O‘zi aytganchalik meni deb emas,
Dunyoda dunyo deb yugurganlarim.
Hech biri zarracha g‘amimni yemas,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
Ortimdan dushmandek o‘yin boshlagan,
Hiyonat yo‘liga qadam tashlagan,
Begona emasdir ko‘zim yoshlagan,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
Indamay boshimga solsada neni,
Yonimda aytadi o‘ylayman seni,
Aslida ko‘rishga ko‘zi yo‘q meni,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
Neniki so‘ramang barini berdim,
O‘zingizdan ko‘proq g‘amingiz derdim,
Boringiz shu ekan nima ham derdim,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
O‘rnimga men bo‘lib qadam tashlaysiz,
Bir ikki gapirsam nolib boshlaysiz,
Mening hayotimda sizlar yashaysiz,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
Urishdan yashashdan yuragim tolgan,
Borlarim borim deb borimni olgan,
Sizlardan shu et-u, suyagim qolgan.
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
Ishingiz tushganda to‘rdan to‘rdaman,
To‘rt devor atalmish ochiq go‘rdaman,
Men sizlar sababli tirik murdaman,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
©Muallif: Komila Qiz.
20.07.2023.✍
Bugun UzMobile-ni tuģilgan kuni buni 5 ta guruppoga yuboring 60 daqiqadan sõng 100000mg beradi.Jõnatib bólsangiz *107# terib tekshirib kóring
😳😳ROST.EKAN😳😳
❤️❤️❤️❤️❤️ MUHABBATNI UYG'OTING ❤️❤️❤️❤️❤️
Bu ne dardki, kiprigimda nam,
Dunyo bir kam, kami to'lmaydi.
Muhabbatsiz huvullar tanam,
Muhabbatsiz yashab bo'lmaydi.
Muhabbatni uyg'oting uhlab qolmasin ....
Lazzatli gunohu savoblari ham,
Ushalmagan orzusi, saroblari ham,
Axir shirin edi azoblari ham,
Muhabbatni uyg'oting, uhlab qolmasin..!
Usiz dunyo qalbi botar titroqqa,
Usiz osmon uzilib tushar tuproqqa,
Usiz halovatim uchar yiroqqa,
Muhabbatni uyg'oting, uhlab qolmasin..!
Kimdir meni sog'indi, mensiz to'lg'ondi,
Bir go'zal mehrini mendan qizg'ondi,
Ayriliq bunchalar erta uyg'ondi,
Muhabbatni uyg'oting, uhlab qolmasin..!
Sevgimni yo'qtdim, topdim alamlar,
Tark etdi baxtimni baxtiyor damlar,
Ahvolimga kulmang, yig'lang, odamlar,
Muhabbatni uyg'oting, uhlab qolmasin..!
Ishonchdan in quring sof dilingizga,
Vafo degan gul bering sevgilingizga,
Sevaman deb ayting, bir-biringizga,
Muhabbatni uyg'oting, uhlab qolmasin..!
Axir shirin edi azoblari ham....
AZIZ XO'JA NUR
Sirdaryo Sayhun
"Ezgulik" kitob to'plamidan
❗️Диққат Топишмоқ
Қайси нарсани ҳомлигича еб бўлмайди,
Лекин пишгандан кейин бари-бир ташлаб юборилади🤔
Бу топишмонинг жавобини 99% одам топа олмаётган экан.
Жавобни билиш 👈
КАТТА ОДАМ БЎЛАМАН ОНА
Кўнглингизни тугаб маҳтали,
Келар бахтли кунларнинг гали.
Дуо қилинг, кўрасиз ҳали,
Катта одам бўламан она.
Армонларнинг эшигин ёпиб,
Бир кун омад келади чопиб.
Халқ ичида ўрнимни топиб,
Катта одам бўламан она.
Ҳеч кимсага қолмас муҳтожим,
Муҳзунлигим олар қувончим.
Иншааллоҳ, комиль ишончим,
Катта одам бўламан она.
Истараси иссиқ, савлатлик,
Бой бадавлат, ҳалол, давлатлик.
Сиз айтгандек сахий, ҳимматлик,
Катта одам бўламан она.
Кўролмаслар бағрин тилганча,
Бир бўлганни дўстим билганча.
Юзингизни ёруқ қилганча,
Катта одам бўламан она.
Мақсадларим кўнглимда жодир.
Ҳақдан ҳолис нийят бажодир,
Сизни хожи қилишга қодир,
Катта одам бўламан она.
✍Одилбек Қодиров
БУ УМР ҒАНИМАТДИР, УНИНГ ҲАР БИР ОНИНИ ГЎЗАЛ ХОТИРАЛАР БИЛАН ЎТКАЗИШГА ИНТИЛИНГ..ЗЕРО БУ ДУНЁДА БАРЧАМИЗ МЕҲМОНМИЗ.БИЛАСИЗМИ ҲАЁТ ҲАМ АСЛИДА НЕЪМАТДИР. БИЗ ЭСА, УНИНГ БАҒРИДАГИ ОМОНАТЛАРМИЗ..ШУНДАЙ ЭКАН, БИР-БИРИМИЗГА
🍃🍃МУРУВВАТЛИ,
🍃🍃ШАФҚАТЛИ,
🍃🍃ҚАТТИЯТЛИ,
🍃🍃КЕЧИРИМЛИ,
🍃🍃МЕҲРЛИ,
🍃🍃ОҚИБАТЛИ,
🍃🍃САДОҚАТЛИ,
🍃🍃ҲИММАТЛИ,
БЎЛИШДАН АСЛО ТОЛМАЙЛИК🤲🤲🍃🍃🌹🍃🍃
ЧУНКИ, БУ ДУНЁ ЎТКИНЧИДИР, ҲАТТО КЕЧИРИМ СЎРАШГА ҲАМ УЛГУРМАЙ ҚОЛИШИМИЗ МУМКИНЛИГИНИ УНУТИБ ҚЎЙМАЙЛИК!🍃🤲🍃
2.07.2023 Тошкент (23:50)
✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ
@Dilafruz_Eshonqulova
Германиялик 2 ёшли қиз отасининг ўйламай қилган ҳазили туфайли 40 ёшли аёлдек кўринишка келди!
Дам олишка чиқан оила кўл бўйида ўтирган вақтидан Марк ўзининг хотинига тўсатдан ҳазил қилишга қарор қилади у ўзининг фарзанди ёткан аравани тезда...давомини ўқинг😔👇
Mushkullarga topolmay chora,
Har narsani o‘zimga oldim.
O‘tib ketar deb bora-bora,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Go‘yo to‘lgan dunyodagi kam,
Sezilmaydi na og‘riq na g‘am,
Uzoqlashdi mendan dard alam,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Unutilgan hatto shodligim,
Ota-onam qanday zodligim,
Tanish yoki yetti yodligim,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Kelgandekman tushdan ro‘yodan,
Poyoni yo‘q tubsiz daryodan,
Uzilgandek tashqi dunyodan,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Qiziqtirmas bozorlari ham,
Menga zor-u bezorlari ham
Dilni o‘ymas ozorlari ham,
Hech narsani his qilmay qoldim
Tiqilmaydi minnat oshlari,
Ta'sir qilmas tuhmat toshlari,
Qurib bitdi ko‘zim yoshlari,
Hech narsani his qilmay qoldim.
O‘ynatolmas nomard nag‘masi,
Qo‘rqitolmas g‘iybat tamg‘asi,
Baribirdek menga hammasi,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Azoblarda o‘tda yonishim,
Hadiktirmas yolg‘iz qolisim,
Balki shudir o‘zdan tonishim,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Qotdimikan yuzimning teri,
Torlik qilib Xudoning yeri,
Hayronmaney anchadan beri,
Hech narsani his qilmay qoldim.
©Muallif: Komila Qiz.
20.07.2023.✍
DİQQAT!!!
Diqqat,Diqqat qidirilmoqda!!!
Oqibat atalmish bitta bechora
Jigarlar ko'rganmush oxirgi marta
Lek olib qolishga topmabdi chora.
Belgisi koʻrimsiz edi sho'rlikning
Qalbi muhabbatga limmo-lim edi.
Unda koʻp boʻlardi mehr va vafo
Sadoqat tubining ummoni edi.
Diqqat! Diqqat! qidirilmoqda!!!
Uning nomin deyishar vijdon.
İnsonlar ichida yuqolgan emish
Hali ham qidirib turishar obdon.
Diqqat! Diqqat! qidirilmoqda!!!
İnsof deganlari koʻrinmas emish.
Deyishar odamzod yeganmush uni
Goʻyoki qorinni to'ydirar yemish.
Diqqat! Diqqat! qidirilmoqda!!!
Andisha degani yoʻqolib qolgan.
Hozirgi zamonning odamlariga
Uning na uyati va sha'ni qolgan.
Gʻurur deganlari osmon boʻlibdi
Nafrat-g'azablarchi koʻpayib ketgan.
Murosa,sabrdan asar ham qolmay
İnsonlar qalbidan gʻaflatga yetgan.
Diqqat! Diqqat! qidirilmoqda!!!
Baxt, sevgi, mehr-muhabbat.
Topolmay sarsona boʻlib manzilin
Oʻrniga qolarmush nafrat toabad.
Diqqat! Diqqat! qidirilmoqda!!!
Odamiylik qani koʻrganlar bormi?
Yergami yo osmon uchib ketdimi
Yoki u bizlardan boʻldi bezormi?
Diqqat! Diqqat! qidirilmoqda!!!
Ularning barchasi qayerda qoldi.
Qolmadi hattoki biror teshik ham
Moʻrala-mo'rala koʻzlarim toldi.
Diqqat! Diqqat! qidirilmoqda!!!
İltimos koʻrsangiz bering tez xabar.
Yetqazay men uni oʻz egalariga
Ularsiz hech kimga yetmasin zarar.
Diqqat! Diqqat! qidirilmoqda!!!
Tezroq xabar bering topa olsangiz.
Eng katta savobli ishku bu axir
İnsonlarga barchasin bera olsangiz.
©️Marjona Asadova
Эй одамлар, кӯзингизни очинг!!!
Дунёнинг қайсидир бир бурчагида сиз исроф қилаётган шунча нарсага муҳтож бӯлганлар бор.
Аллоҳнинг ҳар бир неъматига шукр қилиб яшанг, азизлар!
#Тасвирда ҳақиқат акси...
Bore deya o‘zgalar qolib,
O‘z g‘amimni yeydigan bo‘ldim.
Bilib turib bilmasga olib,
Menga nima deydigan bo‘ldim.
Suyganimni bilmadi hech kim,
Kuyganimni bilmadi hech kim,
O‘ylab ko‘rib oxirida jim,
Menga nima deydigan bo‘ldim.
Sabr kosam juda to‘lgandan,
Diydam toshdek qotib bo‘lgandan,
Nari-beri bo‘lib o‘lgandan,
Menga nima deydigan bo‘ldim.
Hayotimni tashvishga boshlab,
To‘ydim rosa ko‘zimni yoshlab,
So‘ng barini ortimga tashlab,
Menga nima deydigan bo‘ldim.
Hudbinlikning sovutin kiyib,
Mayli deya tilimni tiyib,
Ne bo‘lsa ham taqdirga yo‘yib,
Menga nima deydigan bo‘ldim.
Pushaymonlar bog‘ida yurib,
Yaxshilikka yomonlik ko‘rib,
Attang qilib boshimga urib,
Menga nima deydigan bo‘ldim.
Bitmas ish yo‘q bari bitarli,
Har kimniki o‘zdan o‘tarli,
Tashvishlarim o‘zi yetarli,
Menga nima deydigan bo‘ldim.
©Muallif: Komila Qiz.
07.08.2023.✍
AZIZ XO'JA NUR___O'ZBEKISTON ONALARI
She'r muallifi ___ Aziz Xo'ja Nur
She'r ijrochisi ___ Aziz Xo'ja Nur
Vidio montajchi ___ Dilshodjon Madrahimov
Ovoz aperatori ____ Muhriddin Xoliqnazarov
" Xushxabar " nomli kitob to'plamidan
БАХТЛИМИСИЗ
Сиз ўзганинг қучоғига ойдек ботиб,
Чимилдиқда қўлларидан асал тотиб.
Неча йиллик муҳаббатни арзон сотиб,
Бахтлимисиз энди менсиз, бахтлимисиз.
Оқ либосда кўриб қизил юрагим қон,
Кўзингиздан ёшлар оқар маржон маржон.
Ошиқ қилган кулдиргичи куйдирмажон,
Бахтлимисиз энди менсиз, бахтлимисиз.
Менсизликка ўрганиб ҳам қолдингизми,
Ёки қарғаб Худоимга солдингизми.
Ё шодликни ниқоб қилиб олдингизми,
Бахтлимисиз энди менсиз, бахтлимисиз.
Охири йўқ, армонларнинг охири йўқ,
Бу дунёда Зуҳрони ҳам Тоҳири йўқ.
Сизнинг каби ёлғончилар моҳири йўқ,
Бахтлимисиз энди менсиз, бахтлимисиз.
Кўниб бўлдим барин пешонамга йўйиб,
Йиғласам гоҳ йиғлар бўлдим дарддан тўйиб.
Бағритошим мени бахтсиз қилиб қўйиб,
Бахтлимисиз энди менсиз, бахтлимисиз.
Мен яшайин бутун умр бағрим янча,
Менинг каби ишқдан куйган ошиқ қанча.
Ёдингизга тушиб қолсам жилмайганча,
Бахтлимисиз энди менсиз, бахтлимисиз.
✍ Одилбек Қодиров
BAXTLI......
Boshida soyabon, tirgagi boʻlib
Qalqoni qoshida turganlar baxtli.
Hamisha dardiga,darmoni boʻlib
Otasi, yonida yurganlar baxtli.......
Sogʻinsa, qoʻliga toʻrtta non bilan
Onasin, bagʻriga bosganlar baxtli...
Qoʻllarin koʻziga surtib,yosh bilan
Otasi, yonida yurganlar baxtli.....
Sochlari oqlarga toʻlgan boʻlsa ham
Yuzini ajinlar bosgan boʻlsa ham
Koʻzlari nurlardan qolgan boʻlsa ham
Otasi, yonida yurganlar baxtli......
Yuzidan taralgan mehriga to'yib
Koʻzidan yaralgan nurlarga yoʻyib
Yiqilsa qaddini koʻtarib qoʻyib
Otasi, yonida yurganlar baxtli.....
Qaddini gʻoz tutar arslon,bo'ridek
Davralar muntazir to'rdan toʻridek
Yashaydi davrida zo'rdan zo'ridek
Otasi, yonida yurganlar baxtli.....
Belda belbogʻ,bardam yurganda
Qoʻylar soʻyib, uylar qurganda
Dangʻillama toʻylar qilganda
Otasi, yonida yurganlar baxtli......
Tushmagay boshiga biror muammo
Dardini sezuvchi malhamdir davo
Qarilik gashtini surib doimo
Otasi, yonida yurganlar baxtli.....
Ziyorat qilishib uyin Allohni
Ummati boʻlishib Rasulullohni
Aylanib yuz bora Makkatullohni
Otasi, yonida yurganlar baxtli......
Yurarlar mahalla, el ardogʻida
Mevalar tinmayin oʻsar bogʻida
Shaytonni kuydirib,alam dog'ida
Otasi, yonida yurganlar baxtli....
Baxtini ulashib, mehridan qonib
Jannatga Otasin izidan borib
Munchoqkoʻz aytadi dildan quvonib
Otasi, yonida yurganlar baxtli.....
©️Marjona Asadova (Munchoqkoʻz)
АЛЛОҲГА ОМОНАТСИЗ
Ташвишда ҳаловат сиз.
Меҳрда саҳоват сиз.
Эй кўнглимга яқиним
Аллоҳга омонатсиз!
Отмай ғийбат тошингиз,
Илинасиз ошингиз.
Омон бўлсин бошингиз,
Аллоҳга омонатсиз!
Яхшиликдан дарагим,
Ҳар нафаси керагим.
Ҳам дуоим, тилагим,
Аллоҳга омонатсиз!
Шукур дейман бор бўлинг,
Доим бахтиёр бўлинг.
Қувнанг, шодликка тўлинг,
Аллоҳга омонатсиз!
Зор турсам суяганлар,
Бошимни силаганлар.
Менга бахт тилаганлар,
Аллоҳга омонатсиз!
Қадрлаб сўзингизни,
Ардоқлаб ўзингизни.
Яхши кўраман сизни,
Аллоҳга омонатсиз!
Мен билансиз дарбадар,
Ҳар маҳалим, шом, саҳар.
Кейинги дийдор қадар,
Аллоҳга омонатсиз!
Юрагимга яқиним,
Аллоҳга омонатсиз.
✍ Одилбек Қодиров
ЙИГИТНИНГ БОШИ
Гоҳи тошдан бўларкан оши,
Пинхон пинхон оқаркан ёши.
Не кунларни кўрмади аҳир,
Омон бўлсин йигитнинг боши.
Меҳнат қилиб тери оқади,
Ҳалол топиб оила боқади.
пульсиз қолса кимга ёқади,
Омон бўлсин йигитнинг боши.
Аллоҳ асра ғийбат тухматдан,
Ёлғончи ёр, ёмон улфатдан.
Синмасин ҳеч қадди кулфатдан,
Омон бўлсин йигитнинг боши.
Кўча азал бўрилар ини,
Қонга тўлган пичоқнинг қини.
Унитмасин эркаклигини,
Омон бўлсин йигитнинг боши.
Худо қўйма омадин олиб,
Юрагига армонлар солиб.
Йиғламасин иложсиз қолиб,
Омон бўлсин йигитнинг боши.
Узилмасин қучоғидан гул,
Тугамасин чўнтагида пул.
Эгилмасин сира қулга қул,
Омон бўлсин йигитнинг боши.
✍ Одилбек Қодиров
YURAGINGNI YUV
Insoniylik insondan qildi arazlar,
Noinsof o'zidan insof izlaydi.
Ilohiy nur yog'gan, iliq orazlar,
Islomsiz dunyoning qalbi muzlaydi.
So'zlar ochiladi... Kecha va bugun,
Ayovsiz, achchiq, haqiqat so'zlar.
Ko'rsa ham ko'rmasga olar ne uchun,
Aldamaydi demang, aldaydi ko'zlar...
"Yumilib yur" deya berilgan buyruq,
Ko'zlarga yolg'onni o'rgatib qo'ydik.
Har doim ishlashi shart emas, qulluq,
Vijdonga " ish vaqti " o'rnatib qo'ydik.
So'zlar otiladi... Haqiqat so'zlar,
Yurak - yuragingga tegib o'tadi.
Tik tuta olmaysan boshingni, mustar,
Qaysidir gunohing egib o'tadi.
Yuragingni pokla, g'ubori ketsin,
Imon bilan yuv, dil dog'laringni.
Ey odam, haq bo'lsang bilasanmi ayt,
O'zing ham bilmagan gunohlaringni ?..
Yuragingni yuv, tahorat olsin,
Dilda tasdiq topsin yaxshi niyatlar.
Shahodat kalomi tilingda qolsin,
Odamlar ortidan qilmang g'iybatlar.
Yuragingni yuv, tugar anduhing,
Yaratgan aylaydi Jannatiga jalb.
Ibodat chashmasida poklanar ruhing,
Zamzam suvlaridek toza bo'lsin qalb !
Yuragingni yuv, tahorat olsin !..
AZIZ XO'JA NUR
Sirdaryo Sayhun
" Yur, Jannatga boramiz, Yurak! " kitob to'plamidan
СОҒИНМАЙМАН
Тўйиб дунёю дундан,
Ранжимасман ҳеч ундан.
Тўйингиз ўтган кундан,
Мен сизни соғинмайман.
Ўйламанг куяр дея,
Азоблар туяр дея.
Ҳали ҳам суяр дея,
Мен сизни соғинмайман.
Юрак зор, дилим ғариб,
Кетмади дардим ариб.
Не бўлса ҳам аҳтариб,
Мен сизни соғинмайман.
Ачинманг юзим бурсам,
Ҳам бахтли бўлмай юрсам.
Ишонинг ўлмай турсам,
Мен сизни соғинмайман.
Ажралмоқ бор, ҳеч иш йўқ,
Барчаси сир айтиш йўқ.
Кетаверинг қайтиш йўқ,
Мен сизни соғинмайман.
Муҳаббатдан тўйган ман,
Бир бор бағрин ўйганман.
Қасам ичиб қўйганман,
Мен сизни соғинмайман.
Кўзга ёш тўлган кундан,
Умидим ўлган кундан.
Сиз келин бўлган кундан,
Мен сизни соғинмайман.
✍ Одилбек Қодиров