Toma-toma ohir ko‘l bo‘lgan,
Ko‘zyoshimga cho‘milgan ko‘nglim.
Kim ne desa mayli, mayli deb,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.
Mehrsizdan muhabbat kutib,
Alam pushmon zardobin yutib,
O‘zga deya o‘zni unutib,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.
Tosh chiqsada yegan oshidan,
Umidning hech ketmay qoshidan,
Har narsani boshlab boshidan,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.
Ichi zulmat yuzlari kulgan,
Bora-bora sabri liq to‘lgan,
Har narsaga javobi bo‘lgan,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.
Xo‘pga eshik yopolmaydigan,
Ildizidan chopolmaydigan,
Ahtarib ham topolmaydigan,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.
Yetar shuncha g‘amga yumding ko‘z,
Baxt tomonga endi qo‘ling cho‘z,
Son sanoqsiz ammo bitta so‘z,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.
Muallif: Komila Qiz.✍
🌹🌹Маснуълар. 🌹🌹
Менинг ҳажримда ёнган, телбаваш бўлган аёл,
Умринг бахтга тўлсин деб, ҳижрондан чекдим озор.
Озор чекдим ҳижрондан, тўлсин деб бахтга умринг,
Аёл бўлган телбаваш, ҳажримда ёнган менинг.
🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷
Дилимга қилдим исён, қарши чиқдим дунёга,
Ҳолимга қарамайин -ишқ бер-дедим Худога.
Худога дедим -бер ишқ-қарамайин ҳолимга,
Дунёга чиқдим қарши, исён қилдим дилимга.
🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷
Ағёрларни қастидан, тилка-пора вужудим,
Айёрларни дастидан, мен жуда ҳам чарчадим.
Чарчадим жуда ҳам мен, дастидан айёрларни,
Вужудим тилка- пора қастидан ағёрларни.
🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷
Ўз ўзимдан гапирмай, гунг ошиққа айландим,
Шу сўзимдан илиниб, Мажнунликка сайландим.
Сайландим Мажнунликка, илиниб шу сўзимдан,
Айландим гунг ошиққа, гапирмай ўз ўзимдан.
🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷
-Кибор бўлма-дедилар-фақирлар даврасида,
Виқор тўкма-дедилар-ошиқлар орасида.
-Орасида ошиқлар-дедилар-тўкма виқор,
Даврасида фақирлар-дедилар-бўлма кибор.
🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷
Сен яшайсан қайғуда, йиғлайсан яна дилдор,
Мен олисда севаман, ёнингда жобир ағёр.
Ағёр жобир ёнингда, севаман олисда мен,
Дилдор яна йиғлайсан, қайғуда яшайсан сен.
🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷
Баридан кечдим бу тун, айлангум девонага,
Қаридан териб меҳр, ишонгум афсонага.
Афсонага ишонгум, меҳр териб қаридан,
Девонага айлангум, бу тун кечдим баридан.
🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷
Йиғлар ошиқлар тинмай, кўзёш тўкар ҳақиқат,
Тиғлар қалбимни доим, армон бўлган муҳаббат.
Муҳаббат бўлган армон, доим қалбимни тиғлар,
Ҳақиқат тўкар кўз ёш, тинмай ошиқлар йиғлар.
🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷🥀🌷
10.05.2024.
© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД
Zor yuragim sensiz qolganda,
Shum yolg‘izlik boshim egadur,
Yoding bir zum hayol olganda,
Quchgim keldi seni negadur.
Yetmaguncha dilim bo‘lar hun,
Ko‘nglimdagi yechilmas tugun,
Aynan xozir aynan shu bugun,
Quchgim keldi seni negadur.
O‘zgasiga parvo qilmayman,
Tunlar ko‘zga uyqu ilmayman,
Sog‘indimmi juda bilmayman,
Quchgim keldi seni negadur.
Visol bilan qalbim bezay deb,
Baxt bog‘ini birga kezay deb,
Taningdagi tafting sezay deb,
Quchgim keldi seni negadur.
Azal derlar dunyoni bir kam,
Bilsang sensan mendagi shu kam,
Ne desang ham qo‘yvormay mahkam,
Quchgim keldi seni negadur.
Sen-la go‘zal men uchun borliq,
Sevamanda jonimdan ortiq,
Humorimdan chiqquncha qattiq,
Quchgim keldi seni negadur.
Ahd-u vafo qo‘lidan tutib,
Hijron degan girdobdan o‘tib,
Ishon hatto o‘zni unutib,
Quchgim keldi seni negadur.
Muallif: Komila Qiz.✍
Ёнишдан эй, кўнгил, айтгин қандай наф.?
Разолат кўйида ёнмоқда дунё.
Аланга олдирма, балони қил даф!
Сен кетсанг бу ғамлар кетарму гўё.?
Тўхтатиб олгайсан қай бир гуноҳни?
Минг афсус шарқона тарбия мажруҳ.
Аксинча, Раҳмондан сўра паноҳни,
Куймасин гулханда жонимиз ва рух!
Яшамоқлик аҳир Раҳмондан неъмат,
Унинг ҳукмига сен, қарши бўлма ҳеч!
Сен "кўпик" эмассан, унутма уммат,
Тавба қил саждада бўлмасидан кеч..
Яхшиям шу алам, оғриқлар ҳам бор,
Ҳақ балким, кечиргай гуноҳимизни.
Адолат бир ўзи йиғламоқда зор..
Айтишдан фойда йўқ.. минг оҳимизни!
"Маккора ғаним" га сен одил бўлгин,
Ажрингдан яйрасин иймон севиниб.
Синовлар кўксида кел қуёш бўлгин,
Ҳасадлар тўлғонсин жилмайиб, кулиб..
7.05.2024 Тошкент (20-00)
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
#ЯНГИ ИЖОДИМ.. ☝️🥀
✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ
@Dilafruz_Eshonqulova
СЎНГГИ МАКТУБ.. ❤️💔🤲👋
22.11.2023 Тошкент
#МАХСУС ИЖОД.. ИЛТИМОСГА БИНОАН.. 🍁🍁
✍🎙ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ
@Dilafruz_Eshonqulova
🍃🌹АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ЖУМА МУБОРАК БЎЛСИН!🌹🍃
•🎊•🌹•Роббимиз - Аллоҳ
•🎊•🌹•Динимиз - Ислом
•🎊•🌹•Қибламиз - Каъба
•🎊•🌹•Айёмимиз - Жума
•🎊•🌹•Фарзимиз - Намоз
•🎊•🌹•Қарзимиз - Закот
•🎊•🌹•Орзуимиз - Ҳаж
•🎊•🌹•Амалимиз - Савоб
•🎊•🌹•Тилимиз - Тақво
•🎊•🌹•Нафратимиз - Зино
•🎊•🌹•Севганимиз - Ҳайит-Рамазон
•🎊•🌹•Сўзимиз - Алҳамдулиллаҳ
•🎊•🌹•Энг катта орзуимиз - Жаннат ва Аллоҳнинг васли иншааллоҳ!
🌹Бугун сокин осмону фалак,
🌹Ҳамма излар Аллоҳдан кўмак!
🌹Мусулмонмиз бу бахтдир демак,
🌹Қадрдонлар Жума муборак!
🌙✨ЭНГ ЯҚИН ИНСОНИМ ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!!!
🤔Баъзида таҳоратим бор-йўқлигида шубҳа қилиб қоламан, шу пайтда қандай йўл тутиш керак?
💥 Бугун 2-май Ака-ука ва опа-сингиллар куни экан
Суянчиғим АКАМ,
Ишонганим УКАМ,
Онамдек оқ-кўнгил ОПАМ-СИНГЛИМ
Борингизга шукур, доим соғ омон бўлинглар жигарларим
Яқинларга ҳам улашинг!👇
Rayhona ustozimga😊😊😊😊
Ho‘p yarashar isming o‘zinga,
Hushbo‘y hidli nozik Rayhonim.
Ketmagaysan sira yodimdan,
Seni o‘ylab o‘tar har onim.
Tinch qo‘ymaysan uyqularimda,
Ko‘zim yumsam tushimga kirib.
Ammo o‘ngda xabar olmaysan,
Qo‘ymaysan hech bir nazar qilib.
Hayolimdan ketmaydi bilsang,
Kipriklaring qaro ko‘zlaring.
Qulog‘imda shivirlab turar,
Kulib aytgan har bir so‘zlaring.
Izhor qilib tuyg‘ularimni,
Erishay ayt qanday sevginga.
Seni sevgan o‘zgalar qolib,
O‘zim ega bo‘lay mehringa.
Albat senga erishaman deb,
Ham orzu ham qilganman-ku ahd.
Bu dunyoda bilsang edi sen,
Borligingni o‘zi menga baxt.
Muhabbatim nega ko‘rmaysan,
O‘zimman-ku oshig‘ing sening.
Yuragimni chamanzor qilgan,
Bog‘imdagi Rayhonim mening.
Muallif: Komila Qiz.
13.05.2024.16:48.✍
Yurakda tuyg‘ular g‘alayon qilib,
Bo‘ysunmay qoldi hech tushungin meni.
Kechir xo‘p seni ham o‘zimdek bilib,
O‘lgudek sog‘inib ketyabman seni.
Yolg‘iz bir hudoga ayondir holim,
Uzrlar so‘rayman kelsa malolim,
Xar onda sen tomon ketib hayolim,
O‘lgudek sog‘inib ketyabman seni.
Sen emas sensizlik meni suyganda,
Shabboda aralash atring tuyganda,
Qucholmay otashin bag‘rim kuyganda,
O‘lgudek sog‘inib ketyabman seni.
Bo‘lyabman devona bo‘lyabman garang,
Uzilay deyabti asablar tarang,
Ipsiz bog‘langandek turibman arang,
O‘lgudek sog‘inib ketyabman seni.
Nega sezmayabsan chekkan bu jabrim,
Nahotki yo‘q bo‘lsa sen uchun qadrim,
Ishongin limmo-mim to‘layapti sabrim,
O‘lgudek sog‘inib ketyabman seni.
Tun-u kun holimga qo‘ymas humoring,
Aqlimni olganda yuzdagi holing,
Xattoki chorlaydi tushda visoling,
O‘lgudek sog‘inib ketyabman seni.
Kerakmas o‘ylamay bo‘ldi deyman bas,
Lek qalbim tubidan keladi bir sas,
Netay yoding ila olyabman nafas,
O‘lgudek sog‘inib ketyabman seni.
Seni o‘ylash malol kelsa ham jonga,
Noming yurak tugul singdi bu qonga,
Bir kuni erk berib qo‘ymay shaytonga,
O‘lgudek sog‘inib ketyabman seni.
©️Muallif: Komila Qiz.✍
Sho‘rlik yurak urishdan tolib,
Ich ichimdan juda og‘rindim.
Bilsang qancha yaxshilar qolib,
Sen yomonni juda sog‘indim.
Hamon chorlar meni sarobing,
O‘zimmanku ko‘ngli harobing,
Humor qilar hatto azobing,
Sen yomonni juda sog‘indim.
Tushlarimga aylansa o‘nging,
Bo‘lmasada menda bu ko‘ngling,
Bilinyabti qalbimda o‘rning,
Sen yomonni juda sog‘indim.
Hayolimni band etding sekin,
Bor mehrimni bergandim tekin,
Hech tan olgim kelmaydi lekin,
Sen yomonni juda sog‘indim.
Ko‘rgim kelar goho yuzingni,
Kipriklaring qaro ko‘zingni,
Qumsab aytgan achchiq so‘zingni,
Sen yomonni juda sog‘indim.
O‘zingsanku suyangan kishim,
Boshqa bilan bo‘lmaydi ishim,
Bilsang edi qattiq sevishim,
Sen yomonni juda sog‘indim.
Sen-la meni armon qarshilar,
Alamimni kuylar baxshilar,
Sendek bo‘la olmas yaxshilar,
Sen yomonni juda sog‘indim.
Muallif Komila Qiz.
08.05.2024.22:30.✍
Eng yoqtirgan sherlarimdan
Iltimoslariga binoan takror joylanmoqda
Tugadi-ku yetar deb balki,
Takror-takror o‘ylashdan to‘ydik.
Ortga tashlab barin shunchaki,
Unutmadik eslamay qo‘ydik,
Bas deguncha to‘lab hunlarni,
Azob yutgan tongsiz tunlarni,
Boshimizdan o‘tgan kunlarni,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.
Holimizga guvoh bir hudo,
Dilga afsus beradi jazo,
Unutaman dedigu ammo,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.
Biroz o‘chgan bo‘lsada hira,
Qalb tubida bordir hotira,
Essiz shu deb bizning xotima,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.
Mayli bizga buyurmadi baxt,
Bajarilmay qoldi qancha ahd,
Buyog‘ini ko‘rsatar deb vaqt,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.
Yurak u deb tursada urib,
Tuyg‘ularni bir chetga surib,
G‘ururimiz ustunroq ko‘rib,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.
Xar daqiqa sog‘inganimiz,
Sog‘inganda og‘ringanimiz,
So‘ng suhbat-la ovunganimiz,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.
Tanish chehra tanish o‘sha yuz,
O‘sha ovoz o‘sha mungli so‘z,
Yurak o‘ynar tushsa ko‘zga ko‘z,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.
Hayollarga qo‘yib olib chek,
O‘zni tutib begonalardek,
Xudbinlarcha tan olmaymiz lek,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.
Muallif Komila Qiz✍
СЎНГГИ МАКТУБ..
#МАХСУС ИЖОД.. 👋🍁💔❤️
Бугун мана сўнгги бор,
Сенга мактуб битяпман.
Кўринмасин дунё тор,
Юрагингдан кетяпман.
Минг бор ёзган хатингга,
Жавоблар ёзолмадим.
"Содиқ бўл" деб, аҳдингга,
Ёнингда қололмадим.
Пок ишқингни олдида,
Айлайман минг бор таъзим.
Гумон раҳна солдида..
Оғир ботмасин сўзим.
Гоҳ кулиб, гоҳ йиғладим,
Ўзинг бўлдингку.. гувоҳ.
Бағримни жим.. тиғладим,
Пора этмасин гуноҳ.
Кўз ўнгингда суратим,
Гўзал хотира бўлсин.
Билмайсанда сийратим..
Кўнглинг нурларга тўлсин.
Қўлингдаги гулингни,
Бергин соҳибжамолга.
Ёритсин у йўлингни,
Йоймай ишқни малолга.
Дуоларим бошингдан,
Ёғилиб турсин ҳар дам.
Гард чиқмасин ошингдан,
Бахтли бўлгин, бўл бардам!
Юрагингдан кетяпман,
Асиранг бўлолмадим.
Билмам қайга кетяпман.?
Мен бадал тўлолмадим!
Бугун мана сўнгги бор,
Сенга мактуб битяпман..
22.11.2023 Тошкент (09-43)
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ
@Dilafruz_Eshonqulova
@JoinRemoveBot билан энди гурухингизда кераксиз кирди чикди хабарларни ўчириб беради.
✅ Кунига нечта одам кириб чикганини санаб боради
✅ Бот котмасдан ишлайди
✅ Ҳар куни реклама ташамайди
👉 Гурухга қўшиш
O'zimizdan tonib ketdik muhabbat.
Olov bo'lib yonib ketdik muhabbat.
Juft yulduzlar porlagan ishq bog'ida.
Yana yolg'iz qolib ketdik muhabbat.
Tik boshimni egib qo'ydi og'ir g'am.
Kurashmoqqa madoring yo'q sening ham.
Alamlardan ko'zlarimiz bo'lib nam.
Yana yolg'iz qolib ketdik muhabbat.
Buncha bizni hush ko'rmasa dard degan.
Gul bog'imiz qopladiku gul tikan.
Nima qilay peshonamiz shu ekan.
Yana yolg'iz qolib ketdik muhabbat.
Xotimaga yetib keldik biz mana.
Qayta sevgi azobidan dil yara.
Ortga boqmay ketayapti yor qara.
Yana yolg'iz qolib ketdik muhabbat.
©Muallif: Komila Qiz.✍
❤️Sevolsin dillar❤️
Ko'nglim bulbul bo'lgin,zog'laring o'lsin.
Yurakda armonli tog'laring o'lsin.
Gullaring ochilsin,bog'laring kulsin.
Bir kun yashasa ham ochilsin gullar..
Ko'nglim atirgul bo'l,tarat bo'ylaring.
Yuragim qoniday alvon kuylaging.
Dardimni unutib kelar kuylagim.
Bir kun yashasa ham,yayrasin dillar.
Ko'nglim bir navo bo'l,yarat kuylaring.
Unutsin har bir dil g'amu o'ylarin.
Kuyingdan zavqlanib,kelsin o'ynagim.
Bir kun yashasa ham,o'ynasin dillar.
Ko'nglim oshiq bo'lgin shunday sevguvchi.
Muhabbat mangudir,havas o'lguvchi.
Oshiqlarni boqiy baxtga eltguvchi.
Bir kun yashasa ham,sevolsin dillar.
Ko'nglim armon bo'lgin,shunday bir armon.
Seni mensimaslar,qilsinlar armon.
Shunday kun kelsinki,bir dorilomon.
Armon neligini bilmasin dillar.
O'jar Yurak...🖤
🌈🖊📃MAHMUD ABDULHAMID
🌈🎤🎼FAZILAT
.........................................