onajonim_sheriyat | Unsorted

Telegram-канал onajonim_sheriyat - "Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

121

ОНАЖОНИМ ШЕЪРИЯТ Ҳамдам бўлдинг мен билан Ҳар қандайин кунларда, Юлдуз бўлдинг чароғон Энг қоронғу тунларда, Суҳбат қилдик гоҳ шодон, Гоҳо ҳазин унларда, Энг олий бахтим менинг Онажоним шеърият, Топган тож-тахтим менинг Жонажоним шеърият.

Subscribe to a channel

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Dunyo

Bir kun topolmaysiz,bosgan izdanam
Qolmadi koʻrmagan, bari chin roʻyo.
Qolib ketar hali, siz-u bizdanam
Kimlardan qolmagan axir bu dunyo.

Dunyo oʻtkinchimas,oʻtkinchi inson
Unga omonat deb berilgan bu jon
Fursatni gʻanimat bilganda bu on
Kimlardan qolmagan axir bu dunyo.

Jigarlar talashsa uy deb yerini
Xotinlar qistashsa pul deb erini
Ayirsa har tomon etdan terini
Kimlardan qolmagan axir bu dunyo.

Bu hayot qilmadi kimni adolar
Jonini jabborga, berib fidolar
Yashadi lek qancha shoh-u gadolar
Kimlardan qolmagan axir bu dunyo.

Mol-dunyo oʻtkinchi bari hoy-havas
Lek puling boʻlmasa,chiqmaydi nafas
Boylikka berilib, ketmasaydik bas
Kimlardan qolmagan axir bu dunyo.

Bir kuni ketadi, chiroy-qomat ham
Bir kuni ketadi, baxt-saodat ham
Bir kun ketadi, boylik- omad ham
Kimlardan qolmagan axir bu dunyo.

Kun kelsa soʻnadi gulman degan ham
Kun kelsa qo'nadi qushman degan ham
Kun kelsa sinadi, zoʻrman degan ham
Kimlardan qolmagan axir bu dunyo.

Gerdayib yurdikku, soʻng tortib jabr
Nafsga qul boʻldikku,qilmasdan sabr
Borar joyimiz boʻlsa, oddiy tor qabr
Kimlardan qolmagan axir bu dunyo.

Har bosgan yoʻlidan qilib nizolar
Uzatsa qoʻllarin, kezib fazolar
Boyman deb ketdi-ku,kazo-kazolar
Kimlardan qolmagan axir bu dunyo.

Vaqtlarin behuda ketqazib illo
Pushaymon bo'lguncha,yurdilar yallo
Munchoqkóz soʻzidan,ranjimang aslo
Kimlardan qolmagan axir bu dunyo.

©️Marjona Asadova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

📚 JANGCHI

✍ Aziz Xo'ja Nur

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🏠 Тайёр ховли ва таъмирларган хонадонларни биз билан топинг.

✅ Биз билан Уй-жой сотиш ёки сотиб олиш янада осон!

👉 Уйларни кўриш

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ёз тунлари

Ҳайратимни шоширади ҳар битта гул
Қулоқ қоқмай дардларимни тинглагани.
Тун қўйнида вужудимни чулғар буткул
Ой нурида сарсон севги инграгани.

Сокингина ўрик шохи чайқалади,
Жийда гули ифори ҳам озгина, сал.
Жимлик ҳукми коинотга тарқалади,
Фақатгина севги юрар бедор, касал.

Ой тўлганда унга томон юзим тутдим,
Чунки сендан ранг олгандек унинг юзи.
Рашкимни ҳам, ишқимни ҳам ичга ютдим,
Чунки, жоним, сенинг юзинг - ойнинг ўзи.

Осмондаги юлдузлар ҳам бўлиб ҳайрон,
Жимирлашиб излашади сени ҳушдан.
Кўк тепанинг чироқлари, бўлманг сарсон,
Ухланг, шунда тополасиз уни тушдан.

Хаёлларим кўчанг томон кезар ҳалак,
Ёз тунлари баҳордан гул сўрайдими?
Ҳар фаслда айланаман: мен- капалак,
Ҳар фаслда тароватинг ўрайдими?

Баъзи дамлар булутлидир ёз кунлари,
Ёмғир ёғар, эрни ўпар шитир-шитир.
Севинчидан тошиб кетар дил унлари,
Ёмғир, кетма, бироз тургин, бағримга кир!

Тонг шамоли карвонида ўтганида
Мен бағримни очиб бир зум унга тутдим.
Қуёш ботгач, шу йўлидан қайтганида
Ифорингни олиб келар, дея кутдим.

Дилгинамга ташвиш солиб келар уйқу,
Мусофирлар учун эмас ёруғ қалбинг.
Ҳижрон ёқар, менда яна янги туйғу,
Ҳаёт берар юрагимга ёниқ лабинг.

Яна узоқ-узоқлардан термуламан,
Мени чорлагандай ёнар тупроқ излар.
Бир қадамни ташлайман-у, жим қоламан,
Гуллар билан ташвишингни қилиб бизлар.

Ой нурида сарсон севги инграгани
Тун қўйнида вужудимни чулғар буткул.
Қулоқ қоқмай дардларимни тинглагани
Ҳайратимни шоширади ҳар битта гул.

Фақатгина севги юрар бедор, касал,
Жимлик ҳукми коинотга тарқалади.
Жийда гули ифори ҳам озгина, сал,
Сокингина ўрик шохи чайқалади.

21.06.2013

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🏗 Уй қидиряпсизми? Бизда бор!

✅ 2023-йилда қурилаётган уйлар ва уларнинг нархлари


👉Уйларни кўриш

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️Абдумуталиб Эргашалиев iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Soxta insonlar

Bevafo dunyodan izlab muhabbat
Qancha ko'ngillarni kezdim, onajon.
Lek sizni mehringiz sezildi faqat
Soxta insonlardan bezdim, onajon.

Yonimda yurganda baxtdan so'zlagan,
Yolg'ondan do'stim deb mansab ko'zlagan,
Tirnog'im ostidan xato izlagan,
Soxta insonlardan bezdim, onajon.

Shayton o'z yo'liga solgan insonlar,
G'aflat botqog'ida qolgan insonlar,
Iymonini sotgan, qadri arzonlar,
Soxta insonlardan bezdim, onajon.

Gohi to'lqinlandim, gohida tindim,
Do'stingman deganni do'stim deb bildim,
Bugun yolg'iz qoldim, shuni tushundim,
Soxta insonlardan bezdim, onajon.

Soxta oqibatga ko'nglim mushtoqmas,
Soxta so'zlari ham ko'ngilga yoqmas,
Endi bu daryo hech teskari oqmas,
Soxta insonlardan bezdim, onajon.

Yo'limda chohlarni ko'rsam-da nogoh,
Kulgim qistar lekin, bo'lgayman ogoh,
Xurshidning baxtiga sizlar bo'ling sog',
Soxta insonlardan bezdim, onajon.

✍🏻 Xurshid Qodirov

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Аллоҳ сиздан рози бӯлсин акажон.Жонингиз омон бӯлсин.ҳамиша ҳамма вақт саломат юринг.🤲🤲🤲🤲 Отажон ва Онажонингизни ҳизматини қилиб дуолари олиб юринг🤲🤲🤲🤲.Илоҳим фарзандларингизни яҳшилигини кӯриб бош бӯлиб юринг.🤲🤲🤲🤲.Ҳардоим қаддингиз ва қадрингиз баланд бӯлсин.ҳеч қачон ҳечкимдан кам бӯлманг 🤲🤲🤲🤲

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Тожикистон Республикасидан,алангалик саломлар, Ассалому алайкум яҳшимисиз яҳшилар,илтимос сизлардан Отажон ва Онажонларга атаб шеър ёзинглар.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️Shohida Jórayeva🇺🇿 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ustoz-shogird ana'nasi milliy qadriyatlarimiz

Sirdaryolik yosh ijodkorlarni qo'llab quvatlash, ustoz shoirlar bilan "Ustoz-shogird" an'analarini davomli tarzda olib borish, qolaversa Sirdaryo teleradiokanali orqali teletomoshabinlarga madaniy hordiq ulashish maqsadida "So'z va soz sehri" ijodiy madaniy loyihasining tasvirga olish jarayonlari bo'lib o'tdi. Tez kunlarda yangi loyiha ekran yuzini ko'rishiga umid qilamiz.


AZIZ XO'JA NUR

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️Абдумуталиб Эргашалиев iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️AZIZ iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

JANGCHI

Yovquvlar,
yovqurlar,
kurashing har on,
Kuchlilar hukmron sher to'dasida.
Yusufdek begunoh ilohiy isyon,
Yashaydi yuragim yerto'lasida.

Hurlik istab hurriyat ichimni yeydi,
Sabr va shukurdan kuchga to'lar - u.
"Ozodlik, ozodlik, ozodlik!" - deydi,
Va nihoyat bir kun ozod bo'lar - u.

Jangchiman, fath etay zolim zulmini,
Dovuddek temirni xamirdek qoray.
Karbalo dashtining qasos qumini,
Ilonning iniga uchirib boray...

Shamolman, ezgulik tomon esguvchi,
Quldirman, imonga, qudratga, to'lib...
Mazlumni xo'rlagan qo'lni kesguvchi,
Yashayman "Adolat qilichi" bo'lib.

Chopaman, "ochko'z nafs"- xoindir, xatar,
Iblisning fitnasi - holi bo'lsin tang.
Toki davom etar qiyomat qadar,
Inson va shaytonning o'rtasida jang.

Zafar yor bo'lg'usi Haqdan har nafas,
Mag'lub bo'lsam ortar yurakning ranji.
Ayovsiz kurashda jonini emas,
Jonlarni asraydi haqiqiy jangchi.

Ne - ne zolimlarga kelgan jazodek,
G'animning ko'ksiga borib sanchilar.
"Dajjolni" yenguvchi masih Isodek,
Xaloskor bo'ladi asl jangchilar !

Jangchiman !!!



AZIZ XO'JA NUR

Sirdaryo Sayhun


"Yur, Jannatga boramiz, Yurak" kitob to'plamidan

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️AZIZ iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Maqsadingiz 1 yillik bo‘lsa,
sholi eking.
10 yillik bo‘lsa daraxtlar eking.
Agar asrlar haqida o‘ylayotgan
bo‘lsangiz, unda farzandlaringizni
o‘qiting.

® Konfutsiy

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Yolg‘on dunyo makoningizdan,
Adolat yo‘q zamoningizdan,
Barcha yaxshi yomoningizdan,
Hammangizdan nafratlanaman.

Xozir g‘amim yesangizlarda,
Zarra mehr bersangizlarda,
Sen nohaqsan desangizlarda,
Hammangizdan nafratlanaman.

Jondan o‘tar azobingiz ham,
Rost ko‘rsatgan sarobingiz ham,
Minnatlidir savobingiz ham,
Hammangizdan nafratlanaman.

Ikki gapli ikki so‘zlisiz,
Ko‘rolmaysiz yomon ko‘zlisiz,
Niqobdasiz soxta yuzlisiz,
Hammangizdan nafratlanaman.

Pushaymonlik kelganda gali,
Necha afsus deysizlar hali,
Yashirmayman so‘zim dangali,
Hammangizdan nafratlanaman.

Qiziqtirmas chalgan kuyingiz,
Ma'rakaa-uy qilgan to‘yingiz,,
Boshingizdan qolsin uyingiz,
Hammangizdan nafratlanaman.

Asli dunyo deyishar bir kam,
Hech bir banda bo‘lolmas bekam,
Ota-onam aka-yu ukam,
Hammangizdan nafratlanaman.

Qalbimdagi jarohat izni,
Go‘yo ko‘rmas hudoyim bizni,
Pul, pul deysiz pul yesin sizni,
Hammangizdan nafratlanaman,

Qilmishingiz ozor berganda,
Ko‘zlarimga yoshlar terganda.
Har doimmas kezi kelganda,
Hammangizdan nafratlanaman.

O‘qiganda qizarar yuzi,
Og‘iz juftlab chiqmaydi so‘zi,
Gap egasin topadi o‘zi,
Hammangizdan nafratlanaman.

©Muallif: Komila Qiz.
26.07.2023.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Bir insonni iltimosiga ko‘ra yozildi.

O‘zimdan ham ortiq suyganim,
Buyum misol o‘zlashtirildi.
Menga emas ko‘ngil qo‘yganim,
O‘zgasiga unashtirildi.

Dor ilinib sevgimiz uchun,
Sep yig‘ildi tuguldi tugun,
Ko‘zim ochib ko‘rganim bugun,
O‘zgasiga unashtirildi.

Sovchilarning qatnovi bilan,
Shirin so‘z-u aldovi bilan,
Dadasining qistovi bilan,
O‘zgasiga unashtirildi.

Biz bechora ular esa hon,
Go‘yo tandan chiqayapti jon,
Oq o‘ralib ushatilib non,
O‘zgasiga unashtirildi.

Xudoyimdan kelgan sinov bu,
Peshonamda bor ekanda shu,
Begonadir endi menga u,
O‘zgasiga unashtirildi.

Ishqim egdi yigitlik boshim,
Gurur ko‘zdan chiqarmas yoshim,
Ham orzuyim hamda sirdoshim,
O‘zgasiga unashtirildi.

Ado bo‘ldi yuragim yona,
Huvilladi ko‘ngil dil xona,
O‘g‘lingizning sevgani ona,
O‘zgasiga unashtirildi.

©Muallif: Komila Qiz.
25.07.2023.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Машина олишга пулингиз етмадими?

Бизда турли машиналар нақдга, бўлиб тўлашга ва ижарага бор.

Даллолсиз сотинг ва сотиб олинг!

Батафсилроқ👇👇👇
/channel/+rnd8ZUbThS5hMzgy

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

"ИБОДАТ"

Ибодат не? Яратганга итоат ҳам ибодатдир,
Ҳақиқий бандалик бирлан саодат ҳам ибодатдир. "

             ✍УСТОЗ МИРЗО КЕНЖАБЕК

ДИЛ ИШҚИМИЗ.. 🤲💧💧🌹💧💧

Ҳақ ишқида ёниб куйсанг, амалларинг ибодатдир,
Аждодларнинг изин босиб, садоқатинг "ибодатдир".

Калом илмин ўзлаштирсанг, ўз йўлингни топгайдирсан,
Оқибатдин шарбат ичмоқ, билгил кўнгил "ибодатдир".

Ҳаё бирла топсанг камол, комил инсон бўлгайдирсан,
Сен нафсингга қул бўлмасанг, ҳалоллигинг "ибодатдир".

Сен душмандин кўрсанг жафо, гуноҳларинг тўкилгайдир,
Сабрингни сен тож айлагил, шу матонат "ибодатдир".

Манман бўлган кибри риё,  шогирдларга юз тутмагил,
Валийларнинг қонин асраш, машаққатли "ибодатдир".

Дўст қилмаса сенга вафо, бил Роббимдан иноятдир,
Ёмонликка яхшиликлар қайтармоқлик "ибодатдир".

Олийжаноб ишқинг келса, тавоф айла уни ҳар дам,
Яратганни ризо айлаб, ДИЛ ИШҚИМИЗ "ибодатдир"!

22.07.2023 ВОДИЙНИНГ ДОВОН ЙЎЛЛАРИ, ПОЕЗДДА (20-23)(20-43)

🤲💧💧🤲💧💧🤲💧💧🤲💧💧

           ✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Assalomu alaykum, hammaga xayrli kech. Tez kunlarda Ilhomjon Tojiahmedovdan "Musofirni asra, Allohim" qo'shig'ining premyerasini e'tiboringizga havola etamiz. Tez orada to'liq va sifatli mp3 ko'rinishida taqdim qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting qadrdonlar.

🎤 Ilhomjon Tojiahmedov
✍ Xurshid Qodirov

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Assalomu alaykum Uzbekistan yoshlar 2 ta purofil egalar tozshiptilar Ota ona xaqida bulsin deptilar yozingizlar shunday sherdan

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Manoli ota haqidagi sherlar tashlanglar

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

XIYONAT QILDING

Menga sevging yolg'onmidi, ayt,
Qadrim shuncha arzonmidi, ayt,
O'zgalarga ketding qaysi payt,
Nega menga xiyonat qilding ?

Chiroyingga qilding mubtalo,
Boshimga ko'p keltirding balo,
Mendan o'tdi ne ayb, ne xato,
Nega menga xiyonat qilding ?

Endi menga armondir vasling,
Bunchalar tez o'zgardi asling,
Va'dalarni buzdimi nafsing,
Nega menga xiyonat qilding ?

Nahot shuncha tuyg'ular bekor,
Bugun dilda nafratim bisyor,
Javob bergin, ey befavo yor,
Nega menga xiyonat qilding ?

Xayolingni boshqalar olib,
Menga sevging butkul yo'qolib,
Yuragimga armonlar solib,
Nega menga xiyonat qilding ?

Kulib - kulib va'dalar berding,
Siz yagona sevganim derding,
So'z demayin, jim ketaverding,
Nega menga xiyonat qilding ?

✍ Xurshid Qodirov

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

TO'RTTALAMIZ

Yo'lning boshi... Yo'l oxiri...
Bo'rayapmiz, o'rtadamiz.
She'riyatning sherlaridek,
Shoir bo'ldik - to'rttalamiz.

Hali yoshmiz, hali bo'ydoq,
Uylanishga vaqtimiz bor.
Alloh taqdir etgan qizni,
Sevmoq uchun haqqimiz bor.

O'ylayverib to'kilgan soch,
Tolasiga zolim bo'ldik.
Bizga yoqqan qizlar - ona,
Bizlar esa olim bo'ldik.

Bo'ydoqlik - bu injiqlikdir,
Tushib ketar iz - iziga.
Bugun ustoz bo'libman-a,
Sevganimning qiziga.

Umrning tez o'tishini,
Qarang, endi sezib qoldim.
Qizlar ko'pdir, qizlar ichra,
Qiz qidirib kezib qoldim.

Har kim o'zi suygan qizni,
Izlab - izlab topib olsin.
Nikohlasin, yuragiga -
Baxtdan uzuk taqib olsin.

Shoirlarning yuragi keng,
Ishqdan ko'ngil bezdirmaydi.
Tanlab - tanlab sevganiga,
Sevishini sezdirmaydi.

Yo'lning boshi... Yo'l oxiri...
Goh quvonib, o'rtanamiz.
In shaa Alloh, tez kunlarda,
Uylanamiz - to'rttalamiz.


AZIZ XO'JA NUR

Sirdaryo Sayhun

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️Saodat iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…
Subscribe to a channel