emas qalban og‘rinay.
Sog‘inchingdan yuragim tolib,
Qachongacha seni sog‘inay.
Ko‘ngil g‘ashlik meni tark etsin,
Qo‘rquv alam nariroq ketsin,
Bir umid ber to sabrim yetsin,
Qachongacha seni sog‘inay.
Hasta yurak tanim siltalab,
Visolingni qilmoqda talab,
Yashayabman ahir kun sanab,
Qachongacha seni sog‘inay.
Yolg‘iz senga ketadi hayol,
Axir sevgim emasmi uvol,
Suratinga beraman savol,
Qachongacha seni sog‘inay.
Yana qancha berayin bardosh,
Ko‘zdan sizib chiqolmas ko‘zyosh,
Aytgin endi aytgin bag‘ri tosh,
Qachongacha seni sog‘inay.
Sevilmagan mendayin hormi,
Bo‘ynim uzra sochlaring dormi,
Bu sog‘inchning oxiri bormi,
Qachongacha seni sog‘inay.
Muallif: Komila Qiz.✍
Buyurtma asosida yozildi.
Ikkalamiz oshiq insonga,
Eshit yurak aytildi yor-yor.
Oshno bo‘ldik qara armonga,
Sevganimning endi eri bor.
Kechay deyman lek kecholmayman,
Hayolda ham bir qucholmayman,
Qo‘llaridan choy icholmayman,
Sevganimning endi eri bor.
Bo‘lolmadi juft-u halolim,
Javobsizdir qancha savolim,
U tomonga ketma hayolim,
Sevganimning endi eri bor.
Alamda bir ko‘zimiz yoshlab,
O‘tmishimni orqaga tashlab,
Begonamiz bugundan boshlab,
Sevganimning endi eri bor.
Qalbim to‘lib afsusga qondi,
Bevafo qiz ishqidan tondi,
To‘yi kuni yuragim yondi,
Sevganimning endi eri bor.
Endi uni o‘ylamoq gunoh,
Endi uni sog‘inmoq gunoh,
Ey Allohim o‘zing bo‘l panoh,
Sevganimning endi eri bor.
Muallif: Komila Qiz.
30.04.2024.✍
Nega meni doim hafa qilasan,
Achchiq so‘zlar bilan berasan ozor.
Ko‘ngli og‘riydi deb o‘ylaysanmi hech,
Menda ham yurak bor menda ham qalb bor.
Unutma azizim men ham odamman,
Sen kabi yaralgan bir ojiz banda.
O‘ylama bu umrim abadiy emas,
Yashayman omonat jon chiqar tanda.
Ko‘nglim ham tanim ham Hudoning mulki,
Oldimmi albatta beraman qaytib.
Ojiza ekan deb ho‘rayvermada,
Gar o‘lsam borishar Hudoga aytib.
Ko‘zimni to‘ldirib yig‘lataverma,
Yoshlaring yuzinga yarasharkan deb,
To‘kilgan marjonlar uvolidan qo‘rq,
Vahshiyga aylanma bor esingni yeb.
Qarg‘ading demagin qarg‘amayman hech
Men Alloh urganni qarg‘ayin nechun.
Hatto Hudoga ham solmayman seni,
Qara hamon jimman sevganim uchun.
Ertamni o‘ylamay qilaman desam,
Qo‘limdan keladi katta janjallar.
Ayolman ishlatsam biroz makrimni,
Dilingni tiladi tig‘siz hanjarlar.
Yo aqling kirarmu senga ko‘rsatsam,
Mening hayotimdek do‘zah hayotni.
O‘n gulimdan birim ochilmay turib,
Juda yaqin qilding menga mamotni.
Bugundan o‘zinga o‘zingdak bo‘lib,
Sendan o‘ch olaymi nima deysan ayt?.
Yaxshisi men senga o‘xshamay turib,
Iltimos qilaman bu yo‘lingdan qayt.
Kelgin o‘tganlarning barin unutib,
Iloji boricha yaxshi yashaylik.
Ko‘rganning havasi kelsin bizlarga,
Hozirdan bir yangi hayot boshlaylik.
Muallif: Komila Qiz.
28.04.2024.✍
***
Кечикиб келдимми висолингга мен,
Кечиккан умримни ғамларга кўмдинг.
Ибодатлар қилдим йиғлаганда сен,
Кўзёшларинг билан қалбимни ювдинг.
Нимадан толиқдинг? Недан зерикдинг?
Пардалар тортилган хонангда туриб.
Ҳаяжонларингни кўзингга экдинг,
Мен ҳам фарёд солдим тоғда ҳайқириб.
«Кет» дединг кўзларим қоронғуликка,
Хазонга айланди гулдай ёш умрим.
Чидаш берар эдим ҳар бир оғриққа,
Аммо ҳижронга ҳеч етмади сабрим.
Масжид-ул Ҳарамга қиламан сафар,
Бироқ сенда қолиб кетар ҳаёлим.
Ҳатто Иблиснинг ҳам ўтмиши гўзал,
Бугунингдан гапир соҳибжамолим.
© Маҳмуд ЖАБДУЛҲАМИД
┏━━━━━━━•🌷•━━━━━┓
КЎП ЙИЛЛИК ИШҚЧИ
┗━━━━━━━•🌷•━━━━━┛
Хуш қол сароб умид, асранди орзу,
Кўзёшинг улайсан қадамларимга.
Мени топганларим бахтни улаш-у,
Худбин ҳаётим у аламларимга.
Оғзимга оламан ширин бўсани,
Дегайсан: «Шошқалоқ, бунча сабринг оз»
Мени сева билган битта лаҳзани,
Шеър қилиб жонгинам китобингга ёз.
Эй сен зукко дилсан, кўп йиллик ишқчи,
Мен эса ортингдан борай эргашиб.
Мен ўша жилмайиб юрган қизиқчи,
Ҳаёлларим баъзан кетар чалкашиб.
Эсимга тушди илк, учрашув фурсат,
Висолинг бўлар эди асл муддао.
Лайли жасоратин яна бир кўрсат,
Яна бир афсона қилайлик барпо.
Юрагим ёнди ҳижрон кўчасида,
Ўтли изтироблар куйдиргувчи тафт.
Ёрижон, севгилим даричасида
Мен босган изи бор қизил, қонли кафт.
«Мени тинч қўй»-дея майли ҳайқиргин,
Тақдирингдан сабр косанг лиқ тўлиб.
Кетсанг сочинг кесиб дор ясаб бергин,
Сенга бахт тилайин дорга осилиб.
© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД.
20 апрель — Фахри коинот Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламнинг таваллуд кунлари экан.
Муҳаммадур Расулуллоҳ
Оламга сочган нур-зиё,
Муҳаммадур Расулуллоҳ.
Пайғамбарлар ичра танҳо,
Муҳаммадур Расулуллоҳ!
Дини Исломнинг қуёши,
Мусулмонларнинг йўлдоши,
Фақир аҳлининг сирдоши,
Умматларга пушти паноҳ,
Муҳаммадур Расулуллоҳ!
Ўзи улуғ, сўзи латиф,
Бобоси - Aбдумуталлиб,
Падари эрур Aбдуллоҳ,
Умматларга пушти паноҳ,
Муҳаммадур Расулуллоҳ!
Ҳошим Қурайшнинг авлоди,
Aбдуманнофнинг зурриёти,
То қиёмат дилда оти,
Умматларга пушти паноҳ,
Муҳаммадур Расулуллоҳ!
Aллоҳ қутлуғ калом берди,
Қуръон, Ҳадис - инъом берди,
Фаришталар салом берди,
Умматларга пушти паноҳ,
Муҳаммадур Расулуллоҳ!
Намоз, рўза, закот деган,
Ҳаж қил, то сен ҳаёт деган,
Етим-есир ғамин еган,
Умматларга пушти паноҳ,
Муҳаммадур Расулуллоҳ!
Охир замон пайғамбари,
Пайғамбарларнинг сарвари,
Набийлар шамс-у қамари,
Умматларга пушти паноҳ,
Муҳаммадур Расулуллоҳ!
Aллоҳимнинг ардоғида,
Жойи жаннатнинг боғида,
Ҳавзи Кавсар булоғида,
Умматларга пушти паноҳ,
Муҳаммадур Расулуллоҳ!
Осон олгин бу жонимни,
Ҳамроҳ айла иймонимни,
Тилдан қўйма каломимни,
Умматларга пушти паноҳ,
Шафоат қил, Расулуллоҳ!
…Лa илоҳа иллооллоҳ,
Муҳаммадур Расулуллоҳ!
Istagim bir kuni sen ham mendayin,
Ortinga qayt deya menga yalingin,
Hudodan qaytadi qaytmog‘i tayin,
Davosi men bo‘lgan dardga chalingin.
Yuraging tilgin-u yarasin tuzla,
O‘zingni sen degin suratim sizla,
Tentirab hammadan nigohim izla,
Davosi men bo‘lgan dardga chalingin.
Sira ko‘z oldingdan ketmay yuzlarim,
Izingdan yosh to‘kib qolgan ko‘zlarim,
Bir umr yodingda qolsin so‘zlarim,
Davosi men bo‘lgan dardga chalingin.
Chalajon sevgiga azalar tutib,
Butun umring o‘tsin kelishim kutib,
Sabr qil ko‘p emas ozroq vaqt o‘tib,
Davosi men bo‘lgan dardga chalingin
Bu ishqing bo‘lganda menga yaroqsiz,
G‘amlaring bo‘ladi ishon adoqsiz,
Ko‘p azob chekkancha sonsiz sanoqsiz,
Davosi men bo‘lgan dardga chalingin.
Ismimni takrorlab tinmasin yurak,
Aslo o‘zga emas men bo‘lay kerak,
Mayli qarg‘ish bo‘lsin yokida tilak,
Davosi men bo‘lgan dardga chalingin.
Muallif: Komila Qiz.✍
***
Баъзан шундоқ келади кетгинг,
Ҳаммасидан кечмоқ истайсан.
Борлиқ сени кутади,
Лекин,
Лек, Усизлик сени қийнайди.
Аросатга бош урасан—"гурс",
Садо чиқар ғовак бошингдан.
Ғурур ерда ётар ивирсиб,
Асап музтар турар қошингда.
Сени оқшом қўйиб юбормас,
Сени назар қилмас ҳашарот.
Юлдузлар жамоси—киборлар—
Жилосини сендан яширар.
Ўз ҳолинга қўймайди олам,
Тоғлар тўниб бақраяр сенга.
Шамолларга кўкрак очсанг ҳам
Урилади таъна юзинга.
О! Бу ҳолат барчага таниш,
Оғушига олади эпкин.
Ўз ҳолинга бироз мақтаниш
Ва шунчаки, келади кетгинг.
30.03.2024
Diyorbek
АПРЕЛЬ.
Апрель. Ёр олдига келсинлар вафо,
Лабимда ўсади ишқий каломлар.
Қаршимда сен борсан, қалбимда Худо,
Вақт ўтар, отади бир гўзал тонглар.
Қачондир пойида бўламан ҳалок,
Сўнг қайта тирилай титроқларидан.
Табиат узоқдан боқасан ғамнок,
Соғинч келар апрель сабуҳларидан.
Сукутдан туғилган унларим, сасим,
Шодланар қайғунинг интиҳосидан.
Дунёга арзирли покдил ҳавасим,
Куч олар муҳаббат сарафрозидан.
Туйғулар мавж урар хаёлхонамда,
Кўнглимни поклайди бир сарвиқомат.
Сафолар келади ҳар бир онимда,
Қуёш муҳаббатдан ўқийди оят.
Матонат-у сабот, савоб елкангда,
Кўзда ишқим кўнгилга кўчираман.
«Юрак» деган дардли қаҳвахонангда,
«Capuccino» ичиб сени севаман.
•┈❁✿❁┈••┈❁✿❁┈••┈❁✿❁┈•
© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД.
Hayot davom etarkan jo‘shib,
Yomonini yaxshiga yo‘ydim,
Aldasalar Hudoni qo‘shib,
Alloh uchun aldanib qo‘ydim.
Lof urishdan charchamas joni,
Ro‘yo erur o‘tgan har oni,
Qulog‘imga yoqib yolg‘oni,
Alloh uchun aldanib qo‘ydim.
G‘azabimni qilib ichga jam,
Azobidan yutsamda alam,
Haqiqatni bilib tursam ham,
Alloh uchun aldanib qo‘ydim.
O‘rningizga o‘zim iymanib,
Yurmasin deb sizni qiynalib,
Ishonmaganimdan uyalib,
Alloh uchun aldanib qo‘ydim.
Chora izlab topolmasdan yo‘l,
Duo uchun ko‘taraman qo‘l,
Men bechora men sodda men go‘l,
Alloh uchun aldanib qo‘ydim.
Shu ahvolni bizga ko‘rib ep,
Tupirdingiz non tuzimni yeb,
So‘zlaringiz rost bo‘lsaydi deb,
Alloh uchun aldanib qo‘ydim.
Qotgan bo‘lsa nahot teringiz,
Sanchmasa hech biror yeringiz,
Oshkor bo‘lmaguncha siringiz,
Alloh uchun aldanib qo‘ydim.
Muallif: Komila Qiz.
12.12.✍
Uchratasmi taqdirlar
Abgor holimni bilib,
Kim nelarni yetkazgan,
Koʻngillarni bir qilib,
Senda qolgan bitta soʻz,
Mening tilim soʻzlagan,
Kutmoqdaman aytishing,
Oshiq dilim boʻzlagan.
Senda mening koʻnglim bor,
Emasda oson aytmoq,
Aytib turib javobga,
Javobsizlikda qaytmoq.
Bilmaysanda hech holim,
Chunki sen men boʻlmading,
Gʻurur turib bir tomon,
Mendek sevgi demading.
Koʻzlaringga boqishim,
Kuch berardi kuchimga,
Endi boʻlsa barmogʻing,
Yozmas hat savolimga.
Arzimasmi hislarim,
Yo oʻzingni ayading,
Yoshlik, koʻngil hushlik deb,
Hislarimni oʻynading.
Bormidi balki vijdon,
Oʻylab koʻrsang taningga,
Oʻyin qilishlik yomon,
Oʻyin boʻlma tagʻinga.
Muzaffar Kuchkorov
❤️❤️МЕНГА БИР ЖИЛМАЙИНГ... ❤️❤️
МЕНГА БИР ЖИЛМАЙИНГ, МЕҲР-ЛА БОҚИНГ,
ҚЎРҚУВ ҚАМРАБ ОЛГАЙ, САРКАШ РУҲИМНИ.
КЎЗЁШИМДА СУЗИНГ, ҚОНИМДА ОҚИНГ,
ЛЕКИН РАВО КЎРМАНГ, МЕНГА ЎЛИМНИ.
СИЗГА ИНТИЛАДИ, МЕН БОСГАН ОДИМ,
СИЗСИЗЛИК БАҒРИДА, ЯШАЙДИ ҲУЖРА.
СИЗНИ ТЕЛБАЛАРЧА СЕВИШИМ ЛОЗИМ,
ВА МАЖНУН УСТОЗГА, БЎЛАЙ ҲАЛИФА.
ХАБАРСИЗ ҚОЛАДИ, ҲАР ЎТГАН ДАМИМ,
ГУЛЛАР СИЗНИ БАҒРИНГИЗНИ ТЎЛДИРГАЙ .
УШАЛМАС ОРЗУСИЗ, КЎКНА АРМОНИМ,
«СИЗ ТЕЛБАСИЗ! »-ДЕЯ ЛАБИНГИЗ КУЛГАЙ.
МЕНГА ОҒИР КЕЧАР, БУ УНУТИЛИШ,
ҚАЛБИМНИ ҚОПЛАЙДИ, УНСИЗ СУКУНАТ.
СИЗНИ ИСТАБ ТУРАР, ТЕЛБАВАШ ХОҲИШ,
ВА РАҲМ ҚИЛМАГАЙ, БОҚИЙ МУҲАББАТ.
ЁСИННИ ЎҚИЙМАН, ОРОМ ТОПАР ҚАЛБ,
САОДАТ СЎРАЙМАН, ВАЛИЙ ИНСОНДАН.
МУҚИМ ЖОЙЛАШГАНДИР, КЎЧИБ КЕТМАС ДАРД,
БОҚИБ ТУРАР МАҒРУР, ДИЛ ДЕРАЗАМДАН.
© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД
🌹Ассалому алайкум! Хафтанинг муродбахш Чоршанба тонги, Баҳор фаслининг сўнги ойи муборак бўлсин азизлар!😊
🌹🍃 Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин!
🍃🌺 Бугун шукр ва зикрга бой кун бўлсин!
🤲 Янги кунингиз мазмунли ва баракали ўтсин!
Yig’lamang.
Istirob ichingiz kemirdimu
Mung’ayib bagʻrimni tig’lamang
Sizdagi fig’onlar menda ham bor
Yig’lamang azizim yig’lamang.
Ko’zdagi jolalar ketmasin uvol
Barchasin quvonchli kunlarga asrang
Yoshgina umringiz qilmang siz nochor
Yig’lamang azizim yiglamang.
Ko’ksingiz ichida dardlarni
Bilaman men ham ko’p tortganman
Bardoshlar bergandim bariga
Qarangda bardoshim topganman
Yoqtirmas bu dunyo mag’lubni
Ko’zdan daryolarni izlamang
Sinovlar tiklasin qaddizni
Yig’lamang azizim yig’lamang.
Diydangiz qotiring,- behuda
Dardingiz hech kimga so’zlamang
Tanho yaratgandan qiling iltijo
Yig’lamang azizim yig’lamang.
Ko’z yoshlar ocharmish qalb ko’zin
Ammo bu armondan deb o’ylamang
Yig’lang mayli joynomoz ustida
O’zgaga dard aytib yig’lamang.
Ustizdan kuladi ba’zilar
Tepkilab o’tar ham ba’zilar,
Yo’q emas lek asli yaxshilar
Yig’lamang azizim yig’lamang.
Umidni so’ndirmang ertadan
U uchun hozirdan kuch to’plang
Matonat qasrini quring va
Azizim behuda yig’lamang.
02:33. 15.10.2019.
Muzaffar Kuchkorov (Muhlis)
Yigʻlatmang.
Dosh berarman yomonlarning soʻziga,
Derman koʻnib uni bori shu deya,
Yosh olmasin aslo ayol koʻziga,
Yurak qurgʻur koʻnolmaydi yigʻiga.
Yigʻlamasin ayol koʻz yosh toʻkmasin,
Oʻksimasin sira koʻnglin sindirmang,
Ishonchini paymol qilib soʻngiga,
Kam degandek hech sira izza qilmang.
Bir kam dunyo toʻkis boʻlmas hech zamon,
Qiyshiq qovurgʻamiz toʻgʻrimas hamon,
Ahir hom sut emganku barcha inson,
Yosh toʻkmasin ayolni hech yigʻlatmang.
Besababdan toʻkilsa nogoh yoshi,
Ham boʻlsinda erkakning magʻrur boshi,
Chimirmasin alamdan kamon qoshi,
Yosh toʻkmasin ayolni hech yigʻlatmang.
Mayli toʻksin koʻzlaridan jolalar,
Sababchisi boʻlsin quvonch, tolalar,
Biz ne qildik ayol qilsa nolalar,
Yosh toʻkmasin ayolni hech yigʻlatmang.
Erman deya ey koʻksini kerganlar,
Haqiqiy er ayol qadrin bilganlar,
Ayol qadrin Rasulimdan soʻranglar,
Yosh toʻkmasin ayolni hech yigʻlatmang.
Muzaffarning koʻngli yoʻqdir yigʻiga,
Eziladi qoʻshilishib dardiga,
Yechim bersin har kimsa sinoviga,
Yosh toʻkmasin ayolni hech yigʻlatmang.
29.04.24. 00:44
Хаётдан не маъно ,агар иймон эътикод булмаса .
Хаётдан не маъно,
севги булмаса,
Ерда гул булмаса осмон аро нур,
Хаётдан не маъно бахтинг кулмаса
Омадинг келмаса кучмаса сурур.
Хаётдан не маъно гулзор килсанггу ,
Шохига бир булбул учиб келмаса
Хаётдан не маъно, куйни билсанггу
Кишилар калбига нурдек тулмаса
Хаётдан не маъно дуст деган инсон
Энг огир кунингда дардкаш булмаса
Номардга ёксаю хаёт олкиши ,
Мардларнинг богчаси нурга тулмаса .
Хаётдан не маъно, фарзанд устириб
Рохатин курмасанг бир лахза бир он
Аксинча у доим йулингда панд бериб ,
Юрак багринг килса коп кора кон .
Хаётдан не маъно,давлат топсанггу
Соглигинг панд бериб турса хар лахза .
Максадни от килиб миниб чопсанггу
Етганда булмаса хузур ва мазза .
Duet:
To‘yimga kelsangiz gul olib keling (Komila Qiz)
To‘yinga baxt tilab boraman bir kun (A'zam Umrzoqov)
Ichimda havotir ichimda hadik,
Qalbiga dard to‘lgan bo‘lmas menchalik,
So‘ngi bor sizdan shu bo‘lsin estalik,
To‘yimga kelsangiz gul olib keling.
Bir tutam gul senga so‘ngi nihoya
Uncha cho‘zilmadi bizning hikoya
Sening bir qarashing menga kifoya
To‘yingga baxt tilab boraman bir kun...
Biz mahkam tutolmay ahdning qo‘lidan,
Shu yerda ayrildik taqdir yo‘lidan,
Qontalash bag‘rimdek qip qizimdan,
To‘yimga kelsangiz gul olib keling.
Bizni kulgu qildi shu ishq muxabbat
Isming yodim uzra aylanar faqat
Mendan xafa bo‘lma bo‘lma betoqat
To‘yingga baxt tilab boraman bir kun
Oldinga yurishdan oyog‘im tolib,
Bosh adoq sizga jim nazarlar solib,
Zora taskin topsam qo‘limga olib,
To‘yimga kelsangiz gul olib keling.
So‘ngi bor, boraman holing ko‘rgani
Ko‘zlaring ko‘rgani, so‘zlamay beun
Qo‘limga gul olib senga bergani
To‘yinga baxt tilab boraman bir kun...
✍️Komila Qiz
✍️A'zam Umrzoqov
Sevib sevilibsiz qilingda shukr,
Chin oshiq sizni hech bu oshiq demas.
Dildagi so‘zingiz qarg‘ishmi nedur,
Sevib sevilish ham hammaga emas.
Qasam-la ondlashib ho‘p birga yurib,
Visolga yetmabsiz nima bo‘libti.
Ishqidan ayrilgan bitta sizmi yo,
Ayriliq dardida kimlar o‘libti.
Hozir sizga og‘ir juda ham og‘ir,
Bilaman bu tuyg‘u menda ham bo‘lgan.
Tandagi yuragim yonib tursada,
Hech kimga sezdirmay yuzlarim kulgan.
Hech nima qilmasdi meni sevsada,
Ko‘rganda jilmayib bir so‘z demasdi.
O‘zidan o‘tganin bilardi yurib,
Sezardim unga ham oson emasdi.
Dardini ro‘yi rost aytmagan bilan,
Siz sevgan inson ham hozir shu holda.
Nima foyda uni hudoga solib,
Qarg‘ish ortiqchaku bunday ahvolda.
Alami yurak-u bag‘rini tilib,
Sevgisi shundoq ham azob beryapti.
Unga nafratingiz ortiqcha hozir,
Siz sevgan insonga rahmim kelyapti.
Qalbda qancha orzu umidlar bilan,
Siz uni sevgandek sizni sevgandi.
Ayriliqda uning nima aybi bor,
Aybi shu u sizga ko‘ngil bergandi.
Uning yelkasiga oila sha'ni,
Tushirib bo‘lmas bir toshdek ortilgan.
Yuzini yuvganda ko‘zdagi yoshi,
Alami aralash kulib artilgan,
Hudodan top demang qaytmasin sizga,
Baxtli bo‘lasizmi baxtsizlik tilab.
Endi ortga yo‘l yo‘q bo‘lar ish bo‘ldi,
Yaxshisi mardlarcha qo‘ying baxt tilab.
Muallif: Komila Qiz.
20.04.2024.✍
/ JASURBEK SUBXANOV / SIZ O'SHAMU / JONLI IJRO
𝗕𝗢𝗛𝗢 𝗕𝗘𝗥𝗜𝗡𝗔𝗖𝗛𝗜 𝗝𝗨𝗗𝗔 𝗭𝗢𝗥 𝗔𝗬𝗧𝗞𝗔𝗡 𝗘𝗞𝗔𝗡 𝗠𝗔𝗡𝗚𝗔 𝗬𝗢𝗤𝗧𝗜 𝗦𝗜𝗭𝗚𝗔𝗖𝗛𝗜
Bir insonni iltimosiga ko‘ra yozildi.
Keling agar taklifimga hop desangiz,
Uchrashuvga Mers mashina minib boray.
Muhabbatim haridori ko‘p desangiz,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.
Nafasingiz tiqilsa ham bo‘g‘zingizga,
Juda bino qo‘yibsiz-a o‘zingizga,
So‘rang berib qancha sig‘sa og‘zingizga,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.
Qimmat qimmat restaranda yeb ichaman,
Samalyotda Dubay tomon ho‘p uchaman,
Endi sizlar orzu qilgan boyvachchaman,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.
Poylay sizni gullar sochib yo‘lingizga,
Iphone15 olib beray qo‘lingizga,
Zora shuda yo‘l topolsam ko‘nglingizga,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.
Kambag‘al deb kamsitgandi bir holangiz,
Sovchilarga yo‘q degandi jon onangiz,
Menga katta narh aytgandi shu otangiz,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.
Hamma ketdi yolg‘iz qolib g‘amni quchdim,
Alamimdan o‘zim yonib o‘zim o‘chdim,
O‘sha payti boy bo‘lishga qasam ichdim,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.
Zamon kelib bo‘lib qoldik biz shunaqa,
Sizga bunday taklif bo‘lmas hech bunaqa,
Bering o‘sha o‘tmay qolgan sariq chaqa,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.
Muallif: Komila Qiz.
19.04.2024.✍
⚡️10 йилга бўлиб тўлашга Уй
⚡️ Тошкент шахрида таъмирланган уй эгаси бўлинг!
👉Уйларни кўриш
БЕРОЛМАМ.
Кўзларингда доим яшайман юпун,
Ҳаёллар сураман, бўламан мен маст.
Ҳаммадан ҳам сенга бўламан яқин,
Сен бўласан менга жоним муқаддас.
Кўп танбеҳ эшитдим ишқнинг дарсида,
Вафо қалъасида сақлаяпман жон.
Худо ҳам жилмайди боқиб аршидан,
Ҳақ мени дийдорга сақлагин омон.
Мени азоблама ҳижронда ортиқ,
Юракдан чиқаргин қўрқув, ҳадикни.
Борлиғимни сенга қиламан тортиқ,
Лек сенга беролмам шармандаликни.
© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД
Ishi yo‘qlar bilan endi ishim yo‘q,
Senga nima desa menga ham nima.
Yonib ketmaydimi menga deyishsa,
Sira o‘zgarmaydi menda hech nima.
Yetar bas men endi o‘zimni o‘ylay,
Bilmagan bilmaydi kuyganim bilan.
Hayoliga kelmas parvoyi falak,
Ming bora tirilib o‘lganim bilan.
Bugun tun o‘rnimda hotirjam uhlab,
Ertaga uyg‘onib ko‘zguga qaray.
So‘lg‘in yuzlarimga ho‘p oro berib,
Chigalin yozgancha sochlarim taray.
Ko‘zimni chirt yumib nafasim roslab,
Ozgina dam olay ish qochib ketmas.
Kecha kun to‘xtovsiz qilganim bilan,
Ish o‘lgur hech qachon ohirga yetmas.
Bo‘ldi qil charchading o‘tirgin deya,
O‘zimdan o‘zgasi g‘amim yemaydi.
Jon der qilaversam indamay ishni,
Hech yo‘q til uchida rahmat damaydi.
Cho‘ntakka pul solib bozorga borib,
O‘zim uchun bitta ko‘ylak olaman.
Qimmat restoranga birro‘vga kirib,
Avvali qorinni to‘qlab olaman.
Buyumlar olaman eng qimmatidan,
Do‘st-u dushmanimning ko‘zin kuydirib.
G‘amsiz tashvishlarsiz kulib yashayman,
O‘zimni o‘zimga o‘zim suydirib.
Amalga oshmagan shu payitgacha,
Bilmaysiz qalbimda qancha orzu bor.
Yashashni o‘zimga qo‘yib bering siz,
O‘zimni bir o‘zim qilay baxtiyor.
Ahir yaxshisiga munosibman-ku,
Meni boshqalardan nima kamim bor.
O‘zimga buyursin endi topganim,
Pul topib bo‘lmayin yana pulga zor.
Doim o‘zgalarning g‘amini yemay,
O‘zim uchun hayot boshlayin endi.
Yosh bola emasman meni tinch qo‘ying,
Odamman odamdek yashayin endi.
Muallif: Komila Qiz.
16.04.2024.✍
Bir qorindan tushmaganmiz lek,
Joni boshqa jonajonlarim.
Jigar huddi aka-ukadek,
Qadri qimmat qadrdonlarim.
Krugdan hech chopilmaydigan,
Hech nimaga sotilmaydigan,
Ikki qayta topilmaydigan,
Qadri qimmat qadrdonlarim.
Yaxshi yomon kunimga yorsiz,
Doim shaysiz doim tayyormiz,
Shukr deyman yaxshiyam borsiz,
Qadri qimmat qadrdonlarim.
Kelsangiz gar ko‘nglim to‘ladi,
Yolg‘izlikning zahri o‘ladi,
Do‘st degani sizdek bo‘ladi,
Qadri qimmat qadrdonlarim.
Tatimaydi sizsiz choyxona,
Yoqmaydi tog‘ xatto mayxona,
Dunyo bir yon sizlar bir yona,
Qadri qimmat qadrdonlarim.
Ishim tushsa chopib kelasiz,
Shamoldayin uchib elasiz,
Ne so‘rasam topib berasiz,
Qadri qimmat qadrdonlarim.
Tark etmagan bizni oqibat,
O‘z o‘rnida izzat-u hurmat,
Maxsharda ham bo‘laylik ulfat,
Qadri qimmat qadrdonlarim.
Muallif: Komila Qiz.
15.04.2024.✍