onajonim_sheriyat | Unsorted

Telegram-канал onajonim_sheriyat - "Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

121

ОНАЖОНИМ ШЕЪРИЯТ Ҳамдам бўлдинг мен билан Ҳар қандайин кунларда, Юлдуз бўлдинг чароғон Энг қоронғу тунларда, Суҳбат қилдик гоҳ шодон, Гоҳо ҳазин унларда, Энг олий бахтим менинг Онажоним шеърият, Топган тож-тахтим менинг Жонажоним шеърият.

Subscribe to a channel

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

💥БУГУН 1⃣6⃣➖АВГУСТ. ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

🌺•⚡️ Авф этилмаган банда;
⚡️•🌺 Қабул бўлмаган дуо;
🌺•⚡️ Даф бўлмаган бало;
⚡️•🌺 Шифо топмаган хаста;
🌺•⚡️ Ҳузур топмаган қалб;
⚡️•🌺 Аллаҳни зикр қилмаган тил
қолмасин!

✨•💐 Дард кимда, қайғу кимда,
💐•✨ Бахт кимда, туйғу кимда,
✨•💐 Шодлик қалби муслимда
💐•✨ Жума айём муборак!

🌹•🌟 Динимиз доим омон,
🌟•🌹 Дилларда ишқу имон.
🌹•🌟 Эй муҳтарам мусулмон,
🌟•🌹 Жума айём муборак!

🌙ЖУМА МУБОРАК ДИНДОШИМ!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ассалому алайкум азиз устозлар!

Шеърият, адабиёт ва санъатсевар мухлислар!

Сиз азизларимизни " НАЗМ ВА НАВО " гуруҳида 2024 йил 👉15 август кеч соат  
    👇👇👇👇

   2⃣0⃣: 0⃣0⃣

да яна бир ажойиб ижодий дастуримиз кутмоқда.

Ушбу дастуримиз меҳмони

Кўплаб ижодкорларнинг дунё бўйлаб халқаро академиясининг аъзоси шоира

ЭШОНҚУЛОВА ДИЛАФРЎЗ АЛИШЕР ҚИЗИ

#Дилафрўз Эшонқулова 1984 йил 25 март куни Фарғона вилояти Марғилон шаҳрида хизматчи, зиёли оиласида туғилган.
Тошкент Давлат Шарқшунослик институтини тамомлаган.

Айни пайтда Ўзбекистон Давлат Жаҳон тиллари Университетининг катта ўқитувчиси.

Шоира
:

ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

таҳаллуси билан ижод қилиб келмоқда.

5-йил мобайнида ўзининг 3000 дан ортиқ нафис шеърларини ёзишга улгурди.

Азизлар сизларни ушбу ижодий дастурда кутиб қоламиз!

Дастурни мафтункор овоз соҳибаси Гулибедилзода олиб боради.

Гуруҳ рахбари Раъно Алиева.

Бош админ Жамшид Султонов.

Бизнинг манзил:
/channel/+YkJ0N2fWHR1kZTgy

Ижодкорнинг канал ўзани:
@Dilafruz_Eshonqulova

@SHERLAR_AUDIOS

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️🇦 🇱 🇮 🇬 🇦 🇷 🇬 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🔮Психологик тест🔮

Суратдаги оилалардан қайси бири сохталигини топинг!

Жавобингиз сиз хақингиздаги сирларни сўзлаб беради!

Вариантлардан бирини танланг👇

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️🇦 🇱 🇮 🇬 🇦 🇷 🇬 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Париждан хушхабар келди, албатта,
Янги кунга соат урганида бонг.
Асадхўжа битта, Лазизбек битта,
Олтин келтирди отгунича тонг! 🥇

P/S ҒАЛАБА МУБОРАК ЎЗБЕКИСТОНГА. БЕШТА ОЛТИН МЕДАЛНИ ҚЎЛГА КИРИТДИ СПОРТЧИЛАРИМИЗ. ҲАМИША ҒОЛИБ ЗОТ- АЛЛОҲ ҚЎЛЛАСИН СИЗЛАРНИ!!! 🤲🤲🤲

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Bizda sinadigan ko‘ngil qoptimi,
Ko‘ngil dil qalb yurak bari sizda-ku.
Salga og‘rinasiz oh faryod qilib,
Hudbinlik bezbetlik jami bizda-ku.

Jonimiz temirdan bilasiz ahir,
Og‘izga ne kelsa gapiravering.
Ba'zan haqoratlab ba'zan kamsitib,
Hushingiz tutganda baqiravering.

Ko‘rganga yomonlang yomon bo‘laylik,
Yaxshi gap bizlarning tengimiz emas.
Afsus sig‘maymizda hamma yerga ham,
Sizga keng dunyolar kengimiz emas.

Kulib o‘zimizni o‘zimiz aldab,
Ko‘ngilga mag‘izsiz yong‘oq tiqqanmiz.
Puli ko‘p boymasmiz nima qilaylik,
Sizlar hon biz esa yerdan chiqqanmiz.

Bir marta adashib oshiq bo‘libmiz,
Narxlangan muhabbat bag‘rimiz o‘ydi.
Cho‘ntagimiz quruq kambag‘al bo‘lsak,
Sevib sevilishni bizga kim qo‘ydi.

Rahmingiz kelmasin sira bizlarga,
Ayamang ahir biz birov bolasi.
Tanimiz boshqa-ku dardimiz boshqa,
Ichida bo‘ladi odam olasi.

Mayli nishon qiling bizni azobga,
Chekib o‘rganganmiz stam jabrni.
Indamay xar nega ko‘naveramiz,
Bizda adog‘i yo‘q bardosh sabrni.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🇺🇿 Алишер Усмонов ўзининг барча бойликларини кимга васият қилишини айтди.
Бу жавоб бутун дунёни хайратда қолдирди😳😳😳
Барча Ўзбекистонликлар ўқисин ❗️

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

✿♥✿𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒖𝒍𝒂𝒔𝒉𝒂𝒎𝒊𝒛✿
𝗕𝗜𝗧𝗔 𝗜𝗦𝗛𝗧𝗜𝗕 𝗞𝗢𝗥𝗜𝗚 𝗬𝗢𝗤𝗦𝗔 𝗕𝗜𝗧𝗔❤️

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

G‘am boshinga rahnalar solib,
Yosh joningni kutadi xatar.
Bu olamda men chetda qolib,
Boshqasiga qarasang agar.

Boshinga it kunin solaman,
Azroildek bo‘lib qolaman,
Ko‘zlaringni o‘yib olaman,
Boshqasiga qarasang agar.

Ko‘rmay sira nur ziyolarni,
Baxtim deysan dard ro‘yolarni,
Tor qilaman keng dunyolarni,
Boshqasiga qarasang agar.

Yo‘q bo‘ladi sen uchun borliq,
Nafas olib olmaysan hordiq,
Qattiq bo‘lar azobing qattiq,
Boshqasiga qarasang agar.

Bo‘lib qolsam bitta o‘zim kam,
Shu hayoting bo‘lar jahannam,
Qutqarolmas oshiqlaring ham,
Boshqasiga qarasang agar.

Hazil deya kulma so‘zimga,
Ko‘rinmaydi hech zoq ko‘zimga,
Javob bermay qolmay o‘zimga,
Boshqasiga qarasang agar.

Sal shubhali nimadur bilay,
Ko‘cha kuyda yoki bir ko‘ray,
Ko‘mamanda yerga tiriklay,
Boshqasiga qarasang agar.

Muallif: Komila Qiz.
03.08.2024.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

😄😄😄
𝗔𝗞𝗔𝗦𝗜𝗗𝗔𝗡 𝗞𝗔𝗟𝗧𝗔𝗞 𝗬𝗘𝗬𝗗𝗜𝗚𝗢𝗡 𝗨𝗞𝗔𝗟𝗔𝗥𝗚𝗔 𝗖𝗛𝗢𝗡𝗔𝗧𝗔𝗠𝗜𝗭𝗔 𝗤𝗔𝗡𝗜 𝗞𝗜𝗧𝗜𝗞🤣🤣🤣🤣

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Kecha kunduz yonida bo‘lib,
Orzu ichra armonga to‘lsang.
U deb turib u deya o‘lib,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Holing so‘rab eshik qoqmasa,
Zulmatingda nurin yoqmasa,
Qiyin taqdir kulib boqmasa,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

To‘lmay sira ishqning daftari,
Tugamaydi afsus pandlari,
Bo‘lmas ekan bundan battari,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Alam hissi azob berarkan,
Ko‘zlaringa marjon terarkan,
Har nafasda o‘lging kelarkan,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Bir dardinga topilmay chora,
Qonayverar qalbdagi yara,
Boy ham bo‘lar g‘arib bechora,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Tor ko‘rinib dunyo ko‘zinga,
Qon yugurmas oppoq yuzinga,
Yoqmaysan hech o‘zing o‘zinga,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️🇦 🇱 🇮 🇬 🇦 🇷 🇬 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🌤 Aссалому алайкум, ЖУМА тонги муборак бўлсин!

Соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин🤲

Янги кунингиз файзли ва барокатли ўтсин!

Дўстларга ҳам улашинг

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

📆 Август ойи келди, Август ойида
туғилган инсонлар ҳақида...


Шу ойда туғилганларга жўнатиб
қўямиз!

Яқинларга  ҳам  улашинг!👇

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Мен рингда Америка учун жанг қилдим ва Америка учун олтин медални олдим. Ўша куни ресторанга кириб, буни нишонлашни истадим, аммо америкаликлар мени ресторандан қувиб чиқаришди. “Қора танлисан”, деб менга овқат беришмади. Алам билан соҳилда кезар эканман, Америка учун олган олтин медални дарёга улоқтирдим.
Масжидга келиб қолдим ва у ерда оқ танли билан қора танли бир сафда ўтирганини, бир-бири билан оға-инидек суҳбатлашишаётганини, бирга намоз ўқиб, кейин бир-бирини бағрига босаётганини кўрдим.Мен Исломни қабул қилишимни айтдим. Имом менга шаҳодат калимасини ўргатди.
- Аллоҳдан бошқа илоҳ йўқ ва Муҳаммад (с.а.в.) унинг қули ва элчиси эканига гувоҳлик бераман!
Мен чемпионлик шоҳсупасида туриб, йиғламагандим, ҳозир йиғладим.Чемпионлигимдан кўра ҳозир буюкроқ мартабада турганимни ҳис қилиб, йиғладим…

Муҳаммад Али

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Hech shubhasiz ergashsin hamma,
Ortingizdan tashlab qadamlar.
Ikki dunyo kimgadir sizmas,
Sizga havas qilsin odamlar.

Barcha qalblar manzuri bo‘ling,
Yigitlarning mag‘ruri bo‘ling
Zo‘rlar ichra eng zo‘ri bo‘ling,
Sizga havas qilsin odamlar.

Yoningizda parvona bo‘lib,
Ardoqlashsin qadringiz bilib,
Tog‘dayin tik qaddingiz ko‘rib,
Sizga havas qilsin odamlar.

Bahorlardek bo‘lsin qishingiz,
Pand bermasin yaqin kishingiz,
Doim o‘ngdan kelsin ishingiz,
Sizga havas qilsin odamlar.

Dildan arib dard-u g‘amingiz,
Yarim bo‘lmay to‘lsin kamingiz,
Baxtdan bo‘lsin ko‘zda namingiz,
Sizga havas qilsin odamlar.

Yiqilmasin siz o‘tirgan taxt,
Boylik o‘zi kelib tursin naqt,
Quvib yursin ortingizdan baxt,
Sizga havas qilsin odamlar.

Yaxshi degan nomni olsam deb,
Hayotiga nazar solsam deb,
Qani shunday bo‘lib qolsam deb,
Sizga havas qilsin odamlar.

Rostgo‘y bo‘ling, bo‘ling yolg‘onsiz,
Bo‘lmang dardmand bo‘lmang darmonsiz,
Bu dunyodan o‘ting armonsiz,
Sizga havas qilsin odamlar.

©Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Nima hizmat aytingchi bizdan,
Keyin kichik iltimos sizdan,
Pul ayamay rafiqangizdan,
Yangi ko‘ylak obering begim,

Do‘st dushmanim bilgim kelyapti,
Modellardek yurgim kelyapti,
Bitta-bitta kiygim kelyapti,
Yangi ko‘ylak obering begim.

Tugmangizni qadab beraman,
Paypog‘ingiz yamab beraman,
Payshanba osh damlab beraman,
Yangi ko‘ylak obering begim.

Qo‘llaringiz oyga yetibdi,
Yangi kiysam menga netibdi,
Ketsa sizdek boydan ketibdi,
Yangi ko‘ylak obering begim.

To‘yda hamma qarindosh ko‘rsin,
Nech pul deb narxini so‘rsin,
Ovsinim bir kuyib o‘lsin,
Yangi ko‘ylak obering begim.

Qo‘llarim hech pul sanab tolmas,
Yashirincha cho‘ntakka solmas,
Davlatingiz kamayib qolmas,
Yangi ko‘ylak obering begim.

O‘tsam kel deb do‘kon chorlaydi,
Har ko‘rganda ko‘zim porlaydi,
Olaqol deb yurak zorlaydi,
Yangi ko‘ylak obering begim.

Javonimda bo‘shdir bitta joy,
Ko‘zyoshlarim bo‘lmasinda soy,
Jim yuraman ho‘p kelasi oy,
Yangi ko‘ylak obering begim.

Eski ko‘ylak kiymoqlik jabr,
Qachongacha qilaman sabr,
Bu hammasi siz uchun axir,
Yangi ko‘ylak obering begim.

Sultonim deb kerilib yuray
O‘zimga ho‘p orolar beray,
Ko‘zingizni quvnatib kiyay,
Yangi ko‘ylak obering begim.

©️Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

+3 голд медал🥇 +1 силвер медал 🥈

«Яхши ният бирла айтгандим олдин,
Қутлуғ бўлсин халқ, саккизинчи олтин!» 🥇


Ўзбекистон делегацияси ҳисобидаги медаллар 8 та олтин, 2 та кумуш ва 3 та бронзага етмоқда. Баракалла, ўзбегим Тўмарислари ю Алпомишлари.))



P/S ҒАЛАБА МУБОРАК ЎЗБЕКИСТОНГА. САККИЗТА ОЛТИН МЕДАЛНИ ҚЎЛГА КИРИТДИ СПОРТЧИЛАРИМИЗ. АЙНИҚСА БАҲОДИРНИ ҒАЛАБАСИГА ИШОНГАН ЭДИМ. ҲАМИША ҒОЛИБ ЗОТ- АЛЛОҲ ҚЎЛЛАСИН СИЗЛАРНИ!!! 🤲🤲🤲

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Kecha kunduz faqat sen tomon,
Hayol ketib jonga tegadir.
Rashkim qo‘zib hammadan yomon,
Qizg‘onyabman seni negadir.

Yulduz to‘la nurli samodan
Shudring tushgan muzdek havodan,
Olmasin deb hatto Hudodan,
Qizg‘onyabman seni negadir.

Ko‘chalarda daydi sarsonman,
Javobsizman qalbi vayronman,
O‘z o‘zimga o‘zim hayronman,
Qizg‘onyabman seni negadir.

Zilol suvdan oydek yuzingni,
Uyquyingdan qaro ko‘zingni,
Boshqalarga aytar so‘zingni,
Qizg‘onyabman seni negadir.

Kulganingda ko‘zlarim kulsa,
Bir sen bilan bu ko‘ngil to‘lsa,
Ishq degani nahot shu bo‘lsa,
Qizg‘onyabman seni negadir.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🟠🔴🔴🔴🟠🔴🔴🟠

🕌Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳу ва баракатуҳ .

💥БУГУН 9️⃣➖АВГУСТ.
ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН 🌙


🌹🌿 ЖУМА ТОНГИ     
         ХАЙРЛИ  БЎЛСИН!🍃🌹


🍃🌸 Яхши амал жаннатга йўлак,
🌸🍃 Савобларнинг совғаси бўлак.
🍃🌸 Чин юракдан билдирай тилак,
🌸🍃 ЖУМА АЙЁМИНГИЗ БЎЛСИН МУБОРАК!

🤲 Бу кунда Аллоҳ дуоларимизни ижобат қилсан. Гуноҳларимизни кечирсин. Ризқимизга барака берсин!

Аллоҳнинг паноҳида бўлинг!

🌙🍃 ЖУМА МУБОРАК! 🍃🌙


Яқинларга  ҳам  улашинг!

Реакция!(👍👎)

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Singlim xaqida she'rlar yo'qmi

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

"KULGICHINGA XOL BO‘LAY...

Kulgichinga men xol bo‘lay,
Xolinga xaridor chiqmasin.
Nozlaringdan aylanay,
Faqat nozing o‘ldirmasin."

02/08/2024

📝AZIZABEGIM

#ШУ БОРИМ.. 🥀

Ўлдирмайди нозларим,
Бироз танноз розларим,
Аччиқ ботар сўзларим,
На қилай мен шу борим!?

Кўкда юлдуз эмасман,
Олтин, зарлар демасман,
Ҳар кун ошлар емасман,
На қилай мен шу борим!?

Ўғирлабман хушингизни,
Ишққа маҳкум қушингизни,
Айтманг сира тушингизни,
На қилай мен шу борим!?

Ҳамроҳ бўлиб вафога,
Учрадим кўп жафога,
Чопмадим ҳеч давога,
На қилай мен шу борим!?

Йўғингиз ҳам, борингиз,
Чалинмаган торингиз,
Ҳатто, бўлдим орингиз,
На қилай мен шу борим..

Майли сизга ёр бўлай,
Тунлари ойдек тўлай,
Ёруғ тонг каби кулай,
Кулсин ҳар он баҳорим!

Асли менинг шу борим..

2.08.2024. Тошкент (16-05/16-11)

🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀

             ✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

#ЮРАК..

#ОНЛАЙН БИТИЛДИ.. 💦💦❤️

Менга муҳтож бўлмагин юрак,
Сен менсиз ҳам олгайсан нафас.
Орзуга боқ унда минг тилак..
Кўксим аҳир гўёки қафас..

Вужудимни ўртайди алам,
Қалб дарчаси кемтилган гўё.
Дард тинглашдан тўхтаса олам,
Кафтимга тенг бўларму дунё.?

Билсанг кўкда вужудим талаш,
Аммо,ернинг жаннати гўзал.
Пок сийратга бахтлар ҳам яраш,
Рухга Ҳақнинг ҳиммати гўзал!

Майли, сенга бўлайин йўлдош,
Эътирозга қолмасин ўрин.
Бўлолсанг ҳам сен менга дилдош,
Ер кузатар ҳаттоки зўрин..

Сиротлардан ўтмоқлик учун,
Гуноҳларни ювайлик тезроқ.
Жаннат гулин қучмоқлик учун,
Фосиқлардан бўлайлик йироқ..

2.08.2024 Тошкент

❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️

            ✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

☆☆☆
Кўнгил гулханида кўп ёниб,
Оғир экан ишқни ҳис этиш.
Дийдор дея кулиб уйғониб,
Висол дея уйқуга кетиш.

Севгимга, азоблар қадалган,
Заҳарли қадаҳ бор қўлингда.
Борлиғим, жисм-у ишқ аталган,
Нисора айлайин йўлингга.

Пок дилингга тушмасин ғубор,
Тенг бўлгин сен замин, тупроққа.
Мен гуноҳкор, сен на айбдор,
Муштоқ бир-биримиз кўрмоққа.

Висолга ҳам етдим тўкилиб,
Пойдор бўлди менга буюк аҳд.
Ифорингдан тугал маст бўлиб,
Қўчиб олди ўзгача бир бахт.

Кетар бўлдинг раҳм этмай менга,
Йиғламайин сени кузатдим.
Хайрлашар онимда сенга,
Бармоғимда ўпич узатдим.

©  Маҳмуд АБДУЛҲАМИД.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️🇦 🇱 🇮 🇬 🇦 🇷 🇬 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ҚОЙИЛ, ОҚИБАТНИ ҚАРАНГ

Синфдош қизлар йиғилишибди

Шунақа оқибатли синфдошлар
кўпайсин


БИЗА ҚАЧОН ЙИҒИЛАМИЗ )

Яқинларга  ҳам  улашинг!👇

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ким онаси ёпган нонларни соғинди👍

Онажонларимиз соғ саломат бўлишсин, ўтганларни жойлари
жаннат бўлсин🤲

𝗝𝗨𝗗𝗔 𝗦𝗢𝗚𝗜𝗡𝗗𝗜𝗠 𝗦𝗛𝗨𝗡𝗗𝗔𝗬 𝗤𝗢𝗟𝗔𝗥𝗜𝗗𝗔 𝗣𝗜𝗦𝗛𝗜𝗥𝗜𝗕 𝗕𝗘𝗥𝗚𝗔𝗡 𝗡𝗢𝗡𝗟𝗔𝗥𝗜𝗡𝗜 𝗢𝗡𝗔𝗝𝗢𝗡𝗜𝗠𝗡𝗜

𝗦𝗢𝗚𝗜𝗡𝗚𝗔𝗡𝗟𝗔𝗥 𝗕𝗢𝗥𝗠𝗜

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ЎҒЛОНЛАР! 🇺🇿

#ОНЛАЙН БИТИЛМОҚДА

Ватан шони қўлингизда,
Ғурур ори кўксингизда,
Омад яшнар йўлингизда,
Енгилманг сиз мард, ЎҒЛОНЛАР!

Қарсак чалди бутун дунё,
Қалбингизда йўқдир риё,
Орзу бўлди бугун рўё,
Енгилманг сиз мард, ЎҒЛОНЛАР!

Аждодларнинг босиб изин,
Ҳавас қилиб ўзбек қизин,
Садоқатдан берган сўзин,
Енгилманг сиз мард, ЎҒЛОНЛАР!

Кўзларимга келди ёшлар,
Ғурурландим етмай дошлар,
Дошқозонда пишсин ошлар,
Енгилманг сиз мард, ЎҒЛОНЛАР!

Хилпирасин байроғимиз,
Мангу, абад ардоғимиз,
Лаб очсин гул яноғимиз,
Енгилманг сиз мард, ЎҒЛОНЛАР!

1.08.2024 ТОШКЕНТ(21-30)
(22-03)

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#СПОРТ ЖОНУ ДИЛИМ.. ҲАР БИР СПОРТЧИЛАРИМИЗГА ОМАД ТИЛАБ ДУОДА БЎЛАЁТГАН АЗИЗ ЮРТДОШЛАРИМ НОМИДАН УШБУ ЎҒЛОНИМИЗНИ ҲАМ #ҒАЛАБА БИЛАН СИДҚИ ДИЛДАН ТАБРИКЛАЙМАН! ОМАДИНГИЗ БАРДАВОМ БЎЛСИН ИЛОҲИМ. МИНГЛАБ ЎҒЛОНЛАРИМИЗ ВАТАН, МИЛЛАТ ФАҲРИ БЎЛСИН.. 🤲🇺🇿

✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

МАШАЪОЛЛОХ
115 ёшли онахон

Аллоҳ бизларни хам шу ёшларга етказсин деганлар битта лайк босиб қўямиз


┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


✿♥✿𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒖𝒍𝒂𝒔𝒉𝒂𝒎𝒊𝒛✿♥✿

Читать полностью…
Subscribe to a channel